ming tahlika, qorquv ostida qamalib otirishga, nihoyat, tutilishga togri kelgan bolsa ham, gozal, shirin tuyular, u yerda Yolchi bilan kechirgan soatlar umrining eng mas'ud, eng unutilmas, eng yorqin damlari, umr tunida porlagan nodir yulduzlar edi.
Bu dardli hayotda Gulnorga yagona baxt  Yolchining singlisi Unsin boldi. Bu on besh-on olti orasida bolgan, qoramtir, lekin toza, soglom yuzli, kozlari bo- lalarcha oynoq  shox, jingalak sochli, boychan, qishloqcha sodda, samimiy bir qiz edi. Gulnor uning burnini, peshanasini va ba'zi harakatlarini Yolchiga oxshatdi. Oldi-keti bolalar bilan tolgan Tursunoy, Sharofatxon Unsinni choriga aylantirdilar. Qiz ularning bolalarini boqadi, kirlarini yuvadi, uy-joylarini yigishtiradi va har qanday yumushni sozsiz bajaradi. Unsinning xorlanishi, ogir yumushlarni bajari- shi Gulnorga qattiq tasir qildi. Kelinlarning achchiqlanganini sezsa ham, har vaqt Unsinni chaqirib, oz yonida uzoq olib otirishga tirishadi. Gulnor qiz bilan gaplash- ganda uning qishlogi, uy-joy, tirikchiliklari, onasi  u bechora xotinning vafoti va shuning singari narsalar togrisida soz ochar edi. Yolchi togrisidagi qizning sozlarini chuqur diqqat bilan, yurak tolqini bilan tinglar, ixtiyorsiz quyulib kelgan qaynoq koz yoshlarini, bazan zorga yashirar, bazan yashirishdan ojiz qolar edi.
Hech nimadan xabarsiz Unsin, ba'zi vaqt: "Nega akamni kormayman, togam qayoqqa yuborgan?"  deb Gulnordan soraydi. Gulnor esa titraydi, qan- day javob berishini bilmay, boshqa gapga chalgitadi.
...Mirzakarimboy dargohidan tamom chekilgan Yolchi bir oy har yerda dar- badar kezib, bu kun singlisini korgali kelgan edi.
Unsin xizmatkorxona eshigida magrur, lekin gamli, oychan holda turgan akasini korish bilan yugurib borib, uni quchoqladi. Yigit singlisining boshini si- lab, dardli tabassum bilan termildi.
	Aka, nimaga jim bolib ketdingiz? Tobingiz yoqmi? Ozibsiz-a... Man sizni juda sogindim. Har kun tushimda koraman... dedi qiz.
Yolchi singlisini xizmatkorxonaga olib kirdi. Ikkisi ham namatchaga otirishdi. Bir necha minut sozlashgandan song Yolchi soradi:
	Unsin, bu oila qalay? Ketasanmi, yo bu yerda qola turasanmi?
Unsin javob bermadi, bir lahza oylagandan song ozi savol qildi:
	Siz-chi?
	Man bu yerdan ketdim,  kozini yerga tikdi Yolchi. Unsin onasidan yodgor qolgan va yagona ziynati bolgan yupqagina eski kumush bilaguzukni ay- lantirib gapirdi:
	Man ham qolmayman, aka. Yumushlari ogirdir, deb oylamang, yumush mayli, ozim xohlamayman.
	Nimaga?
Unsin akasining kozlariga gamgin, lekin chuqur mehribonlik bilan boqdi va kozlariga tolgan tomchilarni bazor tutib javob berdi:
	Bu yerdagilar sizni xafa qilmagan bolsalar, siz birdan ketib qolarmi- dingiz? Siz xafasiz, yashirmang, aka.  Unsin biroz toxtab, song yana davom etdi:  Man bu uyda Gulnor opam uchun sochim oqarguncha xizmat qilish- ni istar edim. U mani tugishgan opadan afzal sevadi, shunday yaxshi juvon boladimi? Mani naq kichkina qizday quchoqlaydi, ovinadi, yonimdan ayrilgusi kelmaydi, Bari bir, man bu uyda turmayman. Gulnor opani unutmayman sira, uni korgali tez-tez kelib turaman...
