anda, shahzoda qoshinlari ikki-uch farsah joyga kelib qol- gan, Mirzo Ulugbek qanday qarorga kelmasin, bu qarorni darhol qabul qilmogi lozim edi! U esa... U hamon jang qilish, shahzoda bilan yuzma-yuz kelish istagi bilan yonar edi. Lekin Bobo Husayn yollagan nomani oqirkan, xayoliga bir fikr keldi: dorussaltanaga qaytib va uning darvozalarini berkitib olib, shahzoda bilan sulh-saloh tuzsa ne qiladi? Yoq, shahzoda uning taxtda qolishiga konmas. Lekin Mirzo Ulugbekka minba'd toj-u taxt kerak ermas! Shahzoda uning rasadxo- nasiy-u madrasalariga tegmasa, marifat yolidagi ishlarini man etmasa, u tinch- gina ilni-u idrok bilan mashgul bolsa  bas! Unga shundan boshqa ne kerak?
Lekin shahzodani bu shartlarga kondirish uchun fuqaroni safarbar qilib bolsa xam, mudofaaga otmoq darkor.
Mirzo Ulugbek barcha ikkilanishlarga chek qoyib, torda churq etmay otirgan amir Idris tarxonga yuzlandi.
	Siz Dimishqda qolib, Iskandar barlos suvoriylariga komak bergay- siz, amir! Boshingiz ketsa-da, shu bugun shahzoda lashkarlarini toxtatgaysiz. Farmoni oliy ayonmi?
	Ayon, davlatpanoh!  Amir Idris tarxon ton ichidan kiygan sovutining halqachalarini shingirlatib, ta'zim qildi.
Mirzo Ulugbek uyqusizlikdan qisilgan kozlari yonib, ogli Abdulazizga qaradi.
	Sen ikki shahzodani olib, darhol dorussaltanaga chopgaysen. Doruga Mironshohga amri oliyni yetkazgaysen: barcha a'yon-u boyonlar darhol Koksaroyga yigilsin. Mashvarat qilurmen.
Mirzo Ulugbek shitob bilan ornidan turdi. Boda tola kosasini bir sipqa- rishda boshatdi-da, hech kimga qaramay koshonadan chiqdi.
Qorongi tusha hoshlaganidan bezovtalangan Mirzo Ulugbek otiga qamchi urdi. Shu payt oldinda, Qohira boglariga kiraverishda, ot tuyoqlarining dupuri eshitilib, allaqanday galayon kotarildi, ilgarilab ketgan navkarlarning qattiq- qattiq tovushlari eshitildi. Song bir guruh suvoriylar ot choptirib kelib, Mirzo Ulugbekka yetmay toxtadi. Mirzo Ulugbek qilichini qinidan sugurib oldi.
	Bu kim?
	A'lohazratlari afv etsinlar! Biz dorussaltanaga borib qaytdik!..
Ketma-ket ot choptirib kelgan shahzoda Abdulaziz bilan tund yuzli saroybon
argumogini niqtab oldinga otdi.
	Davlatpanoh...
	Sozla!
	Darvozalar yopilgan. Salohdorlar darvozalarni ochmoqdin bosh tortadur, hazratim...
	Yolgon!  Mirzo Ulugbek xayolida baqirib yuborganday boldi, le- kin uning ovozi xirillab eshitildi-yu, bir zum ogir jimlik chokdi. Qorongida shayxulislom Burhoniddinning: "Yo parvardigor!.."  deb pichirlagani va Mirzo Ulugbekning hansirab nafas olgani eshitildi.
	Doruga Mironshoh qayda? Darvozada bormu?
	Yoq, onhazratim! Doruga darvozaga kelmoqdin bosh tortibdi.
	Boshat yolni!  Mirzo Ulugbek shunday deb baqirdi-da, betoqat pishqirgan oq bedoviga qamchi bosdi. Achchiq qamchiga organmagan arabiy argumoq osmonga sakradi-yu, shamolday uchib ketdi...
Uning tuyoqlari ostidan otilib chiqqan tosh va kesaklar har tomon vizillab otilar, osmonda uchgan xazonlar ayovsiz savalar, lekin u hech narsani sezmas, qalbida tugyon urgan alam ogriqni bosib ketgan edi. Xayolan u hamon kokka tavallo qilar, osiy bandangni kechirgaysen, qarigan chogimda bu xorlikni ravo kormagaysen, deb iltijo etardi.
