marosimiga yetib kelgani Edigeyning konglini yumshatib, quvontirib yubordi. Boshlariga tushgan ogir musibatdan ikkalasi bir lahza quchoqlashib, yigi-sigi qilib olishdi. Edigey keyinroq ozining nega bunday qilganiga ajablandi. Ikkalasi hovli sahnida  Kazangapning egasiz qolgan paxsa devorli kulbasi eshigi oldida uzoq yiglab turishdi.
Edigeynimadandirqattiqtasirlangandayboldi. Sobitjonningyoshlikchoglari esiga tushdi: u mushtday bola edi, otasining suyanchigi edi. Temiryolchilarning bolalari uchun Qumbelda ochilgan maktab-internatga olib borib joylashtirganlari yodida. Qollari boshadi deguncha, goh yolovchi poyezdda, goh tuyada korgani borishardi. Sobitjon yotoqda qanday yashayapti, birov xafa qilmadimikin, ozi biror nojoya ish qilib qoymadimikin, oqishlari qalay ekan, oqituvchilari u haq- da nima derkin, deb xavotirlanib borishardi. Ta'til tugagan paytlari oqishga kechikib qolmasin, deb ayozli kunda necha martalab postinlarga orab, tuyada qalin qor bosgan Sariozak dashtligi orqali olib borib qoyishardi.
Kozyoshi qilib olishgach, hol-ahvol sorashga otishdi, ishdan gap ochishdi. Shu lahzada ma'lum bolib qoldiki, arzanda, bilagon ogil otasini izzat-ikrom bi- lan kongildagidek dafn etishga emas, balki qarzdan qutilish uchun naridan beri ustiga tuproq tortib, tezroq qaytib ketishga kelgan ekan. U galati-galati gaplarni ayta boshladi: marhumni uzundan-uzoq Ona Bayitga olib borib nima qilamiz, shunday ulkan Sariozak cholida bir qabrga joy topilmadimi? Ostonadan bosh- lab dunyoning narigi chekkasigacha joy degan narsa tolib-toshib yotgan bolsa? Qabrni shu yaqin ortadan, ozi umr boyi ishlab kelgan temiryol boyidagi biror donglikdan qazish kerak. Marhum otgan-ketgan poyezdlarning taraqa-turuqini eshitib yotadi...
Sobitjon hatto shu xususda aytiladigan qadimiy maqolni ham eslab qoydi: oladigan odamning olgani yaxshi, ketadigan odamning ketgani yaxshi. Munchalik chozib, bosh qotirib otirishning kimga keragi bor? olgan odam- ga qayerga komilishining nima ahamiyati bor? Bunday mahalda ish qancha tez bitirilsa, shuncha yaxshi!
...Edigey, qariganimda ham ahmoq ekanman, deb ozini koyiy boshladi ichida. Mana shu laqma bilan sal avval quchoqlashib, hongrab yiglab yubor- ganidan nomus qilib, afsuslandi. Kazangapning ogli bolsa ham ablah ekan. Edigey ornidan turdi. Devor tagiga orindiq qilib yogoch shpal qoyilgan bolib, orindiqda besh kishi maslahatga yigilishgan edi. Edigey kopchilikning oldida bir nima deb yubormaslik uchun ozini arang tiyib turardi. Shunday qayguli bir kunda odamlar ichida haqorat gap aytsa, yaxshi bolmaydi. Kazangapning xoti- rasi hurmatini qildi. Shuning uchun u yotigi bilan tushuntirdi:
 Atrofda yer kop, albatta, istaganingcha topiladi. Faqat odamlar nimagadir yaqinlarini duch kelgan yerga komib ketaverishmaydi. Harholda, bejiz bolmasa kerak. Axir, olikka yer qahatmi?  U jimib qoldi, Boronli ahli ham uning gaplarini jimgina tinglashdi.  ozlaring hal qilinglar, oylab koringlar, men u yoqda nima bolayotganini bilib kelayin-chi.
