XALQ OG’ZAKI IJODI Hurmatli o’quvchi! Siz xalqimizning eng ulug’ dostoni "Alpomish"dan olingan parcha hilan tanishasiz. Bu dostonni o’zbekning buyuk baxshisi Fozil Yo’ldosh o’g’li aytgan. "Alpomish" dostonining boshqa baxshilar tomonidan ay- tilgan qirqdan ortiq nusxasini olimlar yozib olishgan. Lekin ular ichida voqealar- ning qiziqarliligi, ifodaning tasirchanligi, tasvirning izchilligiga ko’ra, Fozil Yo’ldosh o’g’li aytgan nusxa diqqatga sazovordir. Fozil shoir 1872- yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlog’ida tug’ilgan. Yetimlikda o’sgan bo’lajak shoir cho’ponlik qilgan vaqtlari- da do’mbira jo’rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan. Yigitlik chog’larida davrining taniqli baxshisi Yo’ldosh shoirdan doston aytish sirlarini o’rgangan. Ulkan iste'dodi tufayli o’zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga ko’targan. Fozil Yo’ldosh qirqdan oshiq xalq dostonlarini to’la yod bilgan va betakror talanti bilan aytgan dostonlarining baduy jihatdan mukammal bo’lishiga erish- gan. "Alpomish" dostoni nafaqat uning ijodida, balki o’zbek xalq dostonchiligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki "... xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa, "Alpomish" ana shu dostonning shoh bayti, desak, to’g’ri bo’ladi. Bu mumtoz asarda tarix to’fonlaridan, hayot-momot sinovlaridan 0111011 chiqib, o’zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag’rikenglik, matonat, oli- janoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o’z ifodasini topgan" . Darhaqiqat, bu asar xalqimizning manaviy olamini ko’rsatuvchi ko’zgudir. 1999- yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda keng nishonlangan. "Alpomish" dostonida o’zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yo’lida o’zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o’qish davomida o’ziga unashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga xor bo’lmasligi uchun jonini tikkan buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va do’st tutingani uchun Hakimbekning yonida o’zining insofsiz yaqin- lariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko’pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg’och timsollari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini ko’rasiz. Aziz o’quvchi! Agar siz o’zbek degan xalqni yuksaltirgan, uni dunyoga tanit- gan axloqiy xususiyatlar nimalar ekanligini tuymoqchi, bobolaringizni olamga mashhur etgan ma'naviy fazilatlarning ildizi qayerdanligini bilmoqchi, ajdodlar- ning or-nomus, so’zga egalik, bag’rikenglik va kechirimlilik singari jihatlaridan o’rnak olmoqchi bo’lsangiz, dostonni diqqat bilan o’qib chiqib tushunishga harakat qiling. Bobolarimizning shonli o’tmishiga qiladigan safaringiz xayrli bo’lsin! "ALPOMISH" DOSTONI Burungi o’tgan zamonda, o’n olti urug’ qo’ng’irot elida Dobonbiy degan o’tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o’g’il farzand paydo bo’ldi. Alpinbiydan tag’i ikki o’g’il paydo bo’ldi: kattakanining otini Boybo’ri qo’ydi, kichkinasining otini Boysari qo’ydi. Boybo’ri bilan Boysari — ikkovi katta bo’ldi. Boysari boy edi, Boybo’ri shoy edi. Bu ikkovi ham farzandsiz bo’ldi. Ana endi o’n olti urug’ qo’ng’irot elida bir chupronto’y bo’ldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to’yga xabar qildi. Shu to’yga barcha xaloyiqlar yig’ildi. Biylar ham to’yga keldi. To’ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi. Biylar: "Mazmuni, bu odamlar bizning kelganimizdan bexabar qoldi", — deb otini o’zlari bog’lab, marakai majlisga kelib o’tira berdi. Biylarning ko’nglini xushlamadi, otini ushlamadi, ostiga libos tashlamadi. Osh tortdi — suzgan tovoqni choshlamadi, osh tortganda oshning ketini-betini tortdi. Bu qilgan xizmatni biylar ko’rib, ilgari izzat ko’rib yurgan odamlar aytdi: "Bizlar o’n olti urug’ qo’ng’irotning boyi ham shoyi bo’lsak, bizlar kelsak, otimizni ushlar edinglar, ko’nglimizni xushlar edinglar, bu da'fa bizdan nima o’tdi, bizni bunday behurmat qildinglar?" Bu so’zni eshitib, o’n olti urug’ qo’ng’irot elida paygabetdan turib, bir chapanitob boyvachchasi aytdi: "Ey, Boybo’ri bilan Boysari! Bu to’y o’g’illining o’g’lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?! o’zing o’lsang, molingga har merosxo’r chiqadi og’ziga odam kirib ketadi". Biylar bulardan bu gapni eshitib, xafa bo’ldi. Xafa bo’lib, sakson tillani chupronga tashlab, turib ketdi. Borib, chechib mindi bedov otti. Ikkovi uyga yetti. Ikkovi qildi maslahatti. Bu so’z ikkoviga juda botib ketdi. Boybo’ri turib aytdi: "Boysari uka, qariganda bizning molimiz besohibga chiqdi. Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?" Boysari turib aytdi: "Tortib olib bo’lmasa, sotib olib bo’lmasa, xudo bermasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!" Boybo’ri aytdi: "Shu yerdan Shohimardon pirning ravzasi uch kunchalik yo’l kelar ekan, har kim borib tunar ekan: davlat talab davlat tilar ekan, farzand talab farzand tilar ekan, oxirat talab imon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi murodiga yetib qaytar ekan. Biz ham borsak, nazru niyozimizni bersak, Shohimardon pirning ravzasini tunlab, biz ham bir farzand tilab ko’rsak". Shunda bu gap boylarning ikkoviga ham maqul tushib, bir-biriga: "Rost ay- tasan", — deb, nazru niyozni olib, biylar ikkovi Shohimardon pirning ravzasiga2 qarab jo’namoqchi bo’lib, mindi bedov otdi, uch kun tinmay yo’l tortdi. Uch kun yo’l yurib, Shohimardon pirning ravzasiga yetdi. Olib borgan nazru niyozini shayxlarga berib, biylar ravzani tunab yotdi. Oradan bir kam qirq kun o’tdi. Bir kam qirq kun deganda, ravzadan ovoz keldi: "Ey, Boybo’riman, Boysari, sen bir kam qirq kundan beri tunab yotibsan. Xudoning yaratgan sheri men bo’lsam, bir kam qirq kundan beri bir oyog’im bilan turib, sizlar uchun oraga tushib, Xudodan farzand tilayman. Yaratgan farzand bermayman dedi". Biylar bu ovozni eshitib: "Bizlar bir kam qirq kundan beri kelib, sizni tunab yotsak, xudoning yaratgan sheri siz bo’lsangiz. Bizlar uchun oraga tushib, biror farzand tilab olib bermasangiz, bizga pirligingiz yolg’on, xudoga sherligingiz yolg’on. Bor unday bo’lsa, biz ham dunyoning bahridan o’tdik", deb, tappa tushib, ravzada turbatning ostida yotdi. Qirq kun o’rtadan aniq o’tdi, boz ravzadan ovoz keldi: "Boybo’ri, senga Xudoyim bir o’g’il, bir qiz berdi. Yolg’iz emas, egiz berdi. Boysari, senga xudoyim bir qiz berdi. Egiz emas, yolg’iz berdi. Bundan borsang, farzandlarni ko’rsang, xaloyiqlarni yig’sang, to’y-tomoshalar bersang, to’yda qa- landar bo’lib borib, bolalaringning otini o’zim qo’yib kelaman". ...Oydan oy, kundan kun o’tib, to’qqiz oy, to’qqiz kun, to’qqiz soat oradan o’tib qoldi. Boybichalarning oy-kuni yaqin etdi. Biylar ikkovi aytdi: "Bizlar ham bir shohlik shavkatini qilsak, ovga chiqib ketsak, farzandlar yer yuziga tushsa, suyunchi deb, bir nechalar oldimizga yo’lga chiqib, bizlardan tilla tanga in'0111 olsa", — deb bu o’ylarni o’ylab, biylar ovga jo’nab ketdi. Boybichalarga shunda to’lg’oq vaqti yaqin yetdi. Ne kampirlar kelib, tul- kini inlatgan toziday bo’lib, boybichalarni angnib, o’rtaga olib turibdi. Biylar shu vaqtda ovdan qaytdi. Bu yoqdan farzandlar yer yuziga tushdi. Bir nechalar biylarning oldiga chiqib, suyunchi oldi. Biylar ziyoda vaqti xush bo’lib, maz- giliga kelib, joy olib, vaqti xushligidan har tarafga xabar yuborib, to’y-tomo- shalar qilmoqchi bo’lib, chog’lanib, sozlanib, o’n olti urug’ qo’ng’irot elining katta-kichik biylarini, oqsoqol, arboblarini yig’dirib: to’y qilamiz, deb maslahat qildi. o’n olti urug’ qo’ng’irot elining odamlari, eshitgan xaloyiqlar gurros-gur- ros bo’lib kelaverdi. Shunda katta-kichiklar kelib, biylar og’zidan to’y qilamiz, deganini eshitib, to’yning asboblarini tuzab, qancha so’qim mollarni so’yib, osh- palovlarni damlab, fuqaro, beva-bechoralar to’yib, shul alpozda o’n olti urug’ qo’ng’irotning bor odami to’yni qilib, hammalari jam bo’lib, qirq kecha-yu qirq kunduz to’y qilib yotdi. ...To’y tarqaydigan kun bo’ldi. Bir vaqt, shunda biylar qarasa, uzoqdan bir qalandar ko’rinib kelaverdi. Xaloyiqlar ham ko’rdi: tarzi gul yuzli, shirin so’zli, bir siyosatli kishi qalandar bo’lib kelayotir. o’zga kishilarga u qalandarning holi-ahvoli ma'lum emas. Ravzadagi so’zlagan ovozni eshitgani sababli: "Shohimardon pirim shul kishi bo’lmasa", — deb, biylar o’rnidan turib, oldiga peshvoz chiqib, salom berib, ziyorat qilib, majlisxonaga boshlab olib keldi. Shunda farzandlarning uchovini ham olib kelib, Shohimardon pirning etagiga soldi. Shohimardon pir Boybo’rining o’g’lini otini Hakimbek qo’ydi. o’ng kiftiga besh qo’lini urdi. Besh qo’lini o’rni dog’ bo’lib, besh panjaning o’rni bilinib qoldi. Qizining otini Qaldirg’ochoyim qo’ydi. Boysarining qizini otini Oybarchin qo’ydi. Ana shunda Shohimardon pir Hakimbekka Oybarchinni atashtirib, beshikker- ti qilib: "Bu ikkovi er-xotin bo’lsin, Hakimbek bilan hech bir kishi barobar bo’lolmasin. Omin, Ollohu akbar", — deb, fotihani betiga tortdi. Shohimardon pir turib, jo’nab ketdi, odamlarning ko’zidan g’oyib bo’lib ketdi. Ana shuytib, biy- larning to’ylari ham tarqab ketdi. Shunda bolalar kundan kun o’tib, oydan oy o’tib, birdan ikkiga kirib, ik- kidan uchga kirib, ularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqandan keyin, elga engandan keyin tutib, uchchovini ham maktabga qo’ydi. Ular maktabda o’qib yurib, yetti yoshga kirdi. Burro savodi chiqib, xat o’qib, yozadigan mulla bo’ldi. Shunda Boybo’ribiy: "Endi o’g’lim savodi chiqib, mulla bo’ldi. o’g’limga endi shohlik, sipohlik ilmini o’rgatayin", — deb mulladan chiqarib oldi. Boysari ham Boybo’riga taassub qildi. Bul ham Oybarchin qizini maktabdan chiqarib oldi. "Chiqarib olib, qizimga Ko’kqamish ko’lida qo’y sog’dirib, chorvadorlik ilmini o’rgatayin, qo’y sog’moqqa usta bo’lsin", — dedi. Shunda Hakimbek yetti yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan o’n to’rt botmon birichdan bo’lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o’n to’rt botmon yoyni qo’liga ushlab, ko’tarib tortdi, tortib qo’yib yubordi. Yoyning o’qi yashinday bo’lib ketdi. Asqar tog’ning katta cho’qqilarini yulib o’tdi, ovozasi olamga ketdi. Shunda barcha xaloyiqlar yig’ilib kelib aytdi: "Dunyodan bir kam to’qson alp o’tdi. Alplarning boshlig’i Rustami Doston edi, oxiri bu Alpomish alp bo’lsin. To’qson alpning biri bo’lib, sanaga o’tdi", — dedi. Oxiri Alpomishbek alp bo’lib, to’qson alpning biri bo’lib, sanaga o’tib, alplik otini ko’tardi, yetti yoshida Alpomish ot qo’yildi. Bir kun Hakimbek kitob o’qib o’tirib, baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi. Boybo’ribiy shunda o’g’li Alpomishdan: "Kishi nimadan baxil bo’ladi, nimadan saxiy bo’ladi?"— deb so’radi. Shunda o’g’li turib aytdi: "Yaqti-bevaqt birovni- kiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor bo’lsa, ko’nglini xushlab jo’natsa, bul ham saxiy; agar joy bor turib, joy yo’q, deb qo’ndirmay jo’natsa, bul odam baxil. Vaqti-bevaqt bir kishi mozorotning qabatidan o’tsa, chap oyog’ini uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqqiga duo o’qib o’tsa, bul ham saxiylik; agar har kim mozordan o’tganda, chap oyog’ini uzangidan chiqarmay, mozorotning haqqiga duo qilmay o’tsa, bul ham baxil. Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bermasa, bul ham baxil ekan". Bul so’zni Boybo’ribiy Hakimbekdan eshitib, fikr qilib: "Men o’n olti urug’ qo’ng’irot elining ham boyi bo’lsam, ham shoyi bo’lsam, men kimga zakot bera- man. Mening davlatimda yolg’iz inim Boysari baxillikka chiqib ketmasin", — deb, o’z ko’nglida: "Boysaribiy ukam menga zakot berishi kerak ekan", — deb o’yladi. o’ylab: "Boysariga boringlar, Boysari o’z rozichiligi bilan bir chichqoq uloqni zakot deb menga bersin. Zakot o’rniga o’tarda, Boysari baxil bo’lib, baxil- likka chiqib ketmasin", — deb o’n to’rt mahramni buyurdi. Boysaribiy o’n ming uyli qo’ng’irot eli bilan ko’chib borib, Ko’kqamish ko’lida eliboylik qilib, mollarini semirtirib, yaylovda joylab yotib edi. o’n ming uyli qo’ng’irot elining boyvachchalari bilan yig’ilib, bir yerga jam bo’lib, baxmal o’tovni tikib, shu o’tovning ichida hamma boyvachchalar bilan qimiz ichib, shag’al mast bo’lib, o’z kayf-safosi bilan o’tirib edi. Ana shunda otining bo’yniga tilla qo’tos taqil- gan o’n to’rt mahram Boybo’ridan Boysarini so’rab borib qoldi. Shundagi boyvach- chalar bularning kelganini bilib, eshikka chiqib, mahramlarning otini ushlab qoldi. Mahramlarni ichkariga olib kirdi. Boysari bulardan yo’l bo’lsin, qilib savol so’radi. Mahramlar savolga javob berib aytdi: "Biz akangdan kelgan zakotchi bo’lamiz, bu- gun bizlar sening molingni zakot qilamiz. "Zakot qilinglar, bersa, zakotini olib ke- linglar", deb yuborgan", — dedi. Bu so’zlarni mahramlardan eshitib, Boysari ko’ngliga og’ir olib, aytdi: "Ey, bizning molimiz shu vaqtgacha zakot bo’lmagan, endi akamiz o’g’illi ki- shi bo’lib, darrov bizning molimizni zakot qiladigan bo’libdi-da". Zakot degan gapni eshitib, bu gap botib ketib, oldidagi o’zining odamlariga buyurdi: "Ushla, bachchag’arlarni!" — dedi. U yettovining quloq-burnini kesib, o’zlariga yegizib, otiga chappa mingizib, otning ustiga tortib boylab, "Mana buni zakot deb ay- tadi", — deb qo’ng’irot tarafiga haydab yubordi. Shunchalik ishni qilsa ham, Boysaribiyga zakot degan gap nihoyatda o’tib ketgan ekan: "Endi biz o’z yurtimizda sig’indi bo’lib, o’z akamizga zakot berib yuradigan bo’lsak, bu elda bizning turgiligimiz qolmadi", — deb, o’n ming uyli qo’ng’irot eliga qarab: "Endigi maslahat nima bo’ldi?" — deb turgan ekan: Oh urganda oqar ko’zdan selob yosh, Maslahat ber, o’n ming uyli qarindosh, Qo’ng’irot eldan molga zakot kelibdi, Maslahat ber, o’n ming uyli qarindosh! Qursin, Hakimbegi mulla bo’libdi, Bezakot mollarni harom bilibdi, Qo’ng’irot eldan molga zakot kelibdi, Maslahat ber, o’n ming uyli qarindosh. Dardli qul dardimni kimga yoraman, Ayriliq o’tiga bag’ri poraman, Mina elda sig’indi bo’p turaman, O’z akama qanday zakot beraman?! Maslahat ber, o’n ming uyli qarindosh! Mina elda men ham bekman, to’raman, o’z akama qanday zakot beraman?! O’z akama o’zim zakot berguncha, Qalmoq borib juz ya berib yuraman... Ana shunda Boysaribiy bu so’zlarni aytdi. Shu turgan xaloyiqlardan hech bir sazo chiqmadi. Shu majlisda bir Yortiboy oqsoqol degan bor edi. Majlisli kun bo’lsa, to’rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo’sag’aning oldida ko- vishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish bo’lib, poyga betda yotar edi. To’rda o’tirgan kattaman deb yurganlarning hech qaysisidan gap, sazo chiqmagandan keyin, poyga betdan Yortiboy o’rnidan turib, maslahat shulda, — deb Boysarining so’ziga javob berib, Boysariga qarab, bir so’z deb turibdi: Maslahat bermaymiz Boysaribiyga, Osilmaymiz Boybo’rining doriga, Biring — aka, biring — uka, Boysari, Maslahatni, shohim, o’zing bilasan. ... Biz bilmaymiz Boybo’rining ishini, Maslahatga yig’ib shuncha kishini, Kim maslahat bersa, kesar boshini. Maslahat bermaymiz Boysaribiyga, Osilmaymiz Boybo’rining doriga. Boysaribiy Yortiboydan bu so’zni eshitib, tag’i o’zi bu turgan odamlarga qarab, bir so’z dedi: Quloq soling Boysarining tiliga, Ko’chib ketay menam Kashal eliga. Davlat qo’nsa bir chibinning boshiga, Semurg’ qushlar salom berar qoshiga, Quloq soling Boysari nolishiga, Qalmoq borib qo’nsam Chilbir dashiga. Kalma shahodat musulmonning tiliga, Azamat bosh berar dinning yo’liga, Turarim yo’q Boysun-Qo’ng’irot eliga. O’z elim deb yana bunda turgancha, O’z akama o’zim zakot bergancha, O’z akamdan bunday xo’rlik ko’rgancha, Qalmoq borib juz'ya bersam bo’lmaymi? Zakot degan gapni akam chiqarib, Mening toza ulsizligim bildirdi. Boysaridan bu so’zni Yortiboy eshitib, Yortiboy ham Boysaribiyga qarab bir so’z dedi: Dam shu damdir o’zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema, Sen ketar bo’lsang Qalmoq yurtiga, Bul elatni qolar deb ham g’am yema. Qayga ko’chsang, bizlar birga boramiz, Bolalarni jahongashta qilamiz... Yortiboy oqsoqolning aytgan gapi o’n ming uyli qo’ng’irot eli katta-kichigi- ning bariga maqul tushdi. Hammasi: "Boysari ko’chsa, bizlar ham ko’chib ke- tayik, Boysari o’lik yerda — o’lik, tirik bo’lsa — tirik; endi Boysin-Qo’ng’irot yurtini Boybo’riga bo’shatib berayik, Boysin-Qo’ng’irot yurtini bir o’zi joylab olsin", — dedi. O’n olti urug’ qo’ng’irot elidan o’n ming uyli ekin ekmoqni bilmaydigan eli- boylar ayrilib, Boysariga qo’shildi. Bular hammasi boy — qo’yli, tuyali. Molining soni yo’q edi. Bularning ichidan moli yo’q degan kambag’alining qirq ming tuyasi bor, qo’yining sonini, adadini o’zlari ham bilmas edi. Bir qo’ra, ikki qo’ra, o’n qo’ra deb, sanagani shul edi. Yilqi, mollarini bir uyur falon to’qayda yuribdi, ikki uyur falon to’qayda yuribdi, der edi. Sonini sanamoqni hech qaysisi bilmas edi. Bular qishdan yozga ekin ekmay, mol boylik qilar edi. Shuning bilan ovqatlarini o’tkazar edi. Boysariboyning yilqisining soni shul edi: to’qson to’qay yilqisi bor edi. To’qson to’qay degani — yilqisi har yerlarda: to’qaylarda, tog’larning darasi- da, to’qayli yerlarda yoylab yurar edi. To’qaylarda yilqisi yoyilib yurgani uchun Boysariboyning to’qson to’qay yilqisi bor, der edi. Lekin yilqisining, molining sonini hech bilmas edi. ..."Boysari ko’chsa, biz ham ko’chamiz", — deb hammasi cho’ponlariga, yilqichilariga, tuyalariga hamma dahmardalariga ko’chamiz deb, odam buyurdi. "Bu Boysin yaylovidan, bu to’qaylardan qo’ylaringni, tuyalaringni, yilqilaringni — hammasini haydanglar. Qalmoq yurtiga, Kashal eliga qarab yo’l boshlab yura bersin", — deb xabar yubordi. Hammasi Boysin-qo’ng’irot elini tashlab, Qalmoq yurtiga jo’nab ketmoqchi bo’lib, dobirlashib, uylarni buzib, tuyalarga ortib, ayollari ham o’z yuk-yobini bo’g’ib, bo’g’cha-bo’ylarini chog’lab, tuyalarga ortib, to’polon bo’lib, shovqin- g’alag’ul bo’lib qoldi. o’n ming uyli qo’ng’irot taloto’p bo’lib Kashal eliga, Qalmoq yurtiga qarab, "Ha!" — deb, ko’cha berdi. Hammasi birdan ko’chib, o’n ming uyli el Boybo’ridan araz urib, ...Boysari bilan birga ko’chib jo’nay berdi. Ayollarga ham yaxshi otlarni olib kelib tortdi. Bu ayollar ham otlarni minib, chog’lanib, jo’namoqchi bo’lib, Barchinoyga, enasiga qarab turdi. Ana shunda enasi Barchinoyni ham jo’natmoqchi bo’lib, Barchinoy uchun to’riq yo’rg’a otni tabladan olib kelib, ustiga mayin, toza, muloyim baxmal parquv- lardan solib, tilla yuganlarni boshiga solib, juda choqlab, otning jilovidan ushlab olib keldi. Ana shunda enasining bul otni yetaklab olib kelganini ko’rib, Barchinoy shunday qarasa, o’n ming uyli Qo’ng’irot elining hammasi ko’chib taloto’p bo’lib, shovqin qilib, jo’nab ketib borayotibdi. ...o’n ming uyli Boysin-qo’ng’irot elining jo’nashini Fozil shoir Yo’ldosh o’g’li shunday tasvirlaydi: Chechanlar eplaydi gapning epini, Shul zamonda oltmish norni cho’ktirib, Orta berdi Barchin suluv sepini. Qo’ng’irot elning shundaychaqa ko’pi bor, Boysarining ikki jildam to’pi bor, Har ko’chkanda to’p bo’shatib jo’nadi. Qatorga tirkalgan lo’k2 bilan norcha3, Ustiga yuklangan qirmizi parcha. Kamlikni ko’rmagan satta boybachcha, Yo'1-yo’lakay uloq chopib boradi. Oshiqning fahmidir qorong’u kecha, Yig’lasam, holima yig’lar bir necha, Xafa bo’lib borar Barchin oyimcha, Jafo tortib borayotir bir necha. G’am bilan sarg’ayib guldayin diydor, Ko’rgani yo’q qanday edi qalmoqlar, Orasida to’qson dovon tog’i bor, Bellardan4 oshadi ul zamon boylar. Qaba falak boshga soldi zulm deb, Eliboylar5 bundan ko’chib boradi, Qoldi endi o’ynab o’sgan elim deb. Ayriliq o’tiga bag’rini dog’lab, Borayotir qalmoq elni so’roqlab. ... Necha bir joylarga talonlar tushdi, Molning oldi Qalmoq yurtga etishdi. To’qson tog’dan keti uzilmay mol oshdi, Molning oldi Chilbir cho’lga etishdi. Adadini kishi bilmas bu molning, Ko’kqamishdan keti uzilmay boradi... Savol va topshiriqlar Aka-uka biylarning to’yda izza qilinishi sababini izohlang. 2. Ularning holatini anglatishga harakat qiling. 3. Bolalarga ot qo’yilishi, ular taqdiri belgilanayotgani, keyinchalik kattalarn ing bu taqdirni o’zgartmoqchi bo’lganligi va buning oqibati haqida doston matni asosida so’zlang. 4. Zakot voqeasi tasviri asosida Boybo’ri va Boysari munosabatlarini baholang. Bu aka ukalarning xarakteri va ichki dunyosini qanday baholaysiz? Boysarining zakotni noto’g’ri tushunishi sababini izohlang. Yortiboy obrazi tasviriga e'tibor bering. U sizda qanday taassurot qoldirdi? Doston tasviriga tayanib, eliboy qo’ng’irotlarning boyligi haqidagi tasavvur ingizni aniqlashtirib oling. o’z yurtidan Qalmoqqa ko’chib borayotgan Barchin, umuman, eliboylarning kayfiyati, kechinmalariga diqqat qiling. * * * Qo’ng’irot elidan ko’chgan o’n ming uyli boysunliklar qalmoq shohi Toychixon yurtiga boradilar. U yerda Ko’kaldish, Ko’kaman, Ko’kqashqa, Boyqashqa, Toyqashqa, Qo’shquloq va Qorajon ismli yetti nomdor alp bo’lib, ular Toychixonning tayanchi edilar. Ular o’z yurtlaridagi boshqa eng baquvvat yigitlar bilan birikib, to’qson alp bo’lib, to’qayda bir-birlari bilan kurashib yotardilar. Bu yetti alpning onasi buzg’unchilik va janjalkashligi bilan tanilgan Surxayl degan kampir edi. Go’zal Barchinoyning ta'rifini eshitgan to’qson alpning hammasi uni olmoqchi bo’ladi. Ular Boysariga kelib, "Qizingni birimizga berasanmi, barimizga berasanmi?" deya tah- did qiladilar. Oybarchin otasini bu holatdan qutqarib, alplarga o’zi javob aytishini bildiradi va ulardan olti oyga muhlat so’raydi. " Mendan umi- di bo’lsa, Alpomish kelsin, bo’lmasa, javobimni bersin!" deya xat yozib, Qo’ng’irotga chopar yuboradi. Yorini qutqarish uchun yaqinlari bilan xo’shlashib, yurtidan chiqqan Alpomishga Shohimardon pir va qirq chiltonlar hamisha homiylik qiladi. Chiltonlar qalmoqqa borishning birinchi kechasida charchab uxlab yotlgan Alpomishning ruhini Barchinniki bilan uchrashtiradilar. Alpomish, Qorajon va Barchinga tushlari vositasida kelajak taqdirlari bildiriladi. Qorajon bilan tanishib, do’stlashgan Alpomish unikida mehmon bo’ladi va do’stini Oybarchin huzuriga xabarchi hamda sovchi qilib jo’natadi. Qorajon turib aytdi: "Qani, Barchin, Alpomish bo’lsa — keldi, alplar- ning muhlati bo’lsa — bitib qoldi. Sen nima javob aytasan?". Barchin aytdi: "Alpomish kelsa, kepti-da. Alpomish kepti deb, men Alpomishning etagidan ush- lab keta berayinmi? Bul alplar ham umid bilan olti oyga muhlat bergan. Har kim maydonga ot soladi, otini o’zdirgan odam oladi. Har kimning o’z ko’ngli o’zida qoladi. Mening to’rt shartim bor. Shul to’rt shartimni qilgan kishiga tegaman. Xohi Alpomish qilib olsin, xohi qalmoqlarning biri qilib olsin. Shul so’zimni xon to’ramga aytib bor", — deb bir so’z aytib turgan ekan: Ot chopsa, gumburlar tog’ning darasi, Botirni ingratar nayza yarasi. Kelgan bo’lsa qo’ng’irot elning to’rasi, Qirq kunlik yo’l Boboxonning orasi. Boboxon tog’idan poyga qilaman, Ko’zdan yoshni munchoq-munchoq tizdirsa, Qo’shqanotning quyrug’ini so’zdirsa, Boboxondan poyga qilib o’zdirsa, Oti ildam boybachchaga tegaman. Mendayin oyimning holin bilganga, Osha yurtdan mehnat tortib kelganga, Dushmanlarga qora kunni solganga, Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga, Men tegaman shul yoyandoz polvonga. G’anim ko’rsa, qiyomat kun solganga, Osha yurtdan izlab halak bo’lganga, Ming qadimdan2 tanga pulni urganga, Men tegaman shul qirag’ay merganga. Sabash bo’lsa, bul shibanib chiqqanga, Kurash qilib to’qson alpni yiqqanga, Men tegaman nor bilakli polvonga. Zog’ ham bo’lsa, qo’na bersin gulshanga. Bab-barobar qildim yaxshi-yomonga, Men tegaman to’rt shartimni qilganga. Bu so’zlarni Barchindan eshitib... Qorajon otlanib borayotib edi. Bir kam to’qson alp kelayotib edi, Qorajonning oldidan chiqib qoldi. To’qson alpning zo’ri Ko’kaldosh turib aytdi: "o’zbakning qizining muhlati bitdi. Uchradingmi, nima javob aytdi?". "o’zbakning qiziga uchrab kelayotirman. o’zbakning qizining ayt- gan so’zi shul bo’ldi: "Poyga qilaman, otini o’zdirganga tegaman. Kurashda alp- larning barini yiqqanga tegaman. Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga tegaman. Ming qadamdan tanga pulni urganga tegaman", — dedi. Bul so’zni eshitib, Ko’kaldosh aytdi: "o’zbakning qizining ko’ngli menda. Poyga bo’lsa, o’zib kelmoq Ko’kdo’nanning tani. Kurash bo’lsa, to’qson alpning barini qo’ymasdan yiqmoq faqirning tani. Yoy tortishganda ham mening yoyim sinmay qoladi. Ming qadimdan tanga pulni ursin depti, besh yuz qadimdan tan- ga pulni uraman. Ming qadimga borgan so’ng, chog’lab qo’yib yuboraman, bu yog’ini mujmaltob qilib olaman. Sen bu ostingdagi olachani qayoqdan olding?" — dedi. — Qo’ng’irotdan Alpomish do’stimiz kelgan ekan, bul shuning oti. — Shul yurtdan shul otni minib, xotin olib ketaman deb, ahmoq bo’lib yuribdimi? Ko’sa sinchi degan sinchisi bor edi, sinchisiga aytdi: "Tushib, o’zbakning oti- ni ko’r qani". Tushib, Boychiborni ko’rdi, qarichlab ko’rdi: sag’risining ustidan qulog’ining o’rtasigachayin to’qson olti qarich chiqdi, ayil tortuvi oltmish uch qarich chiqdi. Sag’risini silab, burnidan naycha qo’yib, durbin bilan qarab ko’rdikim, qo’ltig’ida to’rt yarim gaz qanoti taklam-buklam bo’lib yotir. — Qanday ekan o’zbakning oti? — dedi. — o’zbakning oti anday ekan. o’zbakning qiziga burilmay qo’yag’o’y", — dedi. Bu so’zni eshitib, Ko’kaldosh alpning achchig’i kelib: "Mendan biror vaqtda sen jodirim bo’lib, o’zbakni ilgaridan ham ko’rib, o’zbakka yo’liqib, siyosatga otimni tarif qil deb, senga uch-to’rt tanga bergan ekan-da, choqdan biron narsa olib ta'rif qilding", — deb achchig’i kelib, sinchining ikki ko’zini o’yib olib qo’ydi. "Hamma vaqt o’zbakning oti mening otimdan o’zganda, ko’zingning xunini bera- man. Yuringlar, Alpomishning ustiga boramiz", — dedi. Alpomish chodirda o’tirib edi, shunday qaradi: har qalmoqlar kelayapti kal- lasi kapaday, tanasi tepaday, butlari selanglab otning ostiga aymashib ketgan. Alpomish o’tirgan yerida siyosat bilan qaradi. Bir kam to’qson alp otdan tappa- tappa tashlab, qo’l qovushtirib, ta'zim qildi. Aqli shoshib, dabgiridan2 adashib qoldi. Ko’kaldosh alp Ko’kdo’nanning ustida bir o’zi qoldi. ...Qalmoqning yurtidan Barchinning poygasiga to’rt yuz to’qson to’qqiz ot bo’ldi. Boychibor bilan to’ppa-to’g’ri besh yuz bo’ldi. Poygachilar har kuniga ot sovutib, yolg’on poyga qo’yib keladi. Boychibor otlarning changini ham ko’rmay qoladi. "o’yinda o’zgan, chinda o’zadi", — degan gap bor. Hazil poygada otning changini ko’rmay qoladi. Chin poyga bo’lgandan so’ng qanday keladi?" — deb qalmoqlar bog’onog’i ko’r bo’lgan sinchiga izza beradi. ...Hamma poygachilar jam bo’lib, Alpomishning tanidan Qorajon poygaga bormoqchin bo’ldi. ...Poygachilar yo’l yurdi. ...Zil tog’ida bir aydahar boridi: Aydaharga alp Qorajon doridi. Bunda yotgan aydaharni ko’radi, Ot tizginin munda tortib turadi. Aydahar ham Qorajonni ko’radi, Qorajonga ajdar salom beradi. (Shoir so’zi shunday yolg’on bo’lami? Aydahar odamga salom berami?) Ostida mingani Boychibor edi, Minganlarga qutbi zamon yor edi, Jilovida chiltan, pirlar bor edi, Pirga salom bergan aydahar edi... ...Ostidagi Chibor otin o’ynatib, Qorajon chiqdi Zil tog’ining ustiga. ...Qalmoqdan ilgari ketib boradi. Ko’rinmaydi qalmoqlarning qorasi, Yaqin qoldi Boboxonning orasi. Boboxon toqqa yetib, Qorajon otga dam berib yotdi. ...Qalmoqlarning oldi hafta-o’n kun deganda Boboxon tog’iga yetdi. Keyini chuvalib, hali ham kela- yapti... Ko’kaldosh boshliq qalmoqlar Boychiborning ildamligi va poygada yuti- shi aniqligini bilib, nomardlik yo’liga kiradilar. Kimsasiz tog’da Qorajonni bog’lab tashlab, otning tuyog’iga mix qoqishadi. ...Bari qalmoq bu o’rtaga oladi, Qorajon yolg’iz-da nima qiladi? Bu qalmoqlar ko’plik qilib turadi, Qalmoq bari xasta ko’nglin xushladi, Qorajonning bilagidan ushladi. o’ldirmoqqa ko’zi qiymay turadi. Necha so’zni bu qalmoqlar o’yladi, Qorajonni kulala qip boyladi. Harchand chirpinib ko’rdi Qorajon nomdor, Qalmoq ko’p-da, bo’lolmadi barobar. Xazon bo’lsa, bog’da gullar so’lar deb, Ajal yetsa, paymonasi to’lar deb, Bo’shalsa, bir kuni o’zi borar deb, Shumg’ut3 bo’ldi bu juvarmak o’lar deb, — Bosh bo’lib Ko’kaldosh boylab tashladi. ...Boylovli qolgandir Qorajon nomdor, Boychiborni o’rtaga oldi qalmoqlar. Har tarafdan unga arqon soladi, Boychiborni endi yiqib oladi. Boychiborni shunday tortib boyladi, Oyog’idan o’rab, kerib tayladi. Ahmoq qalmoq otga zulm qiladi, Tuyog’iga gulmixlarni uradi, Urgan gulmix yalpoq tizga keladi. Chinqirib kishnaydi boylovli Chibor, Siyosatman zarb ko’rsatdi qalmoqlar. Qorajon bilan Boychiborni shunday qilib boylab tashladi: "...bo’shalsa, bir kunlari borag’oyar, ajali yetsa, o’lag’oyar, ishqip, bizdan keyin qolsa bo’pti", — deb, poygachilar jam bo’lib, qator turib, poygani qo’yib, jo’nab ketdi. Boboxon tog’ida yolg’iz qolib, Boychibor bilan Qorajon ikkovi boylovli yotib, avliyolarni shafe keltirib, bu so’zni aytib yotir: ...Oblo, sendan boshqa yo’qdir murabbiy. ...Karimsan, samadsan, rasuling barhaq, Rahm aylab yor bo’lgin nochor qullara. ...Bu so’zlarni aytib yig’lar Qorajon Boychiborman munda qolib, bul zamon. Armonman boylangan Boychibor edi, Bek Alpomish o’z yurtida qo’l bergan Rajabxo’ja degan piri bor edi. Falak titrar Qorajon nolishiga, Banda ko’nar Tangri qilgan ishiga. Boboxonda yig’lab edi Qorajon, Rajabxo’ja piri yetdi qoshiga. Karomatman kelib xabar oladi, Qorajonning qo’lin chechib qo’yadi. Qorajonni pir tarbiyat qiladi, Qorajonbek bul o’rnidan turadi. Kim chechganin o’zi bilmay qoladi... Qorajon turib, otning oyog’ini yechdi. Ot o’rnidan turdi. Eshonning ruhu- nati otning sag’risini siladi, qalmoqlarning solgan sovuni jiyirilib yerga tushdi. ...Qorajon otning ustiga mindi. Ot oyog’ini bosolmay turdi. ...Eshonnig ruhunati Qorajonga ko’rinmaydi, otning to’shida turib, Qorajonga bir so’zni aytdi: Dam shu damdir, o’zga damni dam dema, Boshing eson davlatingni kam dema, Jabr qilgin menday hayvon joniga, Qamchi urgin go’sht ko’targan soniga, Yetkizarman Boysin-qo’ng’irot xoniga, Qoldim deb, Qorajon, sira g’am yema. Qorajonbek, eshit aytgan so’zimdi, Egarqoshdan ushlab yumgin ko’zingdi, Endi bilsang, mendan xizmat lozimdi... Boychibor boradi suvday arqirab, Tuyog’ida to’rt sixi bor yarqirab. ...Ko’z yubortib, shunday cho’lga qaradi, Badbaxt cho’lda poygachilar boradi. Kunning o’zi peshin vaqti bo’lganda, Poygachining qorasini oladi. ...Haqning yashiniday Chibor boradi, Qalmoqlardan to’sat-to’sat qoladi, Besh yuz otning biri bo’lib boradi. o’zgan otni sanar Qorajon nomdor, Qo’qib-burkib borayotir qalmoqlar. ...Necha otdan Chibor o’tib boradi, o’tgan otni sanab ketib boradi, Otlarning hisobin Qorajon oladi. Alp Qorajon otga qamchi uradi, Bir kecha-bir kunduz chopib boradi. Shunday bo’lib borayotir Boychibor, To’rt yuz oltmish otdan o’zdi jonivor. ...Shunday bo’lib alp Qorajon boradi, o’zganin jamlab sanab ko’radi. Kunning o’zi ayni chashka bo’ladi, Poygachidan to’rt ot kam kep qoladi. ...Jonni sotib Chibor ketib boradi, Qorajonbek shunday bo’ylab qaradi, Mildiragan bir qorani ko’radi, Olis yo’ldan otni qichab boradi. Taqimida besh yuz botmon kaltagi, Qayqayib boradi badbaxt Ko’kaldosh. Alp Ko’kaldosh shunday burilib qaradi, "Chu!"— deydi Do’nanga qamchi uradi, Yashinday bo’p oqib ketib boradi. "Qani endi yetib ol!" — deb boradi. Shopirib irg’iydi nazari Chibor, "Chu!"— deb qamchi urdi Qorajon qaysar, Quvib u Do’nanga yetdi Boychibor. Shamolday g’uvullab yetib boradi, Ko’kdo’nanning sag’risidan oladi, Keyin qarab siltab otib yubordi. Ancha yo’lga borib tushdi Ko’kdo’nan, Qirq ming qadam o’tib ketdi Boychibor. Yana ham o’zini o’ng’ardi Do’nan, Chiborning keynidan yetdi ul zamon. Qarsillatib dumg’azadan oladi, Ustida Qorajon bilmay qoladi. Keyin qarab siltab otib yubordi, Ancha yo’lga borib tushdi Boychibor, o’n ming qadam o’tib ketdi bu tulpor. o’zini o’ng’arib Chibor keladi, Ko’kaldosh ilgari ketib boradi. Poyganing mazgili yaqin qoladi, Yashinday bo’p Chibor yetib keladi. Alp Ko’kaldosh juda hadik oladi, "Chu!"— deydi, Do’nanga qamchi choladi, Ikki tulpor yo’l talashib boradi. ...Ikkovi barobar yo’lda boradi, Bir-birini musht tashlashib uradi. Biri-biroviga mushti tekkanda, Tog’ cho’qqisi qulaganday bo’ladi. Qorajon qaytmaydi, navbat oladi. Goh yerlarda qamchilashib, savashib, Ko’p xarxasha qilar aqili shoshib. Bedov otlar borar yo’lda talashib, Borayotir bir-biriman tishlashib... Savol va topshiriqlar 1. "Oyharchinning Alpomishdan sovchi va xabarchi bo’lib kelgan Qorajonga ber gan javobini qayta o’qing. Bu so’zlari vositasida uning yana qanday manaviy fazilatlari namoyon bo’layotgani to’g’risida fikr yuriting. 2. Barchinoyning: "Shul so’zimni aytib borgin to’ramga, Zog' ham bo’lsa, qo’na bersin gulshanga. Bab-barobar qildim yaxshi-yomonga", — degan so’zlari zamiridagi manoni aniqlashga urining. 2. "Yig’ilib qalmoqlar zo’rlik qiladi, o’ldirmoqqa ko’zi qiymay turadi. Necha so’zni bu qalmoqlar o’yladi, Qorajonni kulaband qip boyladi" tasvirida qalmoqlar ho latini izohlang. 3. Matndan Alpomishning jismoniy va ruhiy qudrati namayon bo’lgan o’rinni toping va sharhlang. 4. Asardagi qalmoqlar tasvirlangan lavhalarga diqqat qilang, ularning jismoniy imkoniyatlari va ma'naviy olamiga baho bering. * * * "Bularning kelar muddatidan o’tdi", — deh Alpomish bir baland tepaning ustiga chiqib, durbinini olib, shunday yo’lga qaradi. Ko’rdi ikki ot yo’lda yo’l talashib kelyapti. Birini durbini bilan tanidi: Ko’kdo’nan. Boychibor to’riqday bo’p ko’rindi. Tuyog’idagi mixlar ozor bergan, oppoq ko’pikka botgan, tuyog’idan chiqqan to’zon bilan to’riqday bo’p qotgan. Boychiborni tanimay: "Ham otim- dan, ham yurtimdan ayrildim", — deb behush bo’lib yiqildi. Barchin kelib, Alpomishning holini ko’rib, yiqilganini ko’rib, boshini tizzasiga olib... Barchin ham durbin olib qarab, kelayotgan otlarga qarab, bir so’z aytib turgan ekan: Qurruyo-qur hayt-a, to’ramning oti, Oq to’shim — yayloving, sochim shibirtki. Kuyganimdan gapni gapga ulayin, To o’lgancha sayising bo’p yurayin. Egam rahm aylasin qonli yoshima, Sabab bo’lib qo’shgin tengu to’shima. Qurru yo-qur hayt-a, to’ramning oti! "Qur hayt!"— degan Barchinoyning dovushi Boychiborning qulog’iga boradi. Suvluq tishlab o’zin otdi Boychibor, Kalta qantarib tashlagandi qalmoqlar, Tizgini uzilib ketdi muqarrar, Ustidagi alp Qorajon bexabar, Ko’kdo’nandan o’tdi endi jonivor. ...Alp Ko’kaldosh otga qamchi uradi: "Bul o’zbakning oti o’zib boradi, Bul Qorajon bir baloni qiladi, Ukam menga dushman bo’lib boradi". Qulochlab qamchi urar Do’nan otiga... Boychibor g’uvullab ketib boradi... Xonning Chibor oti poyganing oldini olib, shashti bilan kelib, baxmal o’tovni yetti marta aylanib, otning tizginini ushlab Qorajon to’xtatdi. Barchinning kaniz- lari yig’ilib yetdi. Qorajonni otning ustidan olib, gilamning ustiga solib, bardor-bar- dor qilib ko’tarib, baxmal uyga kirgizib ketdi. Qizlar otni yelpib sovutib turibdi, opkep yakka mixga boyladi, teri qotdi. Barchin kep otni ko’rdi, ko’zlarini ipak ro’mol bilan surtdi, changi, terini ushatdi. Oyog’idagi mixlar ozor berib, xonning Chibor oti tappa tushib yotdi. Tuyog’idagi mixlarni ko’rib, Barchin bir so’z deb turibdi: Mening uchun hayvon azob ko’ribdi, Shu mix bilan Boboxondan kelibdi, Po’latni eritar qizlarning dami. Barchinoyim ko’rib, o’ylab turadi, Urgan mixi yalpoq tizga boradi. Chorsisini tuyoqqa yozib soladi, Gulmixlarni tishlab sug’urib oladi... Bu so’zni aytib, otga mehribonliklar qilib, banot to’rvaga yemni ilib, ko’chib borgan qo’ng’irotlar jam bo’lib, yig’ilib, poyga ketgan qalmoqlar ham kelib, bir kam to’qson alp gurullashib turib, "Alplar bilan o’zbakning polvoni yoy totishar emish", — deb ovoza bo’lib, hamma tomoshamonlar yig’ilib, shunda Oyna ko’liga, Chilbir cho’liga tomoshamon to’lib, yoyandozlik qilmoqchi bo’lib, bu yoy tortishmoqdagi so’zi: ...Olis yo’lga nishonani quradi, Nishonani urgan odam oladi. Qalmoq alplar bari qator bo’ladi, Men urarman deydi, ko’ngil qiladi, Shiqirlatib endi yoyni tortadi. Yoyning o’qi bul g’uvullab ketadi, Biri pastdan, biri baland ketadi. Bir xilining o’qi yetmay yotadi, Achchiqlanib, yoyni buklab tortadi, Ushlagan parli yoy sinib ketadi. Ikkam to’qson alpi tortib o’tadi, Ko’kaldoshga endi navbat yetadi. Yoyiga Ko’kaldosh o’qni soladi, Nishonaga qarab to’g’ri qiladi. "Bor urdim", — deb, endi yoyni tortadi, Qo’lda yoyi cho’rtta sinib ketadi. Endi navbat Alpomishga yetadi. Parli yoyni shunday qo’lga oladi, Ko’rgan qalmoq bari hayron qoladi. "Rabbim!"- deydi, endi yoyni tortadi, Nishonaga o’qi to’g’ri ketadi. Nishonani urgan shunday to’radi, Bekning yoyi endi 0111011 qoladi. Ming qadim yerni qadamlab ko’radi, Tanga puldan bul nishona qiladi, Yoyni qo’yib, miltiq otmoq bo’ladi. Ko’p deb qalmoqlarga navbat beradi. Qalmoqlar nechovi miltiq otadi, Saksonman to’qsonga o’qi yetadi, Qaysi otsa, yo’lda qolib ketadi. Alp Ko’kaldosh shunday ko’zlab ko’radi, Besh yuz qadim yerga o’qi boradi. Ko’kaldoshning ko’nglidagi bo’lmadi. Alpomishga tag’in navbat keladi. Bek Alpomish xasta ko’nglin xushladi, Anjom, miltig’ini qo’lga ushladi, Qarab nishonani otib tashladi. Ko’rib, bul qalmoqlar hayron qoladi... Uch shart o’tdi. Kurash taraddisini qip yotibdi. o’n ming uyli qo’ng’irot odami, qancha qalmoqning odami yig’ilib, Chilbir cho’liga, Oyna ko’liga tomo- shamon to’lib, qo’r tortib o’tirdi. ...Ko’kaldosh bosh bir kam to’qson alp bir taraf- dan qator bo’lib o’tirdi. Alpomish bilan Qorajon bir tarafdan o’tirdi. Qalmoqlar aytdi: "o’zimizdan chiqib, Qorajon ham balo bo’ldi. Mudom o’zbakning yonini oldi". Bu yoqdan Qo’shquloq degan alp maydonga kirdi. ...Qorajonning bir akasi bo’ladi, Taraf bo’p Qo’shquloq polvon jo’nadi. Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan, Ichida chichqonlar bolalab yotgan. Izdan tushgan pishak oltoyda yetgan, Munday qalmoq qo’lin bulg’ab keladi. Qorajonbek xasta ko’nglin xushladi, Juppay qilib yoqasidan ushladi, Dustaman qip uni qoqib tashladi. Qo’shquloqning endi aqili shoshdi, Qumni qopib, endi yerga yopishdi. Yana ham bir qalmoq kirdi maydonga: Odam tushmas buning aytgan tiliga, Besh yuz quloch arqon yetmas beliga. Duchor bo’ldi Qorajonning qo’liga, Ushlagandan otdi Chilbir cho’liga. Ko’tarilib tag’i qalmoq kiradi, Qorajonbek o’zi yolg’iz turadi, Bunga duchor bo’lgan qalmoq o’ladi. Bul qalmoqdir qalmoqlarning ravishi, Oh ursa, olamni buzar dovushi. To’qson molning terisidan kavushi, Siyosatman kelib maydonga turdi. Qorajon tavakkal Tangriga qildi, Bu qalmoqqa endi yaqinlab qoldi. Kurashmoq hadisin shunday biladi, Alp Qorajon yotibotar qiladi. Ang edi ul, sho’rli bilmay qoladi, Boshidan oshirib yerga uradi. Tushib yerga pora-pora bo’ladi. Achchig’lanib, tag’i qalmoq keladi, Qorajonning ishin bari ko’radi. Qorajonga pirlar quwat beradi, "Xudo!"— deydi, bul maydonda turadi. ...Qorajonbek o’zi tanho turibdi, Nashavand qalmoqlar alpi ko’ribdi, Nashasini xo’p qo’ndirib olibdi, Kayfin choqlab, bul maydonga kelibdi. Qorajonga talab qilib turibdi, Nashavand ta'rifi shunday bo’libdi: To’rt yuz to’qson quloch qo’lda hassasi, Sarhovuzdan katta ekan kosasi. Shuning bilan o’n sakkizta nashasi, To’qson qari bo’zdan bo’lgan kistasi, Shunday qalmoq aylanadi maydonda. Bir-biriga qo’lin bulg’ab boradi, Nashavand bo’lsa ham bir zo’r balodi, Ikkovi ham ko’p olishib turadi, Misli yerlar shudgorday bo’p qoladi, Nashavand-da bo’g’imi bo’shab boradi. Bu qalmoqdir juda nomdor, xuvari, Yo'q edi boyqishning hadis-hunari. Ko’p olishib, kam-kam ketdi madori, Ko’ring endi, Qorajonday shunqori, Qalmoq bilmay qoldi, bo’lmay xabari, Alp Qorajon ko’kka otib yubordi. Balki bulutka ul boyqish yetishdi... ...G’urullashib, qolgani ko’tarilishdi, Qorajonbek yolg’iz qiladi ishdi. Ikkam to’qson alpni nobud qiladi, Bul alplardan bir Ko’kaldosh qoladi. Alp Ko’kaldosh yolg’iz o’zi qolibdi, Qorajon bariga g’olib kelibdi, Kun nomozgar, endi kech bo’p qolibdi, Kurashga ul zamon javob bo’libdi. Shunda ketgan tomoshamon bari yig’ilib: "Kechagidan ham bugun qiziq bo’lar, alplarning zo’ri olishar", — deb turdi. Kecha qanday bo’lsa, bugun ham shunday bo’p o’tirdi. Qorajonga Alpomish turib aytdi: "Bugun tushmaysanmi maydonga, bugun talab qilmay turibsan?" "Bugun ham tush desang, tusha- man. Tushgan bilan bundan 0111011 topmayman, lekin bu haddili zo’r. Bunga tushsam, ikki boshdan o’laman", — deb turibdi. Alpomish chechinib: "Xayr, unday bo’lsa", — deb maydonga talab qila berdi. Ko’kaldosh alp turib aytdi: "o’zbak! Sen bunday bo’yni yo’g’onlik qilma, g’aribi go’riston bo’lib o’lma. Hali ham qo’ygin. Halak bo’p kelgan yo’lingdan qolma..." Bu so’zni eshitib, Alpomish Ko’kaldoshga qarab bir so’z deb turgan ekan: Har kim o’z eliga bekmi, to’rami, O’zi o’lmay, kishi yorin berami? Buncha so’zni lof urmagin, sen qalmoq, Kel endi, maydonda turgin, ey ahmoq. ...Bog’bon bo’lsam, qizil gulni terayin, Har na qismat yozilganin ko’rayin. Kelgin, qalmoq, birga maydon qilayin, Nasib etsa, sening doding berayin. Sening bilan maydon qilib ko’rayin, Zo’rlik qilsang, taqdirga tan berayin, Ko’tarilma, bir olishib ko’rayin! Olishsang, sinaysan o’zing holingni... Bu so’zni Alpomish aytib turadi, Achchiqlanib, bul Ko’kaldosh turadi. Chechinib, shu zamon belini buvip, Minorday bo’p bul maydonga kiradi. ...Ikkovi kep belma-bel bo’p oladi, Belma-bel olishsa, ayrit bo’ladi, Zo’r deganing ma'lum bo’lib qoladi. Shunday bo’ldi anga Haqning farmoni, Ko’p bo’ladi g’amli qulning armoni. Harchandki chirpindi Boysinning xoni, Yiqmoqqa kelmadi bekning darmoni. Zo’r ekan Ko’kaldosh juda bema'ni. Zo’r qilib, ingranib shundayin shunqor, Ko’kaldosh ham bo’ldi xonga barobar, Shudgordayin bo’lib qoldi bu yerlar, Juda ham olishdi bu ikki qaysar. Ikkovi qaytmasdan maydon qiladi, Jon bozori ko’p olishib turadi. O’n ming uyli qo’ng’irotning qizlari bilan, Barchin kanizlari bilan tomosha qilib, bularning olishganini ko’rib, Hakimbekka qarab bir so’z deb turgan ekan: Ko’klamda ochilar bog’larning guli, Gulni ko’rsa, mast bo’p sayrar bulbuli, Narmoda bo’libsiz, biybobom uli. Yiqmasangiz bizga bering navbatti, Juda keldi Barchin yorning g’ayrati, Ushlagandan ko’kka otmay ne bo’pti? Yiqmasangiz, to’ram, navbat tilayin, Erkak libosini o’zim kiyayin. Bor kuchimni bilagima jiyayin, Bul qalmoqni pora-pora qilayin. ...Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi siltab otadi, Maydon bo’lsa, ish ko’rsatib ketadi, Bo’sh odamning ishi keyin ketadi. Bu so’zlarni aytdi gul yuzli dilbar. Ikki polvon bo’lib turdi barobar. Ko’p so’zlarni Barchin suluv aytadi, So’zi Alpomishga botib ketadi. o’tdayin tutashib shunqor ketadi, G’ayrati g’ayratga bekning yetadi. Yor so’ziman sherdil bo’lib ketadi, Chirpab Ko’kaldoshni ko’kka otadi, Ancha yer havoga chiqib ketadi. Xaloyiqlar ko’kka boqib qaradi, Olchi-chikka bo’lib, shunday aylanib, Alp Ko’kaldosh bul osmondan keladi, Kallasiman kelib yerga uradi, Shunday qilib Ko’kaldosh ham o’ladi. ...Haqdan kelgan ishga bo’yin iydirdi, o’n ming uyli elatini jiydirdi. Xabar berdi shunda otlar choptirib, Namoyishga oq o’tovlar yoptirib. Barchinoyga to’y qilmoqchi bo’ladi. Chilbir cho’lda to’yni boshlab qoladi. ...Qirq kundankay to’ylar oxir bo’ladi, Bir nechalar uyga qarab jo’nadi. ...Baxmal o’tovda chimildiq tutib, kuyov navkarlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bo’lib, bir necha xotinlar "kampir o’ldi" bo’lib, o’lganiga bir nima olib, "it irillar" degan rasmini qilib, bunda ham bir nima berib, har zamon salom solib, uydan ichkari kirib, chimildiqqa o’tirib, oldiga dasturxon solib, ...kuyov navkarlarga to’ppi, ro’mol, sarpoylar berib, kuyov navkarlar chiqib ketdi. Barchinni bekning... qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, "chach siypatar", "qo’l ushlatar"ini qilib, bir necha yangalar har qaysisi o’z mazgiliga ketdi. ...Shunday bo’p bul orada qirq kun o’tdi. Qirq kungacha maslahat qip yotdi. Qirq kundan keyin maslahatni bir yerga qo’yib, Boysari qoldi. o’n ming uyli qo’ng’irot Barchin bilan ketmoqchi bo’ldi. ...o’n ming uyli qo’ng’irot bari ko’chib, yo’lga kirib, Boysari qaytib uyiga kelib, yolg’iz qolib, kallasi g’uvullab, muso- firligi asar qilib qoldi... Savol va topshiriqlar Ko’kaldoshni yiqitolmayotgan Alpomish holati va uning ahvolidan iztirobga tushgan Oybarchin tuyg’ulari ifodasi haqida fikrlang. Barchinoyning Alpomishga qarata aytgan achchiq so’zlari alpga bu qadar qattiq tasir qilganligi sababini izohlang. Otlar va odamlar tasviridagi o’xshashlik va farqlarga e'tibor qiling. Qaysi tasvirda baxshilar ko’proq mahorat ko’rsatishgan? Qahramonlar boshidan o’tgan shuncha qiziqarli va xavfli sarguzashtlarning asl sababi nimada deb o’ylaysiz? Sizningcha, "Alpomish" dostoni muhabbat haqidami, yurtsevarlik to’g’ri sidami, oshiqlik sha'ni haqidami, yoki yigit ori to’g’risidami? Dostondan o’zingizga maqul kelgan parchani yod oling. Nazariy ma'lumot XALQ DOSTONLARI VA ULARNING TURLARI Xalq og’zaki ijodi baduy adabiyotning eng qadimgi shaklidir. Negaki, odam- lar baduy asarlarni dastlab og’zaki shaklda yaratishgan va ular og’izdan og’izga ko’chib yurgan. Bu asarlar qattiq tasir kuchiga ega bo’lganliklari uchun ham xalqning baduy xotirasi tufayli davrlar osha avlodlarga yetib kelgan. Kim tomoni- dan yaratilgani noma'lum bo’lgani uchun ham bunday asarlarga xalq og’zaki ijodi namunalari deyiladi. O’zbek folklorida xalq dostonlari alohida o’rin tutadi. Olimlar XIX asr oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o’zbek baxshilari tomonidan kuy- langan yuz ellikka yaqin doston borligini aniqlashgan va variantlari bilan qo’shib hisoblaganda, ulardan to’rt yuztacha asar yozib olingan. Folklorchi olimlar- ning aytishlaricha, birgina "Go’ro’g’li" turkumidagi dostonlar yuzdan oshadi, "Alpomish"ning esa qirqdan ortiq yozib olingan varianti bor. "Doston" forscha so’z bo’lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta'rif ma'nolarini bildiradi. Adabiy atama sifatida ham folklorning, ham yozma adabiyotning muay- yan janrini anglatadi. Xalq og’zaki ilodiga mansub asarlarni yozma dostonlardan farqlash uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning boshidan o’tgan qaltis voqealar she'r va nasriy yo’lda aralash tas- virlangan yirik hajmli, muallifi noma'lum epik asarlar xalq dostonlari deyiladi. Xalq dostonlari olimlarimiz tomonidan quyidagi turlarga ajratilgan: 1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma dostonlar. 3. Romantik dostonlar. 4. Tarixiy dostonlar. 5. Kitobiy dostonlar. Yozma dostonlar aniq muallif tomonidan she'riy yo’lda yozilib, biror per- sonaj kechirgan hodisalar shoirning tuyg’ulari bilan uyg’unlikda tasvirlanadi. Bu xil asarlar adabiyotshunoslikda "poema" deb ham yuritiladi. She'r bilan nasrning aralash kelishi xalq dostonlarining muhim belgisidir. Dostonlardagi she'rlar, asosan, o’n bir bo’g’inli bo’lib, barmoq vaznida aytilgan bo’ladi. Qahramonlarning o’y-mulohazalari, nisbatan tinch ruhiy holati tasviri, o’zaro so’zlashuvlari o’n bir bo’g’inli she'r bilan ifodalanadi. Bazan dostonlarda tasvir talabiga ko’ra yetti, sakkiz bo’g’inli she'riy ifodalar ham uchraydi. Otlar chopishi, jang manzaralari, personajlarning tezkor harakatlari aks etgan o’rinlar yetti-sakkiz bo’g’inli sherlar bilan ifodalanadi. Siz 7- sinfda o’qigan "Ravshan" dostonida o’g’lini qutqarish uchun shoshilinch ketayotgan Hasanxon tasviri ay- nan yetti bo’g’inli misralarda berilgan: "Qulon yurmas yerlardan Quvib o’tib boradi, Bulon yurmas yerlardan Buvib o’tib boradi". Sakkiz bo’g’inli misralar esa maydon talashayotgan otlar holati yoki jang ko’rinishi tasviriga qo’llaniladi: "Dushmanlarni to’plab olib, Yetganiga qilich solib, Har dara o’likka to’lib, Bosh kesar maydon ichinda". Xalq dostonlaridagi nasriy tasvirlar ham juda o’ziga xos bo’lib, ko’pincha, saj' yo’lida, ya'ni qofiyali sochma ko’rinishida keladi. Nasriy tasvirlarning bu tarzda berilishi xalq dostonlarining ifoda darajasini yuksaltirib, baduy tasirchanligini orttiradi. Chunonchi, "Go’ro’g’lining zo’r deb ta'rifi ketgan, zarbasi toshdan o’tgan, qilichining ishlovi yetgan, tekkan 0111011 qolmasin deb zaharning suvin yalatgan " nasriy parchasidagi "ketgan", "o’tgan", "yetgan", "yalatgan" so’zlari nasriy tasvirga ohangdorlik, musiqiylik baxsh etadi. Xalq dostonlarining deyarli hammasida uchraydigan ifoda va tasvirlar folk- lorshunoslikda "epik qoliplar" deyiladi. Ular xalq dostonlarida takrorlanib tura- digan holatlar tasvirida qo’llaniladi. Dostonlarning boshlanish va tugallanishi, personajlarning ko’rinishi, o’zaro munosabatlari, tulporlarga berilgan ta'riflar, safar yoki jang tasvirida epik qoliplardan foydalaniladi. Misol uchun: "Dam shu damdir, o’zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema" yoki: "Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol". Xalq dostonlarida asardan asarga ko’chib yuradigan, baduy qolip holiga kelib qolgan she'riy qatorlar yoki folklorshunoslar tili bilan aytganda, uslubiy for- mulalar ham muhim baduy ahamiyat kasb etadi. Savol va topshiriqlar 1. Xalq dostonlarining yozma dostonlardan farq qiladigan jihatlarini ko’rsating. 2. Xalq dostonlarining turlarini ayting. 3. Dostondagi she'rlarda bo’g’inlar sonining oz ko’pligi sababini tu shuntiring. O’ZBEK ADABIYOTI TARIXI NOSIRUDDIN RABG’UZIY Adibning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma'lumot yetib kelgan. U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o’g’uz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning "Qisasi Rabg’uziy"dan boshqa asari ma'lum emas. Mazkur kitobda u o’zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan "...bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, ma'siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko’p yo- zuqliq Raboti o’g’uz qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin..." deb yozadi. Ko’rinadiki, allomaning oti Nosiruddin bo’lib, otasi Burhoniddin Raboti o’g’uzning qozisi bo’lgan. Rabg’uziy taxallusi u yashagan joy nomi bilan bog’liq. Yetuk ulamo va din arbobining oilasida tarbiyalangan Nosiruddinning o’z zamonasida taniqli tarixchi, yetuk shoir va iste'dodli tarjimon sifatida tan olinganligidan dalolat beruvchi yordamchi manbalar mavjud. Rabg’uziyning qissalari manosini anglatuvchi "Qisasi Rabg’uziy" asari olam va odamning yaratilishi, insonning yo’ldan ozishi va komillik sari mashaqqatli yo’l bosib borayotganligi haqida g’oyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Asar musulmon dinini qabul qilgan e'tiborli mo’g’ul beklaridan Nosiruddin To’qbug’aning iltimosiga ko’ra, hijriy 709- (milodiy 1309—1310) yilda yozilgan. Asosan payg’ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o’ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda "Qisas ul-anbiyo" (Payg’ambarlar qissasi) nomi bilan mashhur ko’plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning "bazisi mustaqim (to’g’ri, haqiqiy) bor, bazisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor". Shuning uchun ham bek To’qbug’a adibdan "o’qimoqg’a keraklik, o’granmakka yarog’liq" payg’ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so’ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning bu asari "Qisasi Rabg’uziy", "Qisas ul-anbiyoi turkiy" nomi bilan shuhrat topdi. Rabg’uziyning bu ijod mahsuli mazkur mavzu ananasidagi o’ziga xos bosqich bo’ldi. Birinchidan, adib o’zigacha yaratilgan payg’ambarlar haqidagi qissalarni puxta o’rgandi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo’l qo’ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors tillarida yozilgan bo’lsa, Rabg’uziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho ma'naviy mulkiga aylandi. Qissalar sujeti, bosh qahramonlari turlicha bo’lsa-da, ularni bir zot — Muhammad alayhissalom siymosi o’zaro birlashtirib turadi. Dunyoning yaratilishi haqidagi birinchi qissada aytilganidek, Olloh taolo farishtalariga qarata "... man bilurmankim, Muhammad Mustafo alayhissalom Odam o’g’lonlaridan bo’lg’usi, bul jahonni, ul jahonni, oyni, kunni, qamug’ narsalarni aning sevukligi uchun yaratdim", — deb marhamat qiladi. Shuningdek, asarning oxirgi qissasi Muhammad alayhissalom va u zotning oilasi, avlodlari haqidadir. Ko’rinadiki, insoniyatning uzoq tarixi, nabilar va boshqa ulug’ zotlarning haq va haqiqat yo’lidagi say'-harakatlarining samarasi, umuman, odam zotining tom komillashuvi Muhammad alayhissalomning dunyo sahnasiga chiqishi bilan zuhur topdi. Asrlar davomida insonlarni to’g’ri yo’lga boshlagan, buyuk Olloh irodasining ifodasi bo’lmish din ham Muhammad alayhissalom(a.s.)ga berilgan Islom shariatida o’zining mukammal shakli va mohiyatiga ega bo’ldi. Ming yillar davomida yuz bergan jarayonlar, inqirozlar, rivojlanishlar ana shu zot (Muhammad a.s.)ning dunyoga kelishi, Islom mafkurasining qaror topishi uchun tayyorlangan zamin edi. Asardagi qissalarni birlashtirib turadigan bosh g’oya ham, ulardan kelib chiqadigan xulosa ham mana shundan iborat. Aytish mumkinki, "Qisasi Rabg’uziy" buyuk ibrat va insonga taskin, umid bag’ishlovchi mo’tabar manbadir. Asarda payg’ambarlar hayoti, tarixda bo’lgan voqealar shunchaki bayon qilinmaydi. Har gal ular zamiriga yashiringan azaliy haqiqatlar sharhlab boriladi. Uni o’qir ekansiz, bu dunyoda hech narsa tasodifiy, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin bo’lasiz. Barcha voqeliklarda Parvardigorning hikmati, adolati, eng asosiysi, ibratga to’la irodasi zuhur qiladi. Olloh Odam Ato va Momo Havvoni yaratib, avvalda jannatga kiritdi. Chunki Odam avlodlari hayotlik davrida intilishlari, dunyoda yashab ezgu 110111 qozonishlari va odam degan nomga loyiq bo’lishlari lozim edi. Otamiz Odam hamda onamiz Havvoning bug’doy mojarosi bilan jannatdan quvilishi ham bejiz emas edi. Olloh "Odam yaratmazda ashnu (ya'ni yaratishdan oldin) yer yuzida xalifa yaraturman (deb iroda qilgan edi). Bug’doydin yedi tesalar (jannatdan yer yuziga) chiqmoqqa sabab bo’lg’usi uchun". Yoki Yusuf alayhissalomning qul qilinishini olaylik. Taqdirida bo’lgani uchun, bir vaqtlar qul bo’lgan bo’lg’usi payg’ambar Misr hukmdori bo’ldi. Qahatchilik, ocharchilik tufayli butun Misr xalqi Yusufga qul bo’lib qoladi. Shunda Tangri taolo o’z rasuliga qarata shunday xitob qiladi: "Ey Yusuf, biz seni qulliqqa solmasaq erdi, bu kun qullar qadrin qayda bilgay erding". "Qisasi Rabg’uziy"dag'i har bir qissadan inson o’ziga shior qilib olsa arziy- digan nasihatlarni istaganicha topish mumkin. Iblis o’zini ulug’ sanab, kibrga botdi, Ollohga osiy bo’ldi va uning huzuridan lanatlanib quvildi. Demak, kibr halokatga sabab bo’luvchi illatdir. Yusufni ko’rolmay unga zulm qilgan akalari qismatidan ko’rinadiki, hasad insonning ichini yondirib, uni tubanlikka boshlovchi va oxir-oqibat yuzini qora qiluvchi o’t ekan. Quyidagi so’zlar har kimga eslatma bo’lishi kerak: "Masiyat (gunoh)dan yig’iling, xalq orasida ko’ni (to’g’ri) hukm qiling, kuch qilmang, zino qilmang, qon to’kmang, xiyonat qilmang". Shuningdek, "Qisasi Rabg’uziy" o’ziga xos etnografik xarakterdagi chizgilarga ega asardir. Unda turkiy va boshqa xalqlarning ayrim rasm-rusum, urf-odatlari ham muallif nazaridan chetda qolmagan: "Rum viloyatining odati bor, teva (tuya)lari chaliqliq (beboshlik qilib) burunduqlatmasalar yangi tushgan kelinlarni keltirub, un tuzub (musiqa chaldirib) yirlayturlar (kuylatishadi). Tevalar ularning ovozlariga xushlanib o’zlaridan kecharlar (o’zlarini unutadilar) — ilikka ilinurlar (qo’lga tushadilar)". Yoki: "Xalq orasida rasm bor, do’st do’stga safar qilib yonar (qaytar) bo’lsa, bir hadya ola borurlar". Asar baduyati ham o’ziga xos. Bir qator qissalar boshlanishida yoki ichida berilgan o’zbekcha hamda arabcha she'rlar Rabg’uziyning nozik ta'b zullisonayn shoir bo’lganligidan darak beradi. Bu she'rlar asar mazmunini to’ldiradi, g’oyaviy maqsadni yuzaga chiqarishdagi o’ziga xos baduy vosita bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, juda ko’p o’rinlarda voqealar bayoni, holatlar tasvirida tashbeh, tanosub, tazod, tajnis, takrir, jonlantirish kabi tasvir vositalardan unumli foyda- langan. Xususan sa'j (nasrdagi ichki qofiya) adibning sevimli baduy vositasi ekanligi ko’zga tashlanadi. Muallif sa'jdan asosan tarif va tavsif o’rinlarida foy- dalanadi. Masalan, Idris alayhissalom tarifi : "...payg’ambar alayhissalom ul umri ukush, diydori ko’shish, Azroilg’a qotishg’an, rizvon birla yanashg’an, dunyodin qushtek uchg’an, tamug’g’a kirib chiqg’an, Sirotdin yashindek kechg’an, uchmoh qabug’in ochg’an, o’zi aziz, o’rni adiz, arig’ zotlig’, Axnuh otlig’ Idris yalavoch". Hurmatli o’quvchi! E'tiboringizga "Qisasi Rabg’uziy"dan bir parchani hozirgi tilga tadbil qilmay, asliyatda qanday bo’lsa, o’sha holatda havola qilmoqdamiz. Berilgan lug’at yordamida ularni qiynalmay o’qiy olasiz. Ko’p o’rinlarda muallif fikrni dalillash uchun Qur'011 oyatlari, Payg’ambar (a.s.) hadislari arab tilida keltirgan. Biz bu arabcha jumlalarning hozirgi o’zbek tiliga o’girilgan holatdagi mazmunini berdik. Ular matnda alohida ajratib ko’rsatilgan. Mazkur parchalar bilan tanishgach, o’zbek adabiyotining bu bebaho yodgorligiga qiziqishingiz ortadi, u sizning bir umrlik hamrohingizga aylanadi, deb umid qilamiz. Savol va topshiriqlar 1. Quyi sinflarda Rabg’uziy asaridagi qaysi qissalardan parcha o’rgangan edin giz? Ulardan olgan taassurotlaringizni eslang. 2. Diniy xarakterdagi qanday asarlarni o’qigansiz? 3. Darsdan so’ng o’qituvchingiz rahbarligida o’rtoqlaringiz bilan ular to’g’risida suhbat uyushtiring. QISASI RABG’UZIY RASUL ALAYHISSALOM VAFOTI So’ZLARI Xabarda kelur, kunlardan bir kun Rasul alayhissalom tong namozini o’tab minbarg’a og’ib sahobalarqa va'z va nasihat qildi. Anda kezin aydi: "Ey mo’minlar, kim ersaning manim uza hech da'vosi va xusumati bormu?" Kim ersa javob aymadi. Ikinch so’rdi, kim ersa javob aymadi. Uchunchida Ukosha otlig’ sahoba qo’pti , aydi: "Yo Rasululloh, manim bir da'vom bor". "Aytg’il", tedi. Aydi: "Bir kun siz safardin kelurda siz tevaga2 minub, teva urur bo’lub, ul qish qamchi3 birla uchamqa4 urdingiz, yavloq5 og’ridi. Yo Rasulalloh, uch qurla aymasangiz manma aymas erdim", — tedi. Rasul alayhissalom hujraga kishi izti6, qamchi tilagali keldi. Qamchi tiladi. Xotunlar: "Na bo’ldi, na yerga borur?"— teb qazg’urdilar7. Aydi: "Safarg’a bormas, yerga borur?"— teb qazg’urdilar. Aydi: "Safarg’a bormas, ammo Ukosha qisos8 tilayur", — tedi. Xotunlar yig’lashtilar. Qamchini kelturdi. Rasul ilkinga oldi. Ukoshag’a berdi. "Man netak urdum ersa san taqi andag’ urg’il", tedi. Ukosha qamchi olib andag’ tedi: "Bu qasos rost kelmas. U1 kun siz teva munub borur erdingiz, man yerda andog’ erdim. Ustundin ingan berga birla bu rost kelurmu?" Rasul alayhissalom minbardin indi, Ukoshani minbarg’a og’durdi9. "Urg’il", tedi. Ukosha aydi: "Yo Rasululloh, ul kun maning engim yoling10 erdi, yavloq og’ridi. To’nungni chiqargil, qisos rost kelsun", — tedi. Yig’i, cho’g’i sahobalardin zohir bo’ldi. Rasul alayhissalom to’nun chiqardi, egnini yoling qil- di. Sahobalar faryod qo’pordilar, Abu Bakr aydi: "Ey Ukosha, ul qamchini maning yuzumga, ko’zumga urg’il. Rasul alayhissalomning qutlug’ taninga tegmasun". Umar va Usmon va Ali raziyallohu anhum ajma'in mundag’-o’q yig’lashib: "Meni urg’il", — tedilar. Rasul alayhissalom aydi: "Ey yoronlarim, siz kendu12 shafqat qilursiz. Ammo qisos manga yarig’u13 bo’lsa sizlardin ravo bo’lmag’ay", — tedi. Anda kezin Ukosha egnini yoling ko’rdi ersa, aydi: "Yo Rasululloh, manim maqsudim qisos ermas erdi, egningdagi muhri nubuwatni ko’rsam14. Emdi dastur bergil15, ul muhr uza qubla berayin16, sandin avf qildim", dedi. Rasul alayhissalom dastur berdi. Ukosha qubla qildi. Sahobalar qamug’ sevunchluk bo’ldilar, Ukoshaga ofarin o’qidilar. Aymishlar, qach kunda kezin vido’ hajji bo’ldi. Tevaga minub tururda Rasul alayhissalomda vahy og’rig’ining asari bilgurdi. Muhojir va ansor tegrasinda turub vahy tinglayur erdilar. Rasul alayhissalom bu oyatni o’qiyur erdi: Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim va tamom qilib berdim sizlarga ne'matimni va to’g’ri yo’l ko’rsatadigan din bo’lsin uchun islomni sizga ravo ko’rdim. Ba'zi sahobalar muni eshitib sevunur erdilar. Siddiq aydi: "Sizga sevungu kun turur. Man bildugumni siz bilsa erdingiz, sevunmagan erdingiz. Bilmish bo’lung, Mustafoni bizing oramizdin chiqargudek tururlar. Bizni aning firoqi birla mubtalo qilg’utek tururlar". Abdulloh ibn Mas'ud aytur: Hijratning so’nggi yili erdikim, Rasul alayhissalom og’rig’ bo’ldi. Jamoat namozig’a boru bilmadi. Abu Bakrga ijozat berdi: "Borg’il, sahobalarg’a imomatlig’ qilg’il", — teb. Bilol (r.a.) azon qildi. Rasul alayhissalomning og’rig’i anchada andoq bo’ldi. Fazl ibn Abbosqa aydi: "Mani masjidga elting". Bir qo’lini Fazl tutti, bir qo’lini Ali tutti. Masjidga eltdilar. Siddiq raziyallohu anhu Rasulni ko’rdi, yong’uga o’g’radi . Rasul aydi: "Chiqmag’il, imomatlig’ qilg’il". Rasul alayhissalom Abu Bakrga iqtido qildi , namoz o’tadi, hujraqa yondi4. Kun kelu og’rig’i ziyoda bo’ldi. Qizil mengizi sarg’ardi, chechaktek englari so’ldi. Jabroil xoja mengizlik bo’lub ustun turur. Azroil bir badaviy arabtek bo’lub kirib keldi. Tizin cho’kub5 o’lturdi. Ozin-ozin6 Rasulqa yaqinroq keldi, quloqinga so’zladi. Rasul alayhissalom holi aynadi. Telim oh qildi, yig’ladi. Sahobalar qamug’ yig’lashtilar. Aydilar: "Yo Rasululloh, bu arab kim erdi, sizga ne tedi? Holingiz aznadi". Aydi: "Ey yoronlarim, aziz do’stlarim, ul kelgan Malak ul-mavt — qarindoshim Azroil erdi. o’sh7 qarindoshim Jabroilma hozir turur, manga so’zlayur: ummatingga salom tegurgil, bo’g’uz uchun imonni ilikdin8 chiqarmasunlar teb. Shaytonni, nafs-u havoni izarmasunlar9, shak va sharika insunlar10. Ko’ni imong’a berk yapushsunlar11, o’lumni unutmasunlar. Hiqd12 va hasaddin iroq tursunlar, shariat ahkomini berk tutsunlar. Dunyoga ko’ngul bog’lamasunlar, Tengri azza va jalla yorliqin og’irlasunlar. o’g’il-qizqa osh, etmak otasi bo’lmasunlar — dini islom otasi bo’lsunlar. Yovuz esh qo’ldoshdin yig’ilsunlar. Besh namozni azoqin tutsunlar. Qul, kungni ezgu tutsunlar13, darvishlarga rahm qilsunlar. o’gsuzlarga14 shafqat qilsunlar, qazg’ulug’15 munglug’larqa bo’lushsunlar. o’lumga anuq16 tursunlar, qiyomat ishin bitursunlar teyu turur", — tedi. Sahobalar qattig’ yig’lashtilar. Rasul alayhissalom aydi: "Ey sahobalar man sizga yalavoch erdim". Aydilar: "Ey olamlug’larning chirog’i, san bizga ota- onadin mushfiqroq erding. Xaloyiqni shariatqa da'vat qilding, ummatqa sunnat va farz o’gratting. o’gsuzlarga otaliq qilding, za'iflarqa ektulading17. Muhojir va ansorlarqa tarbiat qilding. Odamiy va parini hazratqa undading. Yo’lsuzlarqa yo’l ko’rguzdung, bo’ynag’ularni2 ko’ndurdung. Ko’nilar uza shariat gavharin isor1 qilding, shirk va fitna tug’ini yerga chalding4. Olamni ilm bila yorutding, Shaytonni adl birla surdung. Mo’jizalar ko’rguzdung: oyni ernak5 birla yording; so’klunmish o’g’loqni tarkida so’zlatting6; ilkingdagilarni tilga kelturding; qurug’ yig’ochni7 yoshartting; yemishsiz yig’ochni duo birla nematlig’ qilding; ushoq toshni tasbihga kelturdung; tamug’g’a8 boru turg’anlarni yondurub ujmoh yo’linga boshlading", — teyu ingrayu boshladilar. Uch kunda kezin Malak ul-mavt9 yana keldi. Rasul alayhissalom Oyishag’a tizin yastanub yotur erdi. Fotima, Hasan va Husan katinda o’lturur erdilar. Qabiz al-arvoh qapug’qa keldi, hurmat birla aydi: "Ollohning salomi bo’lsin sizlarga, ey payg’ambarlik va elchilik uyining ahllari, Ollohning salomi bo’lsin sizlarga, ey odamlar muhtoj bo’ladigan va ulug’lik uyin- ing ahllari, Ollohning salomi bo’lsin sizlarga, ey insoniylik va saxovat uyining ahllari, Ollohning salomi bo’lsin sizlarga, ey azizlik va sayyidlik uyining ahllari, Ollohning salomi bo’lsin sizlarga, ey marhamat va baxt saodat uyining ahllari. Dastur10 bormu, kirsamiz?" Oyisha raziyallohu anho aydi: "Bu a'robiyqa ayding, kirgu vaqt ermas. Rasul alayhissalom emganib turur". Rasul alayhissalom Azroil unin tanudi, aydi: "Ey Oyisha, so’z birla yonar12 kishi ermas, ish biturmadin ketmas, a'robiy ermas, Azroil turur, kirsun", — tedi. Kirib salom qildi. Rasul alayhissalom so’rdi: "Na ishga kelding?" Azroil aydi: "Hazratdin yorlig’ andog’ tururkim, Muhammadga borg’il, dastur bersa jonin olg’il. Dastur bermasa ravon yong’il teb. Emdi dastur bersang jon olurman, bermasang yonarman", — tedi. Rasul alayhissalom aydi: "Yo Azroil, jon bu kun olmasang kech qolsa oqibat olurmusan?". "Olurman", tedi. "Andog’ ersa ishga turg’il", — tedi. Azroil jon olmoqg’a o’g’radi. Rasul alayhissalom sog’din so’lga13, so’ldin sog’g’a to’lg’anub boshladi. Muborak azosi kuchsuz bo’ldi. U1 qutlug’ ko’ngli mungluk bo’ldi. Mengizi sarg’ardi, shakkartek tili so’zlamas bo’ldi. Ko’rkluk yangoqlaridin qatra-qatra yosh toma boshladi. Aqiru-aqiru14 tilin tebratib: "Iziyo, mani dunyodin ko’nilik uza chiqarg’il, to’proqqa ko’nilik uza kigurgil, qiyomat kuni tuproqdin ko’nilik uza qo’porg’il", — teyur erdi. Qamug’lari tegrasida yig’lashurlar. Hasan va Husayn raziyallohu anhumo yoling bosh bo’lub ingrashurlar. Fotima raziyallohu anho yig’lab aytur: "Ey yumshoq to’shakda yotmag’an, ey tovar to’n kizmagan, ey arpa etmagin to’q yemagan", teb yig’layur erdi. Ev mungushidin15 un keldi: Voh, qandoq chidab bo’lur Rasulullohning firoqiga. Rasul alayhissalom tekma bir soatda ilkin suvqa tegurub ko’ksunga qo’zur. "Iziyo, jon bermakni Muhammadga oson qilu bergil", teyur erdi. Qachon jon ko’ksinga yetti ersa aydi: "Ey Azroil, bir soat tavaqquf qilg’il, jon bermakni oson qilu bergil", — teyur erdi. "Ey Azroil, bu kundin qiyomatga tegi maning ummatlarimga jon bermak qattiqliqi bor ersa ul qattiqliqlarni manga yuklagil. U1 qattig’liqlar manga bo’lsun, ummatlarimqa bo’lmasun". Azroil aydi: "Yo Rasululloh, man saning yastuqingda o’lturgandin boru izi azza va jalladin yetmish yo’li farmon yetil- di. Do’stum Muhammad birla rifq1 mador qilg’il. Jonin yuvoshliq birla olg’il, azinlardin2 olmishtek olmag’il", teb. Onchada Oyishai Siddiqa raziyallohu anho yig’layu Rasul alayhissalomqa yapushti. "Necha ular birla so’zlashursen, bir zamon manim birla so’zlashgil. Yetti yasharda sanga ulashdim, taqi yoshim yigirmaga yetmas erkan muborak jamolingdin azrilurman. Ey aziz jonim, se- ning firoqing achig’i qamug’ olam uza necha ersa, yolg’uz man za'if uza andin ortuqroq turur. Azinlarning etagi kuyar, manim tanim, jonim kuyar". U1 holda Fotima raziyallohu anho Rasul alayhissalomning yuzunga boqib: "Ey odamlar quvanchi, ey muhiblar sevunchi, ey mushtoqlar umanchi, ey ummatlar inonchi, ey osiylar tayanchi, ey odamiylar davlati, ey olamluqlar rahmati, ey haqning muslihi, ey xalqning shafi'i, man sansiz mehrob va minbarni netak ko’rayin", teb yig’layurda Ali raziyallohu anhu Fotimani tizar erdi. Rasul alayhissalom aydi: "Yo Ali, Fotimani tizmagil. Mantek otaning firoqinda yig’lasunlar. Qizlar yig’isi otalar yastuqi yavloq kuynukluk bo’lur". U1 holda qamug’ sahobalardin yig’i va faryod va zorliq qo’pti. Rasul alayhissalomning joni bo’g’zinga keldi ersa ko’zin ochib aydi: "Ey Azroil, bir zamon sabr qilg’il, qarindoshim Jabroil kelsun. Yana bir qurla so’ng diydorin ko’rayin", — teb tavaqquf qildi ersa Jabroil keldi. Yetmish ming muqarrab farishtalar birla yig’layu kirdi. Rasul alayhissalom aydi: "Qaydasen, ey qarindoshim Jabroil, qarindoshlar bu kun kerak bo’lur". Jabroil alayhissalom aydi: "Ey olam faxri, yetti ko’k farishtalari sanga taziyat tutub tururlar erdi, anda mashg’ul bo’ldum". Rasul alayhissalom aydi: "Ey Jabroil, bu soat na futuh kelturdung?" Aydi: "Ko’klar qapug’i, ujmohlar qapug’i ochildi. Hurlar yuksakka og’ib, niqob yuzlarindin ko’turub, iliklarinda nurdin tabaqlar olib, saning qut- lug’ joningga nazzora qilaling teb kuyub tururlar". Rasul alayhissalom aydi: "Ey qarindosh, muni so’rmasman. Manda kezin Mavlo taolo manim za'if yozuqluq ummatlarim birla na muomala qilg’ay, ani so’rarman". Jabroil yana yondi, bir soatda kezin yana keldi ersa aydi: "Ey sayyidi Molik al-muluk, haq taoldan ta'zim yorliqlar: "Ey manim do’stum, ko’nglungni ummatdin forig’ tutg’il . Saning ummatlaringni erin2 tebratgani birla ul amal qilg’aymankim, Muso tayoqi Firavn saharasi3 birla qildi. Bir aso otmoqi birla qamug’ kufr va sehr va tug’yon yo’q bo’zun bo’ldi. Bu kun san bir erin tebratgan birla qamug’ osiy ummatlaringning daftarlarin g’ufron4 suvi birla yub yo’q bo’zun qilg’ayman. U1 kun Muso onasiqa ayduq: "Bu kun o’g’lungni tengizga kemishgil5, qo’rqmag’il, qazg’urmag’il. Bu kun yosh o’g’lonni bizga bergil, yoshlig’ yalavoch6 qilib sanga beraling", — teduk. Senma bu kun masiyatlig’ bir ovuch bulg’anuq7 ummatingni bizga isborlag’il8, yorin qamug’ini yorliqab, arig’lab sanga beraling teb. Oyisha raziyallohu anho aytur: "Rasul alayhissalom azin so’zlamas bo’ldi. Boqtim, og’zinda tili tebranur. Quloq tuttum, tingladim, aytur: "Namozni qo’zmang, qul kungni ezgu tu- tung". Oxir vasiyati bu erdi, dunyodin bordi. Qirq yoshinda vahy keldi, oltmish uch yoshinda rabi' ul-avval oyining o’n uchinda dushanba kun vafoti bo’ldi. Panjshanba kun tuproqqa kirdi. Maqsud ul turur. Bu er nechuk kechar dunyoda ul ergakim, Mavlo taolo olamni, odamni aning do’stluqida yarattikim, Agar Siz bo’lmaganingizda falaklarni yaratmagan bo’lardim, olamluqlar rahmati erdikim, Biz Sizni olamlar uchun faqat rahmat bo’lsin deb yuborganmiz. 