I
Ay tutqinlar, ay ezilgan, 
Ay qiynalgan, yoqsil ellar, 
Ay umidsiz, ay chizilgan 
Dor oldiga... oppoq dillar!
Ay bevalar, bechoralar, 
Ay boglangan kishanlarga. 
Ay erk uchun ovoralar, 
Kop yalinmang siz ularga!
Borilardan 0111011 kutmak Tentaklarning ishidir ul. 
Har inononi  hatlab otmak  Turmushda eng togri bir yol!
Zulm oldida har bir narsa, Ehtimolki boyin egar. 
Agar zulm avjga kelsa, 
Kok boshi-da yerga tegar.
Hayvonlarga, insonlarga 
Zolim ega bolmay qolmas. 
Faqat erkin vijdonlarga 
Ega bolmoq  mumkin emas!
Samarqand, 1922- y.
Savol va topshiriqlar
1.	She'rning sarlavhasi haqida oylab koring, uni sharhlang.
2.	Dastlabki misralarda achinish, ayash tuygusi qanday aks etganligini izoh lang.
3.	She'rdagi: "Kop yalinmang, siz ularga!" xitobi nimani anglatadi?
4.	Bori obrazini izohlang.
5.	"Agar zulm avjga kelsa, Kok boshi-da yerga tegar" tarzidagi iqror bilan er kin vijdonlarning daxlsizligi haqidagi toxtam zid emasmi?
CHoLPON SHE'RLARI ToGRISIDA
Cholpon, garchi, roman va hikoyalar, esdaliklar, safar xotiralari, tanqi- diy maqolalar, dramalar yozgan, tarjimalar qilgan bolsa-da, tabiatiga kora, av- valo, shoir edi. Uning she'rlari shoirning ilhomi hamisha buloqday qaynab tur- ganini, oz tuygularini ifodalash uchun soz izlab qiynalmaganligini korsatadi. Cholpon sherlarida shoirning yoniq yuragi, olovli shaxsiyati, tasirchan kongli, isyonkor tabiati yaqqol korinib turadi. U shaxsiyati bilan sheriyati bir bolgan ijodkor edi. ozbek adabiyoti tarixida biror bir ijodkor Cholpon singari qaltis vaziyatda yashab turib, oz millati sha'ni, ozodligi, tengligi uchun bu qadar dadil kurashmagan.
Siz 7- sinfda oqigan vaqtingizda shoirning "Buzilgan olkaga", "Gozal", "Binafsha" she'rlari bilan tanishgansiz. Ularda yurt ozodligi, inson erki va ka- moloti, hurlikni toptovchi kuchlarga otashin nafrati qanday ifodalanganligi haqida muayyan tasavvuringiz bor.
Bu jihatdan Cholponning "Kongil" she'ri diqqatga sazovordir. Shoir qullik tananing kishanlanishidan emas, balki ruhning zanjirbandligidan boshlanishini biladi. Shuning uchun ham u sherda odamga, jamoaga, millatga emas, bal- ki kongilga murojaat qiladi. Chunki u biladiki, kongli hur odamni qul qilib bolmaydi. Uni boglash, qamash, boringki, oldirish mumkin, lekin qul qilish mumkin emas. Cholpon kongli siniq odamning shaxsi butun bolmasligini angla- gani uchun ham haqoratdan dili ogrimaydigan kimsalarga soz foydasiz ekanini tuyadi.
Cholponning poetik mahorati eng zarur ma'nolarni tashiydigan sozlarni kerakli tarzda misralarga joylashida tola namoyon bolgan. She'rda biror voqea, esda qoladigan holat yoq. Lekin bezovta ruhning, kishandan qutulmoq istagi- dagi kongilning manzarasi bor. Shoirning siz tanishgan boshqa sherlarida ham uning oziga xos ruhiyati bilan millat dardi ifodasi yonma-yon keladi va oquvchi kongliga kuchli tasir korsatadi.

