qorqardi. Shuning uchun boshda-boshqa sozlar bilan Zebiga tasir qilishga urindi. U urinishlardan tezroq bir natija chiqmagandan keyin majlis ahlini mahtal qilib qoymaslik uchun bu masalani ochishga majbur boldi. Majbur!.. Shu uchun songgi sozlarni juda past ovoz bilan aytgan edi.
Zebi unadi.
	Bolmasa, sal ozingiz nariroqqa borib otiring!
	Xop, qizim, xop,  dedi domla. Tort-besh qator orqaga borib otirdi.
Hammaning kozi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi va sudga
tomon evrilgan holda bir qolini yana yuziga parda qildi.
	Mana, qilaqol sorogingni!
Hozir bolganlar ortasida "bu sodda musulmon qizini uyaltirmaslik uchun" kozini boshqa tomonga burib otirganlar bilan birga ikki kozini undan uzmagan va allanimalar deb ozicha sozlashib, lablarini tez-tez qimirlatganlar ham bor
Aybdorning kimligi surishtirilgach, sud darhol ornidan turib, aybnomani oqidi. Undan keyin yana kalta savol-javoblar ketdi. Bu daf'a ularning adadi orta tushdi:
	Aybnomani eshitdingizmi?
	Ha...
	Mingboshi suvni ozi soradimi?
	Ha ozi soradi...
	Mastmidi?
	Kop aroq ichib edi.
	Suvni kim berdi?
	Men berdim.
	Choynakdamidi?
	Ha.*.
	Mana bu choynakmi?
	Ha...
	Kimning choynagi bu?
	Meniki.
	Siznikimi?
	Ha, meniki.
	Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?
	Bilardim.
	Qanaqa suvidi?
	Irim suvidi.
	Kimga qilingan irim?
	Menga...
	Nima uchun irim qildirardingiz?
	Farzand bolsin deb...
Pastda otirganlarning domladan boshqalari, songra sud hayatidan bir-ikki kishi, zakunchi va tilmoch yengilgina kulib qoydilar.
	Nega u suvni mingboshiga berdingiz?
	Juda tashna bolib soragan edi, shundoqqina tokchadan olib uzatdim.
	Choynakda zahar borligini bilarmidingiz? Zebi kuldi.
	Qiziq ekansan (orusni sizlab bolmaydi), men qayerdan bilay?
	Demak, eringizni ozingiz oldirdingiz? Zebi qattiqroq va chozibroq javob berdi:
	Yo-o-q!.. olibmanmi oz erimni oldirib.
Uning bu songgi javobidan qiz bolaning oz ortogiga ozini oqlab gapira- digan sodda gaplaridagi gunohsiz ohang boridi: "Voy olaqoling, men shunaqa dermidim?"
Zebi sud raisining bola emasligini qaydan bilsin? Shu yerda otirgan shuncha erkakning oyday ravshan bir narsani anglamasliklarini qaydan bilsin? "orus- musulmon bolib shuncha odam otiribdi, axir. Mingboshini oldirgan Zebi emasligini hammasi biladi. Bilib turib yana qaytalab soray bergani qiziq! Yo osmoqchilab sorarmikin? "
Sud raisi gapirmoqchi bolib ornidan turgan vaqtda Zebi  "ana, soroq tamom boldi. Endi uyimni qandoq qilib topib boraman?" deb oyladi.
	Otiring,  dedi sud raisi Zebiga.
Sekingina va ehtiyot bilangina otirdi. Sud raisi soz oldi:
	Yoqea shu qadar ochiq, masala shu qadar ravshanki, meningcha, majlisni davom ettirishga ham hojat yoq. Aybdor ozi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi. Shunday bolgach, biz hukm chiqarish uchun ichkariga kira bersak, deyman.
Sud majlisida faqat aybdorga berilgan savollar, songra tergov protokoli bilan hukmnomaning eng kerak joylari tarjima qilinar; boshqa sozlar oruscha ketardi. Shu uchun til bilmagan Zebi otirgan joyida gapirgan toraning yuz harakatlarini tomosha qila boshladi.
