tgan edi. Izlab, aylanma yollardan ehtiyotkorona otib, uzoq yol bosdi. Tuyalarni korgandan keyin ham jungjanglardan birontasi korinib qolmasin, deb uzoq vaqt kuzatib turdi. Hech kimning yoqligiga kozi yetgach, oglining otini aytib chaqirdi.
	Jolomon! Jolomon! Omonmisan?
ogli burilib qaragan edi, ona quvonchidan baqirib yubordi, anuno shu za- hotiyoq, ogli shunchaki, ovoz chiqqan tomonga qaraganini payqab qoldi.
Nayman ona oglining xotirasini tiklashga yana urinib kordi.
	Oting nima, eslab kor-chi!  deb yalinib-yolborib inontirishga harakat qilardi u.  Otangning oti Donanboy, bilmaysanmi uni? Sening isming man- qurt emas, Jolomon. Naymanlarning yayloviga kochib borayotganimizda yolda tugilgansan. Shuning uchun otingni Jolomon qoyganmiz. Sen tugilganingda biz osha yerda qolib uch kecha-kunduz toy-tomosha qilganmiz.
Bu gaplar manqurt ogilga zarracha tasir etmayotganini bilsa ham, bari bir ona uning songan xotirasida nimadir yilt etib korinib qolar, degan umidda behuda urinardi. Anuno u devorga gapirayotganday edi. Shunga qaramay, otgan- ketganlardan gapirib, hadeb ozinikini takrorlayverdi:
	Oting nima, eslab kor! Otangning oti Donanboy!
Song ona ozi bilan olib kelgan taomlaridan yedirib-ichirib bolgandan song, alla ayta boshladi. Alla manqurtga maqul kelganday boldi shekilli, quloq solib tinglab otirdi. Qorayib, uniqib ketgan yuziga qandaydir iliqlik yugurgan- day boldi. Shunda ona oglini bu yerdan  jungjanglarning izmidan oz tugilib
osgan qadrdon yeriga birga olib ketishga kondirishga kirishdi. Manqurt esa tuyalarni qoldirib, qayoqqadir bosh olib ketishni miyasiga singdira olmadi: yoq, xojayinim tuyalardan bir qadam ham jilmaysan deb buyurgan, shuning uchun uyurni tashlab biron yoqqa ketmayman...
Chiqmagan jondan umid deganlariday, Nayman ona barbod etilgan xotira eshigini ochib kirishga qayta-qayta harakat qilardi:
	Eslab kor-chi, kimning oglisan? Oting nima? Otangning oti Donanboy!
oglini hushiga keltirish uchun behuda urinayotgan ona oradan qancha vaqt otganini ham payqamay qoldi, shu mahal uyur chekkasidan yana osha jungjang tuya minib kelayotganini korib esi chiqib ketdi. Bu safar jungjang juda ya- qin kelib qolgandi, yurishi ham juda ildam. Nayman ona tezda Oqmoyaga mina solib, qochib qoldi. Biroq, yaylovning narigi tomonidan yana bir jungjang tuya yorttirib onaning yolini kesib chiqdi, shunda Nayman ona tuyasida ularning ortasiga qarab soldi. Bedov tuya olga tomon yelday uchib ketdi, ortdan taqib ostiga olgan jungjanglar baqirishib-qiyqirishib, nayzalarini siltab, dagdaga qil- gancha uni quvlab borishardi. Biroq Oqmoyaga yetmoq qayoqda?!
Gazablangan jungjanglar qaytib kelgandan song manqurtni rosa dopposlashganini ona bilmasdi. Anuno dopposlashgani bilan manqurt nimani ham bilardi. U hadeb bir gapni takrorlardi:
	U sening onang bolaman, deb aytayapti.
	Hech qanaqa onang emas u! Senda ona yoq! Bu yoqqa nima uchun kel- ganini bilasanmi? Bilasanmi?! Telpagingni sidirib olib, boshingni qaynoq suvga solgani kelgan!  deb battar qorqita boshlashdi jungjanglar shorlik manqurtni.
Bu sozlarni eshitib, manqurtning qoramtir yuzlari bozday oqarib-kokarib ketdi, qollari bilan telpagini changallab, boynini yelkalari orasiga qisib, xuddi yirtqichday ola-kula atrofga qaray boshladi.
