ochiydigan, xiyonatni kechirmaydigan, nohaq qon tokilishini istamaydigan general har bir qadamini olchab bosadi, har bir gapini oylab gapi- radi. Lekin yomonlar tufayli baribir xato qiladi.
Otello  samimiy odam. U turlanishni, kishilar koziga ozini boshqacha korsatishni istamaydi. Oriyatli bolgani uchun ham xotinining xiyonati haqida- gi xabarni juda ogir kechiradi, yoqotish dahshatidan qutulolmaydi, hamisha shuning tasirida yuradi. Lekin u dardini bozorga solmaydi, odamlarga tomo- sha korsatishni istamaydi. Otello  inson hayoti, umr mazmuni haqida kop oylaydigan va uni togri baholashga urinadigan oychil odam. Hanima insofli odamlar singari oziga nisbatan talabchan.
Otello ozini tinimsiz taftish qiladi. Xatti-harakatlari, oylari, tuygulariga baho beradi. U har qanday oriyatli odam singari xiyonatchi ayolni tezroq jazo- lagisi keladi. Lekin insof kishisi, kongil odami bolgani uchun ham tavakkaliga ish tutmaydi. Adolatsizlikdan qorqadigan odamning ozi bilmagani, ozgalarga ishongani uchun adolatsizlik qilishi fojia kolamini yanada oshirgan.
Nazariy ma'lumot
TRAGIK OBRAZLAR VA HAYOT HAQIQATI
Mana, siz dunyo adabiyotidagi shoh fojia(tragediya)laridan biri bilan ta- nishib chiqdingiz. Shu asnoda sizga tragediya timsollarining boshqa janrlardagi asar qahramonlaridan bir qadar farq qilishi sezilib qolgan bolsa kerak. Chunki kundalik hayotning mayda-chuydalaridan baland turadigan, turmush tashvish- larini hal qilish togrisida emas, balki umr ma'nosini anglash haqida oylaydigan boshqacharoq odamlar fojianing qahramoni yoki qurboni bola oladi. Yuksak or- zular, baland axloqiy muammolar quchogida yashamaydigan, hanuna qatori kun koradigan kishilar hayotida ham achchiq korguliklar, dahshatli falokatlar bolishi mumkin, lekin ularga fojia deb emas, balki baxtsizlik deb qaraladi.
Fojia buyuk odamlarning buyuk maqsadlar yolidagi omonsiz kurashlari va halokatlaridangina tugiladi. E'tibor bering: Otello hech qachon ezgulikka xiyonat qilmagan buyuk va qudratli inson, lekin ozi bilmagani holda kechirilmas jinoyat qilgan shorlik odam! Togrisozligi, odamlarga ishonishi, tinimsiz ravishda haqi- qatga intilishi uning fojiasini kuchaytiradi. Boshqa jonroq odam Dezdemona haqi- dagi gaplarning tagiga yetish uchun tekshirishlar otkazgan, odamlardan sorab- surishtirgan bolardi. Otello bunday maydalikni oziga ep kormaydi. Chunki u Yagoning yolgon gapirishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaydi. Otello ulug inson bolgani uchun ham haqiqatning tagiga yetgach, oziga ozi eng ogir jazo belgilaydi va uni ijro etadi.
Otello hamisha oylanib, qiynalib yashaydi. ozi yuksak manaviyat egasi bolgani uchun boshqalardan, hech bolmasa, oz yaqinlaridan poklik, tozalik kutadi. Lekin Yagoning gapiga kora, ayoli ham, ishongan orinbosari Kassio ham unga xiyonat qiladi. Otello qasoskor emas, balki nomusli odam. t odamlarning bu qadar tubanligi va olamning bunchalar buzuqligidan hayratga tushadi, qiynalib ketadi.
Fojiaviy timsollardagi shu xil boshqachalik ularning xatti-harakatlari ham, gap-sozlari ham ozgacharoq bolishini taqozo etadi. Shuning uchun ham trage- diyalarda, ayniqsa, yirik tragik timsollar tasvirida hayot haqiqatiga tola amal qilinmasligi, shartlilikka yol qoyilishi mumkin.
Tragik timsollar duch kelgan nohaqlikning kolami yirik bolgani uchun bunday obrazlarning halokati tufayli tugiladigan fojia ham dahshatli boladi.
