llari bilan paranji-chachvonini mijgalab tortib, gisht ustida yumalandi. Sersoqol, orta yashar, juda juldur kiyimli bir kishi ong qoli bilan chap yelkasini mahkam qisib, ogriqdan kozlarini yumib, sekingina yerga chokkaladi: uning barmoqlari orasidan qon tomchilari anor suvi- day silqib oqdi... Olomon bir zumgina chochib orqaga tislandi.
Yolchi, quloqlari ostida oq uzilib turarkan, tomirlarida joshqin kuch, yuragida yuksak hislarning, orzularning boronini sezdi. Kurash zavqi nashasiga tolgan kozlari bilan xalqqa qaradi. U odamlarning kozlarida gazab yashinining yana kuchliroq yonganini, otuvchilarga qarshi dahshatli adovat mavjlanganini yaqqol kordi. Qoratoyning, yana bir kop yigitlarning qollarida pichoqlar so- vuq yiltiraydi; ayollarning tosh tutgan qollari havoga golibona kotarilgan. Ular boshlaridan chachvonlarini yulib: "Ot, oldir! Bola bermaymiz qonxor podshoh- ga! Yer yutsin u zolimni!"  deb qichqirishadi.
Yolchi oldingi qatordagi erkak va ayollar bilan birga hayqirib, yana mahka- ma sari bosib bordi. Bir nafasgina qotgan xalq tolqini yana kuchliroq tazyiq va matonat bilan olga sapchidi. Navkarlardan biri lahzada majaqlanib tashlanildi.
Politsiyalar, mirshablar yana uylarga qamalishdi. Xalq qaynaydi, derazalar orqali ichkariga bosib kirishni kozlasa ham, lekin qurol yoqligidan ikkilanib qoldi. Yolchi oz dostlarini chaqirib, ichkariga bosqin yasash, iloji bolsa, qurol topish uchun tevarakka koz yugurtdi. Yolchi ertalab mahalladan ozi boshlab kelgan yigitlarni korib, sabrsizlik bilan ularga yondashishga tirishdi. Lekin olo- 111011 ortasida, ixtiyorsiz ravishda, bir minut toxtab qoldi. Hisobsiz xotinlar ichida, tiqilinchda kozi bir qizga tushdi. U bundagi boshqa ayollar kabi, dam chachvonini butunlay kotarib, dam tushirib turadi, boynini chozib, tort tomon- ga jovdiraydi. Kozlaridan oqqan tomchilar quyoshda injuday yonadi. Bu yerda kurashgan sanoqsiz onalar, buvilar orasida yagona qiz ehtimol, u edi.
Yolchi birinchi boqishdayoq u qizning chehrasida Gulnorning ruhini kordi; yuz bichimi, ayniqsa kozlarining ichki ma'nosi va jilvasi Gulnorni yodlatdi. Yigit bir on tikildi-da, kozlarini yumdi: yuragini otkir bir nima chuqur tilib ketdi, goyo uning butun ozligini Gulnor xayoli quchdi.
Koksida Gulnor qaygusi ogriq-alam bilan tolqinlandi: "Qani Gulnor? Qani u jononi? Oh, u yoq, bunday yigit toykla, xalqning toykla yoq. U yer bagrida! Bu bir begona qiz, yo yolgiz akasini, yo mehribon onasini qidirib kelgan. Qani mening mehribonim?" Yolchi oz ichida oylarkan, har yoqdan qizgin, kesik tovushlar eshitdi: "Ana polismeystr! Chochqa Kolesnikov! Ana askarlar... Bosh kelmanglar, yigitlar, uraveringlar, shovvozlar!"
Xalqda harakat, hayajon kuchaydi. Yolchi suqila-suqila oldinga intildi.
Savol va topshiriqlar
1.	Yolchining xaloyiqqa qarata: "Tokaygacha qon yutamiz... Ovozimizni baland qoyaylik, yo haq, yo olim!.." sozlarini sharhlang.
