illarida yozilgan bolsa, Rabguziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho ma'naviy mulkiga aylandi.
Qissalar sujeti, bosh qahramonlari turlicha bolsa-da, ularni bir zot  Muhammad alayhissalom siymosi ozaro birlashtirib turadi. Dunyoning yaratilishi haqidagi birinchi qissada aytilganidek, Olloh taolo farishtalariga qarata "... man bilurmankim, Muhammad Mustafo alayhissalom Odam oglonlaridan bolgusi, bul jahonni, ul jahonni, oyni, kunni, qamug narsalarni aning sevukligi uchun yaratdim",  deb marhamat qiladi. Shuningdek, asarning oxirgi qissasi Muhammad alayhissalom va u zotning oilasi, avlodlari haqidadir. Korinadiki, insoniyatning uzoq tarixi, nabilar va boshqa ulug zotlarning haq va haqiqat yolidagi say'-harakatlarining samarasi, umuman, odam zotining tom komillashuvi Muhammad alayhissalomning dunyo sahnasiga chiqishi bilan zuhur topdi.
Asrlar davomida insonlarni togri yolga boshlagan, buyuk Olloh irodasining ifodasi bolmish din ham Muhammad alayhissalom(a.s.)ga berilgan Islom shariatida ozining mukammal shakli va mohiyatiga ega boldi. Ming yillar davomida yuz bergan jarayonlar, inqirozlar, rivojlanishlar ana shu zot (Muhammad a.s.)ning dunyoga kelishi, Islom mafkurasining qaror topishi uchun tayyorlangan zamin edi. Asardagi qissalarni birlashtirib turadigan bosh goya ham, ulardan kelib chiqadigan xulosa ham mana shundan iborat.
Aytish mumkinki, "Qisasi Rabguziy" buyuk ibrat va insonga taskin, umid bagishlovchi motabar manbadir. Asarda paygambarlar hayoti, tarixda bolgan voqealar shunchaki bayon qilinmaydi. Har gal ular zamiriga yashiringan azaliy haqiqatlar sharhlab boriladi. Uni oqir ekansiz, bu dunyoda hech narsa tasodifiy, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin bolasiz. Barcha voqeliklarda Parvardigorning hikmati, adolati, eng asosiysi, ibratga tola irodasi zuhur qiladi.
Olloh Odam Ato va Momo Havvoni yaratib, avvalda jannatga kiritdi. Chunki Odam avlodlari hayotlik davrida intilishlari, dunyoda yashab ezgu 110111 qozonishlari va odam degan nomga loyiq bolishlari lozim edi. Otamiz Odam hamda onamiz Havvoning bugdoy mojarosi bilan jannatdan quvilishi ham bejiz emas edi. Olloh "Odam yaratmazda ashnu (ya'ni yaratishdan oldin) yer yuzida xalifa yaraturman (deb iroda qilgan edi). Bugdoydin yedi tesalar (jannatdan yer yuziga) chiqmoqqa sabab bolgusi uchun". Yoki Yusuf alayhissalomning qul qilinishini olaylik. Taqdirida bolgani uchun, bir vaqtlar qul bolgan bolgusi paygambar Misr hukmdori boldi. Qahatchilik, ocharchilik tufayli butun Misr xalqi Yusufga qul bolib qoladi. Shunda Tangri taolo oz rasuliga qarata shunday xitob qiladi: "Ey Yusuf, biz seni qulliqqa solmasaq erdi, bu kun qullar qadrin qayda bilgay erding".
"Qisasi Rabguziy"dag'i har bir qissadan inson oziga shior qilib olsa arziy- digan nasihatlarni istaganicha topish mumkin. Iblis ozini ulug sanab, kibrga botdi, Ollohga osiy boldi va uning huzuridan lanatlanib quvildi. Demak, kibr halokatga sabab boluvchi illatdir. Yusufni korolmay unga zulm qilgan akalari qismatidan korinadiki, hasad insonning ichini yondirib, uni tubanlikka boshlovchi va oxir-oqibat yuzini qora qiluvchi ot ekan. Quyidagi sozlar har kimga eslatma bolishi kerak: "Masiyat (gunoh)dan yigiling, xalq orasida koni (togri) hukm qiling, kuch qilmang, zino qilmang, qon tokmang, xiyonat qilmang".