	Nimaga xohlamaysan, yolgiz man ketganim uchunmi? Xojayinda me- ning haqim turibdi hali, san bu yerda tekin ovqat yemaysan, singlim.
	Qorqaman bu yerda,  Unsin boshini egib, qoli bilan kozlarini yashirdi.
	Kimdan? Nimadan?  sergaklanib soradi Yolchi.
	Salim akadan. Yolgiz korsa, tegishaveradi. Yomon gaplar gapiradi...,  Unsin boshini yerdan uzmadi va yuzi bir lahzada olovlandi.
Yolchi tishini qisib, indamasdan ornidan turdi. Unsinning qolidan ushlab turgizdi. Uni erkalab boshini, yelkasini siladi:
	Jonim,  ichkariga kirib tayyorlan. Chaqirganda chiqasan, ketamiz, oksima,  dedi-da, Yolchi ichidagi ogriqning zarbiga chidolmaganidan, tishini tishiga bosib qisirlatib, kochaga chiqdi. Boyning darvozasi oldida toxtadi.
Qor kuchli yogardi. Kochalar, tomlar, devorlar, daraxtlar oppoq. Sokin, garib qish oqshomi. Qor kapalaklari Yolchining qoshlariga, kipriklariga qonadi, yuzlariga yopishib tomchilanadi.
Mana kochaning boshida Salimboyvachcha korindi. U olifta tikilgan qora movut chakmonga oralib, bir qolida zontik ushlab, hech qayoqqa nazar tashla- may, gerdayib keladi.
	Qay gorga yoqolding, yalinamizmi? Senga-ya!  yomon qarash bilan Yolchining oldidan otdi.
	Boyvachcha!  gazab bilan qichqirdi Yolchi. Salimboyvachcha qonsiz yuzini asabiy burushtirib, darvoza yonida birdan qotdi.
	Baqirma, ablah! Qulogim bor...  boyvachcha zontigini yopib, Yolchiga oqraydi.
	San ablah! Kozingni olaytirma,  boyvachchaning tumshugiga kelib qichqirdi Yolchi va uning bilagidan mahkam siqdi.  Shoshma...
Salimboyvachchaning kozlari ola-kula bolib, yuzidagi goshtlar pirilladi, bu qanday gap? Bir xizmatkor unga qichqirsin, "san" desin, "ablah" desin! Xizmatkorlardan qullarcha mutelikni, har qanday ogir haqoratga "lom-mim" demaslikni, talab qilgan boyvachcha bunga chiday olmadi. Yolchining yuziga ur- moq uchun zontikni kotardi. Yolchi u qolini ham ushlab, siltadi. Zontik yerga tushdi.
	Uyatsiz! Yosh qizga tikkan kozlaringni oyib olaman!
Salimboyvachcha labini tirjaytirib, zaharxanda qildi.
	Qolimni qoy. baqirish shungami! Singling kim? Podshoh qizimi? Juda ol- tin bolsa ham... Yoq, tuzim, nonim sani quturtirgan, it!  odagayladi Salim.
Yolchi tishini qayrab, boyvachchaning kokragiga zarb bilan bir musht tushirdi. Boyvachcha gandiraklab uch-tort qadam narida qorga yiqildi. Yolchi etigi bilan uning dumbasiga yana bir tepdi. Faqat, shu onda Yormat yugurib chiq- di: "Hoy, Yolchi, esingni yedingmi? Uyat!"  deb yigitga tirmashdi. Namozdan kelayotgan odamlar ham yugurishdi. Yolchini quchoqlashib bazor chetga surish- di, har kim oz bilganicha nasihat qila boshladi. Boyvachcha kokragini ushlab, enkayib qalt-qalt titradi, sokishni ayamasa ham, Yolchiga yaqinlashuvga botina olmadi. Yormat uning kiyimini qoqib, qoltigiga kirib, uyga yetaklar ekan, u tahdid qildi:
	Shoshma hali, peshanangdan otib, yerga choziltirmasam, odam bolasi emasman.
	Chiyillama!  dedi hayqirib Yolchi.  Olib chiq osha temir sopqo- ningni!
Yolchining javobiga odamlar sekingina kulishib, "ajab qildi" deganday, bir- birlariga ma'noli qarashib olishdi...