2.	Qozgalgan olomonga baqqolning munosabati ifodalangan orinlarni sharhlang.
3.	Olomonning: "Oyoqlar ildam, kokraklar baland, boshlar magrur..." ekan ligi sababini tushuntirishga urining.
4.	Odamlar todasining politsiya mahkamasiga qarab yurganligi sababini izohlashga urining.
5.	Yolchining qozgolondagi ishtiroki tasodifiymi? Yoki isyonkorlik uning tabiatida azaldan bormidi?
6.	Yigitning mahkamaga hujum vaqtidagi faolligi sababini izohlang.
7.	Zulmga qarshi kotarilgan xalq ruhiyati asarda qanday tasvirlangan? Ayollar tabiati ifodasiga e'tibor qiling.
* * *
Olgan, yarador bolganlarga qaramay, qozgolonchilar katta suron bilan ilgari otilib, "tosh boron"ni kuchaytirdi. Ichkariga bosib kirishga hujum qildi. Bir xotin naq zinaga chiqqan paytda, oq uni yerga uchirdi. Yolchi hayqirib, hansirab kazak askarlariga sapchidi. Sersoqol, dov askar bilan olishib ikki musht bilan uni garangiatdi-da, chapdastlik bilan qilichini sugurib oldi. Bir onda u oz kuchining olchovsiz darajada osganini sezdi. Dushman qolidan olja olin- gan qilichni, quyoshda oq olov singari yongan qurolni havoga baland kotardi. Ichkariga qochayotgan polismeystrning boshini majaqlash uchun shaxdam yugur- di. Faqat deraza orqasidan uzilgan oq bilan, u tomiri tortishgan, yoki garangian- gan odam kabi, bir lahza qotib qoldi, song, qilichni mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yiqildi. Bir nafasdan song, kozlarini sekin ochdi. Tiniq zangori samo, azamat quyosh uning kozlariga kirdi. Qarshidagi daraxtga tirmashib, tele- fon simini qirquvchi qora choponli bir yigitni  dosti orozni kordi... Butun vujudini zirqiratgan dahshatli ogriqdan tishlarini mahkam qisdi. Anuno olim bi- lan kurasharkan songgi zarba uchun butun gazabini, kuchini, irodasini topladi- da, bir qolini yerga tirab, boshini yerdan uzdi: qaddini rostlar ekan, koz oldi qorongilashdi, yana sekingina yerga yiqildi...
Kimdir uni quchoqlab, peshanasini silab qichqirdi:
 Yolchiboy! Ogang olsin! Voy qadrdonim, jigarim.
Yolchi kozini bazor ochib Qoratoyni kordi. Uning yosh qaynagan kozlariga chuqur dostlik sevgisi bilan boqib, "yiglamang" degan kabi imo qildi.
Qoratoy bilan oroz yigitni avaylab kotarib, ushlanib qolmaslik uchun, jorttaga xalq ichiga shongishdi. Odamlarni kuch bilan, hayqiriq bilan surib, itarib, kochaga chiqishdi. Ildamlik bilan "Balandmachit" tomonga yugurishdi. "Devonbegi" mahallasiga qayrilib, bu yerda bir tashlandiq hovliga kirishdi. Bir tomoni bosib qolgan kulbaga Yolchini ohista yotqizishdi: "Inim, qalaysan, suv beraymi?" Qoratoyning savoliga hech qanday javob ishorasi bolmadi, Yolchi olgan edi...
Xufton vaqtida oroz bir tanish aravakashning aravasiga bir necha bog poxol ortib keltirdi. Qorongida Yolchini aravaga yotqizib, ustiga poxol tashlab, qorqinch, tahlika ostida Saodat kampirnikiga jonashdi.
Yurtda katta qozgolon, otish-tutish bolganini eshitgan Unsin, akasidan xavflanib, kechga yaqin temirchining bir ogli bilan birga Taxtapulga kelgan edi. Boshqa ayollar singari qozgolonga ancha dadil qatnashib, soat bir-ikkida uyga qaytgan kampir, qizga korgan voqealarini sozlab-sozlab bitirolmas edi. Yolchining shu vaqtgacha qaytmaganiga ular tashvishlansalar ham, fojiadan xabarlari yoq va bunday baxtsizlikni esga ham olmagan edilar.