Shuningdek, "Qisasi Rabguziy" oziga xos etnografik xarakterdagi chizgilarga ega asardir. Unda turkiy va boshqa xalqlarning ayrim rasm-rusum, urf-odatlari ham muallif nazaridan chetda qolmagan: "Rum viloyatining odati bor, teva (tuya)lari chaliqliq (beboshlik qilib) burunduqlatmasalar yangi tushgan kelinlarni keltirub, un tuzub (musiqa chaldirib) yirlayturlar (kuylatishadi). Tevalar ularning ovozlariga xushlanib ozlaridan kecharlar (ozlarini unutadilar)  ilikka ilinurlar (qolga tushadilar)". Yoki: "Xalq orasida rasm bor, dost dostga safar qilib yonar (qaytar) bolsa, bir hadya ola borurlar".
Asar baduyati ham oziga xos. Bir qator qissalar boshlanishida yoki ichida berilgan ozbekcha hamda arabcha she'rlar Rabguziyning nozik ta'b zullisonayn shoir bolganligidan darak beradi. Bu she'rlar asar mazmunini toldiradi, goyaviy maqsadni yuzaga chiqarishdagi oziga xos baduy vosita bolib xizmat qiladi. Shuningdek, juda kop orinlarda voqealar bayoni, holatlar tasvirida tashbeh, tanosub, tazod, tajnis, takrir, jonlantirish kabi tasvir vositalardan unumli foyda- langan. Xususan sa'j (nasrdagi ichki qofiya) adibning sevimli baduy vositasi ekanligi kozga tashlanadi. Muallif sa'jdan asosan tarif va tavsif orinlarida foy- dalanadi. Masalan, Idris alayhissalom tarifi : "...paygambar alayhissalom ul umri ukush, diydori koshish, Azroilga qotishgan, rizvon birla yanashgan, dunyodin qushtek uchgan, tamugga kirib chiqgan, Sirotdin yashindek kechgan, uchmoh qabugin ochgan, ozi aziz, orni adiz, arig zotlig, Axnuh otlig Idris yalavoch".
Hurmatli oquvchi! E'tiboringizga "Qisasi Rabguziy"dan bir parchani hozirgi tilga tadbil qilmay, asliyatda qanday bolsa, osha holatda havola qilmoqdamiz. Berilgan lugat yordamida ularni qiynalmay oqiy olasiz. Kop orinlarda muallif fikrni dalillash uchun Qur'011 oyatlari, Paygambar (a.s.) hadislari arab tilida keltirgan. Biz bu arabcha jumlalarning hozirgi ozbek tiliga ogirilgan holatdagi mazmunini berdik. Ular matnda alohida ajratib korsatilgan. Mazkur parchalar bilan tanishgach, ozbek adabiyotining bu bebaho yodgorligiga qiziqishingiz ortadi, u sizning bir umrlik hamrohingizga aylanadi, deb umid qilamiz.
 Savol va topshiriqlar
1.	Quyi sinflarda Rabguziy asaridagi qaysi qissalardan parcha organgan edin giz? Ulardan olgan taassurotlaringizni eslang.