* * *
Atrofni qorongilik bosdi. Yolchi jimjit kochada tanho aylanib yurib, boyni- kiga qaytdi. Odatda Mirzakarimboy otiradigan mehmonxonaning derazasida chi- roq yarqirar edi. Yolchi uy eshigini ochishi bilan kozlari boyning oqraygan kozlariga uchrashdi. Lekin u loqaydlik bilan tiz chokdi. Ular bir-ikki minut sukut qilib, bir-birlarining gazabli kozlaridan ma'no qidirishdi. Mirzakarimboy yonboshdagi katta par yostiqni bir tomonga itarib, tasbehni sandalga qoydi.
	Qayerdasan, haromi? Bu yoqda shuncha ishni buvingga tashladingmi? Senday yigitni asragandan koppak asragan yaxshi!..
	Baqirmang,  dedi xomrayib Yolchi,  shu vaqtga davr eshitdim, chidadim, endichi? Yoq!
Mirzakarimboyning kozlarida zahar yonib ketdi:
	Sanga bu tilni qaysi qiztaloq berdi!
	Zulmingiz berdi!
	Zulm?  boy yelkasini qisdi va quturib baqirdi,  san nonkorsan, man sani tuqqanim, jigarim, dedim. Ovqat berdim, kiyim berdim, bu  zulm emish! Juvonmarg bol, nodon!
	Bekorgami?  Yolchi Mirzakarimboyga tomon gavdasini chozib qich- qirdi: Sizda ikki yarim yil ishlab yelkam yagir boldi. Soqolingizda bitta qora tuk yoqku, yolgon gapirasiz, uyat! Kiyim deysiz, qanaqa kiyim? Etik, chopon va boshqalarni qoyaveray, bironta yangi doppi kiyganim yoq bu ostonada! Mana ust-boshim... Ovqat deysiz, qanaqa ovqat u? Moyli qozonni ozingiz qaynatgansiz, bizlarniki ma'lum, ovqat ham emas, yuvindi ham emas. Sozni chozmayman: men sizdan ketdim, Haqimni bersangiz bas!
Mirzakarimboy osiq qoshlarini chimirib, sukut qildi. Yolchidagi bu keskin ozgarish uning avvalgi fikrini ta'kidladi: u Yolchining qishloqdan qaytib, birdan goyib bolishi bilan ozining Gulnorga uylanishi ortasida bir boglanish borligiga qanoat hosil etgan edi. Chunki Yolchining Gulnorni sevishini bilar edi. Lekin, u bunga ahamiyat bermay, "arazi kopga chozilmas, yana qaytib xizmatimni bajarar" deb oylagan edi. Anuno hozir ish oylagancha chiqmadi. Yolchining qarori qat'iy korindi. I ning mehnatidan rozi bolgani uchun, bunday "azamat qulni" qoldan chiqarishga achinsa-da, yangi va'dalar, avrash-aldashlar bilan uni olib qolish mumkin emasligini sezdi, itni haydagan kabi, qolini silkib baqirdi: "Ket!"
	Man ozim ketganman, haqimni bering! dedi chong sovuqqonlik bilan Yolchi.
	Qanaqa haq?  kozlarini olaytirdi boy.
	Rosa ikki yarim yil ishladim. Shu muddatda, hanunasi bolib qirq somga yaqin pul oldim. Haqim shumi? Va'dangiz qalay edi?
	Va'da... Hm. Nodon. Xojayin degan xizmatkorni qiziqtirish uchun va'da qilaveradi-da, har qanday va'daga ishonaveradimi odam!
	Xop, manga ortiqcha tolamang, taomilda qancha bolsa, shuncha tolang.
	Qirq som pul emasmi? San nonkorga bir tiyin bermayman. Da'vo qil kuching yetsa agar,  dedi-da, boy yostiqqa yaslanib oldi.