Qoratoy yugurib kirib, shaq-shaq titragan holda: "Zinhor, bazinhor ovoz chiqarmaysanlar",  deb yana eshikka yugurgach, Unsin ham, kampir ham harakatsiz, tilsiz qotib qolishdi. Faqat Yolchini olib kirib, korpa ustiga yot- qizishgach, ular dahshatli haqiqatni anglab, ozlarini yigit ustiga tashladilar.
Qoratoy orozni darrov Shokir otaga yubordi. ozi ayollar oldidan qimirla- may ularning tovushini ochirib turdi.
oroz Shokir otani boshlab kelgach, Qoratoy cholni uyda qoldirib, oroz bilan birga mozorga, gorkovga jonadi. Agar gorkov hozir qazishni istamasa, qabrni ozlari qazish uchun ehtiyotdan bir ketmon ham olishdi.
Shokir ota Yolchining boshiga chokka tushib, ozining ogir dardli, chuqur yarali qalbi bilan uzoq yigladi. Song, Unsinni chetga tortib, boshini silab, butun otalik samimiyati bilan taskin berishga tirishdi.
 Qizim, jonim qizim,  yigi aralash gapirdi chol,  san kop ortanma. Man sozlay, san aqlli qizsan, hammasini tushunasan. Yolchining olimi ancha- muncha olim emas. Bu juda katta olim. Akang, Yolchi oglim nima uchun, kim uchun qon tokdi? ozi uchun emas, xalq uchun, yurt uchun, jamiki alamzada- lar, alamdiydalar uchun qon tokdi. Bu qon eng qutlug, eng muborak, eng sof qon... Bunga gumonim yoq. Qizim, akang mard yigit edi, nomusli yigit edi. Nomus bilan, mardlik bilan oldi. U zulm ildiziga bolta urdi. Inshoollo, zulm daraxti quriydi. Yolchining qoni behuda ketmaydi, sira behuda ketmaydi. Bu hikmatli qon, qutlug qon. Unda sir kop. Keyin tushunasan, qizim. Man olib ketsam, bir vaqt ozing: "Ha, Shokir otam shunday degan edi",  deb yodlar- san. Yolchi oglimning qoni qutlug, uni yuzga, kozga surish kerak...  chuqur xorsinib davom etdi chol,  kuyma, qizim. Mana, man otang, ana kampir onang, qishloqda akang bor, yana Qoratoydek mard ogang bor... Hanunamiz sanga mehribonmiz. Durust, Yolchiboy er ogli  er edi, u boshqa olamdan edi. Lekin olimi ham ulug boldi. Buni yaxshi tushun, qizim!
Insin bir vaqtlar Gulnor bergan uzukni akasiga hali topshirmagan edi. I ni chontagidan chiqarib, opa-opa Yolchining jimjilogiga taqdi. I zuk barmoqning yarmiga ilindi. Qiz bardosh qila olmadi, ozini yerga otdi.
Qoq yarim kechada Yolchini tobutga solib, hovlida uch kishi  Shokir ota, Qoratoy, oroz  janoza oqishdi. Boshqa odam yoqligidan va kechasi ma- halladan yigitlarni chaqirish ancha xavfli bolganidan, Qoratoy bilan oroz oz kuchlariga ishonib, tobutni kotardilar. Saodat kampirni zor bilan uyda qoldi- rishdi. Tobut orqasidan Shokir ota va Insin ketdi...
Ogir qorongilik, chuqur va ezuvchi jimjitlikda ikki dost uchinchi dostini qabrga qoydi, song zolimlardan albatta qasos olish uchun ont ichib, tuproqni qucha-qucha yiglashdi. Keyin chol va Insin bilan xayrlashib, vaqtincha yashiri- nish uchun, qayoqqadir jonab ketishdi.
Insin qabr tuprogiga goh boshini, goh koksini qoyib, olchovsiz, nihoyasiz qaygu bilan uzoq yigladi. Yulduzlar xiralanib, jimgina sonarkan, Shokir ota uning qolidan tutib, kuch bilan sudrab yetakladi.