7Savol va topshiriqlar 1. Umri poyoniga yetganini anglagan rasulullohning "kim ersaning manim uza hech davosi va xusumati bormu?" deb so’rashining sababini tushuntiring. 2. Sahoba Ukoshaning maqsadi va tadbirini qanday tushundingiz? 3. Qurondagi: "Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim va to’kis qilib berdim sizlarga ne'matimni va to’g’ri yo’l ko’rsatadigan din bo’lsin uchun islomni sizga ravo ko’rdim" oyatini eshitgan Abu Bakr Siddiq nima uchun yig’lagandi? 4. Matndan sahobalarning Muhammad alayhissalomga uning o’zi oldida bergan ta'rif va tavsiflarini topib, izohlang. 5. "Ey Azroil, bu kundin qiyomatga tegi maning ummatlarimga jon bermak qattiqliqi bor ersa ul qattiqliqlarni manga yuklagil. Ul qattig’liqlar manga bo’lsun, ummatlarimqa bo’lmasun " so’zbiri orqali rasulullohning o’z ummatiga bo’lgan mehri va mehribonligini mushohada qiling. 6. Payg’ambarimiz(s.a.v.)ning Jabroil alayhissalomga qarata: "Ey qarindosh, muni so’rmasman. Manda kezin Mavlo taolo manim za'ifyozuqluq ummatlarim birla na muomala qilg’ay, ani so’rarman" — deb so’rashiga sabab hamda bu so’roviga olgan javobi mohiyatini angladingizmi? ALISHER NAVOIY (1441 — 1501) Shunga ko’ra har hir asar "Xamsa" deb atalmog’i uchun: a) besh dostondan tashkil topmog’i; b) birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta'limiy- axloqiy, falsafiy bo’lmog’i; d) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bag’ishlanmog’i; e) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog’i; f) to’rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog’i shart edi. Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin yana bir buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bu Navoiy edi. Alisher Navoiyning "Xamsa"si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilida — turkiy tilda yozildi. Buni o’zbek kitobxonlarining ortib borayotgan ehtiyoji, o’zbek adabiy tili va adabiyotining taraqqiysi hamda istiqboli talab qilar edi. Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan mas'uliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jurat qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning o’z tilida, unga manzur bo’lgan asar yaratish lozim. Shuning uchun "Layli va Majnun" dostoni xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni tariflar ekan, turkiy (o’zbek) tilda "Xamsa" yozishning sababini shunday izohlaydi: ...Gar nuktalari1 jahonni tutti, Kim forsiy anglar o’ldi mahfuz3. G’avg’olari ins-u jonni tutti. Men turkcha boshlabon rivoyat, Chun forsiy erdi nukta shavqi, Qildim bu fasonani4 hikoyat. Ozroq edi andi turk zavqi. Kim shuhrati jahonga to’lg’ay, U1 til bila nazm bo’ldi malfuz2, Turk eliga dog’i5 bahra bo’lg’ay... Navoiy o’z salaflarining yuksak sanatkorligini sharaflaydi, ularning adabiy tajribalaridan ta'lim olganligini e'tirof qiladi. Dostonlarning muqaddima qismida ustozlariga bag’ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug’laydi. Mas'uliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va «Yo’ldasa bu yo’lda Nizomiy yo’lim, Qo’ldasa Xisrav bila Jomiy qo’lim», — deb madad tilaydi. Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlamaydi yoki ularga ko’r-ko’rona taqlid qilmaydi. o’z oldiga yangi, o’ziga xos "Xamsa" yaratish vazifasini qo’yadi. Buni muallif "Xamsa"ning bir necha o’rnida ochiq-oydin ta'kidlaydi. Jumladan, u "Farhod va Shirin" dostoni muqad- dimasida shunday yozadi: «Ani nazm etki, tarhi toza bo’lg’ay, Ulusqa mayl bean- doza bo’lg’ay. Yo’q ersa nazm qilg’onni xaloyiq Mukarrar aylamak sendin ne loyiq?» Bu misralari orqali Navoiy "Xamsa" yozishdagi belgilab olgan o’z yo’riqlarini bayon etadi: Shunday asar (nazm) — doston yozginki, o’ziga xos (tarhi toza) bo’lsin, o’qigan odamlarga (ulusqa) yangi, boshqa asarlarga o’xshamas(beandoza)- ligi sezilib tursin. Aks holda (yo’q ersa), asari o’zgalar (xaloyiq) yozgandek bo’lsa, bunday takrorlash (mukarrar) senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmagan maqul. Lekin bu oson ish emas. Buning uchun Yaqin va o’rta Sharq o’lkalarida qalam mislsizligi e'tirof etilgan Nizomiy va Dehlaviy bilan ijodiy bahsga kirishi- shi lozim bo’ladi. Bu juda katta bilim va yuksak adabiy didni, iste'dod hamda mashaqqatli mehnatni talab etar edi. Bu haqida "Farhod va Shirin"da yozadi: Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasig’a panja urmoq. Kerak sher oldida ham sheri jangi, Agar sher o’lmasa, bore palangi. Haqiqatdan ham Nizomiydek nazm she'ri ila maydonda turmoq oson emas. U bilan bahslashish (panjasiga panja urmoq) uchun sher yoki hech bo’lmasa, yo’lbars (palang) bo’lmog’i darkor. Navoiy sher bilan tenglashadigan sher bo’ldi. U og’ir va mas'uliyatli vazifani muvaffaqiyat bilan ado etdi. Nihoyat qisqa bir muddat — ikki yil (1483 — 1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi. U 1483- yilda "Hayrat ul-abror" falsafiy-ta'limiy dostonini, 1484- yilda uch asarni: "Farhod va Shirin" hamda "Layli va Majnun" ishq qissalarini, "Sabai sayyor" ishqiy-sarguzasht dostonini, 1485- yili esa "Saddi Iskandariy" qahramonlik dostonini yaratdi. "Xamsa" — Navoiy dahosining mahsuli, ayni paytda millatimiz tafakkur ko’lami hamda ma'naviy qudratining timsoli. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek: "Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, baduy madaniyat tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyon- dasi, millatimiz g’ururi, sha'nu-sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z sanatkoridir. Ta'bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa"1. Chunki Navoiyni bilish o’zlikni bilish, Navoiyni sevish millatni sevish, Navoiyga sadoqat eng ezgu insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir. Savol va topshiriqlar • • 1. Navoiydan bizga qanday asarlar meros bo’lib qolgan? Ularni lirik, epik, liro epik, ilmiy hamda biografik asarlar tarzida tasniflab, sanab bering. 2. Xamsachilik ananasi, xamsanavislar to’g’risida qanday tasavvurga ega bo’ldingiz? 3. "Xamsa" yozishda Navoiy qanday ijodiy tamoyillarga tayanganligini gapirib bering. "HAYRATUL-ABROR" DOSTONI "Xamsa "ning birinchi dostoni "Hayrat ul-abror" ("Yaxshi kishilarning hayratlanishi") — falsafiy, axloqiy-ta 'limiy asar. Aruzning sari' bahrida yozilgan. Hajmi 3988 baytni o'z ichiga olgan 63 bob bo’lib, ularning 21 bobi muqaddima, 20 bobi maqolat, 20 bobi hikoyat va masallar hamda oxirgi ikki bobi xotimadan iborat. Doston o’ziga xos qurilishga ega. U falsafiy-talimiy doston bo’Iganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish asosida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoritiladi. Shuningdek, maqolatlar shu dostongagina xos bo’Iib, adibning boshqa asarlarida uchramaydi. Har bir maqolatda insonning kundalik hayoti bilan bog’liq diniy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy biror mavzu bayon etiladi, uning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Maqolat so’ngida mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida hikoya yoki masal keltiriladi. Mazkur hikoya va masallarning bosh qahramoni asosan tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblaridir. Ularda shoir islomiy o’lchovlar ham- da umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib, Olam va odarn to’g’risidagi o’z mulohazalarini yuksak baduy shaklda ifoda etadi. Masalan, birinchi maqolat iymon haqida. Maqolatning birinchi baytidanoq shoir iymonning inson hayoti, insoniylik mohiyatida tutgan o’rnini belgilab beradi: «Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga iymon erur». Ya'ni kim bu dunyoda inson deb atalibdi, insonligining belgisi iymondir. Iymonsizni odarn deb atab bo’lmaydi. Inson bilan hayvon orasidagi farqni nutqda — odamni so’zlay bilish qobiliyatidagina deb bilish xatodir. Chunki odamda nutq ham, boshqa maxluq — hayvonlarda bo’lgan bir qator jihatlar ham bor. Shuning uchun asosiy mezon iymondir. Hukmdorlarga bag’ishlangan "Salotin bobida" nomli uchinchi maqolat adibning adolat haqidagi qarashlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Karam va saxovat haqidagi beshinchi maqolatda Navoiy bu fazilatlarni baxillik bilan yonma-yon qo’yib, ularning mohiyatini yorita boradi. Keyingi maqolatda odob masalalari yoritilgan. XAMSA Maqolatlardan birini Navoiy elga manfaat yetkazish masalalariga bag’ishlaydi. Insonning hayoti jamiyatda, odamlar orasida kechadi. Haqiqiy inson yurt tashvishi bilan, el g’ami bilan yashaydi: «Odamiy ersang, demagil odami, Oniki yo’q xalq g’amidan g’ami». Navoiy har bir tushunchaga mukammal taMfberar ekan, fikrni go’zal va nafis baduyat libosiga o’rab, o’quvchiga taqdim qiladi. Uni o’qir ekansiz, ifoda go’zalligi Sizni maftun qiladi, so’zlar jilosidan adibga tahsinlar o’qiysiz- Quyida so’z taMfiga bag’ishlangan bobdan parcha e'tiboringizga havola qilinayotir. Uni o’qing, tahlil qiling, Navoiyning baduyat olamidan zavqlaning. SO’Z TA'RIFIDA So’z guharig’a erur oncha sharaf Kim, bo’la olmas anga gavhar sadaf. To’rf sadaf gavharining durji ul, Yetti falak axtarining2 burji ul. Bog’chai dahrki3 yuz toza gul, Topti qayonkim nazar etti ko’ngul. ...Chun bu nasim esti azal tog’idin4, Muncha gid ochildi jahon bog’idin. Qaysi nasim ulki erur gulfishon5, Bargi gul-u nastaran6 andin nishon. Bu iki yafrog’ni qachon zufunun7 Bir-biriga qo’ysa bo’lur "kof-u nun8". Dahr muqayyad9 bila ozodasi, Borcha erur "kof" ila "nun" zodasi10. Zodasidin zoda bo’lub beadad, Zodag’a ham volid12 o’lib ham valad13. Vasf ne nav bo’lg’ay anga el so’zi, Har ne so’z aytilsa erur chun o’zi. Jon o’lub ul, ruh aning qolibi, Kim tanida ruh aning tolibi. Borcha ko’ngul durji aro javhar ul, Borcha og’iz huqqasida2 gavhar ul. Gar xud erur xanjari po’lod til, Suftidog’i3 injulari so’zni bil. Til bu chamanning varaqi lolasi4, So’z duraridin5 bo’lubon jolasi6. So’zdin o’lukning tanida ruhi pok, Ruh dog’i tan aro so’zdin halok. ...Tengriki insonni qilib ganji roz7, So’z bila hayvondin anga imtiyoz. ...Donai dur so’zini afsona bil, So’zni jahon bahrida durdona bil. Munchaki sharh etti qalam so’zga hol Nasridadur, nazmida bor o’zga hol. So’z aro yalg’on kibi yo’q nopisand, Aylar aning nazmini dono pisand. o’rnida tishlar duri manzum erur, Chun sochilur qiymati ma'lum erur. Vard-u8 shajar9 shohid10 erur bog’ aro, Lek o’tun silkidadur tog’ aro. Munda parishonlig’i noxush qilib, Anda murattablig’i12 dilkash qilib. Nazm anga gidshanda ochilmog’lig’i, Nasr qaro yerg’a sochilmog’lig’i. Bo’lmasa e'joz13 maqomida nazm, Bo’lmas edi tengri kalomida nazm. Nazmda ham asl anga ma'ni durur, Bo’lsun aning surati har ne durur. Nazmki ma'ni anga marg’ub emas, Ahli maoniy2 qoshida xo’b emas. Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida3 ma'ni dog’i 4dilkash5 anga. Yorab, ani xalq dilafro’zi6 et, Xasta Navoiyg’a dog’i ro’zi et. Savol va topshiriqlar 1. "Hayrat ul-abror" dostoni va uning boshqa dostonlardan farqli tomonlari haqida ma'lumot bering. 2. Dostonda qaysi masalalar yoritilgan? 3. Navoiy iymonning inson hayotida tutgan o’rnini qanday belgilaydi? 4. "So’z ta'rifida" bobidan keltirilgan parchaning birinchi bayti mazmuniga e'tibor qiling. Shoir niyatini ilg’ab olishga intiling. 5. O’qituvchi bilan birgalikda "Borcha erur "kof" ila "nun" zodasi" misrasi zamiridagi chuqur hayotiy ma'noni topishga urinib ko’ring. 6. Parchadagi: "Zodasidin zoda bo’lib beadad, Zodag’a ham volid bo’lib ham valad" satrlari zamiridagi ma'noni anglashga urining. Olloh, olam va odam munosabatlari murakkabligi aks etgan ushbu bayt mag’zini chaqing. 7. "Jon o’lub ul, ruh aning qolibi, Kim tanida ruh — aning tolibi" misralarida ifodalangan so’z, jon va ruh munosabatlarining o’zaro bog’liqligi haqidagi fikrni anglab olishga urinib ko’ring. 8. "So’zdin o’lukning tanida ruhipok, Ruh dog’i tan aro so’zdin halok" misralari ma'nosini izohlang. So’zdagi o’likka jon bag’ishlash va tirik ruhni o’ldirish qudratini izohlang. 9. "Munchaki sharh etdi qalam so’zga hol, Nasridadur, nazmig’a bor o’zga hol" satrlarida she'riy va nasriy so’z o’rtasidagi farqning ifoda etilganligini anglashga harakat qiling. 10. "So’z aro yalg’on kibi yo’q nopisand, Aylar aning nazmini dono pisand" baytida ijodda baduy to’qima va mubolag’aning o’rniga berilgan bahoni anglating. 11. Parchadan she'riy ijodda shaklning beqiyos o’rni haqidagi fikrlarni toping, ularning obrazlilik darajasini aniqlang va izohlang. 12. O’rnida tishlar duri manzum erur, Chun sochilur qiymati ma'lum erur" misralarida baduy ijodda shaklning o’rniga qanday baho berilganligini sharhlang. "FARHOD VA SHIRIN" DOSTONI "Xamsa"ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni "shavq dostoni " deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug’lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgu- lik sari yetaklaydi, unga o’zligini tanitadi, bir so’z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo’g’rilgan va oxir borib Yaratganning o’ziga ulashib ketadigan ishqdir. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o’ylari ham ifoda etilgan. 0'ziga xoslikka intilgan adib o’zigacha bo’lgan an'analarga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha "Xusrav va Shirin" shaklida mashhur edi. Ularda markaziy obraz shoh Xusrav edi. Lekin u — komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs. Shuning uc- hun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi bosh obraz darajasiga ham loyiq ko’rmaydi. U Farhodni bosh obraz qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o’zgartirdi. Mazkur o’zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik va dostonga "Farhod va Shirin" nomi berilishiga asos bo’ldi. Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so’ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Xoqonning birdan- bir orzusi o’g’illik bo’lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko’p nazrlar qildi, talay pullar sochdi, o’g’ilsizlarning ko’nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyatlari zoye ketmadi. Olloh iltijolarini ijobat qilib, unga o’g’il ato etdi. ... Shabistonida tug’di2 bir yangi oy3, Yangi oy yo’qki, mehri olamoroy4. Ochildi bog’ida bir otashin vard5, Demaykim vard, balkim shu'layi dard. ...Yuzinda ishq asrori6 yozilg’an, Ichinda dard ta'vizi7 qozilg’an. ... Ko’zida ashk selidin asarlar, Damida oh dudidin xaharlar. Muhabbat nuri ollinda huvaydo , Jamolida vafo tug’rosi paydo. Falak deb: "Dard elining shohi" oni, Malak deb: "Dard o’ti ogohi" oni. ...Yafo haylida g’avg’o shodlig’din, Biri birga muborakbodlig’din. Tangri taolo tug’ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste'dod, tug’ma qobiliyat ato etgan edi. Buning natijasi o’laroq, talimning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur'oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalik va o’spirinlikdagi fazilatlarini shunday ta'rif etadi: Agar bir qatla ko’rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo’q erdi ul varaqni. Ne so’znikim, o’qub ko’ngliga yozib, Dema ko’ngliki, jon lavhiga6 qozib. o’qub o’tmak, uqub o’tmak shiori, Qolib yodida safha-safha bori. Ko’rub chun ishq-u oshiqlik maqolin, Topib oshufta mahzun ko’ngli holin. Aning sharhini takror aylabon ko’p, o’qurda nolayi zor aylabon ko’p. Bo’lub oshiq g’ami sharhida g’amnok7, Yaqo chokin o’qub, aylab yaqo chok. Kim etsa darddin oz-oz rivoyat, Qilib ul dard anga ko’p-ko’p siroyat8. Kishi ko’nglin bilib, afgor yig’lab, Ne ko’zda ashk ko’rgach, zor yig’lab. ...Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqini1 kasb etmagan ilm. Bo’lub o’n yoshda umrining mururi Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo’ri. Ulum avroqi chun bir-bir yopildi, Dilovarliq silohi mayli qildi. ... Hamul ilmi balandovoza birla, Bu yanglig’ zo’ri beandoza birla. o’zin abjad o’qur eldin tutib kam, Dema donishki , zo’ri dast9 ila ham, Bo’lub shahlar eshigining gadoyi, Va lekin ul gadolar xokipoyi. Anga teng podsholig’ yo gadolig’, Gadoliqqa teng etmay podsholig’. Demonkim ko’ngli pok-u, ham ko’zi pok, Tili pok-u, so’zi pok-u, o’zi pok. Munungdak tiynati pokiga loyiq. Duosin aytibon poki xaloyiq. Aning sori sovug’ yel essa nogoh, Chekib Chin mulkining xalqi sovug’ oh. Qilib el xonumon oning fidosi. Ne xonumonki, jon oning fidosi. Ato yuzlanmasun deb dard-u ranje, Etib har kun boshig’a sadqa ganje. Vale bir zarra dard o’lg’ach padidor10, Bo’lub ul ganjlar birla xaridor. Asiri clard ichi-yu toshi oning Ki, to o’n to’rt bo’ldi yoshi oning. Savol va topshiriqlar 1. Navoiy nima uchun "Farhod va Shirin"ni "shavq dostoni" deb ataydi? Unda ulug’langan ishq qanday mohiyatga ega edi? 2. Navoiyning mazkur asari qaysi jihatlari bilan xamsachilikdagi yangilik hisoblanar ekan? 3. "Shabistonida tug’di bir yangi oy, Yangi oy yo’qqi, meg’ri olamoroy" baytini izohlang. Undagi "shabiston", "yangi oy", "mehri olamoroy" so’z va iboralarning istioraviy ma'nosini tushuntiring. 4. "Yuzinda ishq asrori yozilg’an, Ichinda dard ta'vizi qozilg’an" baytida Farhodga xos bo’lgan qaysi jihatlar ifoda etilgan? 5. "Muhabbat nuri ollinda huvaydo, Jamolida vafo tug’rosi paydo" misralarini sharhlang. Ularda chaqaloq siymosida qanday fazilatlar namoyon bo’layotganligini aniqlang. 6. Farhodning tahsil — o’qishga bo’lgan ishtiyoqi qaysi baytlarda ifoda etilgan? 7. "Bo’lub oshiq g’ami sharhida g’amnok, Yaqo chokin o’qub, aylab yaqo chok" misrasini sharh qiling. 8. Keltirilgan parchadan Farhodning ma'naviy sifatlari bayon etilgan o’rinlarni topib, izohlang. 9. "Demonkim ko’ngli pok-u, ham ko’zi pok, Tili pok-u, so’zi pok-u, o’zi pok" baytidan kelib chiqib, bosh qahramonga xos fazilatlarni sanang. 10. Qaysi o’rinlarda xalqning Farhodga munosabati aks etgan? * * * Farhod yigit yoshiga yetdi. Lekin tug’ma ishq ta'sirida doimo g’amgin, alam va dardlar bilan ko’milgan edi. Buning sababini o’zi ham tushuntirib berolmas edi. Otasi uning g’amlarini aritmoq uchun turli tomoshalar, bazmlar, ziyofatlar uyushtirdi. Foydasi bo’lmadi. Shunda xoqon Farhodning ko’nglini olish uchun yilning to’rt fasliga moslab to’rt oliy qasr qurdirish fikriga keldi. Farhodning atobegi, ya'ni tarbiyachi-ustozi Mulkoro bu ishga ma'mur etib tayinlandi. Xitoyning mashhur me'mori Boniy, naqqoshi Moniy hamda tosh yo’nuvchi Qoran qurilishga jalb etildilar. Farhod qurilish bo’layotgan yerga kelib ustalarning ishlarini ko’rdi. 0'z hunarlarini mislsiz san'at darajasiga yetkizgan, toshni ham saryog’dek kesayotgan uch ustod ishidan hayratga tushdi. Ushunchaki kuzatuvchi bo’lib qolmasdan ularning hunarlarini o’rganishga kirishdi. Oxiri bu kasblarni ustozlari darajasida o’zlashtirdi, hatto o’zib ham ketdi. ...Biravkim zor yig’lar, yig’lab ul zor, Topib ko’ngli el ozoridin ozor. Chiqorib so’zlig’ so’z boshidin dud, Sovug’ oh aylab, ohin otasholud2. Bo’lub el anduhidin ko’ngli g’amnok. Yaqo chokin ko’rib, ko’ksin qilib chok. Biravkim ishqdin qilsa rivoyat, So’rub har dam mukarrar3 ul hikoyat. Tafahhus aylab4 andin ko’p nishone, Nishonin ko’nglida asrab nihoniy. Visol ichra zamirin5 shod topib, Alamdin xotirin ozod topib. Yetishgach hajr sharhi zor yig’lab, Iki ko’z aylabon xunbor6 yig’lab. Farhod mamlakat xazinasidagi sirli sandiqni ko’rib qoladi va otasi- ni majburlab sandiqni ochtiradi. Uning ichidan bir vaqtlar Iskandari Rumiy to’rt yuz olimga yasattirgan sirli ko’zgu chiqdi. Oynaning orqasidagi tilsimda yoziUshicha, ko’zgu tilsimini ochmoqchi bo’lgan odarn xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi kerak. Ungacha uch manzil bo’lib, birinchisida ajdahoni, ikkinchisida Ahraman devni, uchinchi manzilda ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak. To’rtinchi manzil ~ o’sha tog’dagi g’or ichidan donishmand Suqrot topiladi. Farhod bu to’siqlarni mardona yengib, Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini qo’lga kiritadi. Suqrot uning, otasi va atobegi Mulkoroning taqdiri haqida bashoratlar beradi, ularga nasihatlar qiladi va jon taslim etadi. Yunonistondan qaytishgach, Farhod sandiqdagi oynaga qaraydi va unda qandaydir bir yurt, tog’ kesish bilan mashg’ul odamlar, o’zining ham ariq qaziyotganini hamda Shirinni ko’radi. Qizni ko’radi-yu, hushdan ketadi. Sevgilisini izlab yo’lga chiqqan Farhod uning Arman yurtidan ekanligini safarda topgan do’sti Shopurdan eshitadi. U yerga borishgach, metindek toshlardan iborat tog’ni kesish mashaqqatiga mahkum odamlarni ko’rishadi. Ular tog’ni kesib, uning narigi yog’idan suv olib o’tishlari kerak edi. Afsuski, uch yil zcihmat cheksalar-da, ishda siljish bo’lmagan. Bu qurilishni malika Mehinbonu jiyani Shirinning istagiga ko’ra bajartirayotgan edi. Navoiy ishlayotganlar tilidan Shirinning vasfi va toshkesarlar mashshaqatlarini quyidagicha bayon etadi: Harimi iffat ichra shoh ul ermish, Sipehri ismat1 uzra moh ul ermish. Yuzi gul, kirpigi derlar tikandur, Ne bor andoqqi hargiz bor ekandur. Mehinbonu ko’p aylab ehtiromin, Yasabdur jon uyi ichra maqomin. ...Yuzi birla qilur bazmini gulshan, Aning birla ko’rar olamni ravshan. Bu tog’ekim aning vasfidadur tul , Ki, bordurbiz ani qozmoqqa mashg’ul. Kelubdur bir boshi sharqi shamoyil , Yana bir boshi g’arbi sori moyil. Oqar sharqisida bir chashma holi , Suyi ul nav'kim hayvon5 ziloli. Debon "Ayn ul-hayot"6 ul chashmani xayl, Ki, o’lgan ichsa aylar jon sari mayl. Gahi ul hur bu sori qo’yar gom, Pari sarchashmada tutqondek orom. Parilar birla aylab azmi ishrat, Tuzarlar anda gohi bazmi ishrat. Erur g’arbida ul mahvash makoni Ki, holo Armaniya derlar oni. Yeridur nazhat ichra jannatoso, Aning yonida tog’i charxfarso7. Erur bu nav' ul mahvash xayoli, Ki, ul manzilda solg’ay qasri oliy. Muhayyo borcha rang-u bo’yi oning, Yale ustida yo’qtur suyi oning. Muhandislar nechukkim charxi sayyor, Yugurtub chashma suyi sori tayyor. Topibkim bir arig’ qozilsa diljo’, Yetar ul hur qasri olig’a su(v). Vale ul chashma to bu qasri ofat, Topibdur o’n yig’och chog’liq masofat. Bu jadvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda... Bu xoro2 tesha birla bo’lmas afgor, Nechukkim tesha, metin aylamas kor. Erur uch yilki jon tortib hamesha, Usholmay qolmadi metinu tesha. Mashaqqatdin yigitni el qari der, Ki, qozilmish iki-uch yuz qari yer. Bu yanglig’ birla umri Nuh topsak, Badanda ko’prak ondin ruh topsak. Chu mehnatning had-u poyoni yo’qdur, Tuganmaklik bu ish imkoni yo’qdur... Shunda Farhod ularga shunday deydi. ...Dedi: Bu necha mazlumi sitamkash, Falak bedodidin bo’lg’an alamkash. Ki, vayronlig’larida yuz xalaldur, Agar qilsam madad voqe' mahaldur. Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tufroqqamu ketgumdir oxir... Bu yerda Farhod malika Mehinbonu mehrini, Shirinning muhabbatini qozonadi. Oshiq va ma'shuqaning ilk uchrashuvlari va suhbati shunday tasvirlanadi: ...Ki: "Ey nodir yigit ofoq ichinda, Yagona charxi nili toq ichinda! Ayon holingda ko’p, ko’p bul'ajabliq. Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq . Ne sen o’xshab jahonda bir kishiga, Ne qilg’an ishing o’xshar el ishiga. Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen, Bag’oyat ko’nglimizni shod etibsen. Bo’lur erduk husuli ichra ojiz, Hunar ermas qo’lung ko’rguzdi mo’jiz. Agar yuz qarn2 uzroyin bo’loli, Netib bir kunchilik uzring qo’loli. Ishing uzrida yuz bizdek o’tangay, Ne bizdin, Tengridin olingg’a yong’ay"... Shirinning bu so’zlarini eshitgan Farhod hayajon bilan shunday dedi: ...Dedi: "Jonparvar anfosingdin3 o’ldum, Uningdin, umr ranjidin qutuldum. Ne anglaykim, qayu mahro’4 ekansen, Ichim qon aylagan senmu ekansen?! Meni g’urbat aro bechora etkan, Diyor-u mulkdin ovora etkan, Chiqib jonim unungdin bo’lg’ach ogoh, Yuzungni ko’rmay o’ldum oh, yuz oh!" Aningdek oh to’fonin chiqordi, Ki, mahvashning niqobi yelga bordi. Ko’rungach ul jamoli olamoro, Aning matlubi bo’ldi oshkoro. Hamul erdiki, maftun bo’lmish erdi, Ko’rib ko’zguda majnun bo’lmish erdi. Birovkim aks ko’rgach hushi ketsa, O’zin ko’rgach, netong, jon tarkin etsa. Birovkim bo’lsa mayning zikridin mast, Netong, ichkanda bo’lsa yer uza past. Chu Farhod ul pari erkanni bildi, Chekib o’tluq fig’on andoq yiqildi. Savol va topshiriqlar 1. Farhoddagi g’amginlikning sababini qanday izohlaysiz? 2. Ustalar ishidan hayratlanishida, ularning kasblariga ko’ngil berib o’rganishida Farhodning qanday ma'naviy fazilatlari namoyon bo’lmoqda? 3. Bosh qahramonning elparvarligi, oddiy xalqqa mushfiqligi qaysi satrlarda o’z ifodasini topgan? 4. Shirinning go’zalligi vasf etilgan o’rinlarni qayta o’qing. Shoir uni qanday tasvirlaganini o’z so’zlaringiz bilan bayon eting. 5. Tog’da qazish ishlarining mashaqqatligi bayon etilgan satrlarni sharhlang. 6. "Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tufroqqamu ketgumdir oxir" bayti orqali inson o’zi egallagan hunarga qanday munosabatda bo’lishi lozimligi to’g’risida fikr yuriting. 7. Shirinning Farhodga murojaatini o’qing. Qizga ta'rif bering. Ajam hukmdori Xusrav Mehinbonuga Shirinni so’ratib sovchi yuboradi. Mehinbonu Xusravning istagini Shiringa aytganda, u shunday dedi: Ki: "Ey na^ayning o’rni qiblagohim! Harimi nazhating2 g’amdin panohim! Necha yetgay senga mendin malolat, Necha kelgay manga ondin xijolat. Boshimg’a tig’i g’am sursang ne bo’lg’ay? Bu so’z deguncha o’ltursang ne bo’lg’ay!? Meni hindudek otashgahga boshla, Uzorim xolidek o’t ichra tashla. Ki, jismim bo’lsa ul o’t ichra nobud, Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud. Malolimdin bari olam qutilsin, Tanim yuz ming balodin ham qutulsin. Manga Farhod ishqi tuhmati bas, Ki, chehra ko’rmayin ul zor-u bekas. Yiqilmoqdur shiori oh tortib, Ko’nguldin nolayi jonkoh tortib, Qulog’i mustami' bo’lmay2 so’zumga, Ko’zi oylar o’tib tushmay yuzumga. Tog’ ichra sel yanglig’ oqizib yosh, Urub tosh uzra hardam seldek bosh. Xayolim birla ko’nglin qone' aylab, Firoqim ichra umrin zoye' aylab. Qolib men ham yiroq ul notavondin, Nechukkim mendin- ul, men dog’i-ondin. Manga ne yor-u ne oshiq havasdur, Agar men odam o’lsam, ushbu basdur! Agar Bonu iloje bilsa, qilsun, o’zimni O’ltururmen yo’qsa, bilsun!" Niyatiga yetolmagan Xusrav Arman yurtiga lashkar tortdi. Lekin Farhodning bir o'zi uning lashkariga bas kelib, dushmanni shahar qal'asiga yaqinlashtirmadi. Uzoqdan Xusravga tanbeh ham berdi: Bu bo’lg’ay dard-u ishq oyini, vah-vah! Vafo-u mehr sharti, ollah-ollah! Kishi ishqida zor o’lmoq bu bo’lg’ay! G’amidan beqaror o’lmoq bu bo’lg’ay! Raqibini kuch bilan yengolmagan shoh uni hiyla bilan qo’Iga tushiradi. Uo'z qarorgohida Farhod bilan bahs qiladi: Dedi: "Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!"1 Dedi: "Majnun vatandin qayda ogah?" Dedi: "Nedur sanga olamda pesha?"2 Dedi: "Ishq ichra majnunluq hamesha". Dedi: "Bu ishdin o’lmas kasb ro’zi!"3 Dedi: "Kasb o’lsa basdur ishq so’zi". Dedikim: "Ishq o’tidin de fasona!" Dedi: "Kuymay kishi topmas nishona". Dedikim: "Kuymagingni ayla ma'lum!" Dedi: "Andin erur joh ahli4 mahrum" Dedi: "Qay chog’din o’ldung ishq aro mast?" Dedi: "Ruh ermas erdi tang’a payvast"5. Dedi: "Bu ishqdin inkor qilg’il!"6 Dedi: "Bu so’zdin istig’for qilg’il"7 Dedi: "Oshiqqa ne ish ko’p qilur zo’r?" Dedi: "Furqat8 kuni ishqi balosho’r"9 Dedi: "Ishq ahlining nedur hayoti?" Dedi: "Yasl ichra jonon iltifoti". Dedikim: "Dilbaringning de sifotin!" Dedi: "Til g’ayratidin tutmon otin!".10 Dedikim: "Ishqig’a ko’nglung o’rundur?" Dedi: "Ko’nglumda jondek yoshurundur!" Dedi: "Vaslig’a borsen orzumand?" Dedi: "Bormen xayoli birla xursand". Dedi: "No’shi labidin11 topqay el bahr?" Dedi: "Ul no’shdin el qismidur zahr"12 Dedi: "Joningni olsa la'111 yodi?" Dedikim: "Ushbudir jonim murodi". Dedi: "Ko’ksungni gar chok etsa bebok?"2 Dedi: "Ko’nglum tutay ham ayla deb chok!' Dedi: "Ko’nglung fido qilsa jafosi?" Dedi: "Jonimni ham aylay fidosi". Dedikim: "Ishqdin yo’q juz ziyon bud".3 Dedi: "Bu keldi savdo ahlig’a4 sud".5 Dedi: "Bu ishq tarki yaxshiroqdur!" Dedi: "Bu sheva6 oshiqdin yiroqdur!" Dedi: "01 ganj-u, qo’y mehrin nihoniy!" Dedi: "Tufroqqa berman kimyoni!" Dedi: "Joningg’a hijron kinakashdur".7 Dedi: "Chun bor vasl ummidi xushdur". Dedikim: "Shahg’a bo’lma shirkatandesh"!8 Dedi: "Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!" Dedi: "Joningg’a bu ishdin alam bor". Dedi: "Ishq ichra jondin kimga g’am bor?!" Dedi: "Kishvar9 beray, kech bu havasdin". Dedi: "Bechora, kech bu multamasdin!"10 Dedi: "Ishq ichra qatling hukm etgum!" Dedi: "Ishqida maqsudumg’a yetgum!" Dedi: "Bu ishda yo’q sendin yiroq qatl". Dedi: "Bu so’zlaringdin yaxshiroq qatl". Savol va topshiriqlar 1. Sovchilar munosabati bilan Shirinning Mehinbonuga bergan rad javobini qayta o’qing. Undagi ayollarga xos nazokat va qat'iyatga diqqat qiling. 2. Qizning qaysi so’zlarida ayriliqdagi Farhodning ruhiy holati bayon etilgan? Uning yor kechinmalarini bunchalik teran his etishi sababi nimada deb o’ylaysiz? 3. "Menga ne yor-u ne oshiq havasdir, Agar men odam o’lsam, ushbu basdir" baytida ifoda etilgan yuksak manaviy dunyosini izohlang. 4. Farhodning Xusravga bergan tanbehiga qo’shilasizmi? Uning so’zlariga munosabat bildiring. 5. Farhod va Xusrav dialogidagi har bir aytishuvni o’rtoqlaringiz bilan tahlil qiling. "Majnun", "majnunliq" so’zini qanday izohlaysiz? Ularning sinonimini keltiring. 6. "Dedi: Vaslig’a borsen orzumand? Dedi: Bormen xayoli birla xursand" dialogi orqali ifodalangan ishqda tama' va beg’arazlik, ishqibozlik va oshiqlik zid diyatini sharhlang. 7. Farhodning javoblarini eshitgan Xusravning "Bu ishq tarki yaxshiroqdir", — degan xulosaga kelganligi sababini tushuntiring. Xusrav va Farhod dialogini yod oling. Farhoddan ishqda tuban, kuchda ojiz Xusrav uni yuzma-yuz olishuvda yengolmagach, makr-hiyla bilan g’olib chiqmoqchi bo’ladi. Bir hiylagar kampirni yollab, Farhodning oldiga yuboradi. Kampir: "Mehinbonu jiyanini Xusravga berishga rozi bo’Idi. Shirin buni eshitib, o’zini o’ldirdi. 'Farhodf Farhod! deya jon berdi",-degan yolg’on xabarni yetkazadi. Bu xabar Farhodning bag’riga go’yo o’tkir pichoq urdi. Fig’on tortib yiqildi. Shundan keyin Farhod umri tugab borayotganini bilib, yurtini, ota-onasi-yu yaqinlarini yod etdi: Tugangan fahm etib umri baqosin, Sovug’ oh urdi yod aylab atosin. Anosi ham ko’zi oldig’a keldi, Ko’zidin ikki qonlig’ rud ochildi. Dedi: — "Ne hol erur, hayhot-hayhot, Netar jonimni olsang, ey ajal, bot?! o’lardin burna2 yuz o’lmak nedur bu?! Boshim yuz tig’ ila bo’lmak nedur bu?! Kuyuk tang’a yolin3 urmoq ne erdi?! Momug’4 uzra choqin urmoq ne erdi?! Bular fikri ichimdin urmayin bosh, Boshim tufroq aro kirgay edi, kosh. Buzug’luq, ey falak, ko’rguzdung oxir! Buzulg’an xotirimni buzdung oxir! Bu ne insof edi, ey soqiyi dahr, O’lar chog’da qadah tutmoq to’la zahr?! O’luk boshig’a tig’ urmoq ne ya'ni, Bir-o’q bas, bedarig’, urmoq ne ya'ni?! Chu bu sho’robag’a yetti nihoyat, Dedi achchig’-achchig’ yig’lab bag’oyat. Ki: "Ey bodi sabo’, Tengri uchun qo’p, Yetib Chin-u Xito mulkiga yer o’p! Deman, xoqon qoshida bu o’g’uldin Ki, g’urbat ichra o’lgan xasta quldin. Quyundek sadqa qil awal o’zungni, Chu bo’lding sadqa, mundoq de so’zungni Kim, ul ovorayi bexonumoning, Bag’ir xunobidin bir qatra qoning. Itib, olamda hirmon2 birla o’ldi, Yuzungni ko’rmay armon birla o’ldi. Ne qonlar yuqti bag’ridin yoshig’a, Ne ishlar tushdi gardundin boshig’a. Bo’lub afsun-u makr-u hiylatangez, Anga ne zulmlarkim qildi Parvez. Agar tuzluk birla topsa hisobin, Berur erdi ming andoqning javobin. Va lekin egrilikni aylab oyin, Yasab yuz nav' yolg’on, o’ylakim chin. Birovkim xilqatin qildi qazo rost, Qilur bovar , necha so’z bo’lsa norost. Manga, ne deyki, ul kofir ne qildi, Qazodin erdi qildi, har ne qildi. Budur komimki, Bahromi dilovar Ki, bor erdi manga ul yor-u yovar2, Cheriklar jam' aylab bemadoro3, Bu yon qilsa azimat oshkoro. Qilichi to’yg’arib Xusravni jondin, Tilasa begunah qonimni ondin! Eshitgach shoh bu o’tlug’ fasona, Agar boshidin ursa o’t zabona, Yamon ahvolima aylab yaqo chok, O’zin tufrog’larg’a ursa bebok. Qo’shub yig’lasa bu ovorasini, Qayu ovora, bag’ri porasini. "Bo’tam!" — deb goh bo’zlab, goh O’kursa, Jafo toshin sinuq ko’ksiga ursa. Meni gar umrdin charx etti navmid, Jahon mulkida bo’lsun shoh jovid. Yiqilsa hujra — bo’lsun qasr obod, Qurusa sabza — bo’lsun sarv ozod. Anomg’a bu xabardin tushsa oshub, G’amimdin xora uzra bo’lsa sarko’b4. Jahong’a o’t solib g’avg’osi har yon, Yetardek bo’lsa vovaylosi har yon. Bu vahshiyg’a xitob etsa: "Qo’zum" — deb, Bu bekasni sog’unsa: "Yolg’uzum" — deb. Aningdek bo’lsa sho’r-u iztirobi Ki, bo’lsa bartaraf burqa'1 hijobi2 Qilibon yod g’amparvardasidin, Yugursa — chiqsa to’qquz pardasidin. Debon: — Ey rishtayi jonimg’a payvand! Uzorin aylasa parkand-parkand. Sochidin bo’lsa yulmoq birla mahjur3 Ki, Chinda bo’lsa mushk o’rnida kofur. Damimdin dud olib ketgaysen oxir, Xaloyiqqa hijob etgaysen oxir! Degaysen: — Ey yuzung ruhum g’izosi , Izing gardi ko’zumning to’tiyosi! Manga bas erdi bu dardi g’amandud Ki, to Tengri vujudim qildi mayjud. Bukim sen behad erding orzumand Ki, bo’lg’ay munising bir turfa farzand. G’amimdin bo’lmading bir lahza dilxush, Hamisha bor eding zoru mushawash . Gar atfol etsa mayli sabzavu bog’, Kichikdin erdi qismim dard ila dog’. Mening dardimg’a qolib jismi zoring, Mening dog’imdin o’rtanmak shioring. Tilab yoqut laxti xora7 topting, Tilab xurshid, otash pora8 topting. Ulug’ bo’lg’on soyi bechora bo’ldum, Diyor-u mulkdin ovora bo’ldum. Manga ovoralig’ to charx berdi, Firoqimdin ishing o’rtanmak erdi. Bas ermas erdi umre kuymaking bas, Kuyub- kuyub, kul o’ldung o’ylakim xas. Bu xusron baski, chun g’am rudi tuzdum, Sirishkim selidin ka'bamni buzdum. Bukim men — men, manga o’lmak dag’i hayf, Ulus ahvolima kulmak dag’i hayf. Sen ar2 dardimdin o’lsang ranjfarsoy, Manga ul ranj-u g’amdin voy-u yuz voy! Meni rozilig’ingdin qilma navmid, Manga do’zax o’tini solma jovid..." Savol va topshiriqlar 1. Farhodning ajalga, falakka, dunyo (dahr)ga murojaati berilgan baytlarga diqqat qarating, ularni tahlil qiling. 2. Qaysi misralarda vatanga bo’lgan mehr, sog’inch o’z ifodasini topgan? 3. O’lim oldidagi o’g’ilning bodi sabo orqali otasi bilan vidolashuvi Sizda qanday taassurot qoldirdi? 4. Farhod farzandidan ayrilgan onasining holatini qanday tasavvur qiladi? 5. "Metu rozilig’ingdin qilma navmid, Manga do’zax o’tini solma jovid" murojaati kimga qaratilgan? Bu o’tinchning ma'nosini tushuntiring. 6. Farhod o’ziga yetgan qazoga ko’ndimi? Taqdiridan rozi bo’ldimi? Nazariy malumot KOMIL INSON Tasavvuf — musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta'limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom dinining ichki va tashqi go’zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma'naviy jihatdan poklash, ya'ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma'naviyatli, barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash g’oyat muhim. Poklanishning yo’li esa bitta, u nafsni yengishdir. Nafs deganda yemoq, ichmoq, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibru-havo, dunyoparastlik, zulm, o’g’rilik, tanballik, g’urur, tama, ko’rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, shahvat, ko’ngli torlik, g’azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg’aydigan, uni Ollohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig’indisi tushuniladi. Quroni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bilan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. Shuningdek, payg’ambar Muhammad alayhissalomning hadislarida ham bu borada ko’rsatmalar talaygina. Misol tariqasida Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: "Yo Ali, valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko’p-ko’p ibodat qilganlaridan emas, o’z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug’ darajaga erishganlar". Nafs insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga tobe inson ma'naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum. Shuning uchun Navoiy "Nafs itin qilsang zabun olamda yo’q sendek shujo" deb yozsa, "Qisasi Rabg’uziy"da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta'kidlanadi. "Farhod va Shirin" dostonidagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Axraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas, balki Farhodning ichki olamidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko’rinadiki, nafsni yengish quroli — bu ISHQ ekan. Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tuyg’ulargina emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, sabr, qanoat, g’ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinso’zlik, shafqat, umuman inson qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig’indisi tushuniladi. Ishqning o’rni ko’ngilda bo’ladi. Ko’ngil ishq tufayli poklanadi. Ko’ngil poklansa, ishq yana-da o’tli, nurli bo’ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga ko’ra ko’ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o’rganiladi. Farhodning ustozlaridan kasb o’rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi. Boniy — ko’ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o’rgatgan piri komil. Moniy — Olloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran — ko’ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug’lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o’zlashtirgan insongina hayotlik davrida o’z botinida dev, ajdaho, arslondek bo’lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o’z nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir so’z bilan aytganda, u insoniy o’zligini yo’qotmay, poklanish yo’lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu manoda Farhod o’zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazidir. "LAYLI VA MAJNUN" DOSTONI Dunyodagi sevgi qissalarining eng dardtisi bo’lmish "Layti va Majnun " "Xamsa "ning uchinchi dostonidir. Unda oldingi dostonda bo’lgani kabi zaminiy (majoziy) muhabbatning ilohiy (haqiqiy) ishqqa eshtigi o’zining go’zal baduy ifodasini topgan. Navoiy bu asarida, ayniqsa, ruhiyat tasviriga alohida e'tibor qaratadi. U mazkur doston bilan o’zbek adabiyotida bu mavzuni boshlab ber- di: "Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu afasonani hikoyat". Adib asar mazmunini chuqurligini ta'kidlab, afsona faqat tibos ekanligiga diqqat qaratadi. «Men xastaki, bu raqamni chektim, Tahriri uchun qalamni chek- tim. Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi afsona». Qays va Layli bir-birlariga ilohiy ishq bilan bog’langanlar. Lekin Laytining otasi bu ishqqa qarshi. Astida ular orasida katta tafovut yo’q. Laytining otasi Hay qabilasining boshlig’i bo’lsa, Qays bani Omar qabilasi hukmbardorining o’g’li. Nasabda, mavqe hamda boytikda birining boshqasidan kam, ortiqtigi yo’q. Gap shundaki, ishq tufayti Qaysning ju- nuni shu qadar ortganki, ishqdan mahrum omi el uni "Majnun" (telba) deb ataydi. Ota o’z qizini shu malomatga qolgan yigitga berishdan or qiladi. Johillar oshiq-ma'shuqlarni malomat domiga otadilar, davron boshlariga mislsiz musibatlarni soladi, qismat ularni ayovsiz imtihondan o’tkazadi. Faqat o’limgina ularga shafqat qildi. Xuddi Farhod va Shirin taqdirida bo’lgani kabi o’lim ular uchun fojea emas, balki azobti hijrondan qutqarguvchi xaloskor, pirovard maqsadlari bo’lmish Yaratganning vasliga noil qiluvchi vosita edi. Doston so’ngida ularning ana shu baxtga erishgantiklari tasvirlanadi. Qadrli o’quvchi! Quyida dostondan olingan parcha e'tiboringizga havola qilinmoqda. Unda Qays va Laytining bog’dagi ilk uchrashuvlari tasvirlangan. Bu uchrashuv ularning botinida pinhon bo’lgan ishq chog’ini yolqinlatib, ulkan olovga aylantirib yuboradi. Siz ana shu ishq yolqinlanishi jarayonini kuzating, oshiqtik holatini tafakkur qiling, Navoiyning mahoratidan bahramand bo’ting. ...Ashobg’a mayli lolav-u bog’, U1 ikki2 ichinda loladek dog’. Ashobg’a g’uncha sori ohang, Bu ikki nechukki g’uncha diltang. Ishq ichra necha yetib maloli, Mahvash qilur erdi zabt holi. Bedilg’a1 bu hifz2 mushkil erdi, Kim, hush ila aqli zoyil3 erdi. E1 har neki so’rsa, fahm qilmay, Fahm etsa, javob derni bilmay. Ishqin necha aylamay debon fosh, Andin ajab amrlar urib bosh. Gah so’zidin oqib ashk nogoh, Gohi chekib ixtiyorsiz oh. ...Boqay desa, dog’i quwati yo’q, Boqmay desa, dog’i toqati yo’q. Ko’z uchi bila boqib chu gohi, Jondin chekib andoq o’tlug’ ohi. Kim, bog’ yuzin xazone aylab, Ko’k bargini za'farone aylab. Mahvash qilibon nazora nogah, Bo’lmoqqa aning o’tidin ogah. ...Bog’ erdi vasi'-vu4 xalq — soyir5, Ashjor6 g’ulusi elga sotir7. Atfol bo’lub o’yung’a mash'uf , Sarvi gul o’lub alarg’a ma'luf . Sayr ichra yetishti mohi dilxoh , Bir gid chamani ichiga nogoh. Gulbun bila rust to’rt yoni, Kirsa kishi kimsa topmay oni. Kirgach anga ul shugufta gulzor, Ko’rdi tikan ichra bulbuli zor. Kirmish edi anda Qays g’amnok, Gul yanglig’ etib yaqosin chok. O’z holig’a zor yig’lar erdi, Besabr-u qaror yig’lar erdi. Og’zida taronayi firoqe Kim, yor yetishti ittifoqe. Chun bulbulining guli shugufta, Topti bori xalqdin nuhufta2. Har necha yo’q erdi so’zga tobi, Ko’nglida ko’p erdi iztirobi. Yo’q erdi guziri3 necha so’zdin, Borg’uncha o’lub deguncha o’zdin. Bunyod etti hijob4 birla, Bal xijlati5 behisob birla: "K-ey turfa yigit, ne holating bor? Ne nav' g’ani-u malolating bor? Kim, shodlig’ing yo’q o’zgalardek, Obodlig’ing yo’q o’zgalardek? Ashobg’a mayli bog’i gulzor, Ham tan sanga resh-u6 ham ko’ngul zor. Bu damki esib nasimi navro’z, Gul atrini qildi majlisafro’z. Bu faslda azmi gidshan etgay, Bo’ston haramini maskan etgay. Bor oning uchunki, shod bo’lg’ay, Har bandig’a bir kushod bo’lg’ay. Sen nola qilib, g’amin nedin sen, Ashking oqizib, hazin nedin sen? Ishrat chog’i mehnating ne ya'ni, Sho’robayi hasrating ne ya'ni? Bu g’am sanga qaydin o’ldi hodis, Kim bo’ldi bu shiddatingg’a bois?" Boyisni chu so’rdi ul dilafro’z, Bedil chekibon bir ohi jonso’z1. Shirin so’zidin bo’lub edi lol, Qon yosh ila yuzga yozdi ahvol. Yo’q, yo’qki, zaboni hol birla, Sharh ayladi bu maqol birla: "K-ey jonima hayrat o’ti solg’an, Ko’nglumni burun nazarda olg’an2. Awalki jamolidin sochib barq3, O’t ichra vujudum aylagan g’arq. Zulf ochmoq ila olib qarorim, Qilg’an qaro ro’z ro’zg’orim. Awalki fasona zohir etgan, Ko’nglumning ishini oxir etgan. Qilg’anni yoshurmog’ing ne erdi? Mendin yana so’rmog’ing ne erdi? Sendin yetibon bu shiddat oxir, Kimga toqayin bu tuhmat oxir?! Ko’nglumniki olmishang nihoni, Sendin ola olmog’um xud oni. Jonimniki o’rtading bas erdi, Tonmoq bu sifat kerakmas erdi. O’t uzra ne erdi quyniog’ing yog’? Kuyganga ne erdi qo’yniog’ing dog’?" Tufroq uza bo’ldi ul sifat past Kim, yerdagilarga bo’ldi hamdast. Qo’ynig’a olib nigor boshin, Sochib ko’zidin yuziga yoshin. Behushg’a aylab iztirobe, Hardam yuziga urub gulobe. O’lturganiga o’zi yebon g’am, Yig’lab tutar erdi bo’yla motam. Istab ani bir-iki dilorom, U1 voqea ichra qo’ydilar gom . Gar zulf ila mushkbez2 edilar, Ikkisi anga kaniz edilar. Ko’zlariga dahr o’lub qarong’u, Qo’rqub dedilar: "Ne hol erur bu?" Mahvash ishidin chu parda qo’pti3, Ikkisining ollida yer o’pti. U1 ish neki voqe' o’ldi bexost, Bir-bir dedi ul ikisiga rost. Dahr etti chu sirin oshkora, Yig’lab tiladi g’amiga chora. Bor erdi birisi dardparvard, Filhol sanamg’a bo’ldi hamdard. Dedi: "Yema g’amki, bok emastur Kim, ishq o’tidin halok emastur. Sen qo’pg’il-u, bizga topshur oni, Azm ayla qabilag’a ravoni. To bo’lmasun el bu ishdin ogoh, Biz fikr etali nechukM dilxoh". Mahvash ul ikov degandek etti, Ko’nglin qo’yub anda evga ketti... Savol va topshiriqlar 1. "Ashobg’a mayli lolavu bog’, Ul ikki ichinda loladek rfog’"baytida sevishganlar va ularning suhbatdoshlari holatidagi tafovutning sababini tushuntiring. 2. "Bedilg’a bu hifz mushkil erdi, Kim, hush ila aqli zoil erdi"\a undan keyingi baytlarda Majnun ruhiyatida yuz bergan o’zgarishlar sababini sharhlang. 3. Oshiq ruhidagi o’zgarish uning jismoniy holatiga ta'sir etgan o’rinlarni toping. Siz bunday holni qanday izohlaysiz? 4. Laylining Majnun holatiga munosabati tasvirlangan misralarni belgilang. Uning o’zida ham o’zgarish yuz berayotganmidi? 5. Sevishganlar yolg’iz uchrashib, so’zlashgan joyni ta'riflab bering. 6. Qizning yigitga murojaatini qayta ifodali o’qing, mazmunini so’zlab bering. Layli nutqiga xos nazokatni ifodalashdagi Navoiy mahoratini kuzating. 7. "Avvalki jamolidin sochib barq, O 't ichra vujudum aylagan g’arq " misralaridagi istioraviy ifodani tahlil qiling. 8. Qaysning javobidagi mazmun va ohangni ilg’ashga urining va izohlang. 9. Qaysning behush bo’lishi hamda Laylining unga munosabati tasvirini tahlil qiling. 10. Laylining o’z kanizlari oldida yer o’pishi sababini qanday izohlaysiz? "SAB'AI SAYYOR" DOSTONI Ishqiy — sarguzasht qissa bo 'Imish "Sab 'ai sayyor "yetti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritadi. U qulon (go’r) oviga haddan tashqari ruju qo’yganligi uchun Sharq adabiyotida Bahrom go’r nomi bilan mashhurdir. Jahongashta Moniydan Diloromning daragini eshitadi, u chizgan rasmdan ko’rib, qizga oshiqi beqaror bo’ladi. Xitoyning bir yillik xirojini to’lab, go’zalni saroyga keltiradi va aysh-ishratga beriladi. Bir kuni ovda kishi aqlini lol qoldiradigan darajada merganlik mahorati va san 'atini ko’rsatadi. 0'z ishidan xushlangan shoh yori Diloromdan maqtov, olqish kutadi. U esa xotirjam holda: "Bu mahorat mashqning natijasi", — deydi. Kutganidan zid munosabatni ko’rgan Bahrom mastlik va g’azab ichida uni o’limga — uzun sochlariga oyoq-qo’lini bog’lab, biyobonga tashlab kelishni buyuradi. Ertasi kuni g’azab va mastligi tarqab, yorini izlaydi. Uni topolmagach, iztirobga, tushkunlikka tushadi, uzJatga beriladi. Hakimlar maslahatiga ko’ra yetti rangda yetti qasr quriladi. Shoh haftaning har bir kunini qasrlarning birida o’tkazadi. Har tun bir iqlimdan kelgan musofirdan hikoyalar tinglaydi: shanba kuni qora qasrda Farrux va saxiy Axiy hikoyasini, yakshanba kuni Zayd Zahhob sarguzashtini sariq qasrda, uchinchi hikoya bo’lmish Sa'd jasoratini dushanba kuni yashil qasrda, shoh Jo’na va saxiy Mas'ud hikoyasini seshanba kuni gulgun qasrda, moviy qasrda aytilgan beshinchi Mehr va Suhayl qissasini chorshanba kuni tinglaydi. Nihoyat, juma kuni oq qasrda Xorazmdan kelgan musofirdan yettinchi hikoyani tinglaydi va Diloromning daragini eshitadi. Ular qayta topishadilar. Bahrom Dilorom va saroy ahlini olib ovga chiqadi. Ovda juda ko’p qush va jonivorlar qoni to’kiladi. Natijada, bir vaqtlar qurigan botqoq ko’zi qayta ochiladi va hammalarini yer yutadi. Navoiy Bahrom obraziga juda katta ma'no-mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sig’masligini ko’rsatgan. Bahrom oshiq bo’lgach, mamlakatni unutdi. Shohga xos maqtov, xushomadni istaganida esa ishq ko’ziga ko’rinmay qoldi. Navoiy asar voqealarini, hatto hikoyalarini o’z vatani bo’lmish Xuroson, Movarounnahr hayoti bilan bog’lashga harakat qilgan. Shahrisabz, Xorazm haqida maxsus hikoyalar kiritgan. Shuningdek, bu mashhur qissaga turkona ruh berdi. Bahrom munosabati bilan o’z zamonasi masalalarini qo’zg’agan. Quyida dostondan kichik bir parcha berilmoqda. Shahg’akim, bo’lmish erdi oshiq-u mast, Burajab iki ish berib edi dast2. Shah chu ul lahv3 ila bo’lub mash'uf, Ishidin topmas erdi hech vuquf4. Mulk5 ishi zabtu rabtsiz6 bo’ldi, Saltanat amri zabtsiz bo’ldi. Qilmadi shah chu dodxohni7 yod, E1 ilik sundi8 qilg’ali bedod. Mulk chun shoh adlidin qoldi, Qildi har kim nekim qila oldi. Ham qaroqchi uzotti har sori qo’l Band bo’ldi alar qo’lidin yo’l. Chekti g’avg’o baland bodaparast, Bo’ldi mu 'zin bila imom uni past. Qurtdek bo’ri birla to’ldi yobon, Dema qo’y, balki tu'ma2 bo’ldi shubon. Bir necha mahrame tilab xilvat, Qildilar arz shahg’a bu holat. Ki, xaloyiqda qiyl-u qol3 nedur, Mulk birla ulusqa hol nedur. Shah chu bildi, taammul etti base, Ishga chora taxayyul4 etti base. Lek oshiq ishiga ne chora, Ishq etar ul elni bechora. Ne ul oysiz5 anga qaror erdi, Ne iliginda ixtiyor erdi. Bildikim, mulk ishi xarob o’lmish, Mulk eli holi iztirob o’lmish. Ishqdin garchi xasta hol erdi, Lek ko’nglida bu xayol erdi. Ki, ne nav' ishga aylagay tadbir Ki, bu tavrig’a6 aylagay tag’yir7. Mulkdin yo’q guzir8 anga hosil, Yordin xud guzir erur mushkil. Lek ko’ngli chu behuzur erdi, Anda har lahza bu xutur9 erdi Ki: "Agar bo’lsa shohlig’ boqi, Topilur buyla10 mahvash soqi12. Buki vaslini topmisham payvast, Shahlig’ o’lmasa bermas erdi dast?" Mulk eli bo’lmasa, ne ul1 bordur, Ne tiriklik uyiga yo’l bordur. Lek to bo’lg’usidur ul mavjud, Ne aning g’ayridur2 erur nobud. Ikkisini kim desa qiloyin jam', Shusha muzdin degay yasoymen sham'. Ko’ngli chun mulk ila xizona tilab, Ishq etgali bahona tilab. Ishq ila shohlig’ muvofiq emas, Ishq lofida shoh sodiq emas. Ishq uchun bedili kerak foni , O’rtagan shavq shu'lasi oni. Jon berib yori muddaosi uchun, Balki yuz jon aning rizosi uchun. Yaqf etib dilbarig’a jon mulkin, Sadqa aylab iki jahon mulkin. Shohkim mulk ocharni qilsa nasaq , Yuz tuman qon to’kar bari nohaq. Oshiq o’lg’anki, kechmagay jondin, Ishq behad yiroq durur ondin. Shoh, alqissa, bu taxayyul ila, Aysh aylar edi taammul ila. Ishi doyim shikor8 birla edi, Chopmog’i o’z qarori birla edi. Ichibon yor ilgidin mayi nob , Saltanat fikridin vale xunob. Bir kun ov ichra shoh edi sarxush, Yonida erdi ul buti mahvash2. Ko’rdi ra'no g’azoli chobukxez3, Sur'ati ko’k g’azoli yanglig’ tez. Shah o’q otmoqqa o’yla qodir edi, Sayd urmoqqa o’yla mohir edi. Kim, ne nav' o’lsa elga rag’bat-u tav'4, O’lturur erdi saydni ul nav'. Qay tukin saydning nishona qilib, O’qi ul yerni oshyona qilib. Dedi gulruxqa: "K-ey pari tal'at5! Bu g’azoleki, ko’rguzur sur'at, Ne yeriga desang, xadang urayin, U1 sifatkim buyursang, o’lturayin". Sho’xning tab'ida chu diqqat edi, Ramz ila nuktayi daqiq6 dedi. Ki: "Burun sol iki qo’lig’a shikol7, o’ylakim turg’ay o’z yerida g’azol. So’ngra otmoqqa yaxshi ko’zla ani, Ham yiroqtin turub bo’g’uzla ani". Shah chu bildi sanam tamannosin8, Topti filhol aning muammosin. Demadi nozanin hadisin yo’q, Chekti ul sadoqdin9 inichka o’q. Saycl sori chekib darang1 bila, Tikti ikki qo’lin xadang bila. Kim, ul o’q o’tmadi yarosidin, Teri birla so’ngak2 arosidin. Chunki bo’ldi g’azol qo’llari band, Yoyig’a kaybur3 ayladi payvand. Urdi ul nav' bo’g’zig’a oni Ki, kesildi-yu oqti ham qoni. Ne xayoleki aylab erdi moh , Borisini bajo keturdi shoh. Qildi bir ishki kimsa bermas yod, Kimsa yo’qkim, sipehri ko’hna nihod . Shah chu ko’rguzdi ishda bu oyin, Tama' etti nigoridin tahsin. Anga chun husndin bor erdi g’ino , Keldi husn iqtizosi istig’no . Shah duosig’a chekmadi tilini, O’pmadi shohi komron alini10. Dedi: "Har kim bir ishni varzish11 etar, Ish kamolini ko’r, ne yerga yetar!" Demadi shohniki: "Ettingxo’b", Ishni idmong’a12 ayladi mansub. Sho’x bu nukta aylagach taqrir13 Shah mizojig’a topti yo’l tag’yir14. Qoshining yosi uzra soldi girih14 Kim, pari chehradin eshitmadi zih15. Sho’x ko’rdiki shah itob etti1, Dedi isloh etay, xarob etti. Dedikim: "Shahg’a ne itobdurur Kim, bu so’zkim dedim — savobdurur. Menki, bir nag’masoz qilsam chang, Ruh chiqmoq sari qilur ohang. Yo’q edi bu muloyamat2 birla. Muncha yetti mudovamat3 birla. Shohkim, bir kiyikka urdi xadang, Desam idmonni, ishga keldi batang4". Shahki ismo’i bu maqol etti, G’azabi o’ti ishti'ol etti. Ikki qattiq hadis eshitti ajab, Ixtiyorin ilikdin oldi g’azab. Shohkim qahri o’lsa mustavli , U1 diyor ichra bo’lmamoq avli . Saltanat g’ayrati chu zo’r etti, Lutfu ehson ko’zini ko’r etti. Istadi qatl aylamak oni, Kesmak ozod sarvi ra'noni. Dedi ba'zi: "Bu nav' dilkash emas, Zuafo qatli tig’ ila xush emas". Dedikim, necha xorij andesha, Qatl alarg’a hunar nekim pesha. Mahddin oyni chiqordilar10. Bir biyobong’a elta bordilar. Har giyohi aning nechukkim o’q, Davrida necha kunchilik suv yo’q. Jonivor umrini qilurg’a taboh, Butmay anda bag’ayri zahr giyoh. Ikki gisusidin kamand aylab, Tashladilar g’ulula2 band aylab. Gisusikim, ulusqa erdi kamand, Oqibat bo’ldi o’z halokiga band. Yonibon surdilar vatan sori, Keldilar shohi javrfan sori. Shahld, bu dahshat ayladi ul dam, Bexud erdi uiay-u g’azabdin ham. U1 kun oqshomg’a tegru3 ichti may, G’azabi ortar erdi paydar-pay4. Subh5 roh6 istab etti mayli sabuh, Yonidin g’oyib erdi rohati ruh7, So’rdikim: "Mohvash qayon ketmish?" Bexabarkim, ne shohkor etmish. Dedilar qilg’anin necha mahram, Tivra bo’ldi anga yorug’ olam. Quyi solib boshini fikr etti, Qilg’ani borcha ko’ngliga yetti. Bildikim, qahr sarsari8 esmish, O’z qo’li birla o’z boshin kesmish. Dedi: "Ushbu zamon o’zum borayin, U1 biyobonni bir-bir oxtarayin. Qayda bo’lsa, topav nigorimni, Qilayin sadqa joni zorimni. Tirik o’lsa, bo’lay fidosi aning, Beribon jon, topay rizosi aning... Savol va topshiriqlar 1. Bahromning tinglagan hikoyalarini sanab bering. Ilgari ularning qaysi birlari bilan tanishgansiz? 2. "Mulk ishi zabtu rabtsiz bo’ldi, Saltanat amri zabtsiz bo’ldi" baytini izohlang. Nima uchun mamlakatda shunday holat vujudga kelganini tushuntiring. 3. "Ishq ila shohliq muvofiq emas, Ishq lofida shoh sodiq emas" hukmi nima munosabat bilan aytilganligini tahlil qiling. 4. Ovda Dilorom Bahromdan ohuni qay tarzda otib berishni so’radi? Bahrom ning bu vazifani qanday ado etganligi tasvirlangan o’rinlarni topib tahlil qiling. 5. Diloromning Bahrom merganligiga munosabatini qanday baholaysiz: bepisandlikmi, mahoratning qadriga yetmaslik yoki o’ylamay gapirishlik? 6. Shohning g’azabiga javoban Diloromning mulohazalariga munosabat bildi ring. U to’g’ri ish tutdimi? 7. "Bildikim, qahr sarsari esmish, o’z qo’li birla o’z boshin kesmish" baytida gap nima haqida ketyapti? Undagi o’xshatishning ma'nosini tushuntiring. 8. G’azab va mastlikda qilib qo’ygan xatosidan chuqur qayg’uga tushgan Bahromning ruhiy holati tasvirlangan baytlarni tahlil qiling. "SADDIISKANDARIY" DOSTONI "Xamsa "ning yakunlovchi dostoni dunyoning mashhur siymolaridan biri jahongir Iskandarga bag’ishlangan. Barcha xamsanavislar dunyoning katta qis- mini zabt etgan Aleksandr Makedonskiyni uning prototipi sifatida olishib, jahon- girning sharqqa yurishi bilan bog’liq rivoyat, qfsonalarga suyangan holda o'z dostonlarini yaratganlar. Lekin baduy adabiyotdagi Iskandar tarixiy Aleksandr emas. Tarixfanidan olgan bilimlaringiz orqali Sizga malumki, tarixiy Iskandar dunyoni zctbt etish maqsadida ko’p joylarda shafqatsiz urushlar olib borgan, qir- g’in, vayronaliklarga sabab bo’lgan. Baduy adabiyotda esa u butunlay boshqa — adolatparvar, donishmand, buyuk insonparvar shaxs. Sharq rivoyat va afsonalarida bu obraz Iskandar Zulqarnayn deb ham ataladi. "Zulqarnayn"so’zining ikki ma'nosi bor: birinchi ma'nosi shoxli (boshida muguzi bor) bo’lsa, ikkinchi ma'nosi — kun chiqish va kun botish hukmdori degani. "Saddi Iskandariy" dostoni Navoiy "Xamsa"sidagi hajm jihatdan eng katta asardir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Shoir dostonga qo’l urar ekan, Iskandar tarixini yozishni maqsad qilgan emas, balki Iskandar bilan bog’liq voqealar mohiyatini o'z o’quvchisiga ochib berishni niyat qiladi. Asarning nomlanishi ham undagi bir lavha bilan bog’liq. Ko’p mamlakatlarni olib, u yerlarda tinchlik, osoyishtalik, adolat o’rnatgan Iskandar, o’zyo’lida odamlarga musibat yetkazayotgan vahshiylarni mahv qilib, qo’shini bilan Qirvon o’lkasiga keladi. o’lka nihoyatda xarob bo’lib, aholi odamxo’r ya juj-ma jujlardan aziyat chekar ekan. U yerdagi odamlarning iltimosiga ko’ra Iskandar Qof tog’ida yashovchi bu vahshiylarning yo’lini to’sib devor qurdiradi. Devorfors tilida "sad" deyiladi. Shuning uchun bu devorni Saddi Iskandariy — Iskandar devori deb ataydilar. Ramziy ma'noda esa u ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi devordir. Uni bino qilishda turli mamlakat xalqlari, jumladan, movarounnahrliklar, rumliklar, forslar, xitoylar, hindular, ruslar, faranglar va boshqalar qatnashadilar. Xalqlar do’stligi va ittifoqligi insoniyatning ashaddiy dushmani timsoli bo’lgan ya juj- ma jujlarni mahv etadi. Iskandar o’zining odilona va oqilona siyosati bilan xalqlar do’stligini mustahkamlaydi. Dostondan olinib, e'tiboringizga havola qilinayotgan parchada Iskandar oqil siyosatchi, odil shoh hamda tanti inson sifatida tasvirlangan. Iskandar bila ul gadolig’ ixtiyor etgan podsho, balki, filhaqiqat, podsholikka yetgan gado hikoyatikim, Iskandar ani mazallat chohidin1 chiqarib saltanat koxig’a o’lturtmoq istadi va ul toj tarkin qilib, boshidin tark toji xayolin chiqarmadi. Eshittimki, Iskandari nomdor, Chu bo’ldi jahon ahlig’a komgor , Ne kishvarki, bo’ldi musaxxar anga, Mute o’ldi doroyi kishvar anga. Hamul shahni kishvarg’a shoh ayladi, Hamul elga kishvarpanoh ayladi. Shah-u mulkdin ko’ngli ting’ach tamom, Yana mulk azmig’a qildi xirom. Magar fath bo’lg’anda Mag’ribzamin6, Shahi zohir aylab edi qatl-u kin. Chu razm o’ti bo’lmish edi bartaraf, Shah o’lmish edi razm ichinda talaf 7. Skandar chu fahm etti xasmin qatil2, Anga mulki ichra tilatti adil. Dedikim: "Bu kishvar salotinidin, Xabarliq jahonbonliq oyinidin. Qolibmu ekin bir aningdek kishi Ki, qilsam ruju' anga bu mulk ishi. Ani elga shoh aylasam mustaqil Ki, mulk o’zgaga bo’lmasa muntaqil3". Dedilar xaloyiq duo aylabon, Hadisig’a4 jonlar fido aylabon. Ki: "Ofoq aro sarfaroz5 o’lg’asen, Hamisha raiyatnavoz6 o’lg’asen. Bu yanglig’ kishikim qilursen so’rog’ Ki, andin raiyatqa yetgay farog’. Yale xalq ichidin firor aylamish7, Ajab nav' ish ixtiyor aylamish: Tiriklar arosig’a qilmas ubur8, Matofi9 emas, g’ayri — eski qubur10. Hamono tiriklarda ko’rmay vafo, Qubur ahlig’a aylamish iktifo. Boshi toj tarkin qilib ixtiyor, Bo’lub tarki toji bila baxtiyor. Kishi birla yo’q mutlaqo ulfati, Bo’lub xalq g’avg’osidin kulfati. So’z ichra bu taqrib tartib etar Ki, elni fano sori targ’ib etar!" Skandar eshitgach, dedikim: "Yurung, Ani, qayda bo’lsa, topib kelturung!" Ravon hukm ila har taraf surdilar, Topib, shah bazmig’a yetkurdilar. Yalang erdi boshi, ayog’i — yalang, Vaqo chokidin ko’ksi dog’i yalang. Jahon shug’li gardiga silkib etak, Tutub ikki ilgiga ikki so’ngak. Skandar anga ehtirom ayladi, O’z ollinda oliy maqom ayladi. Dedi: "Bu so’ngaklardin afsona ayt, Ne so’rsam, javobin aning yona ayt!" Dedi: "Go’rlardin qilurda guzar, Necha bu so’ngaklarga soldim nazar. Zamirimg’a lekin nihon qoldi bu Ki, shahning qayudur, gadoning qayu? Chu o’lganda birdur bu ikki mato’, Tiriklikda nevchun qilurlar nizo’?" Kelib bu kalomi Skandarga xush, Dedi: "K-ey zabonovari borkash2. Seni toptim asru biyik nuktalik, Agar bor esa himmating ham biyik. Seni kishvaringda qilay arjumand3, Berib shohlig’, poyang4 aylay baland". Dedi: "Hinunat o’lmish manga hamnishast5, Sen istardek ermas, vale asru past. Ki, tark aylabon faqr sarmoyasin6, Pisand etgamen shohlig’ poyasin? Emas rub'i maskunga7 rag’bat manga, Tilar to’rt sarmoya himmat manga: Biri andin o’ldi hayoti abad, Ki, yo’qtur aning intihosig’a had. Yana bir: yigitlikki, topmay xalal, Qariliq bila bo’lmag’ay ul badal. Yana bir: g’inoyi muabbaddurur1 Ki, olinda iflosg’a raddurur. Yana: shodlig’kun yo’q oning g’ami, Adam2 bo’lg ay ul surning3 motami". Skandarni hayrat zabun aylabon, Dedi bosh uyotdin nigun aylabon. Ki: Bu dayr aro topsang ogohliq, Senga faqr berdi, manga shohliq. Agarchi meni ayladi arjumand, Sanga berdi himmatni mendin baland". Gadoyeki, bo’lg’ay biyik himmati, Anga past erur shohlig’ rifati ... Savol va topshiriqlar 1. O’tmishdagi va baduy adabiyotdagi Iskandarni solishtirib, tarixiy va baduy haqiqat to’g’risida fikr yuriting. 2. Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonidan ko’zlagan maqsadi va Iskandar obrazi vositasidagi orzusi nimalardan iborat edi? 3. Mag’ribzaminda xalq taxtga loyiq deb bilgan kishining ajib tabiati, fe'li bayon etilgan satrlarni toping va sharhlang. 4. "Boshi toj tarkin qilib ixtiyor, Bo’lib toj tarki bila baxtiynr" luiylini izohlang. Bu misralar tavsiflanayotgan kishining xarakteri va dunyoqarashidagi qaysi qirralarni namoyon qiladi? 5. Tarkidunyo qilgan darvesh shohning oldiga o’zi bilan olib kelgan so’ngaklarni qanday izohladi? 6. Iskandarning darveshga qilgan taklifi va darveshning javobi berilgan baytlarni toping va tahlil qiling. Darveshning shohga qo’ygan to’rt shartini izohlang. 7. Darvesh so’zlarini eshitgan shohning unga javoban aytganlarini tahlil qiling. U darveshni qaysi jihatdan o’zidan ustun bildi? Nima uchun? 8. "Gadoyeki, bo’lg’ay biyik himmati, Anga past erur shohlik rifati" baytini matn mazmunidan kelib chiqib sharhlang. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483 — 1530) Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda u adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanadi. Hayot yoli. Bobur 1483- yili Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ilgan. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to’rtinchi avlod — evara edi. Onasi Qutlug’ Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o’n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ivo’rinadiki, Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashhur shaxslaridan biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti o’spirinlikdan to umrining oxirigacha jang-u jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va mag’lubiyat, ijod-u bunyodkorlik ichida kechdi. 1494- yilda Umarshayx Mirzoga qarshi uning o’z akasi — Samarqand hokimi Sulton Ahmad Mirzo hamda qaynog’asi Toshkent hokimi Mahmudxon o’zaro til biriktirgan holda qo’shin tortib, Farg’onaga yurish qiladilar. Nihoyatda qaltis vaziyat vujudga keladi. Buning ustiga kutilmagan falokat yuz beradi: Andijonning g’arb tomonidagi jar yoqasida bino bo’lgan Axsi qo’rg’onida turgan Umarshayx Mirzo kabutarxonasi bilan jarga qulab, halok bo’ladi. Umarshayxdan uch o’g’il va besh qiz qolgandi. o’g’illarining kattasi — 12 yoshga qadam qo’ygan Bobur taomil bo’yicha taxtga o’tiradi. o’ratepa, Xo’jand va Marg’ilonni qo’lga olib Quvaga kirgan Sulton Ahmad qo’shini shaharni kesib o’tuvchi Qorasuv ko’prigida toshqinga uchrab, tuya va otlari botqoq suvga cho’kib, ko’pi nobud bo’ladi. Ustiga-ustak o’lat tarqaladi. Qo’shin vahimaga tushadi. Sulton Ahmad sulh tuzib ortga qaytadi va yo’lda vafot ftladi. Sulton Mahmud ham Axsini bir muddat qamal qilib ololmay, ketishga majbur bo’ladi. Sharoitdan foydalanib qolmoqchi bo’lgan Ivoshg’ar va Xo’tan hokimi Abobakr Do’g’latning liam o’zgand yaqinidagi harakatlariga chek qo’yiladi. "Boburnoma"ning aynan shu voqealarga ishora qilib "Tengri taoloning inoyati..." so’zlari bilan boshlanishi bejiz emasdi. Bobur 1497- yili 15 yoshida sohibqiron Amir Temur poytaxt qilgan Samarqand shahrini egallaydi. Lekin moddiy tanqislik, qaltis siyosiy vaziyat tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Andijonda xiyonat yuz bergandi. Bobur ishongan beklar taxtga ukasi Jahongir mirzoni o’tqizmoqchi bo’ladilar. Ikki yil sargardonlikdan so’ng katta mashaqqatlar bilan Andijon qaytarib olinadi. 1500- yilda Bobur Samarqandni jangsiz osonlik bilan qo’lga kiritadi. Lekin Shayboniyxon yaqinlashib kelayotganligi uchun kuch to’plash maqsadida Shahrisabzga jo’naydi. Shunda Shayboniyxon Sulton Ali mirzoning onasi Zuhrabegimni unga uylanish va'dasi bilan aldab, shaharni egallaydi. 1501- yili Bobur 240 nafar navkari bilan yetti mingga yaqin qo’shini bo’lgan tajribali shoh Shayboniydan Samarqandni tortib olishga muvaffaq bo’ladi. Ko’p o’tmay Shayboniyxon shaharni qamal qildi va u uzoq davom etdi. Bir tomondan shahar ichidagi ochlik, ikkinchi tomondan qarindoshlari bo’lmish boshqa temuriylardan madad kelmagani yosh hukmdorni og’ir bo’lsa-da bir qarorga kelishga undadi. U yana Samarqandni tashlab ketishga, nafaqat Samarqandni, jondan aziz Yatanini ham butunlay tark etishga majbur bo’ldi. Ikki yilga yaqin sarson-sargardonlikdan so’ng 1503- yilda Kobulga yo’l oladi. Kobul va G’aznani jangsiz egallaydi va o’zini shoh deb e'lon qiladi. 1507- yildan Hindistonni zabt etish harakatiga tushgan Bobur 1526- yili o’z maqsadiga yetadi. Shu yilning 21- aprelida Panipat jangida Boburning 12 minglik qo’shini hind sultoni Ibrohim Lo’diyning 100 ming kishilik askari bilan to’qnashadi. Ajdodlaridan meros jang sirlari, yillar davomida to’plagan tajribasi hamda taqdirning bergan achchiq saboqlari qo’l keldi. Bobur hind yerida Veyropada keyinchalik "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" deb atalgan ulkan saltanatga asos soldi. Bobur va boburiylarning hukmdorligi Hindiston tarixida juda katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. Bobur Hindistondagi din-mazhab janjallarini oldini olishga, mamlakatda osoyishtalik qaror toptirishga urindi. Adolatli qonunlar chiqardi, g’ayridinlik solig’i (juz'ya)ni bekor qildi, o’lgan erning tirik xotinini murda bilan birga yo- qishni taqiqladi. Mamlakatda obodonchilik ishlarini yo’lga qo’ydi. Kanallar qazdirdi, binolar qurdirdi. Atrofiga olim-u fozillarni to’pladi. Shuningdek, hind yerida hali hech bo’lmagan bog’lar bino qildi. Movarounnahrning shirin-sharbat mevalarini ekdirdi. Lekin jang-u jadallar, saltanat tashvishlari, ayniqsa, Vatan sog’inchi nozik qalb egasi bo’lgan shoirning sog’ligiga salbiy tasir qildi. Begona bir yurtni zabt etish hech qachon oson kechmagan. 1526- yilning 21- dekabrida Bobur dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif tufayligina omon qoladi. Biroq bu ahvol yigirma besh-yigirma olti kun davom etadi xolos. Bobur 1530- yilning 26- dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko’chiriladi. Ijodiy merosi. Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g’oyat iste'dodli farzandi edi. U o’ta notinch, sargardonlikda kechgan umrini zo’r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham to’la edi. U yigirma yoshida yangi bir yozuv — "Xatti Boburiy"ni kashf qildi. Umr bo’yi ajoyib sherlar yozdi, devon tartib qildi. Musiqa bilan shug’ullanib, "Chorgoh" maqomiga "savt"lar bitdi. 1521- yilda she'riy yo’lda soliq ishlarini tartibga soluvchi "Mubayyin al-zakot" ("Zakot bayoni") asarini yozdi. 1523—1525- yillarda aruz vazni haqida "Muxtasar" nomli risola bitdi. Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli asarlari hozirgacha topilgan emas. U tarjima bilan shug’ullanib, Xo’ja Ahrorning "Yolidiya" asarini she'riy yo’l bilan o’zbekchaga o’giradi. Uning "Boburnoma" asari nafaqat o’zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining nodir namunasi sanaladi. Bu memuar (esdalik) asarida Bobur o’n ikki yoshida taxtga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha boshidan o’tkazganlarini, ko’rgan- kechirganlari, guvohi bo’lgan voqealarni siyosatchi, davlat arbobi, olim, sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil etadi. Shuning uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba bo’la oladi. "Boburnoma"ning o’zbek nasri taraqqiyotidagi o’rni beqiyosdir. Bobur she'riyati. Bobur o’zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she'rlarini to’plab, 1519- yilda Kobulda, 1528— 1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki to’plam o’sha joylar nomi bilan "Kobul devoni", "Hind devoni" deb ataladi. Kobul devoni topilgan emas. Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan she'rlarining soni to’rt yuzdan ortiq. Shundan 119 tasi g’azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit'a, muammo kabi janrlar ham joy olgan. Bobur devonining katta qismi g’azallardan iborat. G’azallarining ma'lum gu- ruhi hasbi hol xususiyatiga ega bo’lib, shoir hayotining muayyan lavhasi bilan bog’lanadi. Mana, uning "topmadim" radifli g’azalini olaylik. Bu sherning yozilish tarixi "Boburnoma"da ham keltirilgan. 1500—1501- yillarda Bobur Samarqandni ikki bor olib, yana boy beradi. Bir muddat sarsonliklardan so’ng biror viloyat berar degan umidda Toshkentga xon dodasi Yunusxon huzuriga boradi. Bobosi o’ratepani unga berishini aytadi, animo bu gaplar va'daligicha qolib ketadi. Sargardonlik, xiyonatlar, yaqinlaridan judo bo’lish, qarindoshlar hamiyatsizligi, Shayboniyxonning tinimsiz taqibi shoirning ko’nglini cho’ktiradi. Buning ustiga Boburning ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal bilan to’qnashgan Yunusxon u bilan murosaga keladi va buni nishonlab ov hamda ziyofat uyushtiradilar. Bu hol Boburni qattiq qiynaydi. Ko’nglidagi iztiroblarni: «Jonimdan o’zga yori vafodor topmadim, Ko’nglimdan o’zga mahrami asror topmadim» matlasi bilan boshlanuvchi g’azalda ifoda etadi. "Yod etmas emish kishini mehnatta kishi" misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi ham shu kunlarda ruhiy ezilishlar natijasi o’laroq yozilgandi. Bazan bunday biografik chizgilar oshiqona kayfiyatdagi satrlar bilan almashinib keladi va nafis baduyat libosida ko’rsatiladi. Quyidagi g’azalga diqqat qilaylik: Qaro zulfung firoqida parishon ro’zgorim bor, Yuzungning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor. Labing bag’rimni qon qildi, ko’zumdin qon ravon qildi, Nechun holim yamon qildi, men andin bir so’rorim bor. Avval g’azalning baduyatiga e'tibor qarataylik. Tanosub1 sanatidan foydalangan shoir mashuqa go’zalligi va oshiqning ruhiy kechinmalarini mohirlik bitan chizadi. Qaro , zutf , parishon , ko z , yamon so zlarini o zaro qora rang, "yuz", "lab", "qon" so’zlarini qizil rang bilan bog’liq tushuncha birlashtirib, tasvir va ifodada o’ziga xoslikni yuzaga keltirgan. Shuningdek, asosiy qofiya (ro’zgorim — qarorim — so’rorim) bilan birgalikda saj' — ichki qofiya (firoqida — ishtiyoqida; qon — ravon — yamon) hamda radif (qildi; bor)ning qo’llanishi g’azalga mayin musiqiylik baxsh etgan. Oshiqning hayoti (ro’zgori) mashuqa zulfi firoqida parishon, yor yuzining ishtiyoqi, lab tamannosi uning sabr-qarorini intihosiga yetkazadi. Sof oshiqona kechinmalar bayoni bilan boshlangan ushbu satrlar keyingi baytlarda hasbi hollik yo’siniga o’ta boshlaydi. Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa, Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amgusorim bor. "Jahondin menga g’am bo’lsa..." Bolalikdanoq hokimiyatning og’ir yuki gar- daniga ortilgan, hayotining ko’p qismi urushlar qa'riga kechgan, do’st-u yori necha bor sotgan, alamlardan diydasida ko’z yoshlari qotgan Boburning hasrati bu. "Ldusdin gar alam bo’lsa..." Saltanat ishtiyoqida ne yurtlarni kezgan, dushman navkarni tig’ bilan kesgan, umr bo’yi janglarda qonlar kechgan va bu bilan ne-ne odamlar — ulus qayg’usiga sabab bo’lgan Boburning iqrori bu. Hasrat va iqrorlardan so’ng u yorga qarata: "Bu g’am va alamlardan yuz barobar bo’lsa ham, mening g’amim yo’q, chunki sen borsan" deya uning g’amgusorligini istaydi. Bu kabi she'rlarni shoir devonidan ko’plab topish mum- kin. "Mening ko’nglumki gulning g’unchasidek tah-batah qondur", "Agarchi sen- sizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur" g’azallarida, "Beqaydman-u xarobi siym ermasmen", "Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi" kabi ruboiylarida, "Bir kecha xotirim mushavvash edi" masnaviysida Boburning ziddiyatga to’la hayoti yuksak baduy ifoda etilgan. Bobur sheriyatini o’qib bir narsaga amin bo’lasiz: u hayotni sevadi, umr- ning har daqiqasini g’animat biladi. Shuning uchun har qanday og’ir kunlarda ham yashashga intildi, izlanishdan to’xtamadi, ijodda davom etdi. Shoirning hayotsevarligi, ayniqsa, "Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati", "Sendek menga bir yori vafodor topilmas" kabi g’azallarida yaqqol aks etgan. Bobur ijodida mana shunday hayotga qaynoq mehr aks etgan jo’shqin g’azallar ham, afsus-nadomat to’la she'rlar ham bor. Ularni umumiy bir jihat birlashtirib turadi: she'rlarining hammasi benihoya samimiy tuyg’ular bilan yo’g’rilgan. Savol va topshiriqlar 1. Bobur hayoti to’g’risida yaratilgan baduy, ilmiy, hujjatli asarlar, filmlardan qaysilarini bilasiz? 2. Adibning sarson sargardon hayoti va u yaratgan asarlar ko’lamiga diqqat qi ling. Boburning ijodiy salohiyati va iste'dodiga baho bering. 3. Sinfda to’rt guruhga bo’lining. Birinchi guruh Boburning shoirligi, ikk inchi guruh olimligi, uchinchi guruh shohligi, to’rtinchi guruh sarkardaligi borasidagi ma'lumotlarni umumlashtirib, o’zlashtiring. LIRIK ASARLARI G’AZALLAR Mening ko’nglumki, gulning g’unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o’lsa, ochilmog’i ne imkondur. Agar ul qoshi yosiz bog’ gashtini orzu qilsam, Ko’zimga o’qdurur sarv-u ko’ngulga g’uncha paykondur1. Bahor-u bog’ sayrin ne qilaykim, dilsitonimning Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur2. Visoli lazzatidin zavq topmog’liq erur dushvor , Firoqi shiddatinda yo’qsa jon bermaklik osondur. Boshidin evrulur armoni birla o’ldum, ey Bobur, Mening na'shimni5 bori ul pari ko’yidin6 aylondur7. Savol va topshiriqlar 1. Birinchi baytda qo’llangan she'riy sanatlarning ahamiyatini tushuntiring. Lirik qahramon ko’nglining tah batah qon bo’lganligini qanday izohlaysiz? 2. Ma'shuqasiz bog’ gasht (sayr)ini orzu qilgan oshiq ko’ziga sarvning o’qdek sanchilishi, ko’ngliga g’unchaning paykondek botishi sababini izohlang. 3. "Bahor-u bog’ sayriti ne qilaykim, dilsitonimning Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur" misralaridagi yor tasvirini sharhlang. 4. "Visoli lazzatidin zavq topmog’liq erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo’qsa jon bermaklik osondur" baytidagi tazodning fikr va ruhiy holat ifodasidagi ahamiyatini tushuntiring. 5. Maqta'ni tahlil qiling. "Boshidan evrulur" iborasi bugungi kunda ham qo’llaniladimi? 6. Qaysi baytlarni shoirning taqdiri bilan bog’liq holda tushunish mumkin? Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur, Sening birla chiqishmoqlik dag’i bisyor mushkuldur. Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba, Senga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur. Ne osig’1 nola-u faryod xob olud2 baxtimdin, Bu unlar3 birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur. Manga osondurur bo’lsa, agar yuz ming tuman4 dushman, Vale bo’lmak jahonda, ey ko’ngul, beyor mushkuldur. Visolinkim tilarsen nozini xush tortqil, Bobur Ki, olam bog’ida topmoq gidi bexor5 mushkuldur. Savol va topshiriqlar 1. Birinchi baytdagi oshiq mashuqa munosabatlariga taalluqli "mushkul" holatlarni aniqlang. 2. Nima uchun oshiqqa o’z holini izhor qilish mushkul bo’lmoqda? 3. "Ne osig’ nola-u faryod xob olud baxtimdin, Bu unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur" baytini tahlil qiling. Shoir nima uchun o’z baxtini uyquda deb biladi? "BOBURNOMA" ANDIJON TASVIRI ...Farg’ona viloyati beshinchi iqlimdindur . Maniuraning2 kanorasida3 voqe bo’lubtur4. Sharqi Koshg’ar, g’arbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi5 tog’lar... Muxtasar6 viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog’ voqe bo’lubtur. G’arbi tarafikim, Samarqand va Xo’jand bo’lg’ay, tog’ yo’qtur. Ushbu jonibtin7 o’zga hech jonibtin qish yog’iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo’jand suyig’a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o’tub, g’arb sori oqar. Yetti pora qasabasi8 bor: beshi Sayxun suyining janub tarafida, ikki(si) shimol jonibida. Janubiy tarafidag’i qasabalar(dan) biri Andijondurkim, vasatta9 voqe' bo’lubtur, Farg’ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig’i vofir10, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijonning noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bo’lmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ng mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bo’lubtur. To’qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin ham chiqmas. Qalaning girdogirdi tosh yoki sangreza- lik12 shohroh13 tushubtur. Qalaning girdogirdi tamom mahallotdur14. Bu mahalla bila qalag’a fosila15 ushbu xandaq yoqosidag’i shohrohtur. Ovi qushi dog’i ko’p bo’lur, qirg’ovuli behad semiz bo’lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg’ovulni uskunasini to’rt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi yo’qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur16. Ani uchunkim amir Alisher Navoiyning musannafoti17 bovujudkim18, Hirida19 nash'u namo20 topibtur, bu til biladur. Elining orasida husn xayli21 bordur. Yusuf Xojakim musiqiyda mashhurdur, Andijoniydur. Havosining ufunati22 bor. Kuzlar el bezgak ko’p bo’lur. SAMARQAND TASVIRI Rub'i maskunda23 Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi iqlim- dindur. Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog’iy qahr va g’alaba ila munga dast topmog’on uchun24 "baldayi mahfuza25 " derlar. Samarqand amirul mo’minin Usmon zamonida musulmon bo’lg’ondur. Sahobadin Qusam Ibn Abbos anda borg’ondir. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. Holo’ Mazori Shohg’a2 mashhurdir. Samarqandni Iskandar bino qilg’ondur. Mo’g’ul va turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun Temurbekdek ulug’ podshoh Samarqandni poytaxt qilg’on emastur. Qo’rg’onini fasilning ustidin, buyurdumkim, qadam urdilar, o’n ming olti yuz qadam chiqti. Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri'3 ...eldur. Hazrati risolat4 zamonidin beri ul miqdor ainimai islomkim5, Movarounnahrdin paydo bo’lubtur, hech viloyattin ma'lum ermaskim, muncha paydo bo’lmish bo’lg’ay. Shayx Abumansurkim, ainimai kalomdindur6, Samarqandning Motrid7 otliq mahalla- sidindur. Ainimai ka- lom ikki firqadur: birni motridiya derlar, birni ashariya derlar. Motridiya shayx Abumansurga mansubdur. Yana sohibi "Sahihi Buxoriy" Xoja Ismoil Xartang ham Movarohaunnahrdindur. Yana sohibi "Hidoya"kim8, imom Abu Hanifa mazhabida "Hidoya"dan mo’tabarroq kitobi fiqh kam bo’lg’oy, Farg’onaning Marg’inon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarohaunnahrdur. Ma'muraning kanorasida voqe bo’lubtur. Sharqi Farg’ona va Koshg’ar, g’arbi Buxoro va Xorazm, shimoli Toshkand va Shohruxiyakim, Shosh va Banokat bitirlar, janubi Balx va Tirmiz. Ko’hak suyi shimolidin oqar, Samarqanddin ikki kuruh9 bo’lg’ay. Bu suv bila Samarqand orasida bir pushta10 tushubtur. Ko’hak derlar. Bu rud muning tubidin oqar uchun Ko’hak suyi derlar. Bu suvdin bir ulug’ rud ayiribturlar, balki daryochadur. Darg’am suyi derlar. Samarqandning janubidin oqar, Samarqanddin bir shar'iy12 bo’lg’oy. Samarqandning bog’ot va mahalloti va yana necha tumonoti13 bu suv bila ma'murdir. Buxoro va Qorako’lgachakim, o’ttuz-qiriq yig’och yo’lg’a yovuqlashur Ko’hak suyi bila ma'mur va mazro’dur14. Mundoq ulug’ daryo aslo ziroattin va imorat- tin ortmas, balki yozlar uch-to’rt oy Buxoroga suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xo’b bo’lur. Vale ikki meva Samarqanddin mashhurdur: sebi15 Samarqand va sohibiyi16 Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori agarchi Kobul qoricha tushmas. Yozlar yaxshi havosi bor, agarchi Kobulcha yo’qtur. Temurbekning va Ulug’bek mirzoning imoroti va bog’oti Samarqand ma- hallotida ko’ptur. Samarqand arkida Temurbek bir ulug’ ko’shk solibtur, to’rt oshyonliq , Ko’ksaroyg’a mavsum va mashhur2 va bisyor oliy imorattur. Yana Ohanin darvozasig’a yovuq qalaning ichida bir masjidi jum'a solibtur, sangin3 aksar Hindistondin eltgan sangtaroshlar anda ish qilibturlar. Masjidning peshtoqi kitobasida4 bu oyatni "Va iz yarfau Ibrohimu al-qavoida... (ila oxirihi)5" andoq ulug’ xat bila bitibturlarkim, bir kuruh yovuq yerdin o’qusa bo’lur. Bu ham bisyor oliy imorattur. Samarqandning sharqida ikki bog’ solib- tur, birikim, yiroqroqtur, Bog’i Bo’ldudur, yovuqrog’i Bog’i Dilkushodur. Anda Feruza darvozasig’acha xiyobon qilib, ikki tarafida terak yig’ochlari ekturubtur. Dilkushodagi ko’shkta Temurbekning Hindiston urushini tasvir qilibturlar. Yana pushtai Ko’hakning domanasida6 Konigilning Qorasuyining ustidakim, bu suvni Obirahmat derlar, bir bog’ solibtur, Naqshijahonga mavsum. Men ko’rgan mahalda bu bog’ buzulub erdi, oti besh qolmaydur edi7. Yana Samarqandning janubida Bog’i Chanordur, qalaga yovuqtur. Yana Samarqandning quyi yonida Bog’i Shamol va Bog’i Bihishttur. Temurbekning nabirasi, Jahongir mirzoning o’g’li Muhammad Sulton mirzo Samarqandning toshqo’rg’onida—Chaqarda bir qo’rg’on solibtur. Temurbekning qabri va avlodidin har kimki Samarqandta pod- shohliq qilibtur, alarning qabri ul madrasadadur. Ulug’bek mirzoning imoratlaridin Samarqand qalasining ichida madrasa va xonaqohdur. Xonaqohning gumbazi bisyor ulug’ gumbazdur, olamda oncha ulug’ gumbaz yo’q deb nishon berurlar. Yana ushbu madrasa va xonaqohg’a yovuq bir yaxshi hammom solibtur, Mirzo hammomig’a mashhurdur. Har nav' toshlardin farshlar8 qilibtur. Xuroson va Samarqandta oncha hammom ma'lum emaskim, bo’lg’ay. Yana bu madrasaning janubida bir masjid solibtur, Masjidi Muqatta'9 der- lar. Bu jihattin Muqatta' derlarkim, qit'a-qit'a10 yig’ochlarni tarosh qilib, islimiy va xitoyi naqshlar solibturlar, tamom devorlari va saqfi ushbu yo’sunluqtur. Bu masjidning qiblasi bilan madrasa qiblasining orasida bisyor tafavuttur. ...Yana bir oliy imorati pushtayi Ko’hak domanasida rasaddurkim, zij12 bitmakning olatidur. Uch oshyonlikdur. Ulug’bek mirzo bu rasad bila ...Ziji Ko’ragoniy"ni bitibturkim, olamda holo bu zich mustanialdur13. o’zga zij bila kam amal qilurlar... Yana pushtai Ko’hakning domanasida g’arb sori bog’e solibtur Bog’i Maydonga mansub. Bu bog’ning o’rtasida bir oliy imorat qilibtur Chilsutun derlar. Du oshyona, sutunlari tamom toshdin. Bu imoratning to’rt burchi- da to’rt manordek burjlar1 qo’poribturlarkim2, yuqorig’a chiqar yo’llar bu to’rt burjdindur. o’zga tamom yerlarda toshdin sutunlardur. Bazini morpech xiyora3 qilibturlar. Yuqorig’i oshyonining to’rt tarafi ayvondur, sutunlari toshdin. o’rtasi chordara uydur. Imorat kursisini tamom toshdin farsh qilibturlar. Bu imorattin pushtai Ko’hak sari domanada yana bir bog’cha solibtur, anda bir ulug’ ayvon imorat qilibtur. Ayvonning ichida bir ulug’ tosh taxt qo’yubtur, to’li taxmi- nan o’n to’rt -o’n besh qari bo’lg’oy, arzi yetti-sekkiz qari, umqi bir qari. Mundoq ulug’ toshni xeyli yiroq yerdin kelturubturlar. o’rtasida darz bo’lubtur. Derlarkim, ushbu yerda keltirgandin so’ng bu darz bo’lg’ondur. Ushbu bog’chada yana bir chordara solibtur, izorasi tamom chiniy Chiniyxona derlar. Xitoydin kishi yiborib keltirubtur. Samarqand qalasining ichida yana bir qadimiy imorattur, masjidi Laqlaqa derlar. I I gunbazning o’rtasida yerga tepsalar, tamom gunbazdin laq-laq un11 kelur, g’arib amredur12, hech kim muning sirrini bilmas. Samarqand shahri ajab orosta shahredur, bu shaharda bir xususiyate bor- kim, o’zga kam shaharda andoq bo’lg’ay. Har hirfagarning13 bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut14 emastur, tavr rasmedur15. Xub nonvoliqlari va oshpazliklari bordur. Olamda yaxshi qog’oz Samarqanddin chiqar. Juvozi kog’ozlar16 suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar. Samarqandning yana bir matoi qirmizi maxmaldurkim17, atrof va javonib- qa eltarlar. Girdogirdida yaxshi o’langlari bor. Bir mashhur o’lang Konigil o’langidur. Samarqand shahridin sharq tarafidadur, bir nima shimolg’a moyil, bir shar'iy bo’lg’oy. Qorasuvkim, Obirahmat ham derlar, Konigilning o’rtasidin oqar, yetti- sekkiz tegirmon suyi bo’lg’oy. Bu suvning atrofi tamom obgirdur18. Ba'zi derlar- kim, bu o’langning asli oti Koni obgir ekandur, vale tarixlarda Konigil bitirlar, xeyli yaxshi o’langdur. Savol va topshiriqlar 1. Asarda Farg’ona viloyati tabiati qanday tasvirlanganini izohlang. 2. Andijonga xos xususiyatlar qanday aks ettirilganini ayting. 3. Boburning Samarqandga munosabati qandayligini matnga tayanib ayting. Nazariy ma'lumot MEMUAR ASAR "Memuar" fransuzcha "esdalik" ma'nosini anglatadi. Muallifning o’zi qat- nashgan yoki ko’zi bilan ko’rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar me- muar asar hisoblanadi. Oybekning "Bolalik", A. Qahhorning "o’tmishdan er- taklar" asarlari memuarning namunalaridir. Memuar asarlar bayon qilish shakli, zamoniy izchilligi jihatidan kundaliklar- ga o’xshab ketsa, materialning tabiati, tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyli- gi, baduy to’qimaning yo’qligiga ko’ra ilmiy asarlarga yaqin turadi. Dunyo ada- biyoti tajribasida memuarlarning bir necha turi bor. o’zbek adabiyotida esa, bu xil asarlarning tarixiy memuarlar va baduy memuarlar singari ikki turi ko’proq uchraydi. Ayni vaqtda, tarixiy memuarlarda baduylik, baduy memuarlarda esa tarixiylik xususiyatlari uchraydiki, bu ularning saviyasini ko’taradi. Memuar asarlarga xos asosiy qirra shundaki, unda muallif ishtirokchi yoxud tonig’ (guvoh) sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va adabiyotshunos olimdan farq qilib, real voqelikning o’zi bevosita qatnashgan yoinki ko’rgan qisminigina aks ettiradi. Bunda muallif o’z kuzatish va dunyo- qarashigagina tayanadi. Shuning uchun ham memuar asarda yo hikoyachining o’zi yo bo’lmasa, uning nuqtai nazari old o’rinda bo’ladi. Bu holni "Boburnoma" misolida yaqqol ko’rish mumkin. "Boburnoma" avtobiografik ocherklarni eslatuvchi voqeiy hikoyalardan ibo- rat. Ularda muallif Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston, Hindiston kabi mam- lakatlarda o’zi qatnashgan, ko’rgan yoki eshitgan voqealarni hikoya qiladi. Asarda tarixiy davr va Bobur hayoti sahifalari haqqoniy ifoda etilgan. Yozuvchining tas- virlash mahorati yuksakligi sabab u yoki bu shaxs haqidagi ma'lumotlar keltiril- ganda, ularning tabiatiga xos xususiyatlarni ham ko’rsatishga erishadi. Bobur asarining qiziqarli bo’lishiga diqqat qaratadi. Shuning uchun hatto jug’rofiy ma'lumotni ham kishi e'tiborini tortadigan yo’sinda berishga intiladi. Buni Andijonga to’qqiz ariq suvning kirishi va bittasining ham chiqib ketmasligi haq- idagi tasvirlarda ko’rish mumkin. Bobur Samarqandning tabiatini tasvirlar ekan, uning obodligiga ulkan his- sa qo’shgan Amir Temur va Ulug’bek Mirzo singari hukmdorlar shaxsiyatiga xos yaratuvchilik qirralariga urg’u beradi. Muallif sodda va tushunarli yozadi. Oradan shuncha vaqt o’tganiga qaramay, astoydil qiziqqan kishi uning bitgan- larini ortiqcha qiyinchiliksiz tushunadi. BOBORAHIM MASHRAB (1653 — 1711) Hayot yo’li afsonalarga qorishib ketgan, surati-yu siyrati rivoyatlarda bayon etilgan, xalq orasida halollik* to’g’rilik, Haqqa oshiqlikning timsoli bo’lib gavdalangan Mashrabdek shaxsi va ijodi mashhur zotni topish qiyin. Farhod va Qays seviklilari Shirin-u Layliga intilgani kabi Mashrab ham Yaratganning vasliga beqaror intilgan oshiqi analhaqdir. Kishi uning shaxsini bilgani sayin va ijodini o’rganish mobaynida o’zining ham tozarib borayotganini tuyadi, buyuk Tangriga yaqinlikni his qiladi. Shuning uchun ham uni o’qimoq, uqmoq kerak. Oldinlari Mashrab 1640- yoki 1647- yillarda tug’ilgan deb hisoblanar va bu ma'lumotlar qator ilmiy manbalarda ko’rsatilgan ham edi. Bog’istoniyning "Tazkirai qalandaron1" asarini sinchiklab o’rganish natijasida aniqlangan keyingi ma'lumotlarga ko’ra, Boborahim Valibobo o’g’li Mashrab 1653- yilda Namanganda kosib oilasida tug’ilgan. Yodingizdami, Navoiy "Xamsa'|$ qahramonlari Farhod va Qays tug’ilmaslaridan ishq dardiga mubtalo bo’lgan edilar. Xuddi shu holat Boborahimda ham yuz beradi. Shoirning hayot yo’li yoritilgan "Qissai Mashrab" asarida yozilislucha, u bolaligidan majnuntabiat, so’fiysurat, odamovi va xomush qiyofada yuradi. LTning g’ayritabuy odatlari, gap-so’zlari, yurgan yo’lida aytadigan bayt-u g’azallari ota- onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. Onasi ne orzu-havaslar bilan unga yan- gi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiz-bechoralarga kiyimlarini yechib berar, o’zi yalang’och yurardi (xuddi "Bo’lib el anduhidin ko’ngli g’amnok, Yaqo chokni ko’rib, ko’ksin qilib chok" qilgan Farhoddek). Ota-onasi iztirob bilan bu- ning sababuu so’raganlarida, u "Yaratganning huzuridan qanday kelgan bo’lsam, shunday yuraveramah" qabilida javob beradi. o’spirinligida qayerda go’riston bo’lsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko’rib: "Ey odamzod, oxir o’lib boshingga tushadurgon ish bu", — deb yig’lab yurardi (Farhod va Qaysning g’amginliklarini eslang). o’g’illaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan ota-ona xavotir va tashvishga tushadilar. Mashrabni shu hududda katta ulamo, Haq yo’liga boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor Oxundga uchrashtiradilar. Mashrab undan zo’r ixlos bilan ta'lim oladi, tarbiya ko’radi. Xuddi bir muallim o’zidagi bilimlarni berib bo’lgach, shogirdini o’zidan ilmliroq boshqa ustozga yo’llaganidek, ma'lum darajada ilohiy sirlardan Mashrabni voqif etgan mullo Bozor oxund uni Koshg’arga — Ofoq xoja huzuriga borishi kerakligini aytadi. Islom dunyosining ulug’laridan biri bo’lmish bu zot yangi muridi qalbidagi ilohiy muhabbat nurlarini ilg’ab, unga Mashrab (ma'nosi — ishq sharobini ichgan) nomini beradi. Mashrab Ofoq xoja huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda, riyozatda bo’ldi va Haqqa yaqin avliyo zot bo’lib yetishdi. Farhodga Boniy, Moniy va Qoran o’rgatganlaridek, Bozor oxund va Ofoq xoja ta'limidan Mashrab toshdan metin nafs tog’ini yanchishni, ko’ngilda ishq binosini qurishni va bu binoga Olloh ishqini naqshlashni o’rgandi. "Xamsa" dostonlaridan Tangri oshiqlarining taqdiri qanday yakun topishi Sizga ma'lum. Mashrab, ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711- yilda Balx hokimi Mahmud Qatag’on amri bilan Qunduz shahrida qatl etilgan. Mashrab o’z asarlarini jamlab, devon tuzgan emas. She'rlari "Devoni Mashrab" qissalarida, turli bayoz va to’plamlar tarkibida tarqoq holda bizgacha yetib kelgan. 1958—1980- yillar oralig’ida uning she'rlari to’plam holida bir necha marta nashr qilingan. Mashrabning nisbatan mukammal to’plami adabiyot jonkuyari Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990- yilda "Mehribonim, qaydasan" nomi bilan nashrga tayyorlanib, chop etildi. To’plam shoirning g’azal, mustazod, murabba', muxammas, musaddas, musabba' janrlarida yozgan she'rlaridan iborat. Shuningdek, mutaxassislargagina yaxshi tanish bo’lgan "Mabdai nur", "Kimyo" kabi baduy-falsafiy, diniy-axloqiy asarlar ham Mashrab qalamiga mansub deb qaraladi. Ma'lumki, aksar mumtoz adiblar ijodining mag’zida odamni, olamni, butun borliqni islomiy idrok etish markaziy o’rin tutadi. Lekin bu shunchaki islomga da'vat, uning yo’l-yo’riqlarini o’rgatish, nasihat emas, balki dunyo hodisotlari, voqeliklari ortida yashiringan Yaratganning xohish-irodasi, hikmatini, jamolini, qudratini bilishga, anglashga, ko’rishga yo’nalgan ilmdir. Bu ilmni tasavvuf deydilar. Oldingi darslarda sizga tasavvuf ta'limoti haqida oz bo’lsa-da tushuncha berildi. Asarlarida tasavvuf g’oyalarini aks ettirgan adiblar mutasavvif ataladi. Mashrab ham tasavvuf adabiyotining mashhur vakilidir. Barcha so’fiy shoirlar kabi u ham nafsni yengish orqali ko’ngilni yuksaltirish, ruhni poklash, o’tkinchi dunyo havaslaridan ustun bo’lishga urinadi, insonga uning moddiy mavqeidan emas, ma'naviy fazilatlaridan kelib chiqib yondashadi. So’fiy shoirlarni ilohiy ishq kuychilari deyishadi. Lekin ishqni kuylashda har bir shoirning o’z yo’li, ovozi, o’zgachaligi bor. Ahmad Yassaviy ishqi ilohiyni rasmiy shariat doirasidan uzoqlashmagan holda sharh etadi. Navoiy ishqni mushohada qiladi, har qanday yonish-kuyishlarda ham o’ychanlik, bosiqlik unga xos. Mashrab esa ko’nglidagi ishq olovi qanday bo’lsa, uni shundayligicha she'rga ko’chiradi. Ollohga bo’lgan muhabbatini ochiq izhor etadi. Shuning uchun uning she'rlarini o’qigan kitobxon oshiq shoir ko’nglidagi jununni, betoqatlikni aniq his qilib turadi va bandaning Xudoga bo’lgan haqiqiy ishqi qanday bo’lishini anglaganday bo’ladi. Go’yo u bizga ishqi ilohiydan dars berayotganday. Lekin uning ishqi odamdan, olamdan begona va ayri emas. Shunday bo’lishi tabuy ham. Chunki Yaratganni sevgan uning ijodi bo’lmish yaratiqlarini ham sevadi-da. Shu bois Mashrab "yuzi qizil-oq, ostidagi tayloqi o’ynoqlab turgan", "asli qalmoq, zoti qirg’iz, lola paypoqli" sahroyi bo’tako’z qizlarni madh etadi, ular chiroyida olam nafosati hamda ilohiy jamol jilvasini tuyadi. Shuningdek, uning vatan, onai zorini qo’msab yozgan sherlari ham xokisor samimiyati-yu bolalarcha sodda tug’yoni bilan ajralib turadi. Ularni o’qib g’oyat tasirlanasiz: dilbar va g’arib ishq kuychisining Namangandan kelgan do’st-u yoronlarini ko’rgandagi quvonchi, keksa onasining bag’riga otilib zor-zor yig’lashlari qalbingizda titroq uyg’otadi. Mashrabning shaxs va shoir sifatidagi o’ziga xosligi shunda ko’rinadiki, uning Ollohga bo’lgan ishqi ham xuddi mana shunday samimiy va ehtirosli. U Xudoni o’zidan uzoq, mavhum deb bilmaydi. Uni mehribon onasi, "jola kiygan" mahbubasini sevganday sevadi, ko’nglidagi dardlarini, sirlarini unga so’zlaydi, u bilan qo’shilib-qorishib ketadi. Xuddi Mansur Halloj, Ibrohim Adham, Nasimiy kabi Olloh bilan vahdat, ya'ni birlik hosil qiladi. Tasavvufda bunday hol, ta'limot vahdat ul-vujud deyiladi. Mashrab sherlarini o’qishda, tushunishda bu holni, ta'limotni nazardan soqit qilib bo’lmaydi: «Arshning kungurasin ustiga qo’ydum ayoqim, Lomakondin joy olibman, bu makonni na qilay?» Lomakon — makondan tashqari degani. Lomakonlik faqat Xudoga xos. Undan boshqa barcha narsalar ma'lum bir makonda qaror topadi. Ilohiy Arsh kungurasiga oyoq qo’ydim, lomakondan joy oldim deyish shariat nuqtayi nazaridan shirk va kufr. Lekin shoir bu gapni tuproqdan bo’lgan jism harakati va holati sifatida sharh qilmayapti. Bu — shoir ruhining ishqdagi holati. U Yaratganga shunchalik muhabbat qo’yganki, undan boshqa hech narsani mushohada qilmaydi. Bu muhabbat va mushohada natijasida u makonni, ya'ni olamni, hatto o’zini unutadi, u bilan birlikni hosil qiladi. Ishqning ilohiy qudrati bilan makonni, o’zlikni unutgan kishi lomakonga daxldordir. Bunday odamning oyog’i ilohiy Arshda turibdimi, yerda turibdimi — farqi yo’q. Tasavvuf ta'limotini, undagi vahdat ul-vujud holatini tushungandagina shoirning: «Onqadar nurga to’libman osmonga sig’madim, Toqi arsh-u kursi-yu lavh-u jinong’a sig’madim», yoki «Ofoqni bir lahza kezdim, na ajabdur, Mino tog’idin akkasifat hakkalab o’ttum» kabi baytlari manosini to’g’ri anglash mumkin bo’ladi. Har qanday so’fiy biror tariqatga amal qiladi. Tariqat arabcha so’z bo’lib, yo’l ma'nosini anglatadi. Bizning hududlarda qadimdan qodiriylik, yassaviylik, kubroviylik, naqshbandiylik tariqatlari mashhur. Bu tariqatlar bir-birini inkor etmaydi, chunki maqsadlari bir — Bir-u bor zot vasliga vosil bo’lish. Shuning uchun ular o’zaro ulug’ hurmat, ehtirom munosabatida bo’ladilar. Bir-biridan Ollohga yaqinlashish, yetishish, uning rizoligi va muhabbatini qozonish yo’llari hamda usullari bilan farqlanadilar. Mashrab naqshbandiylik shaxobchasi bo’lmish qalandarlik maslagini tutgan va uni ijodida targ’ib etadi: Murodingga yetay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l, Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Bu maslakning shiori esa — «Havas bozorini dur aylagil zinhor boshingdin, Qo’lungni ikki dunyodin uzib, dilni qalandar tut»dir. Boshingdan dunyo, nafs havaslarini chiqar, ikki dunyodan ham o’zingga manfaat izlamay, dilingni qalandar tut, deb ko’rsatma beradi Mashrab. Dilni qalandar tutish esa doimo haqiqiy Yor zikri bilan mashg’ul bo’lish va U buyurgan ezgu amallarni o’z hayotining mazmuniga aylantirishdir. Qalandarlarning hayot tarzlari ham o’ziga xos. Ular har qanday dunyoviy iskanjadan ozod bo’lish uchun muqim uy-joy, makon tutmaganlar. Shoir ta'biri bilan aytganda, "ko’h ba ko’h, sahro ba sahro kezmoq" bilan, ya'ni qishloq, shaharlarni, dasht-u sahrolarni ke- zib, odamlarni iymonga, ezgulikka da'vat qilganlar, ishqi ilohiyni sharh etganlar: Riyozatsiz bo’lay desang, tanim ozod yuray desang, Jahonni sayr etay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Mashrab ham o’z umri davomida yurtlar kezib, Haqni va haqiqatni tanish, pok e'tiqod, haqiqiy muhabbat targ’iboti bilan mashg’ul bo’ldi. Endilikda bu ishni uylar, qishloqlar, shaharlar, yurtlar kezib, uning ijodi davom ettirmoqda. Savol va topshiriqlar 1. Xalqimizda qanday hollarga tug’ilajak farzandga "Mashrab" ismi berilishini bilasizmi? Eshitmagan bo’lsangiz, kattalardan bilib oling. 2. Mashrabning tasavvuf ta'limotiga, qalandarlik maslagiga munosabati haqida gapiring. MASHRAB SHE'RIYATIDAN G’AZALLAR Ishq vodisidin bir kecha men hay-haylab o’ttum, Monandi nayiston guliga o’t qalab o’ttum. Ofoqni2 bir lahzada kezdim na ajabdur, Mino tog’idin akka sifat hakkalab o’ttum. Ottim fashu dastorini3 devonalig’ aylab, Parvona sifat jonimi o’tqa qalab o’ttum. Bildimki, vafosi yo’q ekan ushbu jahonni, Mardona bo’lub, balki, etak siltalab o’ttum. Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi, "Borg’il nariga!" — deb ketig’a shattalab o’ttum. Bildimki, oni dushmani makkorai ayyor, "Lo!4" — tirnog’i birla yuzini tirmalab o’ttum. Mardoni Xudo dediki: "Dunyo mayi achchig’", Achchig’lig’ini bilmak uchun bir yalab o’ttum. Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni, Tanho qilichi birla urub, qiymalab o’ttum. Xomush pichog’in har dam oning bo’g’zig’a qo’ydum, Cho’g’ nayzasi birla ko’zini nayzalab o’ttum. Devonai Mashrab, bu so’zung dardga davodur, Oshiq elining ko’nglig’a bir o’t qalab o’ttum. Savol va topshiriqlar 1. Shoirning olamni bir lahzada kezganligi sababini izohlang. 2. Oshiqning sallani uloqtirishi dahriylikning ko’rinishimi yoki so’fiylikning? Fikringizni isbotlang. 3. Shoirning dunyoga dushmanlarcha qarashi sababini g’azal matniga tayanib, izohlang. Qildi menga bir jilvaye nogoh boqa qoldim, Ul jilvasig’a din ila dunyo sota qoldim. Ma'shuq dediki: "Bovar emas menga bu ishqing", G’ayrat tig’i birla yuragimni ocha qoldim. Arz2 ustidan ul Arshgacha shahbozini3 ko’rgach, Tan shahrida ul jon qushidek tolpina qoldim. G’am tog’ida Farhod sifat emganur erdim4, Boshimg’a balo teshasi tegdi, yota qoldim. Mashrab, yo’lida turfa parishon yurur erdim, Ul moh chiqibon burqa' ko’tardi, boqa qoldim. Savol va topshiriqlar 1. G’azalning matla'sida tasvirlangan jilvagar shaxsi haqida mulohazangizni ayting. 2. Oshiqning "G’ayrat tig’i birla yuragimni ocha qol" ishiga sabab bo’lgan holatni anglating. 3. G’azaldagi mashuqni kim deb o’ylaysiz? Fikringizni asoslang. Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar, Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi5 ul xonumon o’rtar. Kishig’a ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon, Bo’lub besabr-u betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar. Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron, G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar. Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda, "Nigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar. Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, Tilim lol-u ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar. Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq, Mening ohim o’tig’a bul zamin-u osmon o’rtar. Yurakda dard-u g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat, Agar bir zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar. Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan, Unum chiqsa yurakdin, bu tan-u jon, ustixon o’rtar. Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma, Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar. Savol va topshiriqlar 1. Nima uchun oshiqlik bayoni jonni kuydirib, jahonni o’rtaydi? 2. Ishq o’tidan yetgan bir zarra odamni qay holga tushirishiga diqqat qiling. Sababini izohlang. 3. "Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron, G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar" baytini tahlil qiling. Oshiqni o’rtayotgan tuyg’ularni sanang. 4. Yorning nomi zikr etilganda zabonni o’rtaydigan shavqni qanday anglaysiz? 5. "Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, Tilim lol-u ko’zum gir- yon, so’ngaklarni nihon o’rtar" baytidagi sharhi hol usulini izohlang. Bu bayt g’azalning ikkinchi va uchinchi baytlari bilan qaysi jihatdan uyg’un? 6. G’azalning qaysi baytlarida saj' ichki qofiya qo’llanganini aniqlang va ularning she'r baduyatida tutgan o’rnini izohlang. 7. G’azalning oxirgi ikki baytini tahlil qiling. Ularda ifodalangan mazmunni sharhlang. Murodingga yetay desang, qalandar1 bo’l, qalandar bo’l, Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Og’izdin dur sochay desang, sharobi ishq ichay desang, Yomonlardin qochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Fasod ahlin2 quvay desang, (ketiga) bir uray desang, Bu dargohdin suray desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l, Riyozatsiz bo’lay desang, tanim ozod yuray desang Jahonni sayr etay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l, Razolat2 kuyduray desang, zalolat3 o’lduray desang, Hamasin supuray desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Bu taqvodin4 kechay desang, xonaqohdin5 qochay desang, Haqiqatni ochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Guharrezlik6 qilay desang, hammani kulduray desang, Chu Mashrabdek bo’lay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Savol va topshiriqlar 1. Shoir birinchi satrda qaysi murodga yetish to’g’risida so’zlayapti? Shoir tutgan maslak nuqtai nazaridan kelib chiqib javob bering. 2. Qalandarlarning og’izdan dur sochishi deganda nimani tushundingiz? 3. Fasod ahlini tushuntiring. Ular qanday kishilar? 4. "Sazolatni kuyduray desang, zalolat o’lduray desang, Hamasin supuray desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l" satrlarini tahlil qiling. Sizningcha, bu gungi kun razolati va zalolati nimalarda ko’rinadi? Mamlakatda va dunyoda yuz berayotgan voqealardan kelib chiqib, javob bering. 5. Tasavvuf ahlining guharrezligini qanday tushunasiz? Hammani kuldirish o’z ma'nosida qo’llanganmi? 6. G’azalning qofiya va radifini aniqlang. Ularning she'r mazmunini anglatishdagi ahamiyati haqida fikr yuriting. Sanamning ishqida tinmay yurub owora Mashrabman, Ko’zi yoshlig’, qadi xamlig’, dili sadpora Mashrabman. Ko’ngulda zarracha dunyoni mehri bo’lmagay menda, Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman. Olib ketsam, lahad ichra so’ngakdin ketmagay dardim, Jahonda topmadim choraki, men — bechora Mashrabman. Boshimga ming balo kelsa, tilarman vasling, ey zohid, "Tilim kessang, to’yorim yo’q,— degan,— diydora" Mashrabman... Savol va topshiriqlar 1. Sanamning ishqida ovvora Mashrabning nima uchun "Ko’zi yoshlig’, qadi xamlig’, dili sadpora" ekanligini izohlang. 2. Ikkinchi misradagi "bezora" so’zi nimaga nisbatan ishlatilgan va nima uchun? 3. o’lganda ham lahadda oshiq suyak(so’ngak)laridan ketmaydigan dard nima ekan? Niama uchun unga bu dunyoda chora topilmadi? 4. Shoir Mashrabning yana qanday she'r va g’azallarini bilasiz? Nazariy malumotlar TASAVVUF VA TASAVVUF ATAMALARI Tasavvuf ta'limotining maqsadi komil insonni tarbiyalash ekanligini Siz yaxshi bilasiz. Bu ta'limot bo’yicha inson komillikning shariat, tariqat, haqiqat deb ataladigan bosqichlardan o’tishi kerak. Shariat barcha musulmonlar uchun xos va majburiy bo’lib, u islomiy hukmlar, yo’riqlar majmuidir. Shariatni qabul qilmagan kishi musulmon bo’lmaydi, binobarin, komillik yo’liga birinchi qadamni ham qo’ymagan hisoblanadi. Shariatni haq deb bilgan odam o’zi xohlab poklanish, komillik yo’li bo’lmish tariqatga kirishi mumkin. (Tariqat so’zining "yo’l" degan manoni anglatishi eslatildi.) Tariqatga kirgan odamni so’fiy, solik, murid, darvesh deb ataydilar. So’fiy tariqatda pir (murshid)ga qo’l beradi (qo’l berish — bu poklanish uchun ahd) va unga (pirga) inon-ixtiyorini topshiradi, uning ko’rsatmalariga so’zsiz bo’ysunib, poklanish amallarini bajaradi. Tasavvufdagi holat, poklanish vositalari, tushunchalarini ifodalash uchun maxsus istiloh (atama)lar qo’llanadi. Yuqorida kelgan tariqat, pir, so’fiy kabi so’zlar ham tasavvufiy istilohlardir. Tasavvuf adabiyotini, xususan, she'riyatini tushunish uchun istilohlar ma'nosini bilish zarur bo’ladi. Yo’qsa, asarlar tushunilmaydi yoki yanglish, hatto ko’zda tutilganiga zid, teskari ma'no uqilishi mumkin. Tasavvuf adabiyotida ishq markaziy tushunchadir. (Ishqqa oldin berilgan ta'rifni eslang.) Boshqa tushunchalar, obrazlar, vositalarning hammasi undan kelib chiqadi yoki unga bog’lanadi. Ishq ikki turli bo’ladi: majoziy ishq — Olloh tomonidan yaratilgan barcha narsaga: insonga va butun borliqqa nisbatan muhabbat, mehr, ardoq anglashlik tuyg’usi; haqiqiy ishq — boshqa hech narsaga qiyos qilinmaydigan Yaratganni tuyish, anglash va U bilan birlik tuyg’usi. Ishq qo’ydgan mashuq tasavvuf adabiyotidagi Yor (mahbub(a), ma'shuq(a), jonon, do’st, rafiq) obrazidir. Majoziy ishqdagi yor inson bo’lib, payg’ambar Muhammad alayhissalom yoki tariqat peshvosi piri komil nazarda tutiladi. Shuningdek, ota- ona, farzand, ayniqsa, go’zal ayol yoki ko’rkam yigit ham yor obrazi orqali beriladi. Haqiqiy ishq nuqtayi nazaridan esa u Ollohdir. Ishq ko’pincha may, sharob istilohlari orqali ifodalanadi. May (ishq) quyiladigan kosa, jom, qadah kabi idishlar ko’ngil (so’fiy qalbi) ramzlaridir. Ko’nglida (idishda) ishqi (mayi) to’la oshiq (mast, xumori)lar to’planadigan joy esa pir (murshid) dargohi bo’ladi. Bu yerda ular muridlarini tarbiyalaydi, nafs qutqularidan xalos bo’lish yo’llarini ko’rsatish hamda ilohiy haqiqatlardan ogoh qilish bilan so’fiylar qalbida ilohiy ishq uchqunlarini yolqinlatadilar. Bunday pirlar dargohi tasavvufda mayxona (butxona, xarobot) istilohlari bilan yuritiladi. Ishq may ekan, ishqi borlar to’planadigan joyning mayxona atalishi tabuy. Mayxonada odatda may tarqatuvchi, mayni quyib ulashuvchi shaxs bo’ladi. Tasavvuf mayxonasi (dargohi)da ma'rifat ulashuvchi, ishq sirlarini talqin etuvchi piri komilga soqiy istilohi qo’llangan. Ishq ahli (oshiq) deganda asosan so’fiylar tushunilsa, vasl ahli deganda komillikka yetishgan, avliyolik siyratini kasb etgan zotlar nazarda tutiladi. Lab (haqiqiy yoki majoziy) yorning kalomi, ko’rsatmalari, purma'no so’zlari; bo’sa oshiqning (haqiqiy yoki majoziy) yor visolidan bahramandligidir. Nasroniy diniga mansub kishi ma'nosini bildiruvchi tarso istilohi tasavvufda o’zini Olloh ishqiga yetishmoqqa baxshida etgan inson manosida qo’llanadi. Xaloyiq (xalq, mardum, el) esa haqiqiy ishqdan bexabar kimsalar yoki dunyoga ko’ngil bergan nafs bandalari. Dunyo esa so’fiylar nazdida nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik. Ta'kidlash joizki, tasavvufiy ruhda yozilmagan mumtoz asarlarda ushbu so’zlar yuqoridagidek istilohiy mazmunda emas, o’z lug’aviy ma'nolarida tushuni- lishi kerak. MUHAMMAD RIZO OGAHIY (1809—1874) Shoir, tarjimon, tarixnavis hamda davlat va jamoat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy xalqimiz tarixida o’ziga xos o’rniga ega bo’lgan serqirra iste'dod sohibidir. U ijodining ko’lami, she'riyatining ko’rkamligi va baduy salmog’i bilan ajralib tu- ruvchi sermahsul va serqirra shoir hisoblanadi. Ayni paytda xalqimiz o’tmishini haqqoniy aks ettirgan bir necha nodir asarlari bilan tarix ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan olim sifatida e'tirof etilach. Shuningdek, uning juda ko’plab tarixiy va baduy asarlarni fors tilidan ona tilimizga o’girib, ularni xalqimizning ma naviy merosiga aylantirishdagi xizmatlari tahsinga loyiqdir. Ogahiy 1809- yili 17- dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida tavallud topdi. Shu yerda boshlang’ich ma'lumotni oladi. Yoshligida otasi vafot eub, adabiyotimlzning yana bir yorqin siymosi bo’lmish amakisi Munisning tarbiyasida bo’ldi. U maktab, keyinchalik madrasa tahsili davomida arab va fors tillarini, tarix ilmini puxta o’rgandi. 1829- yilda Minus vafot etgach, hukmdor Olloqulixon uning o’rniga Ogahiyni mirob (suv ishlari boshqaruvchisi) etib tayinlaydi. Suv tanqis bo’lgan Xorazmda miroblik nihoyatda mas'uliyatli vazifa bo’lib, uni ishonchli va halol odam lioshqarishi lozim edi. Shu davrdan Ogahiyning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati boshlanadi. U davlat ishlari bilan birga baduy ijod hamda ilmiy faoliyatini to’xtatmadi. Saroy tarixchisi vazifasini ham olib borayotgan Ogahiy 1839- yilda Munis boshlab qo’ygan "Firdavs ul-iqbol" (Iqbol bog’i) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825- yilgacha bo’lgan tarixini yozib tugatdi. 1844- yilda "Riyoz ud-davla" (Saodat bog’lari) kitobini tamomladi. 1845- yildan Ogahiy hayotidagi og’ir va musibatli davr boshlanadi. Shu yili miroblik ishlari bilan safarda yurganda, tasodif fufayli oyog’i qattiq shikastlanadi va hali yigit yoshidayoq to’shakka bog’lanib qoladi. Shu dard azobini tortayotgan shoir umr yo’ldoshidan ham ajraladi. 1857- yilda miroblikdan iste'fo berishga majbur bo’ladi. Lekin bu musibatlar oldida u chekinmadi. Kuchli iroda, hayotni sevishi Ogahiyni ijodga, izlanishga undadi. 1846- yilda "Zubdat ul-tavorix" ("Tarixlar qaymog’i"), 1847—1855- yillarda esa "Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sultonlik voqealarining yig’indisi") tarixiy asarlarini yozdi. Tarjimalar bilan shug’ullanib, Kaykovusning "Qobusnoma", Nizomiy Ganjaviyning "Haft paykar", Sa'diy Sheroziyning "Guliston", Badriddin Hiloliyning "Shoh va gado", Abdurahmon Jomiyning "Yusuf va Zulayxo" va boshqa qator asarlarni o’zbekchalashtirdi. XIX asrning 60- yillarida "Gulshani davlat" va "Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi") tarixiy asarlarini yozdi. Ogahiy 1874- yili vafot etdi. Ogahiyning asosiy sheriy merosi ona tilida yozilgan bo’lib, "Ta'viz ul- oshiqin" devonida to’plangan. "Ta'viz ul-oshiqin" — "Oshiqlar tumori" degani. Devon marifatparvar shoh va shoir Feruz — Muhammad Rahimxon Soniy (ik- kinchi)ning taklifi va talabi bilan tuzilgan. Bu devon XIX asr o’zbek sheriyatining benazir namunasidir. "Ta'viz ul-oshiqin"da shoirning 20 dan ortiq janrdagi sal kam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan. Ularning 1300 misradan ortig’i fors tilida bitilgan bo’lib, bu Ogahiyning zullisonaynlik ananasini munosib davom ettirganligining yorqin dalilidir. Ogahiy devonidan turli: ijtimoiy-siyosiy, axloqiy- didaktik, tabiat tasviri va boshqa mavzudagi she'rlar joy olgan. Lekin ularning aksariyati ishqiy mavzudadir. Shoir ijodida tabiat tasviriga bag’ishlangan bir qator g’azallar bor. Qish va bahor tasviri chizilgan bu she'rlarda Ogahiyning peyzaj ustasi, o’tkir nigoh egasi ekanligi namoyon bo’ladi. Fasl tarovati, go’zalligini berishda shoir tashbih, tashhis (jonlantirish), sifatlash kabi baduy tasvir vositalarini qo’llaydi. "o’yla yetkurdi jahong’a ziynat-u oro bahor" g’azalida o’qiymiz: «Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahrog’a tarovat o’zgacha paydo bahor». Suvni "obi hayvon" — tiriklik suviga o’xshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk deb sifatlash adabiyotda yangilik edi. Tashxis (jonlantirish) sanatini mohirona qo’llagan shoir tog’lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go’zalga o’xshatadi. Bahor ana shu suzuk suvi bilan sahroga o’zgacha tarovat bag’ishlagan. Keyingi misralarda bahoriy yel rayhonlarga Masihdek "toza jon" ato qilgani, gul yuzi ochilib, qumri-yu bulbullarning unga vola-yu shaydo bo’lganlari, lola soqiysi qo’lidan ishrat ahliga qadah tutilgani kabi tasvirlar orqali bahor ko’tarinki zavq, hayojonli shavq bilan vasf qilinadi. Bu go’zalliklarni madh etgan shoir uni g’animat bilib, qadrlashga chorlaydi: «Gulshan ichra bazm etib jomi tarab no’sh aylali Kim, g’animatdur necha kun, ey qadi ra'no, bahor». Shuningdek, "Baland aylab quyoshg’a poya navro’z", "Bahor ayyomi bo’lmish o’ylakim bog’i Eram sahro" g’azallarida ham bu ko’rkam faslning beqiyos nazokatlari kuylanadi. "Ilohi, har kuning navro’z bo’lsin" g’azalida bu she'r yaratilgandan buyon barchaning diliga jo bo’lgan ohorli yangi yil tilaklari izhor etilgan: Ilohi, har kuning navro’z bo’lsun, Hamisha tole'ing feruz bo’lsun. Bo’lub ayyomi navro’zing muborak, Zamiring inbisotanduz bo’lsun. "Ta'viz ul-oshiqin"dagi ishqiy g’azallar nafaqat Ogahiy ijodining, balki bu- tun o’zbek mumtoz adabiyotining sara namunalari hisoblanadi. "Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo’lub boshingdin aylansun", "Mushkin qoshining hayati ul chashmi jallod ustina", "Ey sho’x, ko’zi qoshinga olam gado, man ham gado" g’azallari Ogahiyning yuksak baduy mahoratini, chinakam sanatkor shoir ekanligini tasdiqlaydi. Ayniqsa, "Ustuna" radifli g’azali o’zining jozibasi, baduy kashfiyotlarga boyligi bilan ajralib turadi: «Mushkin qoshini hay'ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun nas keltirur, "nun" eltibon "sod" ustuna». Arab alifbosida "nun" qoshga, "sod" ko’zga o’xshashligidan foydalanib, shoir yor go’zalligining o’ziga xos tasvirini yaratadi. "Nun"ni "sod"ning ustiga qo’yilsa (ya'ni avval "nun", keyin unga qo’shib "sod" yozilsa), "nas", ya'ni "hukm" so’zi hosil bo’ladi. Bu hukm (nas)ga ko’ra oshiq qatl etilishi kerak. Chunki "nun"ga o’xshash mushk rangli qora qosh bilan "sod"ga o’xshash ko’z o’zlarining yor yuzidagi ko’rinishi (hayati) bilan bu hukmni chiqarganlar. Ogahiygacha ko’z-u qoshni mazkur harflarga tashbeh qilish, chashm (ko’z)ni jallod deyish ananaviy tasvir edi. Lekin harflardan so’z yasab va uni mazmunga, tasvirga tadbiq etish — bu yangilik edi. Shoirning ko’p g’azallarida mana shunday yuksak baduyatga yo’g’rilgan baytlar uchraydi. E'tiborli jihati shundaki, asosan ishqiy mavzudagi bunday g’azallar bag’riga falsafiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy mazmun ham ustalik bilan singdirib yuboriladi. Bazan g’azallarda yor timsoli orqali, xususan lirik qahramonning unga murojaatida shohga xos xususiyatlar aks etadi. Masalan: «Ey shah, karam aylar chog’i teng tut yamon-u yaxshini, Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina» yoki "Aylansun" radifli g’azalidagi Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig’a bergil, Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun, kabi baytlarda buni kuzatish mumkin. Shuningdek, shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari devondagi muxammas, musaddas, ruboiy, tarji'band va qasidalarida ham u yoki bu darajada o’z aksini topgan. Xususan, "Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas" tarji'bandi tasavvufiy mazmunga yo’g’rilgan ijtimoiy- falsafiy ruhdagi asardir. Tarji'bandda dunyo omonat binoga, bo’yi, vafosi yo’q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o’xshatiladi va insonni unga ko’ngil berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi. "Qasidai nasihat" esa Ogahiyning siyosat va davlatga munosabati, hukmdor fazilatlari va burch-vazifalari borasidagi mulohazalari bayon etilgan pandnomadir. Odatda qasidalarda biron-bir voqea yoki shaxs ulug’lanadi, har tomonlama vasf qilinib, benuqson, ideal qiyofada tasvirlanadi. Ogahiyning qasidasi esa odatdagi maqtovlar tizmasidan iborat bo’lib qolmadi. U mazkur asarni yozishda o’z oldiga aniq maqsad qo’ygan edi. Shunga ko’ra adib qasida vositasida ko’pni ko’rgan donishmand, umr mazmunini anglagan faylasuf sifatida yosh xonga nasihatlar qiladi, davlatni boshqarish sanatidan saboq beradi. "Qasidai nasihat" adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning yorqin namunasi bo’lib qoldi. Ogahiyning kichik she'riy janrlar: ruboiy, tuyuq, ta'rix, fard kabi shakllarda ham benazir ekanligiga guvoh bo’lamiz. Ayniqsa, musoviyattarafayn (ikki tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she'ri adabiyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan deyish mumkin. She'rni ikki xil — odatdagi yon tarafga hamda yuqoridan pastga tomon o’qisangiz, bir xil matn hosil bo’laveradi. Bu she'r bilan tanishing. U1 sho’xki ochildi xat-u ruxsori Ochildi rayohinda yuzi gulnori Xat-u yuzi besabr u qarori man man Ruxsori gulnori man man zori Ogahiy salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi mumtoz adabiyotimiz yorqin siymolari ananalarini davom ettirdi, rivojlantirdi, yangi baduy kashfiyotlar bilan boyitdi. I ning ijodi shoirlarimizning bir necha avlodi uchun mahorat maktabi bo’lib xizmat qildi. Savol va topshiriqla Ogahiyning yetuk inson va iste'dodli adib bo’lib yetishuvida u voyaga yetgan muhitning ahamiyati to’g’risida mulohaza yuriting. Shoirning devoni nima uchun "Ta'viz ul-oshiqin" — "Oshiqlar tumori" deb atalishini izohlang. Ogahiyning adabiyotimiz tarixida tutgan o’rnini qanday baholaysiz? LIRIKA G’AZALLAR Ilohi, har kuning navro’z bo’lsun, Hamisha tole'ing feruz bo’lsun. Bo’lub ayyomi navro’zing muborak, Zamiring inbisot anduz1 bo’lsun. Qilib partav fikanlik2 ayni adling Quyoshoso jahon afruz bo’lsun. Sango doyim bo’lub davlat qushi rom, Shikor andoz-u dastomuz bo’lsun. Aduu vahshilarini sayd etarg’a O’q-u tig’ing uqob-u6 yuz bo’lsun. Kishikim, istasa sarkashlik etmak, Boshi yo’lingda oning tuz7 bo’lsun. ...Ko’rub lutfingni, har tun Ogahiyning Nasibi ishrati navro’z bo’lsun. Savol va topshiriqlar 1. Shoir "Ilohi, har kuning navro’z bo’lsun",-der ekan, kundalik hayoting faqat bayramlardan iborat bo’lsin degan tilakdan boshqa narsani ham ko’zda tutganmi? 2. "Qilib partavfikanlik ayni adling Quyoshoso jahon afruz bo’lsun" misralarini tahlil qiling. Bayt mazmunidan ushbu so’zlar kimga qarata aytilayotganini bilishga urining. 3. "Sango doyim bo’lub davlat qushi rom, Shikor andoz-u dastomuz bo’lsun" baytidagi tanosub sanatini sharhlang. 4. Hukmdorning dushmanlari hamda unga itoat etmovchilarga bildirilgan tilaklarni o’qing va izohlang. 5. "Tarabgohing aro xayyoti gardun, Kaniz-u zoli xiVatdo’z bo’lsun" baytidagi tashbehlarni toping va ularning mazmunni ifodalashdagi o’rnini baholang. *** Balancl aylab quyoshga poya navro’z, Ko’tardi yer yuzidin soya navro’z. Kelib fayz-u nishot-u2 aysh birla, Muhayyo qildi elga voya3 navro’z. Tarab tiflin4 tug’urdi dahr zoli5, Ango bo’ldi magarkim doya navro’z. Qilibdur mahliqolarning yuzini Latofat mushafig’a oya navro’z. Kiyib ahli g’ino6 yuz rang xil'at, To’lo boshdin ayoq peroya7 navro’z. Hama o’ynab olib qo’lg’a yumurta8, Mening ilgimda yoqtur xoya9 navro’z. Diramdur10 moyasi ishrat ulusg’a , Vale men bo’lmisham bemoya navro’z. Janobi shahg’a keldim bu jihatdin, Ko’zim yoshig’a toya-toya navro’z. Ki shoyad o’zgalardek Ogahiyni Tarabnok12 ayladi beg’oya navro’z. Savol va topshiriqlar 1. Navro’zning quyoshni yuksaltirib, soyalarni ko’tarishini qanday tushundingiz? 2. "Tarab tiflin tug’urdi dahr zoli, Ango bo’ldi magarkim doya navro’z" satrlarni sharhlang, shoirning tasvir mahoratiga baho bering. 3. Mahliqolar yuzi — oyat, latofat — mushaf (Quron). Ushbu favqulodda tashbehga munosabat bildiring. Unda Ogahiyga xos qaysi jihat namoyon bo’lmoqda? 4. Shoirning badavlat kishilar (ahli g’ino) tasvirini berishdan maqsadi nima edi? Keyingi misralar mazmunidan kelib chiqib, fikr bildiring. 5. Shoirning o’z nochor ahvolini bayon etishdan muddaosi nima edi? 6. "Janobi shahg’a keldim bu jihatdin, Ko’zim yoshig’a toya-toya navro’z" baytidagi mubolag’a sanatining ahamiyatini izohlang. * * * Qotig’roq kelmadi hargiz jahong’a ushbu qishdin qish, Ki aql-u hisg’a yaksar moni' o’ldi borcha ishdin qish. Agarchi asradim ojiz tanim qat-qat libos ichra, Sovuq yel birla lekin qoltiratdi ko’b qamishdin qish. Burudat2 shiddati ostida qaddim xam qilib yodek, Zaif-u notavon-u nozik yetti ham kirishdin qish. Chiqorg’a har nechakim ko’rguzub ko’b sa'i tish qisdim, Ushotib sangi shiddatdin ayirdi borcha tishdin qish. Qabob kulbam aro qo’ymay chiqorg’a sarsar afvoji3, Mani mahrum qildi el bila borish-kelishdin qish. Manga mushkildurur topmoq ilojinkim, g’ino ahli, Iloj aylar sovuqqa qoqim-u sinjob kishdin4 qish. Yetishdi, Ogahiy, qish mavsumi, vah, emdi naylarsan, Ki, qottig’dur qari-yu ojiz elga borcha ishdin qish. Savol va topshiriqlar 1. "Qotig’roq kelmadi hargiz jahong’a ushbu qishdin qish" misrasida ham qofiya, ham radif bo’lib kelayotgan "qish" so’ziga qanday baduy vazifa yuklangan ligini tushuntiring. 2. Ikkinchi baytda qishdagi nochor odamning holati berilgan tasvirni izohlang. 3. "Chiqorg’a har nechakim ko’rguzub ko’b sa'i tish qisdim, Ushotib sangi shiddatdin ayirdi borcha tishdin qish" baytida shoir qish shiddatini berishda qaysi baduy tasvir vositasidan foydalangan? 4. Ushbu she'rni yozishdan Ogahiy qanday maqsadni ko’zlagan deb o’ylaysiz? 5. Qofiya va radif bo’lib kelgan so’zlarning tovush tuzilishidagi yaqinlik g’azalda qanday baduy ifodaviy ahamiyat kasb etgan? * * * Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun "nas" kelturur "nun" eltibon "sod" ustina. Qilg’il tamosho qomati zebosi birla orazin, Gar ko’rmasang gid bo’lg’onin payvand shamshod ustina. Noz-u adou g’amzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah, muncha ofatmu bo’lur bir odamizod ustina. Man xastag’a jon asramoq emdi erur dushvorkim, Qotil ko’zi bedod etar har lahza bedod ustina. U1 gul yuzi shavqi bila shaydo ko’ngul shoni-u sahar, Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina. Boshimg’a yoqqan g’am toshin mingdin biricha bo’lmag’ay, Gardun agar ming Besutun2 yog’dursa Farhod ustina. Ey shah, karam aylar chog’i teng tut yamon-u yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. Xoki taning barbod o’lur oxir jahonda necha yil Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod3 ustina. Ne jur'at ila Ogahiy ochg’ay og’iz so’z dergakim, Yuz xayli g’am qilmish hujum ul zor-u noshod ustina. Savol va topshiriqlar 1. G’azal matlasida qo’llangan kitobat (harfiy) sanatni sharhlang. 2. "Qilg’il tamosho qomati zebosi birla orazin, Gar ko’rmasang gul bo’lg’onin payvand shamshod ustina" satrlaridagi Ogahiyning baduy kashfiyotini izohlang. 3. "Noz-u adou g’amzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah, muncha ofatmu bo’lur bir odamizod ustina" baytida oshiqqa nimalar qasd qilayotganini tushuntiring. Shoir nima uchun ularni "muncha ofat" deb ta'riflaydi? 4. "Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko’ngul shom-u sahar Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina" baytida qo’llangan tashbeh, tanosub sanatlarini hamda ularning fikr ifodasidagi ahamiyatini sharhlang. 5. Quyi sinfda o’rganganingiz talmeh sanatini yodga oling. Ushbu g’azalning qaysi baytida bu sanat qo’llanganini aniqlang hamda uning mazmunni berishda tutgan o’rniga baho bering. 6. G’azaldagi ijtimoiy, falsafiy mazmundagi baytlarni topib, ularni tahlil qiling. 7. G’azalni yod oling. * * * Yuzing ochkim, quyosh sadqang bo’lub, boshingdin aylansun, Yangi oy yuz tavozu' ko’rguzub, qoshingdin aylansun. Agarchi la'1-u yoqut el zamirig’a mufarrihdur2, Hayotafzo3 iki la'li guharposhingdin4 aylansun. Tan-u jonim hadaf5 aylab, o’q-u tosh otsang, ey chobuk6, Biri o’qingdin evrulsun, biri toshingdin aylansun. Raqibing gar erur xasmim7, ani yo’ldosh etub kelsang, Sanga jon sadqa bo’lsun, jism yo’ldoshingdin aylansun. Chu o’n sakkizga yetti yoshing, ol burqa'8 jamolingdin Ki, o’n sakkiz ming olam o’n sakkiz yoshingdin aylansun. Boqib ko’z uchidin pinhon' fosh etding tag’ofillar9, Yo'q-u borim hamul10 pinhon ila foshingdin aylansun. Necha qallosh esam ham, ag’niyo ollida bosh egnion, G’aniylar himmat ichra ushbu qalloshingdin aylansun. Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig’a bergil, Riyo-vu kizb ahli12 noning-u oshingdin aylansun. U1 oy ko’nglig’a qildi, Ogahiy, oh-u yoshing ta'sir, Bori jon-u jahonim oh ila yoshingdin aylansun. Savol va topshiriqlar 1. Yor yuziga quyoshning sadqa bo’lishi, qoshiga yangi oyning tavozu ko’rsa tishidagi hayotiy hamda baduy mantiqni asoslang. 2. "Tati-u jonim hadaf aylab, o’q-u tosh otsang, ey chobuk, Biri o’qingdin evrul- sun, biri toshingdin aylansun" baytida yorning o’qidan evrulgan nima edi yu, toshidan aylangan biri nima? 3. Uchinchi baytda oshiqning yorga sadoqati qay tarzda namoyon bo’layotganligiga diqqat qiling. 4. Qaysi baytda ma'shuqaning olamlarga tatigulik go’zalligi mubolag’ali yo’sinda tasvirlangan? 5. "Boqib ko’z uchidinpinhon'fosh etding tag’ofillar, Yo’q-u borim hamulpinhon ila foshingdin aylansun" baytidagi tazod sanatini va bu sanatga yuklangan baduy ifodaviy salmoqni sharhlang. Nazariy ma'lumot TASHXIS Mumtoz she'riyatimizda keng qo’llangan baduy tasvir vositalardan biri tashxisdir. "Tashxis" arabcha so’z bo’lib, "shaxs" o’zagidan hosil bo’lgan (ta — old qo’shimcha). o’zbek tiliga tarjima qilsak, "shaxslantirish" degan ma'noni anglatadi. Demakki, tashxis faqat insongagina xos bo’lgan jismoniy va ruhiy holatlarni tabiat manzaralari, jonzotlar, borliqdagi narsa-buyumlar hamda hayotdagi tushunchalarga ko’chirish sanatidir. Tashxis orqali shoir tasvirlanayotgan manzara yoki tushunchani o’quvchi tasavvurida qayta jonlantirib, she'rdagi timsollar jozibasini oshiradi, ularning hissiy tasirini kuchaytiradi. Ogahiy sheriyatini tahlillash davomida Siz shoirning tashxis sanatidan unumli foydalanib, o’ziga xos timsol va tasvirlar yaratganligiga guvoh bo’ldingiz. Quyidagi baytda tabiatdagi o’zgarishlarni insonlar hayotidagi voqeliklar orqali tasvirlaydi: «Tarab tiflin Jug’urdi dahr zoli, Ango bo’ldi magarkim doya navro’z». Ma'nosi: dunyo kampiri shodlik chaqalog’ini tug’arkan, navro’z unga doyalik qildi. Biz yashayotgan dunyo juda qadim bo’lganligi uchun kampirga o’xshatilyapti. Ko’klamning kelishi barchaga shodlik, quvonch keltiradi. Ana shu shodlik chaqalog’ini navro’z doyaligida dunyo kampiri tug’moqda. Shu baytning o’zida uchta tashxis bor: shodlik (tushuncha) tug’ilmoqda; dahr (borliq) zoli tug’moqda; navro’z (tabiat) doyalik qilmoqda: «Noz-u ado-u g’amzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah muncha ofatmu bo’lur bir odamizod ustina!?». Ma'nosi: Mashuqaning nozi, adosi (so’zlari) va g’amzasi navbatma-navbat menga qasd qiladilarki, bir odamning ustiga shunchalar ham ofat bo’ladimi? Baytdan ko’rinadiki, insonning o’zidagi holat, xislat va fazilatlar ham tashxis uchun asos bo’lishi mumkin ekan. ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O’G’LI FURQAT (1859 - 1909) Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat o’zining lirik she'riyati bilan adabi- yotimiz xazinasini boyitgan, marifatchilik adabiyotining darg’alaridan biri bo’lgan hamda o’zbek publitsistikasiga tamal toshlarini qo’ygan zabardast ijodkordir. Shoir 1859- yilda Qo’qonda savdogar oilasida tug’ilgan. Otasi Mulla Xolmuhammad she'riyatga oshno, baduy ijodga moyil kishi edi. Bo’lajak shoir dastlabki ta'limni mahallasidagi maktabda oladi. Bir yilga yetmay "Ilallixak" va "Chor kitob"ni o’qib tugatadi. Sakkiz yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostonini yod oladi, sal o’tib, Navoiy mutolaasiga tutinadi. Kichik yoshidan qalam tutib, sheV mashq qila boshlaydi. Keyinchalik o’zining eslashicha, husnixat ta'limini bolaligidanoq puxta egallagan Zokirjon quyidagi baytni to’qqiz yoshida yozgan ekan: "Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim". Favqulodda iste'dod egasi, tabiatan tirishqoq va izlanuvchan Zokirjon o’n to’rt yoshida madrasa talabasi bo’ladi. Ruslar istilosi tufayli Qo’qon xonligi tugatilib, madrasalar yopiladi. o’qishi nihoyasiga yetmay qolgan bo’lajak shoir 1879- yikla Yangi Marg’ilon (hozirgi Farg’ona)ga do’kondor tog’asi huzuriga boradi. Uning qo’lida bir muddat ishlab, so’ng o’zining mustaqil do’konini ochadi. Shu bilan birga shaxsiy muallimdan dars olib, bilimini takomilga yetkazadi va tez orada o’zi ham boshqalarga dars bera boshlaydi. Husnixat sohibi bo’lganligi uChun mirzalik, xattotlik ham qiladi. Lekin eng sevimli mashg’uloti baduy ijod edi. Mutaxassislar fikricha, Yangi Marg’ilonda ekanligidayoq yozgan sheVlarida u "Furqat" taxallusini qo’ygan. 1880- yilda otasining qistovi bilan Qo’qonga qaytadi va butun iste'dodi, bor kuchini ijodga yo’naltiradi. SheVlari adabiyot ixlosmandlari orasida shuhrat qozonadi. Muqimiydek zabardast shoir uning g’azallariga muxammas bog’lagani Furqatning ijocl ahli orasida ham e'tirof topganligidan darak beradi. Furqat shu davrda "Hammomi xayol" nomli risola yozadi, "Chor darvesh", "Nuh manzar" asarlarini fors tilidan o’zbek tiliga o’giradi. She'rlarini to’plab, devon tuzadi. Furqat kabi ijodining dastlabki davrida — 21—22 yoshida devon tartib bergan shoir o’zbek adabiyotida juda kam uchraydi. Furqat 1890—1891- yillarda Toshkentda yashaydi. Bu yerda u Toshkent erlar gimnaziyasi direktori, "Turkiston viloyatining gazeti" muharriri Nikolay Ostroumov bilan tanishadi. Bu tanishuvdan so’ng Furqat shu gazetaga tarjimon bo’lib ishga kiradi va shundan uning jurnalistlik, publitsistlik faoliyati ham boshlanadi. 1891- yilning sentabrida Furqat Samarqandga yo’l oladi. Xat orqali tanishgan do’sti savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzurida bo’ladi. Iyul oyida Buxoroga borib, Kogondan poyezdga o’tirib, Marv, Ashxabod, Boku, Botum orqali Istambulga keladi. Bu yerda bir muddat yashagan shoir butun vujudi bilan ijodga berilgandi. 1892- yilda Iskandariya, Misr, Shom, Makka va Madina bo’ylab sayohatda bo’lgan Furqat sentabr oyida Hindistonning Bombay shahrida edi. 1893- yilning bahorida Kashmir, Tibet va Xo’tan orqali Yorkentga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi. Furqat Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo’lib ishlaydi. Ilmi nujum, tabobat bilan shug’ullanadi. Ra'no ismli ayolga uylanib, farzandlar ko’radi. U to 1906- yilgacha Turkiston bilan, "Turkiston viloyatining gazeti" bilan aloqani uzmaydi. Furqat 1909- yilning kuzida vatandan yiroqda vafot etadi. Furqatning merosiga nazar tashlasak, adibning serqirra ijod sohibi ekanligiga amin bo’lamiz. Uning ijodi quyidagi asarlarni o’z ichiga oladi: 1) lirikasi; 2) publitsistikasi, nasriy asari; 3) tarjimalari; 4) ilmiy asarlari. Furqat tarjimon sifatida Sharq adabiyotining mashhur namunalari bo’lmish "Hammomi xayol", "Chor darvesh", "Nuh manzar" asarlarini tarjima qilgan. Animo ular bizgacha yetib kelmagan. Adibning turli yillarda "Turkiston viloyati gazeti"ga yozgan qator xabarlari, maqolalari uning publitsistikasini tashkil etadi. 1891- yili "Turkiston viloyatining gazeti"da bosilgan "Xo’qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. o’zi yozg’oni" deb nomlagan tarjimayi holi uni bizga jurnalist va nosir sifatida tanitadi. Adabiyotshunoslikda bu esdaliklar shartli ravishda "Furqatnoma", bazan "Sarguzashtnoma" nomlari bilan yuritiladi. Mazkur asar shoir hayot yo’li, dunyoqarashini aniqlash borasida katta ahamiyatga ega. Furqat ijodiy merosida to’rt ilmiy asar uchraydi. Ularning uchtasi etnografik xarakterda bo’lib, "To’y tavsifi", "Gap ta'rifida", "Aza tavsifi" deb ataladi. To’rtinchisi "Ilmi ashorning qoidai avzoni" (She'r ilmining o’lchov qoidalari) atalib, adabiyot havaskorlari uchun qo’llanma sifatida tuzilgan, unda aruz vaznining qoidalari bayon etilgan. Furqatning mana shunday keng ko’lamli ijodi bo’lishiga qaramay, xalq uni asosan lirik shoir sifatida e'tirof etadi. Lirikasi g’azal, masnaviy, muxammas, musaddas, mustazod kabi janrlardan iborat. She'rlarining salmoqli qismi g’azallar bo’lib, ularning soni 200 atrofida. Shoirning yuksak baduy mahorati, she'riyatining nafosati ham aynan g’azallarida namoyon bo’ladi. Ayniqsa, oshiqona kechinmalar bayonida, mashuqa jamoli tasvirida yangi, o’ziga xos tashbehlarni, ifoda vositalarini qo’llaydi. Tilining o’ynoqiligi, uslubning ravonligi, ifodaning xalqonaligi shoir g’azallarini xalqqa yaqin va suyumli bo’lishini ta'minladi. Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik, G’alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik. Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor? Fasohatda, sabohatda, hama to’g’rida san nozik. Oshiqqa chamanzorda sarv daraxti bilan yosuman gulini nozik va ko’rkam deyishlari g’alati tuyuladi, chunki yorning qomati sarvdan, ko’ylagi (pirahani) guldan nozik, ya'ni go’zaldir. Mashuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go’zal inson bo’lmish misrlik Yusuf (a.s.)dan ustun qo’yadi. Bunga uning asosi bor: mahbubasi fasohatda, sabohatda (xushro’ylikda), bir-bir sanashning hojati yo’qki, har to’g’rida nozik — go’zaldir! Kalomingdin halovat topmog’i jonlarni ondinkim, Dahon nozik, zabon nozik ki lab nozik, suxan nozik. Baytdagi yor go’zalligi belgilarining sanog’i mazmunni bo’rttiradi, ifodaga musiqiylik bag’ishlaydi. Bunday mubolag’aviy tasvir ostida shoirning har tomonlama mukammal — ham jismonan, ham manan go’zal insonni targ’ib etish maqsadi yotadi. Shuning uchun ham Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yaratilgan "Surmadin ko’zlar qaro" g’azali yoki "Muncha zolim bo’lmish ul xunrez qaro ko’zlaring" kabi ko’plab g’azallarida yor go’zalligi, oshiqning unga sadoqati, cheksiz muhabbati avj pardalarda zavq bilan kuylanadi. "Bir qamar siymoni ko’rdim baldai Kashmirda" g’azalida esa ishqiy kechinmalar, oshiqona savol- javoblar shoir hayoti bilan bog’liq qismat chizgilariga ulashib ketadi: Aydi: "Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?" Man dedim: "G’urbatda Furqat bor ekan taqdirda". Furqat lirikasida g’urbat va hasrat ohanglari salmoqli o’rin egallaydi. Bu uning hayot yo’li bilan bevosita bog’liq. 1892- yilda vatandan chiqib ketgan shoir umrining oxirigacha yurtga qayta olmadi. Shuning uchun vatan ishtiyoqi va g’urbat iztiroblari turli mavzudagi she'rlarda dardli va tasirchan ifoda etilgan. Shoirning "Fig’onkim, ul buti siymin zaqandan ayrilib qoldim", "Hasrato, kel- kel beri, ul sho’xi jonondin gapur" radifli g’azallarining maqtasida yuqorida eslatilgan "Bir qamar siymoni" g’azalida bo’lgani kabi taqdirning unga bergan sinovi — yurt judoligi bayon qilinadi: O’z diyoridin adashgan, Furqatiy devonaman, Chug’zi har vayronadurmen, baytul ehzondin gapur. Shoirning Istambulda yozgan "Sabog’a xitob" she'rida vatanni qo’msash, do’stlar sog’inchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etiladi. U Istambuldagi "nasimi fayzi rab" bo’lgan Milliy bog’da sayr qilar ekan, undagi xurram "mardum" (odamlar) chehrasini ko’rib, olis Toshkentdagi yor-u do’stlarini esga oladi: Alar chun aylagach sayr-u safolar, Esimg’a tushti yor-u oshnolar... Ayo bodi sabo, Olloh uchun tur, O’zingni Toshkand shahriga yetkur. Furqatning g’urbat ruhidagi she'rlari sinchiklab o’rganilsa, undagi ayriliq va judolikning ma'nosi ancha kengligiga amin bo’lamiz. "Manam sho’rida bul- bul" muxammasida birinchi bandidan shoir o’zini bo’stonidan adashgan sho’rida bulbulga o’xshatadi. Keyingi bandlarda "Nihoni kuydirib hajr o’ti po’st-u ustuxon aylar", "Boshimda hushim yo’q", "Yetim qo’zi kabi nolonlig’im", "Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida" kabi misralar orqali holini sharh etgach, maqta'da bu bayonlarni umumlashtirib, taxallusiga ham izoh berib o’tadi. Zamon g’avg’osidan adashish — bu dunyodan qo’l yuvish, tariqat yo’liga kirish, o’zini Ollohga bag’ishlash demakdir. Bu yo’lga kirganlar biladiki, inson bu dunyoda o’zining haqiqiy vatani — ilohiy dargohdan uzoqda, haqiqiy Yor — Ollohdan ayriliqda. Demak, hayotning o’zi furqat, ya'ni ayriliqdir. Vatanga, Yorga yetishish uchun esa riyozat chekish, poklanish zarur. Buning yo’li, aytilganidek, zamon oshubidan yiroq bo’lishdir. Oldin ko’rilgan g’azallarda furqat, g’urbat tushunchasi yurtdan judolik mazmunida qo’llangan bo’lsa, shoir bu she'rida o’zining taxallusini tasavvufiy ma'noda izohlamoqda. Keyingi tadqiqotlarda Furqat umrining ma'lum bir pallasida tasavvuf yo’liga moyillik bildirib, o’tkinchi dunyo g’avg’olaridan ko’ngilni forig’ tutib yashashga intilgani to’g’risida fikrlar aytilmoqda. LTning "bormasmiz" radifli g’azalida so’fiyona kayfiyat, qalandarona baland himmat ruhining yetakchiligi shu holat bilan izohlanadi. Furqat lirikasida ma'rifatni targ’ib etuvchi she'rlar ham talaygina. Adib 1890- yilning martida Toshkentda ekan, N. Ostroumov uni Yangi shahar qismiga tomoshaga olib boradi. Furqatni juda ko’pchilik rus amaldorlari, ruslar xizmatidagi o’zbeklar, hatto general-gubernator bilan tanishtiradi. Shu yurishlar natijasida shoirning "Gimnaziya", "Ilm xosiyati", "Akt majlisi xususida", "Nag’ma bazmi xususida", "Vistavka xususida", "Suvorov" kabi she'rlari yoziladi va "Turkiston viloyatining gazeti"da chop etiladi. Bu she'rlarning barchasi masnaviy yo’lida yozilgan bo’lib, ularda maorifni isloh qilish, ilmga da'vat, fan va madaniyat yangiliklarini targ’ib etish g’oyalari olg’a surilgan. Savol va topshiriqlar 1. Furqatning umr yo’lidagi qaysi jihatlar ijodida aks etganligini so’zlang. 2. Shoirning ma'rifatchilik yo’nalishidagi asarlari vujudga kelishi omillarini ayting. 3. Furqat she'riyatidagi g’urbat tushunchasi qanday ma'nolarni anglatishi to’g’risida fikrlaringizni bildiring. SHE'RLAR G’AZALLAR Fasli navbahor o’ldi ketibon zimistonlar, Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar. Subhidam tushib shabnam, bo’ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog’di abri naysonlar . Nastaron2 yuvib yuzni, yosuman3 tuzib o’zni, Nargis ochibon ko’zni intizori yoronlar. Bir sahar edim uyg’oq: o’t tutoshti olamg’a, Tog’lar chekib larza, titradi biyobonlar4. Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg’onlar. Bulbul o’qug’och yig’lab subhidam xazon faslin, G’uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar5. Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan , Kiydi ko’k qilib sunbul zulfini parishonlar. Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog’imkim, Ranj-u g’ussada dono, kechsa shod nodonlar. Savol va topshiriqlar 1. Matla'dagi "zimiston" so’zi qaysi ma'noda qo’llangan va mazkur ma'no uchun nega aynan shu so’z ishlatilgan? 2. Ikkinchi va uchinchi baytlarga diqqat qiling. Ifodadagi go’zallik, mayinlik va musiqiylikni yuzaga keltirayotgan vositalarni aniqlang. 3. "Bir sahar edim uyg’oq: o’t tutoshti olamg’a, Tog’lar chekib larza, titradi biyobonlar" baytini tahlil qiling. Qaysi tabiat hodisasi tasvirlanayapti? 4. Qumri va bulbullarning sayrashini shoir nima bilan bog’laydi? Bu qushlar she'riyatda kimlarning ramzi sifatida keladi? 5. "Bulbul o’qug’och yig’lab subhidam xazon faslin, G’uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar" misralarini sharhlang. Bu go’zal satrlarda qaysi tabuy jarayon tasvirlanmoqda? 6. G’azal maqtasida ifodalangan fikrga munosabat bildiring. Fasl go’zalligiga bag’ishlangan she'rning ijtimoiy ruhdagi fikr bilan yakunlanishini qanday izohlaysiz? * * * Surmadin ko’zlar qaro, qo’llar hinodin lolarang, G’ozadin2 yuzlarda tob-u3, o’smadin qoshlar tarang. Za'faroniy ko’ylak uzra arg’uvoniy4 kamzihur, Ro’ymol og’ushidin peshonaning ahvoli tang. Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok5, Qo’l bilakuzukdin muzayyan6, nuqradin og’izda chang. Gavhar osqon halqalar siymin banogo’shinda7 band, Ko’rinur zulfi tunida subhi sodiqdek arang. G’amza birla o’lturur, gah jilvalar birla yurur, Turfa bir noz, ofarin, purishva tannoz-u satang. Aql-hush eltar agar tursa, paritek silkinib, Odamizod ichra ham mundog’ bo’lurmi sho’x-u shang1. Yo’q qutulmoqlig’ manga, ul ofati jon dastidin, Qasdima qoshlar kamon, payvasta mujgonlar xadang2. Ul parivash ishqidin goh telbadurman, goh sog’, Chunki bordur oramizda gohi sulh-u gohi jang. Javrlarkim, Furqat, ul sho’xi jafojo’3 ayladi, Muncha bedod-u sitam4 qilmas musulmong’a farang5. Savol va topshiriqlar 1. G’azal matlasini sharhlang. Ayollarning milliy oroyish ashyolariga diqqat qiling va bugungi kundagi chiroy berish vositalariga taqqoslang. Siz qaysi birini afzal bilasiz? 2. "Zo’faroniy ko’ylak uzra arg’uvoniy kamzihur, Ro’ymol og’ushidin peshonaning ahvoli tang" baytidagi tasvirdan kelinchakning qanday kiyinganligini izohlang. 3. "Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok, Qo’l bilakuzukdin muzayyan, nuqradin og’izda chang" baytiga suyanib, o’zbek kelinchagining nafosati to’g’risida fikr yuriting. 4. G’azaldan olgan tasavvurlaringiz asosida kelinchakni o’z so’zlaringiz bilan tasvirlab bering. Uni albatta yod oling. 5. "O’zbek kelinchagi Furqat tasvirida" deb nomlangan quyidagi jadvalning har bir xonasini g’azaldagi ularning mazmuniga mos keladigan so’z va birikmalar bilan to’ldiring. Milliy oroyish ashyolari va zeb-ziynatlar Tashqi ko’rinishi va kiyimlari Ma'naviyati va xarakter xususiyatlari Surma..., oltun uzuk.... Ko’zlar qaro..., za'faroniy ko’ylak... Nuqradin og’zida chang.., g’amza birla o’ltumr... MUSADDAS Sayding qo’yaber sayyod, sayyora ekan mendek, Ol domini bo’ynidin, bechora ekan mendek, O’z yorini topmasdan ovora ekan mendek, Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek, Kes rishtanikim: qilsun chappaklah otub jasta , Hajrida alam tortib, bo’ldi jigari xasta. Tog’larg’a chiqib bo’lsun yori bilan payvasta, Kel, qo’yma balo domi birla oni pobasta2, Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek. Besh kun seni davringda bechora xirom3 etsun, Ohular ila o’ynab, ayshini mudom etsun, Yomg’ur suvi to’lganda, tog’ lolani jom etsun, Haqqingg’a duo aylab, umrini tamom etsun, Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek. Sarg’ashta bu vodiyda bir boshig’a rahm etgil, Yo’q toqati bandingga, bardoshiga rahm etgil, Rahm etmasang o’ziga, yo’ldoshiga rahm etgil, Yig’lab senga termulur, ko’z yoshig’a rahm etgil, Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek. Bechorani zulm aylab, qo’l, bo’ynini bog’labsan, Har sori chekib-sudrab, o’ldurgali chog’labsan, Ko’ksini jafo birla lola kabi dog’labsan, Sot menga, agar qasding olg’uvchi so’rog’labsan, Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek. Yo’q hushi, pari tekkan devonaga o’xshaydur, Ko’z yoshi yana to’lgan paymonag’a o’xshaydur, G’am seli bilan ko’ngli vayronag’a o’xshaydur, Furqatda bu Sa'dullo4 hayronag’a o’xshaydur, Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek. Savol va topshiriqlar 1. Musaddasning to’la matnini o’qib, unda ifodalangan voqea mazmunini so’zlab bering. Unda qanday ruh, kayfiyat yetakchilik qiladi? 2. She'rda qaysi obrazlar ishtirok etmoqda? Ularga ta'rif bering. 3. "O’zyorini topmasdan ovora ekan mendek" misrasini sharhlang. Nima uchun shoir sayd — ohuni o’ziga o’xshatayapti? 4. Sayd obrazi faqat ovlangan ohuni ifodalaydimi yoki ramziy ma'nosi bormi? 5. Sayyod obraziga munosabat bildiring. U kimlarning timsolini gavdalantiradi? 6. Lirik qahramon Sizda qanday taassurot qoldirdi? Ohuga munosabatiga ko’ra uni o’zingizga yaqin sezyapsizmi? Nazariy malumot G’AZAL VA MUSAMMAN G’azal arabcha so’z bo’lib, oshiqona so’z, ayollarga xushomad kabi manolarni anglatadi. Bu janr Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan hamda eng ko’p qo’llangan she'r shakli bo’lib, o’tmishda g’azal yozmagan ijodkor bo’lmagan. G’azal dastlab arab she'riyatida paydo bo’lgan. Islom dini tarqalishi bilan bog’liq holda boshqa hududlar, jumladan, o’rta Osiyo xalqlari adabiyotiga o’tgan. Turkiy adabiyotdagi ilk g’azal "Qisas ar-Rabg’uziy" asarida uchraydi. Rabg’uziy bilan deyarli bir vaqtda yashagan Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sida ham g’azalning g’oyat go’zal va nafis namunalari bor. Mana, yetti asr o’tdiki, g’azal adabiyotimizdan mustahkam joy olib, xalqimiz uchun qadrli va suyukli she'r shakli bo’lib kelmoqda. Ishqiy kechinmalar ifodasi sifatida vujudga kelgan g’azalning mavzu doirasi asrlar o’tishi bilan kengayib bordi. Shoirlar o’zlarining ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa qarashlarini, tabiatga munosabatini bu ko’hna janrda ifodaladilar. G’azal baytlardan tashkil topadi. Bayt arabcha "uy" deganidir. Bayt ikki misradan iborat bo’ladi. G’azalning birinchi bayti matla' (arabcha "boshlanma"), oxirgi bayt maqta' (arabcha "tugallanma") deyiladi. G’azal o’ziga xos qofiyalanish tartibiga ega. Birinchi bayt — matla'dagi misralar bir-biri bilan o’zaro qofiyalangan bo’ladi (shartli ravishda a-a deb belgilanadi). Qolgan baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralari matlaga qofiyadosh bo’lib keladi (v-a, d-a, e-a...). Ananaga ko’ra, maqta'da shoirning taxallusi keltirilgan. Ilmiy adabiyotlarda g’azalning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha bo’lishi qayd etiladi. Musamman ham Sharq, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotida qo’llanib kelayotgan she'riy janrlardan biri. Bu atama arabcha so’z bo’lib, sakkizlik degan manoni anglatadi. Musammanning har bir bandi sakkiz misradan iborat bo’ladi. Dastlabki banddagi misralar o’zaro qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a-a-a), ke- yingi bandlarning avvalgi yetti misrasi bir-biri bilan qofiyalanadi, oxirgi misrasi esa birinchi band — matlaga qofiyadosh bo’ladi (b-b-b-b-b-b-b-a; d-d-d-d-d- d-d-a...). Musammanda kechinmalar tasviri, fikr va holatlar bayoni boshqa janrlarga qaraganda keOngroq, batafsilroq ifodalanadi. YANGI O’ZBEK ADABIYOTI ABDULLA QODIRIY (1894-1938) Hayot va ijod yo’li. 1894- yil 10- aprelida Toshkent shahrida bog’bon oila- sida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o’z davrining maktab va madrasalarida o’qiganligi, ilrnga chanqoqligi va ulkan iste'dodi tufayli zamonasining eng bilim- don kishilaridan biriga aylandi. Oiladagi yo’qchilik tufayli mahalladagi maktabga kechikibroq borgan Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon bo’ldi. Lekin muhtojlik o’z ishini qildi: o’n ikki yashar o’smirni bir boyga yugurdaklikka berishga majbur bo’ldilar. Tijoratchilik tufayli ruslar bilan ham savdo aloqalari qiladigan bu boy rus tilini biladigan, shu tilda ish yurita oladigan xizmatchiga muhtoj edi. Shu sabab zehnli va tirishqoq Abdullani u rus-tuzem maktabiga berdi. 1912- yilda muvaffaqiyatli tugallangan rus-tuzem maktabi bo’lajak adib es- tetik qarashlari va ijodiy qiyofasi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Negaki, Abdulla bu yerda rus tili va u orqali dunyo adabiyotini o’rganish imkoni- yatiga ega bo’lgandi. Ikki yildan oshiqroq vaqt mobaynida oilaga yordam berish uchun tirikchi- lik yo’lida urinib yurgan bo’lajak yozuvchi 1914- yilda Abulqosim madrasasiga o’qishga kirdi. Madrasada u shariat ilmi, islom falsafasi, arab va fors tillarini o’rgandi. Bu hol ko’p o’qiydigan, Kunchiqish(Sharq) adabiyoti bilan chuqur tanish bo’lgan Abdullaga islomiy-turkiy estetikaning nazariy asoslarini ham egal- lash imkonini berdi. XullaS, Abdulla Qodiriy 1917- yillarda ham dunyoviy, ham diniy bilimlarni puxta egallagan, olam hodisalarini teran idrok etadigan ziyoli sifatida shakllangan edi. Bo’lajak yozuvchi rus-tuzem maktabini tugatib, tirikchilik ko’yida yurgan kez- larida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo’lida ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, intiluvchan kishilarni hurmatlaydigan odam edi. Abdulla uning do’konlarida ishlab yurib, zamonasining bir qator ilg’or fikrli kishilari bilan ta- nishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib, Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud ismli farzandlar ko’rdi. Qodiriyning ijodiy faoliyati ham shu yillarda boshlandi. "Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg’on gazetalarni o’qib, dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913- yilda o’zbekcha "Sadoyi Turkiston", "Samarqand", "Oina" gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yo- zib yurish fikri uyg’ondi", — deb yozadi adib keyinchalik. "Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914- yil 1- aprel sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan "Yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy yozuvchilik faoli- yatiga birinchi qadamni shu tarzda qo’ygan. Oradan ko’p o’tmay, "Millatimga", "Ahvolimiz" she'rlari, "Baxtsiz kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi chiqdi. Jadidchilik g’oyalari bilan sug’orilib, jamiyat azolarini ma'rifatli, o’qimishli va ilg’or fikrli qilishga qaratilgan bu asarlar baduy jihatdan puxta bo’lmasa-da, za- moni uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarlarida davrning muhim masalalarini ko’taradi, millat- ning ahvolini yaxshilashni astoydil istashini ko’rsatadi. Lekin niyat bilan baduy ifodaning orasida hali ancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini ochiq aytish, g’oyani yalang’och ifodalash yo’lidan bordi. Millat baxti uchun kuyib-yongan Qodiriy Oktabr o’zgarishlaridan keyin qator sho’ro idoralarida xizmat qildi. Jumladan, 1918- yilda Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistlika bilan faol shug’ullandi. Bu hol unga yangi hayotni ichdan bilish, uning og’riqli, sog’lom aqlga to’g’ri kelmaydigan, xalqimiz manfaatlariga zid keladigan jihatlarini bevosita ko’rish imkonini berdi. Har qanday ishda bo’lgani singari asarlarini yozishga ham g’oyat puxta tayyorgarlik ko’radigan yozuvchi 1917—1918- yillardan boshlab asosiy asari bo’lmish "o’tkan kunlar" romani uchun material yig’ishga kirishdi. U xalq- ning hayoti, ahvoli-ruhiyatini yirik baduy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. o’zbekning qanday xalq ekanligini ko’rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919- yildan yoza bosh- ladi. 1922- yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning bo’limlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa "o’tkan kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yilda adibning ikkinchi romani "Mehrobdan chayon" nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli o’zbeklar hayotida ro’y bergan o’zgarishlarni aks ettiradigan "Obid ketmon" qissasini yozdi. Bulardan tashqari, adib necha o’nlab publitsistik maqolalar, baduy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy "Amir Umarxonning kanizagi", "Namoz o’g’ri", "Dahshat" singari ro- manlar yozmoqchi bo’lib, materiallar to’plagan. Animo qonsiragan sho’rolar tu- zumi adibning bu rejalarini amalga oshishiga to’sqinlik qildi. Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o’zini tanitayotgan, uning g’ururini uyg’otayotgan yozuvchi o’lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahal- liy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq "Mushtum" jurnalining uchinchi sonida bosilgan "Yig’indi gaplar" maqolasi uchun adib "...aksil inqilobiy maqsadda sho’ro rahbarlarini matbuot orqali obro’sizlantirdi" degan ayb bilan qa- moqqa olindi. Qodiriy o’ziga qo’yilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e'lon qildi. Uzoq cho’zilgan tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til tekkizganligi bilan cho’chitmoqchi bo’lgan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh etdi. o’z qarashlari- dan qaytmay, ijodkorlik va insonlik sha'nini mardona himoya qildi. Uning: "Men to’g’rilik orqasida bosh ketsa, "ih" deydirgan yigit emasman", — degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni to’liq aks ettiradi. o’sha vaqtdagi Respublika Oliy sudi yetarli asos bo’lmasa ham Abdulla Qodiriyni ikki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Lekin dalillarning uydirmaligi ko’rinib turgani uchun ham o’zbekning eng mashhur adibini qamoqqa tiqishga jurat etishmadi. Bu sud orqali sho’rolar yozuvchini o’ziga xos yo’sinda "ogohlantirdi". Lekin adib bu ogohlanti- rishdan "to’g’ri" xulosa chiqarmadi, ya'ni haqiqatga xiyonat qilmadi. O’z asarlari bilan nafaqat O’zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma'naviyati ravnaqiga hissa qo’shgan adibni 1937- yilning 31- dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatag’on mashinasi shitob bilan ishlar va uning to’xtamay yurmog’i uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko’chasidan ham o’tmagan hukumatning uchlik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o’zbek nasrining eng yirik vakilini, asri- mizdagi o’zbeklarning eng fidoyilaridan birini o’limga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya'ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar xalqimizning chin iste'dodlarini yo’qotishga shoshilishgandi. O’TKAN KUNLAR (romandan boblar) KIROYI KUYAVING SHUNDOG’ Bo’LSA ...Havlining kun chiqarida kun botishga qaratib soling’an, uncha maxtarliq bo’lmasa ham animo zamonasining olding’i binolaridan hisoblang’an bir ayvon bi- lan bir uyga ko’z tushadir. Sahn va binolar kishi zotidan bo’sh, shuning uchun bu havli oilaning tashqarig’i qismi — mehmonxona ekanligi onglashilur. Endi biz tashqari havlini qo’yib, mehmonxonaning yonidan ichkariga kira- miz. Ichkari havlining yo’lagi ham narigisidek usti va bag’ri yopiq — qorong’u, yo’lakning nihoyatiga borib o’ngga yurilsa axlatxonaga, chapka yurilsa, birinchi martaba kirganimizdek ulug’ bir havliga chiqarmiz. Havlining to’rt tarafi turlik ehtiyoj binolari bilan va to’rdagi binoning ikki biqini katta uylar bilan o’ralg’an bo’lib, shu ikki uyning orasig’a o’lturgan koshinkor va naqshin chorxari ay- von bu havlining birinchi martaba ko’zga chalinadirg’an ortiqliqlaridandir. Shu chorxari ayvonning o’rta bir yerida, ustiga atlas ko’rpalar yopilg’an tanchaning to’rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po’stin kiyib bir kishi o’lturadir. Bu kishi... — Mirzakarim qutidor. Tanchaning ikki biqinida ikki xotin: bulardan bittasi ichidan atlas ko’ynak, ustidan xon atlas guppi kiygan, boshig’a oq dakanani xom tashlag’an, o’ttuz besh yoshlar chamaliq go’zal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimliq, eriga itoat, to’g’riliq ma'nolari tomib turg’an bu xotin qutidorning rafiqasi — Oftob oyim, ikkinchisi yetmishlardan o’tkan bir kampir, Oftob oyimning onasi — Oysha bibi. o’choq boshida qo’polg’ina, qirq besh yosh- lar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho’risi — To’ybeka. Biz bular bilan tanishishni shu yerda qoldirib, ayvonning chap tarafidagi daricha orqaliq uyga kiramiz, ham uyning to’riga soling’an atlas ko’rpa, par yos- tiq quchog’ida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uyg’oq yotqan bir qizni ko’ramiz. Uning zulfi par yostiqning turlik tomonig’a tartibsiz suratda to’zg’ib, quyuq jinggila kiprik ostidag’i timqora ko’zlari bir nuqtag’a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko’rgan kabi... qop-qora kamon, o’tib ketkan nafis, qiyig’ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho’chigan kabi... to’lg’an oydek g’uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg’a aylangan-da, kimdandir uyalg’an kabi... Shu vaqt ko’rpani qayirib ushlagan oq nozik qo’llari bilan latif burnining o’ng to- monida, tabiatning nihoyatda usta qo’li bilan qo’ndirilg’an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o’lturdi. Sariq rupoh atlas ko’ynakning ustidan uning o’rtacha ko’kragi biroz ko’tarilib turmoqda edi. Turib o’lturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg’anib qo’ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to’zg’ig’an soch to- lalari o’rab olib jonso’z bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko’ringan malak qutidorning qizi — Kumushbibi edi. Kumushbibi bir necha kundan beri sovuq havo tegdirib, bosh og’rig’i va ko’z tinishka o’xshash og’riqlardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi "tinch uxla- sin, ortiq urinmasin" deb bu kun namozga ham uyg’otdirmagan edi... * * * Qish kunlari bir tutam, "ha deguncha" kech bo’ladir. Bu kun ham "ha deguncha"ga ham qolmay kech bo’lg’an, mehmonlarning kelishkaniga yarim soatlab vaqt o’tkan edi. Qutidor mehmonlarni ixlos va samimiyat bilan kutar, ziyofat quyuq-suyuqlari bilan to’la-to’kis davom etar edi. To’ybeka ichkari bi- lan tashqarig’a yugurib dasturxon yangilar, choy tashir edi. Xizmat tugala yozg’andan keyin To’ybeka o’zining sovub qolg’an oshini yemak uchun Oftob oyimlar yonig’a o’lturdi. So’zdan so’z chiqib Oftob oyim To’ybekadan so’radi: — Mehmonlar qanaqa kishilar ekan, tanidingmi? — Nax siz yosh mehmonni ko’rmabsiz, dunyog’a kelmabsiz, — dedi To’ybeka o’ng-u ters osh chaynab, — bir chiroylik, bir aqllik, tag’in o’zi hammadan yuqor- ida o’lturadir; hali yigirmaga ham bormag’andir, mo’ylabi ham endigina chiqa boshlag’an... Nax bizga kuyav bo’ladirg’an yigit ekan, — dedi va Kumushka qarab kulib qo’ydi. Bu so’zdan Oftob oyim ham kulimsirab qizig’a qaradi: — Ana Kumush, sen eshitdingmi, opangning so’zini. To’ybeka senga er topqan, sen bo’lsang boshim og’riydir, deb yotasan. Kumushbibining sezilar-sezilmas kulimsirashidan yoqutdek irinlari ostidag’i sadafdek oq tishlari ko’rinib ketdi ersada, biroq uning bu holi tezlik bilan tundliqqa alishindi. — Qolg’an xizmatlaringizning bittasi endi menga er topish edi. To’ybeka Kumushning tundlanishini elamadi: — Ey... singum, hali sen bilmaysan, — dedi, — u yigitni bir ko’rgin-da, hu, deb ketabergin... sen tugil, shu yoshim bilan menim ham unga tekkim keldi, — dedi va xaxolab yubordi. Kumushbibi chirt etib yuzini To’ybekadan o’girdi. — Tezroq tegib qoling. — Koshki edi tegalsam, — dedi To’ybeka, — men uning bir tukiga ham ar- zimayman. Animo sen bo’lsang uning bilan tengiashar eding. "Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan" xa-xa-xa!.. To’ybekaning shuningdek hangamalari boshqa vaqtlarda Kumushni yaxshi- gina kuldirsa ham hozir unga yotishib kelmadi shekillik, achchig’langan ko’yi yotish uchun uyiga kirib ketdi. Oftob oyim "bachcha-machchadir" deb o’ylag’an edi. Shuning uchun bu to’g’rida so’z ochmadi. *** Qutidor mehmonlarni jo’natib yotish uchun yeshinar ekan, Oftob oyim so’radi: — Chiroylik yigit, aqllik yigit, deb maxtiy-maxtiy To’ybekaning ichagi uzil- di, u kim edi? — Mehmonimiz o’sha edi, — dedi qutidor, — toshkandlik Yusufbek hoji otlig’ yaqin oshnamning o’g’li. — To’ybekaning maxtag’anicha bormi, o’zi? — Bor, — dedi qutidor va g’italandi , — xudo kishiga o’g’il bersa shunda- yini bersin-da. Oftob oyim kula-kula To’ybekaning Otabek to’g’risida so’zlagan gaplarini va Kumush bilan bo’lg’an mojarosini so’zlab chiqdi. Qutidor ham kulgidan o’zini to’xtatolmas ekan: — Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog’ bo’lsa, — dedi. OTA-ONA ORZUSI o’zbek oyim ellik besh yoshlar chamaliq, chala-dumbul tabiatlik bir xotin bo’lsa ham, animo eriga o’tkirligi bilan mashhur edi. Uning o’tkirligi yolg’iz eriga- gina emas, Toshkand xotinlarig’a ham onr edi. o’zga xotinlar uning soyasig’a sa- lom berib, to’ylarida, azalarida, qisqasi, tiq etgan yig’inlaridag’i uylarining to’rini o’zbek oyimg’a atag’an edilar. o’zbek oyim uncha-muncha to’y-u azalarga: "Kavshim ko’chada qolg’an emas", — deb bormas edi. Shuning uchun xotinlar o’z to’ylarini o’zbek oyim ishtiroki bilan o’tkazib olsalar, o’zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sa- nab, "maning to’yimni bek oyim o’z qo’llari bilan o’tkazdilar", — degan jum- lani majlislarda iftixor o’rnida so’zlab yurar edilar. o’zbek oyimning obro’si yolg’iz shular bilangina cheklanib qolmas, uni o’rda xonimlari ham ehtirom qilib o’zlarining "onaxonlari" deb bilar edilar. Shunga ko’ra qaysi bir vaqtlarda o’rda yasovullari Yusufbek hojining eshigiga arava ko’ndalang qilib, "o’rda begi oyim buyurdilar" deb o’zbek oyimning yasanib chiqishini kutar edilar. Bu tomon bi- lan qaysi bir majlislarda o’zbek oyim xotinlarning eslarini ham chiqarib yuborar edi: "Kecha o’rda bekoyimdan menga arava kelgan ekan, fe'lim aynab turg’an edi bormay aravani bo’sh qaytardim... Bo xudo, o’rda bekachi bo’lsa o’ziga, dedim", — der edi. Ikkinchl vaqtda: "o’tkan kun o’rdaga borg’an edim; xo- nimlar yotib qolasiz deb qo’ymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim", — deb so’z orasig’a qistirib ketar edi. Bu so’zlarni eshitkuchi xotinlar o’zlarining qandog’ bir xotinning suhbatiga noil bo’lg’anlarini o’ylab, o’zbek oyimning ehtiromini tag’in ham kuchaytirar edilar. U1 o’z uyida o’lturg’anida ham ustidagi atlas ko’ynak bilan adras mursakni, oq shohi dakana bilan kahrabo tasbihni qo’ymay, qish kunlari tanchada par yostiqqa suyalib, yoz kunlari ayvonning to’riga yoslanib Hasanalining xotini bo’lg’an Oybodoqqa, cho’ri qiz Hanifaga xamirni achitmaslikni, palovni qirmoch oldirmasliqni tanbihlabkina o’lturar edi. Otabekning Marg’ilondan uylanib qo’yishi otasi uchun uncha rizosizlik 11111- jib bo’lmasa ham, animo uning o’g’ul to’yisidan boshlab, Toshkand qizlarini ost-ust qilib, "Buning qizi yaxshi bo’lsa ham, uy-joylari yaramas ekan, buning uy-joylari tuzik bo’lsa ham, qizi ko’rksiz ekan; buning qizi-da uy joylari-da tuzik, biroq zoti pas ekan" deb qiz, quda, uy, joy, nasl va nasab tekshirib yurg’uchi o’zbek oyimning Otabekni uylandirib, buning orqasidan ko’raturgan orzu-havas, to’y-u tomoshalarini shartta kesib qo’yg’an bu uylanishka nima deyishi va qanday qarashi albatta ma'lum edi. Bu xabarni Hasanalidan eshitkan kunlari ul bul ishka chidab turolmadi: "Endi menga mundog’ o’g’il kerak emas... Oq sutimni oqqa, ko’k sutimni ko’kka sog’dim... Endi Toshkandga kelmasin ul o’zboshimcha betiyiq!"— deb baqirib- chaqirib, yig’lab-sixtab, dard-u hasratni boshiga kiyib oldi. Oradan o’n besh kun o’tar-o’tmas Marg’ilondan Otabek keldi. Uch oylab ko’rmagan o’g’lini quchog’iga olib ko’rishmak o’rniga undan yuzini o’gurib, san kimsan, keldingmi, deb so’ramadi va salomiga alik ham olmadi. Go’yo uxlamoqchi bo’lgan tovuqdek hurpayib oldi. Otabek onasining araziga allaqachon tushungan, ham shu holni Marg’ilondayoq kutkan edi. Bir-ikki qayta uzr aytib ko’rgandan so’ng o’zbek oyimning epaqag’a kelishiga ishonmay qoldi va shuning uchun ul ham go’yo bil- magan, tushunmagan kishidek yuriy berdi. Turg’an gap, Otabekning Marg’ilong’a uzoq bormay turishi mumkin emas edi. o’rtadan ikki hafta o’tar-o’tmas otasig’a allaqanday bahona ko’rsatib, Marg’ilon jo’naydir. o’zbek oyim o’g’lining "o’lganning ustiga chiqib tepish" qabilida bo’lg’an bu harakatidan tutuni ko’kka chiqib, borliq qahr-u g’azabini eri ustiga to’kadir: "Siz qarib esingizni yeb qolibsiz, o’g’lingizni marg’ilonliqqa topshirib qo’yib, yana el ichida boshingizni ko’tarib yurmakchi bo’lasizmi?"— deydir. Yusufbek hojining qiziq bir tabiati bor: xotin bilangina emas, umuman uy ichisi bilan har qanday masala ustida bo’lsa-bo’lsin uzoq so’zlashib o’lturmaydir. Otabekmi, onasimi, Hasanalimi, ishqilib uy ichidan birartasining so’zlari va yo kengashlari bo’lsa, kelib hojining yuziga qaramasdan so’zlab beradilar; maqsad aytib bitkandan so’ng sekingina ko’tarilib uning yuziga qaraydirlar. Hoji bir necha vaqt so’zlag’uchini o’z og’zig’a tikiltirib o’lturg’andan so’ng, agar maqul tushsa "xo’b" deydir, gapka tushunmagan bo’lsa "xo’sh" deydir, nomaqul bo’lsa "du- rust emas" deydir va juda ham o’ziga nomaqul gap bo’lsa bir iljayib qo’yish bilan kifoyalanib, mundan boshqa so’z aytmaydir va aytsa ham uch-to’rt kali- madan nariga oshmaydir. Uy ichi uning bu fe'liga juda yaxshi tushunganliklari- dan ko’pincha bir og’iz javob olish bilan kifoyalanadirlar. Animo Otabek bilan birar to’g’rida so’zlashmakchi bo’lsa, uni aksar mehmonxonaga chaqirib yoki chaqirtirib oladir. o’zbek oyim yuqoridag’i o’zining itob va xitobiga eridan bir iljayib qo’yish javobini olib dami ichiga tushadir va chor-nochor o’ttuz kunlab bir zamonni o’zicha marg’ilonliqni qarg’ash bilan kechiradir. Otabek Toshkandga qaytib kelib, "endi araz bitkandir" degan o’yda onasig’a salom beradir. Araz bi- tish qayerda, o’zbek oyimning o’g’lig’a qarshi kinasi tag’in bir necha qat ortqan, animo bu gal salom berguchiga bir qaraydir-da, "o’g’lim, menga salom berib nima qilasan, marg’ilonliq onangning duosini ol!"— deb yuzini chetka o’guradir. U1 onasining bu kinoyasini kulgulik bilan kechirib, yana eskicha arazda qolab- eradirlar. Otabek yana o’n besh kunni o’tkazib, tag’in bir nozik sababni o’rtag’a tashlab onasining ruxsatisiz Marg’ilong’a jo’nab soladir. Tag’in o’zbek oyimning rangi o’chkan, qoni qochqan: tovoqni kosaga, cho’michni piyolaga urib dod-u faryod: "Siz otamisiz, nimasiz axir, o’g’lingizni tiyib olish sira esingizga keladimi? o’g’lingizning bu ishi bechiz emas: marg’ilonliq sehr qildimi, jodu qildimi, hay- tovur siz shu yo’sunda yuriy bersangiz, erta-indin o’g’uldan ajralasiz. Bu kalvak2 o’g’lingiz marg’ilonliqning es-higida qul bo’lib yotib oladir..." Animo Yusufbek hoji xotinining so’zini bu gal ham elamaydir, faqat: "Qo’yaber, xotin, o’zi sog’ bo’lsa, bir kun esini topar", — deb qo’yadir. Bir yarim oylar vaqtni Marg’ilonda o’tkazib, tag’in Otabek Toshkandga keladir. Tag’in ona-bola oralarida kina-ku- durat... Tag’in araz... o’n besh kun o’tmasdan yana Andijon safari, yana o’zbek oyimning fig’oni falakka... ... Bir oylab kechikkandan so’ng Otabek qaytib keldi va bu kelishining vij- don azobi va tilamagan bir taklifni eshitish uchungina emas, balki qabul qilish uchun bo’lg’anlig’ini payqadi. U1 bu gapni onasining ilgarigi achimsiq so’zlarini va arazlarini tugalganidan va o’rniga chuchuk so’zlar, silliq muomalalar bitib "eson- sog’ keldingmi, bolam"laridanoq sezgan edi. Bunday bo’lmag’ur taklifni eshitmas uchun o’zini chetka olib, otasi, ayniqsa, onasig’a yo’liqishdan qochib yurishka majbur bo’ldi. Ikki oradag’i bu qochish-quvish ishi uzoqqa cho’zilmay, bir kech mehmonxonada ota-o’g’ul so’zlashib o’lturganning ustiga o’zbek oyim kelib kiradi va o’lturmasdanoq hojiga imlab qo’ydi. Bu imqo’qni Otabek payqamag’an bo’lsa ham, lekin anuv gapni aniq shu majlisda ochilishig’a ko’zi yetib, chiqib ketish- ning ilojini qilolmadi. o’zbek oyim kelib kirgandan so’ng Yusufbek hoji bir necha vaqt o’ylab qoldi. o’zbek oyim depsinib-depsinib eriga qarab olar edi. Anchagina so’zsiz o’lturg’andan so’ng hoji muloyimona so’z ochdi. — o’g’lim, hali san eshitdingmi, yo’qmi, haytovur biz saning ustingdan bir ish qilib qo’ydiq... Otabek, ma'lumki, ularning "qilib qo’yg’an yoki qilmoqchi bo’lg’an ish- larini" albatta bilar edi. Shundoq ham bo’lsa bilmaganga solindi: — Aqllik kishilarning o’g’ullari ustidan qilg’an ishlari albatta nomaqul bo’lmas, — dedi. Hoji o’g’lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bil- may qoldi. Istehzo aralash xotinig’a qarab oldi. Yana orag’a jimjitlik kirdi. Bu so’zsizlik manosig’a o’zbek oyim tushuna olmag’an edi. Biroz qarab o’lturg’ach, yuragi qaynab ketkandek bo’ldi: — Biz saning uchun Olim ponsadboshining qizig’a unashib qo’ydiq... Endi san bilan to’y maslahatini qilishmoqchi edik... Otabek onasig’a bir og’iz so’z demay, ma'nolik qilib otasig’a qarab oldi. Hoji uyatliksumon "shundog’" deb qo’ydi. — Sizlarni ranjitib bo’lsa ham bir martaba uylangan edim-ku? Endi... — San uylansang biz ranjirmidik?— dedi kulib hoji. — Ranjimasalaringiz... Hoji tuzuklanib o’lturib oldi: — Bu ranjishdan emas, hojatdan, o’g’lim. — Nima hojat? — Hasanalining so’ziga qarag’anda, qayin otang qizini Toshkandga yubor- mas ekan. o’g’il o’sdirib katta qilg’an onangning bo’lsa oldig’a kelin qayg’usi keladir... Otabek onasig’a qaradi: — Bu kungacha kelinsiz ham yashab keldingiz, bundan keyin ham shusiz turib bo’lardi-ku, — dedi. o’zbek oyim marg’ilonliq tomonidan sihrlangan o’g’lig’a qarshi qizishib ket- di. Bir yillardan beri ichiga yig’ib kelgan kinasini to’kib berdi: — Man sani bu umid bilan boqib katta qilmag’an edim. San bizning nasli- mizni ko’tarish o’rniga, yerga urib bulg’ading. Biz sani Marg’ilon andisiga bunchalik mukkadan ketishingni o’ylamag’an edik, adabsiz... o’zingga qolsa shu marg’ilonliqni xoting’a hisoblab ketaberar ekansan-da, uyatsiz!.. Otabek ham qizishdi: — Xotin bo’lmasa nima, axir?! — Qoshliq, ko’zlik bir andi! — Andi deganingiz nima o’zi? Yusufbek hoji o’g’lini bosish o’rniga javob ber, degandek qilib iljaygan holda xotiniga qaradi. o’zbek oyim "andi" manosini bildirib, andilarning sihrini rad qilish uchun biroz tutiliqib qiynaldi: — Andi... andi... o’zi xitoymi, nima balo... o’zi qalmoqdan tarqag’an bo’la- dir. Tushunmagan bo’lsang, lo’lilarning bir toyifasi... Bu javobga Yusufbek hoji o’zini xaxolab kulishdan to’xtata olmag’anidek, Otabek ham kulib yubordi. Xotinining tirnoq ostidan kir izlab va davosining isboti uchun g’o’ldirashidan ortiqcha kulib kayflangan Yusufbek hoji ko’ziga chiqg’an yoshlarni artar ekan, jiddiyat bilan o’g’lig’a dedi: — o’g’lim, san onangning gapiga achchig’lanma. U1 har narsa desa faqat Marg’ilondan uylanganingga qarshilig’idan aytadir. Animo mendan so’rasang, Marg’ilondag’i na qudamiz va na kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmay- man, balki bizga quda bo’lmoqqa eng muvofiq kishilar edi, balli o’g’lim, deyman. Animo bizning hozirgi ba'zi bir raylarimiz sanga yotishib kelmas ekan, bunga haq- qing ham bor, lekin ikkinchi tarafdan bizni ham haqsiz tashlab qo’yma. o’g’lim, bizning sandan boshqa umid nishonimiz, hayot quvonchimiz yo’q. Dunyoda ko’rib o’taturg’an barcha orzumiz, havasimiz faqat sangagina qarab qolg’an. Biz xudoi taolog’a minglab shukur aytamizkim, san boshqalarning farzandidek eslik-hushlik bo’lding; kishilardek sen bilan iftixor qilolmasaq-da, san orqalik xijolat chekmasi- mizga ishondik. Ayniqsa, onangning saning tufayli kechiraturgan umidlari tobora ortib bordi. Bu kun onang saning oldingg’a tiz cho’kib va onang ko’ngli uchun men ham orag’a tushib sandan so’raymiz: san o’z xohishing yo’lida uylangan ekansan, rafiqang sanga muborak bo’lsin. Eslilik davosida yurgan ota-onang tilagi, albatta, shundan boshqa bo’lmas. Shu bilan birga saning sababi vujuding bo’lg’an bir kishi o’z hayoti ichida bolasi orqaliq bir orzu-havas kechirmakchi... Uning bu orzusig’a haq berasanmi, yo’qmi yana ixtiyor o’zingda... Hojining bu so’zi o’zbek oyimg’a nechog’liq yoqqan bo’lsa, Otabekni shu qadar yerga qaratqan edi. Hoji o’zidan oshirib so’zlag’an bu so’zlarini shu gap bilan tamomladi: — Bilgan topib so’zlar, bilmagan qopib, deganlaridek, onangning aytmakchi bo’lg’an so’zi faqat shu edi. Boyag’i gaplari bo’lsa o’z haqqini himoya yo’lida uning popisalarigina bo’lib, mendan ham ko’ra onangning fe'lini o’zing yaxshi bilasan... Otabek hamon sukutda, o’zbek oyim bo’lsa boshi bilan "shundog’" ishora- sini berar edi. Ota-ona orzusini ifo etishdan1 bir soniya ham o’zining ko’z o’ngidan xayoli ketmagan anuv ilohiy muhabbat uchun hech bir turlik kamchilik kelmasiga ishonsa ham hozir uning yuragini boshqa bir haqiqat tirnay boshlag’an va vij- donini faqat shu masalagina o’rab olg’an edi. Otabekcha, eng nozik sanalg’an bu masala qarshidag’i javob kutib o’lturg’uchilarni nihoyat zeriktirdi. — Bizni kutdirma, o’g’lim. Otabek mag’lub bir boqish bilan bu so’zni aytkuchi otasig’a qaradi va yalin- choq bir ohangda javob berdi: — Men sizlarding orzularingizni bajarishka — agar xursandchilig’ingiz shu bilan bo’lsa — har vaqt hozirman. Animo bir bechoraga ko’ra-bila turib jabr ham xiyonat... Hoji o’g’lining maqsadig’a darrov tushuna olmadi va so’radi: — Kimga, xotiningg’ami? — Yo’q, sizning oladirg’an keliningizga. o’g’lingizning vujudi bilan orzuin- gizni qondirish oson bo’lsa ham keliningiz qarshisida meni bir jonsiz haykal o’rnida tasavvur qilingiz. Yusufbek hoji yalt etib xotinig’a qaradi. o’zbek oyimning bo’lsa oladirg’an keliniga e'timodi yuqorilig’idan o’ylab-netib turmadi: — Mayli, bolam, buyoqni hozir san o’ylamay qo’y, — dedi. Otabek bir og’iz so’z aytmay sukut qildi. Yusufbek hojining esa o’g’lining so’zini to’g’rilig’ig’a, keyindan yuz ko’rsataturg’an ko’ngilsiz ishlarga aqli yetsa ham, animo bir mulohaza yuzasidan istiqbolning qorong’i ishlarini hozir uncha mulohaza qilib ko’rmadi: — Juda to’g’ri aytasan, o’g’lim, biroq onangning bir mulohazasizligiga boshdayoq men labimni tishiab qolg’an edim. Hozirda ham shu holda qol- moqqa majburman, — dedi va: — Biz hozir andishaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qo’yg’an, bizning oiladan lafzsizlik chiqishi menga maqul ko’rinmaydir. Otabek ota-ona orzusig’a o’z ta'biricha jonsiz haykal bo’lib rizoliq berdi. Animo o’z rizolig’ining sharti qilib to’ydan ilgari Marg’ilon borib kelishni va bir daraja ularga aytib o’tishni, shundan so’ng to’y boshlashni ahd qildi. Ishning yengil ko’chishiga so’yingan ona Otabekning bu shartiga lom demasdan ko’ndi va orzuliq to’yni tez boshlash uchun o’g’lini Marg’ilon ketmakka qistay boshladi... Ona oriusiga ko’ra Toshkentdan ham uylanishga majbur bo’lgan Otabek Kumushni qo’lga kiritishga astoydil ahd qilgan yovuz Homidning hiylalari tufayli suyuklisining uyidagilar tomonidan quviladi. Ammo aybi nimada ekanini bilolmaydi. Nihoyat, tortgan barcha azpblarining sababchisi Homid ekanligini bilgach, yolg’iz o’zi dushmanlariga qarshi omonsiz kurashadi va uch nafar jinoyatchini o’ldiradi. DUSHANBA KUN KECHASI Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini o’zining qora quchog’iga olg’an qorong’i bir tun edi va bulardan qaysi birlarining so’ng soatlari yetkanligi shu qorong’i tun kabi qorong’i edi. Otabek bu ikki hol- dan tabuy birisini bu soat o’zining ko’z o’ngida ko’rar va shunga hozirlanar edi esa-da, animo Homidning xayoli faqat gulgina iskar, gul sayriga oshiqinar edi... Olti qarich kenglikda uzundan-uzoq tor ko’cha, tor ko’cha boshida kichki- nagina bir eshikcha bor edi. Shom bilan xuftan o’rtasida bu ko’cha boshig’a bir yigit kelib to’xtadi-da, tevaragiga kishi bilmas qilib razm soldi. Kichkina eshikcha yonig’a yetkanda tag’in haligidek orqasig’a qarab qo’ydi. Biroz o’ylab to’xtag’ach, eshikning o’ng tomonidag’i devorning buzuq yeridan sekingina ko’tarilib may- donga mo’raladi. Eshikning qulf va zanjiri bo’lmay yuziga yopiq holda turg’an bo’lsa ham ul eshikka taqilmadi, mashaqqatlanib devorga mindi. Oy shom yeb yaxshig’ina qorong’i tushkan bo’lsa ham maydon ichining daraxtsizligi uchun tikkaygan cho’b ham ajraturliq edi. Maydonni kishidan holi bilgach, sekingina devordan o’zini maydonga oldi. Maydon ikki tanob kenglikda bo’lib, janubi qutidor va qo’shnisining imo- ratlari orqasidan va boshqa uch jihati ham shunga o’xshash binolardan iborat edi. Maydonga yozda nimadir ekilgan, chuqur-chuqur jo’yaklar tortilg’an va yer yomg’ur bilan ivib, bo’kib oyoq ko’tarib bosishga imkon bermas, har bir oyoq uzg’anda uch chorak loy barobar ko’tarilur edi. Qiynala-qiynala maydonning janubiga o’tdi. Uning chap qo’li tomonida bir uyning orqa devori bir bo’yra eni kesib tushirilgan bo’lib qorayib ko’rinar edi. U1 bu kesilgan o’rinni o’tkan kun kechasi kelib ko’rib ketkani uchun qaytadan qarab turmadi esa-da, lekin uning bu binog’a iltifotsiz qarashi mumkin emas edi. Bu tegi kesilgan bino Kumushning o’z uyi bo’lib, bu uy ichida Otabekning saodatlik kunlarining shirin xotiralari saqlanar va shu daqiqada ham uning hayot tiragi bo’lg’an Kumushbibi o’lturar edi. Otabek ko’zini to’ldirib binog’a qaradi, go’yo bu qarashda ul dunyo malaki bilan vidolashar edi. Uzoqqina binog’a qarab olg’ach, qo’ynig’a qo’l solib bir qog’oz oldi, xayol ichida qog’ozning taxlarini tuzikladi-da, qaytarib yana qo’ynig’a tiqdi. Shundan so’ng binog’a yana bir ko’z tashlag’ach, maydonning kunbotarig’a yurib, o’n besh adimlab haligi joydan yiroqlashdi. Tom shuvog’ig’a loy olingan zovur shekillik o’rinni kechagi kelishida biqinish uchun belgulab ketkan edi, kelib shunga tushdi-da, qo’lini chakkasiga qo’yib yoni bilan yotib oldi. Garchi osti ke- silgan bino bilan Otabek tushib yotqan loyxona bir-birisiga ro’baro’ edi, ammo imoratlarning ko’lagasi va kechaning o’tacha qorong’ilig’i orqasida loyxonada ki- shi bo’lg’anlig’ini payqash qiyin edi. * * * Tun yarim bo’lib, olding’i uxlag’anlar endi bir uyquni olg’an edilar. Maydon eshigi ochildi. Biri orqasidan biri yurib ikki ko’laga maydonga kirdi. Buni payqag’an Otabek xanjarini qinidan chiqarib qo’lig’a ushlag’ach, yuz tuban yer- ga uzandi... Ikki ko’laga so’zsizgina osti kesilgan bino yonig’a kelib to’xtadilar. Kelguchilarning biri Sodiq va ikkinchisi Mutal edi. Tumshug’ini yerga tirab yotqan mushukdek bo’lib Otabek ularni kuzatar edi. To’xtag’ach, shivirlab Sodiq so’radi: — Teshilayozg’anmikin? — Ozg’ina qolg’andir, deb o’ylayman, negaki, paxsaning enidan bir gaz chamasi joy ochilg’an! Mutal tovshini baralla qo’yib so’zlar edi, shuning uchun Sodiq dedi: — Tovshingni sekinroq chiqarsang-chi! Mutal belidan teshasini olar ekan, unga javob berdi: — Hali shundan ham qo’rqasanmi, balki hali ashulamni ham aytib yubo- rarman! — Jinnilig’ingni qo’y, Mutal aka! Men ham yoningda turaymi? — Turasanmi, yo’qmi ixtiyor o’zingda! Mutal kovakka kirib kovlashka tutindi. — Teshani qattig’ solma, — dedi Sodiq. — Menga o’rgatma, o’zim bilaman. Sodiq Mutalning ehtiyotsizligidan qo’rqdi, shekillik, biroz Mutalning ishiga qarab turg’ach dedi: — Bo’lmasa, men eshik yonig’a borib turay, teshildi deguncha hushtak ber. — Tuzik, hali Homid kuyaving qayog’da qoldi? — Ko’chaning boshida poylab o’lturgandir. Hushtagingni eshitkach, uni ham chaqiraymi? — Chaqir, — dedi Mutal va shitir-shitir kesak tushira berdi. Sodiq eshikdan chiqg’an ham edi, Otabek sekingina boshini ko’tardi-da, Mutal sari shuviy boshladi. Mutal esa yemirilib tushkan kesaklarni tashqarig’a surish bilan ovora edi... Shu vaqt uning qo’ltug’i ostidan uzatilg’an qo’l hiqildog’idan ombir kabi siqib oldi... Mutal kuchlik edi, animo Otabek undan ham kuchlik edi. Sapchib hiqildog’ini ajratish uchun bo’lg’an Mutalning birin- chi harakati bo’shka ketdi-da, chap biqinig’a o’tkir xanjar g’archcha botirildi... Animo ul hamon bo’shalishg’a kuchlanar edi va kuchlik qo’l battarroq uni siqar edi. Uch daqiqaliq kurashdan so’ng Mutal bo’shashdi, ilgarigi kuchlanishlar- dan qoldi va bir-ikki daf'a to’lg’anib jimgina jon berdi. Otabek eshik tomondan ko’zini uzmag’ani holda Mutalni sudrab o’zi biqing’an loyxonag’a olib bordi va qo’rqibqina hiqildoqdan qo’lini oldi. Mutalning boshi shilq etib loyxonag’a tushdi- da, mangulik uyqug’a ketkanligi ma'lum bo’ldi... Otabek bitta-bitta teshilgan bino yonig’a kelib eshik tomong’a hushtak berdi, javob hushtagi eshitilgach, tes- huk ichiga kirib o’lturdi. Teshukning yuqorisidan biroz tuynuk ochilg’an bo’lg’ani uchun ichkaridan quloqqa yengilcha pishillash eshitilar edi... Sodiq yaqin yetkan edi, kesmadan uzoqroqda turib shivirladi: — Teshdingmi, Mutal? — Teshdim, beri kel. Sodiq kesma yonig’a kelib engashdi. Engashgani hamono qo’l hiqildoqqa to’g’ri kelgan edi va xanjar qornig’a botirilg’an edi... Sodiq qo’lidag’i xanjari- ni bir-ikki qayta solib ko’rsa ham tegdirish uchun kesmaning tubanlig’i halal berdi, lekin o’zi tetuk edi. Otabek sapchib kesmadan chiqdi va bor kuchi bilan Sodiqni bosib tushdi... Bosib tushishi hamono allaqaysi yeri achishkandek sezil- di... So’l qo’li Sodiqning hiqildog’ida, xanjarlik qo’li Sodiqning xanjarlik qo’lida edi... Biroz kuchini yig’ib olg’ach, hiqildoqni bor kuchi bilan siqa boshladi. Sodiq xirillar, shunday bo’lsa ham qo’lidag’i xanjarni bo’shatmas edi. Eshik tomondan Homid ham ko’rinib qoldi... Yaqt tang kelgan edi... Sodiqdan ko’kragini qochirib xanjarlik qo’lini bo’shatdi va Sodiqning xanjari bir-ikki qayta uning orqasig’a kuchsiz-kuchsiz kelib tekkan edi. Xanjarini ikkinchi urishda Sodiq bo’shashdi va qo’lidan xanjari tushdi. — Homid akangga juda ham mehribon ekansan, Sodiq! — dedi bosib yotqan joyidan Otabek. — Joningni ham unga qurbon qilding! Sodiq ingranib qo’ydi. — Kim xirillaydir? — dedi yaqinlashib kelgan Homid. — Tezroq keling, Homid aka, Otabekni o’ldirdik!— dedi shoshib Otabek. — Ah! — deb yurib keldi Homid. Otabek Sodiqni qoldirib, Homidning xanjarlik qo’lini ushlab oldi. — Mutal o’ldi. Sodiq ham o’lim yoqasida. Endi siz bilan ikkimizgina qoldiq! Homid qo’lini bo’shatishqa tirishar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi: — Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarlik qo’lingizni bo’shataman hozir, animo shungacha ikki og’iz so’zim bor! Homid hanuz qo’lini bo’shatishg’a kuchanar edi. — Kuchanmangiz, Homidboy! — Mard yigit bo’lsang, qo’limni qo’y! — Oshiqma, qo’yaman, — dedi Otabek. Shu choqda oyoq ostida yot- gan Sodiq ko’tarilib-ko’tarilib o’zini otmoqda edi. Otabek Sodiqdan nariroqqa Homidni boshladi. Homid tig’izlik bilan surildi. Xanjarlik qo’li bilan tuynukka ishorat qilib, Otabek so’z boshladi: — Siz mendan ham yaxshi bilasizki, shu uyda sizni allaqancha mashaqqatlarg’a solg’an, cheksiz jonivorliqlar ishlatkan va hisobsiz tillalar to’kdirgan, nihoyat shu daqiqag’a keltirib to’xtatqan birav uxlaydir. Agarda sizning manim tilimdan yozib bergan taloq xatingiz durust hisoblanmasa, bu uxlag’uchi manim halol rafiqam bo’lib, ikki yildan beri man ham uning ko’ykla sargardonman. Demak, siz bilan manim oramizda shu birav uchun kurash boradir. Lekin siz shu choqqacha manim ustimdan muvaffaqiyat qozonib keldingiz: qora choponchi, deb dor ostilarig’acha olib bordingiz, Musulmonqul qo’lig’a topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz chiqg’ach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillab rafiqamdan ayirib turishka 11111- vaffaq bo’ldingiz, bu orada gunohsiz bir yigitni ham o’ldirdingiz. Nihoyat o’g’riliq yo’lig’a tushib, ikki yigitingizni manim qo’limda halok qildingiz... Endi menga javob beringiz-chi: bu yomonliqlaringizda haqlimi edingiz? — Haqli edim!— dedi Homid va siltab xanjarlik qo’lini bo’shatib, chalqan- cha yiqildi. U1 qo’lini bo’shatqan choqdayoq Otabek ishini to’g’rilag’an, ya'ni Homidning qornini shir etdirib, yorib yuborg’an edi. Homid holsizlanib yotar ekan, uni besh qadam naridan kuzatib tek turg’uchi Otabek zaharxanda ichida: "Haqlimi eding?" — deb so’radi. Kuchanib: "Haqli edim!" — dedi Homid va qo’lidag’i xanjarni Otabekka otdi, xanjar Otabekning yonig’a kelib tushdi... Otabek kushxona o’rnidan eshikka qarab qo’zg’alg’an edi, Homiddan besh- olti qadam narida yotqan Sodiqning "hmmm" degan tovshi eshitildi. Otabekning ko’ngli allanuchuklangani holda maydondan chiqdi... Savol va topshiriqlar 1. O’zbek oyimning tabiatiga xos jihatlarga e'tibor qiling. 2. Asar matnidan uning "dumbul"ligini anglatuvchi o’rinlarni aniqlab, sharh lang. 3. O’zbek oyimning Otabek bilan munosabati tasviriga tayanib, uning shaxsi yati haqida to’xtaling. 4. Romandagi: "Aqllik kishilarning o’g’ullari ustidan qilg’an ishlari albatta noma'qul bo’lmas, — dedi. Hoji o’g’lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bilmay qoldi" tasviridagi ota holati sababini izohlang. 5. Ikkinchi marta uylanish haqidagi talabga ko’nishga majbur bo’lgan Otabekning ruhiy holatini izohlashga urinnig. 6. Yusufbek hojining: "Biz hozir andishaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qo’yg’an: bizning oiladan lafzsizlik chiqishi menga ma'qul ko’rinmaydir", — degan mulohazasini sharhlang. 7. Asarda qonli voqea ro’y bergan kecha qanday tasvirlanganiga asoslanib, yo zuvchi mahoratiga to’xtaling. 8. Asardagi: "...uning bu binog’a iltifotsiz qarashi mumkin emas edi" tasvirini izohlang. 9. "Otabek ko’zini to’ldirib binog’a qaradi, go’yo bu qarashda ul dunyo malaki bilan vVdolashar edi" so’zlari qahramonning qanday holatini ifodalayotir? 10. Mutal bilan Sodiqning suhbati tasviriga asoslanib, ularning shaxsiyatini tav siflang. 11. Roman matniga tayanib, Homidning fe'liga xos xususiyatlarni izohlang. * * * Shaxsiy hayoti yo’Iga tushmagan Otabek yurtning notinchligi, elning abgor- ligini ko’rib, yana azpb chekadi. Shunday kunlarning birida Toshkentda qipchoqlar ayovsiz qirg’in qilinganini ko’radi va bu ishga o’rdaga yaqin kishilardan bo’lmish Yusufbek hoji ham qatnashgan deb o’ylab otasidan ranjiydi. Buni sezgan donish- mand ota mamlakatning ayanchli buguni va tahlikali ertasi to’g’risida o’g’li bilan flkrlashadi... ... Yusufbek hoji ertalab choyni Otabek bilan birga ichish uchun mehmon- xonag’a chiqdi. Otabek tersaygancha kelib choyg’a o’lturdi, otasig’a salom ber- madi. Chunki ul o’z otasini qipchoq qirg’inining bosh omillaridan deb qaror qo’yg’an edi. Choy yarimlay yozdi. Oradan churq etkan so’z chiqmadi. Nihoyat, o’g’lig’a yengillik berish niyatida hoji tilga keldi: — Xafa bo’lma, o’g’lim. — Sizlarga o’xshab, — dedi istehzolanib, — quvonaymi? Hoji o’g’lining qandog’ flkrda va nima uchun tersayganini bildi. — Yanglishasan, o’g’lim. — Rajabbeknikidagi majlisda, — dedi zaharxanda bilan, — bu yirt- qichlarning rejachisi kim edi? Hoji entikdi va: — Rajabbeknikida bo’lg’an majlisni sen bilasanmi?.. — deb so’radi. — Bilaman. — Bilsang, — dedi hoji, — manim ustimga mundog’ tuhmat orttirishdan uyal, bola! — Rajabbeknikida bu kengash bo’lmag’anmidi? — Bo’lg’an edi. — Bo’lg’an bo’lsa, tag’in nega o’zingizni quruqqa olasiz? Yusufbek hoji bo- ladan kulgandek qilib iljaydi. — Ba'zi yengil muhokamalaring onangnikidan qolishmaydir, Otabek! — dedi. — Majlisdan xabaring bo’lg’an bo’lsa, kim qaysi fikrda qolg’anini ham bilarsan? — Yo’q. — Majlisda nimadan bahs qiling’anini-chi? — Majlisda nima muzokarasi bo’lg’anini ham bilmayman va lekin o’sha majlis faqat qipchoqlarga qatli 0111 uchun yig’ilgan ekan, deb kecha ishondim. Majlisingiz azolarining sizdan boshqasi nega yigit to’plab, Qo’qong’a ketdilar va ular Qo’qong’a yetmaslaridanoq nega bu vahshat boshlandi? — Bu muhokamang to’g’ri, animo otangni ham shu jonivorlar orasig’a qo’shib o’ltirishing qisqalig’ingdir, — dedi. Ko’ziga yosh oldi. — o’zing o’ylab ko’r o’g’lim, o’z qo’limiz bilan o’zimiznikini kesishimizdan mamlakat uchun qanday foyda bor? Basharti men bu vahshatka ishtirok qilg’an bo’lsam, qaysi aql va qanday manfaatni kuzatib qo’shilishqan bo’laman? Agarda manim yurt so’ramoqqa va shu vosita bilan boylik orttirmoqqa orzum bo’lsa, boshqalardan ham ko’ra o’z o’g’limg’a — senga ma'lum bo’lmasmidi? Nega har bir narsaga yetkan aqling shunga qolg’anda oqsaydir. Nega yong’an yurakimga yana sen ham zahar sochasan?! Titralib va to’lqunlanib aytilgan bu so’zlar Otabekni o’kintirdi, o’lganning ustiga chiqib tepish qabilidan bo’lg’an o’z hujumining haqsiz ekaniga tushundi. Yusufbek hoji bitta-bitta yotig’i bilan majlis haqida bayon qilib, o’zining qarshi tushkanini va ularga uqdira olmag’andan keyin, majlisni tashlab chiqib ketkanini so’zladi... ...Otabek o’zining o’rinsiz gapidan uyalg’annamo yerga qaradi va bir mun- cha vaqt fikrga ketib o’lturg’andan so’ng so’radi: — Yirtqichlarning bu qirg’indan qanday muddaolari hosil bo’larkin? Maqsadlari juda ochiq, — dedi hoji, — bittasi mingboshi bo’lmoqchi, ikkinchisi Normuhammad o’rnig’a minmakchi, uchinchisi yana bir shaharni o’ziga qaram qilmoqchi. Xon ersa Musulmonqulg’a bo’lg’an adovatini qip- choqni qirib alamdan chiqmoqchi. Menga qolsa o’rtada shundan boshqa hech gap yo’q, o’g’lim, — dedi va biroz to’xtab davom etdi: — Men ko’b umrimni shu yurtning tinchlig’i va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, o’zimga azob- dan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg’iz o’z manfaati shaxsiyasi yo’lida bir-birini yeb-ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib, bizning odam bo’lishimizg’a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg’an bo’lsaq, yaqindirki, o’rus istibdodi o’zining iflos oyog’i bilan Turkistonimizni bulg’atar va biz bo’lsaq o’z qo’limiz bilan kelgusi naslimizning bo’ynig’a o’rus bo’yindirig’ini kiydirgan bo’larmiz. OY ETAK BILAN YOPILMAS Choy tugalgan edi. Otabek fotiha o’qub, o’rnidan qo’zg’almoqchi bo’ldi. — Turma! Yusufbek hoji tarafidan berilgan amirona bu buyruq Otabekni qaytadan o’lturub qolishg’a majbur etdi va otasig’a "nima xizmatingiz bor?" degandek qilib qaradi. Yusufbek hoji bir so’z demasdan sallasini olib tizzasiga qo’ydi, bosh qashinib yana sallasini kiydi. Dadasining salla olib, bosh qashinishi keyinidan ko’pincha o’zini bir tergav ostida ko’rar edi. Shuning uchun yana bir martaba dadasiga qarab qo’ydi. Chini bilan ham hojining tusidagi boyag’i hasrat va qayg’u alomatlari yo’qolib, ularning joyini sharq otalig’i vaziyati oldi. — Marg’ilonda nima ishlar qilding? Kutilmagan bu savolga Otabek nima deb aytishni bilmay qoldi. Javob o’rnig’a havli tomong’a qarandi. — Sendan so’rayapman, Otabek. — Sizga xabar berguvchi nima ishlar qilg’animni ham aytkandir... — Jo’n odamlar qatorida odam o’ldirib yurdim, degin? Otabekning yuzida kulimsirash bilindi. — Jo’n odamlar qatorida emas, — dedi, — majburlar qatorida, zo’rlang’anlar qatorida... Hoji davom etdi: — Kishining boshig’a bir ish tushkanda, darrav biravdan kengash va yor- dam so’raydir. Hatto, ota-onasidan ham sir saqlag’an bir yigitni o’z o’g’lim bo’lib chiqg’ani menga qiziq ko’rinadir. Qayin otang menga bir xat yozibdir, o’qib-o’qib mazmunig’a tushunolmay hayron bo’laman. Oy sayin Marg’ilon borib turar edi- ku, deb o’ylayman. Xatni ikki-uch qayta o’qib chiqg’andan keyin, bilsam haqi- qat shul emish... Mirzakarimning yozg’anig’a qarag’anda bir muncha yang’lishliq undan ham o’tkan ko’rinadir va lekin sening bolalig’ing oldida uniki holvadir... Yaxshiki, bu aqlsizlig’ing boshqalarning boshig’a ko’ringan... o’zing ayt, agar menga shu kasalingni bir og’iz bildirsang, men qayin otangg’a xat yozmasmi edim, Hasanalini yuborib, haqiqatni ochmasmidim va bu taqdirda odam o’ldirib yurishlarg’a qanday hojat qolar edi? Otabekning boshig’a bu gaplarning bir harfi bo’lsin o’rnashmas va o’zi kut- kan natijaga borib yetish uchungina qiynalar edi. — Shuncha ishlarni qilib, nega oxirda qayin otangg’a yo’liqmay kelding? — Shunga majbur edim. — Marg’ilong’a endi qachon borasan? Otabek o’ylanib qoldi. Chunki bu "qachon borish" masalasini yaxshilab yeshmak kerak edi va uni yeshmak ham qiyin edi. Uzoq o’ylag’andan keyin: — Ma'lum emas, — dedi. Garchi, bekning yuragi hozir bo’lsa ham Marg’ilonga qarab uchishka tayyor edi. Biroq uning yuragidan ham kuchlik bo’lg’an yana bir narsa bu "borish" masalasini chuvaltirib "ma'lum emas" bir holg’a qo’yg’an edi. — Qayin otang kelin bolani olib shu hafta ichi yo’lg’a chiqmoqchi ekan, — dedi hoji, — tarixiga qaraganda xatning yozilg’anig’a o’n kunlab bor, ehtimolki, erta-indin kelib qolsalar. To’rdagi uyni bo’shatdirib, polos yozish kerak edi... U1 bu gapni eshitar ekan, borliq-yo’qliq — ishqilib, allaqandog’ qiziq bir holat kechirdi. Issig’ bir narsa badaniga tegib ketgandek, hurkinib qo’ydi va "nihoyat endimi?" degandek entikdi. Ko’z o’ngidan biravning surati o’tib sar- xushlandi va til bilan onglatib bo’lmasliq bir sog’inish chidamsizligi ichida bu ivir-jivir holatdan gangib ko’z ochdi. Ko’z ochdi, biroq o’ziga "nima deysan" deb qarab turg’uchi otasig’a muvofiq bir javob berishni bilmadi. Yusufbek hoji esa o’g’lining bu sustlikka o’xshab ko’ringan holini yomong’a yo’ydi. Marg’ilon degan shahardan katta o’zini kichik olib qizi ila kelayotg’an Mirzakarim akaga o’g’lining xo’rliq keltirishidan cho’chidi. Shunga binoan Otabekni epaqag’a olish uchun unga kulki tuyulgan bir qancha nasihatlarni chizdi: — o’g’lim, — dedi, — siylag’anni siylash kerak, endi senga qadrsizlang’an bo’lsalar, animo bizning qoshimizda ularning qadr-qiymatlari yuqori, qutidor bo’lsa ko’z ochib ko’rgan qudamiz, xotining bo’lsa bosh kelinimiz. Agar sen meni otam deydirgan bo’lsang, shularning ko’nglini olmoqqa tirish. Qayin otangdan meni quvladi, deb ko’ngling olinmasin, chunki u bechora ham bir shaytonning vasvasasi bilan bu xatoga tushgan. Har holda hurmatlarini bajo keltir, Marg’ilon degan shahardan sening yuzingni, deb keladirlar. Otasining bu so’zlari uning istiqboli uchun yaxshi tanunotlar berar, go’yo maj- buriyat ostida ota nasihatini quloqg’a oladirg’andek bo’yin egib o’lturar edi. — Agar ularning kelish kunlarini aniq bilsak, — dedi hoji, — sen yo’ldan qarshilab kirar eding. Otabek javob bermadi. — Har holda o’ttasi kun mo’ljal, sen chiqmasang ham Hasanali chiqsin yo’lg’a. — Mayli, chiqsin, — dedi Otabek. MAKTUB Hoji shu javobdan keyin o’g’lidan bir daraja qanoatlandi va choyga fotiha o’qub, o’rnidan turar chog’ida yonidan bir xat chiqarib uzatdi: — Xatning ichidan chiqdi. Kelindan senga bo’lsa kerak, — dedi. Otabek maktubni olib otasining ketishini kutib qoldi. Xat sakkiz buklanib, qizil ipak bilan bir-ikki yeridan chatilg’an va Otabekka atalg’an edi. Otasining uzoqlashishini kutar ekan, yuragi yomonlag’an otdek tipirchilar edi. Tikilgan ipaklarni so’kdi va maktubni ochib och ko’zini ishka qo’ydi: " Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidin, Majnun ishqida yig’lag’an Layli oti- dan sizga boshimdag’i sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan hadd-u hisobsiz gunoh, sizdan—kechirish. o’tgan ishga salovot. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish manim uchun o’sha kunlarni qaytadan boshdan kechirish- lik singari, ul kunlarni siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so’zimni o’zimning oxirgi, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman. Siz — qochqoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozgandek bo’lib qochqansiz, ikki yil bo’yi Marg’ilon kelib yurishlaringizni men o’zimcha yesh- dim, lekin topib yeshdim: sizning barcha mashaqqatlaringiz — dushmanla- ringizdan o’ch olish uchun bo’Ig’onini ongladim. Yo’qsa, meni ko’rar edingiz, ko’rgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni ko’rar edilar, to’yar edilar... Men kabi baxtsiz, men kabi g’ovg’asi ko’b sizni zeriktirib, jondan to’ydirg’an bo’lsa, ajab emaski, qocha boshlag’ansiz... Qochsangiz qochib ko’ringiz, ammo men bu kundan boshlab birovlarni quvishqa bel bog’ladim: otam bilan onam rafoqatlari- da xizmatingizg’a-cho’rilig’ingizg’a erta-indin yuraman, suyganingiz kundashim oldida qadru-qiymatimning nima bo’lishini ham bilaman... Siz olijanobsiz: eski qadrdonliq xurmatiga ko’ngil uchun kulib boqarsiz. Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas'uda qilarsiz, ammo... suyganingiz — kenjangizning jekirishlaridan, qarg’anishlaridan behad qo’rqaman, o’zimda yo’q qo’rqaman. Shu yaqin oradag’i uning bilan bo’ladirg’an mas'ud daqiqalaringizda xudo yo’liga va'da olingiz-meni og’ritmasin, raqibam keldi deb o’ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do’stka bir cho’rilik va shu munosabat bilan birovlarni ko’rib yurish... Xatim oxirida shuni ham aytib qo’yay: o’ch qaytib, men ham ko’chadan hay- dalmasam edi, degan havf hamisha ko’nglimda. Agar Xudo yarlaqab eshikingizda o’rinlashib olsam, uyog’ini o’zim bilar edim... Erta-indin ko’zimga yo’l ko’rinur, Yo 7 bosishliq ko 'ngilga bir umr ko 'rinur... 3-nchi hamal, Marg’ilon Kumushingiz yozdim" Otabek Kumush aytgandek kundash, ya'ni Zaynabdan uncha qo’rqmasa ham, animo dardning eng da'vosizi bo’lg’an onasi to’g’risida yuragi titrardi. Umrining eng qiymatlik kunlarini og’ulag’an, ikki yil bo’yi daVosiz dardga mubtalo qilg’an, yaramas va ishonchsiz yo’llarda sanqishiga sabab bo’lg’an o’z onasi emasmidi? Ya raqiblarga, dushmanlarga yo’l ochib bergan shu onaning orzusi emasmidi? Butun shaharni alg’oq-dalg’oq qilib ko’hlik qiz qidirg’an, nihoyat chiroyli- likda tanho, aqllilikda yakto topib, to’ylar, tomoshalar, orzu va xavaslar bilan o’g’lig’a: "Xotin bu bo’libdir!"— degan iftixor va mag’ruriyat ila taqdim qilg’an suyukli kelini ustiga go’yo o’chakishgandek keladirg’an Marg’ilon parisiga nima va qanday muomala qilar edi. Kumush kundashining jerkirishidangina cho’chig’an ho’lsa, Otabek bu cho’chishni o’zining ko’lagasida qoldiraturg’an onasi to’g’risida tamom aqlini yo’qotib qo’ydi. Savol va topshiriqlar 1. Otabekning otasiga sovuq muomalasi sababini izohlang. 2. Yusufbek hoji aytgan gaplarga tayanib, uning shaxsiga tavsif bering. 3. Romanda Turkistonning ayanchli ahvoli qanday aks ettirilganini izohlang. 4. Yurtimizdan o’tgan daholarga Yusufbek hoji munosabati ifodasiga to’xtaling. 5. Otabekning: "men bu jonivorliqni xoh-noxoh ishlashka majbur bo’ldim" tar zidagi iqrorini tushuntiring. 6. Ota bolaning savol javobiga asoslanib, ularning shaxslarini tavsiflang. 7. Otabekning "...natijani tezroq eshitib olish uchun uning yuragi qaynag’an oshdek shopirilar edi" holati sababini toping. 8. Kumushning maktubiga tayanib, uning shaxsiyatiga xos xususiyatlarni ko’rsating. "O’TKAN KUNLAR" ROMANI To’G’RISIDA "o’tkan kunlar" Abdulla Qodiriyning bosh asaridir. Yozuvchi asar mav- zusini bekorga o’tgan kunlardan olmagan. Chunki buguni mustahkam, ertasi poydor bo’lishini istagan har bir xalq o’tmishini yaxshi bilishi kerak. Adib millat tarixining "eng kirlik, qora kunlari"ni tasvirlash asnosida xalqning asl manaviy qiyofasini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Yozuvchi asarda tarixning eng chir- kin paytlarida ham millat hayotida yuksak ma'naviyatli yorqin shaxslar va yorug’ jihatlar bo’lganligini aks ettiradi. Lekin u romanda xalq va uning o’tmishini quruq ulug’lash yo’lidan bormaydi. Balki millat tabiatidagi qoloqlik va tanaz- zulga sabab bo’lgan illatlarni ham shafqatsiz xolislik bilan ko’rsatib beradi. Millat o’zining yuksak va tuban jihatlari bilan to’la aks ettirilgani uchun ham asar xalq orasida keng tarqalib ketdi. o’z davrida "o’tkan kunlar" romanini o’qish uchun navbat kutib turganlarning sanog’iga yetib bo’lmas, asarni to’la yodlab olgan kitobxonlar ham bor edi. Asarda xalqning baxtsizligi, millat rahnamolarining kaltabinligi, hukm- dorlarning ma'rifatsizligi, ommaning johilligi singari holatlar bot-bot tilga olin- gan. Romanning bosh qahramonlari novdaligidayoq xazon etilgan, asar ulkan fojia bilan tugagan bo’lsa-da, unda qandaydir bir yorug’ ruh hukmronlik qiladi. Kitobxon g’am botqog’iga botib ketmaydi. Chunki adib odamlarimiz, xalqimiz tiynatidagi nurli jihatlarni sezgirlik bilan ilg’ab olib, tasvirlay biladi. Shu bois barcha umidlari kesilgan taqdirlar tasviri bilan tanishgan kishida ham umidsizlik kayfiyati paydo bo’lmaydi. Chinakam iste'dod xususiy holat misolida hodisaga tegishli umumiy belgi- larni ko’ra olish qudratiga ega bo’ladi. "o’tkan kunlar"da Qodiriy iste'dodining shu jihatlari namoyon bo’lgan. o’zbek xalqining go’zal odobi, cheksiz andishasi, katta-kichik, uzoq-yaqin kishilarning o’zaro muomala-munosabatlaridagi yuksak madaniyat, millat tur- mush yo’sinidagi o’xshashi yo’q tartiblar yozuvchining sanatkorligi tufayli jonli baduy lavhalarda shu qadar mahorat bilan ko’rsatilganki, o’quvchi bu xilda- gi tirikchilik yo’rig’iga ega xalq va uning yetuk vakillarini yaxshi ko’rib qo- ladi. Qizig’i shundaki, yozuvchi biror o’rinda bo’lsin xalqni maqtamaydi, atay uning fazilatlarini ko’rsatishga urinmaydi, tashviq qilmaydi. Lekin qahramon- lar tutumini shunday tasvirlaydi, odamlarning o’zaro munosabatlarini shunday ko’rsatadiki, o’zbeklar haqida ijobiy fikrga o’z-o’zidan kelinaveradi. Bu jihatdan, ayniqsa, Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Alim, Hasanali, Mirzakarim qutidor, Oftob oyim, Normuhammad singari personajlar tasviri xarakterlidir. Asarda bu timsollarning taqdir sinovlaridan o’tishdagi sifatlarini tasvirlash asnosida xalq- ning fazilatlari namoyon qilingan. Nazariy ma'lumot BADIIY ASARDA MILLIY RUH IFODASI Bu dunyoda odamlar millatlarga bo’linib yashashadi. Har bir millat o’z makonida o’ziga xos tartibga amal qilib yashagani uchun boshqa millatlardan qaysidir bir jihatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, har bir odam, katta-ki- chikligidan qat'iy nazar, bolaligidan o’zining biror millatga tegishli ekanligini bilib o’sadi. Oila va maktabdagi tarbiya tufayli odamda: "Men — o’zbekman" yoki "Men — qozoqman", — degan tuyg’u bo’ladi. Xuddi shu tuyg’u milliy ruh- dir. Millatning o’ziga xosligini tayin etadigan eng katta va asosiy belgi esa tildir. Tilini unutgan odamda millat tuyg’usi bo’lmaydi. Milliylik — tashqi belgi emas. I ichki holatdir. Biror millatning vakili o’zining qaysi millatga mansubligini bilsa va shu bilan faxrlansa, unda millat tuyg’usi shakllangan bo’ladi. Kimki bunga befarq qarasa, uning tashqi ko’rinishi, kiyimi, qosh-u ko’zi, hujjatiga nima deb yozilganidan qat'iy nazar milliy tuyg’udan mahrum kishidir. Millatini tanimaslik va u bilan faxrlanmaslik ulkan baxtsiz- likdir. Bu ota-onadan yuz o’girishga o’xshaydi. Ota-onani tanlab bo’lmaganidek, millatni ham tanlamaydilar. Uni boricha qabul qilish, avaylash, uning har jihatdan yuksalishiga hissa qo’shish lozim. Ayni shu holatlarning baduy adabiyotda aks etishi baduy asarning milliyligi bo’ladi. Adabiyotda milliylik bu — asarda xalq, millat turmushi manzaralarini, milliy urf-odatlarni, millat vakillariga xos xususiyatlarni ko’rsatishdangina iborat emas. Biror asl baduy asar o’zbek tilida yaratilganining o’zi bilan milliydir. Agar unda faqat til emas, balki qahramonlarning tabiatini tasvirlash yo’sini ham o’zbekcha bo’lsa, u chinakam milliy asardir. "o’tkan kunlar" romani milliy ruh juda bo’rtiq aks etganligi bilan ajra- lib turadi. Otabekning ota-onasi bilan, qutidor va Oftob oyimlarning qudalari hamda kuyovlari bilan munosabatlari tasvirlangan o’rinlarda faqat o’zbekkagina xos fikrlash va tasirlanish yo’sini juda go’zal ko’rsatilgan. Romanda milliy ruh- ning ifodasi milliy urf-odatlar aks etgan manzaralar tasviridagina emas, balki qahramonlarning sezimlari, o’y-xayollari aks ettirilgan o’rinlarda ham bor bo’yi bilan namoyon bo’lgan. Otabek o’ziga mutlaqo yoqmaydigan qaror qabul qilgan onasiga qo’pollik qilmaydi, yuziga tik qaramaydi. Shuningdek, o’g’il biror o’rinda o’zining Kumushni yaxshi ko’rishini ota-onasiga ochiq aytmaydi. Otabek bunday harakatlardan andisha qiladi, o’ziga nomunosib hisoblaydi. Kumush Otabekni nikoh kechasida ko’rganda "Siz o’shami?" deb entikkani- da, er-xotin uzoq judolikdan keyin diydor ko’rishgach, Kumush "Siz qochoqsiz" deb Otabekning yuziga sekingina shappatilab, erkalaganida milliy ruh yorqin namoyon bo’ladi. Asarning milliyligi odamdagi ayni shunday nozik, ko’zga tashlanavermay- digan jihatlarni topib tasvirlashda namoyon bo’ladi. Milliy ruh yaqqol aks etgan asarlarda personajlarning xatti-harakatlari, o’ylari, sezimlari faqat muayyan mil- lat vakiliga mansub ekanligi o’z-o’zidan anglashilib turadi. CHo’LPON (1897—1938) Hayot va ijod yo’li. Shoir, dramaturg, uosir — Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon 1897- yili Andijonda tug’ildi. Professor Naim Karimov, ayrim xotiralarga tayanib, Cho’lponni 1898- yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Otasi Sulaymonqul Muhammad Yunus o’g’li ma'rifatll, bilimli ziyolilardan bo’lib, asli savdo bilan shug’ullansa-da, sheVlar ham yozib turgan. Onasi Oyshabibi maxsus tahsil ko’rmagan, ammo ko’ngli ochiq, suhbati yoqimli, ertag-u qo’shiqlarni ko’p biladigan ayol bo’lgan. Cho’lpon dastlabki ta'limni o’z mahallasidagi maktabda olib. saboq- doshlaridan o’tkir xotirasi bilan ajralib turgan. U qisqa fursatda savod chiqarib, Quroni Karimni yod oladi. Zamon talabiga ko’ra, o’g’lining rus tili va mada- niyatidan ham xabardor bo’lishini istagan otasi Abdulhamidni Andijondagi rus-tuzem maktabiga o’qishga bergan. Bo’lajak shoirga rus-tuzem maktabida Botish(G’arb) adabiyoti bilan tanishish imkoni tug’ildi. Bu maktab saboqlari bit- gach, mulla Sulaymonqul iste'dodli o’g’lini madrasaga topshirib, yetuk mudarris qilmoqchi bo’ldi. Abdulhamid madrasada fors va arab tillarini o’rgangan. Lekin bu davrda buyuk boshqird olimi Zaki Validiy va yosh o’zbek adibi Fitrat asarlari tasirida turkchilik g’oyalari, jadid qarashlari bilan tanishgan Cho’lpon mudar- ris emas, "o’zbek milliy yozuvchisi" bo’lishga ahd qiladi. LTydagilardan ruxsat olmay, Toshkentga ketib, ijod bilan shug’ullanadi. I turk, rus, fors tillari vosita- sida dunyo adabiyoti durdonalarini o’qidi. Bolaligidan sherlar yozib yurgan Cho’lpon o’z yozmalarini "Sadoyi Turkiston", "Sadoyi Farg’ona", "Turkiston viloyati gazeti" kabi nashrlarda "Qalandar", "Mirza qalandar", "Q.", "Andijonlik", "Cho’lpon" taxalluslari bilan chop ettirgan. Keyinchalik "Cho’lpon" uning asosiy taxallusiga aylanib qoldi. 1914- yilning 18- aprelida "Sadoyi Turkiston" gazetasida Cho’lponning "Turkistonli qarindoshlarimizga" degan she'ri bosildi. Oradan o’n bir kun o’tib, shu yerda uning "Qurboni jaholat" hikoyasi chop etildi. Shu yili yosh qalamkash o’z ijodining mohiyatini ifodalab bergan "Adabiyot nadur?" maqolasini e'lon qil- di. Sal o’tib, "Do’xtur Muhammadiyor" hikoyasi bosildi. Xullas, qisqa fursatda Cho’lpon yangi adabiyotning yorqin yulduzi sifatida tanildi. Aziz o’quvchi! Cho’lpon deyarli sizning yoshingizda yozgan "Adabiyot na- dur?" maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqida adabiyotning o’rni haqida o’ta jiddiy o’ylaydigan bilimdon o’spirin ekanligini namoyon etadi. Uning: "Ha, to’xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo’lsa, maishat yo’lida har xil qora kirlar birlan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa, millat yashar", — degan so’zlari uning qanchalik katta aql va ulkan bilim egasi ekanligini ko’rsatadi. Cho’lpon adabiyotni tashviqot quroli, ma'rifat tarqatish vositasi, aqlni o’stirish yo’ligina deb bilmaydi. Baduy adabiyot kishining ongigagina emas, balki tuyg’ulariga ham ta'sir qilishi, uni muvozanatdan chiqarishi, hislarini junbushga keltirishi lozimligini hisobga oladi: "Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, ...o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun, faqat vu- judimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydur- gan, o’tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma'rifat suvi, ...chang va tuproqlar to’lgan ko’zlarimizni artub, tozalaydurgan buloq suvi bo’lganlikdan bizga g’oyat kerakdur". Bu so’zlar hali o’spirin Cho’lponning naqadar uzoqni ko’ra oladi- gan, ko’p o’qigan, masala mohiyatiga chuqur kira biladigan kishi ekanligini anglatadi. Rossiyadagi siyosiy to’ntarishlar davrida u bir muddat Orenburgda yashab, boshqird hukumati mahkamasida kotib lavozimida ishladi. So’ng Toshkentga qaytib, 1920- yilga qadar TurkROSTA muxbiri bo’ldi. Bu yillar ziyolilar uchun o’z yo’lini izlash davri edi. Cho’lpon ham Fitrat boshchiligidagi "Chig’atoy gurungi" to’garagi majlislarida qatnashib, millat va vatanga yaxshiroq xizmat qilish yo’llarini izladi. 1920- yili Bokuda o’tkazilgan Sharq xalqlarining qurultoyi Cho’lpon qarashlarining rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. U aynan shu yerda vatan ravnaqiga jon tikkan millatchi shoirlik yo’lini qat'iy tanlab oldi. O’rni kelganda aytish kerakki, "millatchi" so’zi, turkiy tillarda o’z mil- latini sevgan, butun harakatini uni yuksaltirishga qaratgan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Sho’ro zamonida uning ma'nosi atay "boshqa millat vakillarini yo- 111011 ko’radigan kishi" tarzida buzib talqin etildi. Ayniqsa bu so’z Cho’lponga nisbatan xuddi tamg’adek «yopishtirildi». Aslida tug’ilib o’sgan yurtini, yonma-yon o’sib ulg’aygan vatandoshlarini sevgan, ular taqdiriga befarq qaramagan Cho’lpon bunday noo’rin kamsitishlardan juda yuksak edi. Cho’lpon o’zga millatlarga, zinhor, yomon nazar bilan qaramagan. Faqat u o’zbeklarni ham dunyoning baxtli xalqlari qatorida ko’rishni istagan. Istaganda ham astoydil, jon kuydirib, hayotini baxshida qilib... Bokudan qaytgach, Cho’lpon Fitratning taklifiga ko’ra Buxoroga bordi va 1921—1922- yillarda o’zbek tilidagi "Buxoro axbori" gazetasini boshqardi. Bu davrda gazeta o’zbek tilini rasmiy til sifatida yoyish, buxorolik mehnatkashlarni siyosiy hayotga jalb etish, adabiyot va sanatni rivojlantirish bo’yteha yetakchi nashr mavqeiga erishdi. 1922-yilda shoir Toshkentga qaytib keladi. U "Inqilob" jurnali bilan ham- korlik qiladi, endigina dunyoga kelayotgan o’zbek professional teatrini shakllanti- rish, uni baduy barkamol asarlar bilan ta'minlashda ishtirok etadi. 1923-yilda Cho’lpon Andijonda yangi chiqa boshlagan "Darxon" gazetasiga ishga yuboriladi. Bir yildan so’ng gazeta yopilgach, u Toshkentga qaytib keladi. Shu vaqtda milliy professional teatrni shakllantirish uchun yigirma to’rt nafar iste'dodli o’zbek yoshlari Moskvaga o’qishga yuboriladi. Rus tili va adabiyotini chuqur biladigan Cho’lpon 1924- yilda Moskvaga ketadi va shu dramstudiyada tarjimon va dramaturg bo’lib ishlaydi. "Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti" darsligida B.Qosimov tomonidan Z. Yalidiynining "Bugungi turk eli va uning yaqin tarixi" kitobiga tayanib bergan ma'lumotlarga qaraganda, Cho’lpon bu yillarda V. Bryusov nomidagi adabiyot institutda saboq olgan . Moskva adabiy muhiti Cho’lponga jiddiy tasir qiladi. U eng keyingi estetik yangiliklardan bevo- sita xabardor bo’ladi. Rus ijodkorlari bilan yaqinlashadi. 