y, butlari selanglab otning ostiga aymashib ketgan. Alpomish otirgan yerida siyosat bilan qaradi. Bir kam toqson alp otdan tappa- tappa tashlab, qol qovushtirib, ta'zim qildi. Aqli shoshib, dabgiridan2 adashib qoldi. Kokaldosh alp Kokdonanning ustida bir ozi qoldi.
...Qalmoqning yurtidan Barchinning poygasiga tort yuz toqson toqqiz ot boldi. Boychibor bilan toppa-togri besh yuz boldi. Poygachilar har kuniga ot sovutib, yolgon poyga qoyib keladi. Boychibor otlarning changini ham kormay qoladi. "oyinda ozgan, chinda ozadi",  degan gap bor. Hazil poygada otning changini kormay qoladi. Chin poyga bolgandan song qanday keladi?"  deb qalmoqlar bogonogi kor bolgan sinchiga izza beradi.
...Hamma poygachilar jam bolib, Alpomishning tanidan Qorajon poygaga bormoqchin boldi. ...Poygachilar yol yurdi. ...Zil togida bir aydahar boridi:
Aydaharga alp Qorajon doridi. 
Bunda yotgan aydaharni koradi, 
Ot tizginin munda tortib turadi. 
Aydahar ham Qorajonni koradi, 
Qorajonga ajdar salom beradi. 
(Shoir sozi shunday yolgon bolami? 
Aydahar odamga salom berami?) 
Ostida mingani Boychibor edi, 
Minganlarga qutbi zamon  yor edi, 
Jilovida chiltan, pirlar bor edi, 
Pirga salom bergan aydahar edi... 
...Ostidagi Chibor otin oynatib, 
Qorajon chiqdi Zil togining ustiga. 
...Qalmoqdan ilgari ketib boradi. 
Korinmaydi qalmoqlarning qorasi, 
Yaqin qoldi Boboxonning orasi.
Boboxon toqqa yetib, Qorajon otga dam berib yotdi. 
...Qalmoqlarning oldi hafta-on kun deganda Boboxon togiga yetdi. Keyini chuvalib, hali ham kela- yapti...
Kokaldosh boshliq qalmoqlar Boychiborning ildamligi va poygada yuti- shi aniqligini bilib, nomardlik yoliga kiradilar. Kimsasiz togda Qorajonni boglab tashlab, otning tuyogiga mix qoqishadi.
...Bari qalmoq bu ortaga oladi, 
Qorajon yolgiz-da nima qiladi? 
Bu qalmoqlar koplik qilib turadi, 
Qalmoq bari xasta konglin xushladi, 
Qorajonning bilagidan ushladi. 
oldirmoqqa kozi qiymay turadi. 
Necha sozni bu qalmoqlar oyladi, 
Qorajonni kulala  qip boyladi. 
Harchand chirpinib kordi Qorajon nomdor, 
Qalmoq kop-da, bololmadi barobar. 
Xazon bolsa, bogda gullar solar deb, 
Ajal yetsa, paymonasi tolar deb, 
Boshalsa, bir kuni ozi borar deb, 
Shumgut3 boldi bu juvarmak olar deb,
 Bosh bolib Kokaldosh boylab tashladi.
...Boylovli qolgandir Qorajon nomdor, 
Boychiborni ortaga oldi qalmoqlar. 
Har tarafdan unga arqon soladi, 
Boychiborni endi yiqib oladi. 
Boychiborni shunday tortib boyladi, 
Oyogidan orab, kerib tayladi. 
Ahmoq qalmoq otga zulm qiladi, 
Tuyogiga gulmixlarni uradi, 
Urgan gulmix yalpoq tizga keladi. 
Chinqirib kishnaydi boylovli Chibor, 
Siyosatman zarb korsatdi qalmoqlar.
Qorajon bilan Boychiborni shunday qilib boylab tashladi: "...boshalsa, bir kunlari boragoyar, ajali yetsa, olagoyar, ishqip, bizdan keyin qolsa bopti",  deb, poygachilar jam bolib, qator turib, poygani qoyib, jonab ketdi. Boboxon togida yolgiz qolib, Boychibor bilan Qorajon ikkovi boylovli yotib, avliyolarni shafe keltirib, bu sozni aytib yotir:
...Oblo, sendan boshqa yoqdir murabbiy. 