	Sen qorqmagin! Mana buni ushla! deb jungjangning kattasi man- qurtga oq-yoy tutqazdi.
	Qani, moljalga ol-chi!  kichik jungjang qalpogini osmonga otdi. oq qalpoqni teshib otdi.
	oh-o,  ajablandi qalpoq egasi.  Qolida xotira saqlanib qolibdi!
Uyasidan chochitib uchirib yuborilgan qush kabi Nayman ona Sariozak
chollarida oyogi kuygan tovuqday yelib-yugurardi. Endi nima qilarini, nimaga umid boglashni bilmasdi. Jungjanglar endi nima qilisharkin? otovdagi tuya- larni, manqurt oglini ona yetib bora olmaydigan boshqa yerlarga, ozlarining katta ordalariga yaqin joyga haydab ketisharmikin yoki uni qolga tushirish uc- hun payt poylab yotisharmikin? Ming xil xayollarga garq bolgan ona boshi qotib, pastqam yollardan otib borib, yaylovni sinchkovlik bilan kuzatarkan, haligi ikkita jungjang uyurni tashlab ketib borayotganini kordi-da, quvonib ket- di. Ular ong-u soliga qaramasdan yonma-yon ketib borishardi. Nayman ona uzoq vaqt koz uzmay turdi, qachonki ularning qorasi korinmay qolgach, ogli tomon yol solib qanday bolmasin, uni ozi bilan birga olib ketmoqchi boldi. U kim bolsa ham mayli, taqdir boshiga shunday qora kunlarni solib, dushmanlar shunchalik tahqir etgan ekan, bu  uning aybi emas. Mayli, ovsar bolsa ham oglini qullikda, asoratda qoldirib ketmaydi. Bosqinchilar tutqun etilgan farzand- larimizni mayib-majruh qilganlarini, xorlab, aqldan ozdirib, notavon bir ahvolga solib qoyganlarini naymanlar korib qoysin-da, gazabdan, or-nomusdan qolga qurol-yarog olsin. Gap bosib olingan yerda emas. Yer hammaga yetib ortadi. Ammo-lekin, jungjanglarning yovuzligini sira ham kechirib bolmaydi, ularning xiyonatkorligi yetti yot qoshni bolib ham yashash mumkin emasligini korsatib turibdi...
Ona ogli tomon borar ekan, shu kechasiyoq bu yerdan ketish zarurligini unga qanday qilib tushuntirsam ekan, deb yol-yolakay oylar edi.
Qosh qoraya boshladi. Qanchalab otgan va otishi lozim bolgan son-sanoq- siz tunlar singari lojuvard-qizgish sholaga chulgangan tagin bir tun soyliklar-u vodiylar uzra buyuk Sariozak sahrosini bosib kela boshladi. Oqmoya katta uyur tomon bekasini yeldirib borardi. Botayotgan quyosh sholalari qosh orkach ortasida otirib olgan ona qiyofasini baralla korsatardi. U jiddiy tusda, yuzlari- ning qoni qochgan holda hushyor tortib, xavotirlanib otirardi. Sochlari oqarib ketgan, manglayini ajin bosgan, gam-gussali kozlariga esa Sariozak xuftoni singari gam-tashvish chokkan edi... Mana, u uyurga ham yetib borib, otlab yurgan tuyalar orasidan otib kuzata boshladi, biroq ogli korinmasdi. Tuyasi esa tizginini chuvalantirib sudraganicha bemalol otlab yurardi... Nima boldi ekan unga?
	Jolomon! Qulunim Jolomon, qanisan?  deb chaqira boshladi Nayman
Qilt etgan jon korinmadi, hech qanday ovoz eshitilmadi.
	Jolomon! Qayerdasan? Bu men, onang bolaman! Qayerdasan?
Ona tashvish ichida atrofga olazarak boqar ekan, manqurt ogli tuyasining soyasiga berkinib, tizzalab otirganicha kamonni tarang tortib moljalga olayot- ganini payqamay qoldi. Faqat u quyosh nuri kozini qamashtirayotgani sababli qulay vaziyatni kutayotgan edi.
	Jolomon! Bolaginam!  deb chaqirdi ona oglini, biron hodisa yuz bermadimikan deb tashvishlanib. Song egarda otirgancha ogirilib qaragan edi, ozini moljalga olib turgan ogliga kozi tushib qoldi. Shu zahotiyoq Oqmoyani burib chap bermoqchi bolgan ham ediki, vizillab kelgan oq uning chap qoltigining ostiga sanchildi. Ona: "Otma!" deyishga ulgurdi, xolos.