Sud raisi prokurorga qaradi:
	Siz nima deysiz, zoti muhtaram?
Prokuror ornidan turib, ikki qolini stolga qoydi-da, yarim engashib turib dedi:
	Men bu taklifga qarshi emasman. Albatta, mening bu masalada boshqa mulohazalarim bor. Men urush vaqtining nozik paytlarida bolgan bu oldirishga oddiy oldirish kabi qarayolmayman. oldirilgan odam Rusiya davlatiga va pod- shoga sadoqati bilan tanilgan odam edi. Uni "yosh sart" maxfiylari, ayniqsa, ularning dushmanimiz bolgan Turkiya bilan fikran boglanishgan unsurlari yomon korardilar. Men bu "sodda" va "gunohsiz" sart ayolining shunday unsurlar qolida oyinchoq bolmaganidan amin emasman...
Biz sart xalqiga allanechuk beparvolik bilan qarab organganmiz: "Qoyday yuvosh, ular!" deymiz. Albatta, ularning mamlakatlarini qon tokib olgan fo- tihlar sifatida bu qarashimiz bir nav togri ham bola biladi. Faqat bizga endi bu notogri qarashni tashlash kerak! Durust, sart xalqining kopchiligi muazzam davlatimizga, sevimli podshohimizga sodiq... Eslik, tajriba korgan katta savdogar- lar, qishloqning obroyli boylari; ayniqsa, ulamo toifasi "yosh sartlar"ning nufuzini qirqish uchun zor bermoqdalar; bularni bilaman. Lekin haddan tashqari ehtiyot bilan, sergaklik bilan ish olib bormasak bir kun emas, bir kun haligi kopchilikning "yosh sartlar" bayrogi ostida bosh kotarishi juda mumkin narsa. Muni bilish kerak! Kechagina bolib otgan tog voqealari, Qumariq hodisalari nazarimizdan qochmasin, taqsirlar!
Mana shu nuqtalardan qarab, men bu "soddadil", "yuvosh" va "gunohsiz" sart qiziga eng oliy jazo talab qilmoqchi bolaman. Modomiki, masala ozi bu qadar ravshan va aybdorning ozi oz ogzi bilan iqror qilib turibdi, mayli, 11111- zokara ochib otirmasak ham boladi. Men oz fikrimni muhtaram sud hayatiga arz qilib, masalaning bu tomoniga ham diqqat qilinmogini sorayman.
Zakunchi sud raisining murojaatini kutmasdanoq, ornidan turgan edi:
	Men ham soz aytishdan voz kechaman!  dedi u, yana darhol joyiga otirdi.
Sud hayati ornidan turib ichkariga chekildi.
"Ana,  deb oyladi Zebi.  ozim aytgan. Hanima gap oyday ravshan... Endi uyimni topib ketalarmikanman?"
Chorak soat otmasdan hukmnomani eshitdirdilar. Unda bu ishning asosan siyosiy bir rangdan xoli emasligi iqror qilinmoq bilan birga, bu soroqqa togridan- togri aloqasi bolmaganligi, ishning u jihatini alohida tekshirib, lozim korilgani taqdirda, qaytadan ish qozgatmoq tegishli mahkamalarning vazifasi ekanligi, endi bu oldirish hodisasi togrisiga kelganda, masalaning juda aniq anglashilganligi, aybdorning ozi tomonidan necha martalar iqror qilingani, shu uchun guvoh jalbiga va muzokaraga lozim korilmaganligi aytiladi.
Undan keyin: "Aybdorning qilgan gunohi ogir bolib, hozirgi urush vaqtida va nozik sharoitlar ichida davlat odamiga qasd qilgani uchun falon moddalar, boyicha oliy jazoga hukm qilish kerak bolsa-da, bovujud olka harbiy sudining sayyor hayati aybdorning madaniyatsiz yerli xalq ayoli ekanini, ozining yosh va turmushda tajribasizligini va ham hamma gunohlarini nomus bilan iqror qilib, boyniga olganini nazarda tutib, falon-falon moddalar boyicha yetti yil surgunga hukm qildi. Bu hukm ustidan tegishli joylarga shikoyat qilish mumkin", deyi-
Tilmoch hukmnomani tort ogizgina qilib eshittirdi:
	Aybdor Zebinisa Razzoq sofi qizi, Harbiy sudning hukmi bilan yetti yil Sibir qilindingiz. Norozi bolib ariza bersangiz mumkin.
