ar qudratimizni, 
Pinhon joyi qolmagandir hiylalarning ham,
Biroq Temur firiblarin adogi yoqdir! 
Endi ruxsat, mashvaratning mehmonlariga... 
Bir qism ishtirokchilar chiqib ketadilar. 
Eshikbon.	Olampanoh, kutib turar ikkita chopar.
Temur.	Kirsin ular!
Ikkita chopar oldinma-keyin kiradilar. 
Ikkinchi chopar. 	A'lohazrat, men Rumodan yetib kelmishman, 
	Qaysarimiz Boyazidning elchisidurman, 
	Sulton Shabli erur mening ismi sharifim. 
Temur.	Kopdan seni kutmoqdaman, xabar ber, elchi,
Oz-oziga qanday hukm chiqarmish Sulton?
Chopar maktubni uzatadi. Temur uni oqiy boshlaydi.
"Urush bilan hal bolajak bu mojarolar". 
"Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur, 
Bilib qoyki, xotinlaring uch taloq bolgay. 
Agar seni yenga olmay chekinsam ortga 
Unda mening xotinlarim bolsin uch taloq". 
Oh, Boyazid, maqsadingni aytibsan, animo 
Shart edimi xotinlarni qimorga tikmoq. 
oz ismini yozmish Sulton oltin hal bilan, 
Bizning ism quyiroqda, oddiy siyohda... 
Tagin Sulton emish bu zot. Bachkana qiliq. 
Amir Temur irodamiz, farmon shul erur: 
Rum Sultoni chorlabdimi jang maydoniga 
Borajakmiz! Bu shumoyoq choparni esa 
Eson-omon kuzatingiz kelgan yoliga.
Barchangizga ruxsat. Meni yolgiz qoldiring. 
Hamma chiqib ketadi. Temur orqadagiparda tarafga qarab... 
Buqalamun, sen qaydasan, bu yoqqa kel-chi. 
Parda ortidan ...Buqalamun  Temurning xufyasi chiqib keladi. 
Buqalamun.	Olampanoh, hozir boldim, ne buyurgaysiz? 
Temur.	Yana yumush topshiraman senga ishonib, 
Zero, har ne mushkulni ham eplab kelgansan. 
Xufyalarim orasida epchili ozing, 
Xohlasang gar ozgaradi butkul qiyofang. 
Ozgaradi va hattoki kozingning rangi, 
Sen bilmagan til ham yoqdir yetti iqlimda. 
Buqalamun.	Olampanoh, shu sababdan laqabimni ham
	Juda topib qoygandingiz, Buqalamun deb, 
	Asl ismim bir zamonlar Itolmas bolgan. 
Temur.	Endi magrib kishisiga aylangaydirsan.
	Mutakabbir va hiylakor farangiylarni organgaysan, Ogizlarin hidlab korgaysan.
	Shohlarining maqsadlarin obdan anglagach, 
	Elchilarin chodirimga boshlab kelgaysan. 
Buqalamun	Samarqandga, shu yergami?
Temur.	Yoq, Buqalamun! Nasib etsa Angoraning atroflarida, 
	Olis Rumo mamlakatin qoq yuragida 
	Tug kotarib, golibona chodir tikkayman. 
Buqalamun 	Olampanoh, shu daqiqa, shu soniyadan 
	Meni farang deb hisoblang! 
Temur.	Javobing tuzuk.
Buqalamun goyib boladi. Temur eshikbonni qars urib chorlaydi. 
Temur.	Taklif eting malikani  Bibixonimni, 
Bibixonim! Agarda u bolmasa edi 
Kurashlarning va janglarning dolgalarida, 
Qayroq toshga aylanardi balki bu yurak...
Bibixonim kiradi. 
Bibixonim.	Chorlamishsiz, olampanoh... 
Bibixon, bibi...Kengash bilan band bolibman... 
Bibixonim.	Olampanoh, yana yurish, yana safarmi? 
Temur.	Hisoblashmas qismat bizning istaklar bilan, 
	Bamisoli quyosh botgach, oy chiqqanidek, 
	Hodisalar silsilasi oqar bardavom... 