20- yillar Cho’lpon uchun samarali ijod davri bo’ldi. 20- yillarning bi- rinchi yarmida Turkistonda chiqib turgan deyarli barcha gazeta-jurnallarda Cho’lpon she'rlari bosilar va ular turkistonliklarni o’zlarini anglashga undardi. Uning sherlari "o’zbek yosh shoirlari" (1923), "Go’zal yozg’ichlar" (1925), "Adabiyot parchalari" (1926) singari to’plam va majmualardan o’rin olgan, mak- tablarga kirib borgan edi. Shu yillarda uning "Uyg’onish" (1922), "Buloqlar" (1923), "Tong sirlari" (1926) singari she'riy to’plamlari bosildi. Uning adabiyot- shunoslik, publitsistika borasidagi ishlari ham juda ko’p edi. Bu yillarda Cho’lpon "Yorqinoy" (1921), "Halil farang" (1921), "Cho’rining isyoni" (1926), "Yana uylanaman" (1926), "o’rtoq Qarshiboyev" (1928), "Hujum" (1928) singari asarlar yaratib, milliy dramaturgiyani rivojlantirdi. 1926- yilda Toshkentga qaytgan Cho’lpon sho’ro hukumati yuvindixo’rlari bo’lgan iste'dodsiz kimsalarning qattiq hujumiga duch keldi. Uni "millatchi va badbin shoir", — deya aybsitdilar. Respublika matbuotida Cho’lpon ijodi bo’yicha ur-surdan iborat munozara bo’lib o’tdi. Baduy so’z manosini teran anglaydigan Qodiriy, Fitrat singari adiblar shoirni turli yo’sinda qo’llaganliklariga, Oybek singari yosh talantlar Cho’lpon ijodiga yondashishning sog’lom yo’llarini taklif etganliklariga qaramay, shoir kommunistik mafkura yugurdaklari tomonidan ur kaltak qilindi. Nihoyat, madaniyat xodimlarining 1927- yilning oktabrida bo’lib o’tgan II qurultoyida Cho’lpon ijodi "...g’oyaviy tuturuqsiz" ekanligi Akmal Ikromov tomonidan ta'kidlangach, shoir deyarli yakkalanib qoladi. O’tgan asrning 30- yillariga kelib, Cho’lponga nisbatan siyosiy-mafkuraviy zug’um yanada kuchaydi. Natijada, shoir 1932- yilda Moskvaga ko’chib ketadi. U yerda Gogolning "Tergovchi", I. Frankoning "Feruza", Andreevning "Osilgan yetti kishining hikoyasi" asarlarini o’zbekchalashtiradi. 1935- yilgacha u yerda yashab, yana Toshkentga qaytib keladi va teatrda adabiy emakdosh bo’lib ish- laydi. Bu yillarda unga qaratilgan hujumlar yanada zo’raydi, adib asarlari o’zbek matbuotida bosilmay qo’yiladi. Shundan so’ng u, ko’proq baduy tarjima bilan shug’ullanadi. Shekspirning "Hamlet", Pushkinning "Boris Godunov", "Dubrovskiy", Gorkiyning "Ona" sin- gari asarlarni rus tilidan o’zbekchaga ag’daradi. Shu tahlikali yillarda Cho’lpon "Kecha va kunduz" romani, "Soz" she'rlar to’plamini yaratadi. Millat baxti uchun jonini tikkan jasur inson, buyuk iste'dod egasi bo’lgan adib 1937- yilning 14- iyulida qamoqqa olinadi. Davrining bir guruh asl farzand- lari qatori 1938- yilning 4- oktabrida otib tashlanadi. SHE'RLAR QALANDAR ISHQI Muhabbatning saroyi keng ekan, yo’lni yo’qotdim-ku, Asrlik tosh yanglig’ bu xatarlik yo’lda qotdim-ku. Karashma dengizin ko’rdim, na nozlik to’lqini bordir, Halokat bo’lg’usin bilmay qulochni katta otdim-ku. Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo do’stlar, Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku. Uning gulzorida bulbul o’qib qon ayladi bag’rim, Ko’zimdan yoshni jo’ aylab alamlar ichra botdim-ku. Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni Yana kulbamga qayg’ular, alamlar birla qaytdim-ku. Muhabbat osmonida go’zal Cho’lpon edim, do’stlar, Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku. Boku, 1920- y. Savol va topshiriqlar 1. Muhabbatning keng saroyida yo’lini yo’qotgan oshiq holati ifodasini sharhlang. 2. Karashma dengizining nozli to’lqinlari sari o’ylunuiy quloch otgan oshiq tuyg’ularini anglatishga urining. 3. She'rning uchinchi baytidagi "u" va "bu" dunyolar ma'nosini izohlang. 4. So’nggi misra mazmunini sharhlang, "quyosh" timsoli ma'nosini topishga urining. Ko’NGIL Ko’ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do’stlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding? Haqorat dilni og’ritmas, Tubanlik mangu ketmasmi? Kishanlar parchalanmasmi ? Qilichlar endi sinmasmi? Tiriksan, o’lmagansan, Sen-da odam, sen-da insonsen, Kishan kiyma, bo’yin egnia, Ki, sen ham hur tug’ilg’ansan! Toshkent, 1922- y. Savol va topshiriqlar 1. Ko’ngilning kishanlar bilan do’stlashishi sizningcha nimani anglatadi? 2. Ko’ngilga qarata: "Na faryoding, na doding bor", — deyilishi sababini tushuntiring. 3. Cho’lpon zulm zo’ravonlikning omonatligini qanday tasvir etgan? 4. Ko’ngilga atalgan she'rda: "Sen-da odam, sen-da insonsen deyilishini izohlang. 5. Sherni yod oling. KISHAN Kishan, gavdamdagi izlar bukun ham bitgani yo’qdir! Temir barmoqlaringning dog’i butkul ketgani yo’qdir! Na mudhish, na sovuq-manxus , na qizg’anmas quchog’ing bor! Bashar tarixining har sahfasida qonli dog’ing bor! Yumilmas ko’zlaringning har biri bir elni qahr aylar, Faqat bir borlig’ingdirkim, butun borliqni zahr aylar! Qulf bilan sening erkingda ko’p yillar qolib ketdim... Faqat har tebranishdan qutulishlikni umid etdim. Kishan, gavdamdagi dog’ing hanuz ham bitgani yo’qdir. Faqat butkul qutulmoqqa umidim endi ortiqdir!.. Toshkent, 1922- y. Savol va topshiriqlar 1. She'r qanday kishanga qaratilgan deb o’ylaysiz? 2. Shoirning: "Bashar tarixining har sahfasida qonli dog’ing bor!" ta'kidini izohlang. 3. She’rdagi: "Yumilmas ko’zlaringning har biri bir elni qahr aylar" misrasi ma'nosini toping va baduy vazifasini tushuntiring. 4. Shoirning: "Faqat bir borlig’ingdirkim, butun borliqni zahr aylar!" tarzidagi yozg’irishi sababini izohlang. 5. G’azalning so’nggi misrasida aks etgan ishonch sababini izohlang. YONG’IN Talanmagan, yiqilmagan yer yo’q, Go’claklar nayza boshicla... (Xabar) Nega menim qulog’imda tun va kun Boyqushlarning shumli tovshi baqirar? Nega menim borlig’imga har o’yun Va har kulgi og’u separ, o’t qo’yar? Ko’nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar, Boyqushlarga buzuq ko’ksin ochganmi? Ota-ona, tanish-bilish, o’rtoqlar Yurtni tashlab, tog’ va toshga qochganmi? Shunday katta bir o’lkada yonmagan, Yiqilmagan, talanmagan uy yo’qmi? Bir ko’z yo’qmi qonli yoshi tommagan, Butun ko’ngil umidsizmi, siniqmi? Podalarning yaylovida bo’rilar Qonga to’ygach, uvlaylarmi ko’plashib, Yiqiqlardan2 o’liklarni to’plashib, O’tmi qo’yar alvastilar, parilar? Tabiatning butun yomon tomoni Shu o’lkaga faqat jilva qildimi? Mo’minlarning oq vijdoni, imoni Sham so’nganday tinsizgina so’ndimi? Qilichlarning tillarida qizil qon, Buloqlarning suvi yanglig’ toshdimi? Yalang bola, yalang go’dak —ma'sum jon Nayzalarning boshlaridan oshdimi? Keng yaylovga o’tmi ketdi, yondimi? "Madaniyat" istagiga qondimi? 1921- y. Savol va topshiriqlar 1. "Ko’nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar, Boyqushlarga buzuq ko’ksin ochgan- mi?" misralarini sharhlang. 2. "Butun ko’ngil umidsizmi, siniqmi?" satridagi "butun ko’ngil"ning "siniq"ligi sababini izohlang. 3. She'rning to’rtinchi bandida ifoda qilingan mazmun va aks etgan sezimlarni anglatishga urining. 4. Mo’minlarning vijdoni va imoni so’nishi tasvirini izohlang. 5. Go’daklarning nayzadan oshirilgani tasvirining baduy tasir darajasiga to’xtaling. VIJDON ERKI Ay tutqinlar, ay ezilgan, Ay qiynalgan, yo’qsil ellar, Ay umidsiz, ay chizilgan Dor oldiga... oppoq dillar! Ay bevalar, bechoralar, Ay bog’langan kishanlarga. Ay erk uchun ovoralar, Ko’p yalinmang siz ularga! Bo’rilardan 0111011 kutmak Tentaklarning ishidir ul. Har inono’ni hatlab o’tmak — Turmushda eng to’g’ri bir yo’l! Zulm oldida har bir narsa, Ehtimolki bo’yin egar. Agar zulm avjga kelsa, Ko’k boshi-da yerga tegar. Hayvonlarga, insonlarga Zolim ega bo’lmay qolmas. Faqat erkin vijdonlarga Ega bo’lmoq — mumkin emas! Samarqand, 1922- y. Savol va topshiriqlar 1. She'rning sarlavhasi haqida o’ylab ko’ring, uni sharhlang. 2. Dastlabki misralarda achinish, ayash tuyg’usi qanday aks etganligini izoh lang. 3. She'rdagi: "Ko’p yalinmang, siz ularga!" xitobi nimani anglatadi? 4. Bo’ri obrazini izohlang. 5. "Agar zulm avjga kelsa, Ko’k boshi-da yerga tegar" tarzidagi iqror bilan er kin vijdonlarning daxlsizligi haqidagi to’xtam zid emasmi? CHo’LPON SHE'RLARI To’G’RISIDA Cho’lpon, garchi, roman va hikoyalar, esdaliklar, safar xotiralari, tanqi- diy maqolalar, dramalar yozgan, tarjimalar qilgan bo’lsa-da, tabiatiga ko’ra, av- valo, shoir edi. Uning she'rlari shoirning ilhomi hamisha buloqday qaynab tur- ganini, o’z tuyg’ularini ifodalash uchun so’z izlab qiynalmaganligini ko’rsatadi. Cho’lpon sherlarida shoirning yoniq yuragi, olovli shaxsiyati, tasirchan ko’ngli, isyonkor tabiati yaqqol ko’rinib turadi. U shaxsiyati bilan sheriyati bir bo’lgan ijodkor edi. o’zbek adabiyoti tarixida biror bir ijodkor Cho’lpon singari qaltis vaziyatda yashab turib, o’z millati sha'ni, ozodligi, tengligi uchun bu qadar dadil kurashmagan. Siz 7- sinfda o’qigan vaqtingizda shoirning "Buzilgan o’lkaga", "Go’zal", "Binafsha" she'rlari bilan tanishgansiz. Ularda yurt ozodligi, inson erki va ka- moloti, hurlikni toptovchi kuchlarga otashin nafrati qanday ifodalanganligi haqida muayyan tasavvuringiz bor. Bu jihatdan Cho’lponning "Ko’ngil" she'ri diqqatga sazovordir. Shoir qullik tananing kishanlanishidan emas, balki ruhning zanjirbandligidan boshlanishini biladi. Shuning uchun ham u sherda odamga, jamoaga, millatga emas, bal- ki ko’ngilga murojaat qiladi. Chunki u biladiki, ko’ngli hur odamni qul qilib bo’lmaydi. Uni bog’lash, qamash, boringki, o’ldirish mumkin, lekin qul qilish mumkin emas. Cho’lpon ko’ngli siniq odamning shaxsi butun bo’lmasligini angla- gani uchun ham haqoratdan dili og’rimaydigan kimsalarga so’z foydasiz ekanini tuyadi. Cho’lponning poetik mahorati eng zarur ma'nolarni tashiydigan so’zlarni kerakli tarzda misralarga joylashida to’la namoyon bo’lgan. She'rda biror voqea, esda qoladigan holat yo’q. Lekin bezovta ruhning, kishandan qutulmoq istagi- dagi ko’ngilning manzarasi bor. Shoirning siz tanishgan boshqa sherlarida ham uning o’ziga xos ruhiyati bilan millat dardi ifodasi yonma-yon keladi va o’quvchi ko’ngliga kuchli tasir ko’rsatadi. Nazariy ma'lumot IJTIMOIY VA INTIM LIRIKA Har qanday she'riyat shoirning qalb kechinmalarini ifoda etadi. Animo ijod tajribasida she'rlar intim va ijtimoiy yo’nalishdagi bitiklarga bo’linadi. Intim so’zi lotincha bo’lib, "eng ichki", "yashirin" degan manolarni bildiradi. Nomiga yarasha bu xil she'rlarda shoir bevosita o’ziga tegishli sezim, tuyg’u holatni tas- virlaydi. Cho’lponning "Qalandar ishqi" she'ri intim lirikaning yorqin namu- nasidir. Unda shoir o’z ko’ngil tovlanishlarini boshqalarga ham tasir qiladigan darajada aks ettirgan. Har bir odamda o’zgalarning holatini tuyish, boshqalar- ning sezimlarini his etish zaruriyati bo’ladi. Ayni shu ehtiyoj intim yo’nalishdagi she'rlarning boshqalar tomonidan ham o’qilishiga sabab bo’lgan omildir. Sof yoki intim lirikada tuyg’ular shaxsiy bo’lsa-da, uning tasviri go’zal va tasirchan bo’lgani uchun boshqalarga ham yuqadi. Lirik turdagi asarda borliq emas, balki muallifning voqelik haqidagi o’ylari, tuyg’ulari birlamchi ahamiyat kasb etadi. Bunda subekt bilan obekt bir shaxsda namoyon bo’ladi. Hatto voqelikda mavjud muayyan manzara yoki hodisa tasvir- langanda ham u aslida bo’lganiday emas, balki shoirga tuyulganiday aks ettiriladi. Shuning uchun ham shoir: "Yig’lar yuragimda vatanim" yoki "Men g’olibman. Buyuk lashkarman, Bosib oldim sevgi yurtini", — deya oladi. Ayni vaqtda, ijtimoiy hodisalarning muallif tuyg’ularini bezovta qilishi, uni muvozanatdan chiqarishi natijasida ham sheriy asarlar dunyoga keladi. Bunday asarlar adabiyotshunoslik ilmida ijtimoiy she'riyat yoki ijtimoiy lirika namunalari deb ataladi. Ijtimoiy she'riyatda shoirning fikri va hissiyoti hayot hodisalari, odamlararo munosabatlar tufayli junbushga kelgan bo’ladi va muallif ularni o’z yuragidan o’tkazgan holda ifoda etadi. Jamiyatdagi adolatsizlik, zo’ravonlik, bosqinchilik, odamlarning beburdligi, riyokorlik, sotqinlik va boshqa ijtimoiy illatlar oqibatida tug’yonga kelgan sezimlar ifodasi ijtimoiy lirikani yuzaga keltiradi. Cho’lponning siz yaqindagina o’rgangan she'rlari ayni shu xil xususiyatga ega. "Ko’ngil", "Buzilgan o’lkaga", "Yong’in" singari she'rlarda Vatan, xalq, ozodlik va erk uchun kurashni hayot mazmuni deb bilgan, yurt ozodligi yo’liga jonini tikkan jo’mard shoir kechinmalari o’z ifodasini topgan. Bunday she'rlarda davatkor, chaqiruvchi, undovchi ruh yetakchi bo’ladi. Ldarda bayon qilingan fikrlar va ifoda etilgan tuyg’ular chin va samimiyligidan tashqari, boshqalarga ham tegishli bo’lgani uchun o’zgalargada yuqadi. KECHA VA KUNDUZ (romandan parcha) ...Sultonxonning o’rnini Zebixon egalladi. Mingboshi Zebixonning uyiga butunlay kapa tikib oldi. I uydan goh yosh kelinning quvnoq va bolalarcha kulishi, goh qari kuyovning xursand qiyqirishlari, goh bo’lsa yangi qayliqning yo’rg’a zarbli dutori bilan shirin va shiralik ovozi, goh bo’lsa yangi keltirilgan gramofonda Netayxonning qiehiq yallalari eshitiladi... Ana turmush! Ana kuyov- qayliq! Poshshaxon bilan Sultonxon qayliq bo’libdimi? Zebixonga elchi qo’yib yurilgan vaqtlarda mingboshi bir so’z degan emasmidi: "Shuni qo’lga keltirsam, bor-yo’g’imni tutaman. Bor-yo’g’im shuniki bo’ladi. Bittagina bola tug’ib bersa merosxo’rim bo’ladi. Boshqalarga hech narsa yo’q!" Yaqinda ham Hakimjonga aytgan emish: "Men endi topdim baxtimni. Hammayog’im shuniki. Boshqalarga besh-to’rt tanob yerni tirikligimda o’tkazib berib, qolgan davlatimni batamom shunga qoldiraman"... Poshshaxonning jahliga tekkan yana bir narsa — Sultonxonning beparvoligi! Shu beparvolik, shu o’ynab-kulib yurishlar Poshshaxonni sil qiladi, sil! "Nima bo’ldi bu juvonga? Ertadan-kechgacha kundoshlari bilan o’pishadi, gapiradi, ashula qiladi, kuladi, kuldiradi, tegishadi, hazil qiladi, qitiqlaydi, qochadi, quvlaydi, quvlashadi. Qor yoqqanidan beri qishloqning yarim xotin-qiz- lari bilan qor otishib chiqdi... Uchtasi bilan "qorxat" o’ynab yutdi... Nima balo bo’ldi bu juvonga! Kech kirsa, xuftondayoq o’z uyiga chekilib, eshikni ichkari- dan berkitib oladi: tong otguncha dom-daraksiz yo’q bo’lib singib ketadi... Eng ashaddiy dushmani Zebixon edi: eng yaqin o’rtog’i Zebixon bo’lib qoldi. Ikkalasi sirdosh, mahram..." Bir zamon Sultonxonning boshidan o’tgan uyqusiz kechalar endi Poshshaxonning ko’zini yumdirmaydi. Har kuni shomdan tortib, azongacha yotgan joyida uyoq-buyoqqa ag’anab o’y o’ylaydi. Ko’p o’ylash natijasida, ...Poshshaxon ham, o’zining qo’rqinch qarorini berdi va ishga boshladi. "Endi bir o’q bilan ikki qushni ag’darish kerak". Poshshaxonning qarori qanday qo’rqinch bo’lsa, uning bajarilishi shu qa- dar tez va oson bo’ldi: baqqoldan yashirincha oldirilgan kuchala kichkinagina dekchada ertadan-kechgacha qaynadi: ertalab unning suvi bir choynakka solinib, Zebining uyiga olib kirilishga mo’ljallandi... Bu vaqtda mingboshining qolgan uchala xotini Dadaboy baqqolning katta qizinikiga ziyofatga chiqib ketgan edi- lar. Mingboshi esa shoshilinch suratda shaharga chaqirilgan, yashirib bo’lmaslik darajada besaranjomlik va talvasa ko’rsatgan holda ertalab shaharga jo’nab ket- gan edi. Poshshaxonning uyida allaqanday bir qarindoshi o’tirganligidan kun- doshlari uni qistamadilar. Hadichaxon kelib, uni tashqariga chaqirib olgan va "mehmoningizni jo’natgandan keyin chiqing. Kechgacha o’ynashib o’tiramiz", — degan edi. Shunday qilib, o’zi yolg’iz qolgan Poshshaxon bemalol Zebining uyiga kir- di... Tokchada bir kichkina choynakda "tabarruk" suv bor edi, u suvga Razzoq so’fining iltimosi bilan eshonning o’zi duo o’qib dam solgan, uni ichgandan so’ng tez fursatda Zebi homilador bo’lib, bola tug’ishi kerak edi. Choynakdagi "tabar- ruk" suvni ho’l obrezga to’kib tashlab, o’rniga o’z choynagidagi suvni to’ldirdi. Tamom. "Zebi kechqurun chiqib suvdan ichadi-da, til tortmay o’ladi. To’rtinchi xo- tinning uchinchidan boshqa kundoshi bo’ladimi? Muni yosh bola ham biladi..." Uydan to’ppa-to’g’ri baqqolning qizinikiga chiqdi. Anchagacha kundoshlari va o’rtoqlari bilan gaplashib, o’ynashib, kulishib o’tirdi. o’zi zahar berayotgan kundoshini bir quchoqlab o’pti... Zebining o’pishlari issiq va astoydil bo’lsa ham, Poshshaxon negadir halitdan uni o’likning sovugan lablaridan olganday bo’lar va nishab suvga tegib turgan maysa uchiday yengilgina qaltirardi. Qahqahalar bilan dunyoni boshiga ko’targan vaqtlarida ham o’z qo’lining beixtiyor ko’kragiga bo- rib qolganini payqar, allaqanday sovuq bir tuman parchasining ko’kragida ivirsib, u yer-bu yerga qadalib yurganini sezardi. Shu qadalgan narsani chiqarib yubor- moq, uchun o’zini zo’rlab bo’lsa ham, bir-ikki marta qattiq-qattiq yo’taldi. Faqat bu yo’tal uning og’zidan emas, allaqanday yetti yot begonalarning og’zidan chiq- di, bu yo’tal ovozidagi oriyat shu qadar ochiq ediki, yo’taldan so’ng Poshshaxon yana ko’ksini g’ijimlashga majbur bo’ldi. — Nima bo’ldi, jonim, sizga? Shamollab-netib qoldingizmi? — deb so’radi Zebi. Zebining bu mehribon shu sodda, shu bolalarcha masum ko’zlarida samimi- yatdan boshqa hech qanday ma'no bo’lmasa-da, Poshshaxon unda quyidagi so’zlarni o’qidi: "Bir meni o’ldirganing bilan maqsadingga yetolarmiding? Bekor mening yosh jonimni juvonmarg qilganing qoladi". Shundan keyin haligi tuman parchasi ko’krak tegrasida ot qo’yib chopqillab boshladi. Butun a'zoi-badanidan yalmog’iz kampirning muzdek sovuq qo’llari o’rmalaganday bo’lardi. Yosh juvonning rangi o’chdi. Kundoshlari uning tegrasini oldilar: — Nima bo’ldi, Poshshaxon, sizga? — Sovuq, oldiribman, shekilli... — Chiqib yoting, bo’lmasa. Ovqatga ham qaramasdan uyga chiqib ketdi. Shu bo’yicha ertasi kuni ham boshini ko’tarolmadi... * * * — Akbarali, sen shunday bir ish qilibsan, — dedi noyib to’ra, — endi mun- dan nari men seni himoya qilolmasman. Mingboshi nima deyishni bilmasdan yerga qarab jimgina o’tirardi. Noyib to’ra davom etdi: — Ikkala boy bir bo’lib eng yaxshi advokatga ikki quloch ariza yozdirishib, to’ppa-to’g’ri hokim to’raga tutibdilar. Hokim to’ra telefon berdi, mendan biroz koyidi. Arizani ko’rdim. Yomon narsalar bor unda... Seni endi heeh kim himoya qilolmas deb qo’rqaman... Mingboshi beixtiyor boshini ko’tarib noyib to’raga qaradi, so’ngra yana bu- rungidan ko’ra pastroq engashib, amirkon etigining bukilgan boldirlariga tikildi. Noyib davom etdi: — Hozir, sen kelmasdan bir oz burun bir odamni Qumariqqa yubordim. Uchastka pristavi ham o’sha yerda. Machitda ikki boyga qarshi musht ko’tarib chiqqanlarning hammasini qamoqqa oladi. Boshqa chora yo’q. Imom domlaga bizning nomimizdan rahmat aytishga buyurdim. Juda yaxshi so’z qilgan deydilar. Mingboshi chidayolmadi: — Taqsir to’ra, men hayronman: haligi qamoqqa olinadiganlarda zarracha gunoh yo’q-ku. Bu qanday bo’ladi? Agar o’zingiz o’sha yerda bo’lsangiz ikkala boyni otardingiz... — Bilaman, — dedi noyib, — juda yaxshi bilaman. Unaqa mingta arizadan sening bir og’iz so’zingga ko’proq e'tibor qilaman. Boylarning quturgani rost, surishtirib ko’rdim. Ular o’z qilmishlarining jazosini tortganlar... Mingboshi dadillandi: — Unday bo’lsa, munday adolatlik podsho vaqtida ochiqdan-ochiq nohaqlik qilishga qanday yo’l qo’ydadi? Noyib kuldi: — Soddasan, Akbarali. Podsholik hanima vaqt yurtning obro’ylik odamlari- ni himoya qiladi. Obro’y davlat bilan topiladi, muni bilasan. Undan keyin, qishloq odamlarining shunaqa o’zboshimcha harakatlariga yo’l qo’yib bersak, oz vaqt ichida qishloqdan qo’l yuvishimiz kerak bo’ladi. Sen xomsan siyosatga... — Men bir omi odamman, — dedi mingboshi, — siyosatingizni bilmayman. Qo’limdan kelganicha podsholikka xizmat qilib keldim. Shuncha zamon qilgan xizmatimni nazarga olmasmikin? — Men ham shuni o’ylayman. Akbar, sen hozircha boraver. Men hokim to’raning oldida seni oz bo’lsa ham himoya qilib ko’raman. Bo’lmasa, sening o’rningga boshqa odam qo’yarmiz. Davlating katta, yeb yota berasan. o’zing ham qarib qolding. — Mayli, taqsir, — dedi mingboshi bir oz yengil tortib, — amaldan tushi- ringiz, mayli. Qarigan vaqtimda so’roq berib yurishga nafsim qo’ymaydi... — Menga qolsa senga tegnias edim, Akbar. Ish hokim to’rada. Hokim to’rani yo’lga solish qiyin bo’ladi, unga bir narsa degani qo’rqaman... Chunki, ish juda xunuk. Xayr, boraver, iloji bo’lsa o’sha ikkala ko’ppak bilan o’zing bitish. Balki, arizaning beoqibat qoldirilishini so’rab, ariza berarlar. Miryoqub bo’lsaydi, senga oson bo’lardi... — Nimasini aytasiz, to’ra, boshim qotib qoldi. Shu bilan mingboshi ko’ngli buzilib mahkamadan chiqdi. Mingboshilikdan bekor qilsalar uncha qayg’urmas edi: munga o’z nafsini bir ish qilib ko’ndira olardi. Lekin "Akbarali mingboshi amalidan bekor bo’libdi", — degan xunuk gapni haligi ikki boy bilan Abdisamat kaptarlarining qanotiga ilib, shamolning qo’ltig’iga qistirib, yomg’irning tomchisiga joylab, bulutning qo’yniga solib uchi- radi, har bir uchgan qarg’a shuni aytib qag’illaydi, shu bilan ikki kun ichida u shumli xabar yer yuzini aylanib Makkatillogacha yetib boradi. ...Zunnun bilan birga noyib to’raning uyi oldidagi pastgina skameykaga o’tirdilar. — Men ham eshitdim, ota, xunuk gap bo’libdi, — dedi Zunnun. — Yomon bo’ldi bu ish, shu sababdan sening yoningga keldim. Yaqinda Miryoqub akangdan xat kelib edi, "ba'zi bir nozik ishlarni Zunnun bilan gap- lashinglar, u o’zi noyib to’raning bekasiga aytib to’g’irlaydi", — degan ekan. Shunga kelib edim. — Jonim bilan, ota! Miryoqub akam aytmasa ham qilib beraman. Bemalol buyura bering. — Hanima gap hokim to’rada, deydi hayronman. Beka bilan gaplashgin-chi, nima maslahat berar ekan. — Siz eski shaharga tushib, kechgacha bir aylanib keling. Men beka bilan gaplashib qo’yaman. Kech paytida javobini aytaman. Shunga qarab ish qilasiz. Mingboshi o’sha kunni zo’rg’a o’tkazdi. Namozgar bo’lmasdan turib Zunnunning oldida edi. — Katta pul kerak emish, — dedi Zunnun birdaniga. Mingboshi ham ustidan tog’ tushganday yengil nafas oldi. — Pul bilan bitadigan bo’lsa, mayli. Pul topiladi. Mingboshining yengil nafas olganini ko’rib, Zunnun ham ochila tushdi, uning ko’zlarida burungi andisha qolmagan edi. — Bekamiz bunday dedilar: hokim to’raning xotini bilan o’zim gaplashib ko’raman, ish qaltis, bir narsa chiqadimi, yo’qmi oldindan aytolmayman. Har qalay, bir ming, bir yarim ming pul kerak, deydilar. o’zimga bo’lsa, Akbarali qadrdon odam, ish eplanadigan bo’lsa, keyincha bir narsa qilar, deydi. Animo, deydi ish juda nozik, bir narsa chiqarib bo’larmikin, yo’qmikin — hayronman, deydi. Pulni olib kela bersin: "Yotib qolguncha otib qolaylik", — deydi. Ammo menga ishonib o’zi harakatsiz yurmasin, deydi. — Qulluq, Zunnun, qulluq senga. Bu ish tuzalmaydiganga o’xshaydi. Xayr, mayli, erta-indin pulni eplab olib kelayin. Bir urinib ko’raylik. Chiqsa-chiqar, chiqmasa otasining go’riga... — Ichkariga kiraylik, ota. Bitta-yarimta choy qilay. — Yo’q, Zunnun, tomog’imdan hech narsa o’tmaydi. Mingboshi Zunnun bilan xayrlashmasdanoq o’rnidan turib ketdi. U yerdan chiqib, oddiy bir mayxonaga kirdi. Bir shisha aroqni jindek kabob bilan ichib oldi. So’ngra miyasi xamirday ko’pchib, ot ustida qiyshaya-qiyshaya orqasida ikki yigiti bilan qishloqqa jo’nadi... * * * Uyidagilar allaqachon yotgan edilar. Dovdiragancha qoqilib-yiqilib Zebining uyiga kirib bordi. Miyasi hech narsa anglamasdi, shunday bo’lsa ham ertaga yo indinga bir ish qilib loaqal uch ming so’m pul topishga jazm qildi. Muning uchun hech qanday tadbirdan chekinmayajak edi. — Tur, hay! — dedi Zebiga. Zebi yotgan joyidan turib, fonarni balandlatdi. — Dasturxonni yoz! Yegulik narsang bormi? — Ha, kosada osh bor. — Ber buyoqqa. Zebi erining mast ekanligini bilsa-da, uning ovozidagi bu g’ayritabuy qo’rslik va qattiqlikka hayron bo’ldi, boshini ko’tarib unga tikildi, "o’zimi, boshqami?" deganday!... — Nimaga menga qaraysan? Yo mastmisan, sintaloq? — dedi mingboshi. Zebi indamasdan dasturxonni yoyib oshni qo’ydi. — Och muni!— mingboshi yonidan bir shisha aroq olib uzatdi. — Men ochishni bilmayman, — dedi Zebi, ko’z yoshlari qovog’iga kelib tizilgan edi. — Mening xotinim bo’lib aroq ochishni bilmaysanmi?— dedi mingboshi, xoxolab kuldi.— o’rgan! Mana, qarab tur! — Shishaning tagiga yo’g’on shapalog’i bilan ikki marta urdi, po’kak sachrab chiqib shiftga tegdi, so’ngra u yerdan sach- rab tokchadagi katta jomga kelib tushdi, "jarrang " etdi jom. — Ha-ha-a!— dedi mingboshi. — Jomlaringni jaranglatdim, sintaloq! Birin-ketin ikki piyolani to’latib ichdi, yengi bilan og’zini artdi. So’ngra bir piyolani ...Zebiga uzatdi: — Ma, ich! Odam bo’lasan! — Voy o’laqolay! Aroq ichamanmi? Qo’ying, gapirmang! — Odam bo’lasan, deyman! 01! O-ol!!! Zebi orqasiga chekinib yig’lab yubordi. — Qo’y, mayli, ichmasang ichma, — dedi mingboshi.— o’zim ichaman! Bir shishani tamom qilib yuvuqsiz qo’li bilan oshga chang soldi. Oshning yarmi barmoqlari orasidan dasturxonga, ko’rpa-to’shakka, o’zining liboslari- ga to’kilardi. Zebi devorga suyanib bu qo’rqinch kuyovni tomosha qilardi... Mingboshi, og’zida to’la osh bilan: "Netayxon aylanay yodimga tushdi-e..." deb xirgoyi qildi. Oshli og’iz bilan boshlangan xirgoyi tomoqqa tiqildi, mingboshi qalqib ketdi va og’zidagi oshni kosaga purkab yana oshga qo’l uzatdi. ...Mingboshi yana bitta shishani ochib piyolaga to’ldirayotgan edi... Zebi tashqariga chiqib, toza qor bilan qo’lini yuvdi, toza qorni yuzlariga surkadi, jindak yedi. Ancha shamollab va yengillab kirgan vaqtida, mingboshi dasturxon yonida ag’nab uchib qolgan edi. Uni qo’zg’atib o’tirmasdan, dasturxonni sekin- gina yig’ishtirib oldi-da, bir chekkaga bir yostiqni tashladi ustiga bir to’shakchani yopindi, fonarni pastladi, shu bilan uyquga yotdi. Orada qancha uxlagandir, o’zi ham bilmaydi, besaranjom bir qichqiriq bilan uyg’ondi: — Suv, suv, — deb qichqirardi mingboshi. Zebi uyqusirab kelib, fonarni balandlatdi. Ungacha mingboshining qo’rqinch ovozi yana ko’tarila tushdi: — Sintaloqdi qizi, suv deyman! Suv! Yuragim kuyib ketdi... Yonib ketdi!... Suv! suv!!! Zebi shoshib qoldi, tez borib choynakdagi tabarruk suvni qo’liga oldi va hech narsa o’ylashga fursat yo’q, — darhol mingboshiga uzatdi... Mingboshi choynakdagi suvni bir shimirishda tamom qildi. Zebi endi uning tinchib uyquga ketishini kutardi. Yoniga yumshoq, bolishlardan ikkitasini qo’ydi. Ustiga kichkinagina bir to’shakni yoydi. Mingboshi ham tinchib qolganday bo’ldi. Zebining kipriklari endi bir-biriga tekkanda mingboshi birdaniga dahshatli bir tovush chiqardi. o’rnidan turib, kamarlarini, to’nlarini apil-tapil yechishga boshladi. Zebi butun bu harakatlarni boyagi singari mastlik asarlari deb o’yladi. Uning kamar va to’nlarini bir-bir olib qoziqqa ildi, ikkalasi uchun solingan joyini tuzatdi, erini sekingina olib borib yotqizmoqchi bo’lardi... Mingboshining ko’zlari chanog’idan chiqib keta boshladi. U endi ko’ylaklarini yirtib ko’ksini, tomoqlarini timtalay boshladi... Bor kuchi bilan zo’r berib nafas olishga tirishardi. So’ngra buzuq ovoz bilan zo’rg’a-zo’rg’a: — Bo’g’ma, bo’g’ma meni! — deb qichqirardi. Bir-ikkita qadam bosib devordagi javonga suyandi, bir nafas tinch qolgach, yana bo’g’ziga qo’l uzatib etlarini cho’zdi. Ko’ksiga mushtladi. Undan keyin bir qo’lini yuqoriga ko’tarib boshiga qo’ydi. Ko’zida ikki-uch tomchi yirik-yirik yosh ko’ringan edi. G’alati, yuvosh, muloyim, beozor va ayanch nazar bilan Zebiga qaradi va ikkala qo’lini qo’yib yuborib, boshini bir tomonga shilq etib tashladi-da, o’zi ham devorga suykana-suykana sekingina yerga o’tirdi, bir na- fas o’tirgandan keyin bir tarafga qiyshayib ohistagina yonginasiga yiqildi va shu bo’yicha qimirlamay qoldi... Nafasi ichiga tushgani holda devorga orqasini berib butun bu fojeani kuza- tayotgan Zebi bo’lgan ishni angladimi, yo’qmi, harholda, qish kunida, yugurgani- cha ko’ylakchan tashqariga chiqdi va ixtiyorsiz faryod soldi. Kundoshlari ham birin-birin uyg’onib chiqdilar va mingboshining keng ich- karisida azonga yaqin to’rt xotinning azani bildirgan yig’i ovozi ko’tarildi. Ular orasida o’q otib mo’ljaliga tegizolmagan Poshshaxon ham bor edi... Savol va topshiriqlar 1. Zebi timsoliga tavsif bering. 2. Zebining Akbaraliga ko’nikishi sababini izohlang. 3. Poshshaxonning qotillikka qo’l urishi asarda yetarli dalillanganmi? Fikringizni asar matniga tayanib asoslang. 4. Noibning "Soddasan, Akbarali. Podsholik hammavaqt yurtning obro’ylik odamlarini himoya qiladi. Obro’y davlat bilan topiladi, muni bilasan. Undan keyin, qishloq, odamlarining shunaqa o’zboshimcha harakatlariga yo’l qo’yib bersak, oz vaqt ichida qishloqdan qo’l yuvishimiz kerak bo’ladi. Sen xomsan siyosatga..." deb aytgan so’zlariga munosabat bildiring. Unda istilochilarning o’lkada yuritgan siyosati to’g’risida fikr yuriting. 5. Noib to’ra va uning xotini sizda qanday taassurot qoldirdi? Ularning asl maqsadi nima edi? 6. Akbarali mingboshi to’g’risidagi mulohazalaringizni bildiring. 7. Zebiga zahar bergan Poshshaxon ruhiyatida kechgan jarayonlar tasviriga to’xtaling. * * * Akbarali mingboshi zaharlanib o’lgach, chor hukumati ma'murlari "to’rt chaqaga arzimagan bu qurboni zpmonni" yangi fath etilgan "vahshiy" xalq orasidan yetishgan ziyrak, yetuk, toj-u taxtga sadoqatli siyosat arbobi sifatida ko’rsatmoq istaydilar. Bunga zo’r siyosiy tus berib, boshqalarga dars bo’lishi uchun qotilni topib jazolashga bel bog’laydilar. Bu jazo mashinasiga hech gunohsiz Zebi aybdor sifatida ro’baro’ bo’ladi. Sud majlisi bo’ladigan keng zalda shamollar uchib, o’ynardi. Qator-qator chizilgan Yena kursilari haftalik uyqularidan hali ham uyg’onmagan edilar. Eng oldingi qatorda hokim, noyib, garnizon boshlig’i, politsiya boshlig’i, pop; uchinchi qatordagi eng chekka kursida oppoq va zo’r sallali chol — jom'e masjidning ingichka ovozli imomi o’tirardi. Bir tomonda zakunchi, bir to-monda tilmoch: boshqa hech kim yo’q. Zebi ikki konvoyning yalang’och qilichi o’rtasida zalga kirib keldi; ustida qora barqut paranji, qora chimmat, oyog’ida qora amirkon mahsi-kavush bilan sud qarshisiga kelib to’xtadi. Bu omonsiz suddan va bu yaltiragan yalang’och qilichlardan ko’ra uning o’sha qora qiyofasi qo’rqinch edi; o’rta asrlardagi Ispaniya inkvizitsiya mahkamalarining qora aboli va sirli kardinallariga o’xshardi... Pop qaradi, boshini chayqadi: domla qaradi, "astofurullo" o’qib, soqolini silkitdi. — Sud raisi nihoyat tilmochga yuzlandi: — Aytingiz, aybdor yuzini ochsin. — Tilmoch bu buyruqni Zebiga tushuntirib berdi. — Yoy o’la qolay! Shuncha nomahramning oldida yuzimni ochamanmi? Undan ko’ra o’lganim yaxshi emasmi? — Bu so’z tarjima qilib berilgach, pastdagilarning deyarli hammasi, sud hayatidan bir necha kishi yengilgina kulib oldilar. Ulardan ikki kishi ayrildi: birinchisi — nihoyatda semiz va yo’g’on gavdali garnizon boshlig’i; bu odam to- vuqning qa-qalashiga yaqin bir tovush bilan ovozi boricha va birdaniga qah-qah soldi. Hanima unga tomon o’girildi. Sud raisi chinqiroq chaldi. Garnizon boshlig’i yonidagi ro’molchasini olib, yuz-ko’zlarini arta boshladi... Ikkinchisi — imom- domla; bu kishi o’zlarining ingichka, xushtak singari ovozlari bilan ixtiyorsiz: "mashaollo!"— deb yubordilar. Hanima u kishiga tomon evrilgach, qip-qizarib va ham... qo’rqib, boshlarini quyi soldilar. — Siz bu ayolga tushuntirib aytingiz; yuzini ochmasa bo’lmaydi. Sudning qoidasi shu. Paranji ostida aybdordan boshqa kishining hozir bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun biz uning yuzini ochdirishga majburmiz. Aytingiz, qarshilikdan foyda yo’q! Zebi xuddi o’yinda sherigiga achchiq qilgan boladay teskari burilib oldi. U indamay turganligidan sud raisi yana so’z oldi: — Yaxshilab tushuntiringiz, yuzini ochmasa, sud majlisini olib borolmayman. — Olib bormasa mayliga...— dedi Zebi.— Bilganini qilsin! Tilmoch o’zi kulib, qip-qizarib turib, tarjima qildi. Sud raisi ovozini ko’tara tushdi: — Harbiy sud masxarami bu kishiga? Aytingiz, yaxshilik bilan ochsinlar. Bo’lmasa, kuch bilan ochdiramiz? — Voy sho’rim! Shuncha erkak o’tirsa-ya! o’lganim ming marta yaxshiroq! So’ngra ovozini pasaytiribroq tirkadi: Otamning piriday kap-katta sallalik domla o’tiribdilar. Qanday yuzim bilan qarayman?.. Sud raisi endi bu safar muloyim gapirdi: — Aytingiz, sud tomonga qarab, domlaga orqasini o’girib tursin! Zebi yana indamadi. Domla o’tirgan joyidan bir oz ko’tarila tushib. — Heehqisi yo’q, qizim!— dedi.— Men qaramayman! — Mana bular-chi?— dedi Zebi, sud hayatini ko’rsatdi. Endi bu safar domla o’rnidan turib, tilmochga yuzlandi. — Eshoni mirzo! Menga ijozat berilsa, shu ayolga ikki og’iz nasihat qilsam. — Marhamat, taqsir! Domla Zebining yoniga borib, nasihatga boshladi. Zebi borgan sari susayib bo’lsa-da, domlaning har bir so’ziga javob qaytarardi. Oxirida domla o’z dindosh- lari o’rtasida mashhur bo’lgan bir e'tiqod masalasini ochdi: — Kofir bilan itning farqi yo’q. Itdan qochmaysizmi? Shunday bo’lsa, kofir- dan ham qochmasangiz bo’ladi. Bu joiz? Domla shunday joyda bu xil gaplarni gapirishdan juda qo’rqardi. Shuning uchun boshda-boshqa so’zlar bilan Zebiga tasir qilishga urindi. U urinishlardan tezroq bir natija chiqmagandan keyin majlis ahlini mahtal qilib qo’ymaslik uchun bu masalani ochishga majbur bo’ldi. Majbur!.. Shu uchun so’nggi so’zlarni juda past ovoz bilan aytgan edi. Zebi unadi. — Bo’lmasa, sal o’zingiz nariroqqa borib o’tiring! — Xo’p, qizim, xo’p, — dedi domla. To’rt-besh qator orqaga borib o’tirdi. Hammaning ko’zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi va sudga tomon evrilgan holda bir qo’lini yana yuziga parda qildi. — Mana, qilaqol so’rog’ingni! Hozir bo’lganlar o’rtasida "bu sodda musulmon qizini uyaltirmaslik uchun" ko’zini boshqa tomonga burib o’tirganlar bilan birga ikki ko’zini undan uzmagan va allanimalar deb o’zicha so’zlashib, lablarini tez-tez qimirlatganlar ham bor Aybdorning kimligi surishtirilgach, sud darhol o’rnidan turib, aybnomani o’qidi. Undan keyin yana kalta savol-javoblar ketdi. Bu daf'a ularning adadi orta tushdi: — Aybnomani eshitdingizmi? — Ha... — Mingboshi suvni o’zi so’radimi? — Ha o’zi so’radi... — Mastmidi? — Ko’p aroq ichib edi. — Suvni kim berdi? — Men berdim. — Choynakdamidi? — Ha.*. — Mana bu choynakmi? — Ha... — Kimning choynagi bu? — Meniki. — Siznikimi? — Ha, meniki. — Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz? — Bilardim. — Qanaqa suvidi? — Irim suvidi. — Kimga qilingan irim? — Menga... — Nima uchun irim qildirardingiz? — Farzand bo’lsin deb... Pastda o’tirganlarning domladan boshqalari, so’ngra sud hayatidan bir-ikki kishi, zakunchi va tilmoch yengilgina kulib qo’ydilar. — Nega u suvni mingboshiga berdingiz? — Juda tashna bo’lib so’ragan edi, shundoqqina tokchadan olib uzatdim. — Choynakda zahar borligini bilarmidingiz? Zebi kuldi. — Qiziq ekansan (o’rusni sizlab bo’lmaydi), men qayerdan bilay? — Demak, eringizni o’zingiz o’ldirdingiz? Zebi qattiqroq va cho’zibroq javob berdi: — Yo’-o’-q!.. o’libmanmi o’z erimni o’ldirib. Uning bu so’nggi javobidan qiz bolaning o’z o’rtog’iga o’zini oqlab gapira- digan sodda gaplaridagi gunohsiz ohang boridi: "Voy o’laqoling, men shunaqa dermidim?" Zebi sud raisining bola emasligini qaydan bilsin? Shu yerda o’tirgan shuncha erkakning oyday ravshan bir narsani anglamasliklarini qaydan bilsin? "o’rus- musulmon bo’lib shuncha odam o’tiribdi, axir. Mingboshini o’ldirgan Zebi emasligini hammasi biladi. Bilib turib yana qaytalab so’ray bergani qiziq! Yo o’smoqchilab so’rarmikin? " Sud raisi gapirmoqchi bo’lib o’rnidan turgan vaqtda Zebi — "ana, so’roq tamom bo’ldi. Endi uyimni qandoq qilib topib boraman?"— deb o’yladi. — O’tiring, — dedi sud raisi Zebiga. Sekingina va ehtiyot bilangina o’tirdi. Sud raisi so’z oldi: — Yoqea shu qadar ochiq, masala shu qadar ravshanki, meningcha, majlisni davom ettirishga ham hojat yo’q. Aybdor o’zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi. Shunday bo’lgach, biz hukm chiqarish uchun ichkariga kira bersak, deyman. Sud majlisida faqat aybdorga berilgan savollar, so’ngra tergov protokoli bilan hukmnomaning eng kerak joylari tarjima qilinar; boshqa so’zlar o’ruscha ketardi. Shu uchun til bilmagan Zebi o’tirgan joyida gapirgan to’raning yuz harakatlarini tomosha qila boshladi. Sud raisi prokurorga qaradi: — Siz nima deysiz, zoti muhtaram? Prokuror o’rnidan turib, ikki qo’lini stolga qo’ydi-da, yarim engashib turib dedi: — Men bu taklifga qarshi emasman. Albatta, mening bu masalada boshqa mulohazalarim bor. Men urush vaqtining nozik paytlarida bo’lgan bu o’ldirishga oddiy o’ldirish kabi qarayolmayman. o’ldirilgan odam Rusiya davlatiga va pod- shoga sadoqati bilan tanilgan odam edi. Uni "yosh sart" maxfiylari, ayniqsa, ularning dushmanimiz bo’lgan Turkiya bilan fikran bog’lanishgan unsurlari yomon ko’rardilar. Men bu "sodda" va "gunohsiz" sart ayolining shunday unsurlar qo’lida o’yinchoq bo’lmaganidan amin emasman... Biz sart xalqiga allanechuk beparvolik bilan qarab o’rganganmiz: "Qo’yday yuvosh, ular!"— deymiz. Albatta, ularning mamlakatlarini qon to’kib olgan fo- tihlar sifatida bu qarashimiz bir nav to’g’ri ham bo’la biladi. Faqat bizga endi bu noto’g’ri qarashni tashlash kerak! Durust, sart xalqining ko’pchiligi muazzam davlatimizga, sevimli podshohimizga sodiq... Eslik, tajriba ko’rgan katta savdogar- lar, qishloqning obro’yli boylari; ayniqsa, ulamo toifasi "yosh sartlar"ning nufuzini qirqish uchun zo’r bermoqdalar; bularni bilaman. Lekin haddan tashqari ehtiyot bilan, sergaklik bilan ish olib bormasak bir kun emas, bir kun haligi ko’pchilikning "yosh sartlar" bayrog’i ostida bosh ko’tarishi juda mumkin narsa. Muni bilish kerak! Kechagina bo’lib o’tgan tog’ voqealari, Qumariq hodisalari nazarimizdan qochmasin, taqsirlar! Mana shu nuqtalardan qarab, men bu "soddadil", "yuvosh" va "gunohsiz" sart qiziga eng oliy jazo talab qilmoqchi bo’laman. Modomiki, masala o’zi bu qadar ravshan va aybdorning o’zi o’z og’zi bilan iqror qilib turibdi, mayli, 11111- zokara ochib o’tirmasak ham bo’ladi. Men o’z fikrimni muhtaram sud hayatiga arz qilib, masalaning bu tomoniga ham diqqat qilinmog’ini so’rayman. Zakunchi sud raisining murojaatini kutmasdanoq, o’rnidan turgan edi: — Men ham so’z aytishdan voz kechaman! — dedi u, yana darhol joyiga o’tirdi. Sud hayati o’rnidan turib ichkariga chekildi. "Ana, — deb o’yladi Zebi. — o’zim aytgan. Hanima gap oyday ravshan... Endi uyimni topib ketalarmikanman?" Chorak soat o’tmasdan hukmnomani eshitdirdilar. Unda bu ishning asosan siyosiy bir rangdan xoli emasligi iqror qilinmoq bilan birga, bu so’roqqa to’g’ridan- to’g’ri aloqasi bo’lmaganligi, ishning u jihatini alohida tekshirib, lozim ko’rilgani taqdirda, qaytadan ish qo’zg’atmoq tegishli mahkamalarning vazifasi ekanligi, endi bu o’ldirish hodisasi to’g’risiga kelganda, masalaning juda aniq anglashilganligi, aybdorning o’zi tomonidan necha martalar iqror qilingani, shu uchun guvoh jalbiga va muzokaraga lozim ko’rilmaganligi aytiladi. Undan keyin: "Aybdorning qilgan gunohi og’ir bo’lib, hozirgi urush vaqtida va nozik sharoitlar ichida davlat odamiga qasd qilgani uchun falon moddalar, bo’yicha oliy jazoga hukm qilish kerak bo’lsa-da, bovujud o’lka harbiy sudining sayyor hayati aybdorning madaniyatsiz yerli xalq ayoli ekanini, o’zining yosh va turmushda tajribasizligini va ham hamma gunohlarini nomus bilan iqror qilib, bo’yniga olganini nazarda tutib, falon-falon moddalar bo’yicha yetti yil surgunga hukm qildi. Bu hukm ustidan tegishli joylarga shikoyat qilish mumkin", deyi- Tilmoch hukmnomani to’rt og’izgina qilib eshittirdi: — Aybdor Zebinisa Razzoq so’fi qizi, Harbiy sudning hukmi bilan yetti yil Sibir qilindingiz. Norozi bo’lib ariza bersangiz mumkin. Hukmnoma o’qilib bitar-bitmas, zaldagilar chiqa boshlagan edilar. o’qilib tamom bo’lg’ach, sud raisining ishorati bilan qilich yalang’ochlagan konvoylar yana boyagi taxlitda Zebini olib chiqib ketishdi. Shundan keyin sud hayati ham chiqib ketdi. Zalda faqat tilmoch, zakunchi, undan keyin nima uchun o’zining bu yerga chaqirilganini bilmagan imom domla qolgan edi. Tilmoch domla imomning yoniga keldi: — Taqsir, siz jindak sabr qiling. Men hozir kelaman, undan keyin gap- lashamiz. Domla yuragini qo’liga olib rangi o’chgan, lablari biroz qaltiragani holda... sud zalida qoldi. Zakunchi tilmochni olib tashqariga, Zebining yoniga chiqdi. Zebi chimmat ostida ho’ngur-ho’ngur yig’lamoqda edi. Zakunchi so’radi: — Nima deysiz? Ariza yozib beraymi? Zebi xo’rsingan ovoz bilan yig’lab turib, uzuq-uzuq javob qildi. — Kimga? — Yuqoriga. — Unda... nima bo’ladi? — Nima bo’lardi: ehtimol, yana so’roq bo’ladi; ishni qaytadan ko’radilar. — Kim... ko’radi? Shular... ko’radimi? — Boshqa sud ko’radi. — Bari bir... op-ochiq turgan narsani... bular tushunmaydi-yu, ular tushu- narmidi? — Ariza yozib beraymi? — Qo’yaqol!.. Men uchun... ovora bo’lib o’tirma... Zakunchi kulumsirab, tilmochga qaradi, u yelkasini qoqdi. Zakunchi boqcha darvozasidan chiqib ketmak uchun o’sha tomonga qarab yurdi. — Hay, shoshma, — dedi Zebi. — Shaharda... Shaharda... ota-onam.. bor... ko’rsatarmikin? — Avaxtaga olib borgandan keyin ko’rsatadi. Zakunchi darvozaga qarab ketdi. Tilmoch u bilan xayrlashgach, yana dom- laning yoniga kirdi. — Eshoni mirza, — dedi domla-imom uni besaranjomlik bilan qarshi olib, — meni nimaga chaqirgan ekanlar? Tilmoch kuldi: — Sizni, taqsir, sud sadri chaqirtirgan edi. Basharti qasam berish lozim bo’lib qolsa, musulmon shariatiga muvofiq qasam berish uchun. — Qasam bermadilar-ku? — Lozim bo’lmadi, taqsir. Ayol o’zi iqror... Domla anglayolmadi shekilli, mirzaning so’nggi so’zini savol shaklida qay- tardi: — o’zi iqror? Tilmoch yana kuldi: — Ha, o’zi iqror... Eshitmadingizmi? — o’zi iqror emas, inkor qildi, shekilli-ku? — Damingizni chiqarmang, taqsir. Bu nozik masala... — Ha, albatta, albatta. — Endi, taqsir, sud raisining sizdan iltimosi bor: o’zingiz eshitdingiz, bu ayol Razzoq so’fi degan odamning qizi, o’z eriga zahar bergan. Eri xizmati sing- gan mingboshilardan ekan. Prokuror otib o’ldirilsin degan edi, sud qabul qilmas- dan, yetti yilga Sibirga kesdi. Ertaga jumadan keyin machitda ikki og’iz gapirib qo’ysangiz deydilar. — Nima to’g’rida, mirza? — Ya'ni oqpodshoning sodiq odamlariga kim qo’l ko’tarsa, oqibati mana shunday bo’ladi, degan mazmunda... — Xo’p, eshoni mirza, xo’p. Albatta, aytaman, albatta. Endi menga ruxsat- mikin? Domlaning bu savolida xuddi gunoh qilgan odamning ochiq bezovtaligi sezi- lardi: "Meni qamamasmikin?" — deganday... Tilmoch muni payqadi shekilli, quruq va sovuq javob berdi: — Bora bering. Domla maktabidan "ozod" bo’lgan eski maktab bolalari singari o’zini eshikka urdi va o’sha onda ko’zdan yo’q bo’ldi. Tilmoch kuldi: "imon yo’q taqsirim-da", dedi o’z-o’ziga. Savol va topshiriqlar 1. Asardagi "zakunchi" timsolini sharhlashga, xatti harakatlarining asosini to pishga urining. 2. Parchadagi tilmoch obrazini tavsiflang. 3. Prokurorning nutqini qayta o’qing. Shunga tayanib, uning shaxsini tavsif lang. 4. Sud jarayonidagi shoshqaloqlik, e'tiborsizlik sababini izohlang. 5. Taqdiri hal bo’layotgan mash'um damlarda o’z shahridagi uyiga qanday yetib olishni o’yluli o’tirgan Zebi shaxsiyatiga to’xtaling. 6. Nodonligi turqi, gaplari va qiliqlaridan bilinib turgan Akbaralining o’ligiga chor amaldorlari tomonidan berilgan e'tibor sababini izohlang. "KECHA VA KUNDUZ" ROMANI To’G’RISIDA She'riyat, hikoyachilik va dramaturgiyada tajriba orttirgan, rus va jahon adabiyotining mumtoz namunalari bilan tanishib, ayrimlarini mahorat bilan tar- jima qilgan Cho’lpon 1934- yilda "Kecha va kunduz" romanini yozib, o’zining buyuk nosirlik iqtidorini ko’rsatdi. Roman "Kecha" va "Kunduz" singari ikki kitobdan iborat bo’lishi ko’zda tutilgan edi. "Kecha" kitobining birinchi bobi 1935- yilda "Sovet adabiyoti" jurnalida bosilgan, 1936- yilda roman to’liq chop etilgan. Cho’lponning ayrim zamondoshlari ikkinchi kitob ham yozib tu- gallanganligini aytishadi. Ehtimol, Cho’lpon qatag’onga uchragan vaqtda kitob qo’lyozmasi yo’q qilingandir. Lekin asarning birinchi kitobiyoq eng yetuk o’zbek romanlaridan biri sifatida adabiyot tarixida qoldi. Yozuvchi kechagi kunni tasvirlar ekan, "mustamlaka tuzumi yomon" qabilidagi gapni yalang’och aytishday jo’n yo’ldan bormaydi. Balki, zulm- zo’ravonlik ustuvor ekan, mamlakatda qanday tuzum hukmronligi haqida yetti uxlab tushiga kirmaydigan, oddiy kishi ham uning qabohatidan chetda qolmas- ligini hayotdan olingan jonli timsollar taqdirini tasvirlash asnosida ishonarli ko’rsatadi. Tuzum o’z-o’zicha adolatli ham, adolatsiz ham emas, balki unda yashayotgan va uni boshqarayotgan kishilar darajasida bo’lishi g’oyat nozik tasvirlangan. Adib o’lka ahli hayotidagi unchalik ko’zga tashlanavermaydigan jihatlarning mohiyatini teran angiagani uchun ham "Kecha va kunduz" ro- mani qahramonlar boshidan o’tgan qiziqarli voqealarni naql etuvchi sarguzasht emas, balki Turkiston va turkistonliklarning tarixiy taqdirini butun chigallik- lari bilan aks ettirgan baduy asar darajasiga ko’tarilgan. Asarda Cho’lpon olamga hayrat ko’zi bilan qaraydigan sodda, samimiy Zebi, umri to’rt devor orasida o’tayotgan, na tirikchilikdan, na erdan yalchi- gan Qurvonbibi, dunyoda faqat eshonning so’zinigina haqiqat deb biladigan johil Razzoq so’fi, dumbul va savodsiz Akbarali mingboshi, ayyor noib to’ra, uning makkor xotini singari ko’plab timsollar haqqoniy va jonli tasvirlangan. Cho’lponning mahorati shundaki, asarda unchalik katta o’rin tutmaydigan epi- zodik personajlarni ham g’oyat puxta tasvirlaydi. Romanda Zebi ishtirokidagi voqealar tasviriga ko’p o’rin berilgan, asardagi ko’pchilik personajlar shu timsolga daxldor tarzda chizilgan bo’lsa-da, u asarning bosh qahramoni emas. Negaki, u asar voqealari rivojini boshqarmaydi, balki ix- tiyorsiz tarzda, qayoqqa borayotganini, nima bo’larini bilmagan holda hayot oqi- mida suzadi. U biron-bir holatning kelib chiqishiga ongu tarzda, bilib turib sa- bab bo’lmaydi. Uning boshqalar hayotiga tasir ko’rsatgan xatti-harakatlari ham o’zining ixtiyoridan tashqarida sodir bo’ladi. Adibning mahorati tufayli mut'e, hech qanday ijtimoiy salmog’i yo’q Zebi o’z soddaligi, husni, odobi, iffati, noyob iste'dodi bilan o’quvchilar mehrini qo- zonadi. Cho’lpon qizni o’z tabiati mantig’iga muvofiq harakatlantiradi. U quvlik- shumlikni bilmaydi, taqdirga tadbir qilishni xayoliga ham keltirmaydi. Zebi — tom ma'noda o’zini "muhitning erki"ga bergan o’zbek qizi. Yozuvchi uni boricha ko’rsatadi. Qizig’i shundaki, adabiy qahramonlarga qo’yiladigan talablarning bir dunyosiga javob berolmaydigan bu qiz insoniy beg’uborligi, o’zbekcha soddaligi bilan kishini o’ziga rom etadi. Sotsialistik realizm talabiga ko’ra, adabiy qahramonlar hayotida dinamika bo’lishi, ya'ni ular asar davomida bir qadar bo’lsa-da, o’sishi kerak. Zebi esa, shuncha sinovlardan so’ng ham romanga qanday kirib kelgan bo’lsa, shu holicha qoladi. Faqat baxtsizligi miqdori ko’payadi, azoblari darajasi ortadi, aybsiz ayb- dor bo’ladi, xolos. Lekin bu hol uning jozibasiga soya tashlamaydi. Zebinisa — o’zbek ayoli timsoli. I vaziyatga tasir ko’rsatishni, nobop hayot- ga qarshi isyon qilishni xayoliga keltirmaydi. Boshqa qizlarga xos quvlik qilishni ham bilmaydi. Zebi — go’dakday beg’ubor bo’lgani uchun ham bag’ri ifloslik va kirlarga to’la hayot uni sig’dirmaydi. Shudringday toza va chechakday pokiza bo’lgani uchun hayotning shafqatsiz va badbo’y havosi qizni darrov so’ldiradi. So’ldiribgina qolmaydi, balki unga jinoyatchi qotil yorlig’ini yopishtiradi. Chunki kirlik va jaholat tozalik va go’zallik bilan kelishmaydi, ezgulikning yashashiga imkon bermaslikka urinadi. Zebi — hurkak ohu singari go’zal va ilojsiz. U eng yaqin kishisi bo’lmish otasidan yovdan qo’rqqanday qo’rqadi. Ammo uni yomon ko’rmaydi. Otasi qa- tori, animo undanda johil, undanda xunuk kimsaga xotin bo’ladi va bu qismatga ko’nikadi. U mingboshining o’zga ayollari singari na merosga ega bo’lishni, na boylik orttirishni, na o’ynash topib ishrat qilishni o’ylaydi. U taqdirga tan beradi, xolos. Lekin taqdirning adolatsiz o’yinini qarangki, Akbarali ayni shu begunoh qiz qo’li bilan o’ldiriladi. Zebining suddagi holati, ro’y bergan hodisani mutlaqo tushunib yetmagani, o’zidan nima so’rashayotgani, nima talab qilishayotganini anglamaganligi, Sibirga surgun qilingani haqidagi hukmni eshitgandan so’ng ham qismatini emas, balki uyga qanday yetib olishini o’ylashi kabi o’rinlarda Cho’lponning tasvir qudrati bor bo’yi bilan namoyon bo’lgan. Shunday manzaralar tasviri o’quvchini qizga taqdirdosh, qismatdosh, darddosh qilib qo’yadi, uning har bir nafasini xavotir bilan kuzatishga majbur qiladi. Cho’lpon o’ligi tirigidan qimmatga tushgan Akbarali timsolini ham g’oyat pishiq ishlagan. U tavakkalchiligi, orqa oldiga qaramasligi sabab bo’lib, kattalar nazariga tushib qolgan va ular aynan unga o’xshash og’zing qani desa, qulog’ini ko’rsatadigan amaldorlar kerakligidan hamda pora berishda qo’li ochiqligidan mingboshini "qadrlashadi". Akbaraliga o’xshagan amaldorlar buyruqni bajarish- nigina bilishgani, uning mohiyati, odamlarga foyda-zarari bilan qiziqmaganlari uchun bosqinchilarga kerak. Bundaylar millatdoshlarini o’ylamaydi, ularga achin- maydi. Odamiylik haqidagi "ortiqcha" injiqliklardan xoli va shu bois kattalarning zanjirdagi itiday gap. Uning shaxsiy hayoti ham fe'liga yarasha: na mazmun va na tartib bor. Romanda Zebi taqdiri mantiqiy yakuniga yetmaganday ko’rinadi. Chunki hayotning yakuni yo’q. Unda qancha tasodif-u noma'lumliklar turgani yolg’iz Yaratganga ayonki, asardagi tugallanmaganlik ana shunga qilingan ishoradir. Ko’rinadiki, "Kecha va kunduz" kishini o’yga toldiradigan, kecha, bugun va erta haqida, inson umrining mazmuni to’g’risida fikrlashga undaydigan asar bo’lib, yoshlarning milliy manaviyatini shakllantirishida muhim o’rin tutadi. OYBEK (1905 — 1968) Hayot va ijod yo’li. Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand to’quvchi oilasida tug’ildi, Ota-onasi uni yoshligida eski maktabga o’qishga berishgan. Oybekning so’zga bo’lgan muhabbati onasi Shahodatbonu yordamida kuchaydi. Muso o’n to’rt yoshga to’lganda "Namuna" nomli yangi usuldagi boshlang’icli sho’ro mak- tabida o’qishni davom ettiradi. U o’n olti yoshga yetganda, Navoiy nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumiga o’qishga kirdi. Texnikumdagi tahsil uning mumtoz adabiyotga muhabbatini yanada teran- lashtirishdan tashqari, qiziquvchan o’spirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek o’z xotiralarida: "Xayol daryosi keng edi menda. o’qtin-o’qtin o’zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she'r yozib ham qo’yardim. Xotiramda bor, ilk she'rim texnikumning "Tong yulduzi" nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o’zim mas'ul muharrir bo’ldim. Sekin-sekin respublika gazeta- larida she'rlarim bosila boshladi" deya ta'kidlaydi. Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi. Shu texnikum talabasi, Oybekning bo’lajak rafiqasi Zarifa Saidnosirova o’z xotiralarida shunday yozadi: "Oybek oriq va novcha yigit bo’lib, qo’ng’ir... qa- lin sochlari do’ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko’zlari shogirdlik davridayoq teran ma'noli va xayolchan edi... Oybek "Tong yulduzi" devoriy gazetamizning muharriri edi. U bazan yo’limni to’sar, gazetaga biror narsa yozib berishim yoki rasm solishimni so’rar edi. U bir kuni she'rga liq to’la, qalingina, sariq muqovali daftarni qo’limga tutqazdi-da, she'rlarning boshi va oxiriga kichik-kichik rasmlar chizib berishimni so’radi. Yo’q deya olmadim va eng nozik mo’yqalam va akvarel bo’yoqlar ila rasmlar chizdim...". 1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek o’rta Osiyo davlat universite- ti ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisod bo’limiga o’qishga kirdi. Oybek o’qishini 1927- yilda Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo’jaligi institutiga ko’chirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o’tgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta'sir ko’rsatdi va u 1930- yilda o’zi o’qigan universitetga qaytib keldi. o’qishni tugatgach, besh yil davomida o’sha yerda siyosiy iqti- soddan ma'ruzalar o’qidi. Adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan, Cho’lpon hamda rus simvolistlari- ning ta'sirida bo’lgan Oybek tez orada o’ziga xos ovozga ega ijodkor ekan- ligini ko’rsatdi. 30- yillarda u "Dilbar davr qizi", "o’ch", "Baxtigul va Sog’indiq", "Navoiy" singari o’nga yaqin doston yaratdi. U hikoyachilikda ham o’zini sinab ko’rdi. 1937- yilgi qatag’on shamoli Oybekni ham chetlab o’tmadi. U til va ada- biyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safidan chiqarildi. Mahalliy matbuot eshiklari uning uchun yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tushmadi, o’zining butun kuchini ijodga bag’ishladi. Tinmay yozdi. "Qutlug’ qon" romani qonga botgan 1938- yilda yozilgan. Oybek urush yillarida ham samarali ijod qildi. Uning mashhur "Navoiy" romani 1942- yilda yozildi. Shu yillarda adib "Mahmud Torobiy" tarixiy dramasini ham yaratdi. 1943- yilda o’zbekistonda Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilanoq, Oybek G’afur G’ulom bilan birga uning haqiqiy azosi qilib saylandi va o’sha kunlardan to 1951- yilga qadar akademiyaning gumanitar bo’limi boshlig’i lavozimida ishladi. Ikkinchi jahon urushi tugagach, Oybek o’zbekiston yozuvchilar uyush- masi raisligiga saylandi va 1949- yilgacha shu lavozimda ham mehnat qildi. Shu yillarda adib "Oltin vodiydan shabadalar" romanini yozdi. Oybek 1951- yilda og’ir xastalikka chalindi. Gapirolmay qolgani, harakatlari cheklangani, xotirasi susayganiga qaramay, u umrining keyingi yillarida "Quyosh qoray- mas", "Ulug’ yo’l" romanlari, "Nur qidirib", "Bolalik", "Bola Alisher" qis- salarini yaratdi. Talaygina she'r va dostonlar bitdi. Mashhur ximik olima, Oybekning turmush o’rtog’i Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: "1968- yilning 1- iyulida, oltmish uch yoshida Oybek va- fot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma'nosi bo’lgan ulug’ insondan judo bo’ldim. Men hozir Oybekning o’limoldi kunlarini yozishga qanchalik shay- lanmay, qo’lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulog’imda hali ham: "Men o’lyapman, Zarifa, rozi bo’l!" — degan so’zlari jaranglab turibdi". Oybek faqat uydagilarga emas, balki o’zi bilan aloqada bo’lgan har qanday odamga yaxshilik qilishga urinadigan shaxs edi. Shundan bilinadiki, u ijodkor sifatidagina emas, balki, odam sifatida ham atrofidagilarning mehr-u hurma- tini qozongan, ularning yuragidan chuqur joy olgan shaxs edi. Siz quyida Oybekning sof lirik she'rlaridan ayrim namunalar va mashhur "Qutlug’ qon" romanidan olingan parcha bilan tanishasiz. LIRIKA NA'MATAK Nafis chayqaladi bir tup na'matak Yuksakda, shamolning belanchagida. Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul, Viqor-la o’shshaygan qoya labida Nafis chayqaladi bir tup na'matak... Mayin raqsiga hech qoniqmas ko’ngil, Vahshiy toshlarga ham u berar fusun. So’nmaydi yuzida yorqin tabassum, Yanoqlarni tutib oltin bo’sa-chun Quyoshga tutadi bir savat oq gul! Poyida yig’laydi kumush qor yum-yum. Nafis chayqaladi bir tup na'matak... Shamol injularni separ chashmadak, Boshida bir savat oq yulduz —chechak, Nozik salomlari naqadar ma'sum! Tog’lar havosining feruzasidan Mayin tovlanadi butun niholi. Vahshiy qoyalarning ajib ijodi: Yuksakda raqs etar bir tup na'matak, Quyoshga bir savat gul tutib xursand! Savol va topshiriqlar 1. “Shamolning belanchagida nafis chayqalgan” bir tup na'matak holatidan ta'sirlangan shoir tuyg'ularini izohlashga urining. 2. Quyoshga bir savat oq gul ko'targan qoyaning “viqor-la o‘shshayishi” sababini anglashga harakat qiling. 3. Shoirning: "Mayin raqsiga hech qoniqmas ko’ngil" ? — tarzidagi iqrori sa babini tushuntiring. 4. She'rning qaysi satrlarida go’zallikning ezgulik yaratish xususiyati yaqqol namoyon bo’ladi? 5. "Kumush qor"ning na'matak poyida "yum-yum yig’lashi" sababini ayting. 6. Tengsiz go’zallik namunasi bo’lmish nafis chechakninig "Vahshiy qoyalarning ajib ijodi" ekaniga e'tibor qiling. 7. She’rni yod oling. TOG’ SAYRI Axtarih topganimda o’n ikki buloq, Qalbimda o’n ikki she'r birdan jo’sh urdi. Hanunasi shivirlaydi sizdek shan, inoq, Ko’ksimga naq o’n ikki bahor yugurdi. Porloq va shan o’n ikki ko’zning ishqida Ko’zlarim xiyla zamon adashib qoldi. Sevinch qaynar, jildirar sof kumushida, O’n ikki qiz izidan xayol yo’l soldi. Nurlardan halqachalar oqar, jimirlar, Toshlarda sinar mayin tabassumlari. Oltin ipga chizilar jonli injular, Bo’sadan ham shirindir, ich, yutumlari! o’n ikki piyolaning yaltiroq mavji To’qingan lablarimda qolar bir umr. Ko’zlari seni o’pgan biron yo’lovchi Balki bir chog’ sevgimni hikoya qilur! ...Har tomchisida butun quyosh bekingan, Gullar nafis boshlarin egmish ta'zimkor. Barglarini varaqlab, shamol tinmasdan Shivirlar chashmalarga... muhabbat izhor. Cho’milgan yaproqlarning sassiz chapagi Qo’ynida qubba-qubba yong’oq yumalar. Ko’kning feruzasidan sirpanib chopar O’n ikki ko’z qa'ridan quvnoq nash'asi! Savol va topshiriqlar 1. O’n ikki buloqni axtarib topgan shoir holati aks etgan misralarni sharh lang. 2. Shoir ko’zlarininig "adashib qolishi"ga sabab bo’lgan "o’n ikki ko’z" qayer dan kelib qolganini izohlang. 3. She’rdagi "Sevinch qaynar, jildirar sof kumushida" misrasi nimani anglatadi? Nimaning "kumushi"da? 4. "Toshlarda sinar mayin tabassumlari" satrini tushuntirib bering. 5. She’r matnidan buloqlarga “muhabbat izhor" qilgan narsa tasvirini topib, sharhlang. "QUTLUG’ QON" (romandan lavhalar) Kasal otasini qaratish maqsadida olingan qarilardan qutulish uchun u va- fot etgach, yerlarini sotishga majbur bo’lgan Yo’lchi tog’asi Mirzakarimboyni qora tortib, Xo’jakentdan Toshkentga keladi. Ammo boy tog’a Yo’lchining kuchidan foy- dalanib, haqini to’lashga kelganda, so’zida turmay, jiyanni aldaydi. Boy qarin- doshlar bilan Yo’lchi o’rtasidagi munosabat dushmanlikka aylanadi. Ular mag’rur yigitning sha 'nini toptashadi. Yo’lchi boynikidan chiqib ketadi. Buning ustiga, keksa Mirzakarimboyning Yo’lchi ko’ngil qo’ygan qiz Gulnorga uylanib olishi oradagi yov- likni yanada kuchaytirib yuboradi. Onasining o’limidan keyin, Yo’Ichi yolg’iz qolgan singlisi Unsinni boy tog’anikiga olib kelishga majbur bo’ladi. Ularning qarashlari, tutumlari va taqdirlaridagi keyingi o’zgarishlar quyidagi parchada aks ettirilgan. * * * Gulnor o’z uyida ota-onaning tergovi ostida uch kun qamalgandan so’ng, Mirzakarimboyga uzatilganiga bir oyga yaqin bo’ldi. Kelin ichki-tashqi dang’illama hovlida, saroyday hashamatli, boy bezakli uylarda uni hech narsa qiziqtirmas, bu xonadonning odamlari ham, narsalari ham dushman, yot, sovuq ko’rinar edi. Yo’lchi bilan bir kecha-kunduz birga yashagan u hujra, Shoqosimning uvadalari bilan to’la, qorong’i tor hujra Gulnor uchun, garchi u yerda ming tahlika, qo’rquv ostida qamalib o’tirishga, nihoyat, tutilishga to’g’ri kelgan bo’lsa ham, go’zal, shirin tuyular, u yerda Yo’lchi bilan kechirgan soatlar umrining eng mas'ud, eng unutilmas, eng yorqin damlari, umr tunida porlagan nodir yulduzlar edi. Bu dardli hayotda Gulnorga yagona baxt — Yo’lchining singlisi Unsin bo’ldi. Bu o’n besh-o’n olti orasida bo’lgan, qoramtir, lekin toza, sog’lom yuzli, ko’zlari bo- lalarcha o’ynoq — sho’x, jingalak sochli, bo’ychan, qishloqcha sodda, samimiy bir qiz edi. Gulnor uning burnini, peshanasini va ba'zi harakatlarini Yo’lchiga o’xshatdi. Oldi-keti bolalar bilan to’lgan Tursunoy, Sharofatxon Unsinni cho’riga aylantirdilar. Qiz ularning bolalarini boqadi, kirlarini yuvadi, uy-joylarini yig’ishtiradi va har qanday yumushni so’zsiz bajaradi. Unsinning xo’rlanishi, og’ir yumushlarni bajari- shi Gulnorga qattiq tasir qildi. Kelinlarning achchiqlanganini sezsa ham, har vaqt Unsinni chaqirib, o’z yonida uzoq olib o’tirishga tirishadi. Gulnor qiz bilan gaplash- ganda uning qishlog’i, uy-joy, tirikchiliklari, onasi — u bechora xotinning vafoti va shuning singari narsalar to’g’risida so’z ochar edi. Yo’lchi to’g’risidagi qizning so’zlarini chuqur diqqat bilan, yurak to’lqini bilan tinglar, ixtiyorsiz quyulib kelgan qaynoq ko’z yoshlarini, bazan zo’rg’a yashirar, bazan yashirishdan ojiz qolar edi. Hech nimadan xabarsiz Unsin, ba'zi vaqt: "Nega akamni ko’rmayman, tog’am qayoqqa yuborgan?" — deb Gulnordan so’raydi. Gulnor esa titraydi, qan- day javob berishini bilmay, boshqa gapga chalg’itadi. ...Mirzakarimboy dargohidan tamom chekilgan Yo’lchi bir oy har yerda dar- badar kezib, bu kun singlisini ko’rgali kelgan edi. Unsin xizmatkorxona eshigida mag’rur, lekin g’amli, o’ychan holda turgan akasini ko’rish bilan yugurib borib, uni quchoqladi. Yigit singlisining boshini si- lab, dardli tabassum bilan termildi. — Aka, nimaga jim bo’lib ketdingiz? Tobingiz yo’qmi? Ozibsiz-a... Man sizni juda sog’indim. Har kun tushimda ko’raman...— dedi qiz. Yo’lchi singlisini xizmatkorxonaga olib kirdi. Ikkisi ham namatchaga o’tirishdi. Bir necha minut so’zlashgandan so’ng Yo’lchi so’radi: — Unsin, bu oila qalay? Ketasanmi, yo bu yerda qola turasanmi? Unsin javob bermadi, bir lahza o’ylagandan so’ng o’zi savol qildi: — Siz-chi? — Man bu yerdan ketdim, — ko’zini yerga tikdi Yo’lchi. Unsin onasidan yodgor qolgan va yagona ziynati bo’lgan yupqagina eski kumush bilaguzukni ay- lantirib gapirdi: — Man ham qolmayman, aka. Yumushlari og’irdir, deb o’ylamang, yumush mayli, o’zim xohlamayman. — Nimaga? Unsin akasining ko’zlariga g’amgin, lekin chuqur mehribonlik bilan boqdi va ko’zlariga to’lgan tomchilarni bazo’r tutib javob berdi: — Bu yerdagilar sizni xafa qilmagan bo’lsalar, siz birdan ketib qolarmi- dingiz? Siz xafasiz, yashirmang, aka. — Unsin biroz to’xtab, so’ng yana davom etdi: — Man bu uyda Gulnor opam uchun sochim oqarguncha xizmat qilish- ni istar edim. U mani tug’ishgan opadan afzal sevadi, shunday yaxshi juvon bo’ladimi? Mani naq kichkina qizday quchoqlaydi, ovinadi, yonimdan ayrilgusi kelmaydi, Bari bir, man bu uyda turmayman. Gulnor opani unutmayman sira, uni ko’rgali tez-tez kelib turaman... — Nimaga xohlamaysan, yolg’iz man ketganim uchunmi? Xo’jayinda me- ning haqim turibdi hali, san bu yerda tekin ovqat yemaysan, singlim. — Qo’rqaman bu yerda, — Unsin boshini egib, qo’li bilan ko’zlarini yashirdi. — Kimdan? Nimadan? — sergaklanib so’radi Yo’lchi. — Salim akadan. Yolg’iz ko’rsa, tegishaveradi. Yomon gaplar gapiradi..., — Unsin boshini yerdan uzmadi va yuzi bir lahzada olovlandi. Yo’lchi tishini qisib, indamasdan o’rnidan turdi. Unsinning qo’lidan ushlab turg’izdi. Uni erkalab boshini, yelkasini siladi: — Jonim, — ichkariga kirib tayyorlan. Chaqirganda chiqasan, ketamiz, o’ksima, — dedi-da, Yo’lchi ichidagi og’riqning zarbiga chidolmaganidan, tishini tishiga bosib qisirlatib, ko’chaga chiqdi. Boyning darvozasi oldida to’xtadi. Qor kuchli yog’ardi. Ko’chalar, tomlar, devorlar, daraxtlar oppoq. Sokin, g’arib qish oqshomi. Qor kapalaklari Yo’lchining qoshlariga, kipriklariga qo’nadi, yuzlariga yopishib tomchilanadi. Mana ko’chaning boshida Salimboyvachcha ko’rindi. U olifta tikilgan qora movut chakmonga o’ralib, bir qo’lida zontik ushlab, hech qayoqqa nazar tashla- may, gerdayib keladi. — Qay go’rga yo’qolding, yalinamizmi? Senga-ya! — yomon qarash bilan Yo’lchining oldidan o’tdi. — Boyvachcha! — g’azab bilan qichqirdi Yo’lchi. Salimboyvachcha qonsiz yuzini asabiy burushtirib, darvoza yonida birdan qotdi. — Baqirma, ablah! Qulog’im bor... — boyvachcha zontigini yopib, Yo’lchiga o’qraydi. — San ablah! Ko’zingni olaytirma, — boyvachchaning tumshug’iga kelib qichqirdi Yo’lchi va uning bilagidan mahkam siqdi. — Shoshma... Salimboyvachchaning ko’zlari ola-kula bo’lib, yuzidagi go’shtlar pirilladi, bu qanday gap? Bir xizmatkor unga qichqirsin, "san" desin, "ablah" desin! Xizmatkorlardan qullarcha mutelikni, har qanday og’ir haqoratga "lom-mim" demaslikni, talab qilgan boyvachcha bunga chiday olmadi. Yo’lchining yuziga ur- moq uchun zontikni ko’tardi. Yo’lchi u qo’lini ham ushlab, siltadi. Zontik yerga tushdi. — Uyatsiz! Yosh qizga tikkan ko’zlaringni o’yib olaman! Salimboyvachcha labini tirjaytirib, zaharxanda qildi. — Qo’limni qo’y. baqirish shungami! Singling kim? Podshoh qizimi? Juda ol- tin bo’lsa ham... Yo’q, tuzim, nonim sani quturtirgan, it! — o’dag’ayladi Salim. Yo’lchi tishini qayrab, boyvachchaning ko’kragiga zarb bilan bir musht tushirdi. Boyvachcha gandiraklab uch-to’rt qadam narida qorga yiqildi. Yo’lchi etigi bilan uning dumbasiga yana bir tepdi. Faqat, shu onda Yormat yugurib chiq- di: "Hoy, Yo’lchi, esingni yedingmi? Uyat!" — deb yigitga tirmashdi. Namozdan kelayotgan odamlar ham yugurishdi. Yo’lchini quchoqlashib bazo’r chetga surish- di, har kim o’z bilganicha nasihat qila boshladi. Boyvachcha ko’kragini ushlab, enkayib qalt-qalt titradi, so’kishni ayamasa ham, Yo’lchiga yaqinlashuvga botina olmadi. Yormat uning kiyimini qoqib, qo’ltig’iga kirib, uyga yetaklar ekan, u tahdid qildi: — Shoshma hali, peshanangdan otib, yerga cho’ziltirmasam, odam bolasi emasman. — Chiyillama! — dedi hayqirib Yo’lchi. — Olib chiq o’sha temir sopqo- ningni! Yo’lchining javobiga odamlar sekingina kulishib, "ajab qildi" deganday, bir- birlariga ma'noli qarashib olishdi... * * * Atrofni qorong’ilik bosdi. Yo’lchi jimjit ko’chada tanho aylanib yurib, boyni- kiga qaytdi. Odatda Mirzakarimboy o’tiradigan mehmonxonaning derazasida chi- roq yarqirar edi. Yo’lchi uy eshigini ochishi bilan ko’zlari boyning o’qraygan ko’zlariga uchrashdi. Lekin u loqaydlik bilan tiz cho’kdi. Ular bir-ikki minut sukut qilib, bir-birlarining g’azabli ko’zlaridan ma'no qidirishdi. Mirzakarimboy yonboshdagi katta par yostiqni bir tomonga itarib, tasbehni sandalga qo’ydi. — Qayerdasan, haromi? Bu yoqda shuncha ishni buvingga tashladingmi? Senday yigitni asragandan ko’ppak asragan yaxshi!.. — Baqirmang, — dedi xo’mrayib Yo’lchi, — shu vaqtga davr eshitdim, chidadim, endichi? Yo’q! Mirzakarimboyning ko’zlarida zahar yonib ketdi: — Sanga bu tilni qaysi qiztaloq berdi! — Zulmingiz berdi! — Zulm? — boy yelkasini qisdi va quturib baqirdi, — san nonko’rsan, man sani tuqqanim, jigarim, dedim. Ovqat berdim, kiyim berdim, bu — zulm emish! Juvonmarg bo’l, nodon! — Bekorgami? — Yo’lchi Mirzakarimboyga tomon gavdasini cho’zib qich- qirdi:— Sizda ikki yarim yil ishlab yelkam yag’ir bo’ldi. Soqolingizda bitta qora tuk yo’qku, yolg’on gapirasiz, uyat! Kiyim deysiz, qanaqa kiyim? Etik, chopon va boshqalarni qo’yaveray, bironta yangi do’ppi kiyganim yo’q bu ostonada! Mana ust-boshim... Ovqat deysiz, qanaqa ovqat u? Moyli qozonni o’zingiz qaynatgansiz, bizlarniki ma'lum, ovqat ham emas, yuvindi ham emas. So’zni cho’zmayman: men sizdan ketdim, Haqimni bersangiz bas! Mirzakarimboy o’siq qoshlarini chimirib, sukut qildi. Yo’lchidagi bu keskin o’zgarish uning avvalgi fikrini ta'kidladi: u Yo’lchining qishloqdan qaytib, birdan g’oyib bo’lishi bilan o’zining Gulnorga uylanishi o’rtasida bir bog’lanish borligiga qanoat hosil etgan edi. Chunki Yo’lchining Gulnorni sevishini bilar edi. Lekin, u bunga ahamiyat bermay, "arazi ko’pga cho’zilmas, yana qaytib xizmatimni bajarar" deb o’ylagan edi. Anuno hozir ish o’ylagancha chiqmadi. Yo’lchining qarori qat'iy ko’rindi. I ning mehnatidan rozi bo’lgani uchun, bunday "azamat qulni" qo’ldan chiqarishga achinsa-da, yangi va'dalar, avrash-aldashlar bilan uni olib qolish mumkin emasligini sezdi, itni haydagan kabi, qo’lini silkib baqirdi: "Ket!" — Man o’zim ketganman, haqimni bering!