O'tkir Hoshimov: "Talabaligim oltin davr bo'lmagan!"Sevimli adibimiz O'tkir Hoshimovninghayot yo'li bilan siz muxlislarni bir oz hamnafas qilayotganimizdan xursandmiz.Ajdodlarim bilan faxrlanamanHar kimning ajdodlari orasida ulug' insonlar bo'lishi mumkin. Men ham tarixda ezgu ishlar bilan nom qoldirgan bobokalonlarim bilan faxrlanaman va bu haqida aytsam gazetxonlar to'g'ri tushunadi, degan umiddaman.Toshkentda, Oliy Majlis binosi yonida,Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog'ida qadimiy madrasa bor — Abulqosimxon madrasasi. Bu madrasani 1850 yili bunyod etgan zoti sharif — Abulqosimxon eshon mening babokalonim bo'lgan ekanlar.Abulqosimxon eshon 1865 yilda Chor Rossiyasi Toshkentni istilo qilganida, shahar himoyachilari safida bo'lgan.O'sha paytda chiqadigan «Turkiston viloyati gazeti»ning muharriri, tarixchiolim Nikolay Ostroumov o'zining bir qancha kitoblarida Toshkentdagi yorqin siymolar, jumladan, Abulqosimxon eshon haqida g'alati va qiziqarli dalillarni yozib qoldirgan. U 1885 yili Abulqosimxon eshon bilanqilgan suhbati haqida bunday deb yozadi: «Men u kishi bilan turli masalalar hiqida ikki soat suhbatlashdim. O'zi olim kishi bo'lgani uchun o'quvchilarga tarbiya berish niyatida o'z yonidan o'ttiz mingso'mga yaqin pul sarflab, Beshyog'och dahasidagi hovlisi yonida pishiq g'ishtdan madrasa binoetgan. Madrasada ba'zan yuz, ba'zan ellik talaba o'qishi uchun yiliga ikki ming so'm sarflaydi. Men Turkiston general-gubernatorining ijozat bilan 1885 yil 22 iyunda o'lkada daraxtlar va gullarni yaxshi parvarish qilish borasida ko'rgazma uyushtirayotganimizni aytganimda Abulqosimxon eshon «Darvoqe, dehqonchilikka mashg'ul bo'lmoq Xudoyi taoloning karomatidur. Marhum qiblagohimdan menga pul qolgan emas. Mazkur madrasani va anda bo'ladurg'on tamomiy xarajatlarni dehqonchilikdan hosil qilib turibman», deb bizga javob qaytardi…»Ostroumov u zoti sharifning yana bir ibratli fikrini yozib qoldiradi:«Odamzotning nafsi taomsiz o'lganidek, ilmsiz odamning dili o'likdir!»1892 yili Toshkentda vabo kasali tarqaladi. Muttasil ko'payib borayotgan soliqlardan tinkasi qurigan, istilolar zo'ravonligidan toqati toq bo'lgan xalqqa vabo ortiqcha edi. Shundanmi, xalq oyoqqa turadi. Shu tariqa «Vabo qo'zg'oloni» nomi bilan tarixga kirgan milliy ozodlik harakati boshlanadi. Chor lashkarlari Eski shaharga bostirib kiradi. Shunda Abulqosimxoneshon muqarrar o'limni bo'yniga olib,general-gubernator Vrevskiyga juda mantiqli ariza yozib, qabuliga kiradi. Unga bu ikki tomon uchun ham fojeaga olib kelishini anglatadi. Shu tariqa chor askarlari shahardan olib chiqiladi.Yana bir ibratli voqea. 1892 yil 30 iyun kuni Abulqosimxon eshon Xo'ja Ahror Jome masjidida ming-minglab odamlar oldida «Tarixda Shoh Bobur o'g'li G'umoyun o'limini Allohdan tilaboladi. Men Allohdan vabo balosini o'zimga tilab olmoqchiman», deydi.Bu hayratomuz hodisa N.Ostroumovning «Fon Kaufman — Turkiston o'lkasining tashkilotchisi» kitobida shunday tasvirlanadi: «Munkillagan yoshda so'nggi kunlardagi voqelardan («Vabo qo'zg'oloni»dan, demoqchi) qattiq larzaga tushgan muhtaram Abulqosimxon shundan so'ng tezda — 4 iyulda vabo kasalligidan vafot etdi. Qiziqarlisi shundaki, shundan keyin vabo barham topganini toshkentlik sartlar uning vafotiga nisbat berishdi…»Xudoga shukr, Istiqlol sharofati bilan madrasa atrofi chinakam saylgohga aylantirildi. Bu yerda buyuk bobomiz Alisher Navoiy haykali bunyod etilgani, Milliy bog' yaratilgani qalbimizni quvonchga to'ldiradi.Bir umrlik saboqUrushdan keyingi avlodning bolaligi qanaqa o'tgan bo'lsa meniki ham shunday