Boglar chekinib, atrof xiyol yorishdi. Sal otmay, oldinda osmon bilan tutashgan dorussaltana qorgoni kozga chalindi. Qorongida qorgonning kun- gurador devori shunday yuksak va mustahkam korinar ediki, uni hech bir kuch zabt etolmaydiganday tuyulardi.
Suvi koklamdayoq qurib qolgan chuqur xandaq yonida Mirzo Ulugbekni yana bir guruh navkarlar qarshi oldi. Ular orasida shahzoda Abdulaziz bilan jiyanlari Abdulla va Abu Said Mirzo ham bor edi. Uchala shahzoda ham asabiy holatda u yoqdan-bu yoqqa ot oynatib yurishar edi. Mirzo Ulugbek shahzoda- larga e'tibor bermay, chuqur xandaqdan ot choptirib otib, dongukdagi darvoza oldida toxtadi.
Saroybon otini niqtab borib, qilichi bilan darvozani "shaq-shaq" urgan edi, tepadagi minoradan:
	Bu kim?  degan ovoz eshitildi.
	Bu men!  dedi Mirzo Ulugbek, yana qoni qaynab.  Sohibi toj Mirzo Ulugbek Koragoniy!
	"Darvozai ohanin" namozi asrdan song shoh-u gado  barchaga yopiqdir!
	Och darvozani, malun!
Mirzo Ulugbek goyo darvozani agdara oladigandek, ot soldirib bordi, asov oq bedov osmonga sapchib, oldingi oyoqlari bilan temir darvozani qarsillatib ur- di-yu, orqaga tisarildi. Yuqorida bir daqiqa jimlik chokkach:
	A'lo hazratlari afv etsinlar!  dedi boyagi ovoz.  Doruga Mironshoh janoblari farmon qilmishlar, darvoza ochilmaydur!
	Sohibi saltanat men bolurmen. Barcha farmonlarim amri vojib erur!.. Darvozani och yo dorugani chaqir, yoxud boshing ketadi, salohdor!
Mirzo Ulugbek gapini tugatmagan ham ediki, devor tepasidagi minoradan qiqirlab bogiq ovoz eshitildi:
	Salohdorning boshini olishga qoling kaltalik qiladur! Buning boshi emas, oz boshingga ehtiyot bolgil, Muhammad Taragay!
Mirzo Ulugbek bir daqiqa tili kalimaga kelmay garang bolib qoldi. Bu ingichka xirilloq ovozning egasi, har bir sozidan zahar tomchilab turgan bu odam... amir Sulton Jondor edi!..
Voajabo! Bu malun lashkarni tashlab qochganda... dorussaltanaga kelgan ekan-da! Lekin qachon, qaysi yoldan otib keldi? Unga darvozani kim, nechun ochdi?.. Bu beimon kazzoblar qachon til biriktirgan? Bu diyonatsiz insonlar, bu amir-u umarolar, arkoni harb va arkoni davlatlardan hazar, alhazar! Qayga bor- mang, hammayoqda makkorlik, razolat va riyokorlik!
Mirzo Ulugbek oyoqlarini uzangiga tirab, qaddini rostladi, vujud-vujudini larzaga solgan tugyonni zorga bosib:
	Amir Sulton Jondor!  dedi.  Humo qushi kimning boshiga qonur, buni yolgiz haq taolo biladur. Humo qushi meni tark etsa  sening baxting! Va le- kin falakning gardishi bilan toj-u taxt qolimda qolsa... esingda bolsin: oyogingdan dorga osib, ostingdan ot qoyamen!  Mirzo Ulugbek shunday dedi-da, amir Jondorning javobini kutmasdan, otining boshini orqaga burdi.
Mirzo Ulugbek handaqdan ot choptirib otishi bilan uni shahzodalar orab olishdi. Xayoli algov-dalgov bolib ketgan Mirzo Ulugbek shahzodalarning hayajonli sozlaridan faqat bir narsani, "Shohruhiya qalasi",  degan sozni tushundi-yu, "mayli!" deb, qol siltadi. U qayoqqa, nima maqsadda ketayotganini bilmas, xayolini faqat bir fikr  insonlarning riyokorligi, manfurlik va kazzobligi band etgan edi. Sal otmay, Shohruhiya qalasiga ot choptirib ketgan shahzoda Abdulaziz qaytib keldi. U ogir hansirar, guldirab allanimalarni aytar, lekin ga- pini tushunish qiyin edi.