Edigey avzoyi buzilib rangi-quti ochgancha, nariga odimlab ketdi, gunoh- dan uzoqroq bolayin, deb oyladi, shekilli. Qoshlari chimirilib, qansharidagi ajini bortib chiqdi. Tabiatan qorsroq, qiziqqonroq edi u  shuning uchun ham uni "Boron" deb atashadi-da. Mana, hozir ham odamlar bolmaganida Sobitjonning hayosiz kozlariga tikilib turib, aytadiganini aytib olardi-ya. Umr boyi esidan chiqmaydigan qilardi.
Edigey Sobitjon bilan bolgan suhbatdan song ta'bi xira tortib, Qoranor ol- diga bordi. Shunday bolishini u oldindan sezgan edi. Sobitjon otasining olimiga kelganini minnat qilayotgan bolsa, jini qozimay nima ham qilsin. Unga ota- ning olimi ortiqcha yukday, bu yukdan tezroq qutulishga harakat qilardi. Edigey ortiqcha gapirishni lozim kormadi, bari bir hanuna ogirlik ozining gardaniga tushardi. Harholda, qoni-qoshni ham ozlarini chetga olishmadi. Kopchilikning sadagasi ketsang arziydi. Temiryolda zarur ishi bolmagan kishilarning hammasi shu yerda, ertangi dafn marosimiga va maraka oshiga tayyorgarlik korish uchun yordamga tutinishdi. Xotin-xalaj uyma-uy yurib idish-tovoq yigishdi, samovar- larni tozalashdi, xamir qorib, non yopa boshlashdi. Erkaklar suv tashib keltirish- di, ishdan chiqqan eski shpallarni arralab, otin tayyorlashdi. Dashtda otin-chop xuddi suvday aziz.
Bu ishlarga faqat Sobitjongina halal berardi. Oblastda kim qaysi vazifada ishlaydi, kimni ishdan olib, kimning amalini oshirishgani togrisida gap sotib, odamlarni ishdan chalgitardi. Qaynotasining olimiga kelin bola kelmaganidan u zarracha ham hijolat tortmasdi.
Ajabo, deya yoqasini ushlardi Edigey, emishki, kelin allaqanday konferen- siyada qatnasharmish, ana shu yiginga qandaydir chet ellik mehmonlar tashrif buyurarmish. Cholning nevaralarini olib kelish togrisida gapirmasa ham boladi. Ular ozlashtirish va davomat uchun kurashar ekanlar, institutga kirmoqchi bolgan odamning attestati toza bolishi kerak ekan. "Odamlarga nima bolgan ozi?  deya xunob boldi Edigey.
 Ularga olimdan boshqa hanuna narsa muhim!  Bu fikr Edigeyning ich-etini tirnardi.  Modomiki, ularga olim ahamiyatsiz ekan, demak, ular hayotning ham qadr-qimmatiga yetishmaydi. Unday bolsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?"
Qoranor Boronga jabduq urib bolgach, Edigey ornidan turgazdi va kel- batini korib mamnun boldi. Hatto oz ishidan gururlanib ham qoydi. Ustiga rango-rang gajimli yopiq tashlangan, orkachlari ortasiga qoyilmaqom qilib egar urilgan Qoranor salobatli va mahobatli korinardi. Ha, yoshlar korib havas qi- lishsin, ayniqsa Sobitjon korib qoysin: munosib yashab otgan odamning olimi ham hech kimga malol kelmaydi, tashvishi tushmaydi, aksincha, qayguli voqea bolsa-da, juda katta voqea ekanini, shu boisdan ham songgi manziliga izzat- hurmat bilan uzatilayotganini bilib qoyishsin. Ba'zi xalqlarda dafn marosimida muzika chalishadi, bayroq kotarib borishadi, ba'zi xalqlarda osmonga oq uzi- shadi, boshqa xalqlarda esa gulchambarlar qoyib, marhumni gulga burkashadi...
Edigey Boron bolsa, ertaga tongdayoq popukli yopiq tashlangan Qoranorda Kazangapni songgi abadiy manziliga  Ona Bayit mozoriga olib boradi... Poyonsiz, hayhotday Sariozak dashtini kesib otishar ekan, u yol boyi faqat Kazangapni oylab boradi. Xesh-ajdodlar qabristonida dostini tuproqqa uzatayot- ganida ham xayoli faqat marhumda boladi. Ha, shart shundoq bolgan. Yolning uzoqligi yoki yaqinligidan qat'i nazar, hech kim, hatto marhumning oz ogli ham uning songgi xohish-irodasini bajarishdan boyin tovlay olmaydi...
Edigey jabduq ishlari bilan ovora bolib turgan vaqtda Edilboy daroz, payt topib, Sobitjonni bir chekkaga chaqirib oldi:
	Qani, bu yoqqa soyaga kel, gaplashib olaylik.
Gap uzoqqa chozilmadi. Edilboy ortiqcha tushuntirib otirmay, gapning postkallasini aytdi-qoydi:
	Xudoga ming qatla shukr qilgin, yaxshiyamki olamda otangning Edigey Boron degan dosti bor ekan. Rasm-rusmini orniga qoyib, dafn etishga sen halal berma. Shoshilayotgan bolsang, ushlab turganimiz yoq. Men sening orningga bir hovuch tuproq tashlab qoya qolaman!
	Mening otam, nima qilsam ozim...  deb Sobitjon chaynala boshlagan edi, Edilboy gapini shartta kesdi:
	Ota-ku seniki, biroq sening ozing ozingniki bolmay qolibsan.
	Ja, unchalik emas,  Sobitjon biroz yon berganday boldi.  Bopti, shunday kunda janjal chiqarmaylik. Ona Bayit bolsa bolaqolsin, menga nima, faqat uzoqlik qilarmikin, deb oylagan edim...
Gapga nuqta qoyildi. Edigey Qoranorni hanunaga koz-koz qilib keltirib qoyib, boronliliklarga qarata: "Qoysanglar-chi, erkak kishining gapini qilay- lik, bunday odamni Ona Bayit mozoriga qoyamiz", deganida hech kim e'tiroz
bildirmadi, hamma jimgina rozi boldi... ??

Savol va topshiriqlar
1.	Ona Bayit qabristoniga borish yolini boronliliklardan faqat Edigeygina bili- shi sababi haqida oylab koring.
2.	Sobitjonning ota jasadini shu yerning oziga komib qoyaqolishga urinishi sababini izohlang. Uning ota vasiyatiga beparvoligi nimadan deb oylaysiz?
3.	Edigeyning jasadni Ona Bayit mozoriga qoyishga astoydil urinishi zamirida qanday ma'naviy axloqiy asoslar bor deb oylaysiz?
4.	Sobitjon bilan korishib yiglagan Edigeyning keyinroq ozini ahmoq deb yozgirishi sababini izohlang.
Edigeyning: "Modomiki, ularga olim ahamiyatsiz ekan, demak, ular hayot- ning ham qadr-qimmatiga yetishmaydi. Unday bolsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?"  degan oylari xususida mulohaza yuriting.
Edilboy bilan Sobitjon suhbatini qayta oqib, izohlang. Suhbatdoshlar ma'naviyatini baholang.
Komish marosimida ayoli va bolalarining qatnashmayotganidan Sobitjon nega xijolat bolmayapti deb oylaysiz?
Odatda tili achchiq Edigeyning Sobitjonga qattiq gapirib yubormagani sababi haqida oylab koring.
Bekat aholisining mehru oqibati tasvirlangan orinlarni izohlang.
* * *
Bu voqea jungjanglar Sarioiak dashtlarini egallab olish va aholini qullikka so- lish maqsadida tub xalqlar bilan tinimsiz urush olib borgan zpmonlarda yuz bergan edi. O 'z yerlaridan ayrilishni istamagan mahalliy qabilalar tinimsiz kurash olib bori- shar, katta-kichik janglar orasida tinch damlar ham boIardi. Nayman ona fojiasi ayni shunday tinch kunlarning birida boshlandi...
Osoyishta damlarning birida naymanliklarning yurtiga karvonda mol ortib kelib qolgan savdogarlar choy ichib, gurunglashib otirarkan, ozlari korib shohi- di bolgan bir voqeani gapirib berishadi. Aytishlaricha, Sariozak dashtining jung- janglar tomonidagi quduqlar yonidan bamaylixotir otib borayotganlarida yolda kattakon tuyalar podasini otlatib yurgan bir navqiron choponga kozlari tushib qoladi. Savdogarlar u bilan gaplashmoqchi bolib ogiz ochganlarida choponning manqurt ekanini payqab qoladilar. Sirtdan qaraganda, chopon soglom yigitga oxshar, boshidan nimalar kechgani hech kimning xayoliga kelmas edi. Balki u ham qachonlardir boshqalar singari esli-hushli, sozamol bolgandir. on guli- dan bir guli ochilmagan, moylabi endigina sabza ura boshlagan, kelbati kelish- gan, anuno ikki ogiz gaplashmoqchi bolsang, xuddi kecha tugilganga oxshaydi, boyaqish na ozining, na ota-onasining ismini biladi: jungjanglar uni qanday koyga solishganini, urug-aymoqlari kimligini ham unutib yuborgan. Biron narsa sorasang lom-mim demaydi, faqat "ha" yoki "yoq" degan javobni beradi, doim boshiga bostirib kiyilgan telpagidan qolini tushirmaydi. Gunoh ekanini bilishsa- da, jismoniy mayib-majruhlarni ham odamlar mazax qilishadi. Shunday man- qurtlar ham bolar emishki, ularning boshiga kiydirilgan tuya terisi bazan bosh terisi bilan birga qoshilib osar emish va h.k., h.k. xususida soz yuritib kulisha- di. Bunday manqurtlarni, kel, boshingni buglab yumshatamiz, deb qorqitishsa, goyo bundan ortiq jazo yoqdek, kozlari qinidan chiqib ketar ekan. Asov ot sin- gari depsinib, birovning qolini boshiga yaqinlashtirmas ekan. Bu xil manqurtlar kun-u tun, hatto uxlaganda ham telpagini yechmas ekan... Ammo-lekin, suhbatni davom ettirishardi mehmonlar, manqurt girt ahmoq bolsa ham, ishiga puxta ekan - toki biz uning tuyalaridan uzab ketmaganimizcha koz-quloq bolib turdi.
Gurung payti otovda savdogarlarga choy quyib otirgan bir ayol ham bor edi. Bu Nayman ona edi. Sariozak afsonasida u shunday 110111 bilan qoldi.
Nayman ona yolovchi mehmonlarga sir boy bermadi. Bu xabarni eshitib, nogoh dahshatga tushganini, rangi-royi ozgarib ketganini hech kim sezmadi. U savdogarlardan yosh manqurt togrisida yana nimalarnidir sorab-surishtirgisi kelar, anuno xuddi mana shu narsa  yana ham koproq narsani bilishdan va- himaga tushardi. Nayman ona tilini tiydi. Yaralangan qushning chinqirogi sin- gari qalb tugyonini ichiga yutdi...
Savdogarlarning karvoni kop otmay oz yoliga ravona boldi. osha kecha tong otgunga qadar turli oy-xayollar ogushiga chomgan Nayman ona Sariozak dashtidagi osha manqurt-choponni topib, uning oglimi, yoqmi ekaniga ishonch hosil qilmaguncha kongli tinchimasligini angladi. Ona konglini allaqachonlardan beri jang maydonida qolgan oglining bedarak ketgani gash qilib kelar edi, endi osha sezgi, osha gumon qayta qozgalib, uni dahshatga sola boshladi... Bunday qiynoqlar-u azob-uqubatlardan bir umr gam chekib, gumonsirab, havotirlanib yurgandan kora, albatta, oglini bir emas, ikki bor komgani yaxshi emasmi?
Nayman onaning ogIi bir yil oldin halok etilgan otasining ochini olish uchun jangga otlanib, Sarioiakda jungjanglar bilan bolgan omonsiz olishuvda yarador boladi. Jang suronidan chochigan ot ustidagi chalajon yigitni chol ichkarisi  yov tomonga sudrab ketadi. Jang qizgin tus olganidan hech kim buni payqamaydi... Jangdan song naymanlar uni necha kunlab izlashadi. Jangchining oligi bolsa-da, yov qolida qolmasligi kerak edi...