Mirzakarimboyning bunday muomalasi Yolchiga tahqirli bolsa ham, anuno kutilmagan bir hodisa emas edi. Shuning uchun u tomirlarini toldirgan gazabini yenga oldi. Faqat ozining soddadilligiga, aldanganligiga chuqur afsuslandi. ...Yolchida oz kuchiga ishongan, qadr-qinunatini baland tutgan kambagal yigit- ning, odamlikning gururi kuchli edi. ...Hozir uning nazarida olamda eng past va razil koringan Mirzakarimboy bilan pul yuzasidan... yoqa bogishni oziga or bildi. Sachrab ornidan turib, boyning oldiga bordi. Masxara va kinoyaning zah- rini kozlarida yondirib qichqirdi:
	Bundan kora gong titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq!
Boy vaziyatini ozgartmadi. Lekin, yuzi allaqanday yomon burushib, qizarib
ketdi. Yolchi eshikni qattiq yopib, tashqariga chiqdi.
* * *
Hakimboyvachcha Fargonadan qaytgan kuniyoq, bir yumush buyurishga Yolchini soradi. ...Hakimboyvachcha uchun Yolchi sinalgan, azamat bir malay va bir chekkasi qarindosh edi ham. Shuning uchun bu ishni surishtira boshladi. Bu togrida nima eshitganligini xotinidan soradi. U qishloqdan singlisini keltirib, ozi birdan goyib bolganligini, keyin tosatdan paydo bolib, Salimboyvachchani odamlar orasida urganligini va hokazolarni sozlab berdi. Boyvachcha achchiqlan- di. Lekin umuman ayollarning soziga inonmagani uchun, Salimboyvachchaning oziga murojaat qilishni lozim topdi. Salim ham butun aybni Yolchiga agdarib, ozini quruqqa tortdi. Uning "axloqsizligi" togrisida birmuncha gaplar toqidi va dadasini haqorat qilganligi, haqimni yeb ketdi boy, deb kocha-koyda boyni qoralab yurganligini aytdi.
Hakimboyvachcha ilonday tolgandi. Bu qanday sharmandagarchilik? Uning ukasiga... bir xizmatkor musht kotarsin! Mirzakarimboyni qoralasin!.. "U itga saboq berish uchun biron chora kormaganligidan" ukasini koyidi. Chunki Hakimboyvachcha "or-nomus"ni biladigan va uni qoriqlaydigan kishi. U ozining va oila azolarining ustiga chang qondirishni istamas, oilasi bilan hech qanday oilani tenglashtirmas edi.
Bundan bir qancha yil burun, Hakimboyvachchaning yaqin dostlaridan bir ki- shi, qandaydir bir otirishda Mirzakarimboyga orqavarotdan til tegizganini eshitib, u bilan uzoq zamon olishgan, sudlarga qatnagan, uning boshiga kop kulfatlar keltirib, nihoyat, kopchilik orasida uzr aytishga uni majbur qilgandi!
Hakimboyvachcha Yolchiga jazo berishga qaror qildi. Ikkinchi kun peshindan keyin ellikboshini chaqirtirdi. Mehmonxonada qabul qilib, bir katta xitoy laganda uyilgan qirgovul, kaklik goshti qovurmasi bilan ziyofat qildi. Taom ishtaha bilan yeyilgandan song, rang-barang qimmatbaho mevalar, qaymoqqa qorilgan nonlar bilan tola dasturxon yozib, achchiq choyni quya boshladi. Naq Olimxon ellikboshi- ning konglidagiday ziyofat: jihozlarga boy, gozal, naqshkor mehmonxonada otiradi, yana nodir taom, nodir mevalar, achchiq, xushboy choy, dongdor boyvachcha bi- lan suhbat! Olimxon yashnab ketdi. Boyvachcha ozining fargonalik dostlari bilan bolgan otirishlaridan, har turli ziyofatlardan sozladi... Keyin soz jahon urushiga kochdi. Urushda oqpodshohning qoli baland emasligidan boyvachchaning kongli xira boldi. Animo, ellikboshi urush nihoyatida oqpodshoh golib kelishini isbot qi- lishga tirishdi.
Hakimboyvachcha... suhbatni oz maqsadi tomon burdi. Bu zamonda yo- monlarning kopaygani... haqida shikoyat qildi. Misol uchun Yolchini oldi. Ukasi Salimga u "nonkor"ning musht kotarganini eshitib... unga bir jazo berishga jazm qilganini sozladi.