Ldar juda sekin yurishdi. Yolning yarmidan otganda, ufqlarga qon kabi toza, qizil sholalar yugurdi. Chiqayotgan quyoshni salomlab, yashil daraxtlarda qushlar sayray boshladi...

Savol va topshiriqlar
1.	Ommaning oqqa tutilishi lavhasini diqqat bilan oqing. LTnda olomon psixo logiyasi qanday aks etganiga toxtaling.
2.	Yolchining oq yegandagi holati nega "Tiniq zangori samo, azamat quyosh uning kozlariga kirdi" shaklida tasvirlangan?
3.	Yolchining olim bilan olishayotgandagi holati tasivriga tayanib, uning shax siyatini tavsiflang.
4.	Yolchining dostlari ayollarning ovoz chiqarishlariga yol qoymaganliklari sababini izohlang.
5.	Akasining jasadi tepasidagi l usin holati tasviriga e'tibor qiling.
6.	Asardagi: "Unsinning oz umri Yolchining bir daqiqalik umriga nisbatan "hech" edi" tasviri Unsin ruhiyatini tola aks ettiradimi? 
7.	Shokir otaning Yolchi tokkan qon qutlug qon ekani haqidagi gaplari ifo dasini qayta oqib, izohlang.
8.	"Erk yolida tokilgan qon" mavzusida insho yozing.
"QUTLUG QON" ROMANI ToGRISIDA
Oybek yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, koplab qissalari ozbek nasri rivojiga sezilarli tasir korsatgan. Yozuvchining nasriy asarlari millat vakil- lari ruhiyatini aks ettirish jihatidan katta orin tutadi. Oybekning prozaik asarlari orasida "Qutlug qon" romani alohida baduy ahamiyatga egadir. Adib bu asarni yozishga qatagon avj olgan mash'um 1937- yillarda kirishgan edi. Zarifaxonim shunday xotirlaydi: "Biz har kuni ertalab hali u, hali bu tanishimizning qa- malganini eshitamiz. Kunlar nihoyatda betinch. Hamma ziyolilar "xalq dush- mani" deb e'lon qilinib qamalmoqda. Na kunduz halovat bor, na tunda  uy- quda. Har daqiqa tashvish, har daqiqa yurak titroqda. Biz bolalarni qorgonda qaynota-qaynonamga qoldirib, ikki temir karavotni bogning chetiga kochirdik. (Goyo bizni bogdan topisholmaydiganday)...
Oybek... butun yoz ichi bogdan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk iroda egasi edi. Shuning uchun ham u ota tahlikali va fojiali kunlarda, gurbat yutib kechirilgan hayotda "Qutlug qon"day gozal va olmas bir asarni yaratdi".
Tahlikali vaziyatda bolishiga qaramay, roman ilhom ogushida shiddat bilan yozilgan. Bu haqda adibning sinfdoshi, adabiyotshunos olim Homil Yoqubov ke- yinchalik: "Oybek shu qadar qizgin ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badali- da milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishini tas- virlagan, baduy jihatidan yuksak asar "Qutlug qon"ni yozib bitirdi",  deb eslaydi. Ehtimol, adib hayotdagi adolatsizlikni, zulm-zorlikni kormaslik, undan ozini chalgitish uchun butun e'tiborini romanga qaratgandir. Yozuvchi bunga qadar nasrda bor-yogi bir necha hikoyagina yaratgan edi xolos. Lekin hayotni sinchiklab kuzatgan, dunyo adabiy tajribalaridan atroflicha xabardor, atrofida roy berayotgan hodisalardan kuchli tasirlanadigan qalb egasi Oybek yirik nasriy asar yozishga ruhan tayyor edi.
Yozuvchi qolyozma ustida jiddiy ishlab, 1939- yilda asarni yozuvchilar uyushmasida muhokama qildirdi. Muhokama chogida ayrim kishilar adibni asar- ga inqilobchi kuchlarni, rus proletariati vakillarini kiritmaganlikda aybladilar. Song yozuvchi romanda shu jihatni kuchaytirishga, unga revolyutsioner Petrov timsolini kiritishga majbur boldi.