Nazariy ma'lumot
IJTIMOIY VA INTIM LIRIKA
Har qanday she'riyat shoirning qalb kechinmalarini ifoda etadi. Animo ijod tajribasida she'rlar intim va ijtimoiy yonalishdagi bitiklarga bolinadi. Intim sozi lotincha bolib, "eng ichki", "yashirin" degan manolarni bildiradi. Nomiga yarasha bu xil she'rlarda shoir bevosita oziga tegishli sezim, tuygu holatni tas- virlaydi. Cholponning "Qalandar ishqi" she'ri intim lirikaning yorqin namu- nasidir. Unda shoir oz kongil tovlanishlarini boshqalarga ham tasir qiladigan darajada aks ettirgan. Har bir odamda ozgalarning holatini tuyish, boshqalar- ning sezimlarini his etish zaruriyati boladi. Ayni shu ehtiyoj intim yonalishdagi she'rlarning boshqalar tomonidan ham oqilishiga sabab bolgan omildir. Sof yoki intim lirikada tuygular shaxsiy bolsa-da, uning tasviri gozal va tasirchan bolgani uchun boshqalarga ham yuqadi.
Lirik turdagi asarda borliq emas, balki muallifning voqelik haqidagi oylari, tuygulari birlamchi ahamiyat kasb etadi. Bunda subekt bilan obekt bir shaxsda namoyon boladi. Hatto voqelikda mavjud muayyan manzara yoki hodisa tasvir- langanda ham u aslida bolganiday emas, balki shoirga tuyulganiday aks ettiriladi. Shuning uchun ham shoir: "Yiglar yuragimda vatanim" yoki "Men golibman. Buyuk lashkarman, Bosib oldim sevgi yurtini",  deya oladi.
Ayni vaqtda, ijtimoiy hodisalarning muallif tuygularini bezovta qilishi, uni muvozanatdan chiqarishi natijasida ham sheriy asarlar dunyoga keladi. Bunday asarlar adabiyotshunoslik ilmida ijtimoiy she'riyat yoki ijtimoiy lirika namunalari deb ataladi.
Ijtimoiy she'riyatda shoirning fikri va hissiyoti hayot hodisalari, odamlararo munosabatlar tufayli junbushga kelgan boladi va muallif ularni oz yuragidan otkazgan holda ifoda etadi. Jamiyatdagi adolatsizlik, zoravonlik, bosqinchilik, odamlarning beburdligi, riyokorlik, sotqinlik va boshqa ijtimoiy illatlar oqibatida tugyonga kelgan sezimlar ifodasi ijtimoiy lirikani yuzaga keltiradi. Cholponning siz yaqindagina organgan she'rlari ayni shu xil xususiyatga ega. "Kongil", "Buzilgan olkaga", "Yongin" singari she'rlarda Vatan, xalq, ozodlik va erk uchun kurashni hayot mazmuni deb bilgan, yurt ozodligi yoliga jonini tikkan jomard shoir kechinmalari oz ifodasini topgan. Bunday she'rlarda davatkor, chaqiruvchi, undovchi ruh yetakchi boladi. Ldarda bayon qilingan fikrlar va ifoda etilgan tuygular chin va samimiyligidan tashqari, boshqalarga ham tegishli bolgani uchun ozgalargada yuqadi.

KECHA VA KUNDUZ
(romandan parcha)
...Sultonxonning ornini Zebixon egalladi. Mingboshi Zebixonning uyiga butunlay kapa tikib oldi. I uydan goh yosh kelinning quvnoq va bolalarcha kulishi, goh qari kuyovning xursand qiyqirishlari, goh bolsa yangi qayliqning yorga zarbli dutori bilan shirin va shiralik ovozi, goh bolsa yangi keltirilgan gramofonda Netayxonning qiehiq yallalari eshitiladi... Ana turmush! Ana kuyov- qayliq! Poshshaxon bilan Sultonxon qayliq bolibdimi? Zebixonga elchi qoyib yurilgan vaqtlarda mingboshi bir soz degan emasmidi: "Shuni qolga keltirsam, bor-yogimni tutaman. Bor-yogim shuniki boladi. Bittagina bola tugib bersa merosxorim boladi. Boshqalarga hech narsa yoq!" Yaqinda ham Hakimjonga aytgan emish: "Men endi topdim baxtimni. Hammayogim shuniki. Boshqalarga besh-tort tanob yerni tirikligimda otkazib berib, qolgan davlatimni batamom shunga qoldiraman"...