 U begubor yigit emas,  ayyorcha tabassum qilib, kozlaridagi ma'noni yashirish uchun yerga tikildi ellikboshi.  Mahalladagi yigitlarning bari man- ga ma'lum. Yurish-turishi, kokragidagi dardi, diliga tukkan ginasi  oynaday ravshan. Bilish mening ishim-da. Birovning moli yoqolsa, ogrisi hu yoqda qolib, togrisini yoqalaymanmi ? Ba'zi ellikboshilar boladi, yolgiz nomi ellikboshi, ular mahallani tanimaydi...
	Olimxon aka, sizga hanunamiz qoyilmiz,  dedi boyvachcha,  asli risoladagi ellikboshi  siz.
...Ellikboshi kuldi va sozini davom ettirdi:
	Fuqaroda norozilik zoraydi, boyvachcham. Faqirlikka boysunmaydi, qimmatchilikni ollodan kormaydi. Bir kopi boylardan koradi. ogri, muttaham, daydilarning soni yoq. Yaxshiki, oris toralari, politsiyalar  ishbilarmon, ho- kimlikka usta odamlar. Ular goh qamchin bilan, goh qilich, goh topponcha va miltiqni ayamay ishlatib, xalqni bosib turishibdi. Bolmasa, xudo korsatmasin, xalq allaqachon bosh kotargan bolardi... Anov haromi Yolchini nima qilmoq- chisiz?
	Ha, aytganday,  peshanasini qashib gapirdi boyvachcha,  nima qila- miz, hayronman. Durust odam bosaydi u, sudga berardim, yo ozini chaqirib, oxshatib sokardim. Bu narsalarga u arzimaydi. Shuning uchun qamatsak, dey- man. Qalay?
	Boladi. Kozdan yoqolgani yaxshi,  dedi ellikboshi.
	Olimxon aka, oling shu ishni.
Ellikboshi... ogir masala qarshisida qolganday, bir vaziyat oldi, yuziga mashaqqat ifodasini kiydi va taraddud bilan sozlay boshladi:
	Boyvachcham, bu juda mushkul ish. Durust, Yolchi yomon bola. Anuno, biz uni orqasida qopi bilan, qolida tuguni bilan yoqalaganimiz yoq, pichogida hali qon kormadik. Mahkamadagi oris toralarini qolga olish, Yolchini biron narsada ayblash kerak boladi. Bu narsa hazil emas! Lekin kamina sizning il- timosingizni yerda qoldirishdan kora, har qanday mashaqqatni oz zinunasiga olishni a'lo koradi...
Savol va topshiriqlar
1.	Boy xonadonga kelin bolib tushgan Gulnorning kayfiyati tasviriga qarab, uning tabiatini tavsiflang.
2.	Salimning yaramas qiliqlari haqida gapirganda "...boshini yerdan uzma"gmA\g\ "...va yuzi bir lahzada o/or/an"ganligi tasviriga tayanib (Hsin ma'naviyatiga baho bering.
3.	"Boyvachcha kokragini ushlab, enkayib qalt-qalt titradi, sokishni aya- masa ham, Yolchiga yaqinlashuvga botina olmadi" ifodasiga tayanib, Salimboyvachcha shaxsini tavsiflang.
4.	4. Parchadan Yolchining hozirjavob, sozga chechan yigit ekani aks etgan orinlarni topib, sharhlang.
5.	Gulnor bilan Yolchining munosabatini bilgani holda yosh qizga uylangan boy shaxsiyatini sharhlang.
6.	"Va'da... Hm. Nodon. Xojayin degan xizmatkorni qiziqtirish uchun va'da qilaveradi-da, har qanday vodaga ishonaveradimi odam!" sozlari Mirzakarim shaxsining qaysi jihatlarini korsatadi? 
7.	Yolchining togasiga qarata aytgan: "Bundan kora gong titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq!" haqoratini baholang.
8.	Ellikboshining: "Yaxshiki, oris toralari, politsiyalar  ishbilarmon, hokim- likka usta odamlar. Ular goh qamchin bilan, goh qilich, goh topponcha va mil- tiqni ayamay ishlatib, xalqni bosib turishibdi" tarzidagi qoniqishini izohlang.