— dedi cho’ng sovuqqonlik bilan Yo’lchi. — Qanaqa haq? — ko’zlarini olaytirdi boy. — Rosa ikki yarim yil ishladim. Shu muddatda, hanunasi bo’lib qirq so’mga yaqin pul oldim. Haqim shumi? Va'dangiz qalay edi? — Va'da... Hm. Nodon. Xo’jayin degan xizmatkorni qiziqtirish uchun va'da qilaveradi-da, har qanday va'daga ishonaveradimi odam! — Xo’p, manga ortiqcha to’lamang, taomilda qancha bo’lsa, shuncha to’lang. — Qirq so’m pul emasmi? San nonko’rga bir tiyin bermayman. Da'vo qil kuching yetsa agar, — dedi-da, boy yostiqqa yaslanib oldi. Mirzakarimboyning bunday muomalasi Yo’lchiga tahqirli bo’lsa ham, anuno kutilmagan bir hodisa emas edi. Shuning uchun u tomirlarini to’ldirgan g’azabini yenga oldi. Faqat o’zining soddadilligiga, aldanganligiga chuqur afsuslandi. ...Yo’lchida o’z kuchiga ishongan, qadr-qinunatini baland tutgan kambag’al yigit- ning, odamlikning g’ururi kuchli edi. ...Hozir uning nazarida olamda eng past va razil ko’ringan Mirzakarimboy bilan pul yuzasidan... yoqa bo’g’ishni o’ziga or bildi. Sachrab o’rnidan turib, boyning oldiga bordi. Masxara va kinoyaning zah- rini ko’zlarida yondirib qichqirdi: — Bundan ko’ra go’ng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq! Boy vaziyatini o’zgartmadi. Lekin, yuzi allaqanday yomon burushib, qizarib ketdi. Yo’lchi eshikni qattiq yopib, tashqariga chiqdi. * * * Hakimboyvachcha Farg’onadan qaytgan kuniyoq, bir yumush buyurishga Yo’lchini so’radi. ...Hakimboyvachcha uchun Yo’lchi sinalgan, azamat bir malay va bir chekkasi qarindosh edi ham. Shuning uchun bu ishni surishtira boshladi. Bu to’g’rida nima eshitganligini xotinidan so’radi. U qishloqdan singlisini keltirib, o’zi birdan g’oyib bo’lganligini, keyin to’satdan paydo bo’lib, Salimboyvachchani odamlar orasida urganligini va hokazolarni so’zlab berdi. Boyvachcha achchiqlan- di. Lekin umuman ayollarning so’ziga inonmagani uchun, Salimboyvachchaning o’ziga murojaat qilishni lozim topdi. Salim ham butun aybni Yo’lchiga ag’darib, o’zini quruqqa tortdi. Uning "axloqsizligi" to’g’risida birmuncha gaplar to’qidi va dadasini haqorat qilganligi, haqimni yeb ketdi boy, deb ko’cha-ko’yda boyni qoralab yurganligini aytdi. Hakimboyvachcha ilonday to’lg’andi. Bu qanday sharmandagarchilik? Uning ukasiga... bir xizmatkor musht ko’tarsin! Mirzakarimboyni qoralasin!.. "U itga saboq berish uchun biron chora ko’rmaganligidan" ukasini koyidi. Chunki Hakimboyvachcha "or-nomus"ni biladigan va uni qo’riqlaydigan kishi. U o’zining va oila azolarining ustiga chang qo’ndirishni istamas, oilasi bilan hech qanday oilani tenglashtirmas edi. Bundan bir qancha yil burun, Hakimboyvachchaning yaqin do’stlaridan bir ki- shi, qandaydir bir o’tirishda Mirzakarimboyga orqavarotdan til tegizganini eshitib, u bilan uzoq zamon olishgan, sudlarga qatnagan, uning boshiga ko’p kulfatlar keltirib, nihoyat, ko’pchilik orasida uzr aytishga uni majbur qilgandi! Hakimboyvachcha Yo’lchiga jazo berishga qaror qildi. Ikkinchi kun peshindan keyin ellikboshini chaqirtirdi. Mehmonxonada qabul qilib, bir katta xitoy laganda uyilgan qirg’ovul, kaklik go’shti qovurmasi bilan ziyofat qildi. Taom ishtaha bilan yeyilgandan so’ng, rang-barang qimmatbaho mevalar, qaymoqqa qorilgan nonlar bilan to’la dasturxon yozib, achchiq choyni quya boshladi. Naq Olimxon ellikboshi- ning ko’nglidagiday ziyofat: jihozlarga boy, go’zal, naqshkor mehmonxonada o’tiradi, yana nodir taom, nodir mevalar, achchiq, xushbo’y choy, dongdor boyvachcha bi- lan suhbat! Olimxon yashnab ketdi. Boyvachcha o’zining farg’onalik do’stlari bilan bo’lgan o’tirishlaridan, har turli ziyofatlardan so’zladi... Keyin so’z jahon urushiga ko’chdi. Urushda oqpodshohning qo’li baland emasligidan boyvachchaning ko’ngli xira bo’ldi. Animo, ellikboshi urush nihoyatida oqpodshoh g’olib kelishini isbot qi- lishga tirishdi. Hakimboyvachcha... suhbatni o’z maqsadi tomon burdi. Bu zamonda yo- monlarning ko’paygani... haqida shikoyat qildi. Misol uchun Yo’lchini oldi. Ukasi Salimga u "nonko’r"ning musht ko’targanini eshitib... unga bir jazo berishga jazm qilganini so’zladi. — U beg’ubor yigit emas, — ayyorcha tabassum qilib, ko’zlaridagi ma'noni yashirish uchun yerga tikildi ellikboshi. — Mahalladagi yigitlarning bari man- ga ma'lum. Yurish-turishi, ko’kragidagi dardi, diliga tukkan ginasi — oynaday ravshan. Bilish mening ishim-da. Birovning moli yo’qolsa, o’g’risi hu yoqda qolib, to’g’risini yoqalaymanmi ? Ba'zi ellikboshilar bo’ladi, yolg’iz nomi ellikboshi, ular mahallani tanimaydi... — Olimxon aka, sizga hanunamiz qoyilmiz, — dedi boyvachcha, — asli risoladagi ellikboshi — siz. ...Ellikboshi kuldi va so’zini davom ettirdi: — Fuqaroda norozilik zo’raydi, boyvachcham. Faqirlikka bo’ysunmaydi, qimmatchilikni ollodan ko’rmaydi. Bir ko’pi boylardan ko’radi. o’g’ri, muttaham, daydilarning soni yo’q. Yaxshiki, o’ris to’ralari, politsiyalar — ishbilarmon, ho- kimlikka usta odamlar. Ular goh qamchin bilan, goh qilich, goh to’pponcha va miltiqni ayamay ishlatib, xalqni bosib turishibdi. Bo’lmasa, xudo ko’rsatmasin, xalq allaqachon bosh ko’targan bo’lardi... Anov haromi Yo’lchini nima qilmoq- chisiz? — Ha, aytganday, — peshanasini qashib gapirdi boyvachcha, — nima qila- miz, hayronman. Durust odam bo’saydi u, sudga berardim, yo o’zini chaqirib, o’xshatib so’kardim. Bu narsalarga u arzimaydi. Shuning uchun qamatsak, dey- man. Qalay? — Bo’ladi. Ko’zdan yo’qolgani yaxshi, — dedi ellikboshi. — Olimxon aka, oling shu ishni. Ellikboshi... og’ir masala qarshisida qolganday, bir vaziyat oldi, yuziga mashaqqat ifodasini kiydi va taraddud bilan so’zlay boshladi: — Boyvachcham, bu juda mushkul ish. Durust, Yo’lchi yomon bola. Anuno, biz uni orqasida qopi bilan, qo’lida tuguni bilan yoqalaganimiz yo’q, pichog’ida hali qon ko’rmadik. Mahkamadagi o’ris to’ralarini qo’lga olish, Yo’lchini biron narsada ayblash kerak bo’ladi. Bu narsa hazil emas! Lekin kamina sizning il- timosingizni yerda qoldirishdan ko’ra, har qanday mashaqqatni o’z zinunasiga olishni a'lo ko’radi... Savol va topshiriqlar 1. Boy xonadonga kelin bo’lib tushgan Gulnorning kayfiyati tasviriga qarab, uning tabiatini tavsiflang. 2. Salimning yaramas qiliqlari haqida gapirganda "...boshini yerdan uzma"gmA\g\ "...va yuzi bir lahzada o/or/an"ganligi tasviriga tayanib (Hsin ma'naviyatiga baho bering. 3. "Boyvachcha ko’kragini ushlab, enkayib qalt-qalt titradi, so’kishni aya- masa ham, Yo’lchiga yaqinlashuvga botina olmadi" ifodasiga tayanib, Salimboyvachcha shaxsini tavsiflang. 4. 4. Parchadan Yo’lchining hozirjavob, so’zga chechan yigit ekani aks etgan o’rinlarni topib, sharhlang. 5. Gulnor bilan Yo’lchining munosabatini bilgani holda yosh qizga uylangan boy shaxsiyatini sharhlang. 6. "Va'da... Hm. Nodon. Xo’jayin degan xizmatkorni qiziqtirish uchun va'da qilaveradi-da, har qanday vo’daga ishonaveradimi odam!" so’zlari Mirzakarim shaxsining qaysi jihatlarini ko’rsatadi? 7. Yo’lchining tog’asiga qarata aytgan: "Bundan ko’ra go’ng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq!" haqoratini baholang. 8. Ellikboshining: "Yaxshiki, o’ris to’ralari, politsiyalar — ishbilarmon, hokim- likka usta odamlar. Ular goh qamchin bilan, goh qilich, goh to’pponcha va mil- tiqni ayamay ishlatib, xalqni bosib turishibdi" tarzidagi qoniqishini izohlang. Tuhmat bilan qamalgan Yo’lchida nafaqat Mirzakarimboy, balki umuman mulkdorlarga nafrat tuyg’usi kuchayadi. Bu orada farzand ko’rib, otalarining mulki- ga sherik bo’lishidan xavotirlangan boy bolalari Gulnorni zaharlab o’ldirishadi. Oldinlari Yo’lchining zo’ravonlardan noroziligi ko’nglidan joy olgan bo’lsa, endi- likda amaliga ham ko’chadi. Quyida uning urushga mardikor olishga qarshi xalq harakatida qatnashganligi tasvirlanadi. So’fi minoradan namozasrga chaqirdi. Odamlar birin-sirin tarqala boshlar- kan, Yo’lchi baland tovush bilan ularga murojaat qilib, to’xtatdi, hammasi be- gona yigitga tikildi. — Xaloyiq! — dedi Yo’lchi hayajonlanib. — Bo’sh kelmanglar, oyoqni ti- rash kerak, mushtni ko’rsatish kerak. Jamiki kambag’al xalq qo’lni qo’lga berib, yaktan bo’lib tursa, kimning haddi bor mardikor olishga!? Boylar, amaldorlar o’z podshohiga yon bosadi, podshoh ularga yon bosadi. Boylarning podshohparast bo’lishi bekorga emas. Yer ularniki, suv ularniki, qozixona, dumaxona, jamiki mahkamalar ularniki. Qayerga borsalar, ularning so’zi maqul, kambag’alning arzi dodi uch pul! — Yo’lchi bir nafas to’xtab, uning so’zini diqqat bilan ting- lashgan odamlarga qaradi, yana kuchli hayajonlanib, davom etdi:— Urush boy- larning hamyonini to’ldirdimi? Bas, ular borsin! Birodarlar, o’ylab qaranglar, shu ham tirikchilikmi? Axir, bu bir zindon emasmi? Tokaygacha qon yutamiz, to- kaygacha yerga cho’kkalaymiz? Ovozimizni baland qo’yaylik, yo haq, yo o’lim!.. Bunday to’polonlar yolg’iz bu mahallada emas, ko’p mahallalarda bo’lib turibdi. Eshitgan bo’lsangiz kerak, hozir ko’p shaharlarda, kent, qishloqlarda kambag’al xalq o’z haqini da'vo qilish uchun shaylanmoqda. ...Gap shu, birodarlar, zulm- jabrga qarshi jang qilish uchun tayyorlanish kerak. Boylarning so’ziga sira uchish kerak emas. Ularning bari aldoqchi, bari yurtimizni zaharlaydi, bari iflos! Man ularni juda yaxshi bilib olganman... Yo’lchi so’zini bitirih, hansirab, devorga suyaldi. Gapim maqulmi, deganday odamlarga bir-bir qarab qo’ydi. Uch-to’rt kishining ko’zi yerga qadalgan. Bir necha yigitlar uning yoniga kelib, ham maroqlanib, ham tortinib u bilan so’zlasha bosh- ladi. Xotinlarning bazilari qiziqqanlaridan chachvonlarini qiya ochib, Yo’lchiga yashirincha mo’ralashdi. Kimdir birov: "Otash zabon yigit ekan", — deb qo’ydi. Bir necha yigitlar Yo’lchining atrofini qurshadi. Yo’lchi ular bilan sodda va ochiq ko’ngil bilan so’zlashib, birpasda apoq-chapoq o’rtoqlashib qoldi... * * * Oddiy yoz tongi... Quyosh Kalkovuz suvi bo’ylab o’sgan qalin tollarning uchida o’ynaydi. Yo’lchi kun qizimasdan bir necha yuz xom g’isht quyib olish uchun oshiqardi, yuqori mahalla tomonidan kelayotgan eski-tuski paranjili besh-oltita ayolni, hayajonli ravishda tevarakka alangiab, ildam yugurgan bir necha yigitni ko’rdi, yuragi birdan allanechuk to’lqinlanib, keluvchilarga termilgan holda, to’xtab qoldi. Ayollar ko’prik boshida chapak chalib, tizzalarini urib chinqirishdi: "Dod zolimlarning dastidan! Oq podshohning taxti kuysin! Qorasi o’chsin!" Yigitlardan biri — uvada kiyimli, chorpaxil va yuzi oftobda kuygan korandami, chorakormi, ko’zlarini chaqchaytirib, og’zini katta ochib, yo’g’on tovush bilan atrofga bong urdi: "Yuraver, yigitlar, yuraver! Maydonga ro’yi-rost chiqib, haqimizni dov qilamuz! Hayajondan Yo’lchining yuragi, sandonga tushgan og’ir bolg’aday, ko’krakni "gurs-gurs" urmoqda edi. ...Alamli va yarali ko’ngillardan ro’yi-rost otilib, havoni yangratgan haqiqat ovozi uning butun vujudini titratdi, mazlumlarning, haqoratlanganlarning, tepkilanganlarning ulug’, azamat kuni tug’ilganiga shubha qolmadi. Qanday kun? Zolimlarning, zamon zo’ravonlarining yoqalarini tutib, toptalgan huquqlarini dovlash, qonxo’r oq podshohning qora dovrug’ini, uning niazlum xalqlar boshida jilpangiagan ilon qamchinini sindirish kuni! Yo’lchi ko’pdan kutgan va sevgisi qadar chuqur, manoli bir kun! U ko’p yillardan buyon bu kunga intizor emasmidi? Ko’p yillardan buyon bu kunning dardi va sevgisi bilan yashamasmidi? Ayniqsa, keyingi vaqtlarda bu ulug’ kunning ruhini o’z yuragi bilan chuqur sezib, har yerda: mahallada, choyxonada, bozorda o’zi kabi ezilganlar, alamdiydalarning ko’kragini bu ruhning otashi bilan yondirishga intil- maganmidi? Yo’lchining butun borlig’ida siqilib yotgan kuch olov kabi bir onda lov yonib ketdi... Odam ancha qalinlashdi, xitoblar, qarg’ishlar, ayol yig’ilari kuchaydi. Shu chog’da, qayerdandir kelib qolgan oppoq, ko’rkam soqolli bir keksa, odamlarga qarab, duo qilgan kabi, qo’l yozib, baland qichqirdi: — Azamatlar, shaylaninglar, g’azot, g’azot! Choyxonadan ikki chapani yigit yugurib chiqib, qo’l qovushtirib, cholga tazini qildi. Chol fotiha bergach, ular belbog’lariga osilgan qinlarni salmoqlab ko’rib, odamlarga g’urur bilan tikilishdi. Yo’lchi qo’lini ko’ksiga qo’yib, mo’ysafiddan so’radi: — Ota, g’azotning chin ma'nosi nima? — Tushunmaysanmi? Musulmon farzandi-ya, — salmoqlanib so’radi chol. — Jilla aniq emas. — Bo’tam, din islomda g’azot — musulmonlarning kofirlarga qarshi jang qilishidir. o’lsang shahid, o’ldirsang g’oziy! Kitoblardagi asli urush mana shu bo’ladi!— deb tushuntirdi chol. — Yo’q, ota, to’g’ri emas? — sabrsizlanib dedi Yo’lchi. — Bizniki boshqacha jang bo’ladi. Hanima musulmonlar bab-baravar deb o’ylaysizmi? Musulmonlar o’rtasida bo’rilar yo’qmi? Mayli, kofirmi, musulmonmi, biz bo’rilarning jazosi- ni beramiz. Ular kofirda ham bor, musulmonda ham bor... Biznikilarning tish- lari boshqalarnikidan qolishmaydi. To’g’rimi, xaloyiq? Bizning urushimiz ozod- lik urushi bo’ladi, ota. Biz hamma bo’rilarni, hamma qonxo’rlarni, zolimlarni yanchib tashlaymiz! — Nafsilamrda, haqiqat gap shu! — dedi birov odamlar orasidan qichqirib. Yo’lchining so’zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi: — Astag’firullo! ...Erkak, ayol, hammasi o’n choqli odamni boshlab, Yo’lchi mahalladan gu- zarga chiqdi. Daladan changga botib kelayotgan bir necha xotinlarga qo’shilishib, Xadra tarafga jo’nadi. Oyoqlar ildam, ko’kraklar baland, boshlar mag’rur... Faqat xotinlargina zolim podshohni qarg’ab chinqirishar, yig’lashar edi... Xalq dadil boradi. Ayniqsa, xotinlar-onalar jasur. Ular Nikolaydan tortib ellikboshilarga qadar hammani qarg’ashadi. Unda-bunda mirshablar uchraydi. Xalq endi ularni nazar-pisand qilmaydi. Go’dakka ham, keksaga ham zulm qiluv- chi, qamchi o’ynatishga, shapaloqqa mohir mal'unlarning nafasi ichiga tushgan, yolg’iz ko’zlaridagina zahar yonadi... Yo’lchi hech kimdan, hech nimadan tap tortmasdan, har qadamda odam- larni jalb etib, "Balandmachit"ga yetganda, har tomondan — Shayhantovur va boshqa mahallalardan keluvchi xalqning "01mazor"ga, politsiya mahkamasiga burilishini ko’rib, muyulishda to’xtadi. U olomon bilan yangi shaharga chiqib, bosh hokim mahkamasi oldida qo’zg’olonni avjlantirishni o’ylagan edi. Lekin qo’zg’olonchi xalq politsiya mahkamasi tomon yuguraverdi. Xalq ko’zida bu — eng qora, eng mudhish, eng zolim mahkama edi, hu — uning bag’riga sanchilgan zaharli xanjar edi. Yo’lchi o’z ichida: "Yaxshi, o’tni shu yerdan qo’yamiz, zulm qayerda uchra- sa, shu yerda yondirish kerak", — deb o’yladi-da, so’zi, harakati bilan odamlarni ruhlantirib, "01mazor"ga yugurdi... "01mazor"da, politsiya mahkamasining hovlisi oldida xalq qalin to’plangan edi. Yana tevarakdan odamlar to’xtovsiz ravishda bu yerga oqmoqda edi. Politsiya eshigi berk; yashil moy bilan sirlangan yog’och panjaralar oldida tutaqqan xalq qaynaydi. Yigitlar, xotinlar panjaraga tirmashadi. Yo’lchi o’z she- riklari bilan birga panjaralarni buzishga kirishib qoldi. Butun xalq, erkak-ayol, birdan yopirilib, panjaralarni qasir-qusur bilan sindirib tashladi. To’lqin politsiya hovlisining keng sahniga otildi. Shovqin kuchaydi. Odamlar bir-birini itarib, qoqilib, zo’r suron bilan oldinga yugurdi; hovlining to’ridagi oq uylarga kelib taqaldi. Uylarning eshiklari, derazalari taqa-taq yopiq. Derazalar orqali pogonli ko’ppaklarning g’azabdan, qo’rquvdan bujmaygan tumshuqlari ko’rinadi. Xalq tovushi tinimsiz guvillaydi: "Bu yoqqa chiq, itlar!", "Qorinlaringni yoramiz, cho’chqalar!", "Bitsin, zolim podshoh!" Bir rus va bir necha "sart" mirshablar — zulm malaylari ichkaridan yu- gurib chiqib, so’kib, quturib, olomonni itarishga, orqaga surishga urinisharkan, Yo’lchi: "Ur!"— deb hayqirdi-da, oviga chang solgan arslondek, mirshablar ustiga tashlandi. Birpasda ikki mirshabni g’isht ustiga ag’darib tashladi. Xalq ham zo’r suron bilan boshqa mirshablarga otildi. Yuzlarcha erkak-ayol mushtlari ostida ba- danlari dabdala bo’lgan bu ko’ppaklar ichkaridan xalq ustiga yog’ilgan o’qlarning yordami bilan bazo’r qochib, mahkama ichiga yashirina bildilar. Xalq mahka- ma ichlarini, zinani va derazalarni qurshab oldi... Eshik ochilib, shop mo’ylov, go’shtdor yuzidan zahar tomchilagan Machalov bilan birga, uning kabi pogonli, yarog’-aslahali ikki to’ra zinada qaqqaydi. Ularning ranglari o’chgan, lablari qiy- shaygan; ko’zlarida qo’rquv ravshan sezilsa ham, lekin "ojiz, yuvosh sartlar" oldida o’zlarini dadil tutishga, zulm bilan gerdayishga tirishib, qo’llarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurishdi. Ulardan biri oq podshohning "oliy irodasi"ni tushuntirish uchun titroq lablari bilan so’zlashga urindi. Anuno ezilgan xalq bu yerga so’z tinglash uc- hun kelmagan edi. Kinli shovqin yana kuchaydi, odamlar har tomondan toshlar, g’ishtlarni yana yog’dira boshladi. Achchig’i olovlangan bir ayol u to’ralardan biriga yopishib, zinadan pastga siltab tortdi. Olomon uni yerga ag’darib, xalq ichiga sudrab ketdi. Bosh yalang, ko’kragi ochiq, ko’zlari ajoyib chaqchaygan bir yigitcha chaqqonlik bilan uning qilichini qinidan sug’urdi. Naq shu onda, Machalov buyrug’i bilan zinadan, deraza orqalaridan xalq boshiga o’q yog’ila boshladi. Mana birin-ketin xotinlar yerga yiqildilar. Biri jim- gina qotib qoldi. Biri to’lg’onib, ozg’in qo’llari bilan paranji-chachvonini mijg’alab tortib, g’isht ustida yumalandi. Sersoqol, o’rta yashar, juda juldur kiyimli bir kishi o’ng qo’li bilan chap yelkasini mahkam qisib, og’riqdan ko’zlarini yumib, sekingina yerga cho’kkaladi: uning barmoqlari orasidan qon tomchilari anor suvi- day silqib oqdi... Olomon bir zumgina cho’chib orqaga tislandi. Yo’lchi, quloqlari ostida o’q uzilib turarkan, tomirlarida jo’shqin kuch, yuragida yuksak hislarning, orzularning bo’ronini sezdi. Kurash zavqi nashasiga to’lgan ko’zlari bilan xalqqa qaradi. U odamlarning ko’zlarida g’azab yashinining yana kuchliroq yonganini, otuvchilarga qarshi dahshatli adovat mavjlanganini yaqqol ko’rdi. Qoratoyning, yana bir ko’p yigitlarning qo’llarida pichoqlar so- vuq yiltiraydi; ayollarning tosh tutgan qo’llari havoga g’olibona ko’tarilgan. Ular boshlaridan chachvonlarini yulib: "Ot, o’ldir! Bola bermaymiz qonxo’r podshoh- ga! Yer yutsin u zolimni!" — deb qichqirishadi. Yo’lchi oldingi qatordagi erkak va ayollar bilan birga hayqirib, yana mahka- ma sari bosib bordi. Bir nafasgina qotgan xalq to’lqini yana kuchliroq tazyiq va matonat bilan olg’a sapchidi. Navkarlardan biri lahzada majaqlanib tashlanildi. Politsiyalar, mirshablar yana uylarga qamalishdi. Xalq qaynaydi, derazalar orqali ichkariga bosib kirishni ko’zlasa ham, lekin qurol yo’qligidan ikkilanib qoldi. Yo’lchi o’z do’stlarini chaqirib, ichkariga bosqin yasash, iloji bo’lsa, qurol topish uchun tevarakka ko’z yugurtdi. Yo’lchi ertalab mahalladan o’zi boshlab kelgan yigitlarni ko’rib, sabrsizlik bilan ularga yondashishga tirishdi. Lekin olo- 111011 o’rtasida, ixtiyorsiz ravishda, bir minut to’xtab qoldi. Hisobsiz xotinlar ichida, tiqilinchda ko’zi bir qizga tushdi. U bundagi boshqa ayollar kabi, dam chachvonini butunlay ko’tarib, dam tushirib turadi, bo’ynini cho’zib, to’rt tomon- ga jovdiraydi. Ko’zlaridan oqqan tomchilar quyoshda injuday yonadi. Bu yerda kurashgan sanoqsiz onalar, buvilar orasida yagona qiz ehtimol, u edi. Yo’lchi birinchi boqishdayoq u qizning chehrasida Gulnorning ruhini ko’rdi; yuz bichimi, ayniqsa ko’zlarining ichki ma'nosi va jilvasi Gulnorni yodlatdi. Yigit bir on tikildi-da, ko’zlarini yumdi: yuragini o’tkir bir nima chuqur tilib ketdi, go’yo uning butun o’zligini Gulnor xayoli quchdi. Ko’ksida Gulnor qayg’usi og’riq-alam bilan to’lqinlandi: "Qani Gulnor? Qani u jononi? Oh, u yo’q, bunday yigit to’ykla, xalqning to’ykla yo’q. U yer bag’rida! Bu bir begona qiz, yo yolg’iz akasini, yo mehribon onasini qidirib kelgan. Qani mening mehribonim?" Yo’lchi o’z ichida o’ylarkan, har yoqdan qizg’in, kesik tovushlar eshitdi: "Ana polismeystr! Cho’chqa Kolesnikov! Ana askarlar... Bo’sh kelmanglar, yigitlar, uraveringlar, shovvozlar!" Xalqda harakat, hayajon kuchaydi. Yo’lchi suqila-suqila oldinga intildi. Savol va topshiriqlar 1. Yo’lchining xaloyiqqa qarata: "Tokaygacha qon yutamiz... Ovozimizni baland qo’yaylik, yo haq, yo o’lim!.." so’zlarini sharhlang. 2. Qo’zg’algan olomonga baqqolning munosabati ifodalangan o’rinlarni sharhlang. 3. Olomonning: "Oyoqlar ildam, ko’kraklar baland, boshlar mag’rur..." ekan ligi sababini tushuntirishga urining. 4. Odamlar to’dasining politsiya mahkamasiga qarab yurganligi sababini izohlashga urining. 5. Yo’lchining qo’zg’olondagi ishtiroki tasodifiymi? Yoki isyonkorlik uning tabiatida azaldan bormidi? 6. Yigitning mahkamaga hujum vaqtidagi faolligi sababini izohlang. 7. Zulmga qarshi ko’tarilgan xalq ruhiyati asarda qanday tasvirlangan? Ayollar tabiati ifodasiga e'tibor qiling. * * * O’lgan, yarador bo’lganlarga qaramay, qo’zg’olonchilar katta suron bilan ilgari otilib, "tosh bo’ron"ni kuchaytirdi. Ichkariga bosib kirishga hujum qildi. Bir xotin naq zinaga chiqqan paytda, o’q uni yerga uchirdi. Yo’lchi hayqirib, hansirab kazak askarlariga sapchidi. Sersoqol, dov askar bilan olishib ikki musht bilan uni garangiatdi-da, chapdastlik bilan qilichini sug’urib oldi. Bir onda u o’z kuchining o’lchovsiz darajada o’sganini sezdi. Dushman qo’lidan o’lja olin- gan qilichni, quyoshda oq olov singari yongan qurolni havoga baland ko’tardi. Ichkariga qochayotgan polismeystrning boshini majaqlash uchun shaxdam yugur- di. Faqat deraza orqasidan uzilgan o’q bilan, u tomiri tortishgan, yoki garangian- gan odam kabi, bir lahza qotib qoldi, so’ng, qilichni mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yiqildi. Bir nafasdan so’ng, ko’zlarini sekin ochdi. Tiniq zangori samo, azamat quyosh uning ko’zlariga kirdi. Qarshidagi daraxtga tirmashib, tele- fon simini qirquvchi qora choponli bir yigitni — do’sti o’rozni ko’rdi... Butun vujudini zirqiratgan dahshatli og’riqdan tishlarini mahkam qisdi. Anuno o’lim bi- lan kurasharkan so’nggi zarba uchun butun g’azabini, kuchini, irodasini to’pladi- da, bir qo’lini yerga tirab, boshini yerdan uzdi: qaddini rostlar ekan, ko’z oldi qorong’ilashdi, yana sekingina yerga yiqildi... Kimdir uni quchoqlab, peshanasini silab qichqirdi: — Yo’lchiboy! Og’ang o’lsin! Voy qadrdonim, jigarim. Yo’lchi ko’zini bazo’r ochib Qoratoyni ko’rdi. Uning yosh qaynagan ko’zlariga chuqur do’stlik sevgisi bilan boqib, "yig’lamang" degan kabi imo qildi. Qoratoy bilan o’roz yigitni avaylab ko’tarib, ushlanib qolmaslik uchun, jo’rttaga xalq ichiga sho’ng’ishdi. Odamlarni kuch bilan, hayqiriq bilan surib, itarib, ko’chaga chiqishdi. Ildamlik bilan "Balandmachit" tomonga yugurishdi. "Devonbegi" mahallasiga qayrilib, bu yerda bir tashlandiq hovliga kirishdi. Bir tomoni bosib qolgan kulbaga Yo’lchini ohista yotqizishdi: "Inim, qalaysan, suv beraymi?" Qoratoyning savoliga hech qanday javob ishorasi bo’lmadi, Yo’lchi o’lgan edi... Xufton vaqtida o’roz bir tanish aravakashning aravasiga bir necha bog’ poxol ortib keltirdi. Qorong’ida Yo’lchini aravaga yotqizib, ustiga poxol tashlab, qo’rqinch, tahlika ostida Saodat kampirnikiga jo’nashdi. Yurtda katta qo’zg’olon, otish-tutish bo’lganini eshitgan Unsin, akasidan xavflanib, kechga yaqin temirchining bir o’g’li bilan birga Taxtapulga kelgan edi. Boshqa ayollar singari qo’zg’olonga ancha dadil qatnashib, soat bir-ikkida uyga qaytgan kampir, qizga ko’rgan voqealarini so’zlab-so’zlab bitirolmas edi. Yo’lchining shu vaqtgacha qaytmaganiga ular tashvishlansalar ham, fojiadan xabarlari yo’q va bunday baxtsizlikni esga ham olmagan edilar. Qoratoy yugurib kirib, shaq-shaq titragan holda: "Zinhor, bazinhor ovoz chiqarmaysanlar", — deb yana eshikka yugurgach, Unsin ham, kampir ham harakatsiz, tilsiz qotib qolishdi. Faqat Yo’lchini olib kirib, ko’rpa ustiga yot- qizishgach, ular dahshatli haqiqatni anglab, o’zlarini yigit ustiga tashladilar. Qoratoy o’rozni darrov Shokir otaga yubordi. o’zi ayollar oldidan qimirla- may ularning tovushini o’chirib turdi. o’roz Shokir otani boshlab kelgach, Qoratoy cholni uyda qoldirib, o’roz bilan birga mozorga, go’rkovga jo’nadi. Agar go’rkov hozir qazishni istamasa, qabrni o’zlari qazish uchun ehtiyotdan bir ketmon ham olishdi. Shokir ota Yo’lchining boshiga cho’kka tushib, o’zining og’ir dardli, chuqur yarali qalbi bilan uzoq yig’ladi. So’ng, Unsinni chetga tortib, boshini silab, butun otalik samimiyati bilan taskin berishga tirishdi. — Qizim, jonim qizim, — yig’i aralash gapirdi chol, — san ko’p o’rtanma. Man so’zlay, san aqlli qizsan, hammasini tushunasan. Yo’lchining o’limi ancha- muncha o’lim emas. Bu juda katta o’lim. Akang, Yo’lchi o’g’lim nima uchun, kim uchun qon to’kdi? o’zi uchun emas, xalq uchun, yurt uchun, jamiki alamzada- lar, alamdiydalar uchun qon to’kdi. Bu qon eng qutlug’, eng muborak, eng sof qon... Bunga gumonim yo’q. Qizim, akang mard yigit edi, nomusli yigit edi. Nomus bilan, mardlik bilan o’ldi. U zulm ildiziga bolta urdi. Inshoollo, zulm daraxti quriydi. Yo’lchining qoni behuda ketmaydi, sira behuda ketmaydi. Bu hikmatli qon, qutlug’ qon. Unda sir ko’p. Keyin tushunasan, qizim. Man o’lib ketsam, bir vaqt o’zing: "Ha, Shokir otam shunday degan edi", — deb yodlar- san. Yo’lchi o’g’limning qoni qutlug’, uni yuzga, ko’zga surish kerak... — chuqur xo’rsinib davom etdi chol, — kuyma, qizim. Mana, man otang, ana kampir onang, qishloqda akang bor, yana Qoratoydek mard og’ang bor... Hanunamiz sanga mehribonmiz. Durust, Yo’lchiboy er o’g’li — er edi, u boshqa olamdan edi. Lekin o’limi ham ulug’ bo’ldi. Buni yaxshi tushun, qizim! Insin bir vaqtlar Gulnor bergan uzukni akasiga hali topshirmagan edi. I ni cho’ntagidan chiqarib, o’pa-o’pa Yo’lchining jimjilog’iga taqdi. I zuk barmoqning yarmiga ilindi. Qiz bardosh qila olmadi, o’zini yerga otdi. Qoq yarim kechada Yo’lchini tobutga solib, hovlida uch kishi — Shokir ota, Qoratoy, o’roz — janoza o’qishdi. Boshqa odam yo’qligidan va kechasi ma- halladan yigitlarni chaqirish ancha xavfli bo’lganidan, Qoratoy bilan o’roz o’z kuchlariga ishonib, tobutni ko’tardilar. Saodat kampirni zo’r bilan uyda qoldi- rishdi. Tobut orqasidan Shokir ota va Insin ketdi... Og’ir qorong’ilik, chuqur va ezuvchi jimjitlikda ikki do’st uchinchi do’stini qabrga qo’ydi, so’ng zolimlardan albatta qasos olish uchun ont ichib, tuproqni qucha-qucha yig’lashdi. Keyin chol va Insin bilan xayrlashib, vaqtincha yashiri- nish uchun, qayoqqadir jo’nab ketishdi. Insin qabr tuprog’iga goh boshini, goh ko’ksini qo’yib, o’lchovsiz, nihoyasiz qayg’u bilan uzoq yig’ladi. Yulduzlar xiralanib, jimgina so’narkan, Shokir ota uning qo’lidan tutib, kuch bilan sudrab yetakladi. Ldar juda sekin yurishdi. Yo’lning yarmidan o’tganda, ufqlarga qon kabi toza, qizil sho’lalar yugurdi. Chiqayotgan quyoshni salomlab, yashil daraxtlarda qushlar sayray boshladi... Savol va topshiriqlar 1. Ommaning o’qqa tutilishi lavhasini diqqat bilan o’qing. LTnda olomon psixo logiyasi qanday aks etganiga to’xtaling. 2. Yo’lchining o’q yegandagi holati nega "Tiniq zangori samo, azamat quyosh uning ko’zlariga kirdi" shaklida tasvirlangan? 3. Yo’lchining o’lim bilan olishayotgandagi holati tasivriga tayanib, uning shax siyatini tavsiflang. 4. Yo’lchining do’stlari ayollarning ovoz chiqarishlariga yo’l qo’ymaganliklari sababini izohlang. 5. Akasining jasadi tepasidagi l usin holati tasviriga e'tibor qiling. 6. Asardagi: "Unsinning o’z umri Yo’lchining bir daqiqalik umriga nisbatan "hech" edi" tasviri Unsin ruhiyatini to’la aks ettiradimi? 7. Shokir otaning Yo’lchi to’kkan qon qutlug’ qon ekani haqidagi gaplari ifo dasini qayta o’qib, izohlang. 8. "Erk yo’lida to’kilgan qon" mavzusida insho yozing. "QUTLUG’ QON" ROMANI To’G’RISIDA Oybek yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, ko’plab qissalari o’zbek nasri rivojiga sezilarli tasir ko’rsatgan. Yozuvchining nasriy asarlari millat vakil- lari ruhiyatini aks ettirish jihatidan katta o’rin tutadi. Oybekning prozaik asarlari orasida "Qutlug’ qon" romani alohida baduy ahamiyatga egadir. Adib bu asarni yozishga qatag’on avj olgan mash'um 1937- yillarda kirishgan edi. Zarifaxonim shunday xotirlaydi: "Biz har kuni ertalab hali u, hali bu tanishimizning qa- malganini eshitamiz. Kunlar nihoyatda betinch. Hamma ziyolilar "xalq dush- mani" deb e'lon qilinib qamalmoqda. Na kunduz halovat bor, na tunda — uy- quda. Har daqiqa tashvish, har daqiqa yurak titroqda. Biz bolalarni qo’rg’onda qaynota-qaynonamga qoldirib, ikki temir karavotni bog’ning chetiga ko’chirdik. (Go’yo bizni bog’dan topisholmaydiganday)... Oybek... butun yoz ichi bog’dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk iroda egasi edi. Shuning uchun ham u o’ta tahlikali va fojiali kunlarda, g’urbat yutib kechirilgan hayotda "Qutlug’ qon"day go’zal va o’lmas bir asarni yaratdi". Tahlikali vaziyatda bo’lishiga qaramay, roman ilhom og’ushida shiddat bilan yozilgan. Bu haqda adibning sinfdoshi, adabiyotshunos olim Homil Yoqubov ke- yinchalik: "Oybek shu qadar qizg’in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badali- da milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishini tas- virlagan, baduy jihatidan yuksak asar "Qutlug’ qon"ni yozib bitirdi", — deb eslaydi. Ehtimol, adib hayotdagi adolatsizlikni, zulm-zo’rlikni ko’rmaslik, undan o’zini chalg’itish uchun butun e'tiborini romanga qaratgandir. Yozuvchi bunga qadar nasrda bor-yo’g’i bir necha hikoyagina yaratgan edi xolos. Lekin hayotni sinchiklab kuzatgan, dunyo adabiy tajribalaridan atroflicha xabardor, atrofida ro’y berayotgan hodisalardan kuchli tasirlanadigan qalb egasi Oybek yirik nasriy asar yozishga ruhan tayyor edi. Yozuvchi qo’lyozma ustida jiddiy ishlab, 1939- yilda asarni yozuvchilar uyushmasida muhokama qildirdi. Muhokama chog’ida ayrim kishilar adibni asar- ga inqilobchi kuchlarni, rus proletariati vakillarini kiritmaganlikda aybladilar. So’ng yozuvchi romanda shu jihatni kuchaytirishga, unga revolyutsioner Petrov timsolini kiritishga majbur bo’ldi. "Qutlug’ qon" tarixiy romanida o’zbek xalqining yaqin o’tmishda rus bos- qinchilari va mahalliy amaldorlar tomonidan ezilganligi, xalqning o’z ahvolini anglab, ezuvchilarga qarshi qo’zg’olishi baduy ifodasini topgan. Roman asosida 1916- yilda Toshkentda bo’lib o’tgan xalq qo’zg’oloni yotadi. o’sha vaqtda o’n bir yoshli o’smir bo’lgan Oybek bu voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan. Bo’lajak yozuv- chi u paytda ko’rganlarining asl mohiyatini anglamagan bo’lsa-da, milliy ozodlik yo’lidagi qo’zg’olon o’smirning tasirchan ko’nglidan chuqur o’rin olgandi. Nazardan qochirmaslik kerakki, Oyhek uchun qo’zg’olon va uning sabablari- ni ko’rsatish asosiy maqsad emasdi. Qo’zg’olon to’g’risida birorta ilmiy-tarixiy yo’nalishda maqola yozishi ham mumkin edi. Adib bu davr kishilari ruhiyatini, ularning ko’nglidagi ezgulik va yomonlikka munosabatni, yangilanib borayotgan davr va unda yashashi lozim bo’lgan odamlar tabiati o’rtasidagi muvofiqlik kabi jihatlarni aks ettirmoqchi edi. Shuning uchun ham asar markazida qo’zg’olon emas, balki Yo’lchi, Gulnor, Shokir ota, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha singari kishilar taqdiri turadi. Romanning bosh qahramoni Yo’lchi — mard, halol, oqko’ngil, olijanob yi- git. Ma'lumki, inson o’zi qanday bo’lsa, o’zgalar haqida ham shunday o’ylaydi. Shuning uchun ham Yo’lchi shahardagi qarindoshlardan niehr-u muruvvat kuta- di. U o’ziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal to’lay oladi. Buni siz romanda yigitning mehnatdan qo’rqmasligi, ishning ko’zini bilishi tasvirlangan o’rinlardan payqab olasiz. Yo’lchi kunda kovlash, beda o’rish singari kuch talab etiladigan og’ir ishdan ham, mehmonlarga xizmat qilishday yengil yu- mushlardan ham og’rinmaydi. Yo’lchining tabiati roman bilan chuqurroq tanishilgani sari yorqinlashib, yuksalib boraveradi. o’zi qanchalik og’ir sharoitda yashayotgan bo’lishiga qara- may, Shokir otaga yordam berishga urinishi, Shoqosim, o’roz, Qoratoy singa- ri nochorlarga qayishib turishi kabi jihatlar uning tabiatidagi olijanoblik, in- songa mehr ustuvorligini anglatadi. Yo’lchi qiyinchiliklardan qo’rqmagani, og’irliklardan cho’chimagani uchun ham tubanlikka bormaydi. U qiynalmay yax- shi yashash emas, balki halol va to’g’ri hayot kechirish muhim deb bilgani sabab lozim ko’rmagan ishlarni qilmaslikka o’zida kuch topadi. Oybek asl inson qanday tabaqadan chiqqan bo’lishiga qaramay, uni yengib bo’lmasligini aks ettiradi. Shuning uchun ham na Mirzakarimboy, na Tantiboyvachcha, na o’ris to’ralar Yo’lchini o’zi to’g’ri deb bilgan yo’ldan qaytara oladi. Chunki yigit puli, mavqei, mansab-u martabasi bo’lmasa ham o’zini ulardan past hisoblamaydi. Ular ko’rsatgan yo’ldan yurishni esa, pastkashlik sanaydi. Romanda Yo’lchi og’ir-bosiq, sabr-bardoshli, kechirimli yigit sifatida tasvir- lanadi. Lekin u faqat chidabgina qolmay, harakat qilish, kurashish ham lozimligi- ni biladi. Shu bois Gulnorning boshiga ish tushganda, qo’l qovushtirib o’tirmaydi. Pichoqning tig’iga tik borib bo’lsa-da, sevgilisini qutqaradi. Yigitning rus mir- shabboshisi bilan janjalida ham, tog’asiga: "Bundan ko’ra go’ng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq", — deyishida ham oriyatli, o’z haq-huquqi uchun kurasha oladigan erkak ekani sezilib turadi. Yo’lchining zulrnga, zo’rlikka qarshi qo’zg’algan xalqqa qo’shilishi ham, ta- sodifan bu to’daning yetakchisiga aylanib qolishi ham uning tabiatidagi kurash- chanlik va adolatga tashnalik tuyg’usidan. Muhimi shundaki, adolatga intilgan odam kuchli bo’ladi. Hazrati Temurning: "Kuch — adolatda", — degan hikmati bejiz emas. Chunki adolat yo’lini tutgan odam Haq o’zi tomonda ekanini biladi, haq hamisha adolatning qaror topishiga yordam qilishiga ishonadi. To’g’ri, Yo’lchi maqsadiga erisholmadi, u bosh qo’shgan kurash g’alaba bilan tugamadi. Chunki zulmni, adolatsizlikni, yovuzlikni yengish hech qachon oson bo’lmagan. Lekin u haq yo’ldan qaytmagani, vijdoniga, imoniga xiyonat qilmagani, ezguliklarga is- honib, ularni qaror toptirishga intilib yashagani bilan tirikdir. Nazariy ma'lumot ROMAN JANRI HAQIDA Ko’pincha, biror milliy adabiyotning darajasi unda romanchilik qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. Abdulla Qodiriy tomonidan boshlab berilgan o’zbek romanchiligi ham o’sishning katta yo’lini bosib o’tdi. Aslida roman ata- masi fransuzcha "roman" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, roman guruhiga mansub tillarda bitilgan nasriy asarlarni angiatgan. Roman deganda personajlarning boshqalarga o’xshamaydigan, o’ziga xos ji- hatlarini biror voqea-hodisa asosida ko’rsatib beradigan katta hajmli asar tushu- niladi. Garchi, atama sifatida roman guruhiga mansub tillardan birida yozilgan asarni lotin tilida yaratilganlardan farqlash maqsadida o’rta asrlarda qo’llanila boshlagan bo’lsa-da, ilk romanlar bundan ikki yarim ming yillar oldin yuzaga kelgan va faqat sochma yo’lda qora so’z bilan bitilgan. Keyinchalik she'riy ro- manlar ham yaratildi. Shu tariqa, romanlarni nasriy va she'riy tarzida ikki turga bo’lish mumkin. Shuningdek, adabiyotshunoslik ilmida romanlar mavzu yo’nalishiga qarab tarixiy, falsafiy, siyosiy, maishiy, biografik, fantastik, detektiv kabi xillarga ham ajratiladi. Jumladan, siz yuqorida tanishgan "Qutlug’ qon" asari tarixiy roman hisoblanadi. Chunki unda alohida odamlarning alohida taqdirlarini aks ettirish bilan birgalikda butun boshli o’zbek xalqining hayotida muhim bosqich bo’lgan voqealar tasvirga olingan. Roman janriga mansub asarlar necha kitobdan iborat ekaniga qarab ham tasniflanadi. Chunonchi ikki kitobdan iborat roman dilogiya, uch kitobdan iborat roman trilogiya, to’rt kitobdan iborat roman tetralogiya, besh kitobdan iborat roman pentalogiya deb yuritiladi. ODIL YOQUBOV (1926-2009) Hayot va ijod yo’li. Odil Yoqubov o’zbek adabiyotining yetakchi yozuvchsi edi. U — tabiatan faol, jamoatchi shaxs bo’lgan. O. Yoqubov — jamiyat ishiga hayotini tikib, shu yo’lda qurbon bo’lgan kishining farzandidir. Hujjatlarga ko’ra, Odil Yoqubov 1926- yilning 20- oktabrida Janubiy Qozog’iston viloyatining Turkiston Shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog’ida tug’ilgan. Otasi — ishchan tashkilotchi, tadbirkor va o’qimishh ziyoli Egamberdi Yoqubov o’z vaqtida sho’rolar hukumatining ishongan kishilaridan bo’lib, Qozog’lsfonda mas'ul lavozimlarda ishlagan. Keyinroq shaxsga sig’inish avj olgan davrda avval amalidan paslatilgan, so’ng 1937- yilda qatag’onga yo’liqib, qamoqqa olingani- cha, qaytib kelmagan. Bo’lajak adib 1944- yilda o’rta maktabni bitiradi. 1945- yilda asli 1927- yilda tug’ilgan bo’lishiga qaramay, o’zini 1926- yilda tug’ilgan va o’n sakkizga to’lgan qilib ko’rsatib, ko’ngilli ravishda Ikkinchi jahon urushiga jo’naydi. U avval Uzoq Sharqda xizmat qilgan, so’ng Mo’g’ilistonning cheksiz Gobi sahrosini piyoda bosib o’tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda qatnashgan. Insoniyat erki uchun bo’lgan janglarda shaxsan qatnashishni or-nomus masalasi hisoblab jangga kirgan romantik yigit urush tugagandan so’ng ham yurtga tezda qayta olmaydi. Uni 1950- yilga kelibgina uyga jo’natishadi. Odil Yoqubov 1951—1956- yillarda SAGU (hozirgi o’zbekiston Milliy uni- versiteli) filologiya fakultetining rus tili va adabiyoti bo’limida o’qiydi. o’qishni tugatgandan keyin 1959- yilgacha o’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida masla- hatchi bo’lib ishlaydi. Bolalikdan rus adabiyoti bilan tanish bo’lgan, besh yil- lik harbiy xizmatda bu tilni mukammal o’rgangan O. Yoqubov 1959—1963 va 1967—1970- yillarda sobiq ittifoq nuqyosida tarqaladigan "Literaturnaya gazeta"ning o’zbekistondagi muxbiri sifatida faoliyat ko’rsatadi, 1970—1982- yillar orasida "o’zbekfilm" kinostudiyasida, Respublika kinematografiya qo’mitasida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o’rinbosari lavozimlarida mehnat qiladi. 1982- yildan 1989- yilgacha "o’zbekiston adabiyoti va sanati" haftaligining bosh muharriri bo’ladi. 1989 —1996- yillarda esa o’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining rai- si sifatida faoliyat ko’rsatadi. Bu davrda adib shaxsiyatiga xos kengfe'llik to’la namoyon bo’ldi. U o’zbek yozuvchilariga tegishli sharoit yaratish, ularga ijod erkinligi berish borasida katta ishlarni amalga oshiradi. O. Yoqubov 1996— 2004- yillarda Atamashunoslik qo’mitasi raisi, 2005- yilgacha Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining vitse prezidenti vazifalarini ado etgan. Adibning ilk asari "Tengdoshlar" qissasi harbiy xizmatda ekanida yozilgan va 1951- yilda "Sharq yulduzi" jurnalida bosilib chiqqan. Keyinroq adib "Chin muhabbat", "Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim" (1956), "Yurak yonmog’i kerak" (1957), "Olma gullaganda" (1960) kabi qator dramatik asarlar yaratgan. Uning bu asarlari Hamza nomidagi Respublika akademik drama teatri (hozirgi o’zbek milliy akademik drama teatri)da ijro etilgan. 1956- yilda "Ikki muhab- bat" nomi bilan nasriy asarlar kitobi bosildi. Keyin birin-ketin "Muqaddas" (1960), "Bir feleton qissasi" (1961), "Tilla uzuk", "Larza", "Qanot juft bo’ladi" (1969), "Billur qandillar" (1975), "Izlayman", "Matluba" qissalari chop etildi. Adib dramaturgiya, hikoya va qissachilikda qalamini charxlagach, roman janrida ham bir qator asarlar yaratdi. I ning "Er boshiga ish tushsa" (1969), "Ulug’bek xazinasi" (1974), "Diyonat" (1973), "Ko’hna dunyo" (1983), "Oqqushlar, oppoq qushlar" (1988), "Adolat manzili" (1997) kabi romanlarida turli davrlarda yashagan turfa odamlarning ruhiy olami, ma'naviy dunyosi, izti- rob-u quvonchlari mahorat bilan aks ettirilgan. ULUG’BEK XAZINASI (romandan parchalar) Mirzo Ldug’bek qirmizi poyandoz to’shalgan xiyobondan ohista yurib orqaga qaytarkan, darvozaning yonida oq ko’pikka cho’milgan bir necha otlarni ko’rdi. Koshonadan chiqqan shahzoda Abdulaziz bilan qo’lida maktub ushlagan shayxu- lislom Burhoniddin shosha-pisha unga tomon yurishdi. "Tag’in noxush xabar!" — xayolida dedi Mirzo Ldug’bek. — Qayda yuribsiz, hazratim? — dedi shayxulislom hansirab. — Amir Iskandar barlosdan chopar kelibdur. — Tag’in ne mujda? — Mirzo Ldug’bek to’xtab nomaga qo’l cho’zdi. Bir parcha sariq qog’ozga palapartish yozilgan nomada amir Iskandar shahzoda Ahdullatifning hirovul qo’shinlari pistirmadan chiqib, uning qalb qo’shinlariga hamla qilganini yozgan edi. Amirning xabar berishicha, shahzodaning qo’shinida fillar ham bor. Bu fillar uning suvoriylariga dahshat solgani boisidan u dorussal- tana tomon chekinmoqni lozim ko’rgan... Mirzo Ulug’bek ko’zlarini nomadan uzib, o’g’li bilan shayxulislomga qaradi. U endigina koshona yonida turgan bir guruh saroy mahramlariga ko’zi tushdi. Mahramlar orasida jiyanlari: shahzoda Abdulla bilan Abu Said Mirzo ham tu- rar, zarbof to’n ichidan suvoriy sovut, boshlariga tilla hoshiyali dubulg’a kiygan bu ikki shahzodaning ham ko’zlarida taraddud, harakatlarida toqatsizlik sezilib turardi. Mirzo Ulug’bek jo’rttaga ovozini ko’tarib: — Shahzoda lashkari yurish boshlabdur, — dedi. — Lashkarlarida fillar bor ermish. Shayxulislom Burhoniddin rangi o’chib, boshini sarak-sarak qildi, — Davlatpanoh ne farmon bergaylar? Mirzo Ldug’bek miyig’ida kulimsiradi. — Ollo taolo peshonaga neni yozgan bo’lsa, shu bo’ladi, taqsir. — Inshoolloh, peshonangiz yorug’ bo’lg’ay. Ya illo... — Jang-jadal qilmoq!.. Shayxulislom cho’qqi soqolini ushlab, bosh chayqadi va go’yo saroy ahli es- hitishini istamaganday: — Dorussaltanaga qaytmoq darkor, onhazratim! — dedi sekin. — Qal'a mustahkam... Mirzo Ldug’bek asabiy harakat qilib: — Hayhot! — dedi. — Shahzodada tosh otg’uvchi arrodalar bordur, taq- sir! Butkul shahar zer-zabar bo’ladi! Butkul shahar! Chol yana asabiylashib boshini sarak-sarak qiddi. — Vallohi a'lam bissavob! Va lekin shaharni ololmas, sultonim! Jamiki masjidlarga xutba o’qiturmen. Barcha fuqaro oyoqqa turadur, davlatpanoh!.. — o’ylab ko’rmoq darkor, taqsir! — Mirzo Ldug’bek qovog’ini uygani- cha koshona tomon yurdi. Yo’lda turgan shahzodalar shosha-pisha yo’l berishdi. Koshonaning ikkinchi oshyonidagi devorlari firuzarang sopol parchinlar bilan bezatilgan katta xonaga shohi ko’rpachalar to’shalib, xontaxtalar qo’yilgan, xon- taxtalar yog’liq patirlar, meva-cheva, qovurilgan g’oz va kaboblarga to’la edi. Mirzo Ldug’bek ichida kulib qo’ydi: "o’lim oldidan bazmi jamshid!" U to’rga, bir mahallar bobosi Amir Temur o’tirgan joyga o’tirarkan, poy- gakda tazini qilib turgan bakovulga yuzlanib: — Boda keltir! — deb buyurdi. Lekin bodani ichish nasib etmadi. Bakovul chiqib, Mirzo Ulug’bek joylashibroq o’tirmagan ham ediki, sa- roybon kirib, ikkinchi chopar keltirgan nomani tutdi. Bu noma suyukli navkari Bobo Husayndan bo’lib, birinchisidan ham vahimali edi. Shahzodaning o’ng va chap qanot lashkari yurishni jadallatib, amir Sulton Jondor bilan amir Iskandar barlos qo’shinlarini qopqonga tushirmoq harakatida ekan. Lekin eng yomoni — amir Sulton Jondor qayoqqadir qochgan, qo’shinda yolg’iz amir Iskandar barlos qolgan emish! Bobo Husayn buni xabar qilib, Mirzo Ulug’bekka Samarqandga chekinishni maslahat bergan, o’zi esa amir Iskandar barlos bilan Dimishq atro- fida jang qilib, shahzoda lashkarlarini to’xtatib turish niyatida ekanini yozgan Nomaga qaraganda, shahzoda qo’shinlari ikki-uch farsah joyga kelib qol- gan, Mirzo Ulug’bek qanday qarorga kelmasin, bu qarorni darhol qabul qilmog’i lozim edi! U esa... U hamon jang qilish, shahzoda bilan yuzma-yuz kelish istagi bilan yonar edi. Lekin Bobo Husayn yo’llagan nomani o’qirkan, xayoliga bir fikr keldi: dorussaltanaga qaytib va uning darvozalarini berkitib olib, shahzoda bilan sulh-saloh tuzsa ne qiladi? Yo’q, shahzoda uning taxtda qolishiga ko’nmas. Lekin Mirzo Ulug’bekka minba'd toj-u taxt kerak ermas! Shahzoda uning rasadxo- nasiy-u madrasalariga tegmasa, marifat yo’lidagi ishlarini man etmasa, u tinch- gina ilni-u idrok bilan mashg’ul bo’lsa — bas! Unga shundan boshqa ne kerak? Lekin shahzodani bu shartlarga ko’ndirish uchun fuqaroni safarbar qilib bo’lsa xam, mudofaaga o’tmoq darkor. Mirzo Ulug’bek barcha ikkilanishlarga chek qo’yib, to’rda churq etmay o’tirgan amir Idris tarxonga yuzlandi. — Siz Dimishqda qolib, Iskandar barlos suvoriylariga ko’mak bergay- siz, amir! Boshingiz ketsa-da, shu bugun shahzoda lashkarlarini to’xtatgaysiz. Farmoni oliy ayonmi? — Ayon, davlatpanoh! — Amir Idris tarxon to’n ichidan kiygan sovutining halqachalarini shing’irlatib, ta'zim qildi. Mirzo Ulug’bek uyqusizlikdan qisilgan ko’zlari yonib, o’g’li Abdulazizga qaradi. — Sen ikki shahzodani olib, darhol dorussaltanaga chopgaysen. Dorug’a Mironshohga amri oliyni yetkazgaysen: barcha a'yon-u boyonlar darhol Ko’ksaroyga yig’ilsin. Mashvarat qilurmen. Mirzo Ulug’bek shitob bilan o’rnidan turdi. Boda to’la kosasini bir sipqa- rishda bo’shatdi-da, hech kimga qaramay koshonadan chiqdi. Qorong’i tusha hoshlaganidan bezovtalangan Mirzo Ulug’bek otiga qamchi urdi. Shu payt oldinda, Qohira bog’lariga kiraverishda, ot tuyoqlarining dupuri eshitilib, allaqanday g’alayon ko’tarildi, ilgarilab ketgan navkarlarning qattiq- qattiq tovushlari eshitildi. So’ng bir guruh suvoriylar ot choptirib kelib, Mirzo Ulug’bekka yetmay to’xtadi. Mirzo Ulug’bek qilichini qinidan sug’urib oldi. — Bu kim? — A'lohazratlari afv etsinlar! Biz dorussaltanaga borib qaytdik!.. Ketma-ket ot choptirib kelgan shahzoda Abdulaziz bilan tund yuzli saroybon arg’umog’ini niqtab oldinga o’tdi. — Davlatpanoh... — So’zla! — Darvozalar yopilgan. Salohdorlar darvozalarni ochmoqdin bosh tortadur, hazratim... — Yolg’on! — Mirzo Ulug’bek xayolida baqirib yuborganday bo’ldi, le- kin uning ovozi xirillab eshitildi-yu, bir zum og’ir jimlik cho’kdi. Qorong’ida shayxulislom Burhoniddinning: "Yo parvardigor!.." — deb pichirlagani va Mirzo Ulug’bekning hansirab nafas olgani eshitildi. — Dorug’a Mironshoh qayda? Darvozada bormu? — Yo’q, onhazratim! Dorug’a darvozaga kelmoqdin bosh tortibdi. — Bo’shat yo’lni! — Mirzo Ulug’bek shunday deb baqirdi-da, betoqat pishqirgan oq bedoviga qamchi bosdi. Achchiq qamchiga o’rganmagan arabiy arg’umoq osmonga sakradi-yu, shamolday uchib ketdi... Uning tuyoqlari ostidan otilib chiqqan tosh va kesaklar har tomon vizillab otilar, osmonda uchgan xazonlar ayovsiz savalar, lekin u hech narsani sezmas, qalbida tug’yon urgan alam og’riqni bosib ketgan edi. Xayolan u hamon ko’kka tavallo qilar, osiy bandangni kechirgaysen, qarigan chog’imda bu xo’rlikni ravo ko’rmagaysen, deb iltijo etardi. Bog’lar chekinib, atrof xiyol yorishdi. Sal o’tmay, oldinda osmon bilan tutashgan dorussaltana qo’rg’oni ko’zga chalindi. Qorong’ida qo’rg’onning kun- gurador devori shunday yuksak va mustahkam ko’rinar ediki, uni hech bir kuch zabt etolmaydiganday tuyulardi. Suvi ko’klamdayoq qurib qolgan chuqur xandaq yonida Mirzo Ulug’bekni yana bir guruh navkarlar qarshi oldi. Ular orasida shahzoda Abdulaziz bilan jiyanlari Abdulla va Abu Said Mirzo ham bor edi. Uchala shahzoda ham asabiy holatda u yoqdan-bu yoqqa ot o’ynatib yurishar edi. Mirzo Ulug’bek shahzoda- larga e'tibor bermay, chuqur xandaqdan ot choptirib o’tib, do’ngukdagi darvoza oldida to’xtadi. Saroybon otini niqtab borib, qilichi bilan darvozani "shaq-shaq" urgan edi, tepadagi minoradan: — Bu kim? — degan ovoz eshitildi. — Bu men! — dedi Mirzo Ulug’bek, yana qoni qaynab. — Sohibi toj Mirzo Ulug’bek Ko’ragoniy! — "Darvozai ohanin" namozi asrdan so’ng shoh-u gado — barchaga yopiqdir! — Och darvozani, malun! Mirzo Ulug’bek go’yo darvozani ag’dara oladigandek, ot soldirib bordi, asov oq bedov osmonga sapchib, oldingi oyoqlari bilan temir darvozani qarsillatib ur- di-yu, orqaga tisarildi. Yuqorida bir daqiqa jimlik cho’kkach: — A'lo hazratlari afv etsinlar! — dedi boyagi ovoz. — Dorug’a Mironshoh janoblari farmon qilmishlar, darvoza ochilmaydur! — Sohibi saltanat men bo’lurmen. Barcha farmonlarim amri vojib erur!.. Darvozani och yo dorug’ani chaqir, yoxud boshing ketadi, salohdor! Mirzo Ulug’bek gapini tugatmagan ham ediki, devor tepasidagi minoradan qiqirlab bo’g’iq ovoz eshitildi: — Salohdorning boshini olishga qo’ling kaltalik qiladur! Buning boshi emas, o’z boshingga ehtiyot bo’lg’il, Muhammad Tarag’ay! Mirzo Ulug’bek bir daqiqa tili kalimaga kelmay garang bo’lib qoldi. Bu ingichka xirilloq ovozning egasi, har bir so’zidan zahar tomchilab turgan bu odam... amir Sulton Jondor edi!.. Voajabo! Bu malun lashkarni tashlab qochganda... dorussaltanaga kelgan ekan-da! Lekin qachon, qaysi yo’ldan o’tib keldi? Unga darvozani kim, nechun ochdi?.. Bu beimon kazzoblar qachon til biriktirgan? Bu diyonatsiz insonlar, bu amir-u umarolar, arkoni harb va arkoni davlatlardan hazar, alhazar! Qayga bor- mang, hammayoqda makkorlik, razolat va riyokorlik! Mirzo Ulug’bek oyoqlarini uzangiga tirab, qaddini rostladi, vujud-vujudini larzaga solgan tug’yonni zo’rg’a bosib: — Amir Sulton Jondor! — dedi. — Humo qushi kimning boshiga qo’nur, buni yolg’iz haq taolo biladur. Humo qushi meni tark etsa — sening baxting! Va le- kin falakning gardishi bilan toj-u taxt qo’limda qolsa... esingda bo’lsin: oyog’ingdan dorga osib, ostingdan o’t qo’yamen! — Mirzo Ulug’bek shunday dedi-da, amir Jondorning javobini kutmasdan, otining boshini orqaga burdi. Mirzo Ulug’bek handaqdan ot choptirib o’tishi bilan uni shahzodalar o’rab olishdi. Xayoli alg’ov-dalg’ov bo’lib ketgan Mirzo Ulug’bek shahzodalarning hayajonli so’zlaridan faqat bir narsani, "Shohruhiya qalasi", — degan so’zni tushundi-yu, "mayli!" deb, qo’l siltadi. U qayoqqa, nima maqsadda ketayotganini bilmas, xayolini faqat bir fikr — insonlarning riyokorligi, manfurlik va kazzobligi band etgan edi. Sal o’tmay, Shohruhiya qalasiga ot choptirib ketgan shahzoda Abdulaziz qaytib keldi. U og’ir hansirar, g’uldirab allanimalarni aytar, lekin ga- pini tushunish qiyin edi. Mirzo Ulug’bek Shohruhiya qalasi ham yopilganini, qala boshlig’i turk- man begi Ibrohim Po’lat o’g’li ham sotqinlik qilganini uning g’uldirashlaridan arang ilg’ab oldi. Aqli bilan emas, allaqanday ichki tuyg’u bilan ilg’ab oldi-yu, labini qattiq tishlaganicha o’ylanib qoldi. U bir daqiqagina ikkilandi, ko’nglidagi g’alayon bilan bir soniyagina olishdi, so’ng, arg’umog’ining boshini orqaga burdi. U Mirzo Abdullatifga bosh egishga, yaxshilik bo’lsa-da, yomonlik bo’lsa-da, o’z zurriyotidan ko’rishga ahd qildi. Savol va topshiriqlar 1. Shahzoda Abdulla va Abu Said Mirzoning ko’zlaridagi taraddud, harakatlari dagi toqatsizlik nimadan darak deb o’ylaysiz? 2. Ulug’bekning Abdullatif bilan yuzma yuz kelishga intilishi uning shaxsiyati ning qay jihatini ko’rsatadi? 3. Mirzo Ulug’bekning boda to’la kosani bir sipqarishda bo’shatgani uning ruhiyatidagi qaysi qirrani namoyon etadi? 4. Ulug’bekning suvlig’ini chaynab yulqingan oq bedovni Samarqand tomon choptirmaganligi sababini izohlang. 5. Ulug’bekning ruhiy holati tasvirini o’qib, tahlil qiling. 6. Yuragi tug’yonga kelgan hukmdorning Samarqand qalasini ko’rgach birdan bo’shashib qolgani sababini topishga urining. 7. Amir Jondorning andishasiz gapidan so’ng Ulug’bek Mirzoning tili bir zum kalimaga kelmay qolgani sababini ayting. 8. "U bir daqiqagina ikkilandi, ko’nglidagi g’alayon bilan bir soniyagina olishdi, so’ng, arg’umog’ining boshini orqaga burdi. U Mirzo Abdullatifga bosh egishga, yaxshilik bo’lsa-da, yomonlik bo’lsa-da, o’z zurriyotidan ko’rishga ahd qildi". Mirzo Ulug’bek taqdirini hal qilgan bu harakat sababini anglating. * * * Mana ikki kun o’tdi. Mirzp Ulug’bek Ko’ksaroyning chekkasidagi birxonada o'z yog’iga o'zi qovrilib yotibdi. Eshikdagi yasovul hatto tahoratga ham chiqarmaydi, ta- horat suvini ichkariga beradi. Mirzo Ulug’bek Ko’ksaroyda yarim asr istiqomat qilib, bu xonani ko’rmagan ekan. Xona sovuq va nimqorong’i. Faqat shiftdagi tuynukchadan bir hovuchgina nur tushadi. Xonada gilam-u bir-ikkita ko’rpacha. o’rtadagi xontax- tada sovib qolgan kabob va meva-cheva. Bejirim chinni ko’zachada — boda. Lekin ovqatdan shubhalangan Mirzo Ulug’bek hanuz tuz totgani yo’q. Faqat qumg’ondagi suvdan bir-ikki qultum ichdi, xolos. Mana endi ochlik va uyqusizlikdan xayoli chu- valib, shiftdagi tuynukka tikilib yotibdi. U kecha shahzodaga ikkita maktub yo’llab suhbatga chaqirishni so’radi. U toj-u taxtdan o’z idroki va ixtiyori bilan voz kechmoqqa azm qilganini shah- zodaga aytmoqchi va undan yolg’iz bir narsani — qolgan besh kunlik umrini ilm-ma'rifatga bag’ishlashiga imkon berishini so’ramoqchi edi. Keyin, agar shah- zoda quloq solsa, otalik nasihatini bermoqchi, insof va adolatga chaqirmoqchi edi. Yo’q. Har ikkala maktub javobsiz qoldi. Bu oqpadar o’g’ilning muddaosi ne? Yana qanday shumlikni boshlamoqchi? Taxt azmida hech narsadan tap tortmagan bu ko’rnamak o’z padarining joniga qasd qilmoq niyatida emasmu? Yo’q, Mirzo Ulug’bek o’limdan qo’rqmaydi! o’lim haq, parvardigori olam! Va lekin yomon bo’lsa-da, o’z pushtikamaridan yaralgan bu johil farzandining taqdiri ne bo’ladi? o’z qiblagohining joniga qasd qilib, padarkush degan mash'um 110111 olib, abadul- abad badnom bo’lmasmu? Xonaga birov kirdimi yo eshik g’ichirladimi? Mirzo Ulug’bek ko’zini ochdi. Ostonada paydo bo’lgan yasovul orqaga chekinib, tanish semiz bakovulga yo’l berdi. Bakovulning qo’lidagi og’ir barkashda qip-qizil pishgan ikkita patir, bir tovoq osh va bir choynak choy bor edi. Bakovul bosh egib, ta'zim qildi-da, barkashni xontaxtaga qo’ydi. Shoshilmay sovib qolgan kaboblarni yig’ib oldi, so’ng, indamay orqasiga tisarilarkan, patirga imo qilib ko’zini qisdi. Mirzo Ulug’bek uning imosiga tushunolmay bir patirga, bir bakovulga qaradi. Lekin ba- kovul indamadi, "ayg’oqchi bor", degan manoda eshikka imladi-da, yana patirga ishora qilib chiqib ketdi. Mirzo Ulug’bek patirni olib ushatdi, ushatdi-yu, hayron bo’lib qoldi. Patirning orasidan naycha qilib o’ralgan bir qog’oz chiqdi. Mirzo Ulug’bek yura- gi "shig’" etib, qog’ozni ochdi. Imzo chekilmagan. Noma'lum kimsa unga haq taolodan inoyat tilab, dorussaltanada bo’layotgan hodisalardan voqif qilgan va bir maslahatni o’rtaga tashlagan edi. Uning yozishicha, shahzodai valiahd dorussaltanani zabt etib, Ko’ksaroyga kirishi bilan qiyomat-qoyim boshlangan, kecha masjidi jomeda xutba o’qilib, Mirzo Ulug’bek Movarounnahr g’animi, deb atalgan va toj-u taxtdan judo qilin- gan. Xutbada Movarounnahr sultoni deb, shahzodaning ismi zikr qilingan va uning nomida pul zarb etilmoqqa fatvo berilgan. Shahzoda bu kunlarda ko’p zoti shariflarni, Mirzo Ulug’bekning ko’p navkarlari va sarkardalarini hibsga olgan. Qarshilik qilganlar esa qatl etilgan. Shahzoda uni, Mirzo Ulug’bekni, Makkayi mukarramaga hajga yubormoqqa jazm qilgan. Lekin xutbada Sayid Abbos de- gan bir kimsa xonga yukunib, a'lohazratlaridan xun dovlagan. Zero, Ulug’bek hazratlari uning padari buzrukvorini begunoh qatl qildirgan emish. Bu diyo- natsiz kimsaning soxta dovini qoziyul quzzot Xoja Miskin janoblaridan boshqa bir kimsa, hatto shahzodaning o’zi ham rad qilmagan. Alqissa, uning hayoti qil ustida turibdi, shu bois, noma'lum kimsa unga qochmoqni maslahat qilgan. Basharti onhazratlari bu maslahatni maqbul topsa, bakovulga ishora qilmog’i lozim. Bakovul posbonni dori bilan uxlatib, Mirzo Ulug’bekni Ko’ksaroy tagidagi lahimdan olib chiqadi. Mirzo Ulug’bek maktubni o’qib tugatmasidanoq o’rnidan turib ketdi. Uning ko’ngliga kelgan birinchi fikr "tuzoq" bo’ldi. Shahzoda, yo’q, amirlar qo’ygan azozil tuzog’i!.. Mirzo Ulug’bek hayajon ichida xonani bir aylanib chiqdi. Banogoh ko’zi ushatilgan patirga tushib, ko’nglidan yana o’sha fikr o’tdi: "Og’u"... Ha, bu ovqat, non, chinni ko’zachadagi boda — hammasi zaharlan- gan! Hammasiga og’u solingan! Niyatlari uni zaharlab o’ldirmoq! — dedi Mirzo Ulug’bek, dedi-yu, xayoliga yana bir fikr kelib mayus jilmaydi: "Alhol unga baribir emasmu? Kindik qoni to’kilgan suyukli yurtidan judo bo’lib, yot ellarda, olis musofir yurtida darbadar kezganidan yoxud boshini Sayid Abbos qilichi kesganidan og’u ichib o’lgani maqbul emasmu?" Mirzo Ulug’bek bir piyola bodani to’ldirib ko’tarib yubordi-da, bir burda non chaynab, xonani sekin aylana boshladi... Mirzo Ulug’bek qalbini chulg’ab olgan alamli duddan bo’g’ilib, xonaning o’rtasida to’xtadi. U endigina xonaga qorong’i tushganini, shiftdagi tuynukchadan quyilib turgan bir hovuchgina nur so’nib, kaftdekkina osmonda milt-milt yulduz- lar yonganini ko’rdi. Yulduzlar!.. — Mirzo Ulug’bek ko’ngli bir xil bo’lib osmonga tikildi. Yo tavba! U yulduzlarni yaxshi tanimadi. Qorong’i tuynukda milt-milt etgan qaysi sitora? Dubbi akbarmi yoki boshqa yulduzmi?.. Osmondagi har bir yul- duzni nomma-nom biladigan munajjim... unga ne bo’ddi? Ko’zining nuri so’nib qoldimu yo zehni xiralashdimu? — Mirzo Ulug’bek xayoli chuvalib ketayotga- nini sezib, joyiga borib yonboshladi. Yonboshlashi bilan eshik ochilib, boshlarida dubulg’a, qo’llarida yalang’och qilich, ikki sipoh kirib keldi. Ikkovi ham ot yuzli, o’ng quloqlariga isirg’a taqqan balxiy sipohlardan edi. Sipohlardan keyin sur- marang salla o’ragan zanjiday qop-qora notanish yasovul kirib tazini qildi va jimgina eshikka imladi. Mirzo Ulug’bek zanjisifat yasovulning betakalluf harakati uyg’otgan g’azabni ichiga yutib, egniga suvsar po’stinini tashladi... Salomxona charog’on edi. Gir aylantirib qo’yilgan baland kursilarda hanuna- si birday movut-u zarbof to’n ustidan oq shoyi rido kiygan, boshlariga simobiy oq salla o’ragan ulamo o’tirardi. Eshikda Mirzo Ulug’bek ko’ringanda ulamolardan bazilari shosha-pisha o’rinlaridan turishdi, lekin to’rda, boshqalardan baland- roq kursida tasbeh o’girib o’tirganlar, qilich taqqan amirlar hazrat Xomushning qahrli nigohi ostida qayta joylariga cho’kdilar. Mirzo Ulug’bekning xayolidan "Shayxulislom Burhoniddin qayda? Dorussaltana qoziyul-quzzoti Xoja Miskin janoblari-chi?" — degan fikr o’tdi. Hazrat uzun, nozik barmoqlari bilan go’yo har bir tolasiga jilo berganday yaltillagan oppoq soqolini silab: Bandai ojiz Muhammad Tarag’ay, — dedi, "onhazratlari" so’zini qo’shmay. — Dorussaltana ulamo va amirlarining bu dargohga yig’ilmog’idin murodi olloning inoyati bilan Movarounnahrga sultoni salotin bo’lgan shahzodai valiahdning amri oliylari va ulamolarning fatvolarini... Mirzo Ulug’bek kinoyali kulmoqchi bo’ldi, lekin kulolmadi, yuragini larzaga solgan ichki tug’yon uning irodasidan ustun kelib, yuzi burishib ketdi. Ha, hazratim. Fatvo mubohara qilmoq uchun ilmdan ogoh bo’lmoq dar- kor. Nadomatlar bo’lg’aykim, bu murofaa (hukmronlik da'vo qilish)ga aqli zukko ulamolar emas, ilm-u ma'rifatdan yiroq johillar yig’ilibdur... Zerokim, o’g’il bilan ota o’rtasiga nifoq solib, farzandni o’z padariga qayrash... Gunohi kabir emasmu, hazratim? Rangi o’chgan, allaqanday ichki bir g’ururdan ko’zlari chaqnab ketgan Mirzo Ulug’bek oldini to’sgan ulamolarni yorib o’tib, to’rdagi eshikka tomon yurdi. Dag’-dag’ qaltiragan a'lohazratlarining vajohati shunday qo’rqinchli ediki, eshik oldida turgan ulamolar beixtiyor chekinib, unga yo’l berishdi. Mirzo Ulug’bek ularning yonidan o’tib, chetlariga tilla tasma qoqilgan o’ymakor eshikni shitob bilan o’ziga tortdi. Eshikning o’ng tavaqasi sharaqlab ochildi-yu, devorga tegib yana yopildi. Mirzo Ulug’bek qayta yulqib ochib, ichkariga kirdi. Shiftdagi oltin qandilga terilgan o’nlarcha shamlar shu'lasida shahzodaning so’nik yuzi go’yo ganchdan yasalgan niqobday sovuq tuyular, chuqur botgan ko’zlari bejo charaqlar, qo’sh-qo’sh tilla uzuk taqilgan ingichka qoramtir barmoqlari asabiy titrardi. Mirzo Ulug’bek allaqanday yengil tortib, taxt yonidagi oq kursiga borib o’tirdi... Mirzo Ulug’bek ko’zini undan uzib shiftga, sham terilgan chambarak tilla qandilga tikdi. "Yo tavba! Bu toj-u taxtda ne sehr, ne sir-asror bor ekan- kim, unga o’ltirgan har bir kimsa darhol o’zgaradi?.. Nainki shahzoda, bu taxt hattokim... Amir Temurga ham vafo qilmaganini tushunmaydi? Ana, go’yo bo- bosi Amir Temurday gerdayib o’ltiribdi! Bilmaydikim... Yo’q, to’xta, Muhammad Tarag’ay! Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati o’zingni ham aqli hushingdan ayirmagan edimu? Shahzoda yaxshi bo’lsun, yomon bo’lsun — o’z farzanding, o’z pushtikamaring- dan bo’lg’an zurriyoting emasmu?.. Ot tepkisini ot ko’taradur. Uni qarg’ab, yo- monlik tilagandan yaxshi so’zingni so’zlab, nasihatingni qilganing maqbul emas- luu, ey osiy banda?" Mirzo Ulug’bek ko’ngli yumshab, shahzodaga yuzlandi, dilidagi iztirob ara- lash g’ururni bosib: — Shahzodai juvonbaxt! — dedi sekin. — Taxtimning valiahdi sen eding. Ollo taolo faqirni o’z rahmatiga chorlasa, bu taxtga sen o’ltirar eding. Olloning inoyati bilan ko’zim tirigida bu taxt senga nasib bo’libdi, men bunga rozimen... Shahzoda qo’llarini oltin taxtning suyanchiqlariga tirab, sovuq kulimsiradi: — Balli sizga, qiblagoh! Ya lekin men bu taxtni sizning ixtiyoringiz bilan emas, birlamchi, haq taoloning inoyati, ikkilamchi, o’z kuch-qudratim ila qo’lga kiritdim! Mirzo Ulug’bek lablarini qattiq qimtib: "Burgut! — dedi ichida. — Qora burgut!" Uning ko’nguga yopirilib kelgan mehr izg’irin tekkan shamday so’nib, yuragi yana muzladi. U avvalo shahzodani o’g’lim deb, qolaversa, egilgan boshni qilich kesmas deb, hamiyatini bukib kelgan edi, bu quzg’un esa... Mirzo Ulug’bek jismini qaqshatgan alamli tug’yonni arang bosib: — Kuch-qudratingga inonib, — dedi, — Movarounnahr sarhadiga qadam qo’ymay qiyomat-qoyim qilasenmu? Shahzodaning rangi o’chib, bejo ko’zlari tungi alangaday yaltillab ketdi. — Nechun qadam qo’ymaganmen? Movarounnahr ulusi oyog’im ostidadur! — Esingda bo’lgay, bu tuproqni oyoq osti qildim, degan ne-ne fotihlar, ne- ne jahongirlar o’tgandur. Ularning xoki qayda tirik banda bilmaydi va lekin bu el, bu tuproq abadulabad turajakdur! Mirzo Abdullatifning yupqa lablariga kinoyali tabassum yugurdi o’rnidan turib ketdi, lekin taxtdan tushgisi kelmay, joyiga qayta o’tirdi. — Suhbatdan muddaongiz shu bo’lsa, men bunday nasihatlarga muhtoj emasmen! — dedi u past, lekin tahdidli ovoz bilan. — Boshqa kalomingiz bo’lsa ayting, yo’qsa... "Yo’q, bundan shafqat tilab bo’lmas. Bundan shafqat tilamoq, ajdahodan jon tilamoq bilan barobar!.." — Yo’qsa... — To’xta! — dedi Mirzo Ulug’bek uning so’zini bo’lib. — Senga aytadurg’on yolg’iz tilagim bor. So’nggi tilagimdur bu... o’z padaringni Movarounnahr sarhadidan haydamoqni niyat qilibsen... Meni bu maskandan hay- dagandin qatl qilganing a'lodur! Qatl! Savol va topshiriqlar 1. Salkam qirq yil toj egasi bo’lgani holda nafaqat baxtli bo’lmagani, balki ro hat ham ko’rmagani haqida Ulug’bek armonini sharhlang. 2. Ulug’bekning o’g’li qo’lida o’lishdan emas, balki farzandining "padarkush" bo’lishidan qo’rqishi aks etgan tasvirlarga munosabat bildiring. 3. Hozirgi holatidan ko’ra zaharlanishni afzal ko’rgan Ulug’bekning tuyg’ulari haqida mulohaza yuriting. 4. Bir umr yulduzlar bilan shug’ullangan kishining tuynukdan ko’ringan yulduzlarni tanimasligini izohlang. 5. Mirzo Ulug’bekning ma'naviy qudrati aks etgan tasvirlarni sharhlang. 6. Shahzoda Abdullatif chizgilari berilgan tasvirlarni o’qib, uni tavsiflang. 7. Ulug’bekning o’g’li bilan bahsi tasviridan ularning shaxsiga xos belgilarni ko’rsating. 8. Ulug’bekning so’nggi so’zlarini izohlang. 9. Shahzoda fojiasining tub ildizini topishga harakat qiling. * * * "Bog’i maydon"ni bir sayr qilib kelish niyatida chiqqan Mirzo Abdullatif, bog’ni ko’rgach, Ko’ksaroyga qaytgisi kelmay qoldi. Abu Said Mirzo qochganidan keyin yana vasvasa bosib, uyqu ko’rmay izti- robda yurgan shahzoda go’yo ko’nglidagi barcha tashvish va g’am-anduhlardan soqit bo’lganday yengil tortdi. Mayin qizil qum sepilgan, behad katta bog’ning eng xilvat joylarigacha olib boradigan xiyobonlarni, hilol va yulduzlar shaklida yasalib, bo’lakcha bir mehr bilan parvarish qilingan mo’jaz gulzorlarni ayla- narkan, shahzoda bolalik va o’smirlik chog’larida bu gulgun maskanda o’tgan ma'rakalar, dabdabali lo’ylur. xushovoz xonandalar, tovusdek raqqosalar ishtirokida berilgan bazmi jamshidlar esiga tushib, nechundir ko’ziga yosh keldi. ...Koshkiydi, o’sha beg’ubor o’spirinlik yillari bir daqiqagina qaytib kelsa?.. Shahzodaning xayolini saroybonning juratsiz ovozi bo’ldi: — Davlatpanoh afv etgaylar. Qaytmoq darkor. Tezda dorussaltana darvozalari berkiladur... "Darvoza berkiladur?.. Yo’q, u Ko’ksaroyga qaytmaydi. U bukun shu bog’da, shu koshonada tunaydi. Shoyad bu bog’da tunab, yuragini ezgan mudhish vas- vasadan qutulsa, shoyad!.." — Musallas bormu? — dedi shahzoda ko’zlarini yuksak tog’lardan uzmay. — Bor, davlatpanoh..., — Saroybon oyoq uchida yurib, mehmonxonaga kirib ketdi-da, darhol qaytib chiqdi. Shahzoda unga qaramasa ham, ko’zachadan quyilayotgan sharobning mayin qultillashini eshitdi. — Marhamat qilgaysiz, davlatpanoh... Shahzoda guldor xitoy kosasida qip-qizil yonib turgan quyuq mayni bir ko’tarishda sipqarib, "tag’in" deb imo qildi. Ikkinchi qadahni ham bo’shatib, saroybonga qaytarib berarkan: — Bukun shu joyda tunaymen, — dedi. — Bakovullar bormu? — Xizmatingizga muntazirdur, davlatpanohim... — Ayt, bedana kabob pishirsinlar! — Bosh ustiga... — To’xta! — shahzoda kulimsiraganicha saroybonning qo’lidagi guldor chinni idishni olib xontaxtaga qo’ydi. Uning dilida qandaydir yangi bir tilak, sho’xlik, safo istagi tug’ilgan edi. — Ko’ksaroyga chopar yuhor! Haram bekasiga aytsin: besh-oltita yosh kanizlar bilan xonandalarni olib, darhol yetib kelsin... Uqdingmu? — shahzoda yana kulimsirab, saroybonga ko’z qisdi: — Bukun birga aysh qilamiz. Kanizlar orasidan ko’nglingga yoqqanini tan- lab olasen!.. — Tasanno, davlatpanohim! — Saroybon kulimsirab, orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Shahzoda munaqqash chinni idishdan yana bir piyola may quyib ichdi- da, xontaxtadagi noz-ne'matlardan bir-ikki cho’qilab, ipak ko’rpachaga yon- boshladi... Shahzoda tush ko’rdi. Go’yo u Ko’ksaroyda, haramxonaga yon- dosh o’rdaday keng, muhtasham xonada katta bazmi jamshid qurayotgan emish. Bazmga barcha amirlar va nufuzli beklar, devon va saroy mahramlari, shahzodaning eng yaqin muqarrablari yig’ilgan emish. Bakovullar oltin barkash- larda taom ustiga taom tortishar, may daryo bo’lib oqar emish. Poygakda o’tirgan mashhur sozandalar jon oluvchi dilrabo kuylar chalarmish, xonaning to’ridagi harir parda orqasida esa yarim yalang’och nozaninlar zeb-ziynatlarini yoqimli ja- ranglatib, noz-u karashmalar bilan ming maqomda xiromon qilarmish... To’satdan eshikda amir Sulton Jondor tarxon kirib, sajdaga bosh egarmish. Shahzoda amir Jondorni ko’rib, o’rnidan turib ketarmishu: — Ushlanglar bu fitnachini! — deb baqirarmish. — Bu kazzob dorussal- tanada yashirinib, bizga choh qazib yurgandur! To’rda o’tirgan bir necha amirlar o’rinlaridan sakrab turib, qilichlarini yalang’ochlar emish. Lekin amir Jondor bunga parvo qilmay, shahzodaga yuz- lanib yana ta'zim qilarmish. — Pushtipanohim! Faqir fitna-fasoddan yiroq sadoqati zohir qulingizdur- men! — dermish. — Sodiq qulim bo’lsang qaylarda yuribsen, battol? — deb baqirar emish shahzoda. — Sadoqati zohir qulingiz sizday valine'mat pushtipanohimga kiyik ovlab, tog’larda yurgan edim. Bukun bir kiyikning boshini keltirdim! I ni yesangiz bar- cha g’urbat, barcha xastalikdan forig’ bo’lib, qushday yengil tortasiz, davlat- panoh! — Amir Jondor shunday deb, eshikdan kimnidir imlab chaqirarmish. Xonaga dasturxon yopilgan katta oltin barkash ko’tarib, notanish bir navkar kirib kelarmish. Amir Jondor uning qo’lidan barkashni olib, shahzodaga uza- tarmish: — Barcha dardingizga davo bo’ladur, tatib ko’ring, davlatpanoh! Shahzoda barkashni olib, dasturxonni ocharmish. Oltin barkashda... qonga bo’yalgan uning o’z boshi tirjayib yotarmish!.. Barkash qo’lidan tushib, qonga bo’yalgan boshi yerga yumalab ketarmish... Shaxzoda dod solib qichqirganicha... uyg’onib ketdi. U tushidagina emas, o’ngida ham dod solib baqirib yubordi chamasi, chang va setor ovozi kelayotgan yondosh xonadan balxlik saroybon bilan yana bir mahram yugurib chiqdi. Ular chiqqanda shahzoda o’ng qo’lida yalang’och qilich, chap qo’li bilan ayvonning us- tunini quchoqlaganicha sarmast odamday chayqalib turar, uning bu turishi, ola- zarak ko’zlari, butun vajohati shunday mudhish ediki, yugurib chiqqan saroybon bilan mahram yaqin kelolmay bo’sag’ada to’xtab qolishdi. — Siz... sizga ne bo’ldi, davlatpanoh? Balxlik saroyboning tanish ovozi shahzodani xiyol hushiga keltirdi. U hozir ko’rganlari tush ekanini endigina tushunib, bo’shashib ko’zini yumdi. Lekin ko’zini yumishi bilan nigohi oldiga yana oltin barkashda tirjayib yotgan o’z boshi kelib, bir irg’ib tushdi-yu, qilich yalang’ochlaganicha qarshisida turgan saroybon tomon yurdi. Saroybon bilan uning orqasiga yashirinib olgan mahram, sarosima ichida, o’zlarini chetga olish- di. Boshidagi tojdor telpagi bir tomonga og’ib ketgan, ko’zlari qinidan chiqayoz- gan shahzoda gandiraklay-gandiraklay charog’on xonaga kirdi. Poygakda quti o’chib turgan bir necha mashshoq va xonandalar uni ko’rib, o’zlarni zinadan pastga otdilar, to’rda, ipak parda orqasida bir-birlarining pinjlariga kirib olgan kanizaklardan biri dodlab yubordi. — Yo’qol! — baqirdi shahzoda poygakda to’xtab. — Yo’qol bu dargohdin! Yarim yalang’och kanizlar, go’yo hurkkan kiyiklarday, bir-birlarini turtib- surishib, marmar zinalardan pastga otilishdi. Shahzoda ularning dirkillagan oppoq tanlaridan ko’zini olib qocharkan: "U yerda ham yalang’och kanizlar, bu yerda ham yalang’och kanizlar, — degan fikr xayolidan o’tdi. — Ey darig’! Tushimmi bu o’ngimmi? Boshimda yana ne sav- dolar bor, xalloqi olam!.." Charog’on xona uni xiyol o’ziga keltirdi. U qilichini qiniga solib, xonaning o’rtasida to’xtadi. Lekin yuragi hamon gurs-gurs urar, nafasi yetmay hansirar edi... "Olloga shukurkim, tush ekan. Tush! Lekin qonga bo’yalgan o’z boshi!.. Ey, darig’! Osiy bandang boshiga tag’in ne savdolar solasen? Taqdir neni ravo ko’radur?" "Taqdir" so’zi shahzodaga negadir mavlono Ali Qushchini eslatdi. "Filhaqiqat, ul jomiul ulum zoyicha ko’rib, shahzodaning taqdirini so’zlab bermog’i lozim edi!" — Shahzoda ko’zlari bejo yonib, eshikda qotib turgan zan- jisifat saroybonga qaradi. — Darhol Ko’ksaroyga chopar yo’lla! Mavlono Ali Qushchini olib qaytsin! — Davlatpanoh! — Ayvon eshigida turgan saroybon juratsizgina odimlab, ichkariga kirdi. — Tun yarmidan oshmish. Dorussaltana darvozalari yopilgan- dur! Shahzoda qaltiroq bosib, unga tomon yurdi. — Choparning ilkiga yorliq bitib, muhr bosib ber! Yoxud o’zing birga bor! Bas! Mavlononi yer ostidan bo’lsa-da, darhol topib kelasen. Uqdingmu? Saroybon jimgana bosh egganicha pastga tushib ketdi. Shahzoda nigohi oldidagi sovuq manzarani quvish umidida ko’k charm jil- diga zarhal bezak solingan qalin kitobni oldi: Nizomiy Ganjaviy!.. Shahzoda yoshligida, madrasada ta'lim olib yurgan chog’larida Nizomiyning musiqaday tiniq she'rlarini, purhikmat rivoyatlari va dostonlarini ko’p mutolaa qilgan edi. Shu sababdanmi, shaxzodaning dilida umidga o’xshash qandaydir bir narsa "milt" etdi. Go’yo xayolini chulg’ab olgan mudhish jumboqqa Nizomiy Ganjaviydan javob topadiganday shosha-pisha kitobni ochib, birinchi misralariga ko’z yugurtirdi, yugurtirdi-yu, xuddi boshiga og’ir gurzi tushganday chayqa- lib ketdi. Ko’z oldi qorong’ilashib, ko’k charm jildlik og’ir kitob, xuddi tushi- da ko’rgan oltin barkashday, qo’lidan sirpanib tushib, yirtiq varaqlari gilamga sochilib ketdi... Yorab! Hozir kitobni ochganda dafatan ko’zi tushgan ilk misralar... tushida ko’rgan qonli kalladan ham dahshatli edi... Shahzoda yuragini changallaganicha ko’zini yumdi, lekin zarhal harflar bilan bitilgan sirli misralar xuddi boyagi qonli kalladay ko’z oldidan ketmay, olovday lovillab turardi. Shahzoda diliga dahshat solgan bu ikki baytni oxirigacha o’qidimi, yo’qmi, o’zi ham bilmas edi. Lekin un- dagi "Padarkush, toj-u taxt, olti oy..." degan so’zlar xuddi qizdirilgan temir bilan o’yib yozilganday miyasini jaz-jaz kuydirib, nigohi oldida yal-yal yonib turardi. "Padarkush... toj-u taxt... olti oydan oshmaydur..." Savol va topshiriqlar 1. Abdullatifning ko’ngliga ezgu tuyg’ular solgan vaziyat tasvirini izohlang. 