...Karimsan, samadsan, rasuling barhaq, 
Rahm aylab yor bolgin nochor qullara. 
...Bu sozlarni aytib yiglar Qorajon 
Boychiborman munda qolib, bul zamon. 
Armonman boylangan Boychibor edi, 
Bek Alpomish oz yurtida qol bergan 
Rajabxoja degan piri bor edi. 
Falak titrar Qorajon nolishiga, 
Banda konar Tangri qilgan ishiga. 
Boboxonda yiglab edi Qorajon, 
Rajabxoja piri yetdi qoshiga. 
Karomatman kelib xabar oladi, 
Qorajonning qolin chechib qoyadi. 
Qorajonni pir tarbiyat qiladi, 
Qorajonbek bul ornidan turadi. 
Kim chechganin ozi bilmay qoladi...
Qorajon turib, otning oyogini yechdi. Ot ornidan turdi. Eshonning ruhu- nati otning sagrisini siladi, qalmoqlarning solgan sovuni jiyirilib yerga tushdi. ...Qorajon otning ustiga mindi. Ot oyogini bosolmay turdi. ...Eshonnig ruhunati Qorajonga korinmaydi, otning toshida turib, Qorajonga bir sozni aytdi: 
Dam shu damdir, ozga damni dam dema, Boshing eson davlatingni kam dema, Jabr qilgin menday hayvon joniga, Qamchi urgin gosht kotargan soniga, Yetkizarman Boysin-qongirot xoniga, Qoldim deb, Qorajon, sira gam yema. Qorajonbek, eshit aytgan sozimdi, Egarqoshdan ushlab yumgin kozingdi, Endi bilsang, mendan xizmat lozimdi... Boychibor boradi suvday arqirab, Tuyogida tort sixi bor yarqirab. ...Koz yubortib, shunday cholga qaradi, Badbaxt cholda poygachilar boradi. Kunning ozi peshin vaqti bolganda, Poygachining qorasini oladi. ...Haqning yashiniday Chibor boradi, Qalmoqlardan tosat-tosat qoladi, Besh yuz otning biri bolib boradi. ozgan otni sanar Qorajon nomdor, Qoqib-burkib borayotir qalmoqlar. ...Necha otdan Chibor otib boradi, otgan otni sanab ketib boradi, Otlarning hisobin Qorajon oladi. Alp Qorajon otga qamchi uradi, Bir kecha-bir kunduz chopib boradi. Shunday bolib borayotir Boychibor, Tort yuz oltmish otdan ozdi jonivor. ...Shunday bolib alp Qorajon boradi, ozganin jamlab sanab koradi. Kunning ozi ayni chashka boladi, Poygachidan tort ot kam kep qoladi. ...Jonni sotib Chibor ketib boradi, Qorajonbek shunday boylab qaradi, Mildiragan bir qorani koradi, Olis yoldan otni qichab boradi. Taqimida besh yuz botmon kaltagi, Qayqayib boradi badbaxt Kokaldosh. Alp Kokaldosh shunday burilib qaradi, "Chu!" deydi Donanga qamchi uradi, Yashinday bop oqib ketib boradi. 