Poshshaxonning jahliga tekkan yana bir narsa  Sultonxonning beparvoligi! Shu beparvolik, shu oynab-kulib yurishlar Poshshaxonni sil qiladi, sil!
"Nima boldi bu juvonga? Ertadan-kechgacha kundoshlari bilan opishadi, gapiradi, ashula qiladi, kuladi, kuldiradi, tegishadi, hazil qiladi, qitiqlaydi, qochadi, quvlaydi, quvlashadi. Qor yoqqanidan beri qishloqning yarim xotin-qiz- lari bilan qor otishib chiqdi... Uchtasi bilan "qorxat" oynab yutdi... Nima balo boldi bu juvonga! Kech kirsa, xuftondayoq oz uyiga chekilib, eshikni ichkari- dan berkitib oladi: tong otguncha dom-daraksiz yoq bolib singib ketadi... Eng ashaddiy dushmani Zebixon edi: eng yaqin ortogi Zebixon bolib qoldi. Ikkalasi sirdosh, mahram..."
Bir zamon Sultonxonning boshidan otgan uyqusiz kechalar endi Poshshaxonning kozini yumdirmaydi. Har kuni shomdan tortib, azongacha yotgan joyida uyoq-buyoqqa aganab oy oylaydi. Kop oylash natijasida, ...Poshshaxon ham, ozining qorqinch qarorini berdi va ishga boshladi. "Endi bir oq bilan ikki qushni agdarish kerak".
Poshshaxonning qarori qanday qorqinch bolsa, uning bajarilishi shu qa- dar tez va oson boldi: baqqoldan yashirincha oldirilgan kuchala kichkinagina dekchada ertadan-kechgacha qaynadi: ertalab unning suvi bir choynakka solinib, Zebining uyiga olib kirilishga moljallandi... Bu vaqtda mingboshining qolgan uchala xotini Dadaboy baqqolning katta qizinikiga ziyofatga chiqib ketgan edi- lar. Mingboshi esa shoshilinch suratda shaharga chaqirilgan, yashirib bolmaslik darajada besaranjomlik va talvasa korsatgan holda ertalab shaharga jonab ket- gan edi. Poshshaxonning uyida allaqanday bir qarindoshi otirganligidan kun- doshlari uni qistamadilar. Hadichaxon kelib, uni tashqariga chaqirib olgan va "mehmoningizni jonatgandan keyin chiqing. Kechgacha oynashib otiramiz",  degan edi.
Shunday qilib, ozi yolgiz qolgan Poshshaxon bemalol Zebining uyiga kir- di... Tokchada bir kichkina choynakda "tabarruk" suv bor edi, u suvga Razzoq sofining iltimosi bilan eshonning ozi duo oqib dam solgan, uni ichgandan song tez fursatda Zebi homilador bolib, bola tugishi kerak edi. Choynakdagi "tabar- ruk" suvni hol obrezga tokib tashlab, orniga oz choynagidagi suvni toldirdi. Tamom. "Zebi kechqurun chiqib suvdan ichadi-da, til tortmay oladi. Tortinchi xo- tinning uchinchidan boshqa kundoshi boladimi? Muni yosh bola ham biladi..."
Uydan toppa-togri baqqolning qizinikiga chiqdi. Anchagacha kundoshlari va ortoqlari bilan gaplashib, oynashib, kulishib otirdi. ozi zahar berayotgan kundoshini bir quchoqlab opti... Zebining opishlari issiq va astoydil bolsa ham, Poshshaxon negadir halitdan uni olikning sovugan lablaridan olganday bolar va nishab suvga tegib turgan maysa uchiday yengilgina qaltirardi. Qahqahalar bilan dunyoni boshiga kotargan vaqtlarida ham oz qolining beixtiyor kokragiga bo- rib qolganini payqar, allaqanday sovuq bir tuman parchasining kokragida ivirsib, u yer-bu yerga qadalib yurganini sezardi. Shu qadalgan narsani chiqarib yubor- moq, uchun ozini zorlab bolsa ham, bir-ikki marta qattiq-qattiq yotaldi. Faqat bu yotal uning ogzidan emas, allaqanday yetti yot begonalarning ogzidan chiq- di, bu yotal ovozidagi oriyat shu qadar ochiq ediki, yotaldan song Poshshaxon yana koksini gijimlashga majbur boldi.