"Qutlug qon" tarixiy romanida ozbek xalqining yaqin otmishda rus bos- qinchilari va mahalliy amaldorlar tomonidan ezilganligi, xalqning oz ahvolini anglab, ezuvchilarga qarshi qozgolishi baduy ifodasini topgan. Roman asosida 1916- yilda Toshkentda bolib otgan xalq qozgoloni yotadi. osha vaqtda on bir yoshli osmir bolgan Oybek bu voqealarni oz kozi bilan korgan. Bolajak yozuv- chi u paytda korganlarining asl mohiyatini anglamagan bolsa-da, milliy ozodlik yolidagi qozgolon osmirning tasirchan konglidan chuqur orin olgandi.
Nazardan qochirmaslik kerakki, Oyhek uchun qozgolon va uning sabablari- ni korsatish asosiy maqsad emasdi. Qozgolon togrisida birorta ilmiy-tarixiy yonalishda maqola yozishi ham mumkin edi. Adib bu davr kishilari ruhiyatini, ularning konglidagi ezgulik va yomonlikka munosabatni, yangilanib borayotgan davr va unda yashashi lozim bolgan odamlar tabiati ortasidagi muvofiqlik kabi jihatlarni aks ettirmoqchi edi. Shuning uchun ham asar markazida qozgolon emas, balki Yolchi, Gulnor, Shokir ota, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha singari kishilar taqdiri turadi.
Romanning bosh qahramoni Yolchi  mard, halol, oqkongil, olijanob yi- git. Ma'lumki, inson ozi qanday bolsa, ozgalar haqida ham shunday oylaydi. Shuning uchun ham Yolchi shahardagi qarindoshlardan niehr-u muruvvat kuta- di. U oziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal tolay oladi. Buni siz romanda yigitning mehnatdan qorqmasligi, ishning kozini bilishi tasvirlangan orinlardan payqab olasiz. Yolchi kunda kovlash, beda orish singari kuch talab etiladigan ogir ishdan ham, mehmonlarga xizmat qilishday yengil yu- mushlardan ham ogrinmaydi.
Yolchining tabiati roman bilan chuqurroq tanishilgani sari yorqinlashib, yuksalib boraveradi. ozi qanchalik ogir sharoitda yashayotgan bolishiga qara- may, Shokir otaga yordam berishga urinishi, Shoqosim, oroz, Qoratoy singa- ri nochorlarga qayishib turishi kabi jihatlar uning tabiatidagi olijanoblik, in- songa mehr ustuvorligini anglatadi. Yolchi qiyinchiliklardan qorqmagani, ogirliklardan chochimagani uchun ham tubanlikka bormaydi. U qiynalmay yax- shi yashash emas, balki halol va togri hayot kechirish muhim deb bilgani sabab lozim kormagan ishlarni qilmaslikka ozida kuch topadi.
Oybek asl inson qanday tabaqadan chiqqan bolishiga qaramay, uni yengib bolmasligini aks ettiradi. Shuning uchun ham na Mirzakarimboy, na Tantiboyvachcha, na oris toralar Yolchini ozi togri deb bilgan yoldan qaytara oladi. Chunki yigit puli, mavqei, mansab-u martabasi bolmasa ham ozini ulardan past hisoblamaydi. Ular korsatgan yoldan yurishni esa, pastkashlik sanaydi.
Romanda Yolchi ogir-bosiq, sabr-bardoshli, kechirimli yigit sifatida tasvir- lanadi. Lekin u faqat chidabgina qolmay, harakat qilish, kurashish ham lozimligi- ni biladi. Shu bois Gulnorning boshiga ish tushganda, qol qovushtirib otirmaydi. Pichoqning tigiga tik borib bolsa-da, sevgilisini qutqaradi. Yigitning rus mir- shabboshisi bilan janjalida ham, togasiga: "Bundan kora gong titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq",  deyishida ham oriyatli, oz haq-huquqi uchun kurasha oladigan erkak ekani sezilib turadi.