Hukmnoma oqilib bitar-bitmas, zaldagilar chiqa boshlagan edilar. oqilib tamom bolgach, sud raisining ishorati bilan qilich yalangochlagan konvoylar yana boyagi taxlitda Zebini olib chiqib ketishdi. Shundan keyin sud hayati ham chiqib ketdi. Zalda faqat tilmoch, zakunchi, undan keyin nima uchun ozining bu yerga chaqirilganini bilmagan imom domla qolgan edi. Tilmoch domla imomning yoniga keldi:
	Taqsir, siz jindak sabr qiling. Men hozir kelaman, undan keyin gap- lashamiz.
Domla yuragini qoliga olib rangi ochgan, lablari biroz qaltiragani holda... sud zalida qoldi. Zakunchi tilmochni olib tashqariga, Zebining yoniga chiqdi. Zebi chimmat ostida hongur-hongur yiglamoqda edi.
Zakunchi soradi:
	Nima deysiz? Ariza yozib beraymi?
Zebi xorsingan ovoz bilan yiglab turib, uzuq-uzuq javob qildi.
	Kimga?
	Yuqoriga.
	Unda... nima boladi?
	Nima bolardi: ehtimol, yana soroq boladi; ishni qaytadan koradilar.
	Kim... koradi? Shular... koradimi?
	Boshqa sud koradi.
	Bari bir... op-ochiq turgan narsani... bular tushunmaydi-yu, ular tushu- narmidi?
	Ariza yozib beraymi?
	Qoyaqol!.. Men uchun... ovora bolib otirma...
Zakunchi kulumsirab, tilmochga qaradi, u yelkasini qoqdi. Zakunchi boqcha darvozasidan chiqib ketmak uchun osha tomonga qarab yurdi.
	Hay, shoshma,  dedi Zebi.  Shaharda... Shaharda... ota-onam.. bor... korsatarmikin?
	Avaxtaga olib borgandan keyin korsatadi.
Zakunchi darvozaga qarab ketdi. Tilmoch u bilan xayrlashgach, yana dom- laning yoniga kirdi.
	Eshoni mirza,  dedi domla-imom uni besaranjomlik bilan qarshi olib,  meni nimaga chaqirgan ekanlar?
Tilmoch kuldi:
	Sizni, taqsir, sud sadri chaqirtirgan edi. Basharti qasam berish lozim bolib qolsa, musulmon shariatiga muvofiq qasam berish uchun.
	Qasam bermadilar-ku?
	Lozim bolmadi, taqsir. Ayol ozi iqror...
Domla anglayolmadi shekilli, mirzaning songgi sozini savol shaklida qay- tardi:
	ozi iqror?
Tilmoch yana kuldi:
	Ha, ozi iqror... Eshitmadingizmi?
	ozi iqror emas, inkor qildi, shekilli-ku?
	Damingizni chiqarmang, taqsir. Bu nozik masala...
	Ha, albatta, albatta.
	Endi, taqsir, sud raisining sizdan iltimosi bor: ozingiz eshitdingiz, bu ayol Razzoq sofi degan odamning qizi, oz eriga zahar bergan. Eri xizmati sing- gan mingboshilardan ekan. Prokuror otib oldirilsin degan edi, sud qabul qilmas- dan, yetti yilga Sibirga kesdi. Ertaga jumadan keyin machitda ikki ogiz gapirib qoysangiz deydilar.
	Nima togrida, mirza?
	Ya'ni oqpodshoning sodiq odamlariga kim qol kotarsa, oqibati mana shunday boladi, degan mazmunda...