"Qani endi yetib ol!"  deb boradi. Shopirib irgiydi nazari Chibor, "Chu!" deb qamchi urdi Qorajon qaysar, Quvib u Donanga yetdi Boychibor. Shamolday guvullab yetib boradi, Kokdonanning sagrisidan oladi, Keyin qarab siltab otib yubordi. Ancha yolga borib tushdi Kokdonan, Qirq ming qadam otib ketdi Boychibor. Yana ham ozini ongardi Donan, Chiborning keynidan yetdi ul zamon. Qarsillatib dumgazadan oladi, Ustida Qorajon bilmay qoladi. Keyin qarab siltab otib yubordi, Ancha yolga borib tushdi Boychibor, on ming qadam otib ketdi bu tulpor. ozini ongarib Chibor keladi, Kokaldosh ilgari ketib boradi. Poyganing mazgili yaqin qoladi, Yashinday bop Chibor yetib keladi. Alp Kokaldosh juda hadik oladi, "Chu!" deydi, Donanga qamchi choladi, Ikki tulpor yol talashib boradi. ...Ikkovi barobar yolda boradi, Bir-birini musht tashlashib uradi. Biri-biroviga mushti tekkanda, Tog choqqisi qulaganday boladi. Qorajon qaytmaydi, navbat oladi. Goh yerlarda qamchilashib, savashib, Kop xarxasha qilar aqili shoshib. Bedov otlar borar yolda talashib, Borayotir bir-biriman tishlashib...
Savol va topshiriqlar
1.	"Oyharchinning Alpomishdan sovchi va xabarchi bolib kelgan Qorajonga ber gan javobini qayta oqing. Bu sozlari vositasida uning yana qanday manaviy fazilatlari namoyon bolayotgani togrisida fikr yuriting. 2. Barchinoyning: "Shul sozimni aytib borgin toramga, Zog' ham bolsa, qona bersin gulshanga. Bab-barobar qildim yaxshi-yomonga",  degan sozlari zamiridagi manoni aniqlashga urining.
2.	"Yigilib qalmoqlar zorlik qiladi, oldirmoqqa kozi qiymay turadi. Necha sozni bu qalmoqlar oyladi, Qorajonni kulaband qip boyladi" tasvirida qalmoqlar ho latini izohlang.
3.	Matndan Alpomishning jismoniy va ruhiy qudrati namayon bolgan orinni toping va sharhlang.
4.	Asardagi qalmoqlar tasvirlangan lavhalarga diqqat qilang, ularning jismoniy imkoniyatlari va ma'naviy olamiga baho bering.

* * *
"Bularning kelar muddatidan otdi",  deh Alpomish bir baland tepaning ustiga chiqib, durbinini olib, shunday yolga qaradi. Kordi ikki ot yolda yol talashib kelyapti. Birini durbini bilan tanidi: Kokdonan. Boychibor toriqday bop korindi. Tuyogidagi mixlar ozor bergan, oppoq kopikka botgan, tuyogidan chiqqan tozon bilan toriqday bop qotgan. Boychiborni tanimay: "Ham otim- dan, ham yurtimdan ayrildim",  deb behush bolib yiqildi. Barchin kelib, Alpomishning holini korib, yiqilganini korib, boshini tizzasiga olib... Barchin ham durbin olib qarab, kelayotgan otlarga qarab, bir soz aytib turgan ekan:
Qurruyo-qur hayt-a, toramning oti, 
Oq toshim  yayloving, sochim shibirtki. Kuyganimdan gapni gapga ulayin, 
To olgancha sayising bop yurayin. 
Egam rahm aylasin qonli yoshima, 
Sabab bolib qoshgin tengu toshima. 
Qurru yo-qur hayt-a, toramning oti! 
"Qur hayt!" degan Barchinoyning dovushi Boychiborning qulogiga boradi. 
Suvluq tishlab ozin otdi Boychibor, 
Kalta qantarib tashlagandi qalmoqlar, 
Tizgini uzilib ketdi muqarrar, 
Ustidagi alp Qorajon bexabar,
Kokdonandan otdi endi jonivor. 
...Alp Kokaldosh otga qamchi uradi: 
"Bul ozbakning oti ozib boradi, 
Bul Qorajon bir baloni qiladi, 
Ukam menga dushman bolib boradi". 
Qulochlab qamchi urar Donan otiga... 
Boychibor guvullab ketib boradi...