2. "Oltin barkashda... qonga bo’yalgan uning o’z boshi tirjayib yotarmish!.. Barkash qo’lidan tushib, qonga bo’yalgan boshi yerga yumalab ketarmish..." tasvirining tasirini ayting. 3. Abdullatif ruhiyatidagi tiyiqsiz o’zgarishlarga tayanib, inson tuyg’ularining omonatligi to’g’risida to’xtaling. 4. Yozuvchining xolis tasvirlash mahorati haqida o’ylang. I biror o’rinda biror timsolni o’zi tavsiflamay, buni Sizga qo’yganligi sababini anglating. Nazariy ma'lumot BADIIY ADABIYOTDA RUHIYAT TAHLILI Ma'lumki, ruh o’ta murakkab tushuncha. Uni sezgi muchalarining birortasi bilan his qilish mumkin emas. Ruhiyatga daxldor narsalarni ko’ngil bilan tuyish mumkin xolos. Demak, ruh odamning ko’ngliga tegishli narsa ekan. Inson aqli ruhni to’la tushunishga ojizlik qiladi. Quroni Karimda ham ruhning izohini odam tushunolmasligi ta'kidlangan. Lekin har bir odam o’zida aqldan tashqari yana qan- daydir bir qudrat ham borligini biladi. Shuning uchun bazan odam aqliga maqul kelmasa-da, ko’ngliga o’tirishgan ishni qilgisi keladi. Ayni shu holat baduy asarlar- ning qahramonlarida ham o’z aksini topishi kerak. Ya'ni adabiy qahramonlarning xatti-harakatlarigina emas, balki ko’ngil kechinmalari ham ularninig tabiatlariga muvofiq bo’lishi kerak. Qachondir qilingan ish, aytilgan fikr, so’zlangan so’z eskirishi mumkin, lekin inson ruhiyatininig xususiyatlari hech qachon eskirmaydi. Shuning uchun ham baduy ijodda odam ruhiyati tasviriga katta e'tibor qaratiladi. Siz baduy asarlarda inson ruhiyatininig tushuntirib berish qiyin bo’lgan jihatlari tasviriga ko’p marta duch kelgansiz. Chunonchi, raqibini yiqitolmagan Alpomishga qarata Oybarchin tomonidan aytilgan: " Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi siltab otadi, Maydon bo’lsa, ish ko’rsatib ketadf' so’zlar yigit ruhiyatini ostin-ustun qilib yuborgani va shu vaqtgacha eplolmagan dushmanini ko’kka otgani sizga ma'lum. Yoki birovga qo’pol gapirishni bilmay- digan Otabekninig uch yovuz dushmanga qarshi yolg’iz jangga kirishi ham uning ruhiyatida kechayotgan jarayonlarga mos. Siz hozirgina tanishgan "Ulug’bek xazinasi" romanidagi har bir personajning qilgan ishi, aytgan gapi uning ruhiy holatiga mos keladi. Qanchalar yovuz va shuhratparast bo’lmasin, otasiga tig’ ko’tarish Abdullatif uchun ham oson kech- maydi. Asarda o’g’liga qarshi kurashishi lozim otaning ham, ota halokatiga sabab bo’lgan bolaninig ham ruhiyati juda tasirli va ishonarli ko’rsatilgan. Yozuvchi o’tmishda nima bo’lganini aytibgina qo’ymaydi, balki otmishdagi yovuzlikni sodir etganlar yoki undan jabr ko’rganlar qanday sezimlarni kechirganliklarini, qan- day ruhiy holatga tushganliklarini ham ishonarli ko’rsatib beradi. Ayni shu holat bu romanning tasirchanligini ta'minlagan. Negaki, gap voqeada emas. Sababi, bo’lar ish bo’lgan, voqealar eskirgan, lekin qahramonlarning ruhiy holatlari hech qachon eskirmaydi. Ularning haqqoniy tasviri barcha davrlardagi kishilarga tasir qilaveradi. Baduy ijodda ruhiy tahlilning o’rni katta. U yoki bu baduy asar insonning ruhiyatini qanchalik teran va ishonarli aks ettirishiga qarab baholanadi. ABDULLA ORIPOV (1941) Hayoti va ijOdi. Abdulla Oripov 1941- yilning 21- martida, ya'ni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko’z qishlog’ida tug’ildi. Qishloq Qo’ng’irtov etagiga o’rnashgan bo’lib, oqar suv taqchil bo’lsa-da, seryomg’ir kelgan yillarda ko’kat-u maysalarga ko’milib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning o’zi: "Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yog’in ko’p tushar, Qo’ng’irtov etaklari ming xil o’t-o’lan, chuchmoma-yu qizg’aldoqlar bi- lan, quyonto’pig’-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qo’zigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari to’planib qolgan kichik-kichik ko’Uarni "qoq" deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburug’ terib, Qo’ng’irtov etak- larida kunlarini kech qilar edi", — deb yozadi. Ana shunday go’zal maskanda tug’ilib o’sgan bo’lajak shoirning otasi Orifboy Ubaydulla o’g’li ishbilarmon dehqonlardan bo’lib, jamoa xo’jaligi raisi edi. Onasi Turdixol 11101110 ko’pchilik o’zbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehri- bon, g’oyat tasirchan va ezgulikka tashna ayol bo’lgan. Oilada to’rt o’g’il, to’rt qiz bo’lib, Abdulla o’g’illarning kenjasi edi. Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o’tdi: qo’y boqdi, suv tashidi, pichan o’rdi, yantoq chopdi, somon to’pladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, sertasir, o’ychil, kitobga haddan tashqari ko’ngil qo’ygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir so’zlarni bir-biriga uy- qash qilib aytib yurishni xush ko’rar, so’zning mazmunidan ham ko’ra ohan- gi uni rom etardi. Buni shoir keyinchalik shunday eslaydi: "...birinchi she'rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo’lganini aniq bilmayman. Har holda so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo’lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo’q. Yozmaslikning ham iloji yo’q". Abdulla o’z qishlog’idagi yetti yillik maktabda o’qiy boshladi. 1958- yilda qo’shni Tayzan ovulidagi o’rta maktabni oltin medal bilan bitir- gan yigit Toshkent davlat universiteti (hozirgi o’zMU) "o’zbek filologiyasi" fakulteti jurnalistika bo’limiga o’qishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. A. Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi sobiq "Yosh gvardiya" nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kiradi. Bu yerda to’rt yil ishla- gach, 1967—1974- yillarda G’afur G’ulom nomidagi nashriyotda muharrir, katta muharrir bo’lib xizmat qiladi. 1974—1976- yillarda "Sharq yulduzi" jurnalida bo’lim boshlig’i bo’ladi. Olovli she'riyati bilan muxlislarining mehrini qozongan shoir 1976— 1982- yillar orasida o’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik qildi. 1982—1983- yillarda o’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo’limida mas'ul kotib bo’lib faoliyat ko’rsatdi. 1983- yilda shoir o’quvchilarning jurnali "Gulxan"ning bosh muharriri bo’ldi va u yerda 1985- yilgacha, ya'ni o’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga o’tguncha ishladi. Uyushmaning kotibi sifatida uch yil ishlagan A. Oripov 1988- yilda o’zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo’mitasi raisi vazifasiga o’tkazildi. 1996- yilning mart oyidan 2009 yilga qadar shoir o’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida mehnat qildi. Abdulla Oripov 1983- yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Shu yili unga "o’zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. 1994- yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko’rildi, 1998- yilda esa shoir "o’zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlandi. A.Oripov o’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir. Birinchi marta respublika matbuotida "Qushcha" deb atalgan she'ri chiqqan paytda A. Oripov talaba edi. Shoirning birinchi sherlar to’plami "Mitti yul- duz" esa 1965- yilda chop etilgan. Undan keyin "Ko’zlarim yo’lingda" (1967), "Onajon" (1969), "Ruhim" (1971), "o’zbekiston", "Qasida" (1972), "Xotirot" (1974), "Yurtim shamoli" (1974), "Jannatga yo’l" (1978), "Hayrat" (1979), "Hakim va ajal" (1980), "Najot qal'asi" (1981), "Yillar armoni" (1983), "Haj daftari" (1992), "Saylanma" (1996), "Sohibqiron" (1996), to’rt tomlik "Tanlangan asarlar" (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi. A. Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishti- rish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening "Ilohiy komedi- ya" asarini, L. Ukrainka, T. Shevchenko, N. Nekrasov, Q. Quliev, R. Hamzatov singari shoirlarning she'rlarini mahorat bilan o’zbekchaga o’girgan. SHE'RLAR * * * Bahor kunlarida kuzning havosi. Tanimni junjitar oqshomgi shamol. Nega muncha g’amgin nayning navosi, Nega qalbim to’la o’kinch va malol? Barglar orasiga tinmasdan sira Oshno yulduzlardan to’kiladi nur. Bilmayman, qiynaydi qaysi xotira, Titroq yulduz kabi muzlagan shuur. Mag’lub bahodirning nayzasi misol Ma'yus egiladi terak uchlari, Barglar soyasida o’ynaydi behol Uyqudagi qizning bedor tushlari. Atrofimda yotar g’arib bir viqor, Bilniam, nega o’chdi qalbim safosi. Nima ham qilardim, na ilojim bor. Bahor kunlarida kuzning havosi. Savol va topshiriqlar 1. Bahor kunlarini kuzning havosiday his etayotgan shoir kayfiyatini izohlang. 2. Shoirning: "Titroq yulduz kabi muzlagan shuur" shaklida ifodalangan iztiro bini tushunishga urining. 3. "Atrofimda yotar g’arib bir viqor" satrini izohlang. 4. To’rtinchi bandda ifoda etilgan sezimlarga to’xtaling. KUZ MANZARALARI Yana dalalarga boshlaydi havas, Bog’larda xazonlar yonadi lov-lov. Do’stlarim, bu kuzning barglari emas, Mening yuragimdan to’kilgan olov. Shoxlarda mezonlar yaltirar xira, Poyida shivirlar mening kuylarim, Do’stlarim, bular ham mezonmas sira, Bu mening chuvalgan, so’ngsiz o’ylarim. Quyosh ham falakda bamisli ro’yo. U endi yondirmas, yaltirar faqat. Do’stlar, u ham endi quyoshmas aslo, U olis yoshlikda qolgan muhabbat. Savol va topshiriqlar 1. Kuzgi yaproqlar bilan shoir qalbidan to’kilgan olov o’rtasida qanday bog’liqlik bor deb o’yluysiz? 2. "Shoxlarda mezonlar yaltirar xira, Poyida shivirlar mening kuylarim" satr lari ma'nosini sharhlang. Shoxlar poyidagi kuy nima? 3. Shoirning mezonlar haqida: "Bu mening chuvalgan, so’ngsiz o’ylarim", — deyishining hayotiy va baduy asosini toping. 4. Sherni yod oling. GENETIKA Men ham yashayapman o’z zamonimda, Davrimdan qayga ham tushardim yiroq. Ya lekin bilmadim, mening qonimda Qaysi bir bobomning xislati ko’proq, Barchaga barobar meros bu bashar, Otadan qosh-ko’zni olgan o’g’ildek. Bilmadim, qonimda qay ajdod yashar, Balki Bobo Kayfiy, balki Ulug’bek. Tunlar qulog’imga chalinar elas, Tulporlar kishnashi, otlar gurrosi. Balki Muqanna bu — tinib-tinchimas, Balki Panipatda Bobur urhosi. Balki tanglayimni ko’tarib kettan, Darbadar bir oshiq va yo sarbador. Balki biror bobom shahanshoh o’tgan, Balki vujudimda darvish qoni bor. Men yaxshi anglayman, moziy ne demak. Tarixda har kimning bor o’z zamoni. Lekin tanimizda kezar-ku beshak Olis bobolarning ming yillik qoni. ...Ohu holasi bu — ohuday boqqan, Shervachchada esa sherning shiddati. Avlodlar qonida ming yillab oqqan Buyuk bobolarning turfa xislati. Singdi ruhimizga, mangu barhayot Alisher she'ri-yu Pushkin bayoti. Singdi ruhimizga g’olib hissiyot — Jasur bobolarning tengsiz saboti. Singdi qonimizga shu otash dunyo, Singdi qonimizga muhabbat, g’azab. Yiroq avlodlarga bizlardan, anuno Qay bir xislatimiz qolarkan, ajab? Nima qolar ekan? Qay ezgu tilak, Qay his, yuraklarda topolgan kamol? Yiroq avlodlarga bizlardan beshak Qolar kurashlarda toblangan xayol. Shu yovqur asrda yashadik ro’y-rost, Ranj-u balolardan hayiqmay taqir. Yiroq avlodlarga bizlardan meros. Buyuk bardoshimiz qolgusi axir. Yashadik shu rangin dunyoda mas'ul, To ellar ko’z yoshi bo’lmasin chashma. O’zni bag’ishladik kurashga butkul, Demakki, yashadik oromga tashna. Tashna yashadik biz mehrga niutloq, Ishqqa, muhabbatga tashna o’tdik biz. Goh esa quyoshdek porloq va yiroq Haqqa, haqiqatga tashna o’tdik biz. Tashna yashadik biz nurga, ziyoga, Qayon ketmoqdasan, ey uchqur zamon? Oqibat bel bog’lab keldi dunyoga Bizning asrimizda vallomat inson. To’fon, qasirg’alar kechar-ku hali, Kechadi avlodlar qator, galma-gal. Balki oro topib bashar sayqali, Tug’ilar eng oliy inson, mukanunal. U o’zin tanigay shunda dafatan, To’fon, qasirg’alar bosiriq bir tush! Shu buyuk sayyora — yagona Yatan. Inson o’z baxtidan o’zi ham sarxush. Munis nigohini qadab quyoshga Turar u nurday pok, ishqday bezavol. Kechmish kamolotin ko’tarib boshga. Yiroq asrlarga ko’z tikib xushhol. Turar u go’dakday beg’ubor kulib, Balki kulgusi ham bizdan meros bu. Rishtai jonida bir zarra bo’lib, Bizning ham qonimiz gupurgay, rost bu. Bobolar dunyodan o’tdilar shundoq, Biz ham yetuklikka bo’lmadik timsol. Lekin sen bo’larsan bokira niutloq, Lekin sen yasharsan farishta misol, Qahkashon sayrida hur quyosh bilan Kezarsan to abad shodumon, xurram. Labda tabassum-u ko’zda yosh bilan Senga talpinaman, buyuk nabiram... Savol va topshiriqlar 1. She'rning birinchi bandida ifoda etilgan shoir tuyg’ularini anglashga uri ning. Sizda ham bazan shunday o’ylar paydo bo’ladimi? 2. Shoirning bobolarga daxldorlik borasidagi qarashlari aks etgan bandlarni sinchiklab o’qing, ularni izohlashga urining. 3. She'rning avlodlar orasidagi davomiylik aks etgan bandlarini sharhlang. 4. "Ohu bolasi bu — ohuday boqqan, Shervachchada esa sherning shiddati" satrlari ma'nosi chuqurligi va ifoda tarzining go’zalligini izohlang. 5. SheVdagi bobolardan bizga nimalar qolgani haqidagi o’ylardan bolalarga biz dan nimalar qolajagi to’g’risidagi xayollarga o’tish izchilligiga e'tibor qiling. 6. Kelajak avlodga "Buyuk bardoshimiz qolgusi", — degan bashoratga munosa bat bildiring. 7. Tug’ilajak avlodning "mukammal", "nurday pok, ishqday bezavol" bo’lajagi borasidagi orzuni sharhlang. ABDULLA ORIPOV SHE'RIYATI TO’G’RISIDA A. Oripov lirikasi orqali o’zbek she'riyatiga ko’ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldir- gan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so’zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko’tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki sherni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko’ra, uning nima haqda ekanligi muhimroq sana- lardi. Abdulla Oripov tuyg’ulari o’zbek sheriyatiga o’ychil g’am va g’amchil o’y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o’yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o’zi edi. Binobarin, bir odam to’g’risida hayqirish no- qulay bo’lardi, u haqda pichirlab she'r o’qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o’zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi. O’tgan asrning 60—70- yillarida Abdulla Oripov sheriyati o’zbek millatining sof tuyg’ularini saqlab qoldi. Shuning uchun ham shoirni o’zbek sheriyatida o’z davrini u yaratdi, deyish mumkin. Chunki chinakam iste'dodgina davrning to’siqlari, cheklovlarini yengib o’ta oladi. Har qanday zamon va har qanday sharoitda ham asl iste'dod davridan marhamat kutmaydi, balki unga o’z tasirini o’tkazadi. Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg’ular chinligi kishini beixtiyor o’ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obraz- laridir. U inson tuyg’ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan ayrim misralarining o’ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi. Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini: "Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz" tarzida beradi. o’zining pokiza yoshlik davrini esa "Yiroq- yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat— deya ifo- dalaydi. o’zbek xalqining yig’ma obrazi: "Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening o’ylarim" tarzida umumlashtiriladi. Shoirning: "qaro sochlaringda oppoq alanga" degan tashbihi aniqligi bilan ham, tasirchanligi bilan ham ko’ngilni rom etadi. Uning she'riyatida vatan timsolining chizilganiga e'tibor qiling: "Shabnam shovullaydi bog’lar qo’ynida, Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog’dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar". Abdulla Oripov she'riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murak- kab holatlarni ham g’oyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan tasirli qi- lib o’zbekcha ifodalay bilish shoir she'rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha sheriy ifodaning aniq va tuyg’ularga tasir ko’rsata oladigan bo’lishiga erishadi. Uning: "Oyoqlangan qo’ziday dovdirar yelda maysa, Ko’m-ko’k mo- viy osmonda kezib yurar oq bului" kabi satrlarida qo’llanilgan tashbihlar hayo- tiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. Yelda silkinayotgan ko’klam ko’katining dovdirab, yiqilib-surinib endigina oyoq- qa turayotgan qo’zichoqqa o’xshatilishi shoirning xalq turmushini bilibgina qol- may, uni ichdan tuyishini ham ko’rsatadi. Shu joyning o’zida ko’klam osmonini ham esda qoladigan qilib suratlantira olish uchun ulkan iste'dod talab etiladi. A. Oripov ko’z oldiga keltirish mushkul, ifodalash undan-da og’ir bo’lgan se- zimlarni, mavhum tuyg’ularni tuyimli qilib chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: "Yorilmagan yaraday sevgi!" — deydi u. o’ta mavhum tuyg’uni bundan ortiq aniq tasvirlash mumkin emas. A. Oripovning sanatkorligi shundaki, u hodisalarning boshqalar ko’rmagan yoki ko’rgan bo’lsa-da, payqamagan jihatlarini o’ziga xos tarzda aks ettira ola- di. Shoirning iste'dodi nazarining o’tkirligi, tuyg’ularining nozikligi, hissiyotining teranligida ko’rinadi. Ko’klamda o’rik g’o’ralarini hanuna ko’rgan, anuno faqat chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini ko’ra biladi: "Dilbar kelinchakning ko’ksida g’ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin". Sal e'tibor qil- gan o’quvchi yosh kelinchaklarning ko’pincha o’rik dovuchchasiga boshqorong’i bo’lishini esiga tushiradi. Har qanday hayotiy lavhada chin sanatga xos belgini ko’ra olish asl shoirlikning belgisidir. Shoirning mahorati shundaki, u ko’pincha aytib o’tirmay, ishora qilish bilan ko’rsatadi. Tasvirning bunday usuli sizni fikrlashga, she'rning zamiridagi chiroyli ma'nolarni mustaqil kashf etishga undaydi. Ma'lumki, g’am haqida ko’p sherlar yozilgan. Lekin g’amni kishining ko’z oldiga yaqqol keltirib qo’yish hanuna shoir- ga ham nasib etavermagan. Quvonch to’g’risida ham kam yozishmagan, biroq uni tuyimli qilish oz kishiga nasib etgan. Abdulla Oripov: "Qizg’aldoq bargidek uchar dildan g’am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim" s;ilrl;irid;i og’irdan-og’ir ana shu ikki ishni birvarakayiga uddalagan. G’amni ko’z oldiga keltirib bo’lmaydi dedik, lekin qizg’aldoqning harir gulbargini har birimiz bilamiz. I ni yengil bir harakat uchirib yuborishi mumkin. Shoir qalbidan "qizg’aldoq bargidek uch"gan g’am o’rniga toshqin kirmoqda. Toshqin nimaligini ham barcha biladi. She'riy misra- larda quvonch tilga ham olingani yo’q, lekin insonga ulkan shodlik yor bo’lganda ko’ngliga toshqin kirishi sezimli. Chinakam sanatkorgina buni boshqalar ham his qiladigan tarzda bera oladi. Shoirning she'rlari kishining ruhiyatini poklaydi, tuyg’ularini baland qiladi va manaviy jihatdan yuksalishiga sabab bo’ladi. Nazariy mo’lumot LIRIK QAHRAMON Lirik asarda tuyg’u va o’ylari tasvirlangan shaxs obrazi lirik qahramondir. I . ko’pincha, shoirning o’zini anglatadi. Chunki lirik asarda ishtirok etadigan asosiy timsol shoirning o’zi bo’lib, she'rda uning o’ylari, sezimlari, tuyg’ulari, kayfiyati namoyon bo’ladi. To’g’ri, lirik asarlarda ba'zan shoirdan boshqa qahramonlar ham ishtirok etadi. Jumladan, Abdulla Oripovning "Bahor" nomli she'ridan olingan: "Ravon yo’llar qarshingizda turibdi mushtoq'\ — Derdi bizga harf o’rgat- gan yosh bir muallim" misralaridagi muallim timsoli fikrimizga dalildir. Lekin lirik asarlarda shoirdan o’zga personajlarning o’y-xayol va kechinmalari- ni batafsil tasvirlash imkoni yo’qligi uchun ham lirikadagi "raqib", "rind", "soqiy", "ag’yor" va yana boshqa timsollar lirik qahramon darajasiga ko’tarila ol- maydi. Chinakam lirik asarning qahramoni o’ziga xos tabiat, fe'l, kayfiyat, taqdir egasi sifatida namoyon bo’lishi, uning sezim va kechinmalari she'rxonni loqayd qoldirmas- ligi kerak. Lirik qahramonning quvonchi, g’ami, iztirob-u o’ylari o’zgalarga tasir ko’rsata olsagina, u baduy qiymatga ega bo’ladi. Lirik qahramoni befarq qoldirgan she'r o’quvchining ongiga ham, tuyg’ulariga ham ta'sir ko’rsata olmaydi. Shu jihat- dan qaraladigan bo’lsa, Abdulla Oripovning siz tanishib chiqqan barcha she'rlaridagi lirik qahramonning tuyg’ulari kishiga kuchli tasir qilganini ko’rish mumkin. Shoir she'rlarida o’z shaxsiyatining turli qirralarini namoyon etadi. LUarda aks etgan ke- chinma va sezimlar chin, ifoda go’zal, baduy til jozibali bo’lgani uchun lirik qahra- mon o’quvchini o’ziga tuyg’udosh qilib qo’yadi. Shundan kelib chiqib, kechinma va o’ylari lirik asarda ifoda etilgan va she'rxonni o’ziga tuyg’udosh qila oladigan shaxs timsolini lirik qahramon deyish mumkin. Lirik qahramon ko’ngil holatini ifodalagani, bevosita "men" nomidan so’zlashgani, o’zining eng ichkin, muqaddas tuyg’ularini she'rxon bilan o’rtoqlashgani uchun o’quvchiga yaqin va tuyg’udosh bo’lib qoladi. Adabiyotshunoslikda lirik qahramon tushunchasi 1921- yilda rus olimi Y. N. Tinyanov tomonidan kiritilgan. Shoir shaxsi qanchalik yirik, serqirra, uning tuyg’ulari qanchalar samimiy bo’lsa, lirik qahramon tasviri ham shunchalik jonli va serjilo bo’ladi. Shuning uchun ham Abdulla Oripov she'rlarining lirik qahramoni kishi ko’nglini butunlay zabt etadi, o’z holati samimiy va chinligiga o’quvchini to’la ishontiradi. SOHIBQIRON (dramatik doston) II SAHNA Ulug’ Amir Temur tengsiz kurashlar, o’tkir aql va tadbirkorlik bilan tiklagan saltanatni adolat bilan boshqarish hamda imkon boricha ezgu ishlar qilishga hamisha intiladi. Temur. ...Bolalarim, unutmangki, davlat ishida Har qanday yumushning ham o’z o’rni bordir. Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan, Anuno ular tanishmagay bir-birlarini. Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, o’rganib, Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa. Yurish qilish lozim bo’lsa yiroq ellarga Tadorigin ko’rmoq kerak uch to’rt yil avval. Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang. Yilqilarni ko’paytiring o’sha joylarda. Toki sizning horg’in otlar yetib borgan payt Tulpor bo’lib, kishnab tursin minglab toychoqlar. Yov qo’shinin tahlikaga solmoqlik uchun Tunda uning atrofida gulxanlar yoqing. Necha yuzlab miltillagan cho’g’larni ko’rgach, Yog’iy sizning lashkarlarni ko’p deb o’ylagay. Shabxun deya ataladi tungi hujumlar. To’rtta otning biqiniga shox-shabbalardan Oddiygina supurgini bog’lab qo’ysangiz — Chunon to’zon ko’tarilgay, deysiz qiyomat! O’rni kelsa to’rt suvoriy to’rt ming otliqning Vahimasin yaratadi qiyqiriq bilan. Bayrog’ingiz egilmasin maydonda sira, Jangda yolg’iz qolsangiz ham bayroq tik bo’lsin. Hujum qilish arafasi: "Allohu akbar!"- deb Nido aylang. Parvardigor kuch ato etgay. "Suring!" — degan na'ra esa bosqinga da'vat, Bizning oddiy: "Ur-ho-ur"dan yov juda qo’rqar. ndi jahon yaxshi bilar qudratimizni, Pinhon joyi qolmagandir hiylalarning ham, Biroq Temur firiblarin adog’i yo’qdir! Endi ruxsat, mashvaratning mehmonlariga... Bir qism ishtirokchilar chiqib ketadilar. Eshikbon. Olampanoh, kutib turar ikkita chopar. Temur. Kirsin ular! Ikkita chopar oldinma-keyin kiradilar. Ikkinchi chopar. A'lohazrat, men Rumodan yetib kelmishman, Qaysarimiz Boyazidning elchisidurman, Sulton Shabli erur mening ismi sharifim. Temur. Ko’pdan seni kutmoqdaman, xabar ber, elchi, O’z-o’ziga qanday hukm chiqarmish Sulton? Chopar maktubni uzatadi. Temur uni o’qiy boshlaydi. "Urush bilan hal bo’lajak bu mojarolar". "Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur, Bilib qo’yki, xotinlaring uch taloq bo’lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotinlarim bo’lsin uch taloq". O’h, Boyazid, maqsadingni aytibsan, animo Shart edimi xotinlarni qimorga tikmoq. o’z ismini yozmish Sulton oltin hal bilan, Bizning ism quyiroqda, oddiy siyohda... Tag’in Sulton emish bu zot. Bachkana qiliq. Amir Temur irodamiz, farmon shul erur: Rum Sultoni chorlabdimi jang maydoniga Borajakmiz! Bu shumoyoq choparni esa Eson-omon kuzatingiz kelgan yo’liga. Barchangizga ruxsat. Meni yolg’iz qoldiring. Hamma chiqib ketadi. Temur orqadagiparda tarafga qarab... Buqalamun, sen qaydasan, bu yoqqa kel-chi. Parda ortidan ...Buqalamun — Temurning xufyasi chiqib keladi. Buqalamun. Olampanoh, hozir bo’ldim, ne buyurgaysiz? Temur. Yana yumush topshiraman senga ishonib, Zero, har ne mushkulni ham eplab kelgansan. Xufyalarim orasida epchili o’zing, Xohlasang gar o’zgaradi butkul qiyofang. O’zgaradi va hattoki ko’zingning rangi, Sen bilmagan til ham yo’qdir yetti iqlimda. Buqalamun. Olampanoh, shu sababdan laqabimni ham Juda topib qo’ygandingiz, Buqalamun deb, Asl ismim bir zamonlar Itolmas bo’lgan. Temur. Endi mag’rib kishisiga aylangaydirsan. Mutakabbir va hiylakor farangiylarni o’rgangaysan, Og’izlarin hidlab ko’rgaysan. Shohlarining maqsadlarin obdan anglagach, Elchilarin chodirimga boshlab kelgaysan. Buqalamun Samarqandga, shu yergami? Temur. Yo’q, Buqalamun! Nasib etsa Angoraning atroflarida, Olis Rumo mamlakatin qoq yuragida Tug’ ko’tarib, g’olibona chodir tikkayman. Buqalamun Olampanoh, shu daqiqa, shu soniyadan Meni farang deb hisoblang! Temur. Javobing tuzuk. Buqalamun g’oyib bo’ladi. Temur eshikbonni qars urib chorlaydi. Temur. Taklif eting malikani — Bibixonimni, Bibixonim! Agarda u bo’lmasa edi Kurashlarning va janglarning dolg’alarida, Qayroq toshga aylanardi balki bu yurak... Bibixonim kiradi. Bibixonim. Chorlamishsiz, olampanoh... Bibixon, bibi...Kengash bilan band bo’libman... Bibixonim. Olampanoh, yana yurish, yana safarmi? Temur. Hisoblashmas qismat bizning istaklar bilan, Bamisoli quyosh botgach, oy chiqqanidek, Hodisalar silsilasi oqar bardavom... Turkiylardan cho’chib farang mamlakatlari Rumo bilan ikkimizni gijgijlab qo’ydi. Bu nayrangni tushunmaydi, afsus, Boyazid, Boz ustiga kimki qochsa bizning g’azabdan, Boyazidning saroyidan topmoqda panoh. Bibixonim. Uning asl maqsadi ne? Murodi nima? Temur. Sulton bizning saltanatga bepisand boqib, Hasadini bildirmoqda yosh bola kabi. Endi jangga chorlabdi u oshkora, ochiq. Men — Temurman! Oriyat ham bor-ku dunyoda. Yetar, endi! Kuno’g’longa egar urgayman, Rum tarafga yuzlanadi tulporim jadal. Bibixonim. ...Sizga zafar tilamoqdan boshqa choram yuq, Balki men ham yoningizda bo’lay, amirim. Temur. Yo’q, azizam, Samarqandning saltanatida O’zingizu nabiramiz Muhammad Sulton Hukmfarmo bo’lib turing. Yumushlar talay. Qurilishlar, bog’i rog’lar, bola-baqralar... Parda III SAHNA Angora yaqinidagi tepalikda Temur chodiri. Tashqaridan g’ovur-g’uvur, otlar kishnashi, fillar na 'rasi eshitilib turadi. Chodir ichida taxtda Amir Temur. Uning atroflda shahzpdalar, amirlar, lashkarboshilar. Shayxulislom. Olampanoh, izn bering. Temur. Gapiring, hazrat. Shayxulislom. Kecha tunda munajjimlar — axtarshunoslar Yulduzlarning holatiga obdan boqishib, Xosiyatli topishibdi bugungi kunni. Temur. Qutlug’ ta'bir. Animo bugun Boyazid bilan Amir Temur jangga kirar. Munajjimlarmas. Shayxulislom, bilib qo’ying hasratimni Siz, U ham muslim, men ham muslim. Bu ne ko’rgulik? ... U ham turkiy, men ham turkiy. Bu ne gustohlik? Samarqanddan yetib kelgan mening lashkarim Ot suradi akasi yo ukasi tomon. Yuragimni o’rtar bu hol, lekin majburman. Har qandayin muhoraba oldidan doim Allohimdan madad so’rab, yolboraman men. Shayxulislom, zafar tilab tilovat qiling. (Shayxulislom tilovat qila boshlaydi. Shahzodalar, amirlarga) Shunqorlarim, ulug’ jangga kirayotirsiz. O’ng qanotni topshirgayman senga, Mironshoh, So’l qanotni boshqarasan Shohruh Mirzo, Sen! ... Obong’orni faqat o’zim nazorat qilgum. Hozirgacha ma'lum bo’lgan xabarga ko’ra Jangga chiqmish yov tarafdan to’rt yuz ming lashkar. Shahzodalar, Olampanoh, Allohdanu Sizdan kuch olib, amirlar. Har qandayin yog’iyni ham tor-mor etgaymiz. Temur. Bolalarim, bu og’ir jang. Biling, bu jangda Rumoning o’z lashkarlari himoyadadir. Ular axir o’z yurtlarin qo’riqlagaylar. ...Anuno Rumo yerida men o’zga emasman, Men musulmon amiriman! Nasabim turkiy! Adolat va dini Islom posbonidirman. Farmonimga quloq tuting: Bizkim, mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Bizkim, millatlarning eng qadimi va eng ulug’i Turkning bosh bo’g’inimiz. Alloh Sizga madad berib, zafar yor bo’lsin! Naqoralar chalinsin, to yeru osmonni Bizning lashkar suronlari chulg’ab olsinlar. Yog’iylarni tahlikaga solsin bu suron. ...Yasovullar har daqiqa menga paydar-pay Yetkazishib turadilar jang tafsilotin. Sarkardalar, Sizga ruxsat Allohu akbar! Amirlar, sarkardalar chiqadilar. Temur(Eshikbon Endi esa chorlang buyon Aloviddinni. yasovulga). U betimsol bir iste'dod, shatranj ustasi. Samarqanddan atay uni olib kelganman. Aloviddin kiradi. Aloviddin. Olampanoh, chorlamishsiz... Temur. Ha, Aloviddin, Sen bilan biz necha yilki shatranj suramiz. Anuno bilki, bu galgisi boshqacha o’yin, Bu — boshqa jang! Donalarni ter, Aloviddin. Aloviddin shatranj donalarini teradi. Temurda oq donalar. Eshitgansan, Aloviddin. Yoshlik chog’imdan Men shatranjga ishqibozman. U nozik o’yin. Uni tengsiz sanat deya ta'rif etarlar. Biroq shatranj o’xshar ko’proq jang sanatiga. Aloviddin. Qani, yuring, olampanoh. Temur Yurdi, sipohim. Qani olg’a, piyodalar, zafar yor bo’lsin. Chodir tashqarisidan jang sadolari baralla eshitila boshlaydi. Aloviddin. Shoh sipohin bizga qarshi yo’naltirdingiz, Kaminaning sipohi ham anoyi emas. Temur Hozir nechuk jang qilmoqda piyodalarim, ...Juda og’ir jang ketmoqda chodir ortida. Inshoolloh, yengajakman! Sen — Aloviddin, Faqat shatranj sohasida jahongirdirsan. Bizning esa chekimizga boshqa yuk tushgan, Bizning uchun ulkan zamin shatranj taxtasi... Aloviddin. Sizning buyuk iste'dodga taraf yo’q aslo, Shatranjda ham betimsolsiz. Iqrorman, Hazrat, Anuno menga, izn bering, bir savolim bor. ...Sizning g’olib bo’lmog’ingiz garchi muqarrar. Lekin, Hazrat, Siz men bilan chodir ichida Shatranj o’ynab, jang maqomin kuzatmoqdasiz. Bir qarashda beparvodek, hatto sovuqqon. Temur Men bilaman, Aloviddin, o’z qudratimni, Raqibimni dovdiratar bu usulim ham. ...Odamlarim allaqachon Rum sultoniga Mening shatranj o’ynay turib jang qilishimni Yetkazdilar! Boyazidni tahlika bosdi! Dushmaningni bundan ortiq kamsitib bo’lmas. Yasovul (Kiradi) A'lohazrat, piyodalar nobud bo’lmoqda. Temur Attang, attang, o’z kuchiga ortiq ishonsa, G’aflat bosib qolgusidir hatto filni ham. (Ham Yasovulga, ham Aloviddinga) To’lg’amo deb atalguvchi bir yo’limiz bor, Yetkazingiz o’ng qanotu ham so’l qanotga. Mironshohu Shohrux Mirzo ikki tarafdan Yog’iylarni o’rab olsin! Obong’orda men! Aloviddin, shohga qarshi hujum boshladim. Yasovul (yana kiradi) Olampanoh! Yov lashkari To’p-to’p bo’lishib, biz tomonga o’tayotir. Temur Shoyon yaxshi gap! Ular asl musulmondir, ziyon yetkazmang. Aloviddin. A'lohazrat, har ikkala maydon ichra ham G’ozat qizg’in tus olmoqda jangovar sanat. Temur Lashkarlarim urho-ur deb jang maydonida Nayza bilan, qilich bilan va kamon bilan Yov saflarin qirib borar hozir ayovsiz. Men ham hozir ular bilan ruhan birgaman, Shu gap haqqi, Sizga qarshi tashlayman ruxni. ...Eshitingiz, rux haqiqat qilichidek keskir, beomon. Men rux bilan jang qilishni sevaman juda. Aloviddin. Ruxingizning narasiga javobim shu-da. Yasovul. Olampanoh, orqadagi yov o’rdasini Halqa kabi o’rab oldi bizning lashkarlar, Biroq o’rda ustuvordir! Temur Bizning qo’lda naftandoz deb atalguvchi bir Ajdahodek o’t purkagich yarog’imiz bor. Bamisoli osmondan tushgandek quyun, U o’t-olov purkay boshlar zamin ustiga. O’rda tomon yo’naltiring naftandozlarni. O’rda chilim sarxonasi kabi yonsinu Tamakidek tutab ketsin tubida yog’iy. (Aloviddinga) Aloviddin, qay yo’sinda yo’limni to’sma, Mana endi ishga tushar sarkardam farzin Va ortidan ikkinchi rux chiqar maydonga. Endi qayga qochib borgay sho’rlik qorashoh? Endi kimdan madad kutsin yo kimga arzin Bayon etsin? Aloviddin. Chiroyli mot! Mot! Temur Bu — ruxning ishi... Shoyad ruhlar menga mudom bo’lgay madadkor. Yasovul. A'lohazrat, a'lohazrat, yaxshi xabar bor! Shu asnoda Rum sultoni asir olinmish! Temur (yasovulga). Isming nedur? Yasovul. A'lohazrat, ismim Qosimbek. Temur Qayerdansan? Nasabing kim? Yasovul. Men shahri Keshdan. Otam sizga sarboz bo’lgan. Dehli jangida shahid ketgan, Bugun mening o’zim sarbozman! Temur Bizning uchun g’oyat qutlug’ mujda keltirding, O’g’lim, seni siylagayman bu mujda uchun. Inshoolloh, Samarqandga qaytib borgan chog’ Nikohingga berajakman bir nabiramni. Yasovul. Olampanoh, o’lgunimcha Sizga sodiqman. Aloviddin. O, Allohning marhamati bunchalar kengdir, Bir bandasin daqiqada ko’kka ko’tardi. Temur. Shukr, deyman, yaratganga — Parvardigorga, Biroq, zafar nashidasin totmasdan burun Ruhiyatim amri bilan bir gap aytaman: Hech bir shohning boshiga bu kulfat tushmasin. Olib kiring Boyazidni! Boyaudni oyoq-qo’li bog’liq holda olib kirishadi. Evoh, bu ne hol? Oyoq-qo’lin yeching darhol, U, axir, shoh-ku! Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin, Buzilgaydir o’rmonning ham qonuniyati. (Boyazidga) Men taassuf bildiraman, tushungin, sulton. Boyazid. Asir bo’lib tursam hamki qoshingda, Temur Zor emasman iltifoting, taassufingga. Temur. Oddiygina bir voqea yuz berdi, axir, Sen yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq Cho’ng temirga urildingu chilparchin bo’lding... Savol va topshiriqlar 1. Temurning biror yurtga qilinadigan yurishga uch-to’rt yil oldin tayyorgarlik ko’rish kerakligi borasidagi o’gitini sharhlang. 2. Asardan Amir Temurning harbiy hiylalar borasidagi ustaligi aks etgan o’rinlarni topib, sharhlang. 3. Sohibqironning: "o’z-o’ziga qanday hukm chiqarmish Sulton?" — degan so’rog’i tagidagi manoni anglating. 4. Boyazidning xati Amir Temurga qanday tasir qilganini tushuntiring. 5. "Men — Temurman! Oriyat ham bor-ku dunyoda. Yetar, endi!.." tarzidagi qaroriga asoslanib, jahongir shaxsiyatiga baho bering. 6. Temurbekning yomonlarni insof sari "kaltak bilan haydash" haqidagi to’xtamiga munosabat bildiring. 7. Amir Temurning: "Bizning uchun ulkan zamin shatranj taxtasi", — degan iqrorida sizningcha afsus ko’pmi, iftixor? 8. Sohibqironning shaxmat taxtasidagi o’yin va maydondagi jangni birday boshqara olgani sababini izohlashga urining. 9. "Ruhiyatim amri bilan bir gap aytaman: Hech bir shohning boshiga bu kulfat tushmasin", — degan Temur shaxsini tavsiflang. "SOHIBQIRON" ASARI To’G’RISIDA "Sohibqiron" dramasida Amir Temur janglarda emas, balki ko’proq o’ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, o’g’illariga munosabatini ko’rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur tajribali hukmdor va o’ychi I faylasuf sifatida davlatni ush- lab turguvchi tayanchlarni: "Mo’l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar", — deya belgilaydi. A. Oripov Temurni o’z yo’lining to’g’ri-noto’g’riligini aniqlashga tinmay urinadigan, bosgan har bir qadami xususida fikr yuritadigan kishi sifatida ko’rsatadi. Shuning uchun ham Temurning: "Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun", — degan so’zlari o’quvchiga qahramon fikrlash tarzining mantiqiy hosi- lasiday tasir qiladi. Asarda Amir Temurning o’z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsol- lari orqali ishonarli aks ettirilgan. Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: "Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur bilib qo’yki, xotunlaring uch taloq bo’lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim bo’lsin uch taloq". Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo’lmagan bunday odob- sizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabuyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda ko’rsatadi. A. Oripov asar bosh qahramonini o’ylar og’ushida aks ettiradi. Temur xato qilib, birovlarning umriga zomin bo’lishdan qo’rqadi. Ammo o’zini buyuk bir tarixiy missiyaning ijrochisi deb biladi: "Nega ko’pdir nayrangboz-u kazzob kim- salar? Nega bosgan yer yuzini buncha ko’p illat? Men zaminni tozalashim kerak ulardan". Jahongir jangovor yurishlarida doim biror xalqqa qarshi emas, balki yovuz hukmdorga qarshi qo’shin tortadi. Amir Temurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvi asarning eng tasirli lavhalaridan biridir. Bu o’rinlarda Amir Temur o’z xatti-harakatlariga manaviy asos qidirayotganligi aks etadi. Hazratning: "Aytchi, Temur, sen besabab qon to’kkanmisan?" — degan so’rog’iga javob berish jahongirga oson kechmay- di. Sohibqiron islomiy tartiblar o’rnatish, adolatni qaror topdirish uchun qon to’kkani haqida o’ylaydi. Asar muallifi o’z nuqtai nazarini Yassaviy qarashlari orqali beradi. Dunyoda banda tomonidan kuch bilan adolat o’rnatilishi shubhali ekanligi buyuk so’fiyning: "Niyat qancha jozibali bo’lsa ham, Temur, qilich bilan murod hosil bo’lmog’i gumon", — degan so’zlarida ifoda etiladi. Olamni kuch bi- lan bosib olgandan, odamlar dilini haq so’z bilan zabt etish to’g’riroqligi haqidagi fikr Yassaviy hazratlarining shaxsiyatini ifoda etadi. Xullas, asarda Amir Temur timsoli o’zi va eli haqida tinimsiz o’yladigan shaxs sifatida puxta tasvirlangan. VILYAM SHEKSPIR (1564-1616) Adibning hayot va ijod yo’IL Ingliz shoiri, dramaturgi,, aktyori Yilyam Shekspir 1564- yilning 23- aprelida Yorkshir grafhgidagi Stratford shahrida tug’ildi. Otasi — Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo’lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi — Meri shu yer- lik qadimiy, anuno kambag’allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi. o’smir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning o’g’illari bepul tah- sil ko’radigan hamda asosan til va adabiyot o’rgatiladigan grammatik maktabda ta'lim olgan bo’lishi kerak. Bo’lajak adib cho’qintirilgani haqida cherkov daf- taridagi qayddan so’ng uning hayoti haqida deyarli hech qanday rasmiy ma'lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582- yiluing 27- noyabrida stratford- lik Enn Xetuey ismli qizga uylanganligi hamda to’ng’ich farzandlari Syuzen 1583- yining 26- mayida, Hamlet va Judit ismli egizaklar 1585- yilning 2- fev- ralida cho’qintirilgani bitilgan. Taxminlarga ko’ra, Shekspir 1592- yilda Londonga boradi va teatrda ak- tyorlik qiladi. Shekspir 1593- yilda "Venera va Adonis" deb nomlangan dos- tonini chop ettiradi. Adabiyotning homiysi bo’lmish yosh gersog Sautgemptonga bag’ishlangan bu asar o’slia vaqtlarda urf bo’lgan erotik yo’nalishda bo’lib, kutil- maganda katta muvaffaqiyat qozondi va ketma-ket sakkiz marta nashr qilindi. 1594- yilda birinchi asariga izma-iz "Lukretsiya" nomli katta dostoni e'lon qili- nadi. Shu yilning 28- dekabrida "Greyz Inn" teatrida Shekspirning "Xatolar komediyasi" asari o’ynaldi. 1595- yilning martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina mablag’ oldi. Teatrda Sautgempton homiy- ligidagi faoliyat Shekspirga ham shuhrat, ham boylik keltirdi. Bunga otasi Jon Shekspirning bir necha yillik urinishlardan keyin 1596- yilda Geraldik palatadan "jentelmen"lik martabasini beradigan gerbni sotib olganligi birinchi dalil bo’lsa, Shekspirning 1597- yilda Stratforddan bog’i bor katta uy olganligi ikkinchi dalil- dir. Adib London sahnalarini tark etgach, bu uyga ayoli va qizlari bilan (o’g’li 1596- yilda vafot etgandi) ko’chib keladi. 1598- yilda londonlik tanqidchi F. Meres tomonidan chiqarilgan "Aql xazi- nasi" kitobining "Ingliz shoirlari haqida mulohazalar" qismida shunday fikr bitil- gan: "Plavt va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bo’lgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyos- dir". 1597—1598- yillarda Shekspir ijodi ancha katta shuhrat qozondi. Bu davr- gacha uning "Tit Andronik" nomli birgina pyesasi muqovasida muallifning nomi ko’rsatilmagan holda nashr etilgan edi. Aytilgan davrda esa adibning asarlariga bo’lgan talabni qondirish uchun uning besh pyesasi chop etildi. Tadbirkor noshir U. Jaggard Shekspir asarlarini nashr etish hisobiga boylik orttirmoqchi bo’ldi. U 1599- yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to’plamga Shekspirning ham to’rt sonetini kiritib, "Otashin ziyoratchi" nomli kitob chiqardi va undagi asar- larni Shekspir qalamiga mansub deb e'lon qildi. Bu Shekspir ijodini qalbakilash- tirib foyda topish yo’lidagi birinchi urinish edi. 1598- yilda aka-uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg’og’ida "Globus" teat- rini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan biri, ham o’z ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608- yilda u katta foyda keltiradigan "Blekfrayerz" teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi. 1603- yilda qirol Yakov Shekspir truppasini o’z himoyatiga oldi. Guruh a'zolari "Qirol hazratlarining xizmatkor- lari" deb atalib, kamerdinerlar singari saroy xodimlari hisoblanishardi. Truppa saroyda tez-tez tomoshalar ko’rsatib turar, saroy ayonlari va aslzodalar aktyor- larni yaxshigina siylardilar. Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib, Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur ak- tyor asta-sekin adabiy ijoddan chetlashdi, teatrdan uzoqlashdi va 1612- yilda ota shahriga butunlay ko’chib keladi. 1616- yilning 23- aprelida buyuk dramaturg, iste'dodli shoir, tengsiz ak- tyor Shekspir olamdan o’tdi. Uning jasadini o’z qavmi cherkoviga ko’mishdi. o’shandan buyon uning qabrini har yili minglab odamlar ziyorat qilishadi. Shekspirning ijodiy taqdiri juda g’alati. Qanchalik mashhur bo’lmasin, bironta pyesasi hayotlik chog’ida risoladagiday nashr qilinmagan edi. Ularning aksariyati 1623- yilga kelib, adib o’limidan yetti yil o’tgach, dunyo yuzini ko’rdi. Shekspirning aktyorlik faoliyati bo’ykha ham juda kam ma'lumot saqlanib qolgan. Aktyor si- fatida ko’proq qirollarning rollarini o’ynaganligi qayd etilgan. "Hamlet"da Arvoh, "Sizga bu yoqadimi?" spektaklida Odam rollarini ijro etgani ba'zi hujjatlar orqali yetib kelgan. Ben Jonsonning "o’ziga yetguncha", "Seyan" pyesalarida Shekspir o’zining so’nggi rollarini o’ynagan. Ehtimol, aynan aktyorlik tajribasi buyuk adibga dramatik asarlarida sahna imkoniyatlarini to’g’ri hisobga olish, obrazlarning ta- biatini yorqin namoyon etadigan jihatlarni bexato ko’rish va tasvirlashda juda qo’l kelgan bo’lishi mumkin. 1592- yildayoq Londonga kelib, tez orada teatr ahli orasida aktyor va dra- maturg sifatida bir qadar tanilib qolgan Shekspirning dastlabki pyesalari qachon yaratilganini aniq aytib bo’lmaydi. To’g’ri, zamondoshlari ingliz-fransuz urushi haqida Shekspir tomonidan 1592- yilning martida yozilgan va katta muvaffaqiyat bilan o’ynalgan bir pyesa bo’lganligini qayd etishgan. Lekin bu asarning katta qismi o’zgalar tomonidan yaratilib, Shekspir ularni sahnaga moslab qayta ishla- ganligi keyinchalik aniqlandi. Asar 1594- yilda qisqartirilgan va buzilgan holatda alohida kitob sifatida ham chop etilgan. Ijodiy umri mobaynida V. Shekspir o’ttiz olti dramatik asar, 154 sonet va bir necha doston yozgan. Lekin bulardan biror- tasi ham muallif hayotlik chog’ida ochiqchasiga chop etilmagan. "Qirol Lir", "Romeo va Julyetta" (1594—1595), "Hamlet" (1601), "Otello" (1604), "Makbet" (1606) singari tragediyalar, "Yoz kechasidagi tush", "Venetsiya savdogari", "o’n ikkinchi kecha" kabi komediyalar deyarli to’rt yuz yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar shuhratiga shuhrat qo’shib kelmoq- da. Jahon dramaturgiyasining bu yetuk namunalari baduy mahorat cho’qqilaridir. Shekspir asarlari inson tuyg’ularining murakkab, chigal va qarama-qarshi qirra- larini tasirchan aks ettirishi bilan ajralib turadi. G’arb mamlakatlari mutaxassislari orasida Vilyam Shekspir degan yozuvchi haqiqatda bo’lmagan va dunyoning eng zo’r dramalari ham u tomonidan yara- tilmagan, degan taxminlar yuradi. Negaki, V. Shekspirning tug’ilgan joyi, otasi, onasi, oilasi haqida anchagina ma'lumotlar bo’lgani holda uning biror o’quv muas- sasasida muntazam tahsil olgani, aktyorlik qilgani, baduy ijod bilan shug’ullangani haqida kishini qoniqtirishi mumkin bo’lgan dalillar qolmagan. Buning ustiga, Vilyam Shekspir o’z qo’li bilan yozgan vasiyatnoma uslubiga ko’ra muallifining u qadar ham savodli bo’lmagan tijoratchi ekanligini anglatar ekan. Ayrim adabiyotshunoslar orasida o’z asarlarini Shekspir nomidan e'lon qil- gan kishi 1550- yilda Eyfon Stratfordi shahrida tug’ilib (Buyuk Britaniyada kat- taroq Stratford va chog’roq Eyfon Stratfordi singari ikki "adash" shahar bor), 1604- yilda vafot etgan lord Eduard de Ver bo’ladi, degan fikr ham bor. U qirol saroyiga yaqin aslzoda oilalardan birining farzandi bo’lib, atroflicha bilim ol- gan, animo o’sha vaqtlarda aslzodalarning baduy ijod bilan shug’ullanishi ayb sanalgani uchun ham o’z bitiklarini Yilyam Shekspir nomidan e'lon qilgan degan qarashlar yuradi. Bunday qarashlardan qat'i nazar, Shekspir nomidan e'lon qilingan misl- siz asarlar bor va ularni o’qish, o’rganish har qanday inson ma'naviyati shakl- lanishida muhim ahamiyat kasb etishi aniq. Inson aqli va hislarining eng nozik, chigal jihatlari yuksak sanatkorlik bilan tasvirlangan "Otello" (1604) fojiasi haqida alohida to’xtalish joiz. Savol va topshiriqlar 1. Shekspirning hayot yo’li, oilasi, olgan tarbiyasi, ijoddagi yutuqlari haqida to’xtaling. 2. Shekspir shaxsiyati va uning nomidan taqdim etilayotgan asarlar atrofidagi shubhalarga munosabat bildiring. 3. Adibning dramaturgiyasi haqida to’xtaling. Ular orasidan muallif nomini dunyoga mashhur qilgan asarlarini aniqlang. 4. Shekspir ijodida "Otello" asari egallagan mavqe haqida gapirib bering. "OTELLO" FOJIASI TO’G’RISIDA "Otello" fojiasida insoniyat paydo bo’lgandan beri yonma-yon kelayotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va ishonch, olijanoblik va past- kashlik singari sifatlar o’rtasidagi kurash tasvirlangan. o’sha davrning barcha gumanistlari singari Shekspir ham insonni har jihatdan yetuk, kamchiliklardan xoli, odam degan mukarram nomga munosib ko’rishni istaydi. Asarda ana shunga intilgan zotlar va o’tkinchi manfaat, hokimiyatga erishish yo’lida qabihlik qilgan kimsalar taqdirining o’zaro kesishgan nuqtalari tasvir etilgan. Manfaatparastlik, hasadgo’ylik shunday illatki, unga yo’liqqan kimsa o’ziga ham, o’zgalarga ham zug’um qilmasligi, zarar yetkazmasligi mumkin emas. General Otelloning mulozimi bo’lmish munofiq va hasadgo’y Yago o’rinbosarlikka uni emas, jasur Kassioni tanlagani uchun ham xo’jayinidan, ham leytenantdan o’ch olishga tutinadi. Buning uchun eng tuban yo’ldan borib, generalning xoti- nini buzuqlikda ayblaydi. o’zining arzimas manfaati uchun ulug’ kishilarni ham, yuksak qadriyatlarni ham oyoqosti qilishga tayyor Yago Otelloning ishonuvchan va oqko’ngilligidan ustalik bilan foydalanadi. Bunda unga boy va yosh bo’lishiga qaramay, Dezdemonaning muhabbatini qozonolmagan alamzada Rodrigo ham yordam beradi. Asarda to’g’ri odamlarning ishonuvchan, sodda bo’lishi, o’zgalardan yomonlik, xiyonat kutmasligi Otello, Kassio, Dezdemona, Emiliya timsollari orqali tasirli ko’rsatilgan. Otello — ishonuvchan, lekin laqma ham, ahmoq ham emas. U inson degan zot o’z nomiga yarasha mard, to’g’riso’z va ochiqko’ngil bo’ladi, deb hisoblaydi. Chunki o’zi bir umr shunday yashaydi. U xotinini birovdan rashk qilishni xayo- liga ham keltirmaydi. Negaki, unga o’ziga ishonganday ishonadi. U hech kimdan, ayniqsa, suyumli yoridan xiyonat kutmaydi. Shuning uchun u xiyonatni kechir- maydi ham. Asarda shuncha ezgu sifatli odamlarning o’limi bir fojia bo’lsa, ularning arzimas bir odamning mayda manfaatlari yo’lida halok bo’lganligi fojianing dara- jasini yanada oshiradi. Yovuzlik o’rgimchakning to’ri kabidir. o’rgimchakning to’riga pashsha ham, pashshani quvlab kelgan ari ham ilinib qolavergani singari yovuzlik to’ri unga tushgan mazlumni qanday mahv etsa, uni yoygan zolimni ham shunday komi- ga tortishi mumkin. Yomonlik hech qachon yolg’iz yurmaydi. Biri boshqasini keltirib chiqaradi, biri ikkinchisini boshlab keladi. Suning uchun ham Yagoning hasadgo’yligi birgina Otello va Dezdemonani emas, Yagoning o’zini ham xotini Emiliya bilan birgalikda komiga tortib ketadi. Asarning bosh qahramoni Otello gumonlar, iztiroblar girdobida tasvirlanadi. Xato qilishdan cho’chiydigan, xiyonatni kechirmaydigan, nohaq qon to’kilishini istamaydigan general har bir qadamini o’lchab bosadi, har bir gapini o’ylab gapi- radi. Lekin yomonlar tufayli baribir xato qiladi. Otello — samimiy odam. U turlanishni, kishilar ko’ziga o’zini boshqacha ko’rsatishni istamaydi. Oriyatli bo’lgani uchun ham xotinining xiyonati haqida- gi xabarni juda og’ir kechiradi, yo’qotish dahshatidan qutulolmaydi, hamisha shuning tasirida yuradi. Lekin u dardini bozorga solmaydi, odamlarga tomo- sha ko’rsatishni istamaydi. Otello — inson hayoti, umr mazmuni haqida ko’p o’ylaydigan va uni to’g’ri baholashga urinadigan o’ychil odam. Hanima insofli odamlar singari o’ziga nisbatan talabchan. Otello o’zini tinimsiz taftish qiladi. Xatti-harakatlari, o’ylari, tuyg’ulariga baho beradi. U har qanday oriyatli odam singari xiyonatchi ayolni tezroq jazo- lagisi keladi. Lekin insof kishisi, ko’ngil odami bo’lgani uchun ham tavakkaliga ish tutmaydi. Adolatsizlikdan qo’rqadigan odamning o’zi bilmagani, o’zgalarga ishongani uchun adolatsizlik qilishi fojia ko’lamini yanada oshirgan. Nazariy ma'lumot TRAGIK OBRAZLAR VA HAYOT HAQIQATI Mana, siz dunyo adabiyotidagi shoh fojia(tragediya)laridan biri bilan ta- nishib chiqdingiz. Shu asnoda sizga tragediya timsollarining boshqa janrlardagi asar qahramonlaridan bir qadar farq qilishi sezilib qolgan bo’lsa kerak. Chunki kundalik hayotning mayda-chuydalaridan baland turadigan, turmush tashvish- larini hal qilish to’g’risida emas, balki umr ma'nosini anglash haqida o’ylaydigan boshqacharoq odamlar fojianing qahramoni yoki qurboni bo’la oladi. Yuksak or- zular, baland axloqiy muammolar quchog’ida yashamaydigan, hanuna qatori kun ko’radigan kishilar hayotida ham achchiq ko’rguliklar, dahshatli falokatlar bo’lishi mumkin, lekin ularga fojia deb emas, balki baxtsizlik deb qaraladi. Fojia buyuk odamlarning buyuk maqsadlar yo’lidagi omonsiz kurashlari va halokatlaridangina tug’iladi. E'tibor bering: Otello hech qachon ezgulikka xiyonat qilmagan buyuk va qudratli inson, lekin o’zi bilmagani holda kechirilmas jinoyat qilgan sho’rlik odam! To’g’riso’zligi, odamlarga ishonishi, tinimsiz ravishda haqi- qatga intilishi uning fojiasini kuchaytiradi. Boshqa jo’nroq odam Dezdemona haqi- dagi gaplarning tagiga yetish uchun tekshirishlar o’tkazgan, odamlardan so’rab- surishtirgan bo’lardi. Otello bunday maydalikni o’ziga ep ko’rmaydi. Chunki u Yagoning yolg’on gapirishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaydi. Otello ulug’ inson bo’lgani uchun ham haqiqatning tagiga yetgach, o’ziga o’zi eng og’ir jazo belgilaydi va uni ijro etadi. Otello hamisha o’ylanib, qiynalib yashaydi. o’zi yuksak manaviyat egasi bo’lgani uchun boshqalardan, hech bo’lmasa, o’z yaqinlaridan poklik, tozalik kutadi. Lekin Yagoning gapiga ko’ra, ayoli ham, ishongan o’rinbosari Kassio ham unga xiyonat qiladi. Otello qasoskor emas, balki nomusli odam. t odamlarning bu qadar tubanligi va olamning bunchalar buzuqligidan hayratga tushadi, qiynalib ketadi. Fojiaviy timsollardagi shu xil boshqachalik ularning xatti-harakatlari ham, gap-so’zlari ham o’zgacharoq bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham trage- diyalarda, ayniqsa, yirik tragik timsollar tasvirida hayot haqiqatiga to’la amal qilinmasligi, shartlilikka yo’l qo’yilishi mumkin. Tragik timsollar duch kelgan nohaqlikning ko’lami yirik bo’lgani uchun bunday obrazlarning halokati tufayli tug’iladigan fojia ham dahshatli bo’ladi. HAYNRIX HAYNE (1797-1856) XIX asr nemis adabiyotining yirik vakili, samimiy ko’ngil she'riyatiga siyosiy hajviy tanqidhi ustalik bilan qo’sha olgan haqgo’y shoir Haynrix Hayne 1797- yilning 13- dekabrida Germaniyaning Dusseldorf shahrida savdogar yahudiy oila- sida tug’ildi. Bo’lajak shoirning tarbiyasi bilan, asosan, onasi Betti shug’ullandi. Xalq og’zaki ijodi namunalaridan xabardor bu ayol o’g’lida so’zga muhabbat, uning qudratidan hayrat tuyg’usi shakllanishiga tasir ko’rsatadi. Otasi Samson Hayne Yevropadagi zamonaviy fikrlovchi ko’pchilik singari o’g’lining napoleonchi harbiy bo’lishini orzu qiladi. Napoleonning mag’lubiyatidan so’ng ota-ona Haynrixning savdo bilan shug’ullanishini ma'qul deb hisoblashdi. Lekin uning ham o’zlari singari kichik savdogar emas, balki Hamburgdagi amaki- si Solomon kabi yirik tijoratchi bo’lishini istashadi. Shu maqsadda maktabni bitkazgan yigitchani Hamburgga amakisiniki- ga jo’natishadi. Lekin tasirchan, to’g’riso’z va mag’rur Haynrix savdo ishlari- ga mutlaqo qiziqmas, u kecha-kunduz kitob bilan oshnochilik qilar, ko’p vaqti- ni sherlar yozib o’tkazar edi. Faqat iqtisodiy foyda keltiradigan yumushlar bilan shug’ullanishnigina tan oladigan amakisiga uning bu ishlari yoqmasdi. Buning ustiga, Haynrix amakisining suluv qizi Amaliyani shaydolarcha sevib qoladi. Lekin qiz uning tuyg’ularini rad etadi. Xullas, amakisinikida o’tkazilgan samarasiz uch yildan so’ng yigit uyiga qaytadi va astoydil o’qishga tutinadi. Haynrix Hayne 1819- yildan e'tiboran l>(>iui. Hettingen va Berlin uni- versitetlarida o’qiydi. Yevropaliklar tafakkuriga jiddiy tasir o’tkazgan mashhur faylasuf Gegeldan ma'ruzalar tinglab, bilimuu oshiradi. Yigit huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan bitirib, diplom olgan bo’lsa-da, bu sohada biror kun ishlamaydi. 1827- yili Hamburg shahrida o’ttiz yoshli Haynening "Qo’shiqlar kitobi" nomli lirik she'rlar to’plami bosilib chiqdi. Bu kitobga kirgan she'rlarida yosh shoir dunyoning tushunarsiz, hayotning murakkab va odamlar orasidagi munosa- batlarning chigalligini o’ta tasirchan yo’sinda tasvirlagan. U sherlaridan birida odamlar haqida: "Ba'zisi do’st, kelar qoshimga, Ba'zilari dushmandan battar ", — deb yozadi. Haynening anglamsiz tuyg’ular haqidagi she'rlari xalq qo’shiqlariga yaqinligi, tushunarli va musiqiy ekani bilan o’quvchilarni o’ziga maf- tun etardi. Yosh shoir she'rlarida og’zaki ijodda bo’lganidek, lirik qahramonning ichki dunyosini uning kechinmalari va tabiatning tasviri orqali ochib beradi. 1830- yilda Haynrix Haynening "Yo’l lavhalari" nomli ikkinchi kitobi bosi- lib chiqdi. Bu kitobda u mamlakat va xalqning ahvolini mardonalik bilan xo- lis taftish qila oladigan ijodkor sifatida namoyon bo’ladi. Kitob yo’l ocherklari- dan iborat bo’lib, Germaniyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy darajasini haqqoniy aks ettirganligi bilan ajralib turadi. H. Haynening o’tkir nigohi hanuz- gacha o’ttizta davlatchaga bo’linib yashayotgan yagona millatning g’arib ahvoli, qoloqlik botqog’iga botganligini ko’radi va afsus-nadomatga to’la achchiq tili bilan uning aybdorlarini fosh etadi. Umrini nemis xalqining hayotini farovonroq qilish uchun kurashga tikkan Haynening tutumlari o’z manfaatidan boshqa narsani o’ylamaydigan hukmdorlarga yoqmasdi. Shuning uchun ham 1830- yilda u Fransiyaga ketishga majbur bo’ldi. o’sha yilning iyulida sodir bo’lgan inqilobdan keyingi Parijdagi siyosiy va adabiy hayotda faol ishtirok etadi. Nafaqat nemislarning, balki butun insoniyatning baxtli yashashini istagan shoir bu yerda o’ziga ko’plab xayrixohlar, hamfikrlar topdi va umrining oxiriga qadar qizg’in ijod qo’ynida yashaydi. Haynrix Hayne 1843- yilda insoniyatning hayotini tamomila o’zgartirib yu- borish davosi bilan chiqqan Karl Marks bilan tanishadi. Marksning ommani baxtli qilishga doir yuqumli xomxayollari tasiriga berilgan shoir dastlabki vaqt- larda uning g’oyalariga tarafdor bo’lib yuradi. Lekin kommunistik qarashlarda kishining erkiga zo’rlik o’tkazish ustuvorligini payqab qolgach, Marksdan ham, uning g’oyalaridan ham uzoqlashadi. Yevropadagi qaynoq ijtimoiy-siyosiy hodisa- lar tasirida shoirning poetik iqtidori o’sha yillarda ko’proq siyosiy yo’nalishdagi sheVlarida namoyon bo’ldi. Haynening "Sileziya to’quvchilari" sheVi, "Germaniya. Qish ertagi" dostoni, "Qullar kemasi" balladasi yuksak baduy kuchidan tashqari, ijtimoiy yo’nalganligi bilan ham o’sha davr o’quvchilarining e'tiborini tortadi. Shoirning "Sileziya to’quvchilari" sheVida achchiq hayotiy haqiqat butun shafqatsizligi bilan aks ettirilgan. Shoir sheVda voqealarni ko’rsatishga emas, millat ruhiyati tovlanishlarini tasvirlashga ko’proq e'tibor qaratadi. Shuning uc- hun ham she'rdagi: "La'natlar bu yurtga, yolg’on vatanga, Unda baxt ko’radi tubanlik, xo’rlik" misralarida vatanda turib, vatansiz yurgan xalq sezimlari bori- cha ko’rsatilgan. Shoir vatanga ega bo’lishi lozim kishilar vatan tomonidan ezil- gani uchun ularning vakillari bo’lmish to’quvchilarda: "Germaniya, to’qiymiz biz kafaningni" tarzidagi tuyg’ular paydo bo’lganini mardona shafqatsizlik bilan aks ettiradi. She'rda shoir kafan vatani Germaniyaga emas, balki uning ayanchli o’tmishiga to’qilayotganini aks ettiradi. Shoirning chet eldaligida yozilgan asarlari orasida 1832- yilda yaratil- gan "Fransuz ishlari" asari fransuz siyosiy hayotining o’ziga xos yilnomasi si- fatida e'tirof etilgan. 1842- yilda bitilgan "Atta Troll" majoziy dostoni alohida e'tiborga molik bo’lib, unda hayvonlar timsoli vositasida tepsa-tebranmas, yurt ravnaqi uchun biror narsa qilishga qodir bo’lmagan kimsalar ayovsiz hajv etiladi. Haynening 1854- yilda yaratgan "Lyutetsiya" asari ham fransuz hayotini aks et- tirishga bag’ishlangan. Haynrix Haynening ijodiy taqdirida uning "Romansero" (1851), "E'tirof" (1854) she'riy kitoblari alohida ahamiyatga egadir. Bu asarlar nafaqat shoir ijodi, balki nemis millati she'riy tafakkuri taraqqiyotida jiddiy vo- qea bo’ldi. o’n uch yil davomida vatandan yiroqda, sarsonlikda yurgan otashin yurt- sevar shoir uni millatga mehrsizlikda ayblagan kishilarga qarata "Germaniya. Qish ertagi" (1844) kitobiga yozgan so’zboshisida: "Men vatanni sizlardan kam sevmayman. Shu sevgim tufayli men o’n uch yil quvg’inda bo’ldim, ayni mana shu sevgim tufayli oh-voh qilmasdan, iztirobdan yuzimni bujmaytirmasdan, yana, ehtimol, butun umrga quvg’in joyimga qaytmoqdaman— deb yozganda bashorat qilgan edi. t yaqinlari bilan uchrashgach, shu yili yana Fransiyaga qaytib ketdi. Haynrix Hayne 1856- yilning 17- fevralida Parijda vafot etdi. Haynening buloq suviday tiniq va jarangli she'riyati o’zbek kitobxonlarini ko’pdan buyon qiziqtirib keladi. Shuning uchun ham uning asarlari turli davr- larda Cho’lpon, Oybek, Mirtemir, Abdulla Sher, Xayriddin Sulton kabi ijodkorlar tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan. Savol va topshiriqlar 1. Bo’lajak shoirning bolalik va yoshlik yillari kechgan muhit haqidagi ma'lumotga e'tibor qiling. 2. Hayne she'riyatiga xos xususiyatlarni gapirib bering. 3. Shoir hayotida Fransiya tutgan o’rin to’g’risida to’xtaling. 4. Hayne ijodida ijtimoiy siyosiy yo’nalish ustuvorligi sababini anglating. SHE'RLAR * * * Bo’sh xayollar chekinmish olis, Dilda yana sevgi havasi. Yana hokim nozik ezgu his, Simiraman bahor havosin. Yana tongdan to kechki soat Xiyobonda kezaman butun. Shlyapaning ostidan shoyad Ko’rinsa deb chehrasi gulgun. Ko’prik uzra vaqt o’tkazaman, Yashil daryo ustida turib. O’tib qolar balki yonimdan Meni asta ko’zdan kechirib. Shalolaning raqsidan yana Eshitaman oh bilan nola. Mening uyg’oq qalbimga ayon Ne xususda kuylar shalola. Mavhum orzu-o’yga g’arq bo’lib Surunaman yaqin-yiroqda. Telba oshiq holidan kulib Yana qushlar sayraydi bog’da. Savol va topshiriqlar 1. Yigitdagi "bo’sh xayollar"ning olisga chekinishi sababini izohlashga uri ning. 2. Uning ruhiyatidagi ishonch, intilish kabi ijobiy o’zgarishlarning sababi ni mada? 3. She'rdagi: "Mening uyg’oq qalbimga ayon Ne xususda kuylar shalola" satrlarini izohlang. 4. Oshiqning: "Mavhum orzu-o’yga g’arq bo’lib" surunishi sababini anglating. O, sen qo’rqma, chekmagin tashvish Dil sirini qilsam oshkora. Ya sha'ningga majozu tashbih Bag’ishlasam sening ming bora! Gullar aro erib ketar u Esganida o’rmon salqini. Kuydirguvchi pinhon otash bu, Yuragimning sirli yolqini. Yo’q, hisobga o’tmaydi aslo Uchqun sochsa chechaklar porlab! Alangaga ishonmay dunyo Turar elni she'r bilan chorlab. Savol va topshiriqlar 1. Shoirning: "O, sen qo’rqma, chekmagin tashvish Dil sirini qilsam oshkora" tarzidagi xitobi kimga qaratilgan va nimani anglatadi? 2. "Gullar aro erib ketar u" deyilganda nima ko’zda tutilgan deb o’ylaysiz? 3. Shoirning: "Kuydirguvchi pinhon otash bu, Yuragimning sirli yolqini" iqro rida nima ko’zda tutilganini tushuntiring. 4. She'rning so’nggi bandini izohlang. Undan qanday ijtimoiy ma'no chiqarish mumkinligiga e'tibor qarating. 5. She'rni yod oling. * * * Suvdan boshin chiqarib asta Nilufar gul boqadi mas’uim. Yonib ishqi alangasida Oy qiladi unga tabassum. Ibo bilan suv oynasiga Sekin boshin egcli nilufar. Oy bo’lsa-chi uning poyida Dir-dir titrar, shu'lasin separ. Savol va topshiriqlar 1. Manzara she'rning birinchi bandini sharhlang. Undagi obrazlarning baduy vazifasiga to’xtaling. 2. She’rdagi: "Ibo bilan suv oynasiga Sekin boshin egdi nilufar" tasviri ba duyatini izohlang. Ayni holatning hayotiy asosini ko’rsating. 3. Oyning "dir-dir" titragani holda "shu'la sep"ishi sababini izohlang. 4. She’rni yod oling. * * * O’tkir bo’lsa ko’zlaring agar, Kuylarimga nigoh otib boq. Unda yashar ajoyib dilbar, Suluvlardan ko’ra suluvroq. Qulog’ing soz eshitsa agar, Nozik sasga bir dam quloq os. Isyon to’la qalbingda yashar, Qo’shiq, navo, kulgu, ehtiros. Menga o’xshab qo’shiq, nigohlar Sehri seni o’ziga bog’lar. Qizg’in oshiq bo’lib, armonda Surunarsan tog’u o’rmonlar. Savol va topshiriqlar 1. O’ylab ko’ring: shoirning kuylarida yashayotgan "suluvlardan ko’ra suluv- roq" kim yoki nima? 2. SheVning ikkinchi bandini diqqat bilan o’qing. "Isyon to’la qalbingda yashar, Qo’shiq, navo, kulgu, ehtiros" misralarini sharhlang. 3. So’nggi bandda shoirga o’xshashi mumkinligi taxmin qilingan suhbatdosh ning kimligini anglab olishga urining. 4. Lirik qahramon qismati haqida o’ylab ko’ring. LTnga o’xshagingiz keladimi? SheV kimga bag’ishlangan deb o’ylaysiz? ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN (1799 — 1837) Umr bo’yi g’oyat notinch va tartibsiz yashagan tengsiz rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayotining so’nggi yillari fojiali bo’ldi va halokatli yakun topdi. U 1799- yilning 6- iyunida Moskva shahrining Nemislar ko’chasida ya- shovchi qadimiy dvoryanlardan bo’lmish iste'fodagi mayor Sergey Pushkin oila- sida tug’ildi. Bo’lajak shoirning onasi Nadejda Pyotr I ning tutingan o’g’li habash Ibrohim Hannibalning nevarasi edi. Pushkinlar o’qimishli, adabiyotga qiziqadi- gan, ijod ahli bilan bordi-keldi qiladigan kishilar edi. Shu bois bu uyning bolalari ijodiy muhitda ulg’aydi. Oiladagi bolalar manaviyati shakllanishiga ularning ena- galari Arina Radionovna Yakovleva kuchli tasir ko’rsatdi. Xalqning urf-odatlari, ruhiyati, og’zaki ijodi va tilini juda yaxshi biladigan oqila va mehribon bu ayol bo’lajak shoir, uning ukasi va singlisi tarbiyasida katta o’rin tutdi. Shunga qaramay, Aleksandr Pushkinning hayotidagi hal qiluvchi voqea uning 1811- yilning 19- oktabrida Rossiya poytaxti Sankt-Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul etilganligi bo’ldi. Bu yerda bo’lajak shoir ijodkorlik muhiti va erkin fikr bilan tanishdi hamda Kan Pushin, Anton Dclvig, Vilgelm Kyuxelbeker singari bir umrlik chin do’stlar orttirdi. Ular ke- yinchalik ham shoirning hayotida muhim o’rin tutishdi. Bunga alohida urg’u berilayotganiga sabab shuki, Aleksandr Pushkin g’oyat tezob, qaysar, izzattalab bo’lgani uchun uning do’stlari ko’p emasdi. Pushkinning she'riy ijodi o’qiyotgan paytida boshlandi. Yosh shoirning dast- labki sheri 1814- yilda litseyda chiqadigan "Yevropa xabarlari" jurnalida chop etildi. Litseyda o’qib yurganidayoq Pushkinning tengsiz iste'dod egasi ekanligi ayon bo’lgandi. o’limidan ikki yil oldin litseydagi imtihonlarning birida qatnash- gan keksa Derjavin Pushkinning she'rini eshitgach, uning buyuk shoir bo’lajagini bashorat qiladi. Litseydan keyingi dastlabki yillardayoq, Pushkin ijodiy cho’qqilarni birin-ke- tin zabt eta boshladi. 1817- yilda mashhur "Erkinlik" she'ri yozildi. 1820- yilda "Ruslan va Ludmila", "Mis chavandoz" dostonlari dunyoga keldi. "Ruslan va Ludmila"ning qo’lyozmasi bilan tanishgan mashhur shoir Jukovskiy Pushkinga: "G’olib shogirdga mag’lub ustozdan", — degan yozuv bilan o’z portretini sovg’a qildi. Bu Aleksandr Sergeyevich Pushkinning ulkan g’alabasi, uning shoir si- fatidagi chinakam tan olinishi edi. Baduy ijodda Pushkin o’zini cheklashni istamasdi. U nimani yozishda ham, qanday yozishda ham hech kim bilan hisoblashmasdi. Chunki vulqonday qaynab turgan iste'dod o’zgalarning irodasiga bo’ysuna olmasdi. Shuning uchun ham uning bitganlari orasida hukmron tartiblarga yoqmaydigan anchagina jihatlar bo’lishi tabuy hol edi. Nihoyat, 1820- yilga kelib, har qanday talantli kishida bo’lganidek, Pushkinning ham hasadchilari paydo bo’ldi va shoirning siyosatga mos kelmaydigan dadil she'rlari haqida chaquv uyushtirildi. Natijada, shoir im- periyaning janubiga surgun qilindi. Quvg’in to’rt yildan ortiqroq davom etdi. 1824—1826- yillarda esa Pushkin davlat xizmatidan bo’shatilib, otasiga te- gishli mulk bo’lmish Mixaylovskoye qishlog’iga surgun qilindi. Bu yerda shoir yolg’izlik va madaniy muhitdan olisda juda qiynaldi. Lekin rus xalqiga xos milliy belgilar to’la saqlangan bu qishloqda bo’lish shoirga xalq og’zaki ijodi bilan ya- qindan tanishish imkoniyatini berdi. U aholidan folklor namunalarini yozib oldi. 1830- yilga kelib, o’n yildan beri yozilayotgan "Yevgeniy Onegin" she'riy romaniga nuqta qo’yildi. 30- yillarda Pushkinning "Belkin qissalari", "Toppon xonim", "Dubrovskiy" singari nasriy asarlari chiqdi. Bu davrda jamiyatning qarashlari o’zgarib, didlar yangilanayotgani uchun ham bu asarlar katta shuhrat topmagan bo’lsa-da, baduy quvvati hamda yozuvchi mahorati nuqtai nazaridan diqqatga molik bitiklar edi. 1836- yilda Pushkinning mashhur "Kapitan qizi" asari tugallandi. Bu asar- da turli personajlar taqdiri misolida inson hayotini rejalashtirib bo’lmasligi, u har daqiqada kutilmagan o’zgarishlarga yuz tutishi mumkinligi g’oyat tasirli aks ettirilgan. Poytaxtga qaytgach, Pushkinning ijodi gullab yashnadi-yu, anuno uning shaxsiy turmushi tobora chigallashib borardi. Mashhur shoir yaxshigina pul topardi-yu, qo’li ochiqligidan, uni yetkazolmas va hamisha qarz bo’lib yashar- di. Shuningdek, poytaxtda Pushkinning tengsiz iste'dodi, qaynoq ijodini ko’rolmaydigan hasadgo’ylar ko’p bo’lib, ular turli yo’llar bilan shoirga ozor yetkazish, uning hayotini azobga aylantirishga urinardilar. Usiz ham tasirchan shoir borgan sari asabiy, izzattalab, tajang bo’lib borar, bu hol uning dush- manlari safi kengayishiga olib kelardi. Dushmanlar turli mish-mishlar tar- qatib, Gollandiya elchisining tutingan o’g’li Dantes bilan Pushkinning ora- sini butunlay buzadilar. Natijada, 1837- yilning 25- yanvarida Pushkin Dantesga haqoratomuz xat yozib, uni duelga chorlaydi. 27- yanvar kuni duel bo’lib o’tadi va buyuk shoir qattiq jarohatlanadi. Ikki kun azoblanib yotgan A. S. Pushkin 1837- yilning 29- yanvarida olamdan o’tadi. Pushkin ijodi o’zbek o’quvchilariga juda yaxshi tanish. XX asr boshi- dan buyon buyuk rus shoirining asosiy asarlari Cho’lpon, G’. G’ulom, Oybek, Mirtemir, E. Yohidov, A. Oripov, Muhanunad Ali, A. Suyun, H. Xudoyberdiyeva, U. Azim, M. Kenjabek singari ijodkorlar tomonidan qayta- qayta o’zbekchalashtirilgan. Savol va topshiriqlar 1. Pushkinning tabiatiga xos betakror jihatlarni ko’rsating. 2. Shoirning tabiati bilan ijodidagi uyg’un va nomuvofiq jihatlar haqida mulo haza yuruting. 