Mirzo Ulugbek Shohruhiya qalasi ham yopilganini, qala boshligi turk- man begi Ibrohim Polat ogli ham sotqinlik qilganini uning guldirashlaridan arang ilgab oldi. Aqli bilan emas, allaqanday ichki tuygu bilan ilgab oldi-yu, labini qattiq tishlaganicha oylanib qoldi. U bir daqiqagina ikkilandi, konglidagi galayon bilan bir soniyagina olishdi, song, argumogining boshini orqaga burdi. U Mirzo Abdullatifga bosh egishga, yaxshilik bolsa-da, yomonlik bolsa-da, oz zurriyotidan korishga ahd qildi.

Savol va topshiriqlar
1.	Shahzoda Abdulla va Abu Said Mirzoning kozlaridagi taraddud, harakatlari dagi toqatsizlik nimadan darak deb oylaysiz?
2.	Ulugbekning Abdullatif bilan yuzma yuz kelishga intilishi uning shaxsiyati ning qay jihatini korsatadi?
3.	Mirzo Ulugbekning boda tola kosani bir sipqarishda boshatgani uning ruhiyatidagi qaysi qirrani namoyon etadi?
4.	Ulugbekning suvligini chaynab yulqingan oq bedovni Samarqand tomon choptirmaganligi sababini izohlang.
5.	Ulugbekning ruhiy holati tasvirini oqib, tahlil qiling.
6.	Yuragi tugyonga kelgan hukmdorning Samarqand qalasini korgach birdan boshashib qolgani sababini topishga urining.
7.	Amir Jondorning andishasiz gapidan song Ulugbek Mirzoning tili bir zum kalimaga kelmay qolgani sababini ayting.
8.	"U bir daqiqagina ikkilandi, konglidagi galayon bilan bir soniyagina olishdi, song, argumogining boshini orqaga burdi. U Mirzo Abdullatifga bosh egishga, yaxshilik bolsa-da, yomonlik bolsa-da, oz zurriyotidan korishga ahd qildi".
Mirzo Ulugbek taqdirini hal qilgan bu harakat sababini anglating.
* * *
Mana ikki kun otdi. Mirzp Ulugbek Koksaroyning chekkasidagi birxonada o'z yogiga o'zi qovrilib yotibdi. Eshikdagi yasovul hatto tahoratga ham chiqarmaydi, ta- horat suvini ichkariga beradi. Mirzo Ulugbek Koksaroyda yarim asr istiqomat qilib, bu xonani kormagan ekan. Xona sovuq va nimqorongi. Faqat shiftdagi tuynukchadan bir hovuchgina nur tushadi. Xonada gilam-u bir-ikkita korpacha. ortadagi xontax- tada sovib qolgan kabob va meva-cheva. Bejirim chinni kozachada  boda. Lekin ovqatdan shubhalangan Mirzo Ulugbek hanuz tuz totgani yoq. Faqat qumgondagi suvdan bir-ikki qultum ichdi, xolos. Mana endi ochlik va uyqusizlikdan xayoli chu- valib, shiftdagi tuynukka tikilib yotibdi.