	Nima boldi, jonim, sizga? Shamollab-netib qoldingizmi?  deb soradi
Zebi.
Zebining bu mehribon shu sodda, shu bolalarcha masum kozlarida samimi- yatdan boshqa hech qanday ma'no bolmasa-da, Poshshaxon unda quyidagi sozlarni oqidi: "Bir meni oldirganing bilan maqsadingga yetolarmiding? Bekor mening yosh jonimni juvonmarg qilganing qoladi".
Shundan keyin haligi tuman parchasi kokrak tegrasida ot qoyib chopqillab boshladi. Butun a'zoi-badanidan yalmogiz kampirning muzdek sovuq qollari ormalaganday bolardi. Yosh juvonning rangi ochdi.
Kundoshlari uning tegrasini oldilar:
	Nima boldi, Poshshaxon, sizga?
	Sovuq, oldiribman, shekilli...
	Chiqib yoting, bolmasa.
Ovqatga ham qaramasdan uyga chiqib ketdi. Shu boyicha ertasi kuni ham boshini kotarolmadi...
* * *
	Akbarali, sen shunday bir ish qilibsan,  dedi noyib tora,  endi mun- dan nari men seni himoya qilolmasman.
Mingboshi nima deyishni bilmasdan yerga qarab jimgina otirardi.
Noyib tora davom etdi:
	Ikkala boy bir bolib eng yaxshi advokatga ikki quloch ariza yozdirishib, toppa-togri hokim toraga tutibdilar. Hokim tora telefon berdi, mendan biroz koyidi. Arizani kordim. Yomon narsalar bor unda... Seni endi heeh kim himoya qilolmas deb qorqaman...
Mingboshi beixtiyor boshini kotarib noyib toraga qaradi, songra yana bu- rungidan kora pastroq engashib, amirkon etigining bukilgan boldirlariga tikildi.
Noyib davom etdi:
	Hozir, sen kelmasdan bir oz burun bir odamni Qumariqqa yubordim. Uchastka pristavi ham osha yerda. Machitda ikki boyga qarshi musht kotarib chiqqanlarning hammasini qamoqqa oladi. Boshqa chora yoq. Imom domlaga bizning nomimizdan rahmat aytishga buyurdim. Juda yaxshi soz qilgan deydilar.
Mingboshi chidayolmadi:
	Taqsir tora, men hayronman: haligi qamoqqa olinadiganlarda zarracha gunoh yoq-ku. Bu qanday boladi? Agar ozingiz osha yerda bolsangiz ikkala boyni otardingiz...
	Bilaman,  dedi noyib,  juda yaxshi bilaman. Unaqa mingta arizadan sening bir ogiz sozingga koproq e'tibor qilaman. Boylarning quturgani rost, surishtirib kordim. Ular oz qilmishlarining jazosini tortganlar...
Mingboshi dadillandi:
	Unday bolsa, munday adolatlik podsho vaqtida ochiqdan-ochiq nohaqlik qilishga qanday yol qoydadi?
Noyib kuldi:
	Soddasan, Akbarali. Podsholik hanima vaqt yurtning obroylik odamlari- ni himoya qiladi. Obroy davlat bilan topiladi, muni bilasan. Undan keyin, qishloq odamlarining shunaqa ozboshimcha harakatlariga yol qoyib bersak, oz vaqt ichida qishloqdan qol yuvishimiz kerak boladi. Sen xomsan siyosatga...
	Men bir omi odamman,  dedi mingboshi,  siyosatingizni bilmayman. Qolimdan kelganicha podsholikka xizmat qilib keldim. Shuncha zamon qilgan xizmatimni nazarga olmasmikin?
	Men ham shuni oylayman. Akbar, sen hozircha boraver. Men hokim toraning oldida seni oz bolsa ham himoya qilib koraman. Bolmasa, sening orningga boshqa odam qoyarmiz. Davlating katta, yeb yota berasan. ozing ham qarib qolding.
	Mayli, taqsir,  dedi mingboshi bir oz yengil tortib,  amaldan tushi- ringiz, mayli. Qarigan vaqtimda soroq berib yurishga nafsim qoymaydi...