Tuhmat bilan qamalgan Yolchida nafaqat Mirzakarimboy, balki umuman mulkdorlarga nafrat tuygusi kuchayadi. Bu orada farzand korib, otalarining mulki- ga sherik bolishidan xavotirlangan boy bolalari Gulnorni zaharlab oldirishadi. Oldinlari Yolchining zoravonlardan noroziligi konglidan joy olgan bolsa, endi- likda amaliga ham kochadi. Quyida uning urushga mardikor olishga qarshi xalq harakatida qatnashganligi tasvirlanadi.

Sofi minoradan namozasrga chaqirdi. Odamlar birin-sirin tarqala boshlar- kan, Yolchi baland tovush bilan ularga murojaat qilib, toxtatdi, hammasi be- gona yigitga tikildi.
 Xaloyiq!  dedi Yolchi hayajonlanib.  Bosh kelmanglar, oyoqni ti- rash kerak, mushtni korsatish kerak. Jamiki kambagal xalq qolni qolga berib, yaktan bolib tursa, kimning haddi bor mardikor olishga!? Boylar, amaldorlar oz podshohiga yon bosadi, podshoh ularga yon bosadi. Boylarning podshohparast bolishi bekorga emas. Yer ularniki, suv ularniki, qozixona, dumaxona, jamiki mahkamalar ularniki. Qayerga borsalar, ularning sozi maqul, kambagalning arzi dodi uch pul!  Yolchi bir nafas toxtab, uning sozini diqqat bilan ting- lashgan odamlarga qaradi, yana kuchli hayajonlanib, davom etdi: Urush boy- larning hamyonini toldirdimi? Bas, ular borsin! Birodarlar, oylab qaranglar, shu ham tirikchilikmi? Axir, bu bir zindon emasmi? Tokaygacha qon yutamiz, to- kaygacha yerga chokkalaymiz? Ovozimizni baland qoyaylik, yo haq, yo olim!.. Bunday topolonlar yolgiz bu mahallada emas, kop mahallalarda bolib turibdi. Eshitgan bolsangiz kerak, hozir kop shaharlarda, kent, qishloqlarda kambagal xalq oz haqini da'vo qilish uchun shaylanmoqda. ...Gap shu, birodarlar, zulm- jabrga qarshi jang qilish uchun tayyorlanish kerak. Boylarning soziga sira uchish kerak emas. Ularning bari aldoqchi, bari yurtimizni zaharlaydi, bari iflos! Man ularni juda yaxshi bilib olganman...
Yolchi sozini bitirih, hansirab, devorga suyaldi. Gapim maqulmi, deganday odamlarga bir-bir qarab qoydi. Uch-tort kishining kozi yerga qadalgan. Bir necha yigitlar uning yoniga kelib, ham maroqlanib, ham tortinib u bilan sozlasha bosh- ladi. Xotinlarning bazilari qiziqqanlaridan chachvonlarini qiya ochib, Yolchiga yashirincha moralashdi. Kimdir birov: "Otash zabon yigit ekan",  deb qoydi. Bir necha yigitlar Yolchining atrofini qurshadi. Yolchi ular bilan sodda va ochiq
kongil bilan sozlashib, birpasda apoq-chapoq ortoqlashib qoldi...
* * *
Oddiy yoz tongi... Quyosh Kalkovuz suvi boylab osgan qalin tollarning uchida oynaydi.
Yolchi kun qizimasdan bir necha yuz xom gisht quyib olish uchun oshiqardi, yuqori mahalla tomonidan kelayotgan eski-tuski paranjili besh-oltita ayolni, hayajonli ravishda tevarakka alangiab, ildam yugurgan bir necha yigitni kordi, yuragi birdan allanechuk tolqinlanib, keluvchilarga termilgan holda, toxtab qoldi.
Ayollar koprik boshida chapak chalib, tizzalarini urib chinqirishdi: "Dod zolimlarning dastidan! Oq podshohning taxti kuysin! Qorasi ochsin!" Yigitlardan biri  uvada kiyimli, chorpaxil va yuzi oftobda kuygan korandami, chorakormi, kozlarini chaqchaytirib, ogzini katta ochib, yogon tovush bilan atrofga bong urdi: "Yuraver, yigitlar, yuraver! Maydonga royi-rost chiqib, haqimizni dov qilamuz!