Yolchining zulrnga, zorlikka qarshi qozgalgan xalqqa qoshilishi ham, ta- sodifan bu todaning yetakchisiga aylanib qolishi ham uning tabiatidagi kurash- chanlik va adolatga tashnalik tuygusidan. Muhimi shundaki, adolatga intilgan odam kuchli boladi. Hazrati Temurning: "Kuch  adolatda",  degan hikmati bejiz emas. Chunki adolat yolini tutgan odam Haq ozi tomonda ekanini biladi, haq hamisha adolatning qaror topishiga yordam qilishiga ishonadi. Togri, Yolchi maqsadiga erisholmadi, u bosh qoshgan kurash galaba bilan tugamadi. Chunki zulmni, adolatsizlikni, yovuzlikni yengish hech qachon oson bolmagan. Lekin u haq yoldan qaytmagani, vijdoniga, imoniga xiyonat qilmagani, ezguliklarga is- honib, ularni qaror toptirishga intilib yashagani bilan tirikdir.

Nazariy ma'lumot
ROMAN JANRI HAQIDA
Kopincha, biror milliy adabiyotning darajasi unda romanchilik qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. Abdulla Qodiriy tomonidan boshlab berilgan ozbek romanchiligi ham osishning katta yolini bosib otdi. Aslida roman ata- masi fransuzcha "roman" sozidan kelib chiqqan bolib, roman guruhiga mansub tillarda bitilgan nasriy asarlarni angiatgan.
Roman deganda personajlarning boshqalarga oxshamaydigan, oziga xos ji- hatlarini biror voqea-hodisa asosida korsatib beradigan katta hajmli asar tushu- niladi. Garchi, atama sifatida roman guruhiga mansub tillardan birida yozilgan asarni lotin tilida yaratilganlardan farqlash maqsadida orta asrlarda qollanila boshlagan bolsa-da, ilk romanlar bundan ikki yarim ming yillar oldin yuzaga kelgan va faqat sochma yolda qora soz bilan bitilgan. Keyinchalik she'riy ro- manlar ham yaratildi. Shu tariqa, romanlarni nasriy va she'riy tarzida ikki turga bolish mumkin.
Shuningdek, adabiyotshunoslik ilmida romanlar mavzu yonalishiga qarab tarixiy, falsafiy, siyosiy, maishiy, biografik, fantastik, detektiv kabi xillarga ham ajratiladi. Jumladan, siz yuqorida tanishgan "Qutlug qon" asari tarixiy roman hisoblanadi. Chunki unda alohida odamlarning alohida taqdirlarini aks ettirish bilan birgalikda butun boshli ozbek xalqining hayotida muhim bosqich bolgan voqealar tasvirga olingan.
Roman janriga mansub asarlar necha kitobdan iborat ekaniga qarab ham tasniflanadi. Chunonchi ikki kitobdan iborat roman dilogiya, uch kitobdan iborat roman trilogiya, tort kitobdan iborat roman tetralogiya, besh kitobdan iborat roman pentalogiya deb yuritiladi.
ODIL YOQUBOV
(1926-2009)
Hayot va ijod yoli. Odil Yoqubov ozbek adabiyotining yetakchi yozuvchsi edi. U  tabiatan faol, jamoatchi shaxs bolgan. O. Yoqubov  jamiyat ishiga hayotini tikib, shu yolda qurbon bolgan kishining farzandidir.
Hujjatlarga kora, Odil Yoqubov 1926- yilning 20- oktabrida Janubiy Qozogiston viloyatining Turkiston Shahri yaqinidagi Qarnoq qishlogida tugilgan. Otasi  ishchan tashkilotchi, tadbirkor va oqimishh ziyoli Egamberdi Yoqubov oz vaqtida shorolar hukumatining ishongan kishilaridan bolib, Qozoglsfonda mas'ul lavozimlarda ishlagan. Keyinroq shaxsga siginish avj olgan davrda avval amalidan paslatilgan, song 1937- yilda qatagonga yoliqib, qamoqqa olingani- cha, qaytib kelmagan. Bolajak adib 1944- yilda orta maktabni bitiradi. 1945- yilda asli 1927- yilda tugilgan bolishiga qaramay, ozini 1926- yilda tugilgan va on sakkizga tolgan qilib korsatib, kongilli ravishda Ikkinchi jahon urushiga jonaydi.