	Turkiylardan chochib farang mamlakatlari 
	Rumo bilan ikkimizni gijgijlab qoydi. 
	Bu nayrangni tushunmaydi, afsus, Boyazid, 
	Boz ustiga kimki qochsa bizning gazabdan, 
	Boyazidning saroyidan topmoqda panoh. 
Bibixonim. 	Uning asl maqsadi ne? Murodi nima? 
Temur.	Sulton bizning saltanatga bepisand boqib,
	Hasadini bildirmoqda yosh bola kabi. 
	Endi jangga chorlabdi u oshkora, ochiq. 
	Men  Temurman! Oriyat ham bor-ku dunyoda. 
	Yetar, endi! Kunoglonga egar urgayman, 
	Rum tarafga yuzlanadi tulporim jadal.
Bibixonim.	...Sizga zafar tilamoqdan boshqa choram yuq,
	Balki men ham yoningizda bolay, amirim. Temur.	Yoq, azizam, Samarqandning saltanatida
	Ozingizu nabiramiz Muhammad Sulton Hukmfarmo bolib turing. Yumushlar talay. Qurilishlar, bogi roglar, bola-baqralar...
Parda
III SAHNA
Angora yaqinidagi tepalikda Temur chodiri. Tashqaridan govur-guvur, otlar kishnashi, fillar na 'rasi eshitilib turadi. Chodir ichida taxtda Amir Temur. Uning atroflda shahzpdalar, amirlar, lashkarboshilar.
Shayxulislom.	Olampanoh, izn bering. 
Temur.		Gapiring, hazrat.
Shayxulislom.	Kecha tunda munajjimlar  axtarshunoslar 
	Yulduzlarning holatiga obdan boqishib, 
	Xosiyatli topishibdi bugungi kunni. 
Temur.	Qutlug ta'bir. Animo bugun Boyazid bilan
Amir Temur jangga kirar. Munajjimlarmas. 
Shayxulislom, bilib qoying hasratimni Siz, 
U ham muslim, men ham muslim. Bu ne korgulik? ...
U ham turkiy, men ham turkiy. Bu ne gustohlik? Samarqanddan yetib kelgan mening lashkarim 
Ot suradi akasi yo ukasi tomon. 
Yuragimni ortar bu hol, lekin majburman. 
Har qandayin muhoraba oldidan doim 
Allohimdan madad sorab, yolboraman men. 
Shayxulislom, zafar tilab tilovat qiling. 
(Shayxulislom tilovat qila boshlaydi. Shahzodalar, amirlarga) 
Shunqorlarim, ulug jangga kirayotirsiz. 
Ong qanotni topshirgayman senga, Mironshoh, 
Sol qanotni boshqarasan Shohruh Mirzo, Sen! ...
Obongorni faqat ozim nazorat qilgum. 
Hozirgacha ma'lum bolgan xabarga kora 
Jangga chiqmish yov tarafdan tort yuz ming lashkar. 
Shahzodalar, 	Olampanoh, Allohdanu Sizdan kuch olib, 
amirlar.	Har qandayin yogiyni ham tor-mor etgaymiz.
Temur.	Bolalarim, bu ogir jang. Biling, bu jangda
Rumoning oz lashkarlari himoyadadir. 
Ular axir oz yurtlarin qoriqlagaylar. 
...Anuno Rumo yerida men ozga emasman, 
Men musulmon amiriman! Nasabim turkiy! 
Adolat va dini Islom posbonidirman. 
Farmonimga quloq tuting: 
Bizkim, mulki Turon, amiri Turkistonmiz. 
Bizkim, millatlarning eng qadimi va eng ulugi 
Turkning bosh boginimiz. 
Alloh Sizga madad berib, zafar yor bolsin! 
Naqoralar chalinsin, to yeru osmonni 
Bizning lashkar suronlari chulgab olsinlar. 
Yogiylarni tahlikaga solsin bu suron. 
...Yasovullar har daqiqa menga paydar-pay 
Yetkazishib turadilar jang tafsilotin. 