Hayajondan Yolchining yuragi, sandonga tushgan ogir bolgaday, kokrakni "gurs-gurs" urmoqda edi. ...Alamli va yarali kongillardan royi-rost otilib, havoni yangratgan haqiqat ovozi uning butun vujudini titratdi, mazlumlarning, haqoratlanganlarning, tepkilanganlarning ulug, azamat kuni tugilganiga shubha qolmadi. Qanday kun? Zolimlarning, zamon zoravonlarining yoqalarini tutib, toptalgan huquqlarini dovlash, qonxor oq podshohning qora dovrugini, uning niazlum xalqlar boshida jilpangiagan ilon qamchinini sindirish kuni! Yolchi kopdan kutgan va sevgisi qadar chuqur, manoli bir kun! U kop yillardan buyon bu kunga intizor emasmidi? Kop yillardan buyon bu kunning dardi va sevgisi bilan yashamasmidi? Ayniqsa, keyingi vaqtlarda bu ulug kunning ruhini oz yuragi bilan chuqur sezib, har yerda: mahallada, choyxonada, bozorda ozi kabi ezilganlar, alamdiydalarning kokragini bu ruhning otashi bilan yondirishga intil- maganmidi?
Yolchining butun borligida siqilib yotgan kuch olov kabi bir onda lov yonib ketdi...
Odam ancha qalinlashdi, xitoblar, qargishlar, ayol yigilari kuchaydi. Shu chogda, qayerdandir kelib qolgan oppoq, korkam soqolli bir keksa, odamlarga qarab, duo qilgan kabi, qol yozib, baland qichqirdi:
	Azamatlar, shaylaninglar, gazot, gazot! Choyxonadan ikki chapani yigit yugurib chiqib, qol qovushtirib, cholga tazini qildi. Chol fotiha bergach, ular belboglariga osilgan qinlarni salmoqlab korib, odamlarga gurur bilan tikilishdi. Yolchi qolini koksiga qoyib, moysafiddan soradi:
	Ota, gazotning chin ma'nosi nima?
	Tushunmaysanmi? Musulmon farzandi-ya,  salmoqlanib soradi chol.
	Jilla aniq emas.
	Botam, din islomda gazot  musulmonlarning kofirlarga qarshi jang qilishidir. olsang shahid, oldirsang goziy! Kitoblardagi asli urush mana shu boladi! deb tushuntirdi chol.
	Yoq, ota, togri emas?  sabrsizlanib dedi Yolchi.  Bizniki boshqacha jang boladi. Hanima musulmonlar bab-baravar deb oylaysizmi? Musulmonlar ortasida borilar yoqmi? Mayli, kofirmi, musulmonmi, biz borilarning jazosi- ni beramiz. Ular kofirda ham bor, musulmonda ham bor... Biznikilarning tish- lari boshqalarnikidan qolishmaydi. Togrimi, xaloyiq? Bizning urushimiz ozod- lik urushi boladi, ota. Biz hamma borilarni, hamma qonxorlarni, zolimlarni yanchib tashlaymiz!
	Nafsilamrda, haqiqat gap shu!  dedi birov odamlar orasidan qichqirib.
Yolchining sozlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi:
	Astagfirullo!
...Erkak, ayol, hammasi on choqli odamni boshlab, Yolchi mahalladan gu- zarga chiqdi. Daladan changga botib kelayotgan bir necha xotinlarga qoshilishib, Xadra tarafga jonadi. Oyoqlar ildam, kokraklar baland, boshlar magrur... Faqat xotinlargina zolim podshohni qargab chinqirishar, yiglashar edi...
Xalq dadil boradi. Ayniqsa, xotinlar-onalar jasur. Ular Nikolaydan tortib ellikboshilarga qadar hammani qargashadi. Unda-bunda mirshablar uchraydi. Xalq endi ularni nazar-pisand qilmaydi. Godakka ham, keksaga ham zulm qiluv- chi, qamchi oynatishga, shapaloqqa mohir mal'unlarning nafasi ichiga tushgan, yolgiz kozlaridagina zahar yonadi...