Xonning Chibor oti poyganing oldini olib, shashti bilan kelib, baxmal otovni yetti marta aylanib, otning tizginini ushlab Qorajon toxtatdi. Barchinning kaniz- lari yigilib yetdi. Qorajonni otning ustidan olib, gilamning ustiga solib, bardor-bar- dor qilib kotarib, baxmal uyga kirgizib ketdi. Qizlar otni yelpib sovutib turibdi, opkep yakka mixga boyladi, teri qotdi. Barchin kep otni kordi, kozlarini ipak romol bilan surtdi, changi, terini ushatdi. Oyogidagi mixlar ozor berib, xonning Chibor oti tappa tushib yotdi. Tuyogidagi mixlarni korib, Barchin bir soz deb turibdi:
Mening uchun hayvon azob koribdi, 
Shu mix bilan Boboxondan kelibdi, 
Polatni eritar qizlarning dami. Barchinoyim korib, oylab turadi, 
Urgan mixi yalpoq tizga boradi. 
Chorsisini tuyoqqa yozib soladi, Gulmixlarni tishlab sugurib oladi...
Bu sozni aytib, otga mehribonliklar qilib, banot torvaga yemni ilib, kochib borgan qongirotlar jam bolib, yigilib, poyga ketgan qalmoqlar ham kelib, bir kam toqson alp gurullashib turib, "Alplar bilan ozbakning polvoni yoy totishar emish",  deb ovoza bolib, hamma tomoshamonlar yigilib, shunda Oyna koliga, Chilbir choliga tomoshamon tolib, yoyandozlik qilmoqchi bolib, bu yoy tortishmoqdagi sozi:
...Olis yolga nishonani quradi, Nishonani urgan odam oladi. Qalmoq alplar bari qator boladi, Men urarman deydi, kongil qiladi, Shiqirlatib endi yoyni tortadi. Yoyning oqi bul guvullab ketadi, Biri pastdan, biri baland ketadi. Bir xilining oqi yetmay yotadi, Achchiqlanib, yoyni buklab tortadi, Ushlagan parli yoy sinib ketadi. Ikkam toqson alpi tortib otadi, Kokaldoshga endi navbat yetadi. Yoyiga Kokaldosh oqni soladi, Nishonaga qarab togri qiladi. "Bor urdim",  deb, endi yoyni tortadi, Qolda yoyi chortta sinib ketadi. Endi navbat Alpomishga yetadi. Parli yoyni shunday qolga oladi, Korgan qalmoq bari hayron qoladi. "Rabbim!"- deydi, endi yoyni tortadi, Nishonaga oqi togri ketadi.
Nishonani urgan shunday toradi, Bekning yoyi endi 0111011 qoladi. Ming qadim yerni qadamlab koradi, Tanga puldan bul nishona qiladi, Yoyni qoyib, miltiq otmoq boladi. Kop deb qalmoqlarga navbat beradi. Qalmoqlar nechovi miltiq otadi, Saksonman toqsonga oqi yetadi, Qaysi otsa, yolda qolib ketadi. Alp Kokaldosh shunday kozlab koradi, Besh yuz qadim yerga oqi boradi. Kokaldoshning konglidagi bolmadi. Alpomishga tagin navbat keladi. Bek Alpomish xasta konglin xushladi, Anjom, miltigini qolga ushladi, Qarab nishonani otib tashladi. Korib, bul qalmoqlar hayron qoladi...
Uch shart otdi. Kurash taraddisini qip yotibdi. on ming uyli qongirot odami, qancha qalmoqning odami yigilib, Chilbir choliga, Oyna koliga tomo- shamon tolib, qor tortib otirdi. ...Kokaldosh bosh bir kam toqson alp bir taraf- dan qator bolib otirdi. Alpomish bilan Qorajon bir tarafdan otirdi. Qalmoqlar aytdi: "ozimizdan chiqib, Qorajon ham balo boldi. Mudom ozbakning yonini oldi". Bu yoqdan Qoshquloq degan alp maydonga kirdi.
...Qorajonning bir akasi boladi, Taraf bop Qoshquloq polvon jonadi. Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan, Ichida chichqonlar bolalab yotgan. Izdan tushgan pishak oltoyda yetgan, Munday qalmoq qolin bulgab keladi. Qorajonbek xasta konglin xushladi, Juppay qilib yoqasidan ushladi, Dustaman qip uni qoqib tashladi. Qoshquloqning endi aqili shoshdi, Qumni qopib, endi yerga yopishdi. Yana ham bir qalmoq kirdi maydonga: Odam tushmas  buning aytgan tiliga, Besh yuz quloch arqon yetmas beliga.