Sarkardalar, Sizga ruxsat Allohu akbar!
Amirlar, sarkardalar chiqadilar.
Temur(Eshikbon 	Endi esa chorlang buyon Aloviddinni. 
yasovulga).	U betimsol bir iste'dod, shatranj ustasi. 
Samarqanddan atay uni olib kelganman.
Aloviddin kiradi. 
Aloviddin.	Olampanoh, chorlamishsiz... 
Temur.	Ha, Aloviddin, 
	Sen bilan biz necha yilki shatranj suramiz. 
Anuno bilki, bu galgisi boshqacha oyin, 
Bu  boshqa jang! Donalarni ter, Aloviddin. 
Aloviddin shatranj donalarini teradi. Temurda oq donalar.
 Eshitgansan, Aloviddin. Yoshlik chogimdan 
Men shatranjga ishqibozman. U nozik oyin. 
Uni tengsiz sanat deya ta'rif etarlar. 
Biroq shatranj oxshar koproq jang sanatiga. 
Aloviddin.	Qani, yuring, olampanoh.
Temur	Yurdi, sipohim.
Qani olga, piyodalar, zafar yor bolsin.
Chodir tashqarisidan jang sadolari baralla eshitila boshlaydi.

Aloviddin.	Shoh sipohin bizga qarshi yonaltirdingiz, 
Kaminaning sipohi ham anoyi emas. 
Temur	Hozir nechuk jang qilmoqda piyodalarim, 
...Juda ogir jang ketmoqda chodir ortida. 
Inshoolloh, yengajakman! Sen  Aloviddin, 
Faqat shatranj sohasida jahongirdirsan. 
Bizning esa chekimizga boshqa yuk tushgan, 
Bizning uchun ulkan zamin shatranj taxtasi... 
Aloviddin.	Sizning buyuk iste'dodga taraf yoq aslo, 
Shatranjda ham betimsolsiz. Iqrorman, 
Hazrat, Anuno menga, izn bering, bir savolim bor.
...Sizning golib bolmogingiz garchi muqarrar. 
Lekin, Hazrat, Siz men bilan chodir ichida 
Shatranj oynab, jang maqomin kuzatmoqdasiz. 
Bir qarashda beparvodek, hatto sovuqqon. 
Temur	Men bilaman, Aloviddin, oz qudratimni, 
Raqibimni dovdiratar bu usulim ham. 
...Odamlarim allaqachon Rum sultoniga 
Mening shatranj oynay turib jang qilishimni 
Yetkazdilar! Boyazidni tahlika bosdi! 
Dushmaningni bundan ortiq kamsitib bolmas. 
Yasovul (Kiradi)	A'lohazrat, piyodalar nobud bolmoqda. 
Temur	Attang, attang, oz kuchiga ortiq ishonsa, 
Gaflat bosib qolgusidir hatto filni ham.
(Ham Yasovulga, ham Aloviddinga) 
Tolgamo deb atalguvchi bir yolimiz bor, 
Yetkazingiz ong qanotu ham sol qanotga. 
Mironshohu Shohrux Mirzo ikki tarafdan 
Yogiylarni orab olsin! Obongorda men! 
Aloviddin, shohga qarshi hujum boshladim. 
Yasovul 
(yana kiradi)	Olampanoh! Yov lashkari 
Top-top bolishib, biz tomonga otayotir. 
Temur	Shoyon yaxshi gap! 
Ular asl musulmondir, ziyon yetkazmang. 
Aloviddin.	A'lohazrat, har ikkala maydon ichra ham 
Gozat qizgin tus olmoqda jangovar sanat.
Temur	Lashkarlarim urho-ur deb jang maydonida 
Nayza bilan, qilich bilan va kamon bilan
Yov saflarin qirib borar hozir ayovsiz. 
Men ham hozir ular bilan ruhan birgaman, 
Shu gap haqqi, Sizga qarshi tashlayman ruxni. 
...Eshitingiz, rux haqiqat qilichidek keskir, beomon. 