2.	Diniy xarakterdagi qanday asarlarni oqigansiz? 
3.	Darsdan song oqituvchingiz rahbarligida ortoqlaringiz bilan ular togrisida suhbat uyushtiring.
QISASI RABGUZIY RASUL ALAYHISSALOM VAFOTI SoZLARI
Xabarda kelur, kunlardan bir kun Rasul alayhissalom tong namozini otab minbarga ogib sahobalarqa va'z va nasihat qildi. Anda kezin aydi: "Ey mominlar, kim ersaning manim uza hech da'vosi va xusumati bormu?" Kim ersa javob aymadi. Ikinch sordi, kim ersa javob aymadi. Uchunchida Ukosha otlig sahoba qopti , aydi: "Yo Rasululloh, manim bir da'vom bor". "Aytgil", tedi. Aydi: "Bir kun siz safardin kelurda siz tevaga2 minub, teva urur bolub, ul qish qamchi3 birla uchamqa4 urdingiz, yavloq5 ogridi. Yo Rasulalloh, uch qurla aymasangiz manma aymas erdim",  tedi. Rasul alayhissalom hujraga kishi izti6, qamchi tilagali keldi. Qamchi tiladi. Xotunlar: "Na boldi, na yerga borur?" teb qazgurdilar7. Aydi: "Safarga bormas, yerga borur?" teb qazgurdilar. Aydi: "Safarga bormas, ammo Ukosha qisos8 tilayur",  tedi. Xotunlar yiglashtilar. Qamchini kelturdi. Rasul ilkinga oldi. Ukoshaga berdi. "Man netak urdum ersa san taqi andag urgil", tedi. Ukosha qamchi olib andag tedi: "Bu qasos rost kelmas. U1 kun siz teva munub borur erdingiz, man yerda andog erdim. Ustundin ingan berga birla bu rost kelurmu?" Rasul alayhissalom minbardin indi, Ukoshani minbarga ogdurdi9. "Urgil", tedi.
Ukosha aydi: "Yo Rasululloh, ul kun maning engim yoling10 erdi, yavloq ogridi. Tonungni chiqargil, qisos rost kelsun",  tedi. Yigi, chogi sahobalardin zohir boldi. Rasul alayhissalom tonun chiqardi, egnini yoling qil- di. Sahobalar faryod qopordilar, Abu Bakr aydi: "Ey Ukosha, ul qamchini maning yuzumga, kozumga urgil. Rasul alayhissalomning qutlug taninga tegmasun". Umar va Usmon va Ali raziyallohu anhum ajma'in mundag-oq yiglashib: "Meni urgil",  tedilar. Rasul alayhissalom aydi: "Ey yoronlarim, siz kendu12 shafqat qilursiz. Ammo qisos manga yarigu13 bolsa sizlardin ravo bolmagay",  tedi. Anda kezin Ukosha egnini yoling kordi ersa, aydi: "Yo Rasululloh, manim maqsudim qisos ermas erdi, egningdagi muhri nubuwatni korsam14. Emdi dastur bergil15, ul muhr uza qubla berayin16, sandin avf qildim", dedi. Rasul alayhissalom dastur berdi. Ukosha qubla qildi. Sahobalar qamug sevunchluk boldilar, Ukoshaga ofarin oqidilar. 
Aymishlar, qach kunda kezin vido hajji boldi. Tevaga minub tururda Rasul alayhissalomda vahy ogrigining asari bilgurdi. Muhojir va ansor tegrasinda turub vahy tinglayur erdilar. Rasul alayhissalom bu oyatni oqiyur erdi: Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim va tamom qilib berdim sizlarga ne'matimni va togri yol korsatadigan din bolsin uchun islomni sizga ravo kordim.
Ba'zi sahobalar muni eshitib sevunur erdilar. Siddiq aydi: "Sizga sevungu kun turur. Man bildugumni siz bilsa erdingiz, sevunmagan erdingiz. Bilmish bolung, Mustafoni  bizing oramizdin chiqargudek tururlar. Bizni aning firoqi birla mubtalo qilgutek tururlar". Abdulloh ibn Mas'ud aytur: Hijratning songgi yili erdikim, Rasul alayhissalom ogrig boldi. Jamoat namoziga boru bilmadi. Abu Bakrga ijozat berdi: "Borgil, sahobalarga imomatlig qilgil",  teb. Bilol (r.a.) azon qildi. Rasul alayhissalomning ogrigi anchada andoq boldi.
Fazl ibn Abbosqa aydi: "Mani masjidga elting". Bir qolini Fazl tutti, bir qolini Ali tutti. Masjidga eltdilar. Siddiq raziyallohu anhu Rasulni kordi, yonguga ogradi . Rasul aydi: "Chiqmagil, imomatlig qilgil". Rasul alayhissalom Abu Bakrga iqtido qildi , namoz otadi, hujraqa yondi4. Kun kelu ogrigi ziyoda boldi. Qizil mengizi sargardi, chechaktek englari soldi. Jabroil xoja mengizlik bolub ustun turur. Azroil bir badaviy arabtek bolub kirib keldi. Tizin chokub5 olturdi. Ozin-ozin6 Rasulqa yaqinroq keldi, quloqinga sozladi. Rasul alayhissalom holi aynadi. Telim oh qildi, yigladi. Sahobalar qamug yiglashtilar.
Aydilar: "Yo Rasululloh, bu arab kim erdi, sizga ne tedi? Holingiz aznadi". Aydi: "Ey yoronlarim, aziz dostlarim, ul kelgan Malak ul-mavt  qarindoshim Azroil erdi. osh7 qarindoshim Jabroilma hozir turur, manga sozlayur: ummatingga salom tegurgil, boguz uchun imonni ilikdin8 chiqarmasunlar teb. Shaytonni, nafs-u havoni izarmasunlar9, shak va sharika insunlar10. Koni imonga berk yapushsunlar11, olumni unutmasunlar. Hiqd12 va hasaddin iroq tursunlar, shariat ahkomini berk tutsunlar. Dunyoga kongul boglamasunlar, Tengri azza va jalla yorliqin ogirlasunlar. ogil-qizqa osh, etmak otasi bolmasunlar  dini islom otasi bolsunlar. Yovuz esh qoldoshdin yigilsunlar. Besh namozni azoqin tutsunlar. Qul, kungni ezgu tutsunlar13, darvishlarga rahm qilsunlar. ogsuzlarga14 shafqat qilsunlar, qazgulug15 mungluglarqa bolushsunlar. olumga anuq16 tursunlar, qiyomat ishin bitursunlar teyu turur",  tedi.
Sahobalar qattig yiglashtilar. Rasul alayhissalom aydi: "Ey sahobalar man sizga yalavoch erdim". Aydilar: "Ey olamluglarning chirogi, san bizga ota- onadin mushfiqroq erding. Xaloyiqni shariatqa da'vat qilding, ummatqa sunnat va farz ogratting. ogsuzlarga otaliq qilding, za'iflarqa ektulading17. Muhojir va ansorlarqa tarbiat qilding. Odamiy va parini hazratqa  undading. Yolsuzlarqa yol korguzdung, boynagularni2 kondurdung. Konilar uza shariat gavharin isor1 qilding, shirk va fitna tugini yerga chalding4. Olamni ilm bila yorutding, Shaytonni adl birla surdung. Mojizalar korguzdung: oyni ernak5 birla yording; soklunmish ogloqni tarkida sozlatting6; ilkingdagilarni tilga kelturding; qurug yigochni7 yoshartting; yemishsiz yigochni duo birla nematlig qilding; ushoq toshni tasbihga kelturdung; tamugga8 boru turganlarni yondurub ujmoh yolinga boshlading",  teyu ingrayu boshladilar. Uch kunda kezin Malak ul-mavt9 yana keldi. Rasul alayhissalom Oyishaga tizin yastanub yotur erdi. Fotima, Hasan va Husan katinda olturur erdilar. Qabiz al-arvoh qapugqa keldi, hurmat birla aydi: "Ollohning salomi bolsin sizlarga, ey paygambarlik va elchilik uyining ahllari, Ollohning salomi bolsin sizlarga, ey odamlar muhtoj boladigan va uluglik uyin- ing ahllari, Ollohning salomi bolsin sizlarga, ey insoniylik va saxovat uyining ahllari, Ollohning salomi bolsin sizlarga, ey azizlik va sayyidlik uyining ahllari, Ollohning salomi bolsin sizlarga, ey marhamat va baxt saodat uyining ahllari. Dastur10 bormu, kirsamiz?"
Oyisha raziyallohu anho aydi: "Bu a'robiyqa ayding, kirgu vaqt ermas. Rasul alayhissalom emganib  turur". Rasul alayhissalom Azroil unin tanudi, aydi: "Ey Oyisha, soz birla yonar12 kishi ermas, ish biturmadin ketmas, a'robiy ermas, Azroil turur, kirsun",  tedi. Kirib salom qildi. Rasul alayhissalom sordi: "Na ishga kelding?" Azroil aydi: "Hazratdin yorlig andog tururkim, Muhammadga borgil, dastur bersa jonin olgil. Dastur bermasa ravon yongil teb. Emdi dastur bersang jon olurman, bermasang yonarman",  tedi. Rasul alayhissalom aydi: "Yo Azroil, jon bu kun olmasang kech qolsa oqibat olurmusan?". "Olurman", tedi. "Andog ersa ishga turgil",  tedi. Azroil jon olmoqga ogradi. Rasul alayhissalom sogdin solga13, soldin sogga tolganub boshladi. Muborak azosi kuchsuz boldi. U1 qutlug kongli mungluk boldi. Mengizi sargardi, shakkartek tili sozlamas boldi. Korkluk yangoqlaridin qatra-qatra yosh toma boshladi. Aqiru-aqiru14 tilin tebratib: "Iziyo, mani dunyodin konilik uza chiqargil, toproqqa konilik uza kigurgil, qiyomat kuni tuproqdin konilik uza qoporgil",  teyur erdi. Qamuglari tegrasida yiglashurlar. Hasan va Husayn raziyallohu anhumo yoling bosh bolub ingrashurlar. Fotima raziyallohu anho yiglab aytur: "Ey yumshoq toshakda yotmagan, ey tovar ton kizmagan, ey arpa etmagin toq yemagan", teb yiglayur erdi. Ev mungushidin15 un keldi: Voh, qandoq chidab bolur Rasulullohning firoqiga. Rasul alayhissalom tekma bir soatda ilkin suvqa tegurub koksunga qozur. "Iziyo, jon bermakni Muhammadga oson qilu bergil", teyur erdi. Qachon jon koksinga yetti ersa aydi: "Ey Azroil, bir soat tavaqquf qilgil, jon bermakni oson qilu bergil",  teyur erdi.
"Ey Azroil, bu kundin qiyomatga tegi maning ummatlarimga jon bermak qattiqliqi bor ersa ul qattiqliqlarni manga yuklagil. U1 qattigliqlar manga bolsun, ummatlarimqa bolmasun". Azroil aydi: "Yo Rasululloh, man saning yastuqingda olturgandin boru izi azza va jalladin yetmish yoli farmon yetil- di. Dostum Muhammad birla rifq1 mador qilgil. Jonin yuvoshliq birla olgil, azinlardin2 olmishtek olmagil", teb. Onchada Oyishai Siddiqa raziyallohu anho yiglayu Rasul alayhissalomqa yapushti. "Necha ular birla sozlashursen, bir zamon manim birla sozlashgil. Yetti yasharda sanga ulashdim, taqi yoshim yigirmaga yetmas erkan muborak jamolingdin azrilurman. Ey aziz jonim, se- ning firoqing achigi qamug olam uza necha ersa, yolguz man za'if uza andin ortuqroq turur. Azinlarning etagi kuyar, manim tanim, jonim kuyar". U1 holda Fotima raziyallohu anho Rasul alayhissalomning yuzunga boqib: "Ey odamlar quvanchi, ey muhiblar sevunchi, ey mushtoqlar umanchi, ey ummatlar inonchi, ey osiylar tayanchi, ey odamiylar davlati, ey olamluqlar rahmati, ey haqning muslihi, ey xalqning shafi'i, man sansiz mehrob va minbarni netak korayin",
teb yiglayurda Ali raziyallohu anhu Fotimani tizar  erdi. Rasul alayhissalom aydi: "Yo Ali, Fotimani tizmagil. Mantek otaning firoqinda yiglasunlar. Qizlar yigisi otalar yastuqi yavloq kuynukluk bolur". U1 holda qamug sahobalardin yigi va faryod va zorliq qopti.
Rasul alayhissalomning joni bogzinga keldi ersa kozin ochib aydi: "Ey Azroil, bir zamon sabr qilgil, qarindoshim Jabroil kelsun. Yana bir qurla song diydorin korayin",  teb tavaqquf qildi ersa Jabroil keldi. Yetmish ming muqarrab farishtalar birla yiglayu kirdi. Rasul alayhissalom aydi: "Qaydasen, ey qarindoshim Jabroil, qarindoshlar bu kun kerak bolur". Jabroil alayhissalom aydi: "Ey olam faxri, yetti kok farishtalari sanga taziyat tutub tururlar erdi, anda mashgul boldum". Rasul alayhissalom aydi: "Ey Jabroil, bu soat na futuh kelturdung?" Aydi: "Koklar qapugi, ujmohlar qapugi ochildi. Hurlar yuksakka ogib, niqob yuzlarindin koturub, iliklarinda nurdin tabaqlar olib, saning qut- lug joningga nazzora qilaling teb kuyub tururlar". Rasul alayhissalom aydi: "Ey qarindosh, muni sormasman. Manda kezin Mavlo taolo manim za'if yozuqluq ummatlarim birla na muomala qilgay, ani sorarman". Jabroil yana yondi, bir soatda kezin yana keldi ersa aydi: "Ey sayyidi Molik al-muluk, haq taoldan ta'zim yorliqlar: "Ey manim dostum, konglungni ummatdin forig tutgil . Saning ummatlaringni erin2 tebratgani birla ul amal qilgaymankim, Muso tayoqi Firavn saharasi3 birla qildi. Bir aso otmoqi birla qamug kufr va sehr va tugyon yoq bozun boldi. Bu kun san bir erin tebratgan birla qamug osiy ummatlaringning daftarlarin gufron4 suvi birla yub yoq bozun qilgayman. U1 kun Muso onasiqa ayduq: "Bu kun oglungni tengizga kemishgil5, qorqmagil, qazgurmagil. Bu kun yosh oglonni bizga bergil, yoshlig yalavoch6 qilib sanga beraling",  teduk. Senma bu kun masiyatlig bir ovuch bulganuq7 ummatingni bizga isborlagil8, yorin qamugini yorliqab, ariglab sanga beraling teb. Oyisha raziyallohu anho aytur: "Rasul alayhissalom azin sozlamas boldi. Boqtim, ogzinda tili tebranur. Quloq tuttum, tingladim, aytur: "Namozni qozmang, qul kungni ezgu tu- tung". Oxir vasiyati bu erdi, dunyodin bordi. Qirq yoshinda vahy keldi, oltmish uch yoshinda rabi' ul-avval oyining on uchinda dushanba kun vafoti boldi. Panjshanba kun tuproqqa kirdi.
Maqsud ul turur. Bu er nechuk kechar dunyoda ul ergakim, Mavlo taolo olamni, odamni aning dostluqida yarattikim, Agar Siz bolmaganingizda falaklarni yaratmagan bolardim, olamluqlar rahmati erdikim, Biz Sizni olamlar uchun faqat rahmat bolsin deb yuborganmiz.
7Savol va topshiriqlar
1.	Umri poyoniga yetganini anglagan rasulullohning "kim ersaning manim uza hech davosi va xusumati bormu?" deb sorashining sababini tushuntiring.
2.	Sahoba Ukoshaning maqsadi va tadbirini qanday tushundingiz?
3.	Qurondagi: "Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim va tokis qilib berdim sizlarga ne'matimni va togri yol korsatadigan din bolsin uchun islomni sizga ravo kordim" oyatini eshitgan Abu Bakr Siddiq nima uchun yiglagandi?
4.	Matndan sahobalarning Muhammad alayhissalomga uning ozi oldida bergan ta'rif va tavsiflarini topib, izohlang.
5.	"Ey Azroil, bu kundin qiyomatga tegi maning ummatlarimga jon bermak qattiqliqi bor ersa ul qattiqliqlarni manga yuklagil. Ul qattigliqlar manga bolsun, ummatlarimqa bolmasun " sozbiri orqali rasulullohning oz ummatiga bolgan mehri va mehribonligini mushohada qiling.
6.	Paygambarimiz(s.a.v.)ning Jabroil alayhissalomga qarata: "Ey qarindosh, muni sormasman. Manda kezin Mavlo taolo manim za'ifyozuqluq ummatlarim birla na muomala qilgay, ani sorarman"  deb sorashiga sabab hamda bu soroviga olgan javobi mohiyatini angladingizmi?
ALISHER NAVOIY

(1441  1501)
Shunga kora har hir asar "Xamsa" deb atalmogi uchun: a) besh dostondan tashkil topmogi; b) birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta'limiy- axloqiy, falsafiy bolmogi; d) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bagishlanmogi; e) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmogi; f) tortinchi doston shoh Bahrom va beshinchi doston Iskandar haqida yozilmogi shart edi.
Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin yana bir buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bu Navoiy edi. Alisher Navoiyning "Xamsa"si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilida  turkiy tilda yozildi. Buni ozbek kitobxonlarining ortib borayotgan ehtiyoji, ozbek adabiy tili va adabiyotining taraqqiysi hamda istiqboli talab qilar edi. Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan mas'uliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jurat qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning oz tilida, unga manzur bolgan asar yaratish lozim. Shuning uchun "Layli va Majnun" dostoni xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni tariflar ekan, turkiy (ozbek) tilda "Xamsa" yozishning sababini shunday izohlaydi:
...Gar nuktalari1 jahonni tutti,	Kim forsiy anglar oldi mahfuz3.
Gavgolari ins-u jonni tutti.	Men turkcha boshlabon rivoyat,
Chun forsiy erdi nukta shavqi,	Qildim bu fasonani4 hikoyat.
Ozroq edi andi turk zavqi.	Kim shuhrati jahonga tolgay,
U1 til bila nazm boldi malfuz2,	Turk eliga dogi5 bahra bolgay...
Navoiy oz salaflarining yuksak sanatkorligini sharaflaydi, ularning adabiy tajribalaridan ta'lim olganligini e'tirof qiladi. Dostonlarning muqaddima qismida ustozlariga bagishlab maxsus boblar yozib, ularni uluglaydi. Mas'uliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va Yoldasa bu yolda Nizomiy yolim, Qoldasa Xisrav bila Jomiy qolim,  deb madad tilaydi. Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlamaydi yoki ularga kor-korona taqlid qilmaydi. oz oldiga yangi, oziga xos "Xamsa" yaratish vazifasini qoyadi. Buni muallif "Xamsa"ning bir necha ornida ochiq-oydin ta'kidlaydi. Jumladan, u "Farhod va Shirin" dostoni muqad- dimasida shunday yozadi: Ani nazm etki, tarhi toza bolgay, Ulusqa mayl bean- doza bolgay. Yoq ersa nazm qilgonni xaloyiq Mukarrar aylamak sendin ne loyiq?
Bu misralari orqali Navoiy "Xamsa" yozishdagi belgilab olgan oz yoriqlarini bayon etadi: Shunday asar (nazm)  doston yozginki, oziga xos (tarhi toza) bolsin, oqigan odamlarga (ulusqa) yangi, boshqa asarlarga oxshamas(beandoza)- ligi sezilib tursin. Aks holda (yoq ersa), asari ozgalar (xaloyiq) yozgandek bolsa, bunday takrorlash (mukarrar) senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmagan maqul. Lekin bu oson ish emas. Buning uchun Yaqin va orta Sharq olkalarida qalam mislsizligi e'tirof etilgan Nizomiy va Dehlaviy bilan ijodiy bahsga kirishi- shi lozim boladi. Bu juda katta bilim va yuksak adabiy didni, iste'dod hamda mashaqqatli mehnatni talab etar edi. Bu haqida "Farhod va Shirin"da yozadi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq, 
Nizomiy panjasiga panja urmoq. 
Kerak sher oldida ham sheri jangi, 
Agar sher olmasa, bore palangi.
Haqiqatdan ham Nizomiydek nazm she'ri ila maydonda turmoq oson emas. U bilan bahslashish (panjasiga panja urmoq) uchun sher yoki hech bolmasa, yolbars (palang) bolmogi darkor. Navoiy sher bilan tenglashadigan sher boldi. U ogir va mas'uliyatli vazifani muvaffaqiyat bilan ado etdi. Nihoyat qisqa bir muddat  ikki yil (1483  1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi. U 1483- yilda "Hayrat ul-abror" falsafiy-ta'limiy dostonini, 1484- yilda uch asarni: "Farhod va Shirin" hamda "Layli va Majnun" ishq qissalarini, "Sabai sayyor" ishqiy-sarguzasht dostonini, 1485- yili esa "Saddi Iskandariy" qahramonlik dostonini yaratdi.
"Xamsa"  Navoiy dahosining mahsuli, ayni paytda millatimiz tafakkur kolami hamda ma'naviy qudratining timsoli. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek: "Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, baduy madaniyat tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyon- dasi, millatimiz gururi, sha'nu-sharafini dunyoga tarannum qilgan olmas soz sanatkoridir. Ta'bir joiz bolsa, olamda turkiy va forsiy tilda sozlovchi biron-bir inson yoqki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa"1. Chunki Navoiyni bilish ozlikni bilish, Navoiyni sevish millatni sevish, Navoiyga sadoqat eng ezgu insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir.

Savol va topshiriqlar  
1.	Navoiydan bizga qanday asarlar meros bolib qolgan? Ularni lirik, epik, liro epik, ilmiy hamda biografik asarlar tarzida tasniflab, sanab bering.
2.	Xamsachilik ananasi, xamsanavislar togrisida qanday tasavvurga ega boldingiz?
3.	"Xamsa" yozishda Navoiy qanday ijodiy tamoyillarga tayanganligini gapirib bering.

"HAYRATUL-ABROR" DOSTONI
"Xamsa "ning birinchi dostoni "Hayrat ul-abror" ("Yaxshi kishilarning hayratlanishi")  falsafiy, axloqiy-ta 'limiy asar. Aruzning sari' bahrida yozilgan. Hajmi 3988 baytni o'z ichiga olgan 63 bob bolib, ularning 21 bobi muqaddima, 20 bobi maqolat, 20 bobi hikoyat va masallar hamda oxirgi ikki bobi xotimadan iborat. Doston oziga xos qurilishga ega. U falsafiy-talimiy doston boIganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish asosida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoritiladi. Shuningdek, maqolatlar shu dostongagina xos boIib, adibning boshqa asarlarida uchramaydi. Har bir maqolatda insonning kundalik hayoti bilan bogliq diniy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy biror mavzu bayon etiladi, uning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Maqolat songida mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida hikoya yoki masal keltiriladi. Mazkur hikoya va masallarning bosh qahramoni asosan tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblaridir. Ularda shoir islomiy olchovlar ham- da umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib, Olam va odarn togrisidagi oz mulohazalarini yuksak baduy shaklda ifoda etadi. Masalan, birinchi maqolat iymon haqida. Maqolatning birinchi baytidanoq shoir iymonning inson hayoti, insoniylik mohiyatida tutgan ornini belgilab beradi: Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga iymon erur. Ya'ni kim bu dunyoda inson deb atalibdi, insonligining belgisi iymondir. Iymonsizni odarn deb atab bolmaydi. Inson bilan hayvon orasidagi farqni nutqda  odamni sozlay bilish qobiliyatidagina deb bilish xatodir. Chunki odamda nutq ham, boshqa maxluq  hayvonlarda bolgan bir qator jihatlar ham bor. Shuning uchun asosiy mezon iymondir.
Hukmdorlarga bagishlangan "Salotin bobida" nomli uchinchi maqolat adibning adolat haqidagi qarashlarini organishda muhim ahamiyatga ega.
Karam va saxovat haqidagi beshinchi maqolatda Navoiy bu fazilatlarni baxillik bilan yonma-yon qoyib, ularning mohiyatini yorita boradi.
Keyingi maqolatda odob masalalari yoritilgan.

XAMSA
Maqolatlardan birini N