	Xop, eshoni mirza, xop. Albatta, aytaman, albatta. Endi menga ruxsat- mikin?
Domlaning bu savolida xuddi gunoh qilgan odamning ochiq bezovtaligi sezi- lardi: "Meni qamamasmikin?"  deganday... Tilmoch muni payqadi shekilli, quruq va sovuq javob berdi:  Bora bering.
Domla maktabidan "ozod" bolgan eski maktab bolalari singari ozini eshikka urdi va osha onda kozdan yoq boldi. Tilmoch kuldi: "imon yoq taqsirim-da", dedi oz-oziga.

Savol va topshiriqlar
1.	Asardagi "zakunchi" timsolini sharhlashga, xatti harakatlarining asosini to pishga urining.
2.	Parchadagi tilmoch obrazini tavsiflang.
3.	Prokurorning nutqini qayta oqing. Shunga tayanib, uning shaxsini tavsif lang.
4.	Sud jarayonidagi shoshqaloqlik, e'tiborsizlik sababini izohlang.
5.	Taqdiri hal bolayotgan mash'um damlarda oz shahridagi uyiga qanday yetib olishni oyluli otirgan Zebi shaxsiyatiga toxtaling.
6.	Nodonligi turqi, gaplari va qiliqlaridan bilinib turgan Akbaralining oligiga chor amaldorlari tomonidan berilgan e'tibor sababini izohlang.
"KECHA VA KUNDUZ" ROMANI ToGRISIDA
She'riyat, hikoyachilik va dramaturgiyada tajriba orttirgan, rus va jahon adabiyotining mumtoz namunalari bilan tanishib, ayrimlarini mahorat bilan tar- jima qilgan Cholpon 1934- yilda "Kecha va kunduz" romanini yozib, ozining buyuk nosirlik iqtidorini korsatdi. Roman "Kecha" va "Kunduz" singari ikki kitobdan iborat bolishi kozda tutilgan edi. "Kecha" kitobining birinchi bobi 1935- yilda "Sovet adabiyoti" jurnalida bosilgan, 1936- yilda roman toliq chop etilgan. Cholponning ayrim zamondoshlari ikkinchi kitob ham yozib tu- gallanganligini aytishadi. Ehtimol, Cholpon qatagonga uchragan vaqtda kitob qolyozmasi yoq qilingandir. Lekin asarning birinchi kitobiyoq eng yetuk ozbek romanlaridan biri sifatida adabiyot tarixida qoldi.
Yozuvchi kechagi kunni tasvirlar ekan, "mustamlaka tuzumi yomon" qabilidagi gapni yalangoch aytishday jon yoldan bormaydi. Balki, zulm- zoravonlik ustuvor ekan, mamlakatda qanday tuzum hukmronligi haqida yetti uxlab tushiga kirmaydigan, oddiy kishi ham uning qabohatidan chetda qolmas- ligini hayotdan olingan jonli timsollar taqdirini tasvirlash asnosida ishonarli korsatadi. Tuzum oz-ozicha adolatli ham, adolatsiz ham emas, balki unda yashayotgan va uni boshqarayotgan kishilar darajasida bolishi goyat nozik tasvirlangan. Adib olka ahli hayotidagi unchalik kozga tashlanavermaydigan jihatlarning mohiyatini teran angiagani uchun ham "Kecha va kunduz" ro- mani qahramonlar boshidan otgan qiziqarli voqealarni naql etuvchi sarguzasht emas, balki Turkiston va turkistonliklarning tarixiy taqdirini butun chigallik- lari bilan aks ettirgan baduy asar darajasiga kotarilgan.
Asarda Cholpon olamga hayrat kozi bilan qaraydigan sodda, samimiy Zebi, umri tort devor orasida otayotgan, na tirikchilikdan, na erdan yalchi- gan Qurvonbibi, dunyoda faqat eshonning sozinigina haqiqat deb biladigan johil Razzoq sofi, dumbul va savodsiz Akbarali mingboshi, ayyor noib tora, uning makkor xotini singari koplab timsollar haqqoniy va jonli tasvirlangan. Cholponning mahorati shundaki, asarda unchalik katta orin tutmaydigan epi- zodik personajlarni ham goyat puxta tasvirlaydi.