Men rux bilan jang qilishni sevaman juda. 
Aloviddin.	Ruxingizning narasiga javobim shu-da. 
Yasovul. 	Olampanoh, orqadagi yov ordasini 
Halqa kabi orab oldi bizning lashkarlar,
Biroq orda ustuvordir!
Temur	Bizning qolda naftandoz deb atalguvchi bir 
Ajdahodek ot purkagich yarogimiz bor. 
Bamisoli osmondan tushgandek quyun, 
U ot-olov purkay boshlar zamin ustiga. 
Orda tomon yonaltiring naftandozlarni. 
Orda chilim sarxonasi kabi yonsinu 
Tamakidek tutab ketsin tubida yogiy.
  (Aloviddinga)
Aloviddin, qay yosinda yolimni tosma, 
Mana endi ishga tushar sarkardam farzin 
Va ortidan ikkinchi rux chiqar maydonga. 
Endi qayga qochib borgay shorlik qorashoh? 
Endi kimdan madad kutsin yo kimga arzin 
Bayon etsin?
Aloviddin.	Chiroyli mot! Mot! 
Temur	Bu  ruxning ishi... 
Shoyad ruhlar menga mudom bolgay madadkor. 
Yasovul.	A'lohazrat, a'lohazrat, yaxshi xabar bor! 
Shu asnoda Rum sultoni asir olinmish!
Temur (yasovulga). 	Isming nedur?
Yasovul.	A'lohazrat, ismim Qosimbek. 
Temur 	Qayerdansan? Nasabing kim? 
Yasovul.	Men shahri Keshdan. Otam sizga sarboz bolgan. 
		Dehli jangida shahid ketgan, 
Bugun mening ozim sarbozman!
Temur	Bizning uchun goyat qutlug mujda keltirding, 
		Oglim, seni siylagayman bu mujda uchun. 
		Inshoolloh, Samarqandga qaytib borgan chog 
		Nikohingga berajakman bir nabiramni.

Yasovul.	Olampanoh, olgunimcha Sizga sodiqman.
Aloviddin. 	O, Allohning marhamati bunchalar kengdir,
		Bir bandasin daqiqada kokka kotardi. 
Temur.	Shukr, deyman, yaratganga  Parvardigorga,
		Biroq, zafar nashidasin totmasdan burun 
Ruhiyatim amri bilan bir gap aytaman: 
Hech bir shohning boshiga bu kulfat tushmasin. 
Olib kiring Boyazidni!
Boyaudni oyoq-qoli bogliq holda olib kirishadi. 
Evoh, bu ne hol? Oyoq-qolin yeching darhol, 
U, axir, shoh-ku!
Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin, 
Buzilgaydir ormonning ham qonuniyati. 
(Boyazidga)	
Men taassuf bildiraman, tushungin, sulton.
Boyazid.	Asir bolib tursam hamki qoshingda, Temur
		Zor emasman iltifoting, taassufingga. 
Temur.	Oddiygina bir voqea yuz berdi, axir,
		Sen yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq 
		Chong temirga urildingu chilparchin bolding...

Savol va topshiriqlar
1.	Temurning biror yurtga qilinadigan yurishga uch-tort yil oldin tayyorgarlik korish kerakligi borasidagi ogitini sharhlang.
2.	Asardan Amir Temurning harbiy hiylalar borasidagi ustaligi aks etgan orinlarni topib, sharhlang.
3.	Sohibqironning: "oz-oziga qanday hukm chiqarmish Sulton?"  degan sorogi tagidagi manoni anglating.
4.	Boyazidning xati Amir Temurga qanday tasir qilganini tushuntiring.
5.	"Men  Temurman! Oriyat ham bor-ku dunyoda. Yetar, endi!.." tarzidagi qaroriga asoslanib, jahongir shaxsiyatiga baho bering.