	Menga qolsa senga tegnias edim, Akbar. Ish hokim torada. Hokim torani yolga solish qiyin boladi, unga bir narsa degani qorqaman... Chunki, ish juda xunuk. Xayr, boraver, iloji bolsa osha ikkala koppak bilan ozing bitish. Balki, arizaning beoqibat qoldirilishini sorab, ariza berarlar. Miryoqub bolsaydi, senga oson bolardi...
	Nimasini aytasiz, tora, boshim qotib qoldi.
Shu bilan mingboshi kongli buzilib mahkamadan chiqdi. Mingboshilikdan bekor qilsalar uncha qaygurmas edi: munga oz nafsini bir ish qilib kondira olardi. Lekin "Akbarali mingboshi amalidan bekor bolibdi",  degan xunuk gapni haligi ikki boy bilan Abdisamat kaptarlarining qanotiga ilib, shamolning qoltigiga qistirib, yomgirning tomchisiga joylab, bulutning qoyniga solib uchi- radi, har bir uchgan qarga shuni aytib qagillaydi, shu bilan ikki kun ichida u shumli xabar yer yuzini aylanib Makkatillogacha yetib boradi.
...Zunnun bilan birga noyib toraning uyi oldidagi pastgina skameykaga otirdilar.
	Men ham eshitdim, ota, xunuk gap bolibdi,  dedi Zunnun.
	Yomon boldi bu ish, shu sababdan sening yoningga keldim. Yaqinda Miryoqub akangdan xat kelib edi, "ba'zi bir nozik ishlarni Zunnun bilan gap- lashinglar, u ozi noyib toraning bekasiga aytib togirlaydi",  degan ekan. Shunga kelib edim.
	Jonim bilan, ota! Miryoqub akam aytmasa ham qilib beraman. Bemalol buyura bering.
	Hanima gap hokim torada, deydi hayronman. Beka bilan gaplashgin-chi, nima maslahat berar ekan.
	Siz eski shaharga tushib, kechgacha bir aylanib keling. Men beka bilan gaplashib qoyaman. Kech paytida javobini aytaman. Shunga qarab ish qilasiz.
Mingboshi osha kunni zorga otkazdi. Namozgar bolmasdan turib Zunnunning oldida edi.
	Katta pul kerak emish,  dedi Zunnun birdaniga.
Mingboshi ham ustidan tog tushganday yengil nafas oldi.
	Pul bilan bitadigan bolsa, mayli. Pul topiladi.
Mingboshining yengil nafas olganini korib, Zunnun ham ochila tushdi, uning kozlarida burungi andisha qolmagan edi.
	Bekamiz bunday dedilar: hokim toraning xotini bilan ozim gaplashib koraman, ish qaltis, bir narsa chiqadimi, yoqmi oldindan aytolmayman. Har qalay, bir ming, bir yarim ming pul kerak, deydilar. ozimga bolsa, Akbarali qadrdon odam, ish eplanadigan bolsa, keyincha bir narsa qilar, deydi. Animo, deydi ish juda nozik, bir narsa chiqarib bolarmikin, yoqmikin  hayronman, deydi. Pulni olib kela bersin: "Yotib qolguncha otib qolaylik",  deydi. Ammo menga ishonib ozi harakatsiz yurmasin, deydi.
	Qulluq, Zunnun, qulluq senga. Bu ish tuzalmaydiganga oxshaydi. Xayr, mayli, erta-indin pulni eplab olib kelayin. Bir urinib koraylik. Chiqsa-chiqar, chiqmasa otasining goriga...
	Ichkariga kiraylik, ota. Bitta-yarimta choy qilay.
	Yoq, Zunnun, tomogimdan hech narsa otmaydi.
Mingboshi Zunnun bilan xayrlashmasdanoq ornidan turib ketdi. U yerdan chiqib, oddiy bir mayxonaga kirdi. Bir shisha aroqni jindek kabob bilan ichib oldi. Songra miyasi xamirday kopchib, ot ustida qiyshaya-qiyshaya orqasida ikki yigiti bilan qishloqqa jonadi...
* * *
Uyidagilar allaqachon yotgan edilar. Dovdiragancha qoqilib-yiqilib Zebining uyiga kirib bordi. Miyasi hech narsa anglamasdi, shunday bolsa ham ertaga yo indinga bir ish qilib loaqal uch ming som pul topishga jazm qildi. Muning uchun hech qanday tadbirdan chekinmayajak edi.
