XALQ OGZAKI IJODI
Hurmatli oquvchi! Siz xalqimizning eng ulug dostoni "Alpomish"dan olingan parcha hilan tanishasiz. Bu dostonni ozbekning buyuk baxshisi Fozil Yoldosh ogli aytgan. "Alpomish" dostonining boshqa baxshilar tomonidan ay- tilgan qirqdan ortiq nusxasini olimlar yozib olishgan. Lekin ular ichida voqealar- ning qiziqarliligi, ifodaning tasirchanligi, tasvirning izchilligiga kora, Fozil Yoldosh ogli aytgan nusxa diqqatga sazovordir.
Fozil shoir 1872- yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlogida tugilgan. Yetimlikda osgan bolajak shoir choponlik qilgan vaqtlari- da dombira jorligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan. Yigitlik choglarida davrining taniqli baxshisi Yoldosh shoirdan doston aytish sirlarini organgan. Ulkan iste'dodi tufayli ozbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga kotargan.
Fozil Yoldosh qirqdan oshiq xalq dostonlarini tola yod bilgan va betakror talanti bilan aytgan dostonlarining baduy jihatdan mukammal bolishiga erish- gan. "Alpomish" dostoni nafaqat uning ijodida, balki ozbek xalq dostonchiligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki "... xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bolsa, "Alpomish" ana shu dostonning shoh bayti, desak, togri boladi. Bu mumtoz asarda tarix tofonlaridan, hayot-momot sinovlaridan 0111011 chiqib, ozligini doimo saqlagan el-yurtimizning bagrikenglik, matonat, oli- janoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari oz ifodasini topgan" . Darhaqiqat, bu asar xalqimizning manaviy olamini korsatuvchi kozgudir. 1999- yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda keng nishonlangan.
"Alpomish" dostonida ozbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yolida ozini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni oqish davomida oziga unashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga xor bolmasligi uchun jonini tikkan buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va dost tutingani uchun Hakimbekning yonida ozining insofsiz yaqin- lariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan kopchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirgoch timsollari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini korasiz.
Aziz oquvchi! Agar siz ozbek degan xalqni yuksaltirgan, uni dunyoga tanit- gan axloqiy xususiyatlar nimalar ekanligini tuymoqchi, bobolaringizni olamga mashhur etgan ma'naviy fazilatlarning ildizi qayerdanligini bilmoqchi, ajdodlar- ning or-nomus, sozga egalik, bagrikenglik va kechirimlilik singari jihatlaridan ornak olmoqchi bolsangiz, dostonni diqqat bilan oqib chiqib tushunishga harakat qiling. Bobolarimizning shonli otmishiga qiladigan safaringiz xayrli bolsin!
"ALPOMISH" DOSTONI
Burungi otgan zamonda, on olti urug qongirot elida Dobonbiy degan otdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan ogil farzand paydo boldi. Alpinbiydan tagi ikki ogil paydo boldi: kattakanining otini Boybori qoydi, kichkinasining otini Boysari qoydi. Boybori bilan Boysari  ikkovi katta boldi. Boysari boy edi, Boybori shoy edi. Bu ikkovi ham farzandsiz boldi.
Ana endi on olti urug qongirot elida bir chuprontoy boldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni  toyga xabar qildi. Shu toyga barcha xaloyiqlar yigildi. Biylar ham toyga keldi. Toydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi. Biylar: "Mazmuni, bu odamlar bizning kelganimizdan bexabar qoldi",  deb otini ozlari boglab, marakai majlisga kelib otira berdi.
Biylarning konglini xushlamadi, otini ushlamadi, ostiga libos tashlamadi. Osh tortdi  suzgan tovoqni choshlamadi, osh tortganda oshning ketini-betini tortdi. Bu qilgan xizmatni biylar korib, ilgari izzat korib yurgan odamlar aytdi: "Bizlar on olti urug qongirotning boyi ham shoyi bolsak, bizlar kelsak, otimizni ushlar edinglar, konglimizni xushlar edinglar, bu da'fa bizdan nima otdi, bizni bunday behurmat qildinglar?"
Bu sozni eshitib, on olti urug qongirot elida paygabetdan turib, bir chapanitob boyvachchasi aytdi: "Ey, Boybori bilan Boysari! Bu toy ogillining oglidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?! ozing olsang, molingga har merosxor chiqadi ogziga odam kirib ketadi".
Biylar bulardan bu gapni eshitib, xafa boldi. Xafa bolib, sakson tillani chupronga tashlab, turib ketdi. Borib, chechib mindi bedov otti. Ikkovi uyga yetti. Ikkovi qildi maslahatti. Bu soz ikkoviga juda botib ketdi. Boybori turib aytdi: "Boysari uka, qariganda bizning molimiz besohibga chiqdi. Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?" Boysari turib aytdi: "Tortib olib bolmasa, sotib olib bolmasa, xudo bermasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!" Boybori aytdi: "Shu yerdan Shohimardon pirning ravzasi uch kunchalik yol kelar ekan, har kim borib tunar ekan: davlat talab davlat tilar ekan, farzand talab farzand tilar ekan, oxirat talab imon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi murodiga yetib qaytar ekan. Biz ham borsak, nazru niyozimizni bersak, Shohimardon pirning ravzasini tunlab, biz ham bir farzand tilab korsak".
Shunda bu gap boylarning ikkoviga ham maqul tushib, bir-biriga: "Rost ay- tasan",  deb, nazru niyozni olib, biylar ikkovi Shohimardon pirning ravzasiga2 qarab jonamoqchi bolib, mindi bedov otdi, uch kun tinmay yol tortdi. Uch kun yol yurib, Shohimardon pirning ravzasiga yetdi. Olib borgan nazru niyozini shayxlarga berib, biylar ravzani tunab yotdi. Oradan bir kam qirq kun otdi.
Bir kam qirq kun deganda, ravzadan ovoz keldi: "Ey, Boyboriman, Boysari, sen bir kam qirq kundan beri tunab yotibsan. Xudoning yaratgan sheri men bolsam, bir kam qirq kundan beri bir oyogim bilan turib, sizlar uchun oraga tushib, Xudodan farzand tilayman. Yaratgan farzand bermayman dedi". Biylar bu ovozni eshitib: "Bizlar bir kam qirq kundan beri kelib, sizni tunab yotsak, xudoning yaratgan sheri siz bolsangiz. Bizlar uchun oraga tushib, biror farzand tilab olib bermasangiz, bizga pirligingiz yolgon, xudoga sherligingiz yolgon. Bor unday bolsa, biz ham dunyoning bahridan otdik", deb, tappa tushib, ravzada turbatning ostida yotdi. Qirq kun ortadan aniq otdi, boz ravzadan ovoz keldi: "Boybori, senga Xudoyim bir ogil, bir qiz berdi. Yolgiz emas, egiz berdi. Boysari, senga xudoyim bir qiz berdi. Egiz emas, yolgiz berdi. Bundan borsang, farzandlarni korsang, xaloyiqlarni yigsang, toy-tomoshalar bersang, toyda qa- landar bolib borib, bolalaringning otini ozim qoyib kelaman".
...Oydan oy, kundan kun otib, toqqiz oy, toqqiz kun, toqqiz soat oradan otib qoldi. Boybichalarning oy-kuni yaqin etdi. Biylar ikkovi aytdi: "Bizlar ham bir shohlik shavkatini qilsak, ovga chiqib ketsak, farzandlar yer yuziga tushsa, suyunchi deb, bir nechalar oldimizga yolga chiqib, bizlardan tilla tanga in'0111 olsa",  deb bu oylarni oylab, biylar ovga jonab ketdi.
Boybichalarga shunda tolgoq vaqti yaqin yetdi. Ne kampirlar kelib, tul- kini inlatgan toziday bolib, boybichalarni angnib, ortaga olib turibdi. Biylar shu vaqtda ovdan qaytdi. Bu yoqdan farzandlar yer yuziga tushdi. Bir nechalar biylarning oldiga chiqib, suyunchi oldi. Biylar ziyoda vaqti xush bolib, maz- giliga kelib, joy olib, vaqti xushligidan har tarafga xabar yuborib, toy-tomo- shalar qilmoqchi bolib, choglanib, sozlanib, on olti urug qongirot elining katta-kichik biylarini, oqsoqol, arboblarini yigdirib: toy qilamiz, deb maslahat qildi. on olti urug qongirot elining odamlari, eshitgan xaloyiqlar gurros-gur- ros bolib kelaverdi. Shunda katta-kichiklar kelib, biylar ogzidan toy qilamiz, deganini eshitib, toyning asboblarini tuzab, qancha soqim mollarni soyib, osh- palovlarni damlab, fuqaro, beva-bechoralar toyib, shul alpozda on olti urug qongirotning bor odami toyni qilib, hammalari jam bolib, qirq kecha-yu qirq kunduz toy qilib yotdi. ...Toy tarqaydigan kun boldi. Bir vaqt, shunda biylar qarasa, uzoqdan bir qalandar korinib kelaverdi. Xaloyiqlar ham kordi: tarzi gul yuzli, shirin sozli, bir siyosatli kishi qalandar bolib kelayotir. ozga kishilarga u qalandarning holi-ahvoli ma'lum emas. Ravzadagi sozlagan ovozni eshitgani sababli: "Shohimardon pirim shul kishi bolmasa",  deb, biylar ornidan turib, oldiga peshvoz chiqib, salom berib, ziyorat qilib, majlisxonaga boshlab olib keldi. Shunda farzandlarning uchovini ham olib kelib, Shohimardon pirning etagiga soldi. Shohimardon pir Boyborining oglini otini Hakimbek qoydi. ong kiftiga besh qolini urdi. Besh qolini orni dog bolib, besh panjaning orni bilinib qoldi.
Qizining otini Qaldirgochoyim qoydi. Boysarining qizini otini Oybarchin qoydi. Ana shunda Shohimardon pir Hakimbekka Oybarchinni atashtirib, beshikker- ti qilib: "Bu ikkovi er-xotin bolsin, Hakimbek bilan hech bir kishi barobar bololmasin. Omin, Ollohu akbar",  deb, fotihani betiga tortdi. Shohimardon pir turib, jonab ketdi, odamlarning kozidan goyib bolib ketdi. Ana shuytib, biy- larning toylari ham tarqab ketdi.
Shunda bolalar kundan kun otib, oydan oy otib, birdan ikkiga kirib, ik- kidan uchga kirib, ularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqandan keyin, elga engandan keyin tutib, uchchovini ham maktabga qoydi. Ular maktabda oqib yurib, yetti yoshga kirdi. Burro savodi chiqib, xat oqib, yozadigan mulla boldi. Shunda Boyboribiy: "Endi oglim savodi chiqib, mulla boldi. oglimga endi shohlik, sipohlik ilmini orgatayin",  deb mulladan chiqarib oldi. Boysari ham Boyboriga taassub qildi. Bul ham Oybarchin qizini maktabdan chiqarib oldi. "Chiqarib olib, qizimga Kokqamish kolida qoy sogdirib, chorvadorlik ilmini orgatayin, qoy sogmoqqa usta bolsin",  dedi.
Shunda Hakimbek yetti yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan on tort botmon birichdan bolgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shul on tort botmon yoyni qoliga ushlab, kotarib tortdi, tortib qoyib yubordi. Yoyning oqi yashinday bolib ketdi. Asqar togning katta choqqilarini yulib otdi, ovozasi olamga ketdi. Shunda barcha xaloyiqlar yigilib kelib aytdi: "Dunyodan bir kam toqson alp otdi. Alplarning boshligi Rustami Doston edi, oxiri bu Alpomish alp bolsin. Toqson alpning biri bolib, sanaga otdi",  dedi. Oxiri Alpomishbek alp bolib, toqson alpning biri bolib, sanaga otib, alplik otini kotardi, yetti yoshida Alpomish ot qoyildi.
Bir kun Hakimbek kitob oqib otirib, baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi. Boyboribiy shunda ogli Alpomishdan: "Kishi nimadan baxil boladi, nimadan saxiy boladi?" deb soradi. Shunda ogli turib aytdi: "Yaqti-bevaqt birovni- kiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor bolsa, konglini xushlab jonatsa, bul ham saxiy; agar joy bor turib, joy yoq, deb qondirmay jonatsa, bul odam baxil. Vaqti-bevaqt bir kishi mozorotning qabatidan otsa, chap oyogini uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqqiga duo oqib otsa, bul ham saxiylik; agar har kim mozordan otganda, chap oyogini uzangidan chiqarmay, mozorotning haqqiga duo qilmay otsa, bul ham baxil. Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bermasa, bul ham baxil ekan".
Bul sozni Boyboribiy Hakimbekdan eshitib, fikr qilib: "Men on olti urug qongirot elining ham boyi bolsam, ham shoyi bolsam, men kimga zakot bera- man. Mening davlatimda yolgiz inim Boysari baxillikka chiqib ketmasin",  deb, oz konglida: "Boysaribiy ukam menga zakot berishi kerak ekan",  deb oyladi. oylab: "Boysariga boringlar, Boysari oz rozichiligi bilan bir chichqoq uloqni zakot deb menga bersin. Zakot orniga otarda, Boysari baxil bolib, baxil- likka chiqib ketmasin",  deb on tort mahramni buyurdi.
Boysaribiy on ming uyli qongirot eli bilan kochib borib, Kokqamish kolida eliboylik qilib, mollarini semirtirib, yaylovda joylab yotib edi. on ming uyli qongirot elining boyvachchalari bilan yigilib, bir yerga jam bolib, baxmal otovni tikib, shu otovning ichida hamma boyvachchalar bilan qimiz ichib, shagal mast bolib, oz kayf-safosi bilan otirib edi. Ana shunda otining boyniga tilla qotos taqil- gan on tort mahram Boyboridan Boysarini sorab borib qoldi. Shundagi boyvach- chalar bularning kelganini bilib, eshikka chiqib, mahramlarning otini ushlab qoldi. Mahramlarni ichkariga olib kirdi. Boysari bulardan yol bolsin, qilib savol soradi. Mahramlar savolga javob berib aytdi: "Biz akangdan kelgan zakotchi bolamiz, bu- gun bizlar sening molingni zakot qilamiz. "Zakot qilinglar, bersa, zakotini olib ke- linglar", deb yuborgan",  dedi.
Bu sozlarni mahramlardan eshitib, Boysari kongliga ogir olib, aytdi: "Ey, bizning molimiz shu vaqtgacha zakot bolmagan, endi akamiz ogilli ki- shi bolib, darrov bizning molimizni zakot qiladigan bolibdi-da". Zakot degan gapni eshitib, bu gap botib ketib, oldidagi ozining odamlariga buyurdi: "Ushla, bachchagarlarni!"  dedi. U yettovining quloq-burnini kesib, ozlariga yegizib, otiga chappa mingizib, otning ustiga tortib boylab, "Mana buni zakot deb ay- tadi",  deb qongirot tarafiga haydab yubordi.
Shunchalik ishni qilsa ham, Boysaribiyga zakot degan gap nihoyatda otib ketgan ekan: "Endi biz oz yurtimizda sigindi bolib, oz akamizga zakot berib yuradigan bolsak, bu elda bizning turgiligimiz qolmadi",  deb, on ming uyli qongirot eliga qarab: "Endigi maslahat nima boldi?"  deb turgan ekan:
Oh urganda oqar kozdan selob yosh, 
Maslahat ber, on ming uyli qarindosh, 
Qongirot eldan molga zakot kelibdi, 
Maslahat ber, on ming uyli qarindosh! 
Qursin, Hakimbegi mulla bolibdi, 
Bezakot mollarni harom bilibdi, 
Qongirot eldan molga zakot kelibdi, 
Maslahat ber, on ming uyli qarindosh.

Dardli qul dardimni kimga yoraman, 
Ayriliq otiga bagri poraman, 
Mina elda sigindi bop turaman, 
Oz akama qanday zakot beraman?! 
Maslahat ber, on ming uyli qarindosh! 
Mina elda men ham bekman, toraman,
oz akama qanday zakot beraman?! 
Oz akama ozim zakot berguncha, 
Qalmoq borib juz ya   berib yuraman...
Ana shunda Boysaribiy bu sozlarni aytdi. Shu turgan xaloyiqlardan hech bir sazo chiqmadi. Shu majlisda bir Yortiboy oqsoqol degan bor edi. Majlisli kun bolsa, tordan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bosaganing oldida ko- vishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish bolib, poyga betda yotar edi. Torda otirgan kattaman deb yurganlarning hech qaysisidan gap, sazo chiqmagandan keyin, poyga betdan Yortiboy ornidan turib, maslahat shulda,  deb Boysarining soziga javob berib, Boysariga qarab, bir soz deb turibdi:
Maslahat bermaymiz Boysaribiyga, 
Osilmaymiz Boyborining doriga, 
Biring  aka, biring  uka, Boysari, 
Maslahatni, shohim, ozing bilasan. ...
Biz bilmaymiz Boyborining ishini, 
Maslahatga yigib shuncha kishini, 
Kim maslahat bersa, kesar boshini. 
Maslahat bermaymiz Boysaribiyga, 
Osilmaymiz Boyborining doriga.
Boysaribiy Yortiboydan bu sozni eshitib, tagi ozi bu turgan odamlarga qarab, bir soz dedi:
Quloq soling Boysarining tiliga, 
Kochib ketay menam Kashal eliga. 
Davlat qonsa bir chibinning boshiga, 
Semurg qushlar salom berar qoshiga, 
Quloq soling Boysari nolishiga, 
Qalmoq borib qonsam Chilbir dashiga. 
Kalma shahodat musulmonning tiliga, 
Azamat bosh berar dinning yoliga, 
Turarim yoq Boysun-Qongirot eliga. 
Oz elim deb yana bunda turgancha, 
Oz akama ozim zakot bergancha, 
Oz akamdan bunday xorlik korgancha, 
Qalmoq borib juz'ya bersam bolmaymi? 
Zakot degan gapni akam chiqarib, 
Mening toza ulsizligim bildirdi.
Boysaridan bu sozni Yortiboy eshitib, Yortiboy ham Boysaribiyga qarab bir soz dedi:
Dam shu damdir ozga damni dam dema, 
Boshing eson, davlatingni kam dema, 
Sen ketar bolsang Qalmoq yurtiga, 
Bul elatni qolar deb ham gam yema. 
Qayga kochsang, bizlar birga boramiz, 
Bolalarni jahongashta qilamiz...
Yortiboy oqsoqolning aytgan gapi on ming uyli qongirot eli katta-kichigi- ning bariga maqul tushdi. Hammasi: "Boysari kochsa, bizlar ham kochib ke- tayik, Boysari olik yerda  olik, tirik bolsa  tirik; endi Boysin-Qongirot yurtini Boyboriga boshatib berayik, Boysin-Qongirot yurtini bir ozi joylab olsin",  dedi.
On olti urug qongirot elidan on ming uyli ekin ekmoqni bilmaydigan eli- boylar ayrilib, Boysariga qoshildi. Bular hammasi boy  qoyli, tuyali. Molining soni yoq edi. Bularning ichidan moli yoq degan kambagalining qirq ming tuyasi bor, qoyining sonini, adadini ozlari ham bilmas edi. Bir qora, ikki qora, on qora deb, sanagani shul edi. Yilqi, mollarini bir uyur falon toqayda yuribdi, ikki uyur falon toqayda yuribdi, der edi. Sonini sanamoqni hech qaysisi bilmas edi. Bular qishdan yozga ekin ekmay, mol boylik qilar edi. Shuning bilan ovqatlarini otkazar edi. Boysariboyning yilqisining soni shul edi: toqson toqay yilqisi bor edi. Toqson toqay degani  yilqisi har yerlarda: toqaylarda, toglarning darasi- da, toqayli yerlarda yoylab yurar edi. Toqaylarda yilqisi yoyilib yurgani uchun Boysariboyning toqson toqay yilqisi bor, der edi. Lekin yilqisining, molining sonini hech bilmas edi.
..."Boysari kochsa, biz ham kochamiz",  deb hammasi choponlariga, yilqichilariga, tuyalariga hamma dahmardalariga kochamiz deb, odam buyurdi. "Bu Boysin yaylovidan, bu toqaylardan qoylaringni, tuyalaringni, yilqilaringni  hammasini haydanglar. Qalmoq yurtiga, Kashal eliga qarab yol boshlab yura bersin",  deb xabar yubordi.
Hammasi Boysin-qongirot elini tashlab, Qalmoq yurtiga jonab ketmoqchi bolib, dobirlashib, uylarni buzib, tuyalarga ortib, ayollari ham oz yuk-yobini bogib, bogcha-boylarini choglab, tuyalarga ortib, topolon bolib, shovqin- galagul bolib qoldi. on ming uyli qongirot talotop bolib Kashal eliga, Qalmoq yurtiga qarab, "Ha!"  deb, kocha berdi. Hammasi birdan kochib, on ming uyli el Boyboridan araz urib, ...Boysari bilan birga kochib jonay berdi. Ayollarga ham yaxshi otlarni olib kelib tortdi. Bu ayollar ham otlarni minib, choglanib, jonamoqchi bolib, Barchinoyga, enasiga qarab turdi.
Ana shunda enasi Barchinoyni ham jonatmoqchi bolib, Barchinoy uchun toriq yorga otni tabladan  olib kelib, ustiga mayin, toza, muloyim baxmal parquv- lardan solib, tilla yuganlarni boshiga solib, juda choqlab, otning jilovidan ushlab olib keldi. Ana shunda enasining bul otni yetaklab olib kelganini korib, Barchinoy shunday qarasa, on ming uyli Qongirot elining hammasi kochib talotop bolib, shovqin qilib, jonab ketib borayotibdi.
...on ming uyli Boysin-qongirot elining jonashini Fozil shoir Yoldosh ogli shunday tasvirlaydi:
Chechanlar eplaydi gapning epini, 
Shul zamonda oltmish norni choktirib, 
Orta berdi Barchin suluv sepini. 
Qongirot elning shundaychaqa kopi bor, 
Boysarining ikki jildam topi bor, 
Har kochkanda top boshatib jonadi. 
Qatorga tirkalgan lok2 bilan norcha3, 
Ustiga yuklangan qirmizi parcha. 
Kamlikni kormagan satta boybachcha, 
Yo'1-yolakay uloq chopib boradi. 
Oshiqning fahmidir qorongu kecha, 
Yiglasam, holima yiglar bir necha, 
Xafa bolib borar Barchin oyimcha, 
Jafo tortib borayotir bir necha. 
Gam bilan sargayib guldayin diydor, 
Korgani yoq qanday edi qalmoqlar, 
Orasida toqson dovon togi bor, 
Bellardan4 oshadi ul zamon boylar. 
Qaba falak boshga soldi zulm deb, 
Eliboylar5 bundan kochib boradi, 
Qoldi endi oynab osgan elim deb. 
Ayriliq otiga bagrini doglab, 
Borayotir qalmoq elni soroqlab. ...
Necha bir joylarga talonlar tushdi, 
Molning oldi Qalmoq yurtga etishdi. 
Toqson togdan keti uzilmay mol oshdi, 
Molning oldi Chilbir cholga etishdi. 
Adadini kishi bilmas bu molning, 
Kokqamishdan keti uzilmay boradi...
Savol va topshiriqlar
Aka-uka biylarning toyda izza qilinishi sababini izohlang.
2.	Ularning holatini anglatishga harakat qiling.
3.	Bolalarga ot qoyilishi, ular taqdiri belgilanayotgani, keyinchalik kattalarn ing bu taqdirni ozgartmoqchi bolganligi va buning oqibati haqida doston matni asosida sozlang.
4.	Zakot voqeasi tasviri asosida Boybori va Boysari munosabatlarini baholang. Bu aka ukalarning xarakteri va ichki dunyosini qanday baholaysiz? Boysarining zakotni notogri tushunishi sababini izohlang.
Yortiboy obrazi tasviriga e'tibor bering. U sizda qanday taassurot qoldirdi? Doston tasviriga tayanib, eliboy qongirotlarning boyligi haqidagi tasavvur ingizni aniqlashtirib oling.
oz yurtidan Qalmoqqa kochib borayotgan Barchin, umuman, eliboylarning
kayfiyati, kechinmalariga diqqat qiling.
* * *
Qongirot elidan kochgan on ming uyli boysunliklar qalmoq shohi Toychixon yurtiga boradilar. U yerda Kokaldish, Kokaman, Kokqashqa, Boyqashqa, Toyqashqa, Qoshquloq va Qorajon ismli yetti nomdor alp bolib, ular Toychixonning tayanchi edilar. Ular oz yurtlaridagi boshqa eng baquvvat yigitlar bilan birikib, toqson alp bolib, toqayda bir-birlari bilan kurashib yotardilar. Bu yetti alpning onasi buzgunchilik va janjalkashligi bilan tanilgan Surxayl degan kampir edi. Gozal Barchinoyning ta'rifini eshitgan toqson alpning hammasi uni olmoqchi boladi. Ular Boysariga kelib, "Qizingni birimizga berasanmi, barimizga berasanmi?" deya tah- did qiladilar. Oybarchin otasini bu holatdan qutqarib, alplarga ozi javob aytishini bildiradi va ulardan olti oyga muhlat soraydi. " Mendan umi- di bolsa, Alpomish kelsin, bolmasa, javobimni bersin!" deya xat yozib, Qongirotga chopar yuboradi.
Yorini qutqarish uchun yaqinlari bilan xoshlashib, yurtidan chiqqan Alpomishga Shohimardon pir va qirq chiltonlar hamisha homiylik qiladi. Chiltonlar qalmoqqa borishning birinchi kechasida charchab uxlab yotlgan Alpomishning ruhini Barchinniki bilan uchrashtiradilar. Alpomish, Qorajon va Barchinga tushlari vositasida kelajak taqdirlari bildiriladi.
Qorajon bilan tanishib, dostlashgan Alpomish unikida mehmon boladi va dostini Oybarchin huzuriga xabarchi hamda sovchi qilib jonatadi.
Qorajon turib aytdi: "Qani, Barchin, Alpomish bolsa  keldi, alplar- ning muhlati bolsa  bitib qoldi. Sen nima javob aytasan?". Barchin aytdi: "Alpomish kelsa, kepti-da. Alpomish kepti deb, men Alpomishning etagidan ush- lab keta berayinmi? Bul alplar ham umid bilan olti oyga muhlat bergan. Har kim maydonga ot soladi, otini ozdirgan odam oladi. Har kimning oz kongli ozida qoladi. Mening tort shartim bor. Shul tort shartimni qilgan kishiga tegaman. Xohi Alpomish qilib olsin, xohi qalmoqlarning biri qilib olsin. Shul sozimni xon toramga aytib bor",  deb bir soz aytib turgan ekan:
Ot chopsa, gumburlar togning darasi,
 Botirni ingratar nayza yarasi. 
Kelgan bolsa qongirot elning torasi, 
Qirq kunlik yol Boboxonning orasi. 
Boboxon togidan poyga qilaman, 
Kozdan yoshni munchoq-munchoq tizdirsa, 
Qoshqanotning quyrugini sozdirsa, 
Boboxondan poyga qilib ozdirsa, 
Oti ildam boybachchaga tegaman. 
Mendayin oyimning holin bilganga, 
Osha  yurtdan mehnat tortib kelganga, 
Dushmanlarga qora kunni solganga, 
Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga, 
Men tegaman shul yoyandoz polvonga. 
Ganim korsa, qiyomat kun solganga, 
Osha yurtdan izlab halak bolganga, 
Ming qadimdan2 tanga pulni urganga, 
Men tegaman shul qiragay merganga. 
Sabash bolsa, bul shibanib chiqqanga, 
Kurash qilib toqson alpni yiqqanga, 
Men tegaman nor bilakli polvonga. 
Zog ham bolsa, qona bersin gulshanga. 
Bab-barobar qildim yaxshi-yomonga, 
Men tegaman tort shartimni qilganga.
Bu sozlarni Barchindan eshitib... Qorajon otlanib borayotib edi. Bir kam toqson alp kelayotib edi, Qorajonning oldidan chiqib qoldi. Toqson alpning zori Kokaldosh turib aytdi: "ozbakning qizining muhlati bitdi. Uchradingmi, nima javob aytdi?". "ozbakning qiziga uchrab kelayotirman. ozbakning qizining ayt- gan sozi shul boldi: "Poyga qilaman, otini ozdirganga tegaman. Kurashda alp- larning barini yiqqanga tegaman. Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga tegaman. Ming qadamdan tanga pulni urganga tegaman",  dedi.
Bul sozni eshitib, Kokaldosh aytdi: "ozbakning qizining kongli menda. Poyga bolsa, ozib kelmoq Kokdonanning tani. Kurash bolsa, toqson alpning barini qoymasdan yiqmoq faqirning tani. Yoy tortishganda ham mening yoyim sinmay qoladi. Ming qadimdan tanga pulni ursin depti, besh yuz qadimdan tan- ga pulni uraman. Ming qadimga borgan song, choglab qoyib yuboraman, bu yogini mujmaltob qilib olaman. Sen bu ostingdagi olachani qayoqdan olding?"  dedi.
	Qongirotdan Alpomish dostimiz kelgan ekan, bul shuning oti.
	Shul yurtdan shul otni minib, xotin olib ketaman deb, ahmoq bolib yuribdimi?
Kosa sinchi degan sinchisi bor edi, sinchisiga aytdi: "Tushib, ozbakning oti- ni kor qani". Tushib, Boychiborni kordi, qarichlab kordi: sagrisining ustidan qulogining ortasigachayin toqson olti qarich chiqdi, ayil tortuvi oltmish uch qarich chiqdi. Sagrisini silab, burnidan naycha qoyib, durbin bilan qarab kordikim, qoltigida tort yarim gaz qanoti taklam-buklam bolib yotir.
	Qanday ekan ozbakning oti?  dedi.
	ozbakning oti anday ekan. ozbakning qiziga burilmay qoyagoy", 
dedi.
Bu sozni eshitib, Kokaldosh alpning achchigi kelib: "Mendan biror vaqtda sen jodirim  bolib, ozbakni ilgaridan ham korib, ozbakka yoliqib, siyosatga otimni tarif qil deb, senga uch-tort tanga bergan ekan-da, choqdan biron narsa olib ta'rif qilding",  deb achchigi kelib, sinchining ikki kozini oyib olib qoydi. "Hamma vaqt ozbakning oti mening otimdan ozganda, kozingning xunini bera- man. Yuringlar, Alpomishning ustiga boramiz",  dedi.
Alpomish chodirda otirib edi, shunday qaradi: har qalmoqlar kelayapti kal- lasi kapaday, tanasi tepada