6.	Temurbekning yomonlarni insof sari "kaltak bilan haydash" haqidagi toxtamiga munosabat bildiring.
7.	Amir Temurning: "Bizning uchun ulkan zamin shatranj taxtasi",  degan iqrorida sizningcha afsus kopmi, iftixor?
8.	Sohibqironning shaxmat taxtasidagi oyin va maydondagi jangni birday boshqara olgani sababini izohlashga urining. 
9.	"Ruhiyatim amri bilan bir gap aytaman: Hech bir shohning boshiga bu kulfat tushmasin",  degan Temur shaxsini tavsiflang.
"SOHIBQIRON" ASARI ToGRISIDA
"Sohibqiron" dramasida Amir Temur janglarda emas, balki koproq oylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, ogillariga munosabatini korsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur tajribali hukmdor va oychi I faylasuf sifatida davlatni ush- lab turguvchi tayanchlarni: "Mol xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar",  deya belgilaydi. A. Oripov Temurni oz yolining togri-notogriligini aniqlashga tinmay urinadigan, bosgan har bir qadami xususida fikr yuritadigan kishi sifatida korsatadi. Shuning uchun ham Temurning: "Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun",  degan sozlari oquvchiga qahramon fikrlash tarzining mantiqiy hosi- lasiday tasir qiladi.
Asarda Amir Temurning oz dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsol- lari orqali ishonarli aks ettirilgan. Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: "Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur bilib qoyki, xotunlaring uch taloq bolgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim bolsin uch taloq". Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bolmagan bunday odob- sizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabuyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda korsatadi.
A. Oripov asar bosh qahramonini oylar ogushida aks ettiradi. Temur xato qilib, birovlarning umriga zomin bolishdan qorqadi. Ammo ozini buyuk bir tarixiy missiyaning ijrochisi deb biladi: "Nega kopdir nayrangboz-u kazzob kim- salar? Nega bosgan yer yuzini buncha kop illat? Men zaminni tozalashim kerak ulardan". Jahongir jangovor yurishlarida doim biror xalqqa qarshi emas, balki yovuz hukmdorga qarshi qoshin tortadi.
Amir Temurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvi asarning eng tasirli lavhalaridan biridir. Bu orinlarda Amir Temur oz xatti-harakatlariga manaviy asos qidirayotganligi aks etadi. Hazratning: "Aytchi, Temur, sen besabab qon tokkanmisan?"  degan sorogiga javob berish jahongirga oson kechmay- di. Sohibqiron islomiy tartiblar ornatish, adolatni qaror topdirish uchun qon tokkani haqida oylaydi. Asar muallifi oz nuqtai nazarini Yassaviy qarashlari orqali beradi. Dunyoda banda tomonidan kuch bilan adolat ornatilishi shubhali ekanligi buyuk sofiyning: "Niyat qancha jozibali bolsa ham, Temur, qilich bilan murod hosil bolmogi gumon",  degan sozlarida ifoda etiladi. Olamni kuch bi- lan bosib olgandan, odamlar dilini haq soz bilan zabt etish togriroqligi haqidagi fikr Yassaviy hazratlarining shaxsiyatini ifoda etadi. Xullas, asarda Amir Temur timsoli ozi va eli haqida tinimsiz oyladigan shaxs sifatida puxta tasvirlangan.

VILYAM SHEKSPIR
(1564-1616)
Adibning hayot va ijod yoIL Ingliz shoiri, dramaturgi,, aktyori Yilyam Shekspir 1564- yilning 23- aprelida Yorkshir grafhgidagi Stratford shahrida tugildi. Otasi  Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bolib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi  Meri shu yer- lik qadimiy, anuno kambagallashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi. osmir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning ogillari bepul tah- sil koradigan hamda asosan til va adabiyot orgatiladigan grammatik maktabda ta'lim olgan bolishi kerak. Bolajak adib choqintirilgani haqida cherkov daf- taridagi qayddan song uning hayoti haqida deyarli hech qanday rasmiy ma'lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582- yiluing 27- noyabrida stratford- lik Enn Xetuey ismli qizga uylanganligi hamda tongich farzandlari Syuzen 1583- yining 26- mayida, Hamlet va Judit ismli egizaklar 1585- yilning 2- fev- ralida choqintirilgani bitilgan.