o'tgan. Men halol mehnati bilan kun ko'radigan oilada voyaga yetganman. Ota-onam haromdan va yolg'ondan hazar qilishni o'rgatishgan. Haliyam shu shior bilan yashayman. Farzandlarimga ham shuni uqtiraman.Bolaligimdagi bir voqeani aytib beray.Uyimiz yonida jiydazor bo'lardi. U yerda men tengdosh o'rtoqlarim bilan sigir boqardim. O'sha paytda sigirni yog'och qoziq bilan arqonlab qo'yardik. Yog'och qoziqning yomon tomoni shundaki, qoqaversangiz, sinib ketadi. Bir kuni jiydazordan temir qoziq topib oldim, ozgina arqoni bilan. Qoziqni sigirimizning arqoniga bog'lab, uyga keldim. Yarim kechasi adam uyg'otdi. Qo'lida temir qoziq. «Qoziqni qayerdan olding?» dedi. «Topib oldim», deb javob qaytardim. «Qayerdanq» «Qiyshiq jiydaning tagidan!» «Jiydaning to'g'risi bo'lmaydi. G'ammasi qiyshiq bo'ladi»,dedi adam jahl bilan va «Qayerdan olgan bo'lsang, xuddi o'sha joyga olib borib tashla, hoziroq!» dedi. Yosh bolaman, yarim tun bo'lsa, chakalakzor. Yana Darhon anhorininglopillab turgan ko'prigidan o'tish kerak… Albatta qo'rqdim! Endi chiqib ketayotgandim, menga rahmi kelib, akam ergashmoqchi bo'ldi. «O'zi tashlab keladi!» dedi adam qat'iyat bilan. Amallab ko'priqdan o'tib, chakalakzor tomonga qoziqni uloqtirib, qaytib keldim. Labimga uchuq toshganini hisobga olmagandahech narsa bo'lmadi. Lekin uch-to'rt kundan keyin adam yana yoniga chaqirib oldi-da, bunday dedi: «Sen topib olgan qoziqqa birov molini boylagani aniq. Agar o'sha molni kimdir o'g'irlagan yoki mol adashib ketib qolgan bo'lsa-yu, qoziq bizning uydan chiqib, o'sha odam seni o'g'ri gumon qilsa nima bo'ladiq Biz nima degan odam bo'lamizq» Mana shu voqea menga bir umrlik saboq bo'ldi.«Xudo ko'ngliga solmaguncha…»Asar yozish farzand ko'rishga o'xshaydi. G'aqiqiy asar yozilmaydi, tug'iladi. Men bunga qattiq ishonaman. Yana bitta shiorim bor: «Xudo ko'ngliga solmaguncha, haqiqiy yozuvchi qo'liga qalam olmaydi».«Diplom ishi yozmaganman!»Talabalik — oltin davrim, deyishadi. Mening talabaligim oltin davr bo'lgan emas! Tramvayning maydonchasida o'tgan. Sababi, ishlaydigan gazeta tahririyati Navoiy teatrining, fakultetim esa o'sha paytdagi G'amza teatrining yonidagi binoda edi. Tushgacha ishlasam, peshindan keyintramvayga o'tirib, o'qishga yugurardim. Yoki tushgacha o'qishga borsam, tushdan so'ng ishga chopardim.Talabaligim ham o'qib, ham ishlab o'tganidan afsuslanmayman. Chunki, talabalikda ishlaganlarning tajribasi boshqalardan oldinroq shakllanadi. Shuyam sabab bo'lsa kerak uchinchi kursda o'qiyotgan paytimdayoq birinchi kitobim chiqqan. Yana bir foydali tomoni — u paytda universitetni bitirayotgan talaba ham diplom ishi yozishi, ham davlat imtihoni topshirishi kerak edi. Men diplom ishiga mavzu so'raganimda Vohid Abdullayev degan domlamiz «Sizning kitobingiz chiqqan-ku, shuning o'zi diplom ishi! Biz nima uchun talabalarni o'qitamiz, kitob yozishlaringiz uchun-da!» degan. Shu bilan kitobimning o'zi diplom ishi bo'lgan.Muhabbat haqidaMen muhabbatning muqaddas va buyuk tuyg'u ekanligiga qattiq ishonaman. Agar muhabbat bo'lmasaodamzot allaqachon hayvonga aylanib ketardi. Shu boisdan sevgi tuyg'usiga, muhabbatga ehtiromim baland. O'zim ham sevib turmush qurganman.Oyning o'n beshi…Inson hayoti shahmat taxtasidagi piyodaning yurishiga o'xshaydi. Oq katakdan ham, qora katakdan ham o'tishi mumkin. Odam qiyinchilikdan qochmasligi lozim. Chunki har bir odamning hayotida yorug' damlar ham, soyali pallalar ham bo'ladi.Nosvoy va atir hidiMen hamma ustozlarimni birday hurmat qilaman. Maktabda dars bergan o'qituvchimdan tortib, universitetda saboq bergan domlalarimni, birinchi