Bu olim zarbasi edi. Nayman ona ikki bukildi va Oqmoyaning boyniga yopishgancha shilq etib tushdi. Lekin undan oldinroq boshidan oq romol uchib ketib, havoda qushga aylanib chirqiray boshladi: "Kimning farzandisan, eslab kor! Oting nima? Otangning oti Donanboy! Donanboy! Donanboy!.."
oshandan beri Sariozak dashti tepasida har kuni kechasi Donanboy degan qush uchib yuradi, deyishadi. osha qush yolovchiga duch kelib qolsa: "Kimning farzandisan, eslab kor! Eslab kor! Oting nima? Otangning oti Donanboy, Donanboy, Donanboy!.." deb sado chiqarar ekan.
Shundan beri Nayman ona dafn etilgan osha joy Sariozak muzofotida Ona Bayit qabristoni  Onaizor makoni deb ataladi...
Oqmoya tuyasidan kop nasllar qoldi. Urgochilari oziga tortib, oq-bosh tugilib, nayman eliga ma'lum va mashhur, norlari esa, aksincha, hozirgi Qoranor Boron singari qoradan kelgan, juda baquvvat boladi.
Rahmatli Kazangap Qoranor boron oddiy tuyalardan emas, balki Nayman ona olgandan song Sariozak dashtida qolgan mashhur Oqmoyaning naslidan tarqagan, deb har doim gapirib yurardi va buni doimo isbotlab berardi. Mana, endi uning jasadini Ona Bayit qabristoniga olib borishyapti.

Savol va topshiriqlar 
1.	Jangchining oligini ham yogiy qolida qoldirmaslik odatlariga qarab, nay manlar ma'naviyatiga baho bering.
2.	Nayman ayollarining oz erlari va ogillarini koyishlariga asoslanib, ular ning ruhiy olamini tasavvur qilishga urining.
3.	Nayman onaning oglini oylab chekkan iztiroblari tasvirini sinchiklab oqing. Bagri qon ona tuygularini ilgashga intiling.
4.	"U savdogarlardan yosh manqurt togrisida yana nimalarnidir sorab-surishtir- gisi kelar, ammo xuddi mana shu narsa  yana ham koproq narsani bilishdan vahimaga tushardi" tasviri asosida onaning murakkab ruhiy holatini sharh lang.
5.	Ona oglining manqurt bolgancha, olgani maqul deb oylagani holda uni topgisi kelaverganini tushunishga urining.
6.	Otmishini eslamoqchi bolgan manqurt holati tasvirini izohlang. 
7.	Oglining xotirasini tiklash yolidagi barcha urinishlari bekor ketgan ona holatini anglatishga harakat qiling.
8.	Yovuz jungjanglardan birining: "oh-o! Qolida xotira saqlanib qolibdi!" degan gapi mazmunini tushuntiring.
9.	Matndan manqurt ogil oldiga qaytayotgan ona tasviri berilgan orinlarni oqing. Ona ruhiy holati, kechinmalarini izohlang.
10.	Mana, parchani oqib chiqdingiz. Asardan chiqargan asosiy xulosangizni ayting.

"ASRGA TATIGULIK KUN" ROMANI ToGRISIDA
Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani 1980- yilda yozil- gan. Asar chop etilishi bilan oquvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy korsatkichlar: ozlikni anglash, ozgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish sin- gari tushunchalar ekanligi korsatilgandi. Asarda bu masalalar konkret odamlar taqdiri misolida baduy ifoda etilgan edi. Holbuki, bunday xususiyat shoro adabi- yoti uchun tamomila begona hisoblanardi.
Ch. Aytmatov ulkan sanatkorgina emas, jasur inson ham bolgani uchun ana shunday vaqtda odamiylik odamlikdan baland ekanligini, kechagi kunini eslamaydigan, bobolarning udumlari bilan faxrlanmaydigan, ularga amal qil- maydigan kimsalar na oti va na zotini biladigan manqurtdan farq qilmasligini Jolomon va Sobitjon timsollari misolida juda tasirli aks ettirdi.