Taxminlarga kora, Shekspir 1592- yilda Londonga boradi va teatrda ak- tyorlik qiladi. Shekspir 1593- yilda "Venera va Adonis" deb nomlangan dos- tonini chop ettiradi. Adabiyotning homiysi bolmish yosh gersog Sautgemptonga bagishlangan bu asar oslia vaqtlarda urf bolgan erotik yonalishda bolib, kutil- maganda katta muvaffaqiyat qozondi va ketma-ket sakkiz marta nashr qilindi. 1594- yilda birinchi asariga izma-iz "Lukretsiya" nomli katta dostoni e'lon qili- nadi. Shu yilning 28- dekabrida "Greyz Inn" teatrida Shekspirning "Xatolar komediyasi" asari oynaldi. 1595- yilning martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina mablag oldi. Teatrda Sautgempton homiy- ligidagi faoliyat Shekspirga ham shuhrat, ham boylik keltirdi. Bunga otasi Jon Shekspirning bir necha yillik urinishlardan keyin 1596- yilda Geraldik palatadan "jentelmen"lik martabasini beradigan gerbni sotib olganligi birinchi dalil bolsa, Shekspirning 1597- yilda Stratforddan bogi bor katta uy olganligi ikkinchi dalil- dir. Adib London sahnalarini tark etgach, bu uyga ayoli va qizlari bilan (ogli 1596- yilda vafot etgandi) kochib keladi.
1598- yilda londonlik tanqidchi F. Meres tomonidan chiqarilgan "Aql xazi- nasi" kitobining "Ingliz shoirlari haqida mulohazalar" qismida shunday fikr bitil- gan: "Plavt va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bolgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyos- dir". 15971598- yillarda Shekspir ijodi ancha katta shuhrat qozondi. Bu davr- gacha uning "Tit Andronik" nomli birgina pyesasi muqovasida muallifning nomi korsatilmagan holda nashr etilgan edi. Aytilgan davrda esa adibning asarlariga bolgan talabni qondirish uchun uning besh pyesasi chop etildi. Tadbirkor noshir U. Jaggard Shekspir asarlarini nashr etish hisobiga boylik orttirmoqchi boldi. U 1599- yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat toplamga Shekspirning ham tort sonetini kiritib, "Otashin ziyoratchi" nomli kitob chiqardi va undagi asar- larni Shekspir qalamiga mansub deb e'lon qildi. Bu Shekspir ijodini qalbakilash- tirib foyda topish yolidagi birinchi urinish edi.
1598- yilda aka-uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirgogida "Globus" teat- rini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan biri, ham oz ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608- yilda u katta foyda keltiradigan "Blekfrayerz" teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi. 1603- yilda qirol Yakov Shekspir truppasini oz himoyatiga oldi. Guruh a'zolari "Qirol hazratlarining xizmatkor- lari" deb atalib, kamerdinerlar  singari saroy xodimlari hisoblanishardi. Truppa saroyda tez-tez tomoshalar korsatib turar, saroy ayonlari va aslzodalar aktyor- larni yaxshigina siylardilar. Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib, Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur ak- tyor asta-sekin adabiy ijoddan chetlashdi, teatrdan uzoqlashdi va 1612- yilda ota shahriga butunlay kochib keladi.
1616- yilning 23- aprelida buyuk dramaturg, iste'dodli shoir, tengsiz ak- tyor Shekspir olamdan otdi. Uning jasadini oz qavmi cherkoviga komishdi. oshandan buyon uning qabrini har yili minglab odamlar ziyorat qilishadi.