HAYNRIX HAYNE
(1797-1856)
XIX asr nemis adabiyotining yirik vakili, samimiy kongil she'riyatiga siyosiy hajviy tanqidhi ustalik bilan qosha olgan haqgoy shoir Haynrix Hayne 1797- yilning 13- dekabrida Germaniyaning Dusseldorf shahrida savdogar yahudiy oila- sida tugildi. Bolajak shoirning tarbiyasi bilan, asosan, onasi Betti shugullandi. Xalq ogzaki ijodi namunalaridan xabardor bu ayol oglida sozga muhabbat, uning qudratidan hayrat tuygusi shakllanishiga tasir korsatadi.
Otasi Samson Hayne Yevropadagi zamonaviy fikrlovchi kopchilik singari oglining napoleonchi harbiy bolishini orzu qiladi. Napoleonning maglubiyatidan song ota-ona Haynrixning savdo bilan shugullanishini ma'qul deb hisoblashdi. Lekin uning ham ozlari singari kichik savdogar emas, balki Hamburgdagi amaki- si Solomon kabi yirik tijoratchi bolishini istashadi.
Shu maqsadda maktabni bitkazgan yigitchani Hamburgga amakisiniki- ga jonatishadi. Lekin tasirchan, togrisoz va magrur Haynrix savdo ishlari- ga mutlaqo qiziqmas, u kecha-kunduz kitob bilan oshnochilik qilar, kop vaqti- ni sherlar yozib otkazar edi. Faqat iqtisodiy foyda keltiradigan yumushlar bilan shugullanishnigina tan oladigan amakisiga uning bu ishlari yoqmasdi. Buning ustiga, Haynrix amakisining suluv qizi Amaliyani shaydolarcha sevib qoladi. Lekin qiz uning tuygularini rad etadi. Xullas, amakisinikida otkazilgan samarasiz uch yildan song yigit uyiga qaytadi va astoydil oqishga tutinadi.
Haynrix Hayne 1819- yildan e'tiboran l>(>iui. Hettingen va Berlin uni- versitetlarida oqiydi. Yevropaliklar tafakkuriga jiddiy tasir otkazgan mashhur faylasuf Gegeldan ma'ruzalar tinglab, bilimuu oshiradi. Yigit huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan bitirib, diplom olgan bolsa-da, bu sohada biror kun ishlamaydi.
1827- yili Hamburg shahrida ottiz yoshli Haynening "Qoshiqlar kitobi" nomli lirik she'rlar toplami bosilib chiqdi. Bu kitobga kirgan she'rlarida yosh shoir dunyoning tushunarsiz, hayotning murakkab va odamlar orasidagi munosa- batlarning chigalligini ota tasirchan yosinda tasvirlagan.
U sherlaridan birida odamlar haqida:
"Ba'zisi dost, kelar qoshimga, Ba'zilari dushmandan battar ",
 deb yozadi. Haynening anglamsiz tuygular haqidagi she'rlari xalq qoshiqlariga yaqinligi, tushunarli va musiqiy ekani bilan oquvchilarni oziga maf- tun etardi. Yosh shoir she'rlarida ogzaki ijodda bolganidek, lirik qahramonning ichki dunyosini uning kechinmalari va tabiatning tasviri orqali ochib beradi.
1830- yilda Haynrix Haynening "Yol lavhalari" nomli ikkinchi kitobi bosi- lib chiqdi. Bu kitobda u mamlakat va xalqning ahvolini mardonalik bilan xo- lis taftish qila oladigan ijodkor sifatida namoyon boladi. Kitob yol ocherklari- dan iborat bolib, Germaniyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy darajasini haqqoniy aks ettirganligi bilan ajralib turadi. H. Haynening otkir nigohi hanuz- gacha ottizta davlatchaga bolinib yashayotgan yagona millatning garib ahvoli, qoloqlik botqogiga botganligini koradi va afsus-nadomatga tola achchiq tili bilan uning aybdorlarini fosh etadi.