Konglining eng tubidagi yuksak ezgu tuygular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab otgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining "Musibatnoma" kitobidan "Bu kitob jism-u figonimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir men- ing" satrlarining epigraf qilib olinishida ham teran ma'no bor. Ch. Aytmatov uchun ham bu roman "jon-u jahon"ning ozi edi. Asar chindan-da jahonga mash- hur yozuvchining dilidagi oh-u figoni, jonini ortagan dardlari, alamlari bay- onidir. Kitobda odam degan yaratiqning azizligi, uni tarixiy ildizlaridan, tili- dan, gururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani yovqur Nayman onaning tengsiz fojiasi tasviri asnosida aks ettirilgan.
Ch. Aytmatovning buyuk yozuvchiligi shundaki, siyosatdan tamomila chet- da turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamtargina odam ham aslida siyiosatning tasiridan xoli bololmasligini Boronli Edigey taqdiri misolida juda ishonarli aks ettir- gan. Edigey kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashashga ozida kuch topa oladigan chin insondir. Uning ezgu insoniy sifatlari qiyinchiliklarga qaramay marhum Kazangapning vasiyatini bajarishga ozida kuch topganida, qanchalik gazablanmasin, olik bor joyda janjallash- maslikka qudrati yetganida, Sobitjonning gap-sozlariga munosabatida yaqqol korinadi.
Ezgu insoniy tuygulardan mahrum, odamning konglini his etmaydigan, bobolar qollagan udumlarni mensimaydigan, kechagi kunidan uzilgan, anuno ozini ilgor fikrli ziyoli hisoblaydigan Sobutjon Manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi ekanligi ham juda tasirli korsatilgan.
Kazangapni dafn etish jarayonida, marhum bilan vidolashuv onlarida, Allohga munojot qilgan orinlari tasvirida Edigey tabiatiga xos yuksak insoniy xususiyat- lar namoyon bolgan. Xullas, bu roman odamning odamligini tanunlab turadigan asosiy qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan olmas asardir.
Nazariy ma'lumot
BADIIY ASAR PAFOSI HAQIDA
Pafos yunoncha "ehtiros", "hissiyot", "iztirob" ma'nolarini anglatuvchi "pathos" sozidan olingan. Adabiy atama sifatida esa asarga singib ketgan, un- dagi baduy tasvirning yonalishini belgilab beradigan joshqin tuygu va kotarinki ruhni anglatadi. Bu tuygu va ruh ijobiy xarakterda bolib, xayrixohlikni, salbiy tabiatga ega bolib, inkorni bildirishi ham mumkin. Pafos bilan yozilgan asarda adib oz nuqtayi nazari va qarashlarini berkitmaydi. Aksincha, ozi ilgari sur- gan va otkazmoqchi bolgan hayotiy-estetik fikrni kuchli hayajon hamda joshqin ehtiros bilan yoqlaydi. Shu tariqa, pafos bilan yozilgan asarning oquvchisi kopincha yozuvchi qarashlarining tarafdoriga aylanadi. Chunki asarning pafosi uni xolis kuzatuvchi emas, balki astoydil tarafdor bolishga undaydi.
Pafos baduy asarning ifoda tarzinigina emas, balki uning ma'no-mohi- yatini ham belgilab beradi. Chunonchi, "Asrga tatigulik kun" romanida oddiy temiryolchi Edigeyning oylari, sozlari, qilgan ishlari kuchli pafos bilan tas- virlangani uchun ham kitobxonni oziga rom etadi. Ayni paytda, Sobitjonning xatti-harakatlari, gaplari, tutumi adib tomonidan joshqinlik bilan inkor etilgani uchun oquvchi bu timsolni yomon korib qoladi. Shu tariqa asarning pafosi uning oquvchisiga oz nuqtai nazarini aniq belgilab olishda yordam beradi.
Asar pafosi, ayniqsa, Nayman ona timsoli tasvirida yaqqol boy korsatgan. Manqurt haqidagi afsonada insonning asosiy belgisi bolmish ozlikdan ayirish, odamni xotirasidan mahrum qilish cheksiz nafrat bilan tasvirlanganki, oquvchi bu asarga beixtiyor qayta-qayta murojaat qilishni istayveradi.