U kecha shahzodaga ikkita maktub yollab suhbatga chaqirishni soradi. U toj-u taxtdan oz idroki va ixtiyori bilan voz kechmoqqa azm qilganini shah- zodaga aytmoqchi va undan yolgiz bir narsani  qolgan besh kunlik umrini ilm-ma'rifatga bagishlashiga imkon berishini soramoqchi edi. Keyin, agar shah- zoda quloq solsa, otalik nasihatini bermoqchi, insof va adolatga chaqirmoqchi edi. Yoq. Har ikkala maktub javobsiz qoldi. Bu oqpadar ogilning muddaosi ne? Yana qanday shumlikni boshlamoqchi? Taxt azmida hech narsadan tap tortmagan bu kornamak oz padarining joniga qasd qilmoq niyatida emasmu? Yoq, Mirzo Ulugbek olimdan qorqmaydi! olim haq, parvardigori olam! Va lekin yomon bolsa-da, oz pushtikamaridan yaralgan bu johil farzandining taqdiri ne boladi? oz qiblagohining joniga qasd qilib, padarkush degan mash'um 110111 olib, abadul- abad badnom bolmasmu? Xonaga birov kirdimi yo eshik gichirladimi? Mirzo Ulugbek kozini ochdi. Ostonada paydo bolgan yasovul orqaga chekinib, tanish semiz bakovulga yol berdi. Bakovulning qolidagi ogir barkashda qip-qizil pishgan ikkita patir, bir tovoq osh va bir choynak choy bor edi. Bakovul bosh egib, ta'zim qildi-da, barkashni xontaxtaga qoydi. Shoshilmay sovib qolgan kaboblarni yigib oldi, song, indamay orqasiga tisarilarkan, patirga imo qilib kozini qisdi. Mirzo Ulugbek uning imosiga tushunolmay bir patirga, bir bakovulga qaradi. Lekin ba- kovul indamadi, "aygoqchi bor", degan manoda eshikka imladi-da, yana patirga ishora qilib chiqib ketdi.
Mirzo Ulugbek patirni olib ushatdi, ushatdi-yu, hayron bolib qoldi. Patirning orasidan naycha qilib oralgan bir qogoz chiqdi. Mirzo Ulugbek yura- gi "shig" etib, qogozni ochdi. Imzo chekilmagan. Noma'lum kimsa unga haq taolodan inoyat tilab, dorussaltanada bolayotgan hodisalardan voqif qilgan va bir maslahatni ortaga tashlagan edi.
Uning yozishicha, shahzodai valiahd dorussaltanani zabt etib, Koksaroyga kirishi bilan qiyomat-qoyim boshlangan, kecha masjidi jomeda xutba oqilib, Mirzo Ulugbek Movarounnahr ganimi, deb atalgan va toj-u taxtdan judo qilin- gan. Xutbada Movarounnahr sultoni deb, shahzodaning ismi zikr qilingan va uning nomida pul zarb etilmoqqa fatvo berilgan. Shahzoda bu kunlarda kop zoti shariflarni, Mirzo Ulugbekning kop navkarlari va sarkardalarini hibsga olgan. Qarshilik qilganlar esa qatl etilgan. Shahzoda uni, Mirzo Ulugbekni, Makkayi mukarramaga hajga yubormoqqa jazm qilgan. Lekin xutbada Sayid Abbos de- gan bir kimsa xonga yukunib, a'lohazratlaridan xun dovlagan. Zero, Ulugbek hazratlari uning padari buzrukvorini begunoh qatl qildirgan emish. Bu diyo- natsiz kimsaning soxta dovini qoziyul quzzot Xoja Miskin janoblaridan boshqa bir kimsa, hatto shahzodaning ozi ham rad qilmagan. Alqissa, uning hayoti qil ustida turibdi, shu bois, noma'lum kimsa unga qochmoqni maslahat qilgan. Basharti onhazratlari bu maslahatni maqbul topsa, bakovulga ishora qilmogi lozim. Bakovul posbonni dori bilan uxlatib, Mirzo Ulugbekni Koksaroy tagidagi lahimdan olib chiqadi.
Mirzo Ulugbek maktubni oqib tugatmasidanoq ornidan turib ketdi. Uning kongliga kelgan birinchi fikr "tuzoq" boldi. Shahzoda, yoq, amirlar qoygan azozil tuzogi!.. Mirzo Ulugbek hayajon ichida xonani bir aylanib chiqdi. Banogoh kozi ushatilgan patirga tushib, konglidan yana osha fikr otdi: "Ogu"...
Ha, bu ovqat, non, chinni kozachadagi boda  hammasi zaharlan- gan! Hammasiga ogu solingan! Niyatlari uni zaharlab oldirmoq!  dedi Mirzo Ulugbek, dedi-yu, xayoliga yana bir fikr kelib mayus jilmaydi:
"Alhol unga baribir emasmu? Kindik qoni tokilgan suyukli yurtidan judo bolib, yot ellarda, olis musofir yurtida darbadar kezganidan yoxud boshini Sayid Abbos qilichi kesganidan ogu ichib olgani maqbul emasmu?"