Duchor boldi Qorajonning qoliga, Ushlagandan otdi Chilbir choliga. Kotarilib tagi qalmoq kiradi, Qorajonbek ozi yolgiz turadi, Bunga duchor bolgan qalmoq oladi. Bul qalmoqdir qalmoqlarning ravishi, Oh ursa, olamni buzar dovushi. Toqson molning terisidan kavushi, Siyosatman kelib maydonga turdi. Qorajon tavakkal Tangriga qildi, Bu qalmoqqa endi yaqinlab qoldi. Kurashmoq hadisin shunday biladi, Alp Qorajon yotibotar qiladi. Ang  edi ul, shorli bilmay qoladi, Boshidan oshirib yerga uradi. Tushib yerga pora-pora boladi. Achchiglanib, tagi qalmoq keladi, Qorajonning ishin bari koradi. Qorajonga pirlar quwat beradi, "Xudo!" deydi, bul maydonda turadi. ...Qorajonbek ozi tanho turibdi, Nashavand qalmoqlar alpi koribdi, Nashasini xop qondirib olibdi, Kayfin choqlab, bul maydonga kelibdi. Qorajonga talab qilib turibdi, Nashavand ta'rifi shunday bolibdi: Tort yuz toqson quloch qolda hassasi, Sarhovuzdan katta ekan kosasi. Shuning bilan on sakkizta nashasi, Toqson qari bozdan bolgan kistasi, Shunday qalmoq aylanadi maydonda. Bir-biriga qolin bulgab boradi, Nashavand bolsa ham bir zor balodi, Ikkovi ham kop olishib turadi, Misli yerlar shudgorday bop qoladi, Nashavand-da bogimi boshab boradi. Bu qalmoqdir juda nomdor, xuvari, Yo'q edi boyqishning hadis-hunari. Kop olishib, kam-kam ketdi madori, 
Koring endi, Qorajonday shunqori, Qalmoq bilmay qoldi, bolmay xabari, Alp Qorajon kokka otib yubordi. Balki bulutka ul boyqish yetishdi... ...Gurullashib, qolgani kotarilishdi, Qorajonbek yolgiz qiladi ishdi. Ikkam toqson alpni nobud qiladi, Bul alplardan bir Kokaldosh qoladi. Alp Kokaldosh yolgiz ozi qolibdi, Qorajon bariga golib kelibdi, Kun nomozgar, endi kech bop qolibdi, Kurashga ul zamon javob bolibdi.
Shunda ketgan tomoshamon bari yigilib: "Kechagidan ham bugun qiziq bolar, alplarning zori olishar",  deb turdi. Kecha qanday bolsa, bugun ham shunday bop otirdi. Qorajonga Alpomish turib aytdi: "Bugun tushmaysanmi maydonga, bugun talab qilmay turibsan?" "Bugun ham tush desang, tusha- man. Tushgan bilan bundan 0111011 topmayman, lekin bu haddili zor. Bunga tushsam, ikki boshdan olaman",  deb turibdi. Alpomish chechinib: "Xayr, unday bolsa",  deb maydonga talab qila berdi. Kokaldosh alp turib aytdi: "ozbak! Sen bunday boyni yogonlik qilma, garibi goriston bolib olma. Hali ham qoygin. Halak bop kelgan yolingdan qolma..." Bu sozni eshitib, Alpomish Kokaldoshga qarab bir soz deb turgan ekan:
Har kim oz eliga bekmi, torami, 
Ozi olmay, kishi yorin berami? 
Buncha sozni lof urmagin, sen qalmoq, 
Kel endi, maydonda turgin, ey ahmoq. ...Bogbon bolsam, qizil gulni terayin, 
Har na qismat yozilganin korayin. 
Kelgin, qalmoq, birga maydon qilayin, 
Nasib etsa, sening doding berayin. 