Yolchi hech kimdan, hech nimadan tap tortmasdan, har qadamda odam- larni jalb etib, "Balandmachit"ga yetganda, har tomondan  Shayhantovur va boshqa mahallalardan keluvchi xalqning "01mazor"ga, politsiya mahkamasiga burilishini korib, muyulishda toxtadi. U olomon bilan yangi shaharga chiqib, bosh hokim mahkamasi oldida qozgolonni avjlantirishni oylagan edi. Lekin qozgolonchi xalq politsiya mahkamasi tomon yuguraverdi. Xalq kozida bu  eng qora, eng mudhish, eng zolim mahkama edi, hu  uning bagriga sanchilgan zaharli xanjar edi.
Yolchi oz ichida: "Yaxshi, otni shu yerdan qoyamiz, zulm qayerda uchra- sa, shu yerda yondirish kerak",  deb oyladi-da, sozi, harakati bilan odamlarni ruhlantirib, "01mazor"ga yugurdi...
"01mazor"da, politsiya mahkamasining hovlisi oldida xalq qalin toplangan edi. Yana tevarakdan odamlar toxtovsiz ravishda bu yerga oqmoqda edi.
Politsiya eshigi berk; yashil moy bilan sirlangan yogoch panjaralar oldida tutaqqan xalq qaynaydi. Yigitlar, xotinlar panjaraga tirmashadi. Yolchi oz she- riklari bilan birga panjaralarni buzishga kirishib qoldi. Butun xalq, erkak-ayol, birdan yopirilib, panjaralarni qasir-qusur bilan sindirib tashladi. Tolqin politsiya hovlisining keng sahniga otildi. Shovqin kuchaydi. Odamlar bir-birini itarib, qoqilib, zor suron bilan oldinga yugurdi; hovlining toridagi oq uylarga kelib taqaldi. Uylarning eshiklari, derazalari taqa-taq yopiq. Derazalar orqali pogonli koppaklarning gazabdan, qorquvdan bujmaygan tumshuqlari korinadi.
Xalq tovushi tinimsiz guvillaydi: "Bu yoqqa chiq, itlar!", "Qorinlaringni yoramiz, chochqalar!", "Bitsin, zolim podshoh!"
Bir rus va bir necha "sart" mirshablar  zulm malaylari ichkaridan yu- gurib chiqib, sokib, quturib, olomonni itarishga, orqaga surishga urinisharkan, Yolchi: "Ur!" deb hayqirdi-da, oviga chang solgan arslondek, mirshablar ustiga tashlandi. Birpasda ikki mirshabni gisht ustiga agdarib tashladi. Xalq ham zor suron bilan boshqa mirshablarga otildi. Yuzlarcha erkak-ayol mushtlari ostida ba- danlari dabdala bolgan bu koppaklar ichkaridan xalq ustiga yogilgan oqlarning yordami bilan bazor qochib, mahkama ichiga yashirina bildilar. Xalq mahka- ma ichlarini, zinani va derazalarni qurshab oldi... Eshik ochilib, shop moylov, goshtdor yuzidan zahar tomchilagan Machalov bilan birga, uning kabi pogonli, yarog-aslahali ikki tora zinada qaqqaydi. Ularning ranglari ochgan, lablari qiy- shaygan; kozlarida qorquv ravshan sezilsa ham, lekin "ojiz, yuvosh sartlar" oldida ozlarini dadil tutishga, zulm bilan gerdayishga tirishib, qollarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurishdi.
Ulardan biri oq podshohning "oliy irodasi"ni tushuntirish uchun titroq lablari bilan sozlashga urindi. Anuno ezilgan xalq bu yerga soz tinglash uc- hun kelmagan edi. Kinli shovqin yana kuchaydi, odamlar har tomondan toshlar, gishtlarni yana yogdira boshladi. Achchigi olovlangan bir ayol u toralardan biriga yopishib, zinadan pastga siltab tortdi. Olomon uni yerga agdarib, xalq ichiga sudrab ketdi. Bosh yalang, kokragi ochiq, kozlari ajoyib chaqchaygan bir yigitcha chaqqonlik bilan uning qilichini qinidan sugurdi.
Naq shu onda, Machalov buyrugi bilan zinadan, deraza orqalaridan xalq boshiga oq yogila boshladi. Mana birin-ketin xotinlar yerga yiqildilar. Biri jim- gina qotib qoldi. Biri tolgonib, ozgin qo