Romanda Zebi ishtirokidagi voqealar tasviriga kop orin berilgan, asardagi kopchilik personajlar shu timsolga daxldor tarzda chizilgan bolsa-da, u asarning bosh qahramoni emas. Negaki, u asar voqealari rivojini boshqarmaydi, balki ix- tiyorsiz tarzda, qayoqqa borayotganini, nima bolarini bilmagan holda hayot oqi- mida suzadi. U biron-bir holatning kelib chiqishiga ongu tarzda, bilib turib sa- bab bolmaydi. Uning boshqalar hayotiga tasir korsatgan xatti-harakatlari ham ozining ixtiyoridan tashqarida sodir boladi.
Adibning mahorati tufayli mut'e, hech qanday ijtimoiy salmogi yoq Zebi oz soddaligi, husni, odobi, iffati, noyob iste'dodi bilan oquvchilar mehrini qo- zonadi. Cholpon qizni oz tabiati mantigiga muvofiq harakatlantiradi. U quvlik- shumlikni bilmaydi, taqdirga tadbir qilishni xayoliga ham keltirmaydi. Zebi  tom ma'noda ozini "muhitning erki"ga bergan ozbek qizi. Yozuvchi uni boricha korsatadi. Qizigi shundaki, adabiy qahramonlarga qoyiladigan talablarning bir dunyosiga javob berolmaydigan bu qiz insoniy beguborligi, ozbekcha soddaligi bilan kishini oziga rom etadi.
Sotsialistik realizm talabiga kora, adabiy qahramonlar hayotida dinamika bolishi, ya'ni ular asar davomida bir qadar bolsa-da, osishi kerak. Zebi esa, shuncha sinovlardan song ham romanga qanday kirib kelgan bolsa, shu holicha qoladi. Faqat baxtsizligi miqdori kopayadi, azoblari darajasi ortadi, aybsiz ayb- dor boladi, xolos. Lekin bu hol uning jozibasiga soya tashlamaydi.
Zebinisa  ozbek ayoli timsoli. I vaziyatga tasir korsatishni, nobop hayot- ga qarshi isyon qilishni xayoliga keltirmaydi. Boshqa qizlarga xos quvlik qilishni ham bilmaydi. Zebi  godakday begubor bolgani uchun ham bagri ifloslik va kirlarga tola hayot uni sigdirmaydi. Shudringday toza va chechakday pokiza bolgani uchun hayotning shafqatsiz va badboy havosi qizni darrov soldiradi. Soldiribgina qolmaydi, balki unga jinoyatchi qotil yorligini yopishtiradi. Chunki kirlik va jaholat tozalik va gozallik bilan kelishmaydi, ezgulikning yashashiga imkon bermaslikka urinadi.
Zebi  hurkak ohu singari gozal va ilojsiz. U eng yaqin kishisi bolmish otasidan yovdan qorqqanday qorqadi. Ammo uni yomon kormaydi. Otasi qa- tori, animo undanda johil, undanda xunuk kimsaga xotin boladi va bu qismatga konikadi. U mingboshining ozga ayollari singari na merosga ega bolishni, na boylik orttirishni, na oynash topib ishrat qilishni oylaydi. U taqdirga tan beradi, xolos. Lekin taqdirning adolatsiz oyinini qarangki, Akbarali ayni shu begunoh qiz qoli bilan oldiriladi.
Zebining suddagi holati, roy bergan hodisani mutlaqo tushunib yetmagani, ozidan nima sorashayotgani, nima talab qilishayotganini anglamaganligi, Sibirga surgun qilingani haqidagi hukmni eshitgandan song ham qismatini emas, balki uyga qanday yetib olishini oylashi kabi orinlarda Cholponning tasvir qudrati bor boyi bilan namoyon bolgan. Shunday manzaralar tasviri oquvchini qizga taqdirdosh, qismatdosh, darddosh qilib qoyadi, uning har bir nafasini xavotir bilan kuzatishga majbur qiladi.