Sening bilan maydon qilib korayin, 
Zorlik qilsang, taqdirga tan berayin, 
Kotarilma, bir olishib korayin! 
Olishsang, sinaysan ozing holingni... 
Bu sozni Alpomish aytib turadi, 
Achchiqlanib, bul Kokaldosh turadi. 
Chechinib, shu zamon belini buvip, 
Minorday bop bul maydonga kiradi.
...Ikkovi kep belma-bel bop oladi, Belma-bel olishsa, ayrit boladi, 
Zor deganing ma'lum bolib qoladi. Shunday boldi anga Haqning farmoni, 
Kop boladi gamli qulning armoni. Harchandki chirpindi Boysinning xoni, Yiqmoqqa kelmadi bekning darmoni. 
Zor ekan Kokaldosh juda bema'ni. 
Zor qilib, ingranib shundayin shunqor, Kokaldosh ham boldi xonga barobar, Shudgordayin bolib qoldi bu yerlar, 
Juda ham olishdi bu ikki qaysar. 
Ikkovi qaytmasdan maydon qiladi, 
Jon bozori kop olishib turadi.
On ming uyli qongirotning qizlari bilan, Barchin kanizlari bilan tomosha qilib, bularning olishganini korib, Hakimbekka qarab bir soz deb turgan ekan:
Koklamda ochilar boglarning guli, Gulni korsa, mast bop sayrar bulbuli, Narmoda bolibsiz, biybobom uli. Yiqmasangiz bizga bering navbatti, Juda keldi Barchin yorning gayrati, Ushlagandan kokka otmay ne bopti? Yiqmasangiz, toram, navbat tilayin, Erkak libosini ozim kiyayin. Bor kuchimni bilagima jiyayin, Bul qalmoqni pora-pora qilayin. ...Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi siltab otadi, Maydon bolsa, ish korsatib ketadi, Bosh odamning ishi keyin ketadi. Bu sozlarni aytdi gul yuzli dilbar. Ikki polvon bolib turdi barobar. Kop sozlarni Barchin suluv aytadi, Sozi Alpomishga botib ketadi. otdayin tutashib shunqor ketadi, Gayrati gayratga bekning yetadi. Yor soziman sherdil bolib ketadi, Chirpab Kokaldoshni kokka otadi,
Ancha yer havoga chiqib ketadi. Xaloyiqlar kokka boqib qaradi, Olchi-chikka bolib, shunday aylanib, Alp Kokaldosh bul osmondan keladi, Kallasiman kelib yerga uradi, Shunday qilib Kokaldosh ham oladi. ...Haqdan kelgan ishga boyin iydirdi, on ming uyli elatini jiydirdi. Xabar berdi shunda otlar choptirib, Namoyishga oq otovlar yoptirib. Barchinoyga toy qilmoqchi boladi. Chilbir cholda toyni boshlab qoladi. ...Qirq kundankay toylar oxir boladi, Bir nechalar uyga qarab jonadi.
...Baxmal otovda chimildiq tutib, kuyov navkarlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bolib, bir necha xotinlar "kampir oldi" bolib, olganiga bir nima olib, "it irillar" degan rasmini qilib, bunda ham bir nima berib, har zamon salom solib, uydan ichkari kirib, chimildiqqa otirib, oldiga dasturxon solib, ...kuyov navkarlarga toppi, romol, sarpoylar berib, kuyov navkarlar chiqib ketdi. Barchinni bekning... qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, "chach siypatar", "qol ushlatar"ini qilib, bir necha yangalar har qaysisi oz mazgiliga ketdi.
...Shunday bop bul orada qirq kun otdi. Qirq kungacha maslahat qip yotdi. Qirq kundan keyin maslahatni bir yerga qoyib, Boysari qoldi. on ming uyli qongirot Barchin bilan ketmoqchi boldi. ...on ming uyli qongirot bari kochib, yolga kirib, Boysari qaytib uyiga kelib, yolgiz qolib, kallasi guvullab, muso- firligi asar qilib qoldi...
Savol va topshiriqlar
Kokaldoshni yiqitolmayotgan Alpomish holati va uning ahvolidan iztirobga tushgan Oybarchin tuygulari ifodasi haqida fikrlang.