Mirzo Ulugbek bir piyola bodani toldirib kotarib yubordi-da, bir burda non chaynab, xonani sekin aylana boshladi...
Mirzo Ulugbek qalbini chulgab olgan alamli duddan bogilib, xonaning ortasida toxtadi. U endigina xonaga qorongi tushganini, shiftdagi tuynukchadan quyilib turgan bir hovuchgina nur sonib, kaftdekkina osmonda milt-milt yulduz- lar yonganini kordi.
Yulduzlar!..  Mirzo Ulugbek kongli bir xil bolib osmonga tikildi. Yo tavba! U yulduzlarni yaxshi tanimadi. Qorongi tuynukda milt-milt etgan qaysi sitora? Dubbi akbarmi yoki boshqa yulduzmi?.. Osmondagi har bir yul- duzni nomma-nom biladigan munajjim... unga ne boddi? Kozining nuri sonib qoldimu yo zehni xiralashdimu?  Mirzo Ulugbek xayoli chuvalib ketayotga- nini sezib, joyiga borib yonboshladi. Yonboshlashi bilan eshik ochilib, boshlarida dubulga, qollarida yalangoch qilich, ikki sipoh kirib keldi. Ikkovi ham ot yuzli, ong quloqlariga isirga taqqan balxiy sipohlardan edi. Sipohlardan keyin sur- marang salla oragan zanjiday qop-qora notanish yasovul kirib tazini qildi va jimgina eshikka imladi. Mirzo Ulugbek zanjisifat yasovulning betakalluf harakati uygotgan gazabni ichiga yutib, egniga suvsar postinini tashladi...
Salomxona charogon edi. Gir aylantirib qoyilgan baland kursilarda hanuna- si birday movut-u zarbof ton ustidan oq shoyi rido kiygan, boshlariga simobiy oq salla oragan ulamo otirardi. Eshikda Mirzo Ulugbek koringanda ulamolardan bazilari shosha-pisha orinlaridan turishdi, lekin torda, boshqalardan baland- roq kursida tasbeh ogirib otirganlar, qilich taqqan amirlar hazrat Xomushning qahrli nigohi ostida qayta joylariga chokdilar.
Mirzo Ulugbekning xayolidan "Shayxulislom Burhoniddin qayda? Dorussaltana qoziyul-quzzoti Xoja Miskin janoblari-chi?"  degan fikr otdi.
Hazrat uzun, nozik barmoqlari bilan goyo har bir tolasiga jilo berganday yaltillagan oppoq soqolini silab:
Bandai ojiz Muhammad Taragay,  dedi, "onhazratlari" sozini qoshmay.  Dorussaltana ulamo va amirlarining bu dargohga yigilmogidin murodi olloning inoyati bilan Movarounnahrga sultoni salotin bolgan shahzodai valiahdning amri oliylari va ulamolarning fatvolarini...
Mirzo Ulugbek kinoyali kulmoqchi boldi, lekin kulolmadi, yuragini larzaga solgan ichki tugyon uning irodasidan ustun kelib, yuzi burishib ketdi.
Ha, hazratim. Fatvo mubohara qilmoq uchun ilmdan ogoh bolmoq dar- kor. Nadomatlar bolgaykim, bu murofaa (hukmronlik da'vo qilish)ga aqli zukko ulamolar emas, ilm-u ma'rifatdan yiroq johillar yigilibdur... Zerokim, ogil bilan ota ortasiga nifoq solib, farzandni oz padariga qayrash... Gunohi kabir emasmu, hazratim?
Rangi ochgan, allaqanday ichki bir gururdan kozlari chaqnab ketgan Mirzo Ulugbek oldini tosgan ulamolarni yorib otib, tordagi eshikka tomon yurdi. Dag-dag qaltiragan a'lohazratlarining vajohati shunday qorqinchli ediki, eshik oldida turgan ulamolar beixtiyor chekinib, unga yol berishdi.
Mirzo Ulugbek ularning yonidan otib, chetlariga tilla tasma qoqilgan oymakor eshikni shitob bilan oziga tortdi. Eshikning ong tavaqasi sharaqlab ochildi-yu, devorga tegib yana yopildi. Mirzo Ulugbek qayta yulqib ochib, ichkariga kirdi. Shiftdagi oltin qandilga terilgan onlarcha shamlar shu'lasida shahzodaning sonik yuzi goyo ganchdan yasalgan niqobday sovuq tuyular, chuqur botgan kozlari bejo charaqlar, qosh-qosh tilla uzuk taqilgan ingichka qoramtir barmoqlari asabiy titrardi.
Mirzo Ulugbek allaqanday yengil tortib, taxt yonidagi oq kursiga borib otirdi... Mirzo Ulugbek kozini undan uzib shiftga, sham terilgan chambarak tilla qandilga tikdi. "Yo tavba! Bu toj-u taxtda ne sehr, ne sir-asror bor ekan- kim, unga oltirgan har bir kimsa darhol ozgaradi?.. Nainki shahzoda, bu taxt hattokim... Amir Temurga ham vafo qilmaganini tushunmaydi? Ana, goyo bo- bosi Amir Temurday gerdayib oltiribdi! Bilmaydikim... Yoq, toxta, Muhammad Taragay! Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati ozingni ham aqli hushingdan ayirmagan edimu? Shahzoda yaxshi bolsun, yomon bolsun  oz farzanding, oz pushtikamaring- dan bolgan zurriyoting emasmu?.. Ot tepkisini ot kotaradur. Uni qargab, yo- monlik tilagandan yaxshi sozingni sozlab, nasihatingni qilganing maqbul emas- luu, ey osiy banda?"
Mirzo Ulugbek kongli yumshab, shahzodaga yuzlandi, dilidagi iztirob ara- lash gururni bosib:
	Shahzodai juvonbaxt!  dedi sekin.  Taxtimning valiahdi sen eding. Ollo taolo faqirni oz rahmatiga chorlasa, bu taxtga sen oltirar eding. Olloning inoyati bilan kozim tirigida bu taxt senga nasib bolibdi, men bunga rozimen...
Shahzoda qollarini oltin taxtning suyanchiqlariga tirab, sovuq kulimsiradi:
	Balli sizga, qiblagoh! Ya lekin men bu taxtni sizning ixtiyoringiz bilan emas, birlamchi, haq taoloning inoyati, ikkilamchi, oz kuch-qudratim ila qolga kiritdim!
Mirzo Ulugbek lablarini qattiq qimtib:
"Burgut!  dedi ichida.  Qora burgut!" Uning konguga yopirilib kelgan mehr izgirin tekkan shamday sonib, yuragi yana muzladi.
U avvalo shahzodani oglim deb, qolaversa, egilgan boshni qilich kesmas deb, hamiyatini bukib kelgan edi, bu quzgun esa... Mirzo Ulugbek jismini qaqshatgan alamli tugyonni arang bosib:
	Kuch-qudratingga inonib,  dedi,  Movarounnahr sarhadiga qadam qoymay qiyomat-qoyim qilasenmu?
Shahzodaning rangi ochib, bejo kozlari tungi alangaday yaltillab ketdi.
	Nechun qadam qoymaganmen? Movarounnahr ulusi oyogim ostidadur!
	Esingda bolgay, bu tuproqni oyoq osti qildim, degan ne-ne fotihlar, ne- ne jahongirlar otgandur. Ularning xoki qayda tirik banda bilmaydi va lekin bu el, bu tuproq abadulabad turajakdur!
Mirzo Abdullatifning yupqa lablariga kinoyali tabassum yugurdi ornidan turib ketdi, lekin taxtdan tushgisi kelmay, joyiga qayta otirdi.
	Suhbatdan muddaongiz shu bolsa, men bunday nasihatlarga muhtoj emasmen!  dedi u past, lekin tahdidli ovoz bilan.  Boshqa kalomingiz bolsa ayting, yoqsa...
"Yoq, bundan shafqat tilab bolmas. Bundan shafqat tilamoq, ajdahodan jon tilamoq bilan barobar!.."
	Yoqsa...
	Toxta!  dedi Mirzo Ulugbek uning sozini bolib.  Senga aytadurgon yolgiz tilagim bor. Songgi tilagimdur bu... oz padaringni Movarounnahr sarhadidan haydamoqni niyat qilibsen... Meni bu maskandan hay- dagandin qatl qilganing a'lodur! Qatl!

Savol va topshiriqlar
1.	Salkam qirq yil toj egasi bolgani holda nafaqat baxtli bolmagani, balki ro hat ham kormagani haqida Ulugbek armonini sharhlang.
2.	Ulugbekning ogli qolida olishdan emas, balki farzandining "padarkush" bolishidan qorqishi aks etgan tasvirlarga munosabat bildiring.
3.	Hozirgi holatidan kora zaharlanishni afzal korgan Ulugbekning tuygulari haqida mulohaza yuriting.
4.	Bir umr yulduzlar bilan shugullangan kishining tuynukdan koringan yulduzlarni tanimasligini izohlang.
5.	Mirzo Ulugbekning ma'naviy qudrati aks etgan tasvirlarni sharhlang. 
6.	Shahzoda Abdullatif chizgilari berilgan tasvirlarni oqib, uni tavsiflang. 
7.	Ulugbekning ogli bilan bahsi tasviridan ularning shaxsiga xos belgilarni korsating.
8.	Ulugbekning songgi sozlarini izohlang.
9.	Shahzoda fojiasining tub ildizini topishga harakat qiling.
* * *
"Bogi maydon"ni bir sayr qilib kelish niyatida chiqqan Mirzo Abdullatif, bogni korgach, Koksaroyga qaytgisi kelmay qoldi.
Abu Said Mirzo qochganidan keyin yana vasvasa bosib, uyqu kormay izti- robda yurgan shahzoda goyo konglidagi barcha tashvish va gam-anduhlardan soqit bolganday yengil tortdi. Mayin qizil qum sepilgan, behad katta bogning eng xilvat joylarigacha olib boradigan xiyobonlarni, hilol va yulduzlar shaklida yasalib, bolakcha bir mehr bilan parvarish qilingan mojaz gulzorlarni ayla- narkan, shahzoda bolalik va osmirlik choglarida bu gulgun maskanda otgan ma'rakalar, dabdabali loylur. xushovoz xonandalar, tovusdek raqqosalar ishtirokida berilgan bazmi jamshidlar esiga tushib, nechundir koziga yosh keldi. ...Koshkiydi, osha begubor ospirinlik yillari bir daqiqagina qaytib kelsa?..
Shahzodaning xayolini saroybonning juratsiz ovozi boldi:  Davlatpanoh afv etgaylar. Qaytmoq darkor. Tezda dorussaltana darvozalari berkiladur...
"Darvoza berkiladur?.. Yoq, u Koksaroyga qaytmaydi. U bukun shu bogda, shu koshonada tunaydi. Shoyad bu bogda tunab, yuragini ezgan mudhish vas- vasadan qutulsa, shoyad!.."
	Musallas bormu?  dedi shahzoda kozlarini yuksak toglardan uzmay.
	Bor, davlatpanoh...,  Saroybon oyoq uchida yurib, mehmonxonaga kirib ketdi-da, darhol qaytib chiqdi. Shahzoda unga qaramasa ham, kozachadan quyilayotgan sharobning mayin qultillashini eshitdi.
	Marhamat qilgaysiz, davlatpanoh...
Shahzoda guldor xitoy kosasida qip-qizil yonib turgan quyuq mayni bir kotarishda sipqarib, "tagin" deb imo qildi. Ikkinchi qadahni ham boshatib, saroybonga qaytarib berarkan:
	Bukun shu joyda tunaymen,  dedi.  Bakovullar bormu?
	Xizmatingizga muntazirdur, davlatpanohim...
	Ayt, bedana kabob pishirsinlar!
	Bosh ustiga...
	Toxta!  shahzoda kulimsiraganicha saroybonning qolidagi guldor chinni idishni olib xontaxtaga qoydi. Uning dilida qandaydir yangi bir tilak, shoxlik, safo istagi tugilgan edi.
	Koksaroyga chopar yuhor! Haram bekasiga aytsin: besh-oltita yosh kanizlar bilan xonandalarni olib, darhol yetib kelsin... Uqdingmu?  shahzoda yana kulimsirab, saroybonga koz qisdi:
	Bukun birga aysh qilamiz. Kanizlar orasidan konglingga yoqqanini tan- lab olasen!..
	Tasanno, davlatpanohim!  Saroybon kulimsirab, orqasi bilan yurib chiqib ketdi.