Cholpon oligi tirigidan qimmatga tushgan Akbarali timsolini ham goyat pishiq ishlagan. U tavakkalchiligi, orqa oldiga qaramasligi sabab bolib, kattalar nazariga tushib qolgan va ular aynan unga oxshash ogzing qani desa, qulogini korsatadigan amaldorlar kerakligidan hamda pora berishda qoli ochiqligidan mingboshini "qadrlashadi". Akbaraliga oxshagan amaldorlar buyruqni bajarish- nigina bilishgani, uning mohiyati, odamlarga foyda-zarari bilan qiziqmaganlari uchun bosqinchilarga kerak. Bundaylar millatdoshlarini oylamaydi, ularga achin- maydi. Odamiylik haqidagi "ortiqcha" injiqliklardan xoli va shu bois kattalarning zanjirdagi itiday gap. Uning shaxsiy hayoti ham fe'liga yarasha: na mazmun va na tartib bor.
Romanda Zebi taqdiri mantiqiy yakuniga yetmaganday korinadi. Chunki hayotning yakuni yoq. Unda qancha tasodif-u noma'lumliklar turgani yolgiz Yaratganga ayonki, asardagi tugallanmaganlik ana shunga qilingan ishoradir. Korinadiki, "Kecha va kunduz" kishini oyga toldiradigan, kecha, bugun va erta haqida, inson umrining mazmuni togrisida fikrlashga undaydigan asar bolib, yoshlarning milliy manaviyatini shakllantirishida muhim orin tutadi.
OYBEK
(1905  1968)
Hayot va ijod yoli. Muso Toshmuhammad ogli Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand toquvchi oilasida tugildi, Ota-onasi uni yoshligida eski maktabga oqishga berishgan. Oybekning sozga bolgan muhabbati onasi Shahodatbonu yordamida kuchaydi. Muso on tort yoshga tolganda "Namuna" nomli yangi usuldagi boshlangicli shoro mak- tabida oqishni davom ettiradi. U on olti yoshga yetganda, Navoiy nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumiga oqishga kirdi.
Texnikumdagi tahsil uning mumtoz adabiyotga muhabbatini yanada teran- lashtirishdan tashqari, qiziquvchan ospirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek oz xotiralarida: "Xayol daryosi keng edi menda. oqtin-oqtin ozimcha mashq qilib, bitta-yarimta she'r yozib ham qoyardim. Xotiramda bor, ilk she'rim texnikumning "Tong yulduzi" nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga ozim mas'ul muharrir boldim. Sekin-sekin respublika gazeta- larida she'rlarim bosila boshladi" deya ta'kidlaydi. Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi.
Shu texnikum talabasi, Oybekning bolajak rafiqasi Zarifa Saidnosirova oz xotiralarida shunday yozadi: "Oybek oriq va novcha yigit bolib, qongir... qa- lin sochlari doppisidan toshib turardi. Yirik qora kozlari shogirdlik davridayoq teran ma'noli va xayolchan edi... Oybek "Tong yulduzi" devoriy gazetamizning muharriri edi. U bazan yolimni tosar, gazetaga biror narsa yozib berishim yoki rasm solishimni sorar edi. U bir kuni she'rga liq tola, qalingina, sariq muqovali daftarni qolimga tutqazdi-da, she'rlarning boshi va oxiriga kichik-kichik rasmlar chizib berishimni soradi. Yoq deya olmadim va eng nozik moyqalam va akvarel boyoqlar ila rasmlar chizdim...".
1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek orta Osiyo davlat universite- ti ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisod bolimiga oqishga kirdi. Oybek oqishini 1927- yilda Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xojaligi institutiga kochirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan otgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta'sir korsatdi va u 1930- yilda ozi oqigan universitetga qaytib keldi. oqishni tugatgach, besh yil davomida osha yerda siyosiy iqti- soddan ma'ruzalar oqidi.
Adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan, Cholpon hamda rus simvolistlari- ning ta'sirida bolgan Oybek tez orada oziga xos ovozga ega ijodkor ekan- ligini korsatdi. 30- yillarda u "Dilbar davr qizi", "och", "Baxtigul va Sogindiq", "Navoiy" singari onga yaqin doston yaratdi. U hikoyachilikda ham ozini sinab kordi.
1937- yilgi qatagon shamoli Oybekni ham chetlab otmadi. U til va ada- biyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safidan chiqarildi. Mahalliy matbuot eshiklari uning uchun yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tushmadi, ozining butun kuchini ijodga bagishladi. Tinmay yozdi. "Qutlug qon" romani qonga botgan 1938- yilda yozilgan.
Oybek urush yillarida ham samarali ijod qildi. Uning mashhur "Navoiy" romani 1942- yilda yozildi. Shu yillarda adib "Mahmud Torobiy" tarixiy dramasini ham yaratdi. 1943- yilda ozbekistonda Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilanoq, Oybek Gafur Gulom bilan birga uning haqiqiy azosi qilib saylandi va osha kunlardan to 1951- yilga qadar akademiyaning gumanitar bolimi boshligi lavozimida ishladi.
Ikkinchi jahon urushi tugagach, Oybek ozbekiston yozuvchilar uyush- masi raisligiga saylandi va 1949- yilgacha shu lavozimda ham mehnat qildi. Shu yillarda adib "Oltin vodiydan shabadalar" romanini yozdi. Oybek 1951- yilda ogir xastalikka chalindi. Gapirolmay qolgani, harakatlari cheklangani, xotirasi susayganiga qaramay, u umrining keyingi yillarida "Quyosh qoray- mas", "Ulug yol" romanlari, "Nur qidirib", "Bolalik", "Bola Alisher" qis- salarini yaratdi. Talaygina she'r va dostonlar bitdi.
Mashhur ximik olima, Oybekning turmush ortogi Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: "1968- yilning 1- iyulida, oltmish uch yoshida Oybek va- fot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma'nosi bolgan ulug insondan judo boldim. Men hozir Oybekning olimoldi kunlarini yozishga qanchalik shay- lanmay, qolim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulogimda hali ham: "Men olyapman, Zarifa, rozi bol!"  degan sozlari jaranglab turibdi". Oybek faqat uydagilarga emas, balki ozi bilan aloqada bolgan har qanday odamga yaxshilik qilishga urinadigan shaxs edi. Shundan bilinadiki, u ijodkor
sifatidagina emas, balki, odam sifatida ham atrofidagilarning mehr-u hurma- tini qozongan, ularning yuragidan chuqur joy olgan shaxs edi.
Siz quyida Oybekning sof lirik she'rlaridan ayrim namunalar va mashhur "Qutlug qon" romanidan olingan parcha bilan tanishasiz.
LIRIKA
NA'MATAK
Nafis chayqaladi bir tup na'matak Yuksakda, shamolning belanchagida. Quyoshga kotarib bir savat oq gul, Viqor-la oshshaygan qoya labida 
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas kongil, Vahshiy toshlarga ham u berar fusun. Sonmaydi yuzida yorqin tabassum, Yanoqlarni tutib oltin bosa-chun Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Poyida yiglaydi kumush qor yum-yum. Nafis chayqaladi bir tup na'matak... 
Shamol injularni separ chashmadak, Boshida bir savat oq yulduz chechak, Nozik salomlari naqadar ma'sum!

Toglar havosining feruzasidan 
Mayin tovlanadi butun niholi. 
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi: 
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak, Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
Savol va topshiriqlar

1.	Shamolning belanchagida nafis chayqalgan bir tup na'matak holatidan ta'sirlangan shoir tuyg'ularini izohlashga urining. 
2.	Quyoshga bir savat oq gul ko'targan qoyaning viqor-la oshshayishi sababini anglashga harakat qiling.
3.	Shoirning: "Mayin raqsiga hech qoniqmas kongil" ?  tarzidagi iqrori sa babini tushuntiring.
4.	She'rning qaysi satrlarida gozallikning ezgulik yaratish xususiyati yaqqol namoyon boladi?
5.	"Kumush qor"ning na'matak poyida "yum-yum yiglashi" sababini ayting. 