MUSTAQILLIK DAVRI OZBEK ADABIYOTI
Otgan asrning 90- yillaridan e'tiboran ozbek xalqi oz tarixining yangi bosqichiga kirdi. Ya millat holatining estetik ifodasi olaroq istiqlol adabiyoti deb atalmish baduy hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri ozbek adabiyoti kop asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomidir. Mustaqillik davri ozbek adabiyoti bir qa- tor oziga xos belgilarga ega bolgan baduy-estetik hodisadir.
Istiqlol davri ozbek adabiyoti tubdan ozgargan milliy ongning, tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Mustaqillik tufayli millat ahli oz ma'naviyatining asosi bolmish Quroni Karim bilan ozbek tilida tanishish imkoniga ega boldi. Bu hol millatning tafakkuri soglomlashuviga olib keldi. Bu muqaddas kitobning ozbekchaga agdarilishi millatning e'tiqodi, dunyoqarashi va manaviyatida oziga xos inqilob yasadi. Tabuyki, dunyoqarashi tozargan millat- ning adabiyoti ham yangilanadi. Shu tariqa, hukmron mafkura tazyiqidan qutul- gan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash samarasi sifatida istiqlol adabiyoti dunyoga keldi.
Mustaqillik davri milliy adabiyot taraqqiyoti tarixidagi oddiy xronologik bosqich emas, balki bir qator jiddiy oziga xos jihatlarga ega bolgan alohida baduy-estetik hodisadir. Istiqlol davri ozbek adabiyoti tamomila yangilanayot- gan estetik tafakkurning mahsuli olaroq tugildi. U yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash im- koniyatiga ega bolgan millat ijodiy dahosining samarasi sifatida dunyoga kel- di. Ijtimoiy taraqqiyot yosinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz ham tasvirlash natijasi bolib yaratildi.
Mustaqillik davri ozbek adabiyoti tafakkur oinlari ozgacha ijodkorlarning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa olaroq bir qator oziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bolgan adabiyotdir. Bu davrda olamning mavjudlik yosinini turlicha izohlash imkoniyati paydo boldi. Bu hol milliy adabiyotimizning ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ilmiy-estetik qarashlar xilma-xilligini yuzaga keltira boshladi.
Ikkinchidan, mustaqil ozbek davlati baduy adabiyotni shoro zamonida bolgani kabi oz monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinli- giga ob'yektiv sharoit yaratildi. Adabiyot ijodkorning kongil ishiga aylandi va aylanmoqda.
Bugun baduy ijod bilan shugullanayotganlar shaxs sifatida ham, ijodkor sifatida ham tamomila oziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot oz kongliga qarshi bormaydigan, uning royishlariga zugum otkazmaydigan kishilar tomonidan yaratilayotganligi quvonarlidir. Adabiy tan- qid, oquvchilar onunasi nima desa ham bu ijodkorlar oz bilganlaricha yozishdan qaytmaydilar. Ular ijodini ozlariga emas, aksincha, ozlarini ijodiga boysundirgan kishilardir. Shu yosinda juda yaqin otmishda ham ijtimoiy-siyosiy hodisa sanalib kelgan baduy adabiyot milliy-estetik aktga evrildi.
Uchinchidan, istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqa- ruvchi, mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi. Milliy adabiyot millat vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar: ruhiyati, hissiyoti, konglini tasvirlashga kirishdi. Bu adabiyot uchun insonning ozi asosiy qadriyatga aylana boshladi. Shu tariqa, milliy adabiyotning qahramon- lari jugrofiyasi kengaydi, miqyosi kolam kasb etdi. Odam biror ijtimoiy qatlam- ning vakili tarzida emas, murakkab va anglash mushkul bolgan inson sifatida baduy tadqiq etiladigan boldi.
Tortinchidan, mustaqillik davri ozbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini korsatish, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining manaviyatini mukanunallashtirishga yonaltirildi. Bu hol baduy qah- ramonlarni turli rakurslardan turib, eng ichkin va yashirin jihatlarigacha tadqiq etish imkoniyatini berdi. Shu sababdan ham istiqlol davri adabiyoti "aholisi" sezilarli darajada nozik, ingichka, oziga xos, betakror bolib bormoqda. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, baduy tiplarni tasvirlashga koproq in- tilinayotganligining sababi ham shunda. Shu yosin, bu davr adabiyoti onunani korsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yonaltirildi.