Biroq na jasad, na oti, na tushirib qoldirgan qurol-yarogini, na boshqa biron belgi-alomatni topa oldilar. Uning halok bolgani hech kimda shubha qoldir- magan edi. Boringki, yarador bolgan taqdirda ham oradan otgan kunlar orasida cholda suvsizlikdan yoki bolmasa, qon ketishidan halok bolishi muqarrar. Yosh birodarlarining kimsasiz Sariozak cholida dafn etilmay qolib ketgani alamidan hasrat-nadomat chekdilar. Bu hanunaga isnod edi. Nayman ona otovida ovoz chiqarib yiglashgan xotin-xalajlar erlari va oga-inilari sha'niga ta'na toshlarini yogdirdilar:
 Uning kozlarini quzgunlar choqidi, shoqollar goshtini burdalab ketdi, endi sizlar qaysi yuz bilan el orasida bosh kotarib yurasizlar?!..
osha kundan boshlab Nayman ona uchun yer-u kok huvillab qoldi. Togri, urush qurbonsiz bolmaydi, buni ona ham yaxshi tushunadi, biroq oglining jasa- di komilmasdan jang maydonida qolib ketgani unga sira ham tinchlik bermasdi. Achchiq qaygu, poyoni yoq oy-xayollar ona qalbini poralar edi...
oy-xayollar girdobida onaning fikri chuvalgani chuvalgan. Axir, jungjanglar Sariozak dashtining biron yerida holdan toygan otni ushlab olgan bolishlari mumkin. Yaxshigina egar-jabduqli, yana buning ustiga oz oyogi bilan kelgan tulpor naqd olja-ku. Unday bolsa uzangida oyogi ilinib kelgan oglining jasa- dini ganimlar nima qilishdi  yerga komishdimi yo chol darrandalariga yemish boldimi u? Bordi-yu hali olmagan, falakning gardishi bilan tirik qolgan bolsa- chi? Chala olik yigitni ular urib halok qilishgan yoinki yaydoq dalaga quruq jasadini tashlab ketishgan bolishsa-chi? Yo... agar...
Gumon-shubhalarning cheki yoq edi. Sayyoh savdogarlar choy ichishib otirishganda, Sariozakda uchragan yosh manqurt haqida gap ochib Nayman onaning ortangan yuragini battar ortab, yarasiga tuz sepishganini ozlari ham payqashmagan edi. Ona qandaydir falokatni sezib, yuragi orqasiga tortib ket- di. osha manqurt mening oglim bolib chiqsa-ya, degan hadik borgan sari kuchayib, uning aql-u hushini, butun vujudini tobora chuqurroq, tobora kuch- liroq chirmab ola boshladi. osha manqurtni izlab topib, oz kozi bilan korib, uning oz pushti-kamaridan bolgan ogli emasligiga ishonch hosil qilmaguncha kongli tinchimasligiga kozi yetgan edi.
Nayman ona kecha oqshomdayoq safar jabduqlarini but qildi. Yegulik va ichguligini gamladi. Ayniqsa, suvni molroq oldi. Sariozakning cholida quduq topilmay qolguday bolsa deganday, har ehtimolga qarshi, ikki meshni toldirdi... Kecha oqshomdayoq urgochi tuya Oqmoyani shay qilib, qoziqqa boglab qoygan edi. Umidi-ishonchi ham, birdan-bir hamrohi ham osha. Oqmoyaning kuch-quv- vatiga-yu yorgasiga ishonmaganda Sariozakdek soqov cholga yol olishga jurat eta olarmidi?! Oqmoya ikki bor bolalagandan song osha yili qisir qolib obdan dam olgan. Uning ayni avji kuchga tolib, minishga qol kelib turgan kezlari edi. Ozgin, chayir oyoqlari uzundan kelgan, tovonlari yumshoqqina, qarilig-u ogir yukdan hali toliqmagan, qosh orkachli, kamondek egilib kelgan baquv- vat boyni-yu boshi kelishimli, kapalakning qosh qanotiday dirillab, yengil yelib, yol-yolakay havoni sipqarib borayotgan Oqmoya bebaho tuya bolib, uning bir oziga butun bir uyurni alishtirsa arzir edi.
