jbur edim.
	Margilonga endi qachon borasan?
Otabek oylanib qoldi. Chunki bu "qachon borish" masalasini yaxshilab yeshmak kerak edi va uni yeshmak ham qiyin edi. Uzoq oylagandan keyin:
	Ma'lum emas,  dedi.
Garchi, bekning yuragi hozir bolsa ham Margilonga qarab uchishka tayyor edi. Biroq uning yuragidan ham kuchlik bolgan yana bir narsa bu "borish" masalasini chuvaltirib "ma'lum emas" bir holga qoygan edi.
	Qayin otang kelin bolani olib shu hafta ichi yolga chiqmoqchi ekan,  dedi hoji,  tarixiga qaraganda xatning yozilganiga on kunlab bor, ehtimolki, erta-indin kelib qolsalar. Tordagi uyni boshatdirib, polos yozish kerak edi...
U1 bu gapni eshitar ekan, borliq-yoqliq  ishqilib, allaqandog qiziq bir holat kechirdi. Issig bir narsa badaniga tegib ketgandek, hurkinib qoydi va "nihoyat endimi?" degandek entikdi. Koz ongidan biravning surati otib sar- xushlandi va til bilan onglatib bolmasliq bir soginish chidamsizligi ichida bu ivir-jivir holatdan gangib koz ochdi. Koz ochdi, biroq oziga "nima deysan" deb qarab turguchi otasiga muvofiq bir javob berishni bilmadi. Yusufbek hoji esa oglining bu sustlikka oxshab koringan holini yomonga yoydi. Margilon degan shahardan katta ozini kichik olib qizi ila kelayotgan Mirzakarim akaga oglining xorliq keltirishidan chochidi. Shunga binoan Otabekni epaqaga olish uchun unga kulki tuyulgan bir qancha nasihatlarni chizdi:
	oglim,  dedi,  siylaganni siylash kerak, endi senga qadrsizlangan bolsalar, animo bizning qoshimizda ularning qadr-qiymatlari yuqori, qutidor bolsa koz ochib korgan qudamiz, xotining bolsa bosh kelinimiz. Agar sen meni otam deydirgan bolsang, shularning konglini olmoqqa tirish. Qayin otangdan meni quvladi, deb kongling olinmasin, chunki u bechora ham bir shaytonning vasvasasi bilan bu xatoga tushgan. Har holda hurmatlarini bajo keltir, Margilon degan shahardan sening yuzingni, deb keladirlar.
Otasining bu sozlari uning istiqboli uchun yaxshi tanunotlar berar, goyo maj- buriyat ostida ota nasihatini quloqga oladirgandek boyin egib olturar edi.
	Agar ularning kelish kunlarini aniq bilsak,  dedi hoji,  sen yoldan qarshilab kirar eding.
Otabek javob bermadi.
 Har holda ottasi  kun moljal, sen chiqmasang ham Hasanali chiqsin yolga.
	Mayli, chiqsin,  dedi Otabek.
MAKTUB
Hoji shu javobdan keyin oglidan bir daraja qanoatlandi va choyga fotiha oqub, ornidan turar chogida yonidan bir xat chiqarib uzatdi:
	Xatning ichidan chiqdi. Kelindan senga bolsa kerak,  dedi.
Otabek maktubni olib otasining ketishini kutib qoldi. Xat sakkiz buklanib, qizil ipak bilan bir-ikki yeridan chatilgan va Otabekka atalgan edi. Otasining uzoqlashishini kutar ekan, yuragi yomonlagan otdek tipirchilar edi. Tikilgan ipaklarni sokdi va maktubni ochib och kozini ishka qoydi:
" Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidin, Majnun ishqida yiglagan Layli oti- dan sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan hadd-u hisobsiz gunoh, sizdankechirish. otgan ishga salovot. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish manim uchun osha kunlarni qaytadan boshdan kechirish- lik singari, ul kunlarni siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun sozimni ozimning oxirgi, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman.
Siz  qochqoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozgandek bolib qochqansiz, ikki yil boyi Margilon kelib yurishlaringizni men ozimcha yesh- dim, lekin topib yeshdim: sizning barcha mashaqqatlaringiz  dushmanla- ringizdan och olish uchun boIgonini ongladim. Yoqsa, meni korar edingiz, korgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni korar edilar, toyar edilar... Men kabi baxtsiz, men kabi govgasi kob sizni zeriktirib, jondan toydirgan bolsa, ajab emaski, qocha boshlagansiz... Qochsangiz qochib koringiz, ammo men bu kundan boshlab birovlarni quvishqa bel bogladim: otam bilan onam rafoqatlari- da  xizmatingizga-choriligingizga erta-indin yuraman, suyganingiz kundashim oldida qadru-qiymatimning nima bolishini ham bilaman... Siz olijanobsiz: eski qadrdonliq xurmatiga kongil uchun kulib boqarsiz. Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas'uda qilarsiz, ammo... suyganingiz  kenjangizning jekirishlaridan, qarganishlaridan behad qorqaman, ozimda yoq qorqaman. Shu yaqin oradagi uning bilan boladirgan mas'ud daqiqalaringizda xudo yoliga va'da olingiz-meni ogritmasin, raqibam keldi deb oylamasin. Nihoyati maqsadim ikki dostka bir chorilik va shu munosabat bilan birovlarni korib yurish...
Xatim oxirida shuni ham aytib qoyay: och qaytib, men ham kochadan hay- dalmasam edi, degan havf hamisha konglimda. Agar Xudo yarlaqab eshikingizda orinlashib olsam, uyogini ozim bilar edim...
Erta-indin kozimga yol korinur,
Yo 7 bosishliq ko 'ngilga bir umr ko 'rinur...
3-nchi hamal, Margilon Kumushingiz yozdim"
Otabek Kumush aytgandek kundash, ya'ni Zaynabdan uncha qorqmasa ham, animo dardning eng da'vosizi bolgan onasi togrisida yuragi titrardi. Umrining eng qiymatlik kunlarini ogulagan, ikki yil boyi daVosiz dardga mubtalo qilgan, yaramas va ishonchsiz yollarda sanqishiga sabab bolgan oz onasi emasmidi? Ya raqiblarga, dushmanlarga yol ochib bergan shu onaning orzusi emasmidi?
Butun shaharni algoq-dalgoq qilib kohlik qiz qidirgan, nihoyat chiroyli- likda tanho, aqllilikda yakto topib, toylar, tomoshalar, orzu va xavaslar bilan ogliga: "Xotin bu bolibdir!" degan iftixor va magruriyat ila taqdim qilgan suyukli kelini ustiga goyo ochakishgandek keladirgan Margilon parisiga nima va qanday muomala qilar edi.
Kumush kundashining jerkirishidangina chochigan holsa, Otabek bu chochishni ozining kolagasida qoldiraturgan onasi togrisida tamom aqlini yoqotib qoydi.

Savol va topshiriqlar
1.	Otabekning otasiga sovuq muomalasi sababini izohlang.
2.	Yusufbek hoji aytgan gaplarga tayanib, uning shaxsiga tavsif bering.
3.	Romanda Turkistonning ayanchli ahvoli qanday aks ettirilganini izohlang.
4.	Yurtimizdan otgan daholarga Yusufbek hoji munosabati ifodasiga toxtaling.
5.	Otabekning: "men bu jonivorliqni xoh-noxoh ishlashka majbur boldim" tar zidagi iqrorini tushuntiring.
6.	Ota bolaning savol javobiga asoslanib, ularning shaxslarini tavsiflang. 
7.	Otabekning "...natijani tezroq eshitib olish uchun uning yuragi qaynagan oshdek shopirilar edi" holati sababini toping.
8.	Kumushning maktubiga tayanib, uning shaxsiyatiga xos xususiyatlarni korsating.

"OTKAN KUNLAR" ROMANI ToGRISIDA
"otkan kunlar" Abdulla Qodiriyning bosh asaridir. Yozuvchi asar mav- zusini bekorga otgan kunlardan olmagan. Chunki buguni mustahkam, ertasi poydor bolishini istagan har bir xalq otmishini yaxshi bilishi kerak. Adib millat tarixining "eng kirlik, qora kunlari"ni tasvirlash asnosida xalqning asl manaviy qiyofasini korsatib berishga harakat qiladi. Yozuvchi asarda tarixning eng chir- kin paytlarida ham millat hayotida yuksak ma'naviyatli yorqin shaxslar va yorug jihatlar bolganligini aks ettiradi. Lekin u romanda xalq va uning otmishini quruq uluglash yolidan bormaydi. Balki millat tabiatidagi qoloqlik va tanaz- zulga sabab bolgan illatlarni ham shafqatsiz xolislik bilan korsatib beradi. Millat ozining yuksak va tuban jihatlari bilan tola aks ettirilgani uchun ham asar xalq orasida keng tarqalib ketdi.
oz davrida "otkan kunlar" romanini oqish uchun navbat kutib turganlarning sanogiga yetib bolmas, asarni tola yodlab olgan kitobxonlar ham bor edi.
Asarda xalqning baxtsizligi, millat rahnamolarining kaltabinligi, hukm- dorlarning ma'rifatsizligi, ommaning johilligi singari holatlar bot-bot tilga olin- gan. Romanning bosh qahramonlari novdaligidayoq xazon etilgan, asar ulkan fojia bilan tugagan bolsa-da, unda qandaydir bir yorug ruh hukmronlik qiladi.
Kitobxon gam botqogiga botib ketmaydi. Chunki adib odamlarimiz, xalqimiz tiynatidagi nurli jihatlarni sezgirlik bilan ilgab olib, tasvirlay biladi. Shu bois barcha umidlari kesilgan taqdirlar tasviri bilan tanishgan kishida ham umidsizlik kayfiyati paydo bolmaydi.
Chinakam iste'dod xususiy holat misolida hodisaga tegishli umumiy belgi- larni kora olish qudratiga ega boladi. "otkan kunlar"da Qodiriy iste'dodining shu jihatlari namoyon bolgan.
ozbek xalqining gozal odobi, cheksiz andishasi, katta-kichik, uzoq-yaqin kishilarning ozaro muomala-munosabatlaridagi yuksak madaniyat, millat tur- mush yosinidagi oxshashi yoq tartiblar yozuvchining sanatkorligi tufayli jonli baduy lavhalarda shu qadar mahorat bilan korsatilganki, oquvchi bu xilda- gi tirikchilik yorigiga ega xalq va uning yetuk vakillarini yaxshi korib qo- ladi. Qizigi shundaki, yozuvchi biror orinda bolsin xalqni maqtamaydi, atay uning fazilatlarini korsatishga urinmaydi, tashviq qilmaydi. Lekin qahramon- lar tutumini shunday tasvirlaydi, odamlarning ozaro munosabatlarini shunday korsatadiki, ozbeklar haqida ijobiy fikrga oz-ozidan kelinaveradi. Bu jihatdan, ayniqsa, Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Alim, Hasanali, Mirzakarim qutidor, Oftob oyim, Normuhammad singari personajlar tasviri xarakterlidir. Asarda bu timsollarning taqdir sinovlaridan otishdagi sifatlarini tasvirlash asnosida xalq- ning fazilatlari namoyon qilingan.
Nazariy ma'lumot
BADIIY ASARDA MILLIY RUH IFODASI
Bu dunyoda odamlar millatlarga bolinib yashashadi. Har bir millat oz makonida oziga xos tartibga amal qilib yashagani uchun boshqa millatlardan qaysidir bir jihatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, har bir odam, katta-ki- chikligidan qat'iy nazar, bolaligidan ozining biror millatga tegishli ekanligini bilib osadi. Oila va maktabdagi tarbiya tufayli odamda: "Men  ozbekman" yoki "Men  qozoqman",  degan tuygu boladi. Xuddi shu tuygu milliy ruh- dir. Millatning oziga xosligini tayin etadigan eng katta va asosiy belgi esa tildir. Tilini unutgan odamda millat tuygusi bolmaydi.
Milliylik  tashqi belgi emas. I ichki holatdir. Biror millatning vakili ozining qaysi millatga mansubligini bilsa va shu bilan faxrlansa, unda millat tuygusi shakllangan boladi. Kimki bunga befarq qarasa, uning tashqi korinishi, kiyimi, qosh-u kozi, hujjatiga nima deb yozilganidan qat'iy nazar milliy tuygudan mahrum kishidir. Millatini tanimaslik va u bilan faxrlanmaslik ulkan baxtsiz- likdir. Bu ota-onadan yuz ogirishga oxshaydi.
Ota-onani tanlab bolmaganidek, millatni ham tanlamaydilar. Uni boricha qabul qilish, avaylash, uning har jihatdan yuksalishiga hissa qoshish lozim. Ayni shu holatlarning baduy adabiyotda aks etishi baduy asarning milliyligi boladi. Adabiyotda milliylik bu  asarda xalq, millat turmushi manzaralarini, milliy urf-odatlarni, millat vakillariga xos xususiyatlarni korsatishdangina iborat emas. Biror asl baduy asar ozbek tilida yaratilganining ozi bilan milliydir. Agar unda faqat til emas, balki qahramonlarning tabiatini tasvirlash yosini ham ozbekcha bolsa, u chinakam milliy asardir.
"otkan kunlar" romani milliy ruh juda bortiq aks etganligi bilan ajra- lib turadi. Otabekning ota-onasi bilan, qutidor va Oftob oyimlarning qudalari hamda kuyovlari bilan munosabatlari tasvirlangan orinlarda faqat ozbekkagina xos fikrlash va tasirlanish yosini juda gozal korsatilgan. Romanda milliy ruh- ning ifodasi milliy urf-odatlar aks etgan manzaralar tasviridagina emas, balki qahramonlarning sezimlari, oy-xayollari aks ettirilgan orinlarda ham bor boyi bilan namoyon bolgan. Otabek oziga mutlaqo yoqmaydigan qaror qabul qilgan onasiga qopollik qilmaydi, yuziga tik qaramaydi. Shuningdek, ogil biror orinda ozining Kumushni yaxshi korishini ota-onasiga ochiq aytmaydi. Otabek bunday harakatlardan andisha qiladi, oziga nomunosib hisoblaydi.
Kumush Otabekni nikoh kechasida korganda "Siz oshami?" deb entikkani- da, er-xotin uzoq judolikdan keyin diydor korishgach, Kumush "Siz qochoqsiz" deb Otabekning yuziga sekingina shappatilab, erkalaganida milliy ruh yorqin namoyon boladi.
Asarning milliyligi odamdagi ayni shunday nozik, kozga tashlanavermay- digan jihatlarni topib tasvirlashda namoyon boladi. Milliy ruh yaqqol aks etgan asarlarda personajlarning xatti-harakatlari, oylari, sezimlari faqat muayyan mil- lat vakiliga mansub ekanligi oz-ozidan anglashilib turadi.
CHoLPON
(18971938)
Hayot va ijod yoli. Shoir, dramaturg, uosir  Abdulhamid Sulaymon ogli Cholpon 1897- yili Andijonda tugildi. Professor Naim Karimov, ayrim xotiralarga tayanib, Cholponni 1898- yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Otasi Sulaymonqul Muhammad Yunus ogli ma'rifatll, bilimli ziyolilardan bolib, asli savdo bilan shugullansa-da, sheVlar ham yozib turgan. Onasi Oyshabibi maxsus tahsil kormagan, ammo kongli ochiq, suhbati yoqimli, ertag-u qoshiqlarni kop biladigan ayol bolgan.
Cholpon dastlabki ta'limni oz mahallasidagi maktabda olib. saboq- doshlaridan otkir xotirasi bilan ajralib turgan. U qisqa fursatda savod chiqarib, Quroni Karimni yod oladi. Zamon talabiga kora, oglining rus tili va mada- niyatidan ham xabardor bolishini istagan otasi Abdulhamidni Andijondagi rus-tuzem maktabiga oqishga bergan. Bolajak shoirga rus-tuzem maktabida Botish(Garb) adabiyoti bilan tanishish imkoni tugildi. Bu maktab saboqlari bit- gach, mulla Sulaymonqul iste'dodli oglini madrasaga topshirib, yetuk mudarris qilmoqchi boldi. Abdulhamid madrasada fors va arab tillarini organgan. Lekin bu davrda buyuk boshqird olimi Zaki Validiy va yosh ozbek adibi Fitrat asarlari tasirida turkchilik goyalari, jadid qarashlari bilan tanishgan Cholpon mudar- ris emas, "ozbek milliy yozuvchisi" bolishga ahd qiladi. LTydagilardan ruxsat olmay, Toshkentga ketib, ijod bilan shugullanadi. I turk, rus, fors tillari vosita- sida dunyo adabiyoti durdonalarini oqidi.
Bolaligidan sherlar yozib yurgan Cholpon oz yozmalarini "Sadoyi Turkiston", "Sadoyi Fargona", "Turkiston viloyati gazeti" kabi nashrlarda "Qalandar", "Mirza qalandar", "Q.", "Andijonlik", "Cholpon" taxalluslari bilan chop ettirgan. Keyinchalik "Cholpon" uning asosiy taxallusiga aylanib qoldi. 1914- yilning 18- aprelida "Sadoyi Turkiston" gazetasida Cholponning "Turkistonli qarindoshlarimizga" degan she'ri bosildi. Oradan on bir kun otib, shu yerda uning "Qurboni jaholat" hikoyasi chop etildi. Shu yili yosh qalamkash oz ijodining mohiyatini ifodalab bergan "Adabiyot nadur?" maqolasini e'lon qil- di. Sal otib, "Doxtur Muhammadiyor" hikoyasi bosildi. Xullas, qisqa fursatda Cholpon yangi adabiyotning yorqin yulduzi sifatida tanildi.
Aziz oquvchi! Cholpon deyarli sizning yoshingizda yozgan "Adabiyot na- dur?" maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqida adabiyotning orni haqida ota jiddiy oylaydigan bilimdon ospirin ekanligini namoyon etadi. Uning: "Ha, toxtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bolsa, maishat yolida har xil qora kirlar birlan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa, millat yashar",  degan sozlari uning qanchalik katta aql va ulkan bilim egasi ekanligini korsatadi.
Cholpon adabiyotni tashviqot quroli, ma'rifat tarqatish vositasi, aqlni ostirish yoligina deb bilmaydi. Baduy adabiyot kishining ongigagina emas, balki tuygulariga ham ta'sir qilishi, uni muvozanatdan chiqarishi, hislarini junbushga keltirishi lozimligini hisobga oladi: "Adabiyot chin ma'nosi ila olgan, songan, ...ochgan, majruh, yarador kongilga ruh bermak uchun, faqat vu- judimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydur- gan, otkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma'rifat suvi, ...chang va tuproqlar tolgan kozlarimizni artub, tozalaydurgan buloq suvi bolganlikdan bizga goyat kerakdur". Bu sozlar hali ospirin Cholponning naqadar uzoqni kora oladi- gan, kop oqigan, masala mohiyatiga chuqur kira biladigan kishi ekanligini anglatadi.
Rossiyadagi siyosiy tontarishlar davrida u bir muddat Orenburgda yashab, boshqird hukumati mahkamasida kotib lavozimida ishladi. Song Toshkentga qaytib, 1920- yilga qadar TurkROSTA  muxbiri boldi.
Bu yillar ziyolilar uchun oz yolini izlash davri edi. Cholpon ham Fitrat boshchiligidagi "Chigatoy gurungi" togaragi majlislarida qatnashib, millat va vatanga yaxshiroq xizmat qilish yollarini izladi.
1920- yili Bokuda otkazilgan Sharq xalqlarining qurultoyi Cholpon qarashlarining rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. U aynan shu yerda vatan ravnaqiga jon tikkan millatchi shoirlik yolini qat'iy tanlab oldi.
Orni kelganda aytish kerakki, "millatchi" sozi, turkiy tillarda oz mil- latini sevgan, butun harakatini uni yuksaltirishga qaratgan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Shoro zamonida uning ma'nosi atay "boshqa millat vakillarini yo- 111011 koradigan kishi" tarzida buzib talqin etildi. Ayniqsa bu soz Cholponga nisbatan xuddi tamgadek yopishtirildi. Aslida tugilib osgan yurtini, yonma-yon osib ulgaygan vatandoshlarini sevgan, ular taqdiriga befarq qaramagan Cholpon bunday noorin kamsitishlardan juda yuksak edi.
Cholpon ozga millatlarga, zinhor, yomon nazar bilan qaramagan. Faqat u ozbeklarni ham dunyoning baxtli xalqlari qatorida korishni istagan. Istaganda ham astoydil, jon kuydirib, hayotini baxshida qilib...
Bokudan qaytgach, Cholpon Fitratning taklifiga kora Buxoroga bordi va 19211922- yillarda ozbek tilidagi "Buxoro axbori" gazetasini boshqardi. Bu davrda gazeta ozbek tilini rasmiy til sifatida yoyish, buxorolik mehnatkashlarni siyosiy hayotga jalb etish, adabiyot va sanatni rivojlantirish boyteha yetakchi nashr mavqeiga erishdi.
1922-yilda shoir Toshkentga qaytib keladi. U "Inqilob" jurnali bilan ham- korlik qiladi, endigina dunyoga kelayotgan ozbek professional teatrini shakllanti- rish, uni baduy barkamol asarlar bilan ta'minlashda ishtirok etadi.
1923-yilda Cholpon Andijonda yangi chiqa boshlagan "Darxon" gazetasiga ishga yuboriladi. Bir yildan song gazeta yopilgach, u Toshkentga qaytib keladi. Shu vaqtda milliy professional teatrni shakllantirish uchun yigirma tort nafar iste'dodli ozbek yoshlari Moskvaga oqishga yuboriladi. Rus tili va adabiyotini chuqur biladigan Cholpon 1924- yilda Moskvaga ketadi va shu dramstudiyada tarjimon va dramaturg bolib ishlaydi. "Milliy uygonish davri ozbek adabiyoti" darsligida B.Qosimov tomonidan Z. Yalidiynining "Bugungi turk eli va uning yaqin tarixi" kitobiga tayanib bergan ma'lumotlarga qaraganda, Cholpon bu yillarda V. Bryusov nomidagi adabiyot institutda saboq olgan . Moskva adabiy muhiti Cholponga jiddiy tasir qiladi. U eng keyingi estetik yangiliklardan bevo- sita xabardor boladi. Rus ijodkorlari bilan yaqinlashadi.
20- yillar Cholpon uchun samarali ijod davri boldi. 20- yillarning bi- rinchi yarmida Turkistonda chiqib turgan deyarli barcha gazeta-jurnallarda Cholpon she'rlari bosilar va ular turkistonliklarni ozlarini anglashga undardi. Uning sherlari "ozbek yosh shoirlari" (1923), "Gozal yozgichlar" (1925), "Adabiyot parchalari" (1926) singari toplam va majmualardan orin olgan, mak- tablarga kirib borgan edi. Shu yillarda uning "Uygonish" (1922), "Buloqlar" (1923), "Tong sirlari" (1926) singari she'riy toplamlari bosildi. Uning adabiyot- shunoslik, publitsistika borasidagi ishlari ham juda kop edi. Bu yillarda Cholpon "Yorqinoy" (1921), "Halil farang" (1921), "Chorining isyoni" (1926), "Yana uylanaman" (1926), "ortoq Qarshiboyev" (1928), "Hujum" (1928) singari asarlar yaratib, milliy dramaturgiyani rivojlantirdi.
1926- yilda Toshkentga qaytgan Cholpon shoro hukumati yuvindixorlari bolgan iste'dodsiz kimsalarning qattiq hujumiga duch keldi. Uni "millatchi va badbin shoir",  deya aybsitdilar. Respublika matbuotida Cholpon ijodi boyicha ur-surdan iborat munozara bolib otdi. Baduy soz manosini teran anglaydigan Qodiriy, Fitrat singari adiblar shoirni turli yosinda qollaganliklariga, Oybek singari yosh talantlar Cholpon ijodiga yondashishning soglom yollarini taklif etganliklariga qaramay, shoir kommunistik mafkura yugurdaklari tomonidan ur kaltak qilindi. Nihoyat, madaniyat xodimlarining 1927- yilning oktabrida bolib otgan II qurultoyida Cholpon ijodi "...goyaviy tuturuqsiz" ekanligi Akmal Ikromov tomonidan ta'kidlangach, shoir deyarli yakkalanib qoladi.
Otgan asrning 30- yillariga kelib, Cholponga nisbatan siyosiy-mafkuraviy zugum yanada kuchaydi. Natijada, shoir 1932- yilda Moskvaga kochib ketadi. U yerda Gogolning "Tergovchi", I. Frankoning "Feruza", Andreevning "Osilgan yetti kishining hikoyasi" asarlarini ozbekchalashtiradi. 1935- yilgacha u yerda yashab, yana Toshkentga qaytib keladi va teatrda adabiy emakdosh bolib ish- laydi. Bu yillarda unga qaratilgan hujumlar yanada zoraydi, adib asarlari ozbek matbuotida bosilmay qoyiladi.
Shundan song u, koproq baduy tarjima bilan shugullanadi. Shekspirning "Hamlet", Pushkinning "Boris Godunov", "Dubrovskiy", Gorkiyning "Ona" sin- gari asarlarni rus tilidan ozbekchaga agdaradi. Shu tahlikali yillarda Cholpon "Kecha va kunduz" romani, "Soz" she'rlar toplamini yaratadi.
Millat baxti uchun jonini tikkan jasur inson, buyuk iste'dod egasi bolgan adib 1937- yilning 14- iyulida qamoqqa olinadi. Davrining bir guruh asl farzand- lari qatori 1938- yilning 4- oktabrida otib tashlanadi.
SHE'RLAR QALANDAR ISHQI
Muhabbatning saroyi keng ekan, yolni yoqotdim-ku, 
Asrlik tosh yanglig bu xatarlik yolda qotdim-ku.
Karashma dengizin kordim, na nozlik tolqini bordir, 
Halokat bolgusin bilmay qulochni katta otdim-ku.
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo dostlar, 
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.
Uning gulzorida bulbul oqib qon ayladi bagrim, 
Kozimdan yoshni jo  aylab alamlar ichra botdim-ku.
Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni 
Yana kulbamga qaygular, alamlar birla qaytdim-ku.
Muhabbat osmonida gozal Cholpon edim, dostlar, 
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
Boku, 1920- y.
Savol va topshiriqlar
1.	Muhabbatning keng saroyida yolini yoqotgan oshiq holati ifodasini sharhlang. 
2.	Karashma dengizining nozli tolqinlari sari oylunuiy quloch otgan oshiq tuygularini anglatishga urining.
3.	She'rning uchinchi baytidagi "u" va "bu" dunyolar ma'nosini izohlang.
4.	Songgi misra mazmunini sharhlang, "quyosh" timsoli ma'nosini topishga urining.
KoNGIL
Kongil, sen munchalar nega 
Kishanlar birla dostlashding? 
Na faryoding, na doding bor, 
Nechun sen muncha sustlashding?
Haqorat dilni ogritmas, 
Tubanlik mangu ketmasmi? 
Kishanlar parchalanmasmi ? 
Qilichlar endi sinmasmi?
Tiriksan, olmagansan, 
Sen-da odam, sen-da insonsen, 
Kishan kiyma, boyin egnia, 
Ki, sen ham hur tugilgansan!
Toshkent, 1922- y.
Savol va topshiriqlar
1.	Kongilning kishanlar bilan dostlashishi sizningcha nimani anglatadi? 
2.	Kongilga qarata: "Na faryoding, na doding bor",  deyilishi sababini tushuntiring.
3.	Cholpon zulm zoravonlikning omonatligini qanday tasvir etgan? 
4.	Kongilga atalgan she'rda: "Sen-da odam, sen-da insonsen deyilishini izohlang. 
5.	Sherni yod oling.
KISHAN
Kishan, gavdamdagi izlar bukun ham bitgani yoqdir! 
Temir barmoqlaringning dogi butkul ketgani yoqdir!
Na mudhish, na sovuq-manxus , na qizganmas quchoging bor! 
Bashar tarixining har sahfasida  qonli doging bor!
Yumilmas kozlaringning har biri bir elni qahr aylar, 
Faqat bir borligingdirkim, butun borliqni zahr aylar!
Qulf bilan sening erkingda kop yillar qolib ketdim... 
Faqat har tebranishdan qutulishlikni umid etdim.
Kishan, gavdamdagi doging hanuz ham bitgani yoqdir. 
Faqat butkul qutulmoqqa umidim endi ortiqdir!..
Toshkent, 1922- y.
Savol va topshiriqlar
1.	She'r qanday kishanga qaratilgan deb oylaysiz?
2.	Shoirning: "Bashar tarixining har sahfasida qonli doging bor!" ta'kidini izohlang.
3.	Sherdagi: "Yumilmas kozlaringning har biri bir elni qahr aylar" misrasi ma'nosini toping va baduy vazifasini tushuntiring.
4.	Shoirning: "Faqat bir borligingdirkim, butun borliqni zahr aylar!" tarzidagi yozgirishi sababini izohlang.
5.	Gazalning songgi misrasida aks etgan ishonch sababini izohlang.
YONGIN
Talanmagan, yiqilmagan yer yoq, Goclaklar nayza boshicla...
(Xabar)
Nega menim qulogimda tun va kun Boyqushlarning shumli tovshi baqirar? 
Nega menim borligimga har oyun 
Va har kulgi ogu separ, ot qoyar?
Konglim kabi yiqiq  uylar, qishloqlar, Boyqushlarga buzuq koksin ochganmi? 
Ota-ona, tanish-bilish, ortoqlar 
Yurtni tashlab, tog va toshga qochganmi?
Shunday katta bir olkada yonmagan, 
Yiqilmagan, talanmagan uy yoqmi? 
Bir koz yoqmi qonli yoshi tommagan, 
Butun kongil umidsizmi, siniqmi?
Podalarning yaylovida borilar 
Qonga toygach, uvlaylarmi koplashib, Yiqiqlardan2 oliklarni toplashib, 
Otmi qoyar alvastilar, parilar?
Tabiatning butun yomon tomoni 
Shu olkaga faqat jilva qildimi? Mominlarning oq vijdoni, imoni 
Sham songanday tinsizgina sondimi?
Qilichlarning tillarida qizil qon, 
Buloqlarning suvi yanglig toshdimi? 
Yalang bola, yalang godak ma'sum jon Nayzalarning boshlaridan oshdimi?
Keng yaylovga otmi ketdi, yondimi? 
"Madaniyat" istagiga qondimi?
1921- y.
Savol va topshiriqlar
1.	"Konglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar, Boyqushlarga buzuq koksin ochgan- mi?" misralarini sharhlang.
2.	"Butun kongil umidsizmi, siniqmi?" satridagi "butun kongil"ning "siniq"ligi sababini izohlang.
3.	She'rning tortinchi bandida ifoda qilingan mazmun va aks etgan sezimlarni anglatishga urining. 
4.	Mominlarning vijdoni va imoni sonishi tasvirini izohlang.
5.	Godaklarning nayzadan oshirilgani tasvirining baduy tasir darajasiga toxtaling.

VIJDON ERK