6.	Tengsiz gozallik namunasi bolmish nafis chechakninig "Vahshiy qoyalarning ajib ijodi" ekaniga e'tibor qiling. 
7.	Sherni yod oling.
TOG SAYRI
Axtarih topganimda on ikki buloq, 
Qalbimda on ikki she'r birdan josh urdi. 
Hanunasi shivirlaydi sizdek shan, inoq, 
Koksimga naq on ikki bahor yugurdi.

Porloq va shan on ikki kozning ishqida 
Kozlarim xiyla zamon adashib qoldi. 
Sevinch qaynar, jildirar sof kumushida, 
On ikki qiz izidan xayol yol soldi.

Nurlardan halqachalar oqar, jimirlar, 
Toshlarda sinar mayin tabassumlari. 
Oltin ipga chizilar jonli injular, 
Bosadan ham shirindir, ich, yutumlari!


on ikki piyolaning yaltiroq mavji 
Toqingan lablarimda qolar bir umr. 
Kozlari seni opgan biron yolovchi 
Balki bir chog sevgimni hikoya qilur!

...Har tomchisida butun quyosh bekingan, 
Gullar nafis boshlarin egmish ta'zimkor. 
Barglarini varaqlab, shamol tinmasdan 
Shivirlar chashmalarga... muhabbat izhor.

Chomilgan yaproqlarning sassiz chapagi 
Qoynida qubba-qubba yongoq yumalar. 
Kokning feruzasidan sirpanib chopar 
On ikki koz qa'ridan quvnoq nash'asi!
Savol va topshiriqlar
1.	On ikki buloqni axtarib topgan shoir holati aks etgan misralarni sharh lang.
2.	Shoir kozlarininig "adashib qolishi"ga sabab bolgan "on ikki koz" qayer dan kelib qolganini izohlang.
3.	Sherdagi "Sevinch qaynar, jildirar sof kumushida" misrasi nimani anglatadi? Nimaning "kumushi"da?
4.	"Toshlarda sinar mayin tabassumlari" satrini tushuntirib bering.
5.	Sher matnidan buloqlarga muhabbat izhor" qilgan narsa tasvirini topib, sharhlang.
"QUTLUG QON"
(romandan lavhalar)
Kasal otasini qaratish maqsadida olingan qarilardan qutulish uchun u va- fot etgach, yerlarini sotishga majbur bolgan Yolchi togasi Mirzakarimboyni qora tortib, Xojakentdan Toshkentga keladi. Ammo boy toga Yolchining kuchidan foy- dalanib, haqini tolashga kelganda, sozida turmay, jiyanni aldaydi. Boy qarin- doshlar bilan Yolchi ortasidagi munosabat dushmanlikka aylanadi. Ular magrur yigitning sha 'nini toptashadi. Yolchi boynikidan chiqib ketadi. Buning ustiga, keksa Mirzakarimboyning Yolchi kongil qoygan qiz Gulnorga uylanib olishi oradagi yov- likni yanada kuchaytirib yuboradi. Onasining olimidan keyin, YoIchi yolgiz qolgan singlisi Unsinni boy toganikiga olib kelishga majbur boladi. Ularning qarashlari, tutumlari va taqdirlaridagi keyingi ozgarishlar quyidagi parchada aks ettirilgan.
* * *
Gulnor oz uyida ota-onaning tergovi ostida uch kun qamalgandan song, Mirzakarimboyga uzatilganiga bir oyga yaqin boldi. Kelin ichki-tashqi dangillama hovlida, saroyday hashamatli, boy bezakli uylarda uni hech narsa qiziqtirmas, bu xonadonning odamlari ham, narsalari ham dushman, yot, sovuq korinar edi. Yolchi bilan bir kecha-kunduz birga yashagan u hujra, Shoqosimning uvadalari bilan tola, qorongi tor hujra Gulnor uchun, garchi u yerda 