Nayman ona erta tongda otovdan chiqdi. "Ashhadu alla ilaha illalahu",  deb pichirlagancha kalima qaytardi. Song tuyasi tomon shaxdam odimlab borib, uni choktirdi. Oqmoya jahli chiqqanidan emas, balki shunchaki, odatga kora sekin baqirib qoydi-da, bemalol kokragini yerga berib chokdi. Tuya u yon-bu yon qozgalib tura boshlaganda Nayman ona goyo qanot boglab zamindan uchib
ketganday boldi. Uzoq safarga yol olayotganlarini Oqmoya endi tushundi...
* * *
...Oqmoya necha kundan beri buyuk Sariozak dashtining qir-adirlari- yu soyliklari boylab pishqirganicha, bir maromda yortib borardi. Ular yolda duch kelib qolgan birorta quduq boshida kechalargina toxtashardi. Tong otishi bilan yana oyoqqa turib qat-qat yastanib ketgan Sariozak adirlarini kezib, katta tuyalar todasini izlashardi. Haligi savdogarlarning aytishlariga qaraganda, ular tuyachi manqurtni Sariozak cholining xuddi mana shu qismida  olis-olislarga chozilib ketgan Malaqumdichop jarligi etagida korishgan. Nayman ona xuddi mana shu manqurtni izlayotgan edi. Mana ikki kundirki, ona jungjanglarga yoliqih qolishdan qorqib, atrofga olazarak bolib qarab, Malaqumdichop jarligining u yoq-bu yogini aylanib yurar, anuno u qayoqqa koz yugurtmasin, qayerni izlamasin, faqat cheksiz dashti-biyobonlarga, aldoqchi saroblarga duch kelardi, xolos.
Yaqt otgan sari Nayman ona xavotirlana boshladi, uyurni boshqa tomon- larga haydab ketishmaganmikin, yoki jungjanglar bu tuyalarni kotarasiga so- tish uchun Xiva yoki Buxoro bozorlariga haydab ketishmaganmikin? Agar ular shunchalik olis yerga ketishgan bolsa, haligi tuyachi yana qaytib kelarmikin yoinki tuya bilan qosha sotilib nom-nishonsiz ketarmikin?..
oglimni tirik korsam, manqurt bolsa ham, aqldan ozib hech nimani eslay olmaydigan merov bolib qolgan bolsa ham mayli, osha chopon oglim ishqilib joni 0111011 bolsa, bas... Shunga ham ming qatla shukr  soginch-u gumonlar- dan joni bogziga kelgan onaning ovuldan chiqish oldidagi birgina umidi shu edi. Biroq ona Sariozak sari ichkarilab, haligi karvon tortgan savdogarlar biz tuyachi manqurtni shu yerda kordik, degan moljalga yaqinlashib borar ekan, oglimning orniga ovsar va majruh bir kimsaga duch kelib qolsam, holim ne ke- chadi, deb dili xufton bolaverdi. Shunda u yana xudodan yolvorib soradiki, agar unday bolsa, osha manqurtning oglim bob chiqmasdan boshqa bir baxtiqaro gumroh bob chiqqani maqul, oshanda men ham: "oglim endi yoq, u olgan ekan",  deb taqdirga tan bergan bolardim.
Mana shunday ming xil oy-xayollar va shubhalar ogushida borarkan, ona yassi qum tepaliklaridan oshayotib nogahon kop sonli tuyalar uyurini korib qoldi: qongir tusga kirib, semirib ketgan yuzlab tuyalar mayda butalar-u yan- toqlarning uchlarini kemirib, keng maydona bemalol otlab yurishardi. Nayman ona Oqmoyasiga qamchi bosib, choptirib ketdi. Uyurni izlab topganidan quvon- chi ichiga sigmay nafasi bogziga tiqildi. Anuno shu zahotiyoq manqurt qilib qoyilgan oglini korishni eslab, qorqqanidan azoyi badani muzlab ketdi. Song yuragi yana quvonchga toldi va shu bilan ne ahvolga tushganini ozi ham angla- may qoldi. Mana, tuyalar otlab yuribdi, anuno tuyachi qayerda ekan? Harholda, shu atrofda yurgandir. Shu payt yaylovning narigi chekkasida odamning qorasi korindi. Olisdan uning kimligini tanib bolmasdi. Tuyachi uzun tayogiga suyan- gan holda ortidagi yuk ortilgan tuyasining tizginini ushlab, qosh ustiga bostirib kiygan telpagi ostidan onaning yaqinlashib kelayotganini bamaylixotir kuzatib turdi.