	Tur, hay!  dedi Zebiga.
Zebi yotgan joyidan turib, fonarni balandlatdi.
	Dasturxonni yoz! Yegulik narsang bormi?
	Ha, kosada osh bor.
	Ber buyoqqa.
Zebi erining mast ekanligini bilsa-da, uning ovozidagi bu gayritabuy qorslik va qattiqlikka hayron boldi, boshini kotarib unga tikildi, "ozimi, boshqami?" deganday!...
	Nimaga menga qaraysan? Yo mastmisan, sintaloq?  dedi mingboshi.
Zebi indamasdan dasturxonni yoyib oshni qoydi.
	Och muni! mingboshi yonidan bir shisha aroq olib uzatdi.
	Men ochishni bilmayman,  dedi Zebi, koz yoshlari qovogiga kelib tizilgan edi.
	Mening xotinim bolib aroq ochishni bilmaysanmi? dedi mingboshi, xoxolab kuldi. organ! Mana, qarab tur!  Shishaning tagiga yogon shapalogi bilan ikki marta urdi, pokak sachrab chiqib shiftga tegdi, songra u yerdan sach- rab tokchadagi katta jomga kelib tushdi, "jarrang " etdi jom.
	Ha-ha-a! dedi mingboshi.  Jomlaringni jaranglatdim, sintaloq!
Birin-ketin ikki piyolani tolatib ichdi, yengi bilan ogzini artdi. Songra bir
piyolani ...Zebiga uzatdi:
	Ma, ich! Odam bolasan!
	Voy olaqolay! Aroq ichamanmi? Qoying, gapirmang!
	Odam bolasan, deyman! 01! O-ol!!!
Zebi orqasiga chekinib yiglab yubordi.
	Qoy, mayli, ichmasang ichma,  dedi mingboshi. ozim ichaman!
Bir shishani tamom qilib yuvuqsiz qoli bilan oshga chang soldi. Oshning yarmi barmoqlari orasidan dasturxonga, korpa-toshakka, ozining liboslari- ga tokilardi. Zebi devorga suyanib bu qorqinch kuyovni tomosha qilardi... Mingboshi, ogzida tola osh bilan: "Netayxon aylanay yodimga tushdi-e..." deb xirgoyi qildi. Oshli ogiz bilan boshlangan xirgoyi tomoqqa tiqildi, mingboshi qalqib ketdi va ogzidagi oshni kosaga purkab yana oshga qol uzatdi.
...Mingboshi yana bitta shishani ochib piyolaga toldirayotgan edi... Zebi tashqariga chiqib, toza qor bilan qolini yuvdi, toza qorni yuzlariga surkadi, jindak yedi. Ancha shamollab va yengillab kirgan vaqtida, mingboshi dasturxon yonida agnab uchib qolgan edi. Uni qozgatib otirmasdan, dasturxonni sekin- gina yigishtirib oldi-da, bir chekkaga bir yostiqni tashladi ustiga bir toshakchani yopindi, fonarni pastladi, shu bilan uyquga yotdi. Orada qancha uxlagandir, ozi ham bilmaydi, besaranjom bir qichqiriq bilan uygondi:
	Suv, suv,  deb qichqirardi mingboshi.
Zebi uyqusirab kelib, fonarni balandlatdi. Ungacha mingboshining qorqinch ovozi yana kotarila tushdi:
	Sintaloqdi qizi, suv deyman! Suv! Yuragim kuyib ketdi... Yonib ketdi!... Suv! suv!!!
Zebi shoshib qoldi, tez borib choynakdagi tabarruk suvni qoliga oldi va hech narsa oylashga fursat yoq,  darhol mingboshiga uzatdi...
Mingboshi choynakdagi suvni bir shimirishda tamom qildi. Zebi endi uning tinchib uyquga ketishini kutardi. Yoniga yumshoq, bolishlardan ikkitasini qoydi. Ustiga kichkinagina bir toshakni yoydi. Mingboshi ham tinchib qolganday boldi.
Zebining kipriklari endi bir-biriga tekkanda mingboshi birdaniga dahshatli bir tovush chiqardi. ornidan turib, kamarlarini, tonlarini apil-tapil yechishga boshladi. Zebi butun bu harakatlarni boyagi singari mastlik asarlari deb oyladi. Uning kamar va tonlarini bir-bir olib qoziqqa ildi, ikkalasi uchun solingan joyini tuzatdi, erini sekingina olib borib yotqizmoqchi bolardi...
Mingboshining kozlari chanogidan chiqib keta boshladi. U endi koylaklarini yirtib koksini, tomoqlarini timtalay boshladi... Bor kuchi bilan zor berib nafas olishga tirishardi. Songra buzuq ovoz bilan zorga-zorga:  Bogma, bogma meni!  deb qichqirardi.
Bir-ikkita qadam bosib devordagi javonga suyandi, bir nafas tinch qolgach, yana bogziga qol uzatib etlarini chozdi. Koksiga mushtladi. Undan keyin bir qolini yuqoriga kotarib boshiga qoydi. Kozida ikki-uch tomchi yirik-yirik yosh koringan edi. Galati, yuvosh, muloyim, beozor va ayanch nazar bilan Zebiga qaradi va ikkala qolini qoyib yuborib, boshini bir tomonga shilq etib tashladi-da, ozi ham devorga suykana-suykana sekingina yerga otirdi, bir na- fas otirgandan keyin bir tarafga qiyshayib ohistagina yonginasiga yiqildi va shu boyicha qimirlamay qoldi...
Nafasi ichiga tushgani holda devorga orqasini berib butun bu fojeani kuza- tayotgan Zebi bolgan ishni angladimi, yoqmi, harholda, qish kunida, yugurgani- cha koylakchan tashqariga chiqdi va ixtiyorsiz faryod soldi.
Kundoshlari ham birin-birin uygonib chiqdilar va mingboshining keng ich- karisida azonga yaqin tort xotinning azani bildirgan yigi ovozi kotarildi.
Ular orasida oq otib moljaliga tegizolmagan Poshshaxon ham bor edi...

Savol va topshiriqlar
1.	Zebi timsoliga tavsif bering.
2.	Zebining Akbaraliga konikishi sababini izohlang.
3.	Poshshaxonning qotillikka qol urishi asarda yetarli dalillanganmi? Fikringizni asar matniga tayanib asoslang.
4.	Noibning "Soddasan, Akbarali. Podsholik hammavaqt yurtning obroylik odamlarini himoya qiladi. Obroy davlat bilan topiladi, muni bilasan. Undan keyin, qishloq, odamlarining shunaqa ozboshimcha harakatlariga yol qoyib bersak, oz vaqt ichida qishloqdan qol yuvishimiz kerak boladi. Sen xomsan siyosatga..." deb aytgan sozlariga munosabat bildiring. Unda istilochilarning olkada yuritgan siyosati togrisida fikr yuriting.
5.	Noib tora va uning xotini sizda qanday taassurot qoldirdi? Ularning asl maqsadi nima edi?
6.	Akbarali mingboshi togrisidagi mulohazalaringizni bildiring.
7.	Zebiga zahar bergan Poshshaxon ruhiyatida kechgan jarayonlar tasviriga toxtaling.
* * *
Akbarali mingboshi zaharlanib olgach, chor hukumati ma'murlari "tort chaqaga arzimagan bu qurboni zpmonni" yangi fath etilgan "vahshiy" xalq orasidan yetishgan ziyrak, yetuk, toj-u taxtga sadoqatli siyosat arbobi sifatida korsatmoq istaydilar. Bunga zor siyosiy tus berib, boshqalarga dars bolishi uchun qotilni topib jazolashga bel boglaydilar. Bu jazo mashinasiga hech gunohsiz Zebi aybdor sifatida robaro boladi.
Sud majlisi boladigan keng zalda shamollar uchib, oynardi. Qator-qator chizilgan Yena kursilari haftalik uyqularidan hali ham uygonmagan edilar. Eng oldingi qatorda hokim, noyib, garnizon boshligi, politsiya boshligi, pop; uchinchi qatordagi eng chekka kursida oppoq va zor sallali chol  jom'e masjidning ingichka ovozli imomi otirardi. Bir tomonda zakunchi, bir to-monda tilmoch: boshqa hech kim yoq.
Zebi ikki konvoyning yalangoch qilichi ortasida zalga kirib keldi; ustida qora barqut paranji, qora chimmat, oyogida qora amirkon mahsi-kavush bilan sud qarshisiga kelib toxtadi. Bu omonsiz suddan va bu yaltiragan yalangoch qilichlardan kora uning osha qora qiyofasi qorqinch edi; orta asrlardagi Ispaniya inkvizitsiya mahkamalarining qora aboli va sirli kardinallariga oxshardi... Pop qaradi, boshini chayqadi: domla qaradi, "astofurullo" oqib, soqolini silkitdi.
	Sud raisi nihoyat tilmochga yuzlandi:
	Aytingiz, aybdor yuzini ochsin.
	Tilmoch bu buyruqni Zebiga tushuntirib berdi.
	Yoy ola qolay! Shuncha nomahramning oldida yuzimni ochamanmi? Undan kora olganim yaxshi emasmi?
	Bu soz tarjima qilib berilgach, pastdagilarning deyarli hammasi, sud hayatidan bir necha kishi yengilgina kulib oldilar. Ulardan ikki kishi ayrildi: birinchisi  nihoyatda semiz va yogon gavdali garnizon boshligi; bu odam to- vuqning qa-qalashiga yaqin bir tovush bilan ovozi boricha va birdaniga qah-qah soldi. Hanima unga tomon ogirildi. Sud raisi chinqiroq chaldi. Garnizon boshligi yonidagi romolchasini olib, yuz-kozlarini arta boshladi... Ikkinchisi  imom- domla; bu kishi ozlarining ingichka, xushtak singari ovozlari bilan ixtiyorsiz: "mashaollo!" deb yubordilar. Hanima u kishiga tomon evrilgach, qip-qizarib va ham... qorqib, boshlarini quyi soldilar.
	Siz bu ayolga tushuntirib aytingiz; yuzini ochmasa bolmaydi. Sudning qoidasi shu. Paranji ostida aybdordan boshqa kishining hozir bolishiga yol qoymaslik uchun biz uning yuzini ochdirishga majburmiz. Aytingiz, qarshilikdan foyda yoq!
Zebi xuddi oyinda sherigiga achchiq qilgan boladay teskari burilib oldi. U indamay turganligidan sud raisi yana soz oldi:
	Yaxshilab tushuntiringiz, yuzini ochmasa, sud majlisini olib borolmayman.
	Olib bormasa mayliga... dedi Zebi. Bilganini qilsin!
Tilmoch ozi kulib, qip-qizarib turib, tarjima qildi.
Sud raisi ovozini kotara tushdi:
	Harbiy sud masxarami bu kishiga? Aytingiz, yaxshilik bilan ochsinlar. Bolmasa, kuch bilan ochdiramiz?
	Voy shorim! Shuncha erkak otirsa-ya! olganim ming marta yaxshiroq!
Songra ovozini pasaytiribroq tirkadi:
Otamning piriday kap-katta sallalik domla otiribdilar. Qanday yuzim bilan qarayman?..
Sud raisi endi bu safar muloyim gapirdi:
	Aytingiz, sud tomonga qarab, domlaga orqasini ogirib tursin!
Zebi yana indamadi. Domla otirgan joyidan bir oz kotarila tushib.
	Heehqisi yoq, qizim! dedi. Men qaramayman!
	Mana bular-chi? dedi Zebi, sud hayatini korsatdi.
Endi bu safar domla ornidan turib, tilmochga yuzlandi.
	Eshoni mirzo! Menga ijozat berilsa, shu ayolga ikki ogiz nasihat qilsam.
	Marhamat, taqsir!
Domla Zebining yoniga borib, nasihatga boshladi. Zebi borgan sari susayib bolsa-da, domlaning har bir soziga javob qaytarardi. Oxirida domla oz dindosh- lari ortasida mashhur bolgan bir e'tiqod masalasini ochdi:
	Kofir bilan itning farqi yoq. Itdan qochmaysizmi? Shunday bolsa, kofir- dan ham qochmasangiz boladi. Bu joiz?
Domla shunday joyda bu xil gaplarni gapirishdan juda 