Beshinchidan, bu adabiyot inson, insonlararo munosabatlar goyat murak- kab, chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglagan va ularni butun murak- kabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir. Shorolar zamonida har bir adabiy qahramonning xatti-harakati ijtimoiy jihatdan asoslangan, iqti- sodiyot qonunlaridan kelib chiqadigan bolishi shart deb qaralardi. Natijada asar- lar sxematik talablarga boysundirilardi. Holbuki, bir odamning xatti-harakatlari sababini adiblar tugul osha kishining ozi ham tola tushuntirib bera olmaydi. Ana shu holatning milliy baduyatimizga kochganligi insonga sirli xilqat tarzida yondashish, uning taqdiridagi chigalliklarni tushunishga intilishni keltirib chiqar- moqda. Shu tariqa adabiyotdagi odam hayotdagi odamga qaraganda chuqurroq, murakkabroq, oychilroq, ingichkaroq bolib bormoqda.
Oltinchidan, bu davr adabiyoti mavzu dolzarblik, hozirjavoblik, zamonaviy- lik singari sirtqi belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning mangu- likka suratlanishga yonaltirilmoqda. Shu yol bilan adabiyot hayotdan nusxa olishdan, ya'ni kochirmachilikdan qutulih bormoqda. U ijtimoiy hodisalar bi- lan andarmon bolish, ularning ortidan ergashish zaruriyatidan xalos boldi. Mazkur holat baduy tasvirning chuqurlashuviga, odam ruhiyati qatlamlarini nozikroq idrok etishga imkon yaratadi.
Yettinchidan, mustaqillik davri ozbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil ada- biyotga aylandi. Unda tajriba qilish, sinab korish, ochilmagan yollardan yurish imkoniyati paydo boldi. Bu hol birovga oxshamaydigan, ozgalarni takrorlashga intilmaydigan, oziga xos iste'dodlarning kopayishiga imkon yaratadi. Xilma-xil baduy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil oquvchilar paydo boladi. Baduy didi yuksak, sozni nozik his etadigan, sezimlardagi yengil tebranishlarni ham ilgay oladigan kitobxon shakllanishiga turtki boladi. Onunaviylik baduy adabiyot uchun asosiy maqsad, yuqori korsatkich emasligi anglab yetildi.
Sakkizinchidan, yuqorida sanab otilgan omillar tufayli bu davr adabiyo- ti jonlikdan, anchayinlikdan, toporilikdan qutildi va uning asl namunalarini hamisha ham izohlash, tushuntirish, mantiqiy qoliplarga solish mumkin bolmay qoldi. Baduy adabiyot mantiq va axlodan ham teranroq sezimlar bilan ish korishi, eng murakkab mavhumlikni moddiylashtirishga da'vat etilgan hodisa ekanligi tan olindi.
Toqqizinchidan, ijod erkinligi, xilma-xil fikrlash imkoniyati, baduy sozga davlat miqyosida xojayinlik qilishning barham topganligi ortamiyona asarlar- ning ham yaratilishi hamda chop etilishiga imkon tugdirdi.
oninchidan, bozor munosabatlari baduy ijod sohasida ham namoyon bola boshladi. Natijada xaridorgir, onunaning otkinchi talablariga mos keladigan asarlar yaratishga harakat kuchaydi. Shuning oqibati olaroq ozbek adabiyotida erotik tasvirlar, sarguzasht yonalishidagi oldi-qochdi bitiklar kopaydi.
Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining konglini, ruhiyatini tas- virlashga e'tibor qaratmoqda. Natijada, inson asosiy baduy qadriyatga aylandi.
She'riyat bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bolib qolmoqda. Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Farida Afroz, Aziz Said, Muhanunad Yusuf, Faxriyor, Bahrom Rozimuhammad, Rauf Subhon, Iqbol Mirzo, Zebo Mirza, Tursun Ali, Ulugbek Hamdam, Xosiyat Rustamova singari shoirlarning she'rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga kotarilgani namoyon boladi.
Bu davr she'riyatida otkir gap aytish, oquvchiga aql orgatish emas, balki inson ruhining murakkab manzaralarini aks ettirishga e'tibor kuchaydi. Odam sezimlarining qatlamlarini tadqiq qilish, tuyguning boy va rangin qiralarini poetik kashf etishga urinish kuchaydi. Bu davr she'riyati shakliy izlanishlarga boyligi bilan xarakterlanadi. Endilikda ozbek she'riyati bilan tanishish uchun
oquvchining qulogi va kozigina emas, tafakkuri va tuygulari ham bir qadar zoriqishi, she'rdan zavq olish, lazzat tuyish uchun mehnat qilishi lozim bolib qoldi.
Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlim- larni poetik kashf etishga urinish kuchaydi.
R. Parfining "Adashgan ruh", "Qora devor", "Munojot", "Sensiz", Sh. Rahmonning "Turkiylar", "Iqror", A. Suyunning "Istigfor", "Oq va qora", A. Qutbiddinning "Izohsiz lugat", A. Saidning "Tush", "Yol", Faxriyorning "Ayolgu", "Bogzimdan sirqirar tovush - qon...", "Oyloq kecha..." she'riy asarlari ozbek nazmining yetuk namunalaridan hisoblanadi. Bu davr she'riyati shakliy izlanishlarga boyligi, Chiqish nazmidan ham, Botish adabiyotidan ham samarali organishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi.
Endilikda she'rxonlik kongil ochar mashgulot bolmay qoldi. She'r bilan tillashadigan oquvchining tafakkuri ham, qulogi ham, kozi ham, hatto tuygulari ham bir qadar zoriqishi, she'r oqiyotganda faqat zavq va lazzat tuyibgina qol- may, mehnat qilishi ham lozim bolib qoldi. Rauf Parfining:
Yerga botgan osmonlarni kuzatdim, 
Chopilgan oyogim bilan chopdim men. 
Kesilgan qolimni sizga uzatdim, 
Bu dunyo gullarga toldi. Qotdim men.
yoki:
Shaftolirang olam nayza uchinda, 
Dunyolari yolgon, men oldim chindan
singari baduy qanoatlarini qabul qilish uchun muayyan ruhiy-intellektual hozirlik zarur bolishi tayin. oziga xos shoirlardan biri Faxriyorning mavjud imlo qoida- lariga rioya etmay bitilgan:
qobirgalar qabarar suyaklarim qadoqdir
qaboqlarim oq tugab boshab qolgan sadoqdir
kuyib kuyib kul bolgan nafratlarim adoqdir
chuchmomalar kok kiygan
namozshomgul gul gulim
hey tulugim hey tuhun
hey tulugim hey tuhun
satrlari orqali ifodalanayotgan baduy ma'noni ilgash oson kechmaydi.
Milliy poyeziyamiz tarixida ikkigina sozdan iborat she'r hech qachon bolmagan. Faxriyor shunday she'r yozdi. Quvonarlisi shundaki, bu ikki soz yor- damida atama yasalmagan yoki axborot berilmagan, balki oziga xos musiqaga ega, muayan kayfiyat ifodalay oladigan, oqiganga ozgacha ruhiyat baxshida qila- digan tugal she'r yaratilgandir:
oy
bolta
She'r bosh harf bilan yozilmaganligi, unda hech qanday tinish belgisi ishlatil- maganligi muallifning oliftaligi yoxud injiqligidan emas. E'tibor qiling, ajdodlarimiz minglab yillar davomida tinimsiz sherlar bitib kelishgan. Ular oquvchiga isho- nishgan. otmishdagi shoirlar zarur orinni belgilash, alohida e'tibor qilinadigan joyni topish ixtiyorini sherxonning oziga qoldirishgan. Faxriyorning she'ridag'i ikki soz, tabuy ravishda, oquvchining e'tiborini tortadi, uni bu sozlar ustida oylab korishga, unga turli aspektlarda yondashishga undaydi. Birov oyni boltaga, boshqa birov boltani oyga mengzaydi. Sehrli bu sozlar sabab kimdir siqilganlikni, ruhini oyning boltasi qiymalaganini, boshqasi esa sokinlikni oy bolta ruhiyatiga qoriqchi bolganini tuyadi.
B. Rozimuhammadning bir she'rida shunday misralar bor:
...bitta soz qoldirgim keladi ruh yertolasidan ogirlangan soz osmon hidi keladigan soz dunyoning ozi qadar anglab bolmas sir qadar
misralardan suratlanayotgan hissiy holat tugallanmaganligini, shoir hanuna ga- pini aytishga urinmaganligini payqash mumkin. Shu shoirning:
kozdan ichkarida yol yoq sozdan ichkarida yol yoq anuno xoroz qichqirigi ortiga shafaqrang qishlogim bekinib olgan
satrla