asarimni chop etgan ustozlarim-u, qo'limga birinchi maoshimni tutqazgan kishini… Lekin ustozlarim ichida uch kishini alohida ehtirom bilan tilga olaman. Bular — Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Ozod Sharafiddinov. Ular hamisha menga to'g'ri yo'l ko'rsatishgan, xatolarimni tuzatishgan, yutug'imdan quvonishgan.Bu ustozlarimning hammasi bilan qiziqarli voqealar ko'p bo'lgan. Said Ahmad aka bilan-ku, O'zbekistonning hamma tumanlarida bo'lganmiz. Ota-boladek qadrdon edik. U kishi yurgan yo'lda etagidan kulgu to'kilardi. Qaysi davraga borsa, xushchaqchaq kayfiyat uyg'onardi…Bu haqda «Said Ahmad safarda» nomli asar ham yozganman. Yaqin kunlarda balki «Darakchi»ga berarman. Shundan bittasini aytib beray. Qaysi viloyatga bormaylik, albatta uchrashuvga chaqirishardi. Farg'onaga borganimizda tag'in bir katta uchrashuv bo'ldi. Muxlislar Said Ahmad akaga savol berishdi: «Eng yaxshi ko'rgan shogirdingiz kimq» Ustoz aytdiki, «hamma shogirdlarimni yaxshi ko'raman. Ammo mana bunisi (meni ko'rsatdi) bilan yurish ayniqsa «udobniy». «Negaq» deb so'rashgan edi, ustoz g'oyat «jiddiy» sababini aytdi: «O'tkir onalar, chol-kampirlar haqida ko'p yozadi. Men esa yoshlar, yigit-qizlar haqida yozaman. Shuning uchun qayerga borsak, uchrashuv tugashi bilan O'tkirni kampir va chollar, meni esa chiroyli-chiroyli qizlar o'rab oladi.Bir soatdan keyin O'tkirdan nosvoy hidi kelsa, mendan atir hidi kelib turadi. Ishonmasanglar, bir pasdan keyin hidlab ko'ringlar».«Farzandlarim — faxrim»Bir shiorim bor: «Ota-onasi bilan faxrlangan farzand — baxtli farzand. Farzandlari bilan faxrlangan ota-ona — o'n hissa baxtli». Chunki har bir ota-ona farzandlari o'zidan ko'ra komilroq, yaxshiroq bo'lishini orzu qiladi. Farzandlarimga doim bir gapnitakrorlayman: «Iloji bo'lsa men qilgansavobli ishlardan bitta ko'proq ezgu ish qil, men qilgan xatolardan bitta kamroq xato qil!»Menimcha, farzandalarim shu o'gitga amal qilib kelyapti. Bir o'g'il, bir qizim,beshta nevaram bor. G'ozircha ular haqida biron yomon gap eshitganim yo'q.«Mening boyligim…»Yozuvchi uchun eng katta boylik — kitobxon mehri. Kitobxon mehrini yalinib ham, zo'ravonlik qilib ham, pul berib sotib olib ham bo'lmaydi. Xudo shundan begona qilmasin.Bugun…Inson ma'lum yoshga borgandan keyin bosib o'tgan yo'li haqida o'ylashga majbur bo'ladi. Bu tabiiy. Men ham shu paytgacha yozgan asarlarimni «Tanlangan asarlar»ga (yoki «Saylanma» deymizmi) to'plash bilan bandman. Ular orasida qirq yil oldin yozilgan bo'lsa ham haligacha kitobxonni o'ylashga, hayajonlanishgaundaydigan asarlarim bor deb umid qilaman. «Dunyoning ishlari», «Bahorqaytmaydi», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar», «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» shunday kitoblar bo'lsa ajab emas.Kasal qilar asarlar…Ijodkor uchun avvalo, Xudo bergan iste'dod kerak.Hozir adabiyotga ko'plab yosh qalamkashlar kirib kelyapti. She'riyatda ham, nasrda ham yaxshi asarlar yaratilyapti. Bundan quvonmoq kerak.Lekin meni jinday ishtibohga soladigan holat ham bor. Afsuski, bugungi kunda bir marta o'qishga arziydigan kitoblar, bir marta ko'rishga arziydigan spektakllar, filmlar ko'payib ketyapti. Bunaqa asarlar bir marta ishlatiladigan shpritsga o'xshaydi. Bir martalik shpritsning foydasi bor — kasalni davolaydi. Bunaqa asarlar esa odamni kasal qiladi, o'zini emas-ku, didini.Yangi zamon tafakkuri bilan qalam tebratayotgan ukalarim va singillarimga ijodkorlik inson qismati ekanini, zimmaga juda katta mas'uliyat yuklashini aytgim va ularga omad tilagim keladi.Nargiza USANBOEVA suhbatlashdidarakchi.uz