Barchinoyning Alpomishga qarata aytgan achchiq sozlari alpga bu qadar qattiq tasir qilganligi sababini izohlang.
Otlar va odamlar tasviridagi oxshashlik va farqlarga e'tibor qiling. Qaysi tasvirda baxshilar koproq mahorat korsatishgan?
Qahramonlar boshidan otgan shuncha qiziqarli va xavfli sarguzashtlarning asl sababi nimada deb oylaysiz?
Sizningcha, "Alpomish" dostoni muhabbat haqidami, yurtsevarlik togri sidami, oshiqlik sha'ni haqidami, yoki yigit ori togrisidami? Dostondan ozingizga maqul kelgan parchani yod oling.
Nazariy ma'lumot
XALQ DOSTONLARI VA ULARNING TURLARI
Xalq ogzaki ijodi baduy adabiyotning eng qadimgi shaklidir. Negaki, odam- lar baduy asarlarni dastlab ogzaki shaklda yaratishgan va ular ogizdan ogizga kochib yurgan. Bu asarlar qattiq tasir kuchiga ega bolganliklari uchun ham xalqning baduy xotirasi tufayli davrlar osha avlodlarga yetib kelgan. Kim tomoni- dan yaratilgani noma'lum bolgani uchun ham bunday asarlarga xalq ogzaki ijodi namunalari deyiladi.
Ozbek folklorida xalq dostonlari alohida orin tutadi. Olimlar XIX asr oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar ozbek baxshilari tomonidan kuy- langan yuz ellikka yaqin doston borligini aniqlashgan va variantlari bilan qoshib hisoblaganda, ulardan tort yuztacha asar yozib olingan. Folklorchi olimlar- ning aytishlaricha, birgina "Gorogli" turkumidagi dostonlar yuzdan oshadi, "Alpomish"ning esa qirqdan ortiq yozib olingan varianti bor.
"Doston" forscha soz bolib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta'rif ma'nolarini bildiradi. Adabiy atama sifatida ham folklorning, ham yozma adabiyotning muay- yan janrini anglatadi. Xalq ogzaki ilodiga mansub asarlarni yozma dostonlardan farqlash uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning boshidan otgan qaltis voqealar she'r va nasriy yolda aralash tas- virlangan yirik hajmli, muallifi noma'lum epik asarlar xalq dostonlari deyiladi.
Xalq dostonlari olimlarimiz tomonidan quyidagi turlarga ajratilgan: 1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma dostonlar. 3. Romantik dostonlar. 4. Tarixiy dostonlar. 5. Kitobiy dostonlar.
Yozma dostonlar aniq muallif tomonidan she'riy yolda yozilib, biror per- sonaj kechirgan hodisalar shoirning tuygulari bilan uygunlikda tasvirlanadi. Bu xil asarlar adabiyotshunoslikda "poema" deb ham yuritiladi.
She'r bilan nasrning aralash kelishi xalq dostonlarining muhim belgisidir. Dostonlardagi she'rlar, asosan, on bir boginli bolib, barmoq vaznida aytilgan boladi. Qahramonlarning oy-mulohazalari, nisbatan tinch ruhiy holati tasviri, ozaro sozlashuvlari on bir boginli she'r bilan ifodalanadi. Bazan dostonlarda tasvir talabiga kora yetti, sakkiz boginli she'riy ifodalar ham uchraydi. Otlar chopishi, jang manzaralari, personajlarning tezkor harakatlari aks etgan orinlar yetti-sakkiz boginli sherlar bilan ifodalanadi. Siz 7- sinfda oqigan "Ravshan" dostonida oglini qutqarish uchun shoshilinch ketayotgan Hasanxon tasviri ay- nan yetti boginli misralarda berilgan: "Qulon yurmas yerlardan Quvib otib boradi, Bulon yurmas yerlardan Buvib otib boradi". Sakkiz boginli misralar esa maydon talashayotgan otlar holati yoki jang korinishi tasviriga qollaniladi: "Dushmanlarni toplab olib, Yetganiga qilich solib, Har dara olikka tolib, Bosh kesar maydon ichinda".
