shning endi foydasi yo?q. Saraton issig?ida terlagan badanga bo?yoq yopishmaydi. Ko?chib ketaveradi. Bundan tashqari...  deb zimdan unga nazar tashladim. Bopga o?ng tomonga burilib qolgandi.  Ko?ksingizda Stalin borligini zeklar allaqachon bilib olishgan. Yakshanba kuni sizni yechintirib, ko?kragingizdagi qora lakni kerosin bilan, solyarka bilan, benzin bilan Stalinning suvrati ko?ringuncha ishqalamoqchilar. Ko?ksingizdagi Stalinni ming-minglab mahbuslarga ko?rsatishmoqchi. Sizga maslahat, xo?jayiningizga ayting, sizni yo vaqtincha qamab qo?ysin, yo boshqa lagerga jo?natib yuborsin.

Xoinni ogohlantirib to?g?ri ish qildimmi, bilmadim. Harholda bir qishloqdan bo?lganimiz uchun shunday qildimmi, bilmayman, bilmayman.

Kimsanboyning kallasi chapdan o?ngga, o?ngdan chapga muttasil borib kelaverdi. Xuddi tutqanoq tutayotganga o?xntardi. U mashakkat bilan o?rnidan turib, boshini barak tomonga to?g?rilab qo?ydi. Baribir boshi yon tomonga silkinaverganidan yo?lni ko?rolmay gandiraklay boshladi. Ikki marta yiqildi. Yana turdi. Ko?r odamday tusmollab yura boshladi. Unga ham rahmim keldi, ham updan jirkanib ketdim.

Ertasiga u qora lak olgani kelmadi. Tushlikka yaqin uchinchi barakda nimadir bo?ldi. O?sha tomonga sanitar yugurib o?tdi. Lager kasalxonasining jarrohi  katorjpik Shtokman va zambil ko?targan ikki sanitar izma-iz o?sha yoqqa yugurib ketishdi. Bir ozdan keyin zambilda konga belangan Kimsanboyni kasalxonaga olib o?tishdi.
 Ko?ksiga pichoq sanchibdi,  dedi barak navbatchisi.  Battar bo?lsin! Itga it o?limi. Mahbuslar baribir uni tirik ko?yishmasdi.

Kechqurun ishdan qaytgan Olimjon domla kasalxona baragi oldida u yokdan-bu yoqqa asabiy borib-kelib turibdi. Eshik oldida maxorka chekib turgan sanitardan:
 Ahvoli qalay?  deb so?radim.
 Bilmadim, hozircha bir nima deyish qiyin. Pichoq yuragiga bir santimetrcha kirgan.

Ertalab sanitar oldimga kelib:
 Bemor Yolqinov sizni so?rayapti,  dedi.

Kimsanboy ko?kka boqib yotibdi. Ora-sira ojizgina ingrab ko?yadi. Tepasiga borib, axvolini so?radim. Uning xushi joyida edi. Faqat ko?p qon ketganidan juda holsiz, bemajol.
 Hamqishloq, yaqinda muddatingiz tugab uyga ketasiz,  dedi u past tovushda.  Iltimos, dadam qamoqdan qaytib kelgan bo?lsa, mening uzrimni yetkazing. Gunohini qoni bilan yuvdi, deb ayting.

U charchadimi, hartugul, ancha paytgacha indamay yotdi. Navbatchi sanitar, kerakli gapini ayta olmayapti, deb o?ylab bizni xoli qoldirib chiqib ketdi.
 Bu dunyoning azoblaridan kutulishimga sanoqli soatlar qolgan. Sizdan o?tinib so?rayman, Shtokmanga ayting, jonim uzilishi bilan tanam sovumay, jasadim qotmay turib ko?ksimdagi Stalin suvratini terim bilan shilib olsin. Fashistlarning kontslagerida o?liklarning terisini shilishda Shtokman assistentlik qilgan. Qandoq shilishni yaxshi biladi. U dunyoga ham Stalin bilan ketmay. U bilan bitta qabrda yotgulik qilmasin.

Uning bu gaplari iltimos emas, vasiyat edi.
 Xotirjam bo?ling, albatta unga aytaman,  deb vada berdim.

Fashistlarning kontslagerida Kimsanboy Yolqinov o?likxonaga qorovul bo?lgan deb eshitgan edim. O?lgan asirlarni tikanli sim bilan o?ralgan joyga sarjinga o?xshatib taxlab qo?yganlar. Qish chillasida o?liklar toshdek qotib, muzlab qoladi. Ularning og?izlaridagi tilla tishlarini olg?irlar qoqib ketmasin, deb qo?riqlashardi. Badanida yara-chaqasi yo?q o?liklarni ichkariga, issiqxonaga olib kirganlarida muz erib, murdalarning badani yumshab qoladi. Shundan keyin terisini shilish oson bo?ladi. Bu terilardan tannoz xonimlarga sumkachalar, tanga-chaqa soladigan hamyonchalar, qayishlar yasashardi. Bazan yorilgan barabanlarga ham qoplashar edi.

Kimsanboyning oldidan chiqib, jarrox Shtokmanning xonasiga kirdim. Yolqinovning vasiyatini unga aytdim. Shtokman bosh chayqadi.
 Buni hatto xayolingizga keltirmang. Umrimda bunaqa ish qilmaganman. Ammo qilmagan ishimni zo?rlab bo?ynimga qo?yib, otuvga hukm qilishgandi. Keyin otuv hukmini yigirma yillik katorgaga almashtirishdi. Kechirasiz, yana boshqatdan otuvga hukm etilishni istamayman!

Shu bilan Shtokman gapni kisqa qildiyu meni xonasidan chiqarib yubordi. Ertalab borganimda sanitar Yolqinovning sahar paytida joi berganini aytdi. Ichkariga kirib murdani ko?rmoqchi bo?ldim. Ikki sanitar uning ustidagi choyshabni ochib, Stalinning suvratini tomosha qilishayotgan ekan. Pichoq Stalinning chap ko?zidan sal pastrog?iga sanchilgan edi. Dohiyning suvrati shu qadar mahorat bilan ishlangan ediki, xuddi tirikka o?xshab ko?rinardi. Ajab, o?lik tanada tirik Stalinning suvrati.

Mendan oldin Olimjon domla kelib, murdaga uzoq tikilib o?tirganini, o?pkasini bosolmay o?kirib yig?laganini aytib berishdi. Qaytib chiqqanimda domla eshik kesakisiga boshini tirab, holsiz bir alpozda turardi.
 Domla, bir musulmonning bolasi olamdan o?tdi, dedim.  Shunga janoza o?qitsak bo?larmidi?

Domla indamadi. Uzoq sukutdan so?ng:
 Unga janoza lozim emas,  dedi.  Ko?kragida kofirning suvrati bor. Endi u bejanoza, bekafan ko?miladi.

U shunday dediyu gandiraklab-gandiraklab, barak orqasiga o?tib ketdi.

Dohiy Stalinning jasadi tuproqqa ko?milmadi. Uni ichiga poxol tiqib, mavzoleyga, ustozi Lenin yoniga yotqizib qo?ydilar.

Bu yerda esa u bir xoinning badaniga yopishib, atigi bitta murda arang sig?adigan go?riga sherik bo?lib yotibdi.

Shu bilan ichimizdan chiqqan xoinning jirkanch umri yakun topdi.



telegram.me/e_kutubxona