U avval Uzoq Sharqda xizmat qilgan, song Mogilistonning cheksiz Gobi sahrosini piyoda bosib otib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda qatnashgan. Insoniyat erki uchun bolgan janglarda shaxsan qatnashishni or-nomus masalasi hisoblab jangga kirgan romantik yigit urush tugagandan song ham yurtga tezda qayta olmaydi. Uni 1950- yilga kelibgina uyga jonatishadi.
Odil Yoqubov 19511956- yillarda SAGU (hozirgi ozbekiston Milliy uni- versiteli) filologiya fakultetining rus tili va adabiyoti bolimida oqiydi. oqishni tugatgandan keyin 1959- yilgacha ozbekiston Yozuvchilar uyushmasida masla- hatchi bolib ishlaydi. Bolalikdan rus adabiyoti bilan tanish bolgan, besh yil- lik harbiy xizmatda bu tilni mukammal organgan O. Yoqubov 19591963 va 19671970- yillarda sobiq ittifoq nuqyosida tarqaladigan "Literaturnaya gazeta"ning ozbekistondagi muxbiri sifatida faoliyat korsatadi, 19701982- yillar orasida "ozbekfilm" kinostudiyasida, Respublika kinematografiya qomitasida bosh muharrir, Gafur Gulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir orinbosari lavozimlarida mehnat qiladi. 1982- yildan 1989- yilgacha "ozbekiston adabiyoti va sanati" haftaligining bosh muharriri boladi.
1989 1996- yillarda esa ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining rai- si sifatida faoliyat korsatadi. Bu davrda adib shaxsiyatiga xos kengfe'llik tola namoyon boldi. U ozbek yozuvchilariga tegishli sharoit yaratish, ularga ijod erkinligi berish borasida katta ishlarni amalga oshiradi. O. Yoqubov 1996 2004- yillarda Atamashunoslik qomitasi raisi, 2005- yilgacha Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining vitse prezidenti vazifalarini ado etgan.
Adibning ilk asari "Tengdoshlar" qissasi harbiy xizmatda ekanida yozilgan va 1951- yilda "Sharq yulduzi" jurnalida bosilib chiqqan. Keyinroq adib "Chin muhabbat", "Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim" (1956), "Yurak yonmogi kerak" (1957), "Olma gullaganda" (1960) kabi qator dramatik asarlar yaratgan. Uning bu asarlari Hamza nomidagi Respublika akademik drama teatri (hozirgi ozbek milliy akademik drama teatri)da ijro etilgan. 1956- yilda "Ikki muhab- bat" nomi bilan nasriy asarlar kitobi bosildi. Keyin birin-ketin "Muqaddas" (1960), "Bir feleton qissasi" (1961), "Tilla uzuk", "Larza", "Qanot juft boladi" (1969), "Billur qandillar" (1975), "Izlayman", "Matluba" qissalari chop etildi.
Adib dramaturgiya, hikoya va qissachilikda qalamini charxlagach, roman janrida ham bir qator asarlar yaratdi. I ning "Er boshiga ish tushsa" (1969), "Ulugbek xazinasi" (1974), "Diyonat" (1973), "Kohna dunyo" (1983), "Oqqushlar, oppoq qushlar" (1988), "Adolat manzili" (1997) kabi romanlarida turli davrlarda yashagan turfa odamlarning ruhiy olami, ma'naviy dunyosi, izti- rob-u quvonchlari mahorat bilan aks ettirilgan.
ULUGBEK XAZINASI
(romandan parchalar)
Mirzo Ldugbek qirmizi poyandoz toshalgan xiyobondan ohista yurib orqaga qaytarkan, darvozaning yonida oq kopikka chomilgan bir necha otlarni kordi. Koshonadan chiqqan shahzoda Abdulaziz bilan qolida maktub ushlagan shayxu- lislom Burhoniddin shosha-pisha unga tomon yurishdi.
"Tagin noxush xabar!"  xayolida dedi Mirzo Ldugbek.
	Qayda yuribsiz, hazratim?  dedi shayxulislom hansirab.  Amir Iskandar barlosdan chopar kelibdur.