Shahzoda munaqqash chinni idishdan yana bir piyola may quyib ichdi- da, xontaxtadagi noz-ne'matlardan bir-ikki choqilab, ipak korpachaga yon- boshladi...
Shahzoda tush kordi. Goyo u Koksaroyda, haramxonaga yon- dosh ordaday keng, muhtasham xonada katta bazmi jamshid qurayotgan emish. Bazmga barcha amirlar va nufuzli beklar, devon va saroy mahramlari, shahzodaning eng yaqin muqarrablari  yigilgan emish. Bakovullar oltin barkash- larda taom ustiga taom tortishar, may daryo bolib oqar emish. Poygakda otirgan mashhur sozandalar jon oluvchi dilrabo kuylar chalarmish, xonaning toridagi harir parda orqasida esa yarim yalangoch nozaninlar zeb-ziynatlarini yoqimli ja- ranglatib, noz-u karashmalar bilan ming maqomda xiromon qilarmish... Tosatdan eshikda amir Sulton Jondor tarxon kirib, sajdaga bosh egarmish. Shahzoda amir Jondorni korib, ornidan turib ketarmishu:
	Ushlanglar bu fitnachini!  deb baqirarmish.  Bu kazzob dorussal- tanada yashirinib, bizga choh qazib yurgandur!
Torda otirgan bir necha amirlar orinlaridan sakrab turib, qilichlarini yalangochlar emish. Lekin amir Jondor bunga parvo qilmay, shahzodaga yuz- lanib yana ta'zim qilarmish.
	Pushtipanohim! Faqir fitna-fasoddan yiroq sadoqati zohir qulingizdur- men!  dermish.
	Sodiq qulim bolsang qaylarda yuribsen, battol?  deb baqirar emish shahzoda.
	Sadoqati zohir qulingiz sizday valine'mat pushtipanohimga kiyik ovlab, toglarda yurgan edim. Bukun bir kiyikning boshini keltirdim! I ni yesangiz bar- cha gurbat, barcha xastalikdan forig bolib, qushday yengil tortasiz, davlat- panoh!  Amir Jondor shunday deb, eshikdan kimnidir imlab chaqirarmish. Xonaga dasturxon yopilgan katta oltin barkash kotarib, notanish bir navkar kirib kelarmish. Amir Jondor uning qolidan barkashni olib, shahzodaga uza- tarmish:
	Barcha dardingizga davo boladur, tatib koring, davlatpanoh!
Shahzoda barkashni olib, dasturxonni ocharmish. Oltin barkashda... qonga boyalgan uning oz boshi tirjayib yotarmish!.. Barkash qolidan tushib, qonga boyalgan boshi yerga yumalab ketarmish...
Shaxzoda dod solib qichqirganicha... uygonib ketdi. U tushidagina emas, ongida ham dod solib baqirib yubordi chamasi, chang va setor ovozi kelayotgan yondosh xonadan balxlik saroybon bilan yana bir mahram yugurib chiqdi. Ular chiqqanda shahzoda ong qolida yalangoch qilich, chap qoli bilan ayvonning us- tunini quchoqlaganicha sarmast odamday chayqalib turar, uning bu turishi, ola- zarak kozlari, butun vajohati shunday mudhish ediki, yugurib chiqqan saroybon bilan mahram yaqin kelolmay bosagada toxtab qolishdi.
	Siz... sizga ne boldi, davlatpanoh? Balxlik saroyboning tanish ovozi shahzodani xiyol hushiga keltirdi. U hozir korganlari tush ekanini endigina tushunib, boshashib kozini yumdi. Lekin kozini yumishi bilan nigohi oldiga yana oltin barkashda tirjayib yotgan oz boshi kelib, bir irgib tushdi-yu, qilich yalangochlaganicha qarshisida turgan saroybon tomon yurdi. Saroybon bilan uning orqasiga yashirinib olgan mahram, sarosima ichida, ozlarini chetga olish- di. Boshidagi tojdor telpagi bir tomonga ogib ketgan, kozlari qinidan chiqayoz- gan shahzoda gandiraklay-gandiraklay charogon xonaga kirdi. Poygakda quti ochib turgan bir necha mashshoq va xonandalar uni korib, ozlarni zinadan pastga otdilar, torda, ipak parda orqasida bir-birlarining pinjlariga kirib olgan kaniza