Umrini nemis xalqining hayotini farovonroq qilish uchun kurashga tikkan Haynening tutumlari oz manfaatidan boshqa narsani oylamaydigan hukmdorlarga yoqmasdi. Shuning uchun ham 1830- yilda u Fransiyaga ketishga majbur boldi. osha yilning iyulida sodir bolgan inqilobdan keyingi Parijdagi siyosiy va adabiy hayotda faol ishtirok etadi. Nafaqat nemislarning, balki butun insoniyatning baxtli yashashini istagan shoir bu yerda oziga koplab xayrixohlar, hamfikrlar topdi va umrining oxiriga qadar qizgin ijod qoynida yashaydi.
Haynrix Hayne 1843- yilda insoniyatning hayotini tamomila ozgartirib yu- borish davosi bilan chiqqan Karl Marks bilan tanishadi. Marksning ommani baxtli qilishga doir yuqumli xomxayollari tasiriga berilgan shoir dastlabki vaqt- larda uning goyalariga tarafdor bolib yuradi. Lekin kommunistik qarashlarda kishining erkiga zorlik otkazish ustuvorligini payqab qolgach, Marksdan ham, uning goyalaridan ham uzoqlashadi. Yevropadagi qaynoq ijtimoiy-siyosiy hodisa- lar tasirida shoirning poetik iqtidori osha yillarda koproq siyosiy yonalishdagi sheVlarida namoyon boldi. Haynening "Sileziya toquvchilari" sheVi, "Germaniya. Qish ertagi" dostoni, "Qullar kemasi" balladasi yuksak baduy kuchidan tashqari, ijtimoiy yonalganligi bilan ham osha davr oquvchilarining e'tiborini tortadi.
Shoirning "Sileziya toquvchilari" sheVida achchiq hayotiy haqiqat butun shafqatsizligi bilan aks ettirilgan. Shoir sheVda voqealarni korsatishga emas, millat ruhiyati tovlanishlarini tasvirlashga koproq e'tibor qaratadi. Shuning uc- hun ham she'rdagi: "La'natlar bu yurtga, yolgon vatanga, Unda baxt koradi tubanlik, xorlik" misralarida vatanda turib, vatansiz yurgan xalq sezimlari bori- cha korsatilgan. Shoir vatanga ega bolishi lozim kishilar vatan tomonidan ezil- gani uchun ularning vakillari bolmish toquvchilarda: "Germaniya, toqiymiz biz kafaningni" tarzidagi tuygular paydo bolganini mardona shafqatsizlik bilan aks ettiradi. She'rda shoir kafan vatani Germaniyaga emas, balki uning ayanchli otmishiga toqilayotganini aks ettiradi.
Shoirning chet eldaligida yozilgan asarlari orasida 1832- yilda yaratil- gan "Fransuz ishlari" asari fransuz siyosiy hayotining oziga xos yilnomasi si- fatida e'tirof etilgan. 1842- yilda bitilgan "Atta Troll" majoziy dostoni alohida e'tiborga molik bolib, unda hayvonlar timsoli vositasida tepsa-tebranmas, yurt ravnaqi uchun biror narsa qilishga qodir bolmagan kimsalar ayovsiz hajv etiladi. Haynening 1854- yilda yaratgan "Lyutetsiya" asari ham fransuz hayotini aks et- tirishga bagishlangan. Haynrix Haynening ijodiy taqdirida uning "Romansero" (1851), "E'tirof" (1854) she'riy kitoblari alohida ahamiyatga egadir. Bu asarlar nafaqat shoir ijodi, balki nemis millati she'riy tafakkuri taraqqiyotida jiddiy vo- qea boldi.
on uch yil davomida vatandan yiroqda, sarsonlikda yurgan otashin yurt- sevar shoir uni millatga mehrsizlikda ayblagan kishilarga qarata "Germaniya. Qish ertagi" (1844) kitobiga yozgan sozboshisida: "Men vatanni sizlardan kam sevmayman. Shu sevgim tufayli men on uch yil quvginda boldim, ayni mana shu sevgim tufayli oh-voh qilmasdan, iztirobdan yuzimni bujmaytirmasdan, yana, ehtimol, butun umrga quvgin joyimga qaytmoqdaman deb yozganda bashorat qilgan edi. t yaqinlari bilan uchrashgach, shu yili yana Fransiyaga qaytib ketdi. Haynrix Hayne 1856- yilning 17- fevralida Parijda vafot etdi.
Haynening buloq suviday tiniq va jarangli she'riyati ozbek kitobxonlarini kopdan buyon qiziqtirib keladi. Shuning uchun ham uning asarlari turli davr- larda Cholpon, Oybek, Mirtemir, Abdulla Sher, Xayriddin Sulton kabi ijodkorlar tomonidan ozbekchaga tarjima qilingan.
Savol va topshiriqlar
1.	Bolajak shoirning bolalik va yoshlik yillari kechgan muhit haqidagi ma'lumotga e'tibor qiling.
2.	Hayne she'riyatiga xos xususiyatlarni gapirib bering.
3.	Shoir hayotida Fransiya tutgan orin togrisida toxtaling.
4.	Hayne ijodida ijtimoiy siyosiy yonalish ustuvorligi sababini anglating.

SHE'RLAR  
* * *
Bosh xayollar chekinmish olis, 
Dilda yana sevgi havasi. 
Yana hokim nozik ezgu his, Simiraman bahor havosin.
Yana tongdan to kechki soat Xiyobonda kezaman butun. Shlyapaning ostidan shoyad Korinsa deb chehrasi gulgun.
Koprik uzra vaqt otkazaman, 
Yashil daryo ustida turib. 
Otib qolar balki yonimdan 
Meni asta kozdan kechirib.
Shalolaning raqsidan yana 
Eshitaman oh bilan nola. 
Mening uygoq qalbimga ayon 
Ne xususda kuylar shalola.
Mavhum orzu-oyga garq bolib Surunaman yaqin-yiroqda. 
Telba oshiq holidan kulib 
Yana qushlar sayraydi bogda.
 Savol va topshiriqlar
1.	Yigitdagi "bosh xayollar"ning olisga chekinishi sababini izohlashga uri ning.
2.	Uning ruhiyatidagi ishonch, intilish kabi ijobiy ozgarishlarning sababi ni mada?
3.	She'rdagi: "Mening uygoq qalbimga ayon Ne xususda kuylar shalola" satrlarini izohlang.
4.	Oshiqning: "Mavhum orzu-oyga garq bolib" surunishi sababini anglating. 


O, sen qorqma, chekmagin tashvish 
Dil sirini qilsam oshkora. 
Ya sha'ningga majozu tashbih 
Bagishlasam sening ming bora!


Gullar aro erib ketar u 
Esganida ormon salqini. Kuydirguvchi pinhon otash bu, Yuragimning sirli yolqini.

Yoq, hisobga otmaydi aslo 
Uchqun sochsa chechaklar porlab! Alangaga ishonmay dunyo 
Turar elni she'r bilan chorlab.
Savol va topshiriqlar 
1.	Shoirning: "O, sen qorqma, chekmagin tashvish Dil sirini qilsam oshkora" tarzidagi xitobi kimga qaratilgan va nimani anglatadi?
2.	"Gullar aro erib ketar u" deyilganda nima kozda tutilgan deb oylaysiz?
3.	Shoirning: "Kuydirguvchi pinhon otash bu, Yuragimning sirli yolqini" iqro rida nima kozda tutilganini tushuntiring.
4.	She'rning songgi bandini izohlang. Undan qanday ijtimoiy ma'no chiqarish mumkinligiga e'tibor qarating.
5.	She'rni yod oling.
* * *
Suvdan boshin chiqarib asta Nilufar gul boqadi masuim. Yonib ishqi alangasida 
Oy qiladi unga tabassum.
Ibo bilan suv oynasiga 
Sekin boshin egcli nilufar. 
Oy bolsa-chi uning poyida Dir-dir titrar, shu'lasin separ.
Savol va topshiriqlar
1.	Manzara she'rning birinchi bandini sharhlang. Undagi obrazlarning baduy vazifasiga toxtaling. 
2.	Sherdagi: "Ibo bilan suv oynasiga Sekin boshin egdi nilufar" tasviri ba duyatini izohlang. Ayni holatning hayotiy asosini korsating. 
3.	Oyning "dir-dir" titragani holda "shu'la sep"ishi sababini izohlang. 
4.	Sherni yod oling.
* * *
Otkir bolsa kozlaring agar, Kuylarimga nigoh otib boq. 
Unda yashar ajoyib dilbar, Suluvlardan kora suluvroq.
Quloging soz eshitsa agar, 
Nozik sasga bir dam quloq os. 
Isyon tola qalbingda yashar, Qoshiq, navo, kulgu, ehtiros.
Menga oxshab qoshiq, nigohlar Sehri seni oziga boglar. 
Qizgin oshiq bolib, armonda Surunarsan togu ormonlar.
Savol va topshiriqlar
1.	Oylab koring: shoirning kuylarida yashayotgan "suluvlardan kora suluv- roq" kim yoki nima?
2.	SheVning ikkinchi bandini diqqat bilan oqing. "Isyon tola qalbingda yashar, Qoshiq, navo, kulgu, ehtiros" misralarini sharhlang.
3.	Songgi bandda shoirga oxshashi mumkinligi taxmin qilingan suhbatdosh ning kimligini anglab olishga urining.
4.	Lirik qahramon qismati haqida oylab koring. LTnga oxshagingiz keladimi? SheV kimga bagishlangan deb oylaysiz?

ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN
(1799  1837)
Umr boyi goyat notinch va tartibsiz yashagan tengsiz rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayotining songgi yillari fojiali boldi va halokatli yakun topdi. U 1799- yilning 6- iyunida Moskva shahrining Nemislar kochasida ya- shovchi qadimiy dvoryanlardan bolmish iste'fodagi mayor Sergey Pushkin oila- sida tugildi. Bolajak shoirning onasi Nadejda Pyotr I ning tutingan ogli habash Ibrohim Hannibalning nevarasi edi. Pushkinlar oqimishli, adabiyotga qiziqadi- gan, ijod ahli bilan bordi-keldi qiladigan kishilar edi. Shu bois bu uyning bolalari ijodiy muhitda ulgaydi. Oiladagi bolalar manaviyati shakllanishiga ularning ena- galari Arina Radionovna Yakovleva kuchli tasir korsatdi. Xalqning urf-odatlari, ruhiyati, ogzaki ijodi va tilini juda yaxshi biladigan oqila va mehribon bu ayol bolajak shoir, uning ukasi va singlisi tarbiyasida katta orin tutdi.
Shunga qaramay, Aleksandr Pushkinning hayotidagi hal qiluvchi voqea uning 1811- yilning 19- oktabrida Rossiya poytaxti Sankt-Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul etilganligi boldi. Bu yerda bolajak shoir ijodkorlik muhiti va erkin fikr bilan tanishdi hamda Kan Pushin, Anton Dclvig, Vilgelm Kyuxelbeker singari bir umrlik chin dostlar orttirdi. Ular ke- yinchalik ham shoirning hayotida muhim orin tutishdi. Bunga alohida urgu berilayotganiga sabab shuki, Aleksandr Pushkin goyat tezob, qaysar, izzattalab bolgani uchun uning dostlari kop emasdi.
Pushkinning she'riy ijodi oqiyotgan paytida boshlandi. Yosh shoirning dast- labki sheri 1814- yilda litseyda chiqadigan "Yevropa xabarlari" jurnalida chop etildi. Litseyda oqib yurganidayoq Pushkinning tengsiz iste'dod egasi ekanligi ayon bolgandi. olimidan ikki yil oldin litseydagi imtihonlarning birida qatnash- gan keksa Derjavin Pushkinning she'rini eshitgach, uning buyuk shoir bolajagini bashorat qiladi.
Litseydan keyingi dastlabki yillardayoq, Pushkin ijodiy choqqilarni birin-ke- tin zabt eta boshladi. 1817- yilda mashhur "Erkinlik" she'ri yozildi. 1820- yilda "Ruslan va Ludmila", "Mis chavandoz" dostonlari dunyoga keldi. "Ruslan va Ludmila"ning qolyozmasi bilan tanishgan mashhur shoir Jukovskiy Pushkinga: "Golib shogirdga maglub ustozdan",  degan yozuv bilan oz portretini sovga qildi. Bu Aleksandr Sergeyevich Pushkinning ulkan galabasi, uning shoir si- fatidagi chinakam tan olinishi edi.
Baduy ijodda Pushkin ozini cheklashni istamasdi. U nimani yozishda ham, qanday yozishda ham hech kim bilan hisoblashmasdi. Chunki vulqonday qaynab turgan iste'dod ozgalarning irodasiga boysuna olmasdi. Shuning uchun ham uning bitganlari orasida hukmron tartiblarga yoqmaydigan anchagina jihatlar bolishi tabuy hol edi. Nihoyat, 1820- yilga kelib, har qanday talantli kishida bolganidek, Pushkinning ham hasadchilari paydo boldi va shoirning siyosatga mos kelmaydigan dadil she'rlari haqida chaquv uyushtirildi. Natijada, shoir im- periyaning janubiga surgun qilindi. Quvgin tort yildan ortiqroq davom etdi.
18241826- yillarda esa Pushkin davlat xizmatidan boshatilib, otasiga te- gishli mulk bolmish Mixaylovskoye qishlogiga surgun qilindi. Bu yerda shoir yolgizlik va madaniy muhitdan olisda juda qiynaldi. Lekin rus xalqiga xos milliy belgilar tola saqlangan bu qishloqda bolish shoirga xalq ogzaki ijodi bilan ya- qindan tanishish imkoniyatini berdi. U aholidan folklor namunalarini yozib oldi.
1830- yilga kelib, on yildan beri yozilayotgan "Yevgeniy Onegin" she'riy romaniga nuqta qoyildi. 30- yillarda Pushkinning "Belkin qissalari", "Toppon xonim", "Dubrovskiy" singari nasriy asarlari chiqdi. Bu davrda jamiyatning qarashlari ozgarib, didlar yangilanayotgani uchun ham bu asarlar katta shuhrat topmagan bolsa-da, baduy quvvati hamda yozuvchi mahorati nuqtai nazaridan diqqatga molik bitiklar edi.
1836- yilda Pushkinning mashhur "Kapitan qizi" asari tugallandi. Bu asar- da turli personajlar taqdiri misolida inson hayotini rejalashtirib bolmasligi, u har daqiqada kutilmagan ozgarishlarga yuz tutishi mumkinligi goyat tasirli aks ettirilgan.
Poytaxtga qaytgach, Pushkinning ijodi gullab yashnadi-yu, anuno uning shaxsiy turmushi tobora chigallashib borardi. Mashhur shoir yaxshigina pul topardi-yu, qoli ochiqligidan, uni yetkazolmas va hamisha qarz bolib yashar- di. Shuningdek, poytaxtda Pushkinning tengsiz iste'dodi, qaynoq ijodini korolmaydigan hasadgoylar kop bolib, ular turli yollar bilan shoirga ozor yetkazish, uning hayotini azobga aylantirishga urinardilar. Usiz ham tasirchan shoir borgan sari asabiy, izzattalab, tajang bolib borar, bu hol uning dush- manlari safi kengayishiga olib kelardi. Dushmanlar turli mish-mishlar tar- qatib, Gollandiya elchisining tutingan ogli Dantes bilan Pushkinning ora- sini butunlay buzadilar. Natijada, 1837- yilning 25- yanvarida Pushkin Dantesga haqoratomuz xat yozib, uni duelga chorlaydi. 27- yanvar kuni duel bolib otadi va buyuk shoir qattiq jarohatlanadi. Ikki kun azoblanib yotgan A. S. Pushkin 1837- yilning 29- yanvarida olamdan otadi.
Pushkin ijodi ozbek oquvchilariga juda yaxshi tanish. XX asr boshi- dan buyon buyuk rus shoirining asosiy asarlari Cholpon, G. Gulom, Oybek, Mirtemir, E. Yohidov, A. Oripov, Muhanunad Ali, A. Suyun, H. Xudoyberdiyeva, U. Azim, M. Kenjabek singari ijodkorlar tomonidan qayta- qayta ozbekchalashtirilgan.

Savol va topshiriqlar
1.	Pushkinning tabiatiga xos betakror jihatlarni korsating.
2.	Shoirning tabiati bilan ijodidagi uygun va nomuvofiq jihatlar haqida mulo haza yuruting.
3.	Buyuk shoir qismatidagi chigalliklar sababiga toxtaling.
YEVGENIY ONEGIN
(she'riy romandan parchalar)1
Vafot etib ketgan aslzoda Larinning jiddiy, oychan va oqila qizi Tatyana qishloqqa amakisining mulkiga egalik qilish uchun Peterburgdan kelgan oqimishli va aqlli Yevgeniyni korib, astoydil sevib qoladi. Uyatchan qiz oz tuygularini atro- fidagilardan yashirishga urinadi. Kop ikkilanishlardan keyin qiz sevgisini izhor qilib, yigitga xat yozadi.
UCHINCHI FASL
TATYANANING ONEGINGA MAKTUBI
"Xat yozurman sizga, ne chora? 
Yana ne ham ayta olurman? 
Men bilaman, endi bir bora 
Qahringizga balki qolurman. 
Lekin qaro baxtimga zora 
Korib zarra shafqatni ravo, 
Ketmagaysiz tashlab benavo.
 
Sukut qilmoq bolgandim avval. 
Ishoningiz, uyalganim  siz 
Sira bilmas edingiz, esiz. 
Gar umidim bolsa edi sal, 
Haftada bir bolsa ham yakka,
Bu qishloqda sizni kormakka. 
Eshitolsam guftoringizni, 
Bir soz desam, keyin betoqat 
Kecha-kunduz oylasam faqat, 
Faqat yana diydoringizni. 
Odamovi emishsiz ammo, 
Taskin bermas qishloqjoy sizga, 
Bizlar... jozib emasmiz aslo, 
Lekin shodmiz tashrifingizga.
Biz yoqlarga keldingiz nechun? 
Kimsa bilmas qishloq, ovloqlar, 
Bunda sizni bilmasdim butun, 
Bilmasdim  ne achchiq qiynoqlar, 
Balki, murgak jonda titroqlar 
Qaydam bir kun bosilib yana 
Bir dost topib ozimga loyiq, 
Bolarmidim vafodor qayliq 
Va mehribon, mushfiq bir ona.
Boshqasi!.. Yoq, hech kim dunyoda 
Ololmasdi konglimni mening. 
Hukm oqilgan arshi a'loda, 
Falak amri: men  sening, sening. 
Butun umrim sen bilan goyo 
Uchrashuvning tanho garovi. 
Bildim  seni yuborgan xudo, 
Olgunimcha ozing panohim... 
Korinarding goh tuslilarimda, 
Sen goyibdan bolding qadrdon, 
Ot nigohing ortadi yomon, 
Qalbim aro tovushlaring-da 
Yangrar edi... Yoq, tush emas bu! 
Korindingu tanidim-qoldim,
Behol boldim, lovullab yondim 
Ya xayolan dedim: mana shu! 
Chin emasmi, men quloq soldim: 
Biz gaplashdik sukut damida, 
Men gadoga in'0111 bergan chog, 
Ibodat-la orom bergan chog 
Hayajonli dilim gamiga!
Xuddi oshal lahzada, oyo, 
Sen eniasmi, ey, aziz royo, 
Qoronguda chaqnab koringan, 
Bolishimga egilgan asta? 
Sen eniasmi, mehru havasda 
Labda umid sozi uringan? 
Kimsan axir, panohininusan, 
Va yo bir shum berahmmisan? 
Yozgil shubha-gumonlarimni. 
Yoki bular bari beqaror 
Murgak qalbim yolgonlarimi? 
Yo boshqa gap peshonamda bor?..
Bolsa-bolsin! Bugundan boshlab 
Taqdirimni senga topshirdim 
Va qoshingda kozlarim yoshlab, 
Himoyangni sorab bosh urdim... 
Tasavvur qil: men bunda yakka, 
Hech kim meni tushunmay qoldi, 
Hatto aqlu xushim ham toldi, 
Mahkumdirman jimjit olmakka. 
Men kutaman, bir nazar bilan 
Umidumni qalbda tirgizgil, 
Yoki ogir tushimni buzgil 
Evoh, haqli bir gazab bilan!
Bitdi! Qayta oqiyman  dahshat.. 
Nomus, qorqinch ichra muzlar dil. 
Imoningiz  menga kafolat, 
Topshiraman ozinini dadil..." 
Goh tinar qiz, goh ohlar urur, 
Titranadi maktub qolida. 
Pushti konvert yopishar, qurir, 
Yalliglangan qaqroq tilida. 
Boshginasin solar mungayib, 
Tungi koylak tushar sirgalib 
Uning nozik yelkalaridan... 
Nur qochar oy halqalaridan. 
Yorishadi vodiy  tumanzor. 
Kumushlanar soy shalolasi. 
Chopon chalgan qobiz nolasi 
Qishloq ahlin aylaydi bedor. 
Tong: uygonmish yaqinu yiroq, 
Tatyanaga farqi yoq biroq.
XXXIII
Tong nurlarin payqamas hatto, 
Boshin bukib oltirar ma'yus. 
Maktubiga chekmaydi imzo  
Oyma muhrin urmaydi hanuz. 
Astagina eshik ochib lek 
Oqsoch Filipevna kirar tek  
U patnisda keltiradi choy. 
Dildorginam, turgil endi...
Voy, ozing ham shay, uygoq ekansan! 
O, tong qushi, saharxez qushim! 
Kecha rosa uchdi-ku xushim! 
Shukr, tetik ham sog ekansan! 
Gamdan nishon qolmabdi, qizim 
Ikki yuzing anordek qizil.
XXXIV
Oh, bibijon, bir iltifot qil. 
 Izningdaman, buyurgil, jonim.
Lekin-chi... bad gumon qilma... 
Kel Yoq demagil, oh bibijonim!  
Xudo kafil, qizginam, lekin.
Nabirangdan shu xatni sekin 
Berib yubor O... ga, anovga... 
Qoshnimizga... Lekin birovga 
Biron ogiz gapirmasin, bas, 
Aytmasin ham mening otimni...  
Kimga bersin, jonim, xatingni? 
Endi esim joyida emas, 
Tevarakda qoshni kop, qaydam, 
Hanunasini eslayin qaydan?
XXXV
Befahmsan, buncha ham, ena!  
Jonu dilim, qariman, axir. 
Qariganda es ketar, Tanya,
Eh, yoshlikda ziyrak edim bir, 
Soz aytdimi uluglar, unda...
Bas, bibijon, chozding-ku juda! 
Esing menga ne kerak, ajab? 
Koryapsan-ku, xatdan borar gap  
Atalgandir Onegin uchun. 
Gap  gap-u, sen qizishma, qozim, 
Bilasan-ku, essizman ozim... 
Ranging yana oqardi nechun?
Qoy. hech gapmas, sen bora qolgin, 
Nabirangni yubora qolgin.
TORTINCHI FASL IX
...Bolgandi ilk yoshlik zamoni 
U shiddatli xatoyu qizgin 
Ya betizgin hislar qurboni. 
Hayot tarzi erkalab faqat, 
U biriga maftun muvaqqat. 
Boshqasidan uzadi kongul, 
Istaklardan bezadi song ul. 
Yengil zafar toldirdi tagin, 
Tinglab shovqin va jimlik aro 
Oz qalbidan mangu bir nido, 
Kulgu bilan bosur esnogin. 
Umrining gul faslidan fuzun 
Sakkiz yili soldi shu yosin. 
XI
Biroq olgach Tatyana xatin, 
Bir ot tushdi yigit joniga. 
Masuni orzularning suhbati 
Oylar qoshdi hayajoniga. 
Ma'yusgina, solgin, parishon 
Tatyanani esladi shu on. 
Bir shirin oy, pokiza xayol 
Yuragini chulgadi darhol. 
Otgan hislar oti  balosi 
Balki, bir zum qozgoldi shu choq, 
Istamadi aldashni, biroq, 
Bokira qalb ishonch, ixlosin. 
Endi bizlar uchaylik boqqa  
Qiz u bilan korishgan yoqqa. 
Avval bir oz turdilar kutib, 
Yaqin kelib Onegin shunda S
hivirladi: "Yozibsiz maktub, 
Tonmangiz, men oqidim unda 
Soddagina dil izhorini, 
Pokiza bir sevgi zorini. 
Samimiyat  men uchun aziz, 
Bu his qozgab qoydi, shubhasiz, 
Sonib ketgan tuygularimni. 
Animo sizni maqtamay ortiq, 
Sizga shundoq etaman tortiq 
Men ham dilda yogu borimni... 
XIII
Men hayotni faqat dunyoda 
Uy ichi deb bilsaydim agar, 
Xush qismatim er yoki ota 
Baxtin hukm qilsaydi agar, 
Oilaviy turmushga ozim 
Mehr qoysam, hech yoqsa, bir zum, 
Izlamasdim unda, haqiqat, 
Sizdan bolak biron rafiqa. 
Ay