	Tagin ne mujda?  Mirzo Ldugbek toxtab nomaga qol chozdi. Bir parcha sariq qogozga palapartish yozilgan nomada amir Iskandar shahzoda Ahdullatifning hirovul  qoshinlari pistirmadan chiqib, uning qalb  qoshinlariga hamla qilganini yozgan edi. Amirning xabar berishicha, shahzodaning qoshinida fillar ham bor. Bu fillar uning suvoriylariga dahshat solgani boisidan u dorussal- tana tomon chekinmoqni lozim korgan...
Mirzo Ulugbek kozlarini nomadan uzib, ogli bilan shayxulislomga qaradi. U endigina koshona yonida turgan bir guruh saroy mahramlariga kozi tushdi. Mahramlar orasida jiyanlari: shahzoda Abdulla bilan Abu Said Mirzo ham tu- rar, zarbof ton ichidan suvoriy sovut, boshlariga tilla hoshiyali dubulga kiygan bu ikki shahzodaning ham kozlarida taraddud, harakatlarida toqatsizlik sezilib turardi.
Mirzo Ulugbek jorttaga ovozini kotarib:
	Shahzoda lashkari yurish boshlabdur,  dedi.  Lashkarlarida fillar bor ermish.
Shayxulislom Burhoniddin rangi ochib, boshini sarak-sarak qildi,
	Davlatpanoh ne farmon bergaylar?
Mirzo Ldugbek miyigida kulimsiradi.
	Ollo taolo peshonaga neni yozgan bolsa, shu boladi, taqsir.
	Inshoolloh, peshonangiz yorug bolgay. Ya illo...
	Jang-jadal qilmoq!..
Shayxulislom choqqi soqolini ushlab, bosh chayqadi va goyo saroy ahli es- hitishini istamaganday:
	Dorussaltanaga qaytmoq darkor, onhazratim!  dedi sekin.  Qal'a mustahkam...
Mirzo Ldugbek asabiy harakat qilib:
	Hayhot!  dedi.  Shahzodada tosh otguvchi arrodalar  bordur, taq- sir! Butkul shahar zer-zabar boladi! Butkul shahar!
Chol yana asabiylashib boshini sarak-sarak qiddi.
	Vallohi a'lam bissavob! Va lekin shaharni ololmas, sultonim! Jamiki masjidlarga xutba oqiturmen. Barcha fuqaro oyoqqa turadur, davlatpanoh!..
	oylab kormoq darkor, taqsir!  Mirzo Ldugbek qovogini uygani- cha koshona tomon yurdi. Yolda turgan shahzodalar shosha-pisha yol berishdi. Koshonaning ikkinchi oshyonidagi devorlari firuzarang sopol parchinlar bilan bezatilgan katta xonaga shohi korpachalar toshalib, xontaxtalar qoyilgan, xon- taxtalar yogliq patirlar, meva-cheva, qovurilgan goz va kaboblarga tola edi.
Mirzo Ldugbek ichida kulib qoydi: "olim oldidan bazmi jamshid!"
U torga, bir mahallar bobosi Amir Temur otirgan joyga otirarkan, poy- gakda tazini qilib turgan bakovulga yuzlanib:
	Boda keltir!  deb buyurdi. Lekin bodani ichish nasib etmadi.
Bakovul chiqib, Mirzo Ulugbek joylashibroq otirmagan ham ediki, sa-
roybon kirib, ikkinchi chopar keltirgan nomani tutdi. Bu noma suyukli navkari Bobo Husayndan bolib, birinchisidan ham vahimali edi. Shahzodaning ong va chap qanot lashkari yurishni jadallatib, amir Sulton Jondor bilan amir Iskandar barlos qoshinlarini qopqonga tushirmoq harakatida ekan. Lekin eng yomoni  amir Sulton Jondor qayoqqadir qochgan, qoshinda yolgiz amir Iskandar barlos qolgan emish! Bobo Husayn buni xabar qilib, Mirzo Ulugbekka Samarqandga chekinishni maslahat bergan, ozi esa amir Iskandar barlos bilan Dimishq atro- fida jang qilib, shahzoda lashkarlarini toxtatib turish niyatida ekanini yozgan
Nomaga qarag