Xalq dostonlaridagi nasriy tasvirlar ham juda oziga xos bolib, kopincha, saj' yolida, ya'ni qofiyali sochma korinishida keladi. Nasriy tasvirlarning bu tarzda berilishi xalq dostonlarining ifoda darajasini yuksaltirib, baduy tasirchanligini orttiradi. Chunonchi, "Goroglining zor deb ta'rifi ketgan, zarbasi toshdan otgan, qilichining ishlovi yetgan, tekkan 0111011 qolmasin deb zaharning suvin yalatgan " nasriy parchasidagi "ketgan", "otgan", "yetgan", "yalatgan" sozlari nasriy tasvirga ohangdorlik, musiqiylik baxsh etadi.
Xalq dostonlarining deyarli hammasida uchraydigan ifoda va tasvirlar folk- lorshunoslikda "epik qoliplar" deyiladi. Ular xalq dostonlarida takrorlanib tura- digan holatlar tasvirida qollaniladi. Dostonlarning boshlanish va tugallanishi, personajlarning korinishi, ozaro munosabatlari, tulporlarga berilgan ta'riflar, safar yoki jang tasvirida epik qoliplardan foydalaniladi. Misol uchun: "Dam shu damdir, ozga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema" yoki: "Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol".
Xalq dostonlarida asardan asarga kochib yuradigan, baduy qolip holiga kelib qolgan she'riy qatorlar yoki folklorshunoslar tili bilan aytganda, uslubiy for- mulalar ham muhim baduy ahamiyat kasb etadi.
Savol va topshiriqlar
1.	Xalq dostonlarining yozma dostonlardan farq qiladigan jihatlarini korsating.
2.	Xalq dostonlarining turlarini ayting.
3.	Dostondagi she'rlarda boginlar sonining oz kopligi sababini tu shuntiring.

OZBEK ADABIYOTI TARIXI
NOSIRUDDIN RABGUZIY
Adibning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma'lumot yetib kelgan. U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti oguz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning "Qisasi Rabguziy"dan boshqa asari ma'lum emas. Mazkur kitobda u ozi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan "...bu kitobni tuzgan, toat yolida tizgan, ma'siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, kop yo- zuqliq Raboti oguz qozisi Burhon ogli Nosiruddin..." deb yozadi. Korinadiki, allomaning oti Nosiruddin bolib, otasi Burhoniddin Raboti oguzning qozisi bolgan. Rabguziy taxallusi u yashagan joy nomi bilan bogliq. Yetuk ulamo va din arbobining oilasida tarbiyalangan Nosiruddinning oz zamonasida taniqli tarixchi, yetuk shoir va iste'dodli tarjimon sifatida tan olinganligidan dalolat beruvchi yordamchi manbalar mavjud.
Rabguziyning qissalari manosini anglatuvchi "Qisasi Rabguziy" asari olam va odamning yaratilishi, insonning yoldan ozishi va komillik sari mashaqqatli yol bosib borayotganligi haqida goyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Asar musulmon dinini qabul qilgan e'tiborli mogul beklaridan Nosiruddin Toqbuganing iltimosiga kora, hijriy 709- (milodiy 13091310) yilda yozilgan.
Asosan paygambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning oziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda "Qisas ul-anbiyo" (Paygambarlar qissasi) nomi bilan mashhur koplab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning "bazisi mustaqim (togri, haqiqiy) bor, bazisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor". Shuning uchun ham bek Toqbuga adibdan "oqimoqga keraklik, ogranmakka yarogliq" paygambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini soragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning bu asari "Qisasi Rabguziy", "Qisas ul-anbiyoi turkiy" nomi bilan shuhrat topdi. Rabguziyning bu ijod mahsuli mazkur mavzu ananasidagi oziga xos bosqich boldi. Birinchidan, adib ozigacha yaratilgan paygambarlar haqidagi qissalarni puxta organdi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yol qoygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors t