klardan biri dodlab yubordi.
	Yoqol!  baqirdi shahzoda poygakda toxtab.  Yoqol bu dargohdin!
Yarim yalangoch kanizlar, goyo hurkkan kiyiklarday, bir-birlarini turtib-
surishib, marmar zinalardan pastga otilishdi.
Shahzoda ularning dirkillagan oppoq tanlaridan kozini olib qocharkan: "U yerda ham yalangoch kanizlar, bu yerda ham yalangoch kanizlar,  degan fikr xayolidan otdi.  Ey darig! Tushimmi bu ongimmi? Boshimda yana ne sav- dolar bor, xalloqi olam!.."
Charogon xona uni xiyol oziga keltirdi. U qilichini qiniga solib, xonaning ortasida toxtadi. Lekin yuragi hamon gurs-gurs urar, nafasi yetmay hansirar edi... "Olloga shukurkim, tush ekan. Tush! Lekin qonga boyalgan oz boshi!.. Ey, darig! Osiy bandang boshiga tagin ne savdolar solasen? Taqdir neni ravo koradur?"
"Taqdir" sozi shahzodaga negadir mavlono Ali Qushchini eslatdi.
"Filhaqiqat, ul jomiul ulum  zoyicha korib, shahzodaning taqdirini sozlab bermogi lozim edi!"  Shahzoda kozlari bejo yonib, eshikda qotib turgan zan- jisifat saroybonga qaradi.
	Darhol Koksaroyga chopar yolla! Mavlono Ali Qushchini olib qaytsin!
	Davlatpanoh!  Ayvon eshigida turgan saroybon juratsizgina odimlab, ichkariga kirdi.  Tun yarmidan oshmish. Dorussaltana darvozalari yopilgan- dur!
Shahzoda qaltiroq bosib, unga tomon yurdi.
	Choparning ilkiga yorliq bitib, muhr bosib ber! Yoxud ozing birga bor! Bas! Mavlononi yer ostidan bolsa-da, darhol topib kelasen. Uqdingmu?
Saroybon jimgana bosh egganicha pastga tushib ketdi.
Shahzoda nigohi oldidagi sovuq manzarani quvish umidida kok charm jil- diga zarhal bezak solingan qalin kitobni oldi: Nizomiy Ganjaviy!..
Shahzoda yoshligida, madrasada ta'lim olib yurgan choglarida Nizomiyning musiqaday tiniq she'rlarini, purhikmat rivoyatlari va dostonlarini kop mutolaa qilgan edi. Shu sababdanmi, shaxzodaning dilida umidga oxshash qandaydir bir narsa "milt" etdi. Goyo xayolini chulgab olgan mudhish jumboqqa Nizomiy Ganjaviydan javob topadiganday shosha-pisha kitobni ochib, birinchi misralariga koz yugurtirdi, yugurtirdi-yu, xuddi boshiga ogir gurzi tushganday chayqa- lib ketdi. Koz oldi qorongilashib, kok charm jildlik ogir kitob, xuddi tushi- da korgan oltin barkashday, qolidan sirpanib tushib, yirtiq varaqlari gilamga sochilib ketdi...
Yorab! Hozir kitobni ochganda dafatan kozi tushgan ilk misralar... tushida korgan qonli kalladan ham dahshatli edi... Shahzoda yuragini changallaganicha kozini yumdi, lekin zarhal harflar bilan bitilgan sirli misralar xuddi boyagi qonli kalladay koz oldidan ketmay, olovday lovillab turardi. Shahzoda diliga dahshat solgan bu ikki baytni oxirigacha oqidimi, yoqmi, ozi ham bilmas edi. Lekin un- dagi "Padarkush, toj-u taxt, olti oy..." degan sozlar xuddi qizdirilgan temir bilan oyib yozilganday miyasini jaz-jaz kuydirib, nigohi oldida yal-yal yonib turardi. "Padarkush... toj-u taxt... olti oydan oshmaydur..."
Savol va topshiriqlar 
1.	Abdullatifning kongliga ezgu tuygular solgan vaziyat tasvirini izohlang.
2.	"Oltin barkashda... qonga boyalgan uning oz boshi tirjayib yotarmish!.. Barkash qolidan tushib, qonga boyalgan boshi yerga yumalab ketarmish..." tasvirining tasirini ayting.
3.	Abdullatif ruhiyatidagi tiyiqsiz ozgarishlarga tayanib, inson tuygularining omonatligi togrisida toxtaling.
4.	Yozuvchining xolis tasvirlash mahorati haqida oylang. I biror orinda biror timsolni ozi tavsiflamay, buni Sizga qoyganligi sababini anglating.

Nazariy ma'lumot
BADIIY ADABIYOTDA RUHIYAT TAHLILI
Ma'lumki, ruh ota murakkab tushuncha. Uni sezgi muchalarining birortasi bilan his qilish mumkin emas. Ruhiyatga daxldor narsalarni kongil bilan tuyish mumkin xolos. Demak, ruh odamning kongliga tegishli narsa ekan. Inson aqli ruhni tola tushunishga ojizlik qiladi. Quroni Karimda ham ruhning izohini odam tushunolmasligi ta'kidlangan. Lekin har bir odam ozida aqldan tashqari yana qan- daydir bir qudrat ham borligini biladi. Shuning uchun bazan odam aqliga maqul kelmasa-da, kongliga otirishgan ishni qilgisi keladi. Ayni shu holat baduy asarlar- ning qahramonlarida ham oz aksini topishi kerak. Ya'ni adabiy qahramonlarning xatti-harakatlarigina emas, balki kongil kechinmalari ham ularninig tabiatlariga muvofiq bolishi kerak.
Qachondir qilingan ish, aytilgan fikr, sozlangan soz eskirishi mumkin, lekin inson ruhiyatininig xususiyatlari hech qachon eskirmaydi. Shuning uchun ham baduy ijodda odam ruhiyati tasviriga katta e'tibor qaratiladi. Siz baduy asarlarda inson ruhiyatininig tushuntirib berish qiyin bolgan jihatlari tasviriga kop marta duch kelgansiz. Chunonchi, raqibini yiqitolmagan Alpomishga qarata Oybarchin tomonidan aytilgan: " Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi siltab otadi, Maydon bolsa, ish korsatib ketadf' sozlar yigit ruhiyatini ostin-ustun qilib yuborgani va shu vaqtgacha eplolmagan dushmanini kokka otgani sizga ma'lum. Yoki birovga qopol gapirishni bilmay- digan Otabekninig uch yovuz dushmanga qarshi yolgiz jangga kirishi ham uning ruhiyatida kechayotgan jarayonlarga mos.
Siz hozirgina tanishgan "Ulugbek xazinasi" romanidagi har bir personajning qilgan ishi, aytgan gapi uning ruhiy holatiga mos keladi. Qanchalar yovuz va shuhratparast bolmasin, otasiga tig kotarish Abdullatif uchun ham oson kech- maydi. Asarda ogliga qarshi kurashishi lozim otaning ham, ota halokatiga sabab bolgan bolaninig ham ruhiyati juda tasirli va ishonarli korsatilgan. Yozuvchi otmishda nima bolganini aytibgina qoymaydi, balki otmishdagi yovuzlikni sodir etganlar yoki undan jabr korganlar qanday sezimlarni kechirganliklarini, qan- day ruhiy holatga tushganliklarini ham ishonarli korsatib beradi. Ayni shu holat bu romanning tasirchanligini ta'minlagan. Negaki, gap voqeada emas. Sababi, bolar ish bolgan, voqealar eskirgan, lekin qahramonlarning ruhiy holatlari hech qachon eskirmaydi. Ularning haqqoniy tasviri barcha davrlardagi kishilarga tasir qilaveradi.
Baduy ijodda ruhiy tahlilning orni katta. U yoki bu baduy asar insonning ruhiyatini qanchalik teran va ishonarli aks ettirishiga qarab baholanadi.
ABDULLA ORIPOV
(1941)
Hayoti va ijOdi. Abdulla Oripov 1941- yilning 21- martida, ya'ni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Nekoz qishlogida tugildi. Qishloq Qongirtov etagiga ornashgan bolib, oqar suv taqchil bolsa-da, seryomgir kelgan yillarda kokat-u maysalarga komilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning ozi: "Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogin kop tushar, Qongirtov etaklari ming xil ot-olan, chuchmoma-yu qizgaldoqlar bi- lan, quyontopig-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qozigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toplanib qolgan kichik-kichik koUarni "qoq" deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburug terib, Qongirtov etak- larida kunlarini kech qilar edi",  deb yozadi.
Ana shunday gozal maskanda tugilib osgan bolajak shoirning otasi Orifboy Ubaydulla ogli ishbilarmon dehqonlardan bolib, jamoa xojaligi raisi edi. Onasi Turdixol 11101110 kopchilik ozbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehri- bon, goyat tasirchan va ezgulikka tashna ayol bolgan. Oilada tort ogil, tort qiz bolib, Abdulla ogillarning kenjasi edi.
Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori otdi: qoy boqdi, suv tashidi, pichan ordi, yantoq chopdi, somon topladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, sertasir, oychil, kitobga haddan tashqari kongil qoygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir sozlarni bir-biriga uy- qash qilib aytib yurishni xush korar, sozning mazmunidan ham kora ohan- gi uni rom etardi. Buni shoir keyinchalik shunday eslaydi: "...birinchi she'rlar yoza boshlaganimga nima turtki bolganini aniq bilmayman. Har holda sozlarni qofiyalashga ishqiboz bolib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yoq. Yozmaslikning ham iloji yoq".
Abdulla oz qishlogidagi yetti yillik maktabda oqiy boshladi.
1958- yilda qoshni Tayzan ovulidagi orta maktabni oltin medal bilan bitir- gan yigit Toshkent davlat universiteti (hozirgi ozMU) "ozbek filologiyasi" fakulteti jurnalistika bolimiga oqishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. A. Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi sobiq "Yosh gvardiya" nashriyotiga muharrir bolib ishga kiradi. Bu yerda tort yil ishla- gach, 19671974- yillarda Gafur Gulom nomidagi nashriyotda muharrir, katta muharrir bolib xizmat qiladi. 19741976- yillarda "Sharq yulduzi" jurnalida bolim boshligi boladi.
Olovli she'riyati bilan muxlislarining mehrini qozongan shoir 1976 1982- yillar orasida ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik qildi. 19821983- yillarda ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bolimida mas'ul kotib bolib faoliyat korsatdi. 1983- yilda shoir oquvchilarning jurnali "Gulxan"ning bosh muharriri boldi va u yerda 1985- yilgacha, ya'ni ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga otguncha ishladi. Uyushmaning kotibi sifatida uch yil ishlagan A. Oripov 1988- yilda ozbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qomitasi raisi vazifasiga otkazildi. 1996- yilning mart oyidan 2009 yilga qadar shoir ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida mehnat qildi.
Abdulla Oripov 1983- yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor boldi. Shu yili unga "ozbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. 1994- yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq korildi, 1998- yilda esa shoir "ozbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlandi. A.Oripov ozbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir.
Birinchi marta respublika matbuotida "Qushcha" deb atalgan she'ri chiqqan paytda A. Oripov talaba edi. Shoirning birinchi sherlar toplami "Mitti yul- duz" esa 1965- yilda chop etilgan. Undan keyin "Kozlarim yolingda" (1967), "Onajon" (1969), "Ruhim" (1971), "ozbekiston", "Qasida" (1972), "Xotirot" (1974), "Yurtim shamoli" (1974), "Jannatga yol" (1978), "Hayrat" (1979), "Hakim va ajal" (1980), "Najot qal'asi" (1981), "Yillar armoni" (1983), "Haj daftari" (1992), "Saylanma" (1996), "Sohibqiron" (1996), tort tomlik "Tanlangan asarlar" (20002001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.
A. Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishti- rish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening "Ilohiy komedi- ya" asarini, L. Ukrainka, T. Shevchenko, N. Nekrasov, Q. Quliev, R. Hamzatov singari shoirlarning she'rlarini mahorat bilan ozbekchaga ogirgan.
SHE'RLAR
* * *
Bahor kunlarida kuzning havosi. 
Tanimni junjitar oqshomgi shamol. 
Nega muncha gamgin nayning navosi, 
Nega qalbim tola okinch va malol?
Barglar orasiga tinmasdan sira 
Oshno yulduzlardan tokiladi nur. 
Bilmayman, qiynaydi qaysi xotira, 
Titroq yulduz kabi muzlagan shuur.
Maglub bahodirning nayzasi misol 
Ma'yus egiladi terak uchlari, 
Barglar soyasida oynaydi behol 
Uyqudagi qizning bedor tushlari.
Atrofimda yotar garib bir viqor, 
Bilniam, nega ochdi qalbim safosi. 
Nima ham qilardim, na ilojim bor. 
Bahor kunlarida kuzning havosi.
Savol va topshiriqlar
1.	Bahor kunlarini kuzning havosiday his etayotgan shoir kayfiyatini izohlang.
2.	Shoirning: "Titroq yulduz kabi muzlagan shuur" shaklida ifodalangan iztiro bini tushunishga urining.
3.	"Atrofimda yotar garib bir viqor" satrini izohlang.
4.	Tortinchi bandda ifoda etilgan sezimlarga toxtaling.
KUZ MANZARALARI
Yana dalalarga boshlaydi havas, 
Boglarda xazonlar yonadi lov-lov. 
Dostlarim, bu kuzning barglari emas, 
Mening yuragimdan tokilgan olov.
Shoxlarda mezonlar yaltirar xira, 
Poyida shivirlar mening kuylarim, 
Dostlarim, bular ham mezonmas sira, 
Bu mening chuvalgan, songsiz oylarim.
Quyosh ham falakda bamisli royo. 
U endi yondirmas, yaltirar faqat. 
Dostlar, u ham endi quyoshmas aslo, 
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.
Savol va topshiriqlar
1.	Kuzgi yaproqlar bilan shoir qalbidan tokilgan olov ortasida qanday bogliqlik bor deb oyluysiz?
2.	"Shoxlarda mezonlar yaltirar xira, Poyida shivirlar mening kuylarim" satr lari ma'nosini sharhlang. Shoxlar poyidagi kuy nima?
3.	Shoirning mezonlar haqida: "Bu mening chuvalgan, songsiz oylarim",  deyishining hayotiy va baduy asosini toping.
4.	Sherni yod oling.
GENETIKA
Men ham yashayapman oz zamonimda, 
Davrimdan qayga ham tushardim yiroq. 
Ya lekin bilmadim, mening qonimda 
Qaysi bir bobomning xislati koproq,
Barchaga barobar meros bu bashar, 
Otadan qosh-kozni olgan ogildek. 
Bilmadim, qonimda qay ajdod yashar, 
Balki Bobo Kayfiy, balki Ulugbek.
Tunlar qulogimga chalinar elas, 
Tulporlar kishnashi, otlar gurrosi. 
Balki Muqanna bu  tinib-tinchimas, 
Balki Panipatda Bobur urhosi.
Balki tanglayimni kotarib kettan, 
Darbadar bir oshiq va yo sarbador. 
Balki biror bobom shahanshoh otgan, 
Balki vujudimda darvish qoni bor.
Men yaxshi anglayman, moziy ne demak. 
Tarixda har kimning bor oz zamoni. 
Lekin tanimizda kezar-ku beshak 
Olis bobolarning ming yillik qoni.
...Ohu holasi bu  ohuday boqqan, 
Shervachchada esa sherning shiddati. 
Avlodlar qonida ming yillab oqqan 
Buyuk bobolarning turfa xislati.
Singdi ruhimizga, mangu barhayot 
Alisher she'ri-yu Pushkin bayoti. 
Singdi ruhimizga golib hissiyot  
Jasur bobolarning tengsiz saboti.
Singdi qonimizga shu otash dunyo, 
Singdi qonimizga muhabbat, gazab. 
Yiroq avlodlarga bizlardan, anuno 
Qay bir xislatimiz qolarkan, ajab?
Nima qolar ekan? Qay ezgu tilak, 
Qay his, yuraklarda topolgan kamol? 
Yiroq avlodlarga bizlardan beshak 
Qolar kurashlarda toblangan xayol.
Shu yovqur asrda yashadik roy-rost, 
Ranj-u balolardan hayiqmay taqir. 
Yiroq avlodlarga bizlardan meros. 
Buyuk bardoshimiz qolgusi axir.
Yashadik shu rangin dunyoda mas'ul, 
To ellar koz yoshi bolmasin chashma. 
Ozni bagishladik kurashga butkul, 
Demakki, yashadik oromga tashna.
Tashna yashadik biz mehrga niutloq, 
Ishqqa, muhabbatga tashna otdik biz. 
Goh esa quyoshdek porloq va yiroq 
Haqqa, haqiqatga tashna otdik biz.
Tashna yashadik biz nurga, ziyoga, 
Qayon ketmoqdasan, ey uchqur zamon? 
Oqibat bel boglab keldi dunyoga 
Bizning asrimizda vallomat inson.
Tofon, qasirgalar kechar-ku hali, 
Kechadi avlodlar qator, galma-gal. 
Balki oro topib bashar sayqali, 
Tugilar eng oliy inson, mukanunal.
U ozin tanigay shunda dafatan, 
Tofon, qasirgalar bosiriq bir tush! 
Shu buyuk sayyora  yagona Yatan. 
Inson oz baxtidan ozi ham sarxush.
Munis nigohini qadab quyoshga 
Turar u nurday pok, ishqday bezavol. 
Kechmish kamolotin kotarib boshga. 
Yiroq asrlarga koz tikib xushhol.
Turar u godakday begubor kulib, 
Balki kulgusi ham bizdan meros bu. 
Rishtai jonida bir zarra bolib, 
Bizning ham qonimiz gupurgay, rost bu.
Bobolar dunyodan otdilar shundoq, 
Biz ham yetuklikka bolmadik timsol. 
Lekin sen bolarsan bokira niutloq, 
Lekin sen yasharsan farishta misol,
Qahkashon  sayrida hur quyosh bilan 
Kezarsan to abad shodumon, xurram. 
Labda tabassum-u kozda yosh bilan 
Senga talpinaman, buyuk nabiram...
 
Savol va topshiriqlar
1.	She'rning birinchi bandida ifoda etilgan shoir tuygularini anglashga uri ning. Sizda ham bazan shunday oylar paydo boladimi?
2.	Shoirning bobolarga daxldorlik borasidagi qarashlari aks etgan bandlarni sinchiklab oqing, ularni izohlashga urining.
3.	She'rning avlodlar orasidagi davomiylik aks etgan bandlarini sharhlang.
4.	"Ohu bolasi bu  ohuday boqqan, Shervachchada esa sherning shiddati" satrlari ma'nosi chuqurligi va ifoda tarzining gozalligini izohlang.
5.	SheVdagi bobolardan bizga nimalar qolgani haqidagi oylardan bolalarga biz dan nimalar qolajagi togrisidagi xayollarga otish izchilligiga e'tibor qiling. 
6.	Kelajak avlodga "Buyuk bardoshimiz qolgusi",  degan bashoratga munosa bat bildiring.
7.	Tugilajak avlodning "mukammal", "nurday pok, ishqday bezavol" bolajagi borasidagi orzuni sharhlang.

ABDULLA ORIPOV SHE'RIYATI TOGRISIDA
A. Oripov lirikasi orqali ozbek she'riyatiga kongil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldir- gan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq sozlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida kotarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki sherni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan kora, uning nima haqda ekanligi muhimroq sana- lardi. Abdulla Oripov tuygulari ozbek sheriyatiga oychil gam va gamchil oy olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida oyga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning ozi edi. Binobarin, bir odam togrisida hayqirish no- qulay bolardi, u haqda pichirlab she'r oqish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni ozga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
Otgan asrning 6070- yillarida Abdulla Oripov sheriyati ozbek millatining sof tuygularini saqlab qoldi. Shuning uchun ham shoirni ozbek sheriyatida oz davrini u yaratdi, deyish mumkin. Chunki chinakam iste'dodgina davrning tosiqlari, cheklovlarini yengib ota oladi. Har qanday zamon va har qanday sharoitda ham asl iste'dod davridan marhamat kutmaydi, balki unga oz tasirini otkazadi.
Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuygular chinligi kishini beixtiyor oziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obraz- laridir. U inson tuygularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan ayrim misralarining oziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi. Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini: "Asablar tuproqqa chokkan edi tiz" tarzida beradi. ozining pokiza yoshlik davrini esa "Yiroq- yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat deya ifo- dalaydi. ozbek xalqining yigma obrazi: "Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening oylarim" tarzida umumlashtiriladi. Shoirning: "qaro sochlaringda oppoq alanga" degan tashbihi aniqligi bilan ham, tasirchanligi bilan ham kongilni rom etadi. Uning she'riyatida vatan timsolining chizilganiga e'tibor qiling: "Shabnam shovullaydi boglar qoynida, Salqin tuman ichra bozarar tonglar, Quyoshning erinchak yogdularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar".
Abdulla Oripov she'riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murak- kab holatlarni ham goyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan tasirli qi- lib ozbekcha ifodalay bilish shoir she'rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha sheriy ifodaning aniq va tuygularga tasir korsata oladigan bolishiga erishadi. Uning: "Oyoqlangan qoziday dovdirar yelda maysa, Kom-kok mo- viy osmonda kezib yurar oq bului" kabi satrlarida qollanilgan tashbihlar hayo- tiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. Yelda silkinayotgan koklam kokatining dovdirab, yiqilib-surinib endigina oyoq- qa turayotgan qozichoqqa oxshatilishi shoirning xalq turmushini bilibgina qol- may, uni ichdan tuyishini ham korsatadi. Shu joyning ozida koklam osmonini ham esda qoladigan qilib suratlantira olish uchun ulkan iste'dod talab etiladi. A. Oripov koz oldiga keltirish mushkul, ifodalash undan-da ogir bolgan se- zimlarni, mavhum tuygularni tuyimli qilib chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: "Yorilmagan yaraday sevgi!"  deydi u. ota mavhum tuyguni bundan ortiq aniq tasvirlash mumkin emas.
A. Oripovning sanatkorligi shundaki, u hodisalarning boshqalar kormagan yoki korgan bolsa-da, payqamagan jihatlarini oziga xos tarzda aks ettira ola- di. Shoirning iste'dodi nazarining otkirligi, tuygularining nozikligi, hissiyotining teranligida korinadi. Koklamda orik goralarini hanuna korgan, anuno faqat chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini kora biladi: "Dilbar kelinchakning koksida gulu, Zardoli shoxiga tashlar koz qirin". Sal e'tibor qil- gan oquvchi yosh kelinchaklarning kopincha orik dovuchchasiga boshqorongi bolishini esiga tushiradi. Har qanday hayotiy lavhada chin sanatga xos belgini kora olish asl shoirlikning belgisidir.
Shoirning mahorati shundaki, u kopincha aytib otirmay, ishora qilish bilan korsatadi. Tasvirning bunday usuli sizni fikrlashga, she'rning zamiridagi chiroyli ma'nolarni mustaqil kashf etishga undaydi. Ma'lumki, gam haqida kop sherlar yozilgan. Lekin gamni kishining koz oldiga yaqqol keltirib qoyish hanuna shoir- ga ham nasib etavermagan. Quvonch togrisida ham kam yozishmagan, biroq uni tuyimli qilish oz kishiga nasib etgan. Abdulla Oripov: "Qizgaldoq bargidek uchar dildan gam, Toshqinlar kiradi qalbimga manim" s;ilrl;irid;i ogirdan-ogir ana shu ikki ishni birvarakayiga uddalagan. Gamni koz oldiga keltirib bolmaydi dedik, lekin qizgaldoqning harir gulbargini har birimiz bilamiz. I ni yengil bir harakat uchirib yuborishi mumkin. Shoir qalbidan "qizgaldoq bargidek uch"gan gam orniga toshqin kirmoqda. Toshqin nimaligini ham barcha biladi. She'riy misra- larda quvonch tilga ham olingani yoq, lekin insonga ulkan shodlik yor bolganda kongliga toshqin kirishi sezimli. Chinakam sanatkorgina buni boshqalar ham his qiladigan tarzda bera oladi. Shoirning she'rlari kishining ruhiyatini poklaydi, tuygularini baland qiladi va manaviy jihatdan yuksalishiga sabab boladi.



Nazariy molumot
LIRIK QAHRAMON
Lirik asarda tuygu va oylari tasvirlangan shaxs obrazi lirik qahramondir. I . kopincha, shoirning ozini anglatadi. Chunki lirik asarda ishtirok etadigan asosiy timsol shoirning ozi bolib, she'rda uning oylari, sezimlari, tuygulari, kayfiyati namoyon boladi. Togri, lirik asarlarda ba'zan shoirdan boshqa qahramonlar ham ishtirok etadi.
Jumladan, Abdulla Oripovning "Bahor" nomli she'ridan olingan: "Ravon yollar qarshingizda turibdi mushtoq'\  Derdi bizga harf orgat- gan yosh bir muallim" misralaridagi muallim timsoli fikrimizga dalildir. Lekin lirik asarlarda shoirdan ozga personajlarning oy-xayol va kechinmalari- ni batafsil tasvirlash imkoni yoqligi uchun ham lirikadagi "raqib", "rind", "soqiy", "agyor" va yana boshqa timsollar lirik qahramon darajasiga kotarila ol- maydi.
Chinakam lirik asarning qahramoni oziga xos tabiat, fe'l, kayfiyat, taqdir egasi sifatida namoyon bolishi, uning sezim va kechinmalari she'rxonni loqayd qoldirmas- ligi kerak. Lirik qahramonning quvonchi, gami, iztirob-u oylari ozgalarga tasir korsata olsagina, u baduy qiymatga ega boladi. Lirik qahramoni befarq qoldirgan she'r oquvchining ongiga ham, tuygulariga ham ta'sir korsata olmaydi. Shu jihat- dan qaraladigan bolsa, Abdulla Oripovning siz tanishib chiqqan barcha she'rlaridagi lirik qahramonning tuygulari kishiga kuchli tasir qilganini korish mumkin. Shoir she'rlarida oz shaxsiyatining turli qirralarini namoyon etadi. LUarda aks etgan ke- chinma va sezimlar chin, ifoda gozal, baduy til jozibali bolgani uchun lirik qahra- mon oquvchini oziga tuygudosh qilib qoyadi. Shundan kelib chiqib, kechinma va oylari lirik asarda ifoda etilgan va she'rxonni oziga tuygudosh qila oladigan shaxs timsolini lirik qahramon deyish mumkin.
Lirik qahramon kongil holatini ifodalagani, bevosita "men" nomidan sozlashgani, ozining eng ichkin, muqaddas tuygularini she'rxon bilan ortoqlashgani uchun oquvchiga yaqin va tuygudosh bolib qoladi.
Adabiyotshunoslikda lirik qahramon tushunchasi 1921- yilda rus olimi Y. N. Tinyanov tomonidan kiritilgan. Shoir shaxsi qanchalik yirik, serqirra, uning tuygulari qanchalar samimiy bolsa, lirik qahramon tasviri ham shunchalik jonli va serjilo boladi. Shuning uchun ham Abdulla Oripov she'rlarining lirik qahramoni kishi konglini butunlay zabt etadi, oz holati samimiy va chinligiga oquvchini tola ishontiradi.

SOHIBQIRON
(dramatik doston)
II SAHNA
Ulug Amir Temur tengsiz kurashlar, otkir aql va tadbirkorlik bilan tiklagan saltanatni adolat bilan boshqarish hamda imkon boricha ezgu ishlar qilishga hamisha intiladi.

Temur.	...Bolalarim, unutmangki, davlat ishida
Har qanday yumushning ham oz orni bordir. 
Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan, 
Anuno ular tanishmagay bir-birlarini. 
Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, organib, 
Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa. 
Yurish qilish lozim bolsa yiroq ellarga 
Tadorigin kormoq kerak uch tort yil avval. 
Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang. 
Yilqilarni kopaytiring osha joylarda. 
Toki sizning horgin otlar yetib borgan payt 
Tulpor bolib, kishnab tursin minglab toychoqlar. 
Yov qoshinin tahlikaga solmoqlik uchun 
Tunda uning atrofida gulxanlar yoqing. 
Necha yuzlab miltillagan choglarni korgach, 
Yogiy sizning lashkarlarni kop deb oylagay. 
Shabxun deya ataladi tungi hujumlar. 
Tortta otning biqiniga shox-shabbalardan 
Oddiygina supurgini boglab qoysangiz  
Chunon tozon kotarilgay, deysiz qiyomat! 
Orni kelsa tort suvoriy tort ming otliqning 
Vahimasin yaratadi qiyqiriq bilan. 
Bayrogingiz egilmasin maydonda sira, 
Jangda yolgiz qolsangiz ham bayroq tik bolsin. 
Hujum qilish arafasi: "Allohu akbar!"- deb 
Nido aylang. Parvardigor kuch ato etgay. 
"Suring!"  degan na'ra esa bosqinga da'vat, 
Bizning oddiy: "Ur-ho-ur"dan yov juda qorqar. 
ndi jahon yaxshi bil