Shekspirning ijodiy taqdiri juda galati. Qanchalik mashhur bolmasin, bironta pyesasi hayotlik chogida risoladagiday nashr qilinmagan edi. Ularning aksariyati 1623- yilga kelib, adib olimidan yetti yil otgach, dunyo yuzini kordi. Shekspirning aktyorlik faoliyati boykha ham juda kam ma'lumot saqlanib qolgan. Aktyor si- fatida koproq qirollarning rollarini oynaganligi qayd etilgan. "Hamlet"da Arvoh, "Sizga bu yoqadimi?" spektaklida Odam rollarini ijro etgani ba'zi hujjatlar orqali yetib kelgan. Ben Jonsonning "oziga yetguncha", "Seyan" pyesalarida Shekspir ozining songgi rollarini oynagan. Ehtimol, aynan aktyorlik tajribasi buyuk adibga dramatik asarlarida sahna imkoniyatlarini togri hisobga olish, obrazlarning ta- biatini yorqin namoyon etadigan jihatlarni bexato korish va tasvirlashda juda qol kelgan bolishi mumkin.
1592- yildayoq Londonga kelib, tez orada teatr ahli orasida aktyor va dra- maturg sifatida bir qadar tanilib qolgan Shekspirning dastlabki pyesalari qachon yaratilganini aniq aytib bolmaydi. Togri, zamondoshlari ingliz-fransuz urushi haqida Shekspir tomonidan 1592- yilning martida yozilgan va katta muvaffaqiyat bilan oynalgan bir pyesa bolganligini qayd etishgan. Lekin bu asarning katta qismi ozgalar tomonidan yaratilib, Shekspir ularni sahnaga moslab qayta ishla- ganligi keyinchalik aniqlandi. Asar 1594- yilda qisqartirilgan va buzilgan holatda alohida kitob sifatida ham chop etilgan. Ijodiy umri mobaynida V. Shekspir ottiz olti dramatik asar, 154 sonet va bir necha doston yozgan. Lekin bulardan biror- tasi ham muallif hayotlik chogida ochiqchasiga chop etilmagan.
"Qirol Lir", "Romeo va Julyetta" (15941595), "Hamlet" (1601), "Otello" (1604), "Makbet" (1606) singari tragediyalar, "Yoz kechasidagi tush", "Venetsiya savdogari", "on ikkinchi kecha" kabi komediyalar deyarli tort yuz yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar shuhratiga shuhrat qoshib kelmoq- da. Jahon dramaturgiyasining bu yetuk namunalari baduy mahorat choqqilaridir. Shekspir asarlari inson tuygularining murakkab, chigal va qarama-qarshi qirra- larini tasirchan aks ettirishi bilan ajralib turadi.
Garb mamlakatlari mutaxassislari orasida Vilyam Shekspir degan yozuvchi haqiqatda bolmagan va dunyoning eng zor dramalari ham u tomonidan yara- tilmagan, degan taxminlar yuradi. Negaki, V. Shekspirning tugilgan joyi, otasi, onasi, oilasi haqida anchagina ma'lumotlar bolgani holda uning biror oquv muas- sasasida muntazam tahsil olgani, aktyorlik qilgani, baduy ijod bilan shugullangani haqida kishini qoniqtirishi mumkin bolgan dalillar qolmagan. Buning ustiga, Vilyam Shekspir oz qoli bilan yozgan vasiyatnoma uslubiga kora muallifining u qadar ham savodli bolmagan tijoratchi ekanligini anglatar ekan.
Ayrim adabiyotshunoslar orasida oz asarlarini Shekspir nomidan e'lon qil- gan kishi 1550- yilda Eyfon Stratfordi shahrida tugilib (Buyuk Britaniyada kat- taroq Stratford va chogroq Eyfon Stratfordi singari ikki "adash" shahar bor), 1604- yilda vafot etgan lord Eduard de Ver boladi, degan fikr ham bor. U qirol saroyiga yaqin aslzoda oilalardan birining farzandi bolib, atroflicha bilim ol- gan, animo osha vaqtlarda aslzodalarning baduy ijod bilan shugullanishi ayb sanalgani uchun ham oz bitiklarini Yilyam Shekspir nomidan e'lon qilgan degan qarashlar yuradi.
Bunday qarashlardan qat'i nazar, Shekspir nomidan e'lon qilingan misl- siz asarlar bor va ularni oqish, organish har qanday inson ma'naviyati shakl- lanishida muhim ahamiyat kasb etishi aniq. Inson aqli va hislarining eng nozik, chigal jihatlari yuksak sanatkorlik bilan tasvirlangan "Otello" (1604) fojiasi haqida alohida toxtalish joiz.

 Savol va topshiriqlar
1.	Shekspirning hayot yoli, oilasi, olgan tarbiyasi, ijoddagi yutuqlari haqida toxtaling.
2.	Shekspir shaxsiyati va uning nomidan taqdim etilayotgan asarlar atrofidagi shubhalarga munosabat bildiring.
3.	Adibning dramaturgiyasi haqida toxtaling. Ular orasidan muallif nomini dunyoga mashhur qilgan asarlarini aniqlang.
4.	Shekspir ijodida "Otello" asari egallagan mavqe haqida gapirib bering.
"OTELLO" FOJIASI TOGRISIDA
"Otello" fojiasida insoniyat paydo bolgandan beri yonma-yon kelayotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va ishonch, olijanoblik va past- kashlik singari sifatlar ortasidagi kurash tasvirlangan. osha davrning barcha gumanistlari singari Shekspir ham insonni har jihatdan yetuk, kamchiliklardan xoli, odam degan mukarram nomga munosib korishni istaydi. Asarda ana shunga intilgan zotlar va otkinchi manfaat, hokimiyatga erishish yolida qabihlik qilgan kimsalar taqdirining ozaro kesishgan nuqtalari tasvir etilgan.
Manfaatparastlik, hasadgoylik shunday illatki, unga yoliqqan kimsa oziga ham, ozgalarga ham zugum qilmasligi, zarar yetkazmasligi mumkin emas. General Otelloning mulozimi bolmish munofiq va hasadgoy Yago orinbosarlikka uni emas, jasur Kassioni tanlagani uchun ham xojayinidan, ham leytenantdan och olishga tutinadi. Buning uchun eng tuban yoldan borib, generalning xoti- nini buzuqlikda ayblaydi. ozining arzimas manfaati uchun ulug kishilarni ham, yuksak qadriyatlarni ham oyoqosti qilishga tayyor Yago Otelloning ishonuvchan va oqkongilligidan ustalik bilan foydalanadi.
Bunda unga boy va yosh bolishiga qaramay, Dezdemonaning muhabbatini qozonolmagan alamzada Rodrigo ham yordam beradi. Asarda togri odamlarning ishonuvchan, sodda bolishi, ozgalardan yomonlik, xiyonat kutmasligi Otello, Kassio, Dezdemona, Emiliya timsollari orqali tasirli korsatilgan.
Otello  ishonuvchan, lekin laqma ham, ahmoq ham emas. U inson degan zot oz nomiga yarasha mard, togrisoz va ochiqkongil boladi, deb hisoblaydi. Chunki ozi bir umr shunday yashaydi. U xotinini birovdan rashk qilishni xayo- liga ham keltirmaydi. Negaki, unga oziga ishonganday ishonadi. U hech kimdan, ayniqsa, suyumli yoridan xiyonat kutmaydi. Shuning uchun u xiyonatni kechir- maydi ham.
Asarda shuncha ezgu sifatli odamlarning olimi bir fojia bolsa, ularning arzimas bir odamning mayda manfaatlari yolida halok bolganligi fojianing dara- jasini yanada oshiradi.
Yovuzlik orgimchakning tori kabidir. orgimchakning toriga pashsha ham, pashshani quvlab kelgan ari ham ilinib qolavergani singari yovuzlik tori unga tushgan mazlumni qanday mahv etsa, uni yoygan zolimni ham shunday komi- ga tortishi mumkin. Yomonlik hech qachon yolgiz yurmaydi. Biri boshqasini keltirib chiqaradi, biri ikkinchisini boshlab keladi. Suning uchun ham Yagoning hasadgoyligi birgina Otello va Dezdemonani emas, Yagoning ozini ham xotini Emiliya bilan birgalikda komiga tortib ketadi.
Asarning bosh qahramoni Otello gumonlar, iztiroblar girdobida tasvirlanadi. Xato qilishdan ch