Nayman ona tuyachiga yaqin kelib uni tanidi-yu tuyasidan qanday tushga- nini bilmay qoldi. Yiqilib tushdimi, surilib tushdimi  shu topda onaga buning ahamiyati yoq edi!
	ogilginam, qarogim! Seni izlamagan joyim qolmadi!  deya ogli to- 111011 talpindi.  Men sening onangman!
Biroq onaning kelgani unga goyo har doim yonida yurganday, zarracha tasir qilmadi. U hatto onadan kimsan, nega yiglayapsan, deb soramadi ham. Ma'lum lahzalardan song tuyachi onaning qolini yelkasidan surib tashlab, us- tida yuk bor tuyasini yetaklagancha odimlab ketdi: u shoxlik qilib bir-birlari bi- lan oynashayotgan botaloqlar uyurdan uzoqlashib ajralib ketmasin, deb tuyalar todasining narigi chekkasi tomon yol olgan edi.
Nayman ona bukchayib otirib qoldi, xorsinib-xorsinib yigladi va shu otirishda yuzini changallagancha bosh kotarmay uzoq qolib ketdi. Song bor kuchini toplab, ozini xotirjam korsatishga urinib, ogli tomon yura boshladi. Manqurt ogil hech nimani kormaganday-bilmaganday, pinagini buzmasdan, bostirib kiyib olgan telpagi ostidan ma'nosiz va loqaydlik bilan qarab turardi. Chol shamolida qorayib, dagallashib ketgan yuzida xiyol jilmayish paydo boldi. Anuno kozlari dunyoni tark etgan kishining kozlariday loqayd boqardi.
	otir, gaplashamiz,  dedi ogir xorsinib Nayman ona. Ular yerga chokdilar.
	Meni taniyapsanmi?  soradi ona.
Manqurt yoq deganday bosh chayqadi.
	Oting nima?
	Manqurt,  dedi u.
	Seni hozir shunday deb atashadi. Avvalgi oting esingdami? Asli ismingni eslab kor-chi.
Manqurt jim qoldi. U haqiqiy ismini eslashga harakat qilayotgani, qiy- nalganidan qanshari ustida munchoqdek ter tomchilari paydo bolib, koz ongini tuman qoplaganini ona korib turdi. Anuno qarshisida qandaydir tosiq paydo boldi-yu uni yengib otishga qurbi yetmadi...
	Otangning otini bilasanmi? ozing kimsan? Eli-yurting qayerda? Qayerda tugilganingni bilarsan, axir?
Yoq, manqurt hech nimani tushunmasdi, hech narsani eslay olmasdi.
	Hali, shunchalik ahvolga solishdimi seni!  deya pichirladi ona.
U najotsizlikdan lablari titrab, gam-gussa-yu qahr-gazabdan ozini tuta olmay yana qaytadan oksinib-oksinib yigladi, tinchlanishga behuda urinar edi, xolos. Onaning ohu-figoniga manqurt pinagini ham buzmadi.
	Yerdan mahrum etish mumkin, mol-dunyodan mahrum etish mumkin, hatto insonni yashashdan mahrum etish ham mumkin,  derdi ona oz-ozicha gapirib,  biroq odamni xotirasidan mahrum etishni kim oylab topdi ekan, bunga kimning qoli bordi ekan?! Yo rabbiy, agar olamda bor bolsang, banda- laringga bu yovuzlikni qanday ravo kording. Yer yuzida usiz ham yovuzlik kam- midi?
Shunda Nayman ona sorab-surishtirishlar bilan emas, balki aqlini kovlash, qitiqlash bilan es-hushini oziga keltirmoqchi boldi.
	Sening oting Jolomon. Eshitdingmi? Sen Jolomonsan, otangning oti  Donanboy. Otangni eslay olmaysanmi? Axir, u seni bolalik chogingdan kamon otishga orgatgan. Men sening onangman. Sen esa mening oglimsan. Sen nay- man urugidansan, tushundingmi? Sen naymansan...
Onasining hanuna gaplarini ogil avvalgiday mutlaqo loqaydlik bilan eshitdi. Ona goyo devorga gapirayotganday edi. Onaning sozlari karning qulogiga azon aytganday gap edi. Nayman ona manqurt ogildan soradi:
	Bu yerga kelganingga qadar nimalar boldi?
	Hech narsa bolgani yoq,  dedi ogil.
	Kim bilan gaplashging keladi?
	Oy bilan. Biroq, bir-birimizning gapimizni eshitmaymiz. U yerda kimdir otiribdi.
	Yana nimani istaging keladi?
	Xojayinimning boshidagi singari kokil qoyishni.
	Qani, beri kel-chi, boshingni bir korib qoyay, ular nima qilib qoyishganini  deb ona unga tomon talpindi.
Manqurt shartta tisarilib, ozini olib qochdi, boshidagi telpagini chan- gallagan boyicha qaytib onaga boqmadi. Bosh haqida hech qachon soz ochish mumkin emasligini ona endi tushundi.
Shu payt olisdan tuya mingan kishining qorasi korindi. U shu yoqqa tomon kelayotgan edi.
	Bu kelayotgan kim?  soradi ona.
	U menga ovqat olib kelyapti,  dedi ogil.
Nayman ona tashvishga tushdi. Bevaqt paydo bolib qolgan bu jungjangning koziga chalinmaslik uchun tezroq goyib bolish kerak edi. U tuyasini choktirib, darhol minib oldi.
	Sen unga hech narsa aytmagin. Men tezda qaytib kelaman,  dedi Nayman ona.
ogli lom-mim demadi. Uning parvoyi palak edi. otlab yurgan tuyalar orasidan qochib borayotgan Nayman ona xato ish qilib qoyganini tushundi. Biroq vaqt otgan edi. Oq tuyaga minib borayotgan onani jungjang korib qolishi mumkin edi. Oqmoyasini yetaklab, otlab yurgan tuyalar orasidan berkinib yayov jonagan maqul edi.
Yaylovdan xiyla olislab ketgach, Nayman ona chetlarida erman-shuvoqlar
osib yotgan chuqur jarlikka kirib bordi-da, Oqmoyani choktirib kuzata bosh- ladi. Gumoni togri chiqdi, payqab qolgan ekan.
Jungjang u yoq-bu yoqqa zir yugurib hech nimani uchratmagandan song tezda ortga, tuyalar todasi tomon qaytdi.
Nayman ona bu tunni tanho ozi bechora manqurt ogli yaqinida  dasht- da tunab otkazdi. oglining yoniga borishga chochidi, haligi xavfsirab qolgan jungjang kechasi uyur oldida qolishi ham mumkin.
oglini qullikda tashlab ketmay, bir amallab birga olib ketishga qaror qildi ona. ogli manqurt bolsa ham, mayli, hech nimani tushunib, anglab yetmasa ham mayli, kimsasiz cholda, jungjanglarning tuyasini boqib xor bolib yurgani- dan kora oz uyida, oz odamlari orasida yashagani yaxshi emasmi? Ona qalbi shuni istardi. Boshqalar taqdirga tan berib ketishi mumkin bolgan holga ona sira ham kona olmasdi. U oz qoni va jonini, koz qorachigini qullikda qoldirib ketishni sira-sira istamasdi. Balki bolasi oz yerida hushiga kelib, bolalik kezlarini eslab, barcha korgan-kechirganlarini qayta tiklab olar, deya umid qilardi.
Ertasiga ertalab Nayman ona Oqmoyaga minib yana yolga tushdi. Uyur bu yerdan xiyla uzoqlashib ke