3. Buyuk shoir qismatidagi chigalliklar sababiga to’xtaling. YEVGENIY ONEGIN (she'riy romandan parchalar)1 Vafot etib ketgan aslzoda Larinning jiddiy, o’ychan va oqila qizi Tatyana qishloqqa amakisining mulkiga egalik qilish uchun Peterburgdan kelgan o’qimishli va aqlli Yevgeniyni ko’rib, astoydil sevib qoladi. Uyatchan qiz o’z tuyg’ularini atro- fidagilardan yashirishga urinadi. Ko’p ikkilanishlardan keyin qiz sevgisini izhor qilib, yigitga xat yozadi. UCHINCHI FASL TATYANANING ONEGINGA MAKTUBI "Xat yozurman sizga, ne chora? Yana ne ham ayta olurman? Men bilaman, endi bir bora Qahringizga balki qolurman. Lekin qaro baxtimga zora Ko’rib zarra shafqatni ravo, Ketmagaysiz tashlab benavo. Sukut qilmoq bo’lgandim avval. Ishoningiz, uyalganim — siz Sira bilmas edingiz, esiz. Gar umidim bo’lsa edi sal, Haftada bir bo’lsa ham yakka, Bu qishloqda sizni ko’rmakka. Eshitolsam guftoringizni, Bir so’z desam, keyin betoqat Kecha-kunduz o’ylasam faqat, Faqat yana diydoringizni. Odamovi emishsiz ammo, Taskin bermas qishloqjoy sizga, Bizlar... jozib emasmiz aslo, Lekin shodmiz tashrifingizga. Biz yoqlarga keldingiz nechun? Kimsa bilmas qishloq, ovloqlar, Bunda sizni bilmasdim butun, Bilmasdim — ne achchiq qiynoqlar, Balki, murg’ak jonda titroqlar Qaydam bir kun bosilib yana Bir do’st topib o’zimga loyiq, Bo’larmidim vafodor qayliq Va mehribon, mushfiq bir ona. Boshqasi!.. Yo’q, hech kim dunyoda Ololmasdi ko’nglimni mening. Hukm o’qilgan arshi a'loda, Falak amri: men — sening, sening. Butun umrim sen bilan go’yo Uchrashuvning tanho garovi. Bildim — seni yuborgan xudo, O’lgunimcha o’zing panohim... Ko’rinarding goh tuslilarimda, Sen g’oyibdan bo’lding qadrdon, O’t nigohing o’rtadi yomon, Qalbim aro tovushlaring-da Yangrar edi... Yo’q, tush emas bu! Ko’rindingu tanidim-qoldim, Behol bo’ldim, lovullab yondim Ya xayolan dedim: mana shu! Chin emasmi, men quloq soldim: Biz gaplashdik sukut damida, Men gadoga in'0111 bergan chog’, Ibodat-la orom bergan chog’ Hayajonli dilim g’amiga! Xuddi o’shal lahzada, oyo, Sen eniasmi, ey, aziz ro’yo, Qorong’uda chaqnab ko’ringan, Bolishimga egilgan asta? Sen eniasmi, mehru havasda Labda umid so’zi uringan? Kimsan axir, panohininusan, Va yo bir shum berahmmisan? Yozgil shubha-gumonlarimni. Yoki bular bari beqaror Murg’ak qalbim yolg’onlarimi? Yo boshqa gap peshonamda bor?.. Bo’lsa-bo’lsin! Bugundan boshlab Taqdirimni senga topshirdim Va qoshingda ko’zlarim yoshlab, Himoyangni so’rab bosh urdim... Tasavvur qil: men bunda yakka, Hech kim meni tushunmay qoldi, Hatto aqlu xushim ham toldi, Mahkumdirman jimjit o’lmakka. Men kutaman, bir nazar bilan Umidumni qalbda tirgizgil, Yoki og’ir tushimni buzgil Evoh, haqli bir g’azab bilan! Bitdi! Qayta o’qiyman — dahshat.. Nomus, qo’rqinch ichra muzlar dil. Imoningiz — menga kafolat, Topshiraman o’zinini dadil..." Goh tinar qiz, goh ohlar urur, Titranadi maktub qo’lida. Pushti konvert yopishar, qurir, Yallig’langan qaqroq tilida. Boshginasin solar mung’ayib, Tungi ko’ylak tushar sirg’alib Uning nozik yelkalaridan... Nur qochar oy halqalaridan. Yorishadi vodiy — tumanzor. Kumushlanar soy shalolasi. Cho’pon chalgan qo’biz nolasi Qishloq ahlin aylaydi bedor. Tong: uyg’onmish yaqinu yiroq, Tatyanaga farqi yo’q biroq. XXXIII Tong nurlarin payqamas hatto, Boshin bukib o’ltirar ma'yus. Maktubiga chekmaydi imzo — O’yma muhrin urmaydi hanuz. Astagina eshik ochib lek Oqsoch Filipevna kirar tek — U patnisda keltiradi choy. «Dildorginam, turgil endi... Voy, o’zing ham shay, uyg’oq ekansan! O, tong qushi, saharxez qushim! Kecha rosa uchdi-ku xushim! Shukr, tetik ham sog’ ekansan! G’amdan nishon qolmabdi, qizim Ikki yuzing anordek qizil”. XXXIV —Oh, bibijon, bir iltifot qil. — «Izningdaman, buyurgil, jonim». —Lekin-chi... bad gumon qilma... Kel Yo’q demagil, oh bibijonim! — «Xudo kafil, qizginam, lekin». Nabirangdan shu xatni sekin Berib yubor O... ga, anovga... Qo’shnimizga... Lekin birovga Biron og’iz gapirmasin, bas, Aytmasin ham mening otimni... — «Kimga bersin, jonim, xatingni? Endi esim joyida emas, Tevarakda qo’shni ko’p, qaydam, Hanunasini eslayin qaydan?» XXXV Befahmsan, buncha ham, ena! — «Jonu dilim, qariman, axir. Qariganda es ketar, Tanya, Eh, yoshlikda ziyrak edim bir, So’z aytdimi ulug’lar, unda...» Bas, bibijon, cho’zding-ku juda! Esing menga ne kerak, ajab? Ko’ryapsan-ku, xatdan borar gap — Atalgandir Onegin uchun. — «Gap — gap-u, sen qizishma, qo’zim, Bilasan-ku, essizman o’zim... Ranging yana oqardi nechun?» Qo’y. hech gapmas, sen bora qolgin, Nabirangni yubora qolgin. TO’RTINCHI FASL IX ...Bo’lgandi ilk yoshlik zamoni U shiddatli xatoyu qizg’in Ya betizgin hislar qurboni. Hayot tarzi erkalab faqat, U biriga maftun muvaqqat. Boshqasidan uzadi ko’ngul, Istaklardan bezadi so’ng ul. Yengil zafar toldirdi tag’in, Tinglab shovqin va jimlik aro O’z qalbidan mangu bir nido, Kulgu bilan bosur esnog’in. Umrining gul faslidan fuzun Sakkiz yili so’ldi shu yo’sin. XI Biroq olgach Tatyana xatin, Bir o’t tushdi yigit joniga. Masuni orzularning suhbati O’ylar qo’shdi hayajoniga. Ma'yusgina, so’lg’in, parishon Tatyanani esladi shu on. Bir shirin o’y, pokiza xayol Yuragini chulg’adi darhol. O’tgan hislar o’ti — balosi Balki, bir zum qo’zg’oldi shu choq, Istamadi aldashni, biroq, Bokira qalb ishonch, ixlosin. Endi bizlar uchaylik boqqa — Qiz u bilan ko’rishgan yoqqa. Avval bir oz turdilar kutib, Yaqin kelib Onegin shunda S hivirladi: "Yozibsiz maktub, Tonmangiz, men o’qidim unda Soddagina dil izhorini, Pokiza bir sevgi zorini. Samimiyat — men uchun aziz, Bu his qo’zg’ab qo’ydi, shubhasiz, So’nib ketgan tuyg’ularimni. Animo sizni maqtamay ortiq, Sizga shundoq etaman tortiq Men ham dilda yo’g’u borimni... XIII Men hayotni faqat dunyoda Uy ichi deb bilsaydim agar, Xush qismatim er yoki ota Baxtin hukm qilsaydi agar, Oilaviy turmushga o’zim Mehr qo’ysam, hech yo’qsa, bir zum, Izlamasdim unda, haqiqat, Sizdan bo’lak biron rafiqa. Aytay madhu sanolarsiz rost: Bo’lsaydi ilk xayolu havas, Jami go’zalliklarga evaz — Faqat sizni tanlardim, xolos. Siz g’amimga yor bo’lib ul vaqt, Men... bearmon bo’lardim xushbaxt! XIV Anuno baxtga mening qalbim yot; Yaralmabman halovat uchun. Behudadir sizning kamolot — Arzimayman men unga butun. Siz ishoning, vijdonim kafil, Turmush bizga g’am bo’lur, axir. Sizni qancha sevmayin o’zim, Ko’nikdimmi — soviyman shu zum. Yig’layapsiz, ko’zyoshlar nechun? Yo’q, yuragim hech tasirlanmas... XV ...Men shundayman. Yozib nomani Siz pokiza, yoniq dil bilan, Bu kamolot, bu aql bilan Istaganmi edingiz mani? Nahot, taqdir — berahm samo Sizga shuni ko’ribdi ravo?.. Savol va topshiriqlar 1. Qizning yigitga yozgan maktubida: "Hukrn o’qilgan arshi o’loda, Falak arnri: men — sening, sening", — degan iqrori uning yengiltakligini anglatmaydimi? 2. Tatyana sevgisining ko’lami uning: "Butun umrim sen bilan go’yo Uchrashuvning tanho garovi" shaklidagi iqrorida qanday aks etgan? 3. Tortinchoq qishloq qizining yigitga qarata: "Sen g’oyibdan bo’lding qadrdon" tarzidagi iqrori sababini anglating. 4. Tatyananing: "...Bugundan boshlab Taqdirimni senga topshirdim" shaklidagi qarorini izohlang. 5. Yevgeniyga yozayotgan xatini tugatgan qiz holatining "Bitdi! Qayta o’qiyman dahshat... Nomus, qo’rqinch ichra muzlar dil..." tarzida tasvirlanishi sa babini tushuntiring. 6. Qizning: "Imoningiz — menga kafolat, Topshiraman o’zimni dadit...", — degan qarorga kelishi sababini sharhlang. 7. Tatyananing xizmatchi kampirga: "...Lekin birovga Biron og’iz gapirmasin, bas, Aytmasin ham mening otimni", — deyishi sababini anglating. 8. Umuman, qizlarga, ayniqsa, ularning sevgisiga ishonmaydigan, qizlarni al dashdan zavqlanadigan Yevgeniyning Tatyanani aldashni istamaganligi sababi haqida o’ylang. 9. Yigitning: "Samimiyat — men uchun aziz, Bu his qo’zg’ab qo’ydi, shubhasiz, So’nib ketgan tuyg’ularimni" shaklidagi iqrori sharhlang. 10. Yevgeniyning: "Bo’lsaydi ilk xayolu havas, ...Faqat sizni tanlardim, xolos",degan ta'kidini sharhlang. SAKKIZINCHI FASL XIV ...Chayqaladi dafatan salon , Shivir-shivir ketar bir mahal... Beka sari kelar bir juvon, Orqasida mag’rur general. Bu xonim jim, andishali zab, Istarali, kamsuqum, kamgap. Ko’zlarida go’zal bir hayo, Hech zafarga unda yo’q da'vo. Yo’qdir biron soxta jilvasi, Yo’q taqlidiy biron ifoda, Bonu tamom sokin va sodda... XVII «Nahotki, — deb o’ylar Onegin, — Nahot o’sha? Xuddi o’zi... Yo’q... Olis qishloq bag’ridan, lekin, Qandoq keldi?..» Yigit ko’zi lo’q — Qo’shoynakdan boqar dam-badam. Yodga solar orazi shu dam Unutilgan bir qizni elas. «Bilurmisan, ayt menga, knyaz, Movut bo’rkli anov xonim kim — Turur ispan elchisi birlan?» Oneginga qarar u birdan. -Ha, sen ko’pdan yo’q eding, do’stim. -To’xta, hozir aytaman, inim. «Kim u, axir?» — Mening xotinim. XVIII «Uylandim de! Bilmabman buni! Qancha bo’ldi?» — Qariyb ikki yil. — «Kim?» — Larina. — «Tatyanabonu?» — Taniysanmi? — «Qo’shnisiman, bil». — O, yo’qsa, yur. — Knyaz qo’zg’olib, — Qarindoshi, do’stini olib, Rafiqasi tomon boshlaydi. Begoyim bir nigoh tashlaydi... Yuragiga tushsa ham g’uluv, Qolsa hamki zo’r hayrat ichra, Hayajonu xijolat ichra, O’zgarmaydi zarracha suluv. O’sha raftor, fe'l unda hokim, O’sha-o’sha — salomi sokin. XIX Xudo haqi, nainki titrab Qizarmadi, rangi o’chmadi, Juvon hatto tishlamadi lab, Qosh chimirib, hayrat sochmadi. Tikilsa ham berilib, yohu, Yo’q, avvalgi Tatyanadan u Topolmadi biron nishona. So’zlashmoqni istadi, yana Eplolmadi. So’radi juvon Kelganligin qaydan, qachondan, Balki, dedi, yurtim tomondan?.. Erga horg’in nigoh tashlabon Keyin asta bo’ldi u g’oyib... Bu tosh qotib qoldi mung’ayib. XX Nahotki, bu o’sha Tatyana?.. Dostonimiz boshlarida, o, Olis, jimjit makonda, ya'ni Xilvatgina o’sha bog’ aro Xush xulqini ko’rguzib yigit, Bergan edi unga pand-o’git. Hanuz asrar o’shal maktubin, Unda ko’ngul aytur matlubin, Rozi — ravon, erkin va ravshan. O, Bu o’sha qizchami, ro’yo?.. Bu sargardon umrida, oyo, Qilgayamidi dardini pisand?! Nahot, unga nisbatan shu dam Ayol shuncha beparvo, o’ktam? Kechar gavjum majlisdan alhol, O’yga botib uyga jo’nar u; Goh g’amginu goh go’zal xayol Endi sira bermaydi uyqu. Turgach, bir xat berishar unga: Qulluq qilib, knyaz N uyga Taklif etmish oqshom. «o’ xudo! Uning uyi... Borgum, borgum, o!-> Hurmat-la tez qaytarur javob. Nima bo’ldi? Ko’rar nechuk tush? Sovuq, tanbal yuragining, xo’sh, Tubida ne g’imirlar shu tob? O’kinchmi bu, puch o’ymi, hasrat, Yoki yoshlik dardi — muhabbat? Soat sanar Onegin, yonar, Sabri yetmas kechgacha yana. Oxir o’nga bong urar, jo’nar — Uchib borar. Mana, ostona. Kirar titroq tushib yurakka, Tatyanani uchratar yakka; So’ng bir necha lahza yonma-yon o’ltirishar. Onegin hamon So’z topolmas. o’ng’aysiz, qo’pol, Mayus. Ayol so’ziga shu tob Zo’rg’a-zo’rg’a qaytarar javob. Ezar uni o’jar bir xayol. Yigit tajang boqar; begoyim O’ltiradi erkin, muloyim. ...o’zgarmishdir qancha Tatyana! Nechog’ topmish o’z qiyofasin! Oliy mansab singari yana Egallamish usullar darsin! Davraning zo’r malikasidan. Bu mo’tabar, chin bekasidan Kim topur ul nozik qizchani? Asir etmish Onegin ani, Shu yigit deb qaro kechalar Kelmay turib uyqu xudosi, Qiz qayg’urib, yutib nidosin, Oyga nigoh tikkan nechalar Va umrini u bilan xushhol Kechirmoqni aylagan xayol! XXX Yosh boladek Yevgeniy, beshak, Tatyanaga qo’ymish muhabbat. Kun va tunni o’tkazur halak, Ishq dardida o’rtanib faqat. Hech sadoni aqli tinglamas, U bosh urib eshigiga, bas, Har kun borur oynavand uyga, Soya kabi ergashar unga... ...Tatyana-chi, hamon beparvo. Ayol zoti shunaqadir, bas, Yigit — qaysar, qaytmoq istamas. Umid qilar, urinar, biroq, o’zi betob, sog’dan dadilroq Begoyimga xat yozur yoniq. Garchi kamdir maktubda ma'no, Befoyda deb o’ylar-u, anuno, Anuno ko’ngil dardiga, aniq Endi unda qolmadi toqat. Mana sizga, ayni o’sha xat. ONEGINNING TATYANAGA MAKTUBI "Men bilaman, tahqirlar sizni Ushbu munglug’ sirlar bayoni. Beomon bir g’azab to’foni Chulg’ar mag’rur nigohingizni! Ne istarman? Ne maqsad bilan Dil ochurman sizga bemalol? Achchiq, zahar kulguga, bilmam, Men yo’l berib qo’ydim, ehtimol. Nogoh sizni uchratib bir kez, Mehr nurin payqadim-u, tez, Ishonmoqqa chog’lanmadim hech. Xush odatim yo’li berkildi, Men o’zimning dilgir erkimni Yo’qotmoqni xohlamadim hech. ...Dilga yaqin har nimaki bor, Shundan keyin ko’nglimni uzdim. Men yotsirab yurdim. Azob bu. o’yladimki erk, orom — tanho Baxtga evaz bo’lur. O, xudo! Qanday xato, bu qanday jazo!.. Yo’q, yo’q, sizni ko’rmoq safosi, Izingizdan qolmay quvlamoq, Lab kulgusin, ko’zlar imosin Oshiq ko’zlar ila ovlamoq, Xo’b termulmoq sizning jussaga, Dildan tuymoq — ne kamolot bu, Qarshingizda qotmoq g’ussada, Bo’zarmoq va so’nmoq... rohat bu! Men shundan ham mahrumman, faqat Sudralaman aylab tavakkal. Kun — g’animat, soat — g’animat, Men-chi isrof etaman mahtal, Taqdir sanab bergan kunlarni. ...Men bilaman, umrimda bor had, Lekin uni cho’zib turmoqqa Tongda amin bo’lmoqligim shart Kunduz kuni sizni ko’rmoqqa... ...Bilsaydingiz, naqadar dahshat Muhabbatga zorlik jahonda. Yonmoq aql ila har soat, Tug’yonlarni so’ndirmoq qonda. ...Vahki, soxta sipolik bilan Qurollanmish nutqu nigohim; ...O’zimga zid bormog’im og’ir, Nochordirman ushbu kezda man. Qarorim shul, izmingizdaman, Men tan berdim taqdirga oxir". Xudo haqi, nainki titrab Qizarmadi, rangi o’chmadi, Juvon hatto tishlamadi lab, Qosh chimirib, hayrat sochmadi. Tikilsa ham berilib, yohu, Yo’q, avvalgi Tatyanadan u Topolmadi biron nishona. So’zlashmoqni istadi, yana Eplolmadi. So’radi juvon Kelganligin qaydan, qachondan, Balki, dedi, yurtim tomondan?.. Erga horg’in nigoh tashlabon Keyin asta bo’ldi u g’oyib... Bu tosh qotib qoldi mung’ayib. XIX Nahotki, bu o’sha Tatyana?.. Dostonimiz boshlarida, o, Olis, jimjit makonda, ya'ni Xilvatgina o’sha bog’ aro Xush xulqini ko’rguzib yigit, Bergan edi unga pand-o’git. Hanuz asrar o’shal maktubin, Unda ko’ngul aytur matlubin, Rozi — ravon, erkin va ravshan. O, Bu o’sha qizchami, ro’yo?.. Bu sargardon umrida, oyo, Qilgayamidi dardini pisand?! Nahot, unga nisbatan shu dam Ayol shuncha beparvo, o’ktam? XX Kechar gavjum majlisdan alhol, o’yga botib uyga jo’nar u; Goh g’amginu goh go’zal xayol Endi sira bermaydi uyqu. Turgach, bir xat berishar unga: Qulluq qilib, knyaz N uyga Taklif etmish oqshom. «o’ xudo! Uning uyi... Borgum, borgum, o!-> Hurmat-la tez qaytarur javob. Nima bo’ldi? Ko’rar nechuk tush? Sovuq, tanbal yuragining, xo’sh, Tubida ne g’imirlar shu tob? o’kinchmi bu, puch o’ymi, hasrat, Yoki yoshlik dardi — muhabbat? Soat sanar Onegin, yonar, Sabri yetmas kechgacha yana. Oxir o’nga bong urar, jo’nar — Uchib borar. Mana, ostona. Kirar titroq tushib yurakka, Tatyanani uchratar yakka; So’ng bir necha lahza yonma-yon o’ltirishar. Onegin hamon So’z topolmas. o’ng’aysiz, qo’pol, Mayus. Ayol so’ziga shu tob Zo’rg’a-zo’rg’a qaytarar javob. Ezar uni o’jar bir xayol. Yigit tajang boqar; begoyim o’ltiradi erkin, muloyim. XXVIII ...o’zgarmishdir qancha Tatyana! Nechog’ topmish o’z qiyofasin! Oliy mansab singari yana Egallamish usullar darsin! Davraning zo’r malikasidan. Bu mo’tabar, chin bekasidan Kim topur ul nozik qizchani? Asir etmish Onegin ani, Shu yigit deb qaro kechalar Kelmay turib uyqu xudosi, Qiz qayg’urib, yutib nidosin, Oyga nigoh tikkan nechalar Va umrini u bilan xushhol Kechirmoqni aylagan xayol! XXX Yosh boladek Yevgeniy, beshak, Tatyanaga qo’ymish muhabbat. Kun va tunni o’tkazur halak, Ishq dardida o’rtanib faqat. Hech sadoni aqli tinglamas, U bosh urib eshigiga, bas, Har kun borur oynavand uyga, Soya kabi ergashar unga... ...Tatyana-chi, hamon beparvo. Ayol zoti shunaqadir, bas, Yigit — qaysar, qaytmoq istamas. Umid qilar, urinar, biroq, o’zi betob, sog’dan dadilroq Begoyimga xat yozur yoniq. Garchi kamdir maktubda ma'no, Befoyda deb o’ylar-u, anuno, Anuno ko’ngil dardiga, aniq Endi unda qolmadi toqat. Mana sizga, ayni o’sha xat. ONEGINNING TATYANAGA MAKTUBI "Men bilaman, tahqirlar sizni Ushbu munglug’ sirlar bayoni. Beomon bir g’azab to’foni Chulg’ar mag’rur nigohingizni! Ne istarman? Ne maqsad bilan Dil ochurman sizga bemalol? Achchiq, zahar kulguga, bilmam, Men yo’l berib qo’ydim, ehtimol. Nogoh sizni uchratib bir kez, Mehr nurin payqadim-u, tez, Ishonmoqqa chog’lanmadim hech. Xush odatim yo’li berkildi, Men o’zimning dilgir erkimni Yo’qotmoqni xohlamadim hech. ...Dilga yaqin har nimaki bor, Shundan keyin ko’nglimni uzdim. Men yotsirab yurdim. Azob bu. o’yladimki erk, orom — tanho Baxtga evaz bo’lur. O, xudo! Qanday xato, bu qanday jazo!.. Yo’q, yo’q, sizni ko’rmoq safosi, Izingizdan qolmay quvlamoq, Lab kulgusin, ko’zlar imosin Oshiq ko’zlar ila ovlamoq, Xo’b termulmoq sizning jussaga, Dildan tuymoq — ne kamolot bu, Qarshingizda qotmoq g’ussada, Bo’zarmoq va so’nmoq... rohat bu! Men shundan ham mahrumman, faqat Sudralaman aylab tavakkal. Kun — g’animat, soat — g’animat, Men-chi isrof etaman mahtal, Taqdir sanab bergan kunlarni. ...Men bilaman, umrimda bor had, Lekin uni cho’zib turmoqqa Tongda amin bo’lmoqligim shart Kunduz kuni sizni ko’rmoqqa... ...Bilsaydingiz, naqadar dahshat Muhabbatga zorlik jahonda. Yonmoq aql ila har soat, Tug’yonlarni so’ndirmoq qonda. ...Vahki, soxta sipolik bilan Qurollanmish nutqu nigohim; ...o’zimga zid bormog’im og’ir, Nochordirman ushbu kezda man. Qarorim shul, izmingizdaman, Men tan berdim taqdirga oxir". 7 f Savol va topshiriqlar • • Qishloqi oyimqiz Tatyananing qisqa vaqt orasida "Yo’qdir biron soxta jilvasi, Yo’q taqlidiy biron ifoda, Bonu tamom sokin va sodda" darajadagi ayolga aylanishi sababi haqida o’ylab ko’ring. 2. Tortinchoq qiz Tatyana tabiatidagi "Yuragiga tushsa ham g’uluv, Qolsa hamki zo’r hayrat ichra, Hayajonu xijolat ichra, o’zgarmaydi zarracha su- luv" shaklidagi o’zgarishlar sababini ayting. Asarda ikki yildan so’ng uchrashishganda qiz holatining "Keyin asta bo’ldi u g’oyib..." Yigit hissiyotining: "Bu tosh qotib qoldi mung’ayib" tarzida beri lishini izohlang. 4. "Soat sanar Onegin, yonar, Sabri yetmas kechgacha..." tasvirida oshiq holati qanday aks etgan? Gapga usta, hammaga tepadan qaraydigan Oneginning "...hamon So’z topol- mas. o’ng’aysiz, qo’pol, Mo’yus" ekani tasviri ishonarlimi? Yevgeniyning xatidagi: "Qarshingizda qotmoq g’ussada, Bo’zarmoq va so’nmoq... rohat A«/"ta'kidi nimani anglatadi va u samimiymi? Yevgeniyning: "o’yladimki erk, orom — tanho Baxtga evaz bo’lur. O, xudo! Qanday xato, bu qanday jazo!.." shaklidagi afsusini izohlang. Parchaning so’nggi to’rt qatorida Yevgeniy ruhiy holati qanday tasvirlan gan? * * * Yigit xatiga javob kutadi. Xuddi bir vaqtlar Tatyananing xatiga javob kel- magani singari Onegin ham javob ololmaydi. XXXIII Javob yo’qdir. Boz maktub yozur, Ikkinchi xat, uchinchi xati — Javobsiz. Bir majlisga bazo’r Borar edi, kirgan zahoti... U duch keldi. Qanday beomon! Buni ko’rmas, so’z demas biron! Yohu, yana oshibdir qahri — Borlig’ida — chillaning zahri! Tag’in uning o’jar lablari Yashirmoqchi bo’lar jahlini! Sinchkov boqdi Onegin: qani, Qani uning tug’yon, dardlari?! Qani ko’zyosh dog’lari?.. Abas! Chehrasida g’azab izi, bas... XXXIX Kunlar o’tdi: iliq havoda Qishning umri tugadi, to’zdi. Shoir bo’ldi na u dunyoda, Na o’ldi, na aqldan ozdi. Bahor unga baxsh etdi hayot, Bir tiniq tong tark etdi u bot. Sug’ur kabi qishlagan o’sha Qo’sh darchali, kimsasiz go’sha — Maskanini tashladi ilk bor. Neva bo’ylab yelar chanada. Ko’k va kesik muzda yonadi Kun nurlari. Uyum-uyum qor Chirkin bo’lib eriydi yomon. Bu yo’llardan borar u qayon? XL Qayon yelar Onegin? Ayon, Siz topdingiz maqsadin — tag’in, Tag’in borar Tatyana tomon Son kirmagan mening tentagim. Kirar xuddi murda misoli. Hech kimsa yo’q yo’lakda, xoli. Zalga kirar. Yuradi, alhol Eshikni ham ochar. Bu ne hol? Nadir uni qoldirgan hayron? Beka... Beka o’ltirar yolg’iz, Besaranjom, chehrasi qonsiz, Kaftin tirab yuziga, vayron, Bir maktubni o’qir besado, Yoshlar to’kur panjalar aro. XLII I ning unsiz iztirobin, bas, Kim shu lahza uqolmas, e voh! Kim begoyim aksida ko’rmas Eski munglug’ Tatyanani, oh! Yigit — o’kinch, dard ichra majnun, Oyog’iga yiqildi zabun. Beka cho’chib, jim qoldi nogoh, Oneginga tashladi nigoh — Beg’azab va butkul behayrat... I ning xasta ham so’nik yuzi, f nsiz ta'na, iltijo so’zi Ayon edi bonuga. Faqat Sodda, mayus qiz qalbi, nochor, LTyg’ongandi ko’ksida takror. Oneginga, turing, deyolmas, LTzolmas ham undan ko’zini. Qaqroq o’shal labdan ololmas Beka shu zum jonsiz qo’lini... Endi neni aylar u xayol? LUar uzoq jim qolar. Ayol Asta kirar, nihoyat, so’zga: «Bas, turingiz endi, men sizga Aytmog’im shart barini oshkor. Yodingizda bormi, Onegin, ...o’sha bog’u xiyobon? Nochor Sizdan saboq tinglagan edim. Tinglang, endi mening navbatim. XLIII Onegin, men u mahal yoshroq, Ham suluvroq edim, chamamda. Sizni suydim, suydim-u, biroq Qalbingizdan ne topdim g’amda? Javob topdim beshafqat, xolos. Yuvosh qizning muhabbati, rost, Bildim, sizga yangilik emas! Endi esa, yo rab, o’sha va'z, o’sha sovuq nigohni nuqul Esladinuni, muzlab ketar qon... Ayblamayman, animo, u zamon Tutgandingiz olijanob yo’l. Haq edingiz, qilsam andisha, Minnatdorman sizdan hamisha... XLIV o’sha paytlar, shov-shuvdan yiroq Ovloqlarda yurgan kezimda Men yoqmagan edim-ku... Biroq Ne bor endi mening izimda? Endi sizga nishonman nechun? Balki, balki yurganim uchun Bukun kibor olamda masrur? Yo o’qlar yeb janglarda erim, Siylagani uchunmi saroy? Istagingiz budir, hoynahoy, Jamiyatda ochilsin sirim, Men sharmsor bo’layin, faqat Bu gap sizga keltirsin shuhrat?! XLV Men yig’larman... Tatyanangizni Unutmagan bo’lsangiz hamon, Bilib qo’ying, ul tanangizni, Sovuq, piching so’zlarni bu on, Bo’lsa edi menda ixtiyor, Alamlaru maktublaru bor Ko’zyoshlardan ko’rardim afzal... o’sha masum orzularga sal Qilsaydingiz zarracha shafqat, Etsaydingiz yoshni ehtirom... Endi qay his, qaysi iltizom Tiz cho’ktirdi sizni oqibat?! Shunday aqlu yurak-la, kim ul Bo’lur mayda tuyg’ularga qul? XLYI o’, Onegin, bu dabdaba, shukuh, Manfur hayot ziynati nadir Kibor olam domida beruh Zafarlarim, davlatim nadir? Hashamdor uy, ziyofat, g’avg’o, Nadir menga bu bo’g’iq havo?.. o’sha yangi ham yovvoyi bog’, o’sha faqir maskanim — qishloq, o’sha sizni, Onegin, ilk bor Ko’rganim ul joylarga, zotan, Bukun sho’rlik enagam yotgan Xoch, soyalar ostidagi zor o’sha mozor, o’sha xilqatga Barchasini qilardim sadqa... Savol va topshiriqlar 1. Asardagi "U duch keldi. Qanday beomon! Buni ko’rmas, so’z demas biron!" tasviri kim haqda? Va nega shunday? 2. "Qani uning tug’yon, dardlari?! Qani ko’zyosh dog’lari?.. Abas! Chehrasida g’azab izi..." tasvirida Onegin Tatyanada qanday o’zgarishlar bo’lishini kuta yotgani angladingiz? 3. "Shoir bo’ldi na u dunyoda, Na o’ldi, na aqldan ozdi" misralaridan Onegin tabiatini tanidingizmi? 4. Qish bo’yi yolg’iz bo’lgan Oneginni Neva bo’ylariga qanday kuch olib chiqdi deb o’ylaysiz? 5. Begoyimning yolg’iz, g’amga botib o’tirgan holati tasvirlangan bobni qayta o’qing va sharhlang. 6. Kim begoyim aksida ko’rmas, Eski munglug' Tatyanani..." satrlarini izoh lang. 7. "Oneginga tashladi nigoh — Beg’azab va butkul behayrat..." satrlarida ifoda langan ayol ruhiyatini tushuntiring. Nazariy ma'lumot SHE'RIY ROMAN A. S. Pushkinning "Yevgeniy Onegin" asari rus adabiyotidagi birinchi she'riy romandir. Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning "Don Juan" she'riy romanidan tasirlangan. Dastlabki she'riy romanlar jamiyat axloqi- ning buzilishi sababli ma'naviyati nuqsonli, baxti kemtik bo’lib qolgan iste'dodli shaxslar taqdirini ko’rsatishga bag’ishlangan. "Yevgeniy Onegin" romanining bosh qahramoni kelishgan, aqlli, o’ziga yarasha o’qimishli, farosatli yigit. Lekin u o’z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo’lgani uchun hammaga begona. Munofiqlik va yolg’onni axloq darajasiga ko’targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o’rtasidagi munosabatlarda samimiylik yo’q. Samimiylik bo’lmagan joyda muhabbatga ham o’rin yo’q. Shu bois qizning eng munosib umr yo’ldoshi bo’lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. U o’zining qizga loyiq emasligini sezadi. Onegin yengiltak ham, xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko’ziga shunday ko’rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo’ldan urishga urinadi. Yevgeniy janjalkash, qonxo’r odam emas, anuno kiborlarda duelga chiqishdan qo’rqdi degan fikr uyg’otmaslik uchun, o’zi istamagani holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o’ldiradi. Romanda kuchi, g’ayrati, aqlini sarflashi mumkin bo’lgan ezgu mo’ljalning yo’qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan. She'riy roman ham odatdagi romanlar kabi tafsilotlarni bayon qilishga asos- langan janr bo’lib, unda epik va lirik xususiyatlar aralash keladi. Sheriy romanda epik jihatlar: sujetning ko’ptarmoqli, bayonning xolis ekanida ko’rinsa, lirik bel- gilar tasvirga muallifning bemalol aralashuvi, uning o’z tuyg’ularini erkin ifoda etaverishida ko’rinadi. E'tibor qilgan bo’lsangiz, "Yevgeniy Onegin" asarida qahra- 111011 hayotidagi sarguzashtlar bilan birga, asardagi personajlarning xatti-harakatiga shoir munosabati ham yaqqol ifoda etilgan. Keyingi vaqtda o’zbek adabiyotida ham bir necha she'riy roman yaratildi. Birinchi o’zbek she'riy romani "Ziyod va Adiba" Mirmuhsin qalamiga mansub edi. Keyinchalik, Muhammad Alining "Boqiy dunyo", H. Sharipovning "Bir savol" singari she'riy romanlari dunyoga keldi. CHINGIZ AYTMATOV (1928-2008) Butun turkiy xalqlarning iftixori bo’lmish yozuvchi Chingiz Aytmatov hozir- gi zamon dunyo adabiyotining yorqin namoyandasidir. Uning qissa va romanlari jahomung deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov 1928- yilning 12- dekabrida Qirg’izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug’ilgan, bolaligidanoq hayot mashaqqatlarini tatigan. Bobosi Aytmat qo’li gul hunarmand va ajoyib qo’bizchi bo’lgan. Otasi To’raqul Aytmatov rus-tuzem maktabida tahsil ko’rgan, o’qimishli, fikri tiniq odam edi. Respublika jniqyosidagi katta lavozimlarda turib, Qirg’izistonda savodsizlikui tugatish, yurtga zamonaviy madaniyatni olib kirish yo’lida astoydil niehnat qiladi. 1937- yilda sho’ro hukumati tomonidan qamalib ketgach, oila boshiga ko’p og’ir savdolar tushadi. Bo’lajak adibning onasi Haima Aytmatova ham o’qimishli, yuksak madaniyatli, oqila ayol bo’lgan. Oilaning to’ng’ich farzandi Chingiz avvaliga rus maktabida o’qidi. Otasi qamalib, qishloqqa qaytishga majbur bo’lishgach, qirg’iz maktabida ta'lim oldi. U o’smir yoshidan ikkinchi jahon urushi yillari front ortida xilma-xil yumushlarni bajaradi. Erkaklarning deyarli barchasi urushga ketgani sababli qishloqdagi eng savodli erkak sifatida 1942- yilda — o’n to’rt yoshida qishloq kengashi kotibi qilib tayinlandi. So’ng soliq yig’uvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo’lib ishladi. Chingiz hayot mashaqqatlariga qaramay, yaxshi ta'lim oladi. Rus va qirg’iz tillaridagi adabiyotlarni o’qishdan charchamaydigan yigit maktab davridayoq juda bilimdon kishiga aylangandi. Shakar qishlog’idagi buvisi, ammalari uni milliy odat va unutilmas ananalardan bahramand etganlar, onasi Haima zamonaviy madaniyat bilan oshno qilgan. Eslashlaricha, Ch. Aytmatov yosh bolaligida haydovchi bo’lishni orzu qilgan. Animo turmush uni o’zga yo’llardan yurishga majbur qildi. o’rta maktabni bitirgan yigitcha 1945- yilda zooveterinariya texnikumiga kirib, uni 1948- yilda bitirdi. So’ng qishloq xo’jalik institutiga o’qishga kirib, uni 1953- yilda tugatdi. Tajriba fermasida zootexnik bo’lib ishladi ham. o’spirin yoshidan unda yozishga havas bor edi. U texnikum va institutda o’qib yurganida ham baduy adabiyotdan uzoqlashmadi. Tinmsiz o’qir, qirg’iz adiblarining asarlarini ruschaga, rus yozuvchilarining bitganlarini qirg’izchaga ag’darar, o’z sohasiga doir voqealar haqida maqola va ocherklar yozardi. Adabiyotga ishtiyoq tufayli bora-bora u kasbini o’zgartirishga majbur bo’ldi. 1956—1958- yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida tahsil ko’rdi. Bu yerda chinakam adabiy jarayon bilan yuzlashdi. Baduy adabiyot, adabiy qahramon haqida tushuncha paydo bo’ldi. Oldin ham o’qigan asl adabiyot namunalariga ijodkor ko’zi bilan qaraydigan bo’ldi. Keyinchalik u: "Agar men bu yerda o’qimaganimda o’z qissalarimni yoza olmagan bo’lardim",— deb aytadi. 1957- yilda "Yuzma-yuz", 1958- yilda "Jamila" qissalari chop etildi. Ch. Aytmatov 1958—1960- yillarda "Literaturniy Kirgizstan" jurnalida muharrir, 1961- yilda "Pravda" gazetasining o’rta Osiyo va Qozog’iston bo’yicha maxsus muxbiri bo’lib ishladi. 1962- yilda Qirg’iziston kinomatografiya kengashi raisi bo’ldi. 1988—1990- yillarda "Inostrannaya literatura" jurnalining Bosh muhariri bo’ldi. 1991- yildan boshlab, Qirg’iziston va Rossiya Federatsiyasining Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi bo’lib ishladi. Ulug’ yozuvchi 2008- yilning 10- iyunida og’ir kasallikdan vafot etdi. Yozuvchining "Birinchi muallim", "Yuzma-yuz", "Jamila" "Alvido, Gulsari", "Oq kema" singari asarlari uning nomini jahonga tanitdi. Adibning "Asrga tatigulik kun", "Qiyomat", "Kassandra tamg’asi", "Tog’lar qulaganda (Mangu kelinchak)" romanlarida nafaqat bir millat va mamlakatga, balki bu- tun insoniyatga daxldor ma'naviy-axloqiy muammolar aks ettirildi. Shuning uchun ham Chingiz Aytmatov asarlari jahonning 165 tiliga o’girilib, 67,2 million nusxada chop etilgan. Albatta, bu raqamlar to’xtovsiz ko’payib boraveradi. Ch. Aytmatovning deyarli barcha baduy asarlari o’zbekchaga tarjima qilin- gan. Chunki uning qalamiga mansub obrazlar millatidan qat'i nazar har bir kishiga yaqin va tushunarli. Siz quyida tanishadigan "Asrga tatigulik kun" romanidan olingan parcha ham har birimizga bevosita tegishli ruhiy holatlarni aks ettirganligi bilan e'tiborga loyiqdir. Hurmatli o’quvchi! Mana, Siz dunyoga mashhur yozuvchining hayot yo’li bilan tanishdingiz. Quyida Siz o’qiydigan asarda inson boshiga tushishi mumkin bo’lgan eng dahshatli azob — o’zligini unutish, ildizini bilmaslik ekani aks ettirtilgan. ASRGA TATIGULIK KUN1 (romandan parcha) Temiryo’lning ikkala tomonida yovshanzor bilan qoplangan hayhotday dasht- lik — Sario’zak, o’rtacho’l yastanib yotadi. Bo’ronli bekatidan to Naymandagi xesh-ajdodlar qabristoni Ona Bayitgacha temiryo’ldan hisoblaganda, kamida o’ttiz chaqirim keladi. Sario’zak dashtligi orqali to’ppa-to’g’ri kesib chiqilganda ham shuncha masofa. Mabodo, cho’lda adashib qolmayinu, yaxshisi, temiryo’l bo’ylab boraveray, degan odam qabriston- ga hali ancha uzoq yurishi kerak. Shunday qilganda, Qiyshiqsoy jarligidan o’tib, Ona Bayitga borguncha ancha-muncha aylanishga to’g’ri keladi. Boshqa yo’l yo’q edi. Shunday qilib, eng yaqin yo’ldan yurilganda ham borishi-yu kelishi oltmish chaqirim kelardi. Bari bir Edigey o’z gapida turib oldi: — Qo’ysalaring-chi, yigitning shaniga to’g’ri kelmaydigan gaplarni, — deb tinchlantirdi u yoshlarni. — Bunday odamni ajdodlari yotgan joyga, Ona Bayitga qo’yishimiz kerak. Rahmatli o’zi shunday vasiyat qilgan. Kelinglar, gap sotib o’tirmay ishga o’taylik, dafnga tayyorlanaylik. Yo’limiz olis. Ertaga azonlab yo’ lga tushamiz... Edigeyning aytgani aytgan, buni hamma tushunardi. Shuning uchun ham hanunalari rozi bo’lishdi. To’g’ri, Sobitjon biroz tixirlik qildi. U shu kuni yuk poyezdida (passajir poyezdlari bu yerda to’xtamay o’tib ketadi) yetib keldi. Sobitjon bu yoqqa kelayotganida otasining tirikligini ham, o’lganini ham bil- masdi. Shunga qaramay, dafn marosimiga yetib kelgani Edigeyning ko’nglini yumshatib, quvontirib yubordi. Boshlariga tushgan og’ir musibatdan ikkalasi bir lahza quchoqlashib, yig’i-sig’i qilib olishdi. Edigey keyinroq o’zining nega bunday qilganiga ajablandi. Ikkalasi hovli sahnida — Kazangapning egasiz qolgan paxsa devorli kulbasi eshigi oldida uzoq yig’lab turishdi. Edigeynimadandirqattiqtasirlangandaybo’ldi. Sobitjonningyoshlikchog’lari esiga tushdi: u mushtday bola edi, otasining suyanchig’i edi. Temiryo’lchilarning bolalari uchun Qumbelda ochilgan maktab-internatga olib borib joylashtirganlari yodida. Qo’llari bo’shadi deguncha, goh yo’lovchi poyezdda, goh tuyada ko’rgani borishardi. Sobitjon yotoqda qanday yashayapti, birov xafa qilmadimikin, o’zi biror nojo’ya ish qilib qo’ymadimikin, o’qishlari qalay ekan, o’qituvchilari u haq- da nima derkin, deb xavotirlanib borishardi. Ta'til tugagan paytlari o’qishga kechikib qolmasin, deb ayozli kunda necha martalab po’stinlarga o’rab, tuyada qalin qor bosgan Sario’zak dashtligi orqali olib borib qo’yishardi. Ko’zyoshi qilib olishgach, hol-ahvol so’rashga o’tishdi, ishdan gap ochishdi. Shu lahzada ma'lum bo’lib qoldiki, arzanda, bilag’on o’g’il otasini izzat-ikrom bi- lan ko’ngildagidek dafn etishga emas, balki qarzdan qutilish uchun naridan beri ustiga tuproq tortib, tezroq qaytib ketishga kelgan ekan. U g’alati-g’alati gaplarni ayta boshladi: marhumni uzundan-uzoq Ona Bayitga olib borib nima qilamiz, shunday ulkan Sario’zak cho’lida bir qabrga joy topilmadimi? Ostonadan bosh- lab dunyoning narigi chekkasigacha joy degan narsa to’lib-toshib yotgan bo’lsa? Qabrni shu yaqin o’rtadan, o’zi umr bo’yi ishlab kelgan temiryo’l bo’yidagi biror do’nglikdan qazish kerak. Marhum o’tgan-ketgan poyezdlarning taraqa-turuqini eshitib yotadi... Sobitjon hatto shu xususda aytiladigan qadimiy maqolni ham eslab qo’ydi: o’ladigan odamning o’lgani yaxshi, ketadigan odamning ketgani yaxshi. Munchalik cho’zib, bosh qotirib o’tirishning kimga keragi bor? o’lgan odam- ga qayerga ko’milishining nima ahamiyati bor? Bunday mahalda ish qancha tez bitirilsa, shuncha yaxshi! ...Edigey, qariganimda ham ahmoq ekanman, deb o’zini koyiy boshladi ichida. Mana shu laqma bilan sal avval quchoqlashib, ho’ngrab yig’lab yubor- ganidan nomus qilib, afsuslandi. Kazangapning o’g’li bo’lsa ham ablah ekan. Edigey o’rnidan turdi. Devor tagiga o’rindiq qilib yog’och shpal qo’yilgan bo’lib, o’rindiqda besh kishi maslahatga yig’ilishgan edi. Edigey ko’pchilikning oldida bir nima deb yubormaslik uchun o’zini arang tiyib turardi. Shunday qayg’uli bir kunda odamlar ichida haqorat gap aytsa, yaxshi bo’lmaydi. Kazangapning xoti- rasi hurmatini qildi. Shuning uchun u yotig’i bilan tushuntirdi: — Atrofda yer ko’p, albatta, istaganingcha topiladi. Faqat odamlar nimagadir yaqinlarini duch kelgan yerga ko’mib ketaverishmaydi. Harholda, bejiz bo’lmasa kerak. Axir, o’likka yer qahatmi? — U jimib qoldi, Bo’ronli ahli ham uning gaplarini jimgina tinglashdi. — o’zlaring hal qilinglar, o’ylab ko’ringlar, men u yoqda nima bo’layotganini bilib kelayin-chi. Edigey avzoyi buzilib rangi-quti o’chgancha, nariga odimlab ketdi, gunoh- dan uzoqroq bo’layin, deb o’yladi, shekilli. Qoshlari chimirilib, qansharidagi ajini bo’rtib chiqdi. Tabiatan qo’rsroq, qiziqqonroq edi u — shuning uchun ham uni "Bo’ron" deb atashadi-da. Mana, hozir ham odamlar bo’lmaganida Sobitjonning hayosiz ko’zlariga tikilib turib, aytadiganini aytib olardi-ya. Umr bo’yi esidan chiqmaydigan qilardi. Edigey Sobitjon bilan bo’lgan suhbatdan so’ng ta'bi xira tortib, Qoranor ol- diga bordi. Shunday bo’lishini u oldindan sezgan edi. Sobitjon otasining o’limiga kelganini minnat qilayotgan bo’lsa, jini qo’zimay nima ham qilsin. Unga ota- ning o’limi ortiqcha yukday, bu yukdan tezroq qutulishga harakat qilardi. Edigey ortiqcha gapirishni lozim ko’rmadi, bari bir hanuna og’irlik o’zining gardaniga tushardi. Harholda, qo’ni-qo’shni ham o’zlarini chetga olishmadi. Ko’pchilikning sadag’asi ketsang arziydi. Temiryo’lda zarur ishi bo’lmagan kishilarning hammasi shu yerda, ertangi dafn marosimiga va maraka oshiga tayyorgarlik ko’rish uchun yordamga tutinishdi. Xotin-xalaj uyma-uy yurib idish-tovoq yig’ishdi, samovar- larni tozalashdi, xamir qorib, non yopa boshlashdi. Erkaklar suv tashib keltirish- di, ishdan chiqqan eski shpallarni arralab, o’tin tayyorlashdi. Dashtda o’tin-cho’p xuddi suvday aziz. Bu ishlarga faqat Sobitjongina halal berardi. Oblastda kim qaysi vazifada ishlaydi, kimni ishdan olib, kimning amalini oshirishgani to’g’risida gap sotib, odamlarni ishdan chalg’itardi. Qaynotasining o’limiga kelin bola kelmaganidan u zarracha ham hijolat tortmasdi. Ajabo, deya yoqasini ushlardi Edigey, emishki, kelin allaqanday konferen- siyada qatnasharmish, ana shu yig’inga qandaydir chet ellik mehmonlar tashrif buyurarmish. Cholning nevaralarini olib kelish to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. Ular o’zlashtirish va davomat uchun kurashar ekanlar, institutga kirmoqchi bo’lgan odamning attestati toza bo’lishi kerak ekan. "Odamlarga nima bo’lgan o’zi? — deya xunob bo’ldi Edigey. — Ularga o’limdan boshqa hanuna narsa muhim! — Bu fikr Edigeyning ich-etini tirnardi. — Modomiki, ularga o’lim ahamiyatsiz ekan, demak, ular hayotning ham qadr-qimmatiga yetishmaydi. Unday bo’lsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?" Qoranor Bo’ronga jabduq urib bo’lgach, Edigey o’rnidan turg’azdi va kel- batini ko’rib mamnun bo’ldi. Hatto o’z ishidan g’ururlanib ham qo’ydi. Ustiga rango-rang gajimli yopiq tashlangan, o’rkachlari o’rtasiga qoyilmaqom qilib egar urilgan Qoranor salobatli va mahobatli ko’rinardi. Ha, yoshlar ko’rib havas qi- lishsin, ayniqsa Sobitjon ko’rib qo’ysin: munosib yashab o’tgan odamning o’limi ham hech kimga malol kelmaydi, tashvishi tushmaydi, aksincha, qayg’uli voqea bo’lsa-da, juda katta voqea ekanini, shu boisdan ham so’nggi manziliga izzat- hurmat bilan uzatilayotganini bilib qo’yishsin. Ba'zi xalqlarda dafn marosimida muzika chalishadi, bayroq ko’tarib borishadi, ba'zi xalqlarda osmonga o’q uzi- shadi, boshqa xalqlarda esa gulchambarlar qo’yib, marhumni gulga burkashadi... Edigey Bo’ron bo’lsa, ertaga tongdayoq popukli yopiq tashlangan Qoranorda Kazangapni so’nggi abadiy manziliga — Ona Bayit mozoriga olib boradi... Poyonsiz, hayhotday Sario’zak dashtini kesib o’tishar ekan, u yo’l bo’yi faqat Kazangapni o’ylab boradi. Xesh-ajdodlar qabristonida do’stini tuproqqa uzatayot- ganida ham xayoli faqat marhumda bo’ladi. Ha, shart shundoq bo’lgan. Yo’lning uzoqligi yoki yaqinligidan qat'i nazar, hech kim, hatto marhumning o’z o’g’li ham uning so’nggi xohish-irodasini bajarishdan bo’yin tovlay olmaydi... Edigey jabduq ishlari bilan ovora bo’lib turgan vaqtda Edilboy daroz, payt topib, Sobitjonni bir chekkaga chaqirib oldi: — Qani, bu yoqqa soyaga kel, gaplashib olaylik. Gap uzoqqa cho’zilmadi. Edilboy ortiqcha tushuntirib o’tirmay, gapning po’stkallasini aytdi-qo’ydi: — Xudoga ming qatla shukr qilgin, yaxshiyamki olamda otangning Edigey Bo’ron degan do’sti bor ekan. Rasm-rusmini o’rniga qo’yib, dafn etishga sen halal berma. Shoshilayotgan bo’lsang, ushlab turganimiz yo’q. Men sening o’rningga bir hovuch tuproq tashlab qo’ya qolaman! — Mening otam, nima qilsam o’zim... — deb Sobitjon chaynala boshlagan edi, Edilboy gapini shartta kesdi: — Ota-ku seniki, biroq sening o’zing o’zingniki bo’lmay qolibsan. — Ja, unchalik emas, — Sobitjon biroz yon berganday bo’ldi. — Bo’pti, shunday kunda janjal chiqarmaylik. Ona Bayit bo’lsa bo’laqolsin, menga nima, faqat uzoqlik qilarmikin, deb o’ylagan edim... Gapga nuqta qo’yildi. Edigey Qoranorni hanunaga ko’z-ko’z qilib keltirib qo’yib, bo’ronliliklarga qarata: "Qo’ysanglar-chi, erkak kishining gapini qilay- lik, bunday odamni Ona Bayit mozoriga qo’yamiz", deganida hech kim e'tiroz bildirmadi, hamma jimgina rozi bo’ldi... ?? Savol va topshiriqlar 1. Ona Bayit qabristoniga borish yo’lini bo’ronliliklardan faqat Edigeygina bili- shi sababi haqida o’ylab ko’ring. 2. Sobitjonning ota jasadini shu yerning o’ziga ko’mib qo’yaqolishga urinishi sababini izohlang. Uning ota vasiyatiga beparvoligi nimadan deb o’ylaysiz? 3. Edigeyning jasadni Ona Bayit mozoriga qo’yishga astoydil urinishi zamirida qanday ma'naviy axloqiy asoslar bor deb o’ylaysiz? 4. Sobitjon bilan ko’rishib yig’lagan Edigeyning keyinroq o’zini ahmoq deb yozg’irishi sababini izohlang. Edigeyning: "Modomiki, ularga o’lim ahamiyatsiz ekan, demak, ular hayot- ning ham qadr-qimmatiga yetishmaydi. Unday bo’lsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?" — degan o’ylari xususida mulohaza yuriting. Edilboy bilan Sobitjon suhbatini qayta o’qib, izohlang. Suhbatdoshlar ma'naviyatini baholang. Ko’mish marosimida ayoli va bolalarining qatnashmayotganidan Sobitjon nega xijolat bo’lmayapti deb o’ylaysiz? Odatda tili achchiq Edigeyning Sobitjonga qattiq gapirib yubormagani sababi haqida o’ylab ko’ring. Bekat aholisining mehru oqibati tasvirlangan o’rinlarni izohlang. * * * Bu voqea jungjanglar Sario’iak dashtlarini egallab olish va aholini qullikka so- lish maqsadida tub xalqlar bilan tinimsiz urush olib borgan zpmonlarda yuz bergan edi. O 'z yerlaridan ayrilishni istamagan mahalliy qabilalar tinimsiz kurash olib bori- shar, katta-kichik janglar orasida tinch damlar ham bo’Iardi. Nayman ona fojiasi ayni shunday tinch kunlarning birida boshlandi... Osoyishta damlarning birida naymanliklarning yurtiga karvonda mol ortib kelib qolgan savdogarlar choy ichib, gurunglashib o’tirarkan, o’zlari ko’rib shohi- di bo’lgan bir voqeani gapirib berishadi. Aytishlaricha, Sario’zak dashtining jung- janglar tomonidagi quduqlar yonidan bamaylixotir o’tib borayotganlarida yo’lda kattakon tuyalar podasini o’tlatib yurgan bir navqiron cho’ponga ko’zlari tushib qoladi. Savdogarlar u bilan gaplashmoqchi bo’lib og’iz ochganlarida cho’ponning manqurt ekanini payqab qoladilar. Sirtdan qaraganda, cho’pon sog’lom yigitga o’xshar, boshidan nimalar kechgani hech kimning xayoliga kelmas edi. Balki u ham qachonlardir boshqalar singari esli-hushli, so’zamol bo’lgandir. o’n guli- dan bir guli ochilmagan, mo’ylabi endigina sabza ura boshlagan, kelbati kelish- gan, anuno ikki og’iz gaplashmoqchi bo’lsang, xuddi kecha tug’ilganga o’xshaydi, boyaqish na o’zining, na ota-onasining ismini biladi: jungjanglar uni qanday ko’yga solishganini, urug’-aymoqlari kimligini ham unutib yuborgan. Biron narsa so’rasang lom-mim demaydi, faqat "ha" yoki "yo’q" degan javobni beradi, doim boshiga bostirib kiyilgan telpagidan qo’lini tushirmaydi. Gunoh ekanini bilishsa- da, jismoniy mayib-majruhlarni ham odamlar mazax qilishadi. Shunday man- qurtlar ham bo’lar emishki, ularning boshiga kiydirilgan tuya terisi bazan bosh terisi bilan birga qo’shilib o’sar emish va h.k., h.k. xususida so’z yuritib kulisha- di. Bunday manqurtlarni, kel, boshingni bug’lab yumshatamiz, deb qo’rqitishsa, go’yo bundan ortiq jazo yo’qdek, ko’zlari qinidan chiqib ketar ekan. Asov ot sin- gari depsinib, birovning qo’lini boshiga yaqinlashtirmas ekan. Bu xil manqurtlar kun-u tun, hatto uxlaganda ham telpagini yechmas ekan... Ammo-lekin, suhbatni davom ettirishardi mehmonlar, manqurt g’irt ahmoq bo’lsa ham, ishiga puxta ekan - toki biz uning tuyalaridan uzab ketmaganimizcha ko’z-quloq bo’lib turdi. Gurung payti o’tovda savdogarlarga choy quyib o’tirgan bir ayol ham bor edi. Bu Nayman ona edi. Sario’zak afsonasida u shunday 110111 bilan qoldi. Nayman ona yo’lovchi mehmonlarga sir boy bermadi. Bu xabarni eshitib, nogoh dahshatga tushganini, rangi-ro’yi o’zgarib ketganini hech kim sezmadi. U savdogarlardan yosh manqurt to’g’risida yana nimalarnidir so’rab-surishtirgisi kelar, anuno xuddi mana shu narsa — yana ham ko’proq narsani bilishdan va- himaga tushardi. Nayman ona tilini tiydi. Yaralangan qushning chinqirog’i sin- gari qalb tug’yonini ichiga yutdi... Savdogarlarning karvoni ko’p o’tmay o’z yo’liga ravona bo’ldi. o’sha kecha tong otgunga qadar turli o’y-xayollar og’ushiga cho’mgan Nayman ona Sario’zak dashtidagi o’sha manqurt-cho’ponni topib, uning o’g’limi, yo’qmi ekaniga ishonch hosil qilmaguncha ko’ngli tinchimasligini angladi. Ona ko’nglini allaqachonlardan beri jang maydonida qolgan o’g’lining bedarak ketgani g’ash qilib kelar edi, endi o’sha sezgi, o’sha gumon qayta qo’zg’alib, uni dahshatga sola boshladi... Bunday qiynoqlar-u azob-uqubatlardan bir umr g’am chekib, gumonsirab, havotirlanib yurgandan ko’ra, albatta, o’g’lini bir emas, ikki bor ko’mgani yaxshi emasmi? Nayman onaning o’g’Ii bir yil oldin halok etilgan otasining o’chini olish uchun jangga otlanib, Sario’iakda jungjanglar bilan bo’lgan omonsiz olishuvda yarador bo’ladi. Jang suronidan cho’chigan ot ustidagi chalajon yigitni cho’l ichkarisi — yov tomonga sudrab ketadi. Jang qizg’in tus olganidan hech kim buni payqamaydi... Jangdan so’ng naymanlar uni necha kunlab izlashadi. Jangchining o’ligi bo’lsa-da, yov qo’lida qolmasligi kerak edi... Biroq na jasad, na oti, na tushirib qoldirgan qurol-yarog’ini, na boshqa biron belgi-alomatni topa oldilar. Uning halok bo’lgani hech kimda shubha qoldir- magan edi. Boringki, yarador bo’lgan taqdirda ham oradan o’tgan kunlar orasida cho’lda suvsizlikdan yoki bo’lmasa, qon ketishidan halok bo’lishi muqarrar. Yosh birodarlarining kimsasiz Sario’zak cho’lida dafn etilmay qolib ketgani alamidan hasrat-nadomat chekdilar. Bu hanunaga isnod edi. Nayman ona o’tovida ovoz chiqarib yig’lashgan xotin-xalajlar erlari va og’a-inilari sha'niga ta'na toshlarini yog’dirdilar: — Uning ko’zlarini quzg’unlar cho’qidi, shoqollar go’shtini burdalab ketdi, endi sizlar qaysi yuz bilan el orasida bosh ko’tarib yurasizlar?!.. o’sha kundan boshlab Nayman ona uchun yer-u ko’k huvillab qoldi. To’g’ri, urush qurbonsiz bo’lmaydi, buni ona ham yaxshi tushunadi, biroq o’g’lining jasa- di ko’milmasdan jang maydonida qolib ketgani unga sira ham tinchlik bermasdi. Achchiq qayg’u, poyoni yo’q o’y-xayollar ona qalbini poralar edi... o’y-xayollar girdobida onaning fikri chuvalgani chuvalgan. Axir, jungjanglar Sario’zak dashtining biron yerida holdan toygan otni ushlab olgan bo’lishlari mumkin. Yaxshigina egar-jabduqli, yana buning ustiga o’z oyog’i bilan kelgan tulpor naqd o’lja-ku. Unday bo’lsa uzangida oyog’i ilinib kelgan o’g’lining jasa- dini g’animlar nima qilishdi — yerga ko’mishdimi yo cho’l darrandalariga yemish bo’ldimi u? Bordi-yu hali o’lmagan, falakning gardishi bilan tirik qolgan bo’lsa- chi? Chala o’lik yigitni ular urib halok qilishgan yoinki yaydoq dalaga quruq jasadini tashlab ketishgan bo’lishsa-chi? Yo... agar... Gumon-shubhalarning cheki yo’q edi. Sayyoh savdogarlar choy ichishib o’tirishganda, Sario’zakda uchragan yosh manqurt haqida gap ochib Nayman onaning o’rtangan yuragini battar o’rtab, yarasiga tuz sepishganini o’zlari ham payqashmagan edi. Ona qandaydir falokatni sezib, yuragi orqasiga tortib ket- di. o’sha manqurt mening o’g’lim bo’lib chiqsa-ya, degan hadik borgan sari kuchayib, uning aql-u hushini, butun vujudini tobora chuqurroq, tobora kuch- liroq chirmab ola boshladi. o’sha manqurtni izlab topib, o’z ko’zi bilan ko’rib, uning o’z pushti-kamaridan bo’lgan o’g’li emasligiga ishonch hosil qilmaguncha ko’ngli tinchimasligiga ko’zi yetgan edi. Nayman ona kecha oqshomdayoq safar jabduqlarini but qildi. Yegulik va ichguligini g’amladi. Ayniqsa, suvni mo’lroq oldi. Sario’zakning cho’lida quduq topilmay qolguday bo’lsa deganday, har ehtimolga qarshi, ikki meshni to’ldirdi... Kecha oqshomdayoq urg’ochi tuya Oqmoyani shay qilib, qoziqqa bog’lab qo’ygan edi. Umidi-ishonchi ham, birdan-bir hamrohi ham o’sha. Oqmoyaning kuch-quv- vatiga-yu yo’rg’asiga ishonmaganda Sario’zakdek soqov cho’lga yo’l olishga jurat eta olarmidi?! Oqmoya ikki bor bolalagandan so’ng o’sha yili qisir qolib obdan dam olgan. Uning ayni avji kuchga to’lib, minishga qo’l kelib turgan kezlari edi. Ozg’in, chayir oyoqlari uzundan kelgan, tovonlari yumshoqqina, qarilig-u og’ir yukdan hali toliqmagan, qo’sh o’rkachli, kamondek egilib kelgan baquv- vat bo’yni-yu boshi kelishimli, kapalakning qo’sh qanotiday dirillab, yengil yelib, yo’l-yo’lakay havoni sipqarib borayotgan Oqmoya bebaho tuya bo’lib, uning bir o’ziga butun bir uyurni alishtirsa arzir edi. Nayman ona erta tongda o’tovdan chiqdi. "Ashhadu alla ilaha illalahu", — deb pichirlagancha kalima qaytardi. So’ng tuyasi tomon shaxdam odimlab borib, uni cho’ktirdi. Oqmoya jahli chiqqanidan emas, balki shunchaki, odatga ko’ra sekin baqirib qo’ydi-da, bemalol ko’kragini yerga berib cho’kdi. Tuya u yon-bu yon qo’zg’alib tura boshlaganda Nayman ona go’yo qanot bog’lab zamindan uchib ketganday bo’ldi. Uzoq safarga yo’l olayotganlarini Oqmoya endi tushundi... * * * ...Oqmoya necha kundan beri buyuk Sario’zak dashtining qir-adirlari- yu soyliklari bo’ylab pishqirganicha, bir maromda yo’rtib borardi. Ular yo’lda duch kelib qolgan birorta quduq boshida kechalargina to’xtashardi. Tong otishi bilan yana oyoqqa turib qat-qat yastanib ketgan Sario’zak adirlarini kezib, katta tuyalar to’dasini izlashardi. Haligi savdogarlarning aytishlariga qaraganda, ular tuyachi manqurtni Sario’zak cho’lining xuddi mana shu qismida — olis-olislarga cho’zilib ketgan Malaqumdichop jarligi etagida ko’rishgan. Nayman ona xuddi mana shu manqurtni izlayotgan edi. Mana ikki kundirki, ona jungjanglarga yo’liqih qolishdan qo’rqib, atrofga olazarak bo’lib qarab, Malaqumdichop jarligining u yoq-bu yog’ini aylanib yurar, anuno u qayoqqa ko’z yugurtmasin, qayerni izlamasin, faqat cheksiz dashti-biyobonlarga, aldoqchi saroblarga duch kelardi, xolos. Yaqt o’tgan sari Nayman ona xavotirlana boshladi, uyurni boshqa tomon- larga haydab ketishmaganmikin, yoki jungjanglar bu tuyalarni ko’tarasiga so- tish uchun Xiva yoki Buxoro bozorlariga haydab ketishmaganmikin? Agar ular shunchalik olis yerga ketishgan bo’lsa, haligi tuyachi yana qaytib kelarmikin yoinki tuya bilan qo’sha sotilib nom-nishonsiz ketarmikin?.. o’g’limni tirik ko’rsam, manqurt bo’lsa ham, aqldan ozib hech nimani eslay olmaydigan merov bo’lib qolgan bo’lsa ham mayli, o’sha cho’pon o’g’lim ishqilib joni 0111011 bo’lsa, bas... Shunga ham ming qatla shukr — sog’inch-u gumonlar- dan joni bo’g’ziga kelgan onaning ovuldan chiqish oldidagi birgina umidi shu edi. Biroq ona Sario’zak sari ichkarilab, haligi karvon tortgan savdogarlar biz tuyachi manqurtni shu yerda ko’rdik, degan mo’ljalga yaqinlashib borar ekan, o’g’limning o’rniga ovsar va majruh bir kimsaga duch kelib qolsam, holim ne ke- chadi, deb dili xufton bo’laverdi. Shunda u yana xudodan yolvorib so’radiki, agar unday bo’lsa, o’sha manqurtning o’g’lim bo’b chiqmasdan boshqa bir baxtiqaro gumroh bo’b chiqqani maqul, o’shanda men ham: "o’g’lim endi yo’q, u o’lgan ekan", — deb taqdirga tan bergan bo’lardim. Mana shunday ming xil o’y-xayollar va shubhalar og’ushida borarkan, ona yassi qum tepaliklaridan oshayotib nogahon ko’p sonli tuyalar uyurini ko’rib qoldi: qo’ng’ir tusga kirib, semirib ketgan yuzlab tuyalar mayda butalar-u yan- toqlarning uchlarini kemirib, keng maydona bemalol o’tlab yurishardi. Nayman ona Oqmoyasiga qamchi bosib, choptirib ketdi. Uyurni izlab topganidan quvon- chi ichiga sig’may nafasi bo’g’ziga tiqildi. Anuno shu zahotiyoq manqurt qilib qo’yilgan o’g’lini ko’rishni eslab, qo’rqqanidan azoyi badani muzlab ketdi. So’ng yuragi yana quvonchga to’ldi va shu bilan ne ahvolga tushganini o’zi ham angla- may qoldi. Mana, tuyalar o’tlab yuribdi, anuno tuyachi qayerda ekan? Harholda, shu atrofda yurgandir. Shu payt yaylovning narigi chekkasida odamning qorasi ko’rindi. Olisdan uning kimligini tanib bo’lmasdi. Tuyachi uzun tayog’iga suyan- gan holda ortidagi yuk ortilgan tuyasining tizginini ushlab, qosh ustiga bostirib kiygan telpagi ostidan onaning yaqinlashib kelayotganini bamaylixotir kuzatib turdi. Nayman ona tuyachiga yaqin kelib uni tanidi-yu tuyasidan qanday tushga- nini bilmay qoldi. Yiqilib tushdimi, surilib tushdimi — shu topda onaga buning ahamiyati yo’q edi! — o’g’ilginam, qarog’im! Seni izlamagan joyim qolmadi! — deya o’g’li to- 111011 talpindi. — Men sening onangman! Biroq onaning kelgani unga go’yo har doim yonida yurganday, zarracha tasir qilmadi. U hatto onadan kimsan, nega yig’layapsan, deb so’ramadi ham. Ma'lum lahzalardan so’ng tuyachi onaning qo’lini yelkasidan surib tashlab, us- tida yuk bor tuyasini yetaklagancha odimlab ketdi: u sho’xlik qilib bir-birlari bi- lan o’ynashayotgan bo’taloqlar uyurdan uzoqlashib ajralib ketmasin, deb tuyalar to’dasining narigi chekkasi tomon yo’l olgan edi. Nayman ona bukchayib o’tirib qoldi, xo’rsinib-xo’rsinib yig’ladi va shu o’tirishda yuzini changallagancha bosh ko’tarmay uzoq qolib ketdi. So’ng bor kuchini to’plab, o’zini xotirjam ko’rsatishga urinib, o’g’li tomon yura boshladi. Manqurt o’g’il hech nimani ko’rmaganday-bilmaganday, pinagini buzmasdan, bostirib kiyib olgan telpagi ostidan ma'nosiz va loqaydlik bilan qarab turardi. Cho’l shamolida qorayib, dag’allashib ketgan yuzida xiyol jilmayish paydo bo’ldi. Anuno ko’zlari dunyoni tark etgan kishining ko’zlariday loqayd boqardi. — o’tir, gaplashamiz, — dedi og’ir xo’rsinib Nayman ona. Ular yerga cho’kdilar. — Meni taniyapsanmi? — so’radi ona. Manqurt yo’q deganday bosh chayqadi. — Oting nima? — Manqurt, — dedi u. — Seni hozir shunday deb atashadi. Avvalgi oting esingdami? Asli ismingni eslab ko’r-chi. Manqurt jim qoldi. U haqiqiy ismini eslashga harakat qilayotgani, qiy- nalganidan qanshari ustida munchoqdek ter tomchilari paydo bo’lib, ko’z o’ngini tuman qoplaganini ona ko’rib turdi. Anuno qarshisida qandaydir to’siq paydo bo’ldi-yu uni yengib o’tishga qurbi yetmadi... — Otangning otini bilasanmi? o’zing kimsan? Eli-yurting qayerda? Qayerda tug’ilganingni bilarsan, axir? Yo’q, manqurt hech nimani tushunmasdi, hech narsani eslay olmasdi. — Hali, shunchalik ahvolga solishdimi seni! — deya pichirladi ona. U najotsizlikdan lablari titrab, g’am-g’ussa-yu qahr-g’azabdan o’zini tuta olmay yana qaytadan o’ksinib-o’ksinib yig’ladi, tinchlanishga behuda urinar edi, xolos. Onaning ohu-fig’oniga manqurt pinagini ham buzmadi. — Yerdan mahrum etish mumkin, mol-dunyodan mahrum etish mumkin, hatto insonni yashashdan mahrum etish ham mumkin, — derdi ona o’z-o’zicha gapirib, — biroq odamni xotirasidan mahrum etishni kim o’ylab topdi ekan, bunga kimning qo’li bordi ekan?! Yo rabbiy, agar olamda bor bo’lsang, banda- laringga bu yovuzlikni qanday ravo ko’rding. Yer yuzida usiz ham yovuzlik kam- midi? Shunda Nayman ona so’rab-surishtirishlar bilan emas, balki aqlini kovlash, qitiqlash bilan es-hushini o’ziga keltirmoqchi bo’ldi. — Sening oting Jo’lomon. Eshitdingmi? Sen Jo’lomonsan, otangning oti — Do’nanboy. Otangni eslay olmaysanmi? Axir, u seni bolalik chog’ingdan kamon otishga o’rgatgan. Men sening onangman. Sen esa mening o’g’limsan. Sen nay- man urug’idansan, tushundingmi? Sen naymansan... Onasining hanuna gaplarini o’g’il avvalgiday mutlaqo loqaydlik bilan eshitdi. Ona go’yo devorga gapirayotganday edi. Onaning so’zlari karning qulog’iga azon aytganday gap edi. Nayman ona manqurt o’g’ildan so’radi: — Bu yerga kelganingga qadar nimalar bo’ldi? — Hech narsa bo’lgani yo’q, — dedi o’g’il. — Kim bilan gaplashging keladi? — Oy bilan. Biroq, bir-birimizning gapimizni eshitmaymiz. U yerda kimdir o’tiribdi. — Yana nimani istaging keladi? — Xo’jayinimning boshidagi singari kokil qo’yishni. — Qani, beri kel-chi, boshingni bir ko’rib qo’yay, ular nima qilib qo’yishganini — deb ona unga tomon talpindi. Manqurt shartta tisarilib, o’zini olib qochdi, boshidagi telpagini chan- gallagan bo’yicha qaytib onaga boqmadi. Bosh haqida hech qachon so’z ochish mumkin emasligini ona endi tushundi. Shu payt olisdan tuya mingan kishining qorasi ko’rindi. U shu yoqqa tomon kelayotgan edi. — Bu kelayotgan kim? — so’radi ona. — U menga ovqat olib kelyapti, — dedi o’g’il. Nayman ona tashvishga tushdi. Bevaqt paydo bo’lib qolgan bu jungjangning ko’ziga chalinmaslik uchun tezroq g’oyib bo’lish kerak edi. U tuyasini cho’ktirib, darhol minib oldi. — Sen unga hech narsa aytmagin. Men tezda qaytib kelaman, — dedi Nayman ona. o’g’li lom-mim demadi. Uning parvoyi palak edi. o’tlab yurgan tuyalar orasidan qochib borayotgan Nayman ona xato ish qilib qo’yganini tushundi. Biroq vaqt o’tgan edi. Oq tuyaga minib borayotgan onani jungjang ko’rib qolishi mumkin edi. Oqmoyasini yetaklab, o’tlab yurgan tuyalar orasidan berkinib yayov jo’nagan maqul edi. Yaylovdan xiyla olislab ketgach, Nayman ona chetlarida erman-shuvoqlar o’sib yotgan chuqur jarlikka kirib bordi-da, Oqmoyani cho’ktirib kuzata bosh- ladi. Gumoni to’g’ri chiqdi, payqab qolgan ekan. Jungjang u yoq-bu yoqqa zir yugurib hech nimani uchratmagandan so’ng tezda ortga, tuyalar to’dasi tomon qaytdi. Nayman ona bu tunni tanho o’zi bechora manqurt o’g’li yaqinida — dasht- da tunab o’tkazdi. o’g’lining yoniga borishga cho’chidi, haligi xavfsirab qolgan jungjang kechasi uyur oldida qolishi ham mumkin. o’g’lini qullikda tashlab ketmay, bir amallab birga olib ketishga qaror qildi ona. o’g’li manqurt bo’lsa ham, mayli, hech nimani tushunib, anglab yetmasa ham mayli, kimsasiz cho’lda, jungjanglarning tuyasini boqib xor bo’lib yurgani- dan ko’ra o’z uyida, o’z odamlari orasida yashagani yaxshi emasmi? Ona qalbi shuni istardi. Boshqalar taqdirga tan berib ketishi mumkin bo’lgan holga ona sira ham ko’na olmasdi. U o’z qoni va jonini, ko’z qorachig’ini qullikda qoldirib ketishni sira-sira istamasdi. Balki bolasi o’z yerida hushiga kelib, bolalik kezlarini eslab, barcha ko’rgan-kechirganlarini qayta tiklab olar, deya umid qilardi. Ertasiga ertalab Nayman ona Oqmoyaga minib yana yo’lga tushdi. Uyur bu yerdan xiyla uzoqlashib ketgan edi. Izlab, aylanma yo’llardan ehtiyotkorona o’tib, uzoq yo’l bosdi. Tuyalarni ko’rgandan keyin ham jungjanglardan birontasi ko’rinib qolmasin, deb uzoq vaqt kuzatib turdi. Hech kimning yo’qligiga ko’zi yetgach, o’g’lining otini aytib chaqirdi. — Jo’lomon! Jo’lomon! Omonmisan? o’g’li burilib qaragan edi, ona quvonchidan baqirib yubordi, anuno shu za- hotiyoq, o’g’li shunchaki, ovoz chiqqan tomonga qaraganini payqab qoldi. Nayman ona o’g’lining xotirasini tiklashga yana urinib ko’rdi. — Oting nima, eslab ko’r-chi! — deb yalinib-yolborib inontirishga harakat qilardi u. — Otangning oti Do’nanboy, bilmaysanmi uni? Sening isming man- qurt emas, Jo’lomon. Naymanlarning yayloviga ko’chib borayotganimizda yo’lda tug’ilgansan. Shuning uchun otingni Jo’lomon qo’yganmiz. Sen tug’ilganingda biz o’sha yerda qolib uch kecha-kunduz to’y-tomosha qilganmiz. Bu gaplar manqurt o’g’ilga zarracha tasir etmayotganini bilsa ham, bari bir ona uning so’ngan xotirasida nimadir yilt etib ko’rinib qolar, degan umidda behuda urinardi. Anuno u devorga gapirayotganday edi. Shunga qaramay, o’tgan- ketganlardan gapirib, hadeb o’zinikini takrorlayverdi: — Oting nima, eslab ko’r! Otangning oti Do’nanboy! So’ng ona o’zi bilan olib kelgan taomlaridan yedirib-ichirib bo’lgandan so’ng, alla ayta boshladi. Alla manqurtga maqul kelganday bo’ldi shekilli, quloq solib tinglab o’tirdi. Qorayib, uniqib ketgan yuziga qandaydir iliqlik yugurgan- day bo’ldi. Shunda ona o’g’lini bu yerdan — jungjanglarning izmidan o’z tug’ilib o’sgan qadrdon yeriga birga olib ketishga ko’ndirishga kirishdi. Manqurt esa tuyalarni qoldirib, qayoqqadir bosh olib ketishni miyasiga singdira olmadi: yo’q, xo’jayinim tuyalardan bir qadam ham jilmaysan deb buyurgan, shuning uchun uyurni tashlab biron yoqqa ketmayman... Chiqmagan jondan umid deganlariday, Nayman ona barbod etilgan xotira eshigini ochib kirishga qayta-qayta harakat qilardi: — Eslab ko’r-chi, kimning o’g’lisan? Oting nima? Otangning oti Do’nanboy! o’g’lini hushiga keltirish uchun behuda urinayotgan ona oradan qancha vaqt o’tganini ham payqamay qoldi, shu mahal uyur chekkasidan yana o’sha jungjang tuya minib kelayotganini ko’rib esi chiqib ketdi. Bu safar jungjang juda ya- qin kelib qolgandi, yurishi ham juda ildam. Nayman ona tezda Oqmoyaga mina solib, qochib qoldi. Biroq, yaylovning narigi tomonidan yana bir jungjang tuya yo’rttirib onaning yo’lini kesib chiqdi, shunda Nayman ona tuyasida ularning o’rtasiga qarab soldi. Bedov tuya olg’a tomon yelday uchib ketdi, ortdan taqib ostiga olgan jungjanglar baqirishib-qiyqirishib, nayzalarini siltab, dag’dag’a qil- gancha uni quvlab borishardi. Biroq Oqmoyaga yetmoq qayoqda?! G’azablangan jungjanglar qaytib kelgandan so’ng manqurtni rosa do’pposlashganini ona bilmasdi. Anuno do’pposlashgani bilan manqurt nimani ham bilardi. U hadeb bir gapni takrorlardi: — U sening onang bo’laman, deb aytayapti. — Hech qanaqa onang emas u! Senda ona yo’q! Bu yoqqa nima uchun kel- ganini bilasanmi? Bilasanmi?! Telpagingni sidirib olib, boshingni qaynoq suvga solgani kelgan! — deb battar qo’rqita boshlashdi jungjanglar sho’rlik manqurtni. Bu so’zlarni eshitib, manqurtning qoramtir yuzlari bo’zday oqarib-ko’karib ketdi, qo’llari bilan telpagini changallab, bo’ynini yelkalari orasiga qisib, xuddi yirtqichday ola-kula atrofga qaray boshladi. — Sen qo’rqmagin! Mana buni ushla!— deb jungjangning kattasi man- qurtga o’q-yoy tutqazdi. — Qani, mo’ljalga ol-chi! — kichik jungjang qalpog’ini osmonga otdi. o’q qalpoqni teshib o’tdi. — o’h-o’, — ajablandi qalpoq egasi. — Qo’lida xotira saqlanib qolibdi! Uyasidan cho’chitib uchirib yuborilgan qush kabi Nayman ona Sario’zak cho’llarida oyog’i kuygan tovuqday yelib-yugurardi. Endi nima qilarini, nimaga umid bog’lashni bilmasdi. Jungjanglar endi nima qilisharkin? o’tovdagi tuya- larni, manqurt o’g’lini ona yetib bora olmaydigan boshqa yerlarga, o’zlarining katta o’rdalariga yaqin joyga haydab ketisharmikin yoki uni qo’lga tushirish uc- hun payt poylab yotisharmikin? Ming xil xayollarga g’arq bo’lgan ona boshi qotib, pastqam yo’llardan o’tib borib, yaylovni sinchkovlik bilan kuzatarkan, haligi ikkita jungjang uyurni tashlab ketib borayotganini ko’rdi-da, quvonib ket- di. Ular o’ng-u so’liga qaramasdan yonma-yon ketib borishardi. Nayman ona uzoq vaqt ko’z uzmay turdi, qachonki ularning qorasi ko’rinmay qolgach, o’g’li tomon yo’l solib qanday bo’lmasin, uni o’zi bilan birga olib ketmoqchi bo’ldi. U kim bo’lsa ham mayli, taqdir boshiga shunday qora kunlarni solib, dushmanlar shunchalik tahqir etgan ekan, bu — uning aybi emas. Mayli, ovsar bo’lsa ham o’g’lini qullikda, asoratda qoldirib ketmaydi. Bosqinchilar tutqun etilgan farzand- larimizni mayib-majruh qilganlarini, xo’rlab, aqldan ozdirib, notavon bir ahvolga solib qo’yganlarini naymanlar ko’rib qo’ysin-da, g’azabdan, or-nomusdan qo’lga qurol-yarog’ olsin. Gap bosib olingan yerda emas. Yer hammaga yetib ortadi. Ammo-lekin, jungjanglarning yovuzligini sira ham kechirib bo’lmaydi, ularning xiyonatkorligi yetti yot qo’shni bo’lib ham yashash mumkin emasligini ko’rsatib turibdi... Ona o’g’li tomon borar ekan, shu kechasiyoq bu yerdan ketish zarurligini unga qanday qilib tushuntirsam ekan, deb yo’l-yo’lakay o’ylar edi. Qosh qoraya boshladi. Qanchalab o’tgan va o’tishi lozim bo’lgan son-sanoq- siz tunlar singari lojuvard-qizg’ish sho’laga chulg’angan tag’in bir tun soyliklar-u vodiylar uzra buyuk Sario’zak sahrosini bosib kela boshladi. Oqmoya katta uyur tomon bekasini yeldirib borardi. Botayotgan quyosh sho’lalari qo’sh o’rkach o’rtasida o’tirib olgan ona qiyofasini baralla ko’rsatardi. U jiddiy tusda, yuzlari- ning qoni qochgan holda hushyor tortib, xavotirlanib o’tirardi. Sochlari oqarib ketgan, manglayini ajin bosgan, g’am-g’ussali ko’zlariga esa Sario’zak xuftoni singari g’am-tashvish cho’kkan edi... Mana, u uyurga ham yetib borib, o’tlab yurgan tuyalar orasidan o’tib kuzata boshladi, biroq o’g’li ko’rinmasdi. Tuyasi esa tizginini chuvalantirib sudraganicha bemalol o’tlab yurardi... Nima bo’ldi ekan unga? — Jo’lomon! Qulunim Jo’lomon, qanisan? — deb chaqira boshladi Nayman Qilt etgan jon ko’rinmadi, hech qanday ovoz eshitilmadi. — Jo’lomon! Qayerdasan? Bu men, onang bo’laman! Qayerdasan? Ona tashvish ichida atrofga olazarak boqar ekan, manqurt o’g’li tuyasining soyasiga berkinib, tizzalab o’tirganicha kamonni tarang tortib mo’ljalga olayot- ganini payqamay qoldi. Faqat u quyosh nuri ko’zini qamashtirayotgani sababli qulay vaziyatni kutayotgan edi. — Jo’lomon! Bolaginam! — deb chaqirdi ona o’g’lini, biron hodisa yuz bermadimikan deb tashvishlanib. So’ng egarda o’tirgancha o’girilib qaragan edi, o’zini mo’ljalga olib turgan o’g’liga ko’zi tushib qoldi. Shu zahotiyoq Oqmoyani burib chap bermoqchi bo’lgan ham ediki, vizillab kelgan o’q uning chap qo’ltig’ining ostiga sanchildi. Ona: "Otma!" deyishga ulgurdi, xolos. Bu o’lim zarbasi edi. Nayman ona ikki bukildi va Oqmoyaning bo’yniga yopishgancha shilq etib tushdi. Lekin undan oldinroq boshidan oq ro’mol uchib ketib, havoda qushga aylanib chirqiray boshladi: "Kimning farzandisan, eslab ko’r! Oting nima? Otangning oti Do’nanboy! Do’nanboy! Do’nanboy!.." o’shandan beri Sario’zak dashti tepasida har kuni kechasi Do’nanboy degan qush uchib yuradi, deyishadi. o’sha qush yo’lovchiga duch kelib qolsa: "Kimning farzandisan, eslab ko’r! Eslab ko’r! Oting nima? Otangning oti Do’nanboy, Do’nanboy, Do’nanboy!.." deb sado chiqarar ekan. Shundan beri Nayman ona dafn etilgan o’sha joy Sario’zak muzofotida Ona Bayit qabristoni — Onaizor makoni deb ataladi... Oqmoya tuyasidan ko’p nasllar qoldi. Urg’ochilari o’ziga tortib, oq-bosh tug’ilib, nayman eliga ma'lum va mashhur, norlari esa, aksincha, hozirgi Qoranor Bo’ron singari qoradan kelgan, juda baquvvat bo’ladi. Rahmatli Kazangap Qoranor bo’ron oddiy tuyalardan emas, balki Nayman ona o’lgandan so’ng Sario’zak dashtida qolgan mashhur Oqmoyaning naslidan tarqagan, deb har doim gapirib yurardi va buni doimo isbotlab berardi. Mana, endi uning jasadini Ona Bayit qabristoniga olib borishyapti. Savol va topshiriqlar 1. Jangchining o’ligini ham yog’iy qo’lida qoldirmaslik odatlariga qarab, nay manlar ma'naviyatiga baho bering. 2. Nayman ayollarining o’z erlari va o’g’illarini koyishlariga asoslanib, ular ning ruhiy olamini tasavvur qilishga urining. 3. Nayman onaning o’g’lini o’ylab chekkan iztiroblari tasvirini sinchiklab o’qing. Bag’ri qon ona tuyg’ularini ilg’ashga intiling. 4. "U savdogarlardan yosh manqurt to’g’risida yana nimalarnidir so’rab-surishtir- gisi kelar, ammo xuddi mana shu narsa — yana ham ko’proq narsani bilishdan vahimaga tushardi" tasviri asosida onaning murakkab ruhiy holatini sharh lang. 5. Ona o’g’lining manqurt bo’lgancha, o’lgani maqul deb o’ylagani holda uni topgisi kelaverganini tushunishga urining. 6. O’tmishini eslamoqchi bo’lgan manqurt holati tasvirini izohlang. 7. O’g’lining xotirasini tiklash yo’lidagi barcha urinishlari bekor ketgan ona holatini anglatishga harakat qiling. 8. Yovuz jungjanglardan birining: "o’h-o’! Qo’lida xotira saqlanib qolibdi!"— degan gapi mazmunini tushuntiring. 9. Matndan manqurt o’g’il oldiga qaytayotgan ona tasviri berilgan o’rinlarni o’qing. Ona ruhiy holati, kechinmalarini izohlang. 10. Mana, parchani o’qib chiqdingiz. Asardan chiqargan asosiy xulosangizni ayting. "ASRGA TATIGULIK KUN" ROMANI To’G’RISIDA Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani 1980- yilda yozil- gan. Asar chop etilishi bilan o’quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlar: o’zlikni anglash, o’zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish sin- gari tushunchalar ekanligi ko’rsatilgandi. Asarda bu masalalar konkret odamlar taqdiri misolida baduy ifoda etilgan edi. Holbuki, bunday xususiyat sho’ro adabi- yoti uchun tamomila begona hisoblanardi. Ch. Aytmatov ulkan sanatkorgina emas, jasur inson ham bo’lgani uchun ana shunday vaqtda odamiylik odamlikdan baland ekanligini, kechagi kunini eslamaydigan, bobolarning udumlari bilan faxrlanmaydigan, ularga amal qil- maydigan kimsalar na oti va na zotini biladigan manqurtdan farq qilmasligini Jo’lomon va Sobitjon timsollari misolida juda tasirli aks ettirdi. Ko’nglining eng tubidagi yuksak ezgu tuyg’ular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab o’tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining "Musibatnoma" kitobidan "Bu kitob jism-u fig’onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir men- ing" satrlarining epigraf qilib olinishida ham teran ma'no bor. Ch. Aytmatov uchun ham bu roman "jon-u jahon"ning o’zi edi. Asar chindan-da jahonga mash- hur yozuvchining dilidagi oh-u fig’oni, jonini o’rtagan dardlari, alamlari bay- onidir. Kitobda odam degan yaratiqning azizligi, uni tarixiy ildizlaridan, tili- dan, g’ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani yovqur Nayman onaning tengsiz fojiasi tasviri asnosida aks ettirilgan. Ch. Aytmatovning buyuk yozuvchiligi shundaki, siyosatdan tamomila chet- da turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamtargina odam ham aslida siyiosatning tasiridan xoli bo’lolmasligini Bo’ronli Edigey taqdiri misolida juda ishonarli aks ettir- gan. Edigey kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashashga o’zida kuch topa oladigan chin insondir. Uning ezgu insoniy sifatlari qiyinchiliklarga qaramay marhum Kazangapning vasiyatini bajarishga o’zida kuch topganida, qanchalik g’azablanmasin, o’lik bor joyda janjallash- maslikka qudrati yetganida, Sobitjonning gap-so’zlariga munosabatida yaqqol ko’rinadi. Ezgu insoniy tuyg’ulardan mahrum, odamning ko’nglini his etmaydigan, bobolar qo’llagan udumlarni mensimaydigan, kechagi kunidan uzilgan, anuno o’zini ilg’or fikrli ziyoli hisoblaydigan Sobutjon Manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi ekanligi ham juda tasirli ko’rsatilgan. Kazangapni dafn etish jarayonida, marhum bilan vidolashuv onlarida, Allohga munojot qilgan o’rinlari tasvirida Edigey tabiatiga xos yuksak insoniy xususiyat- lar namoyon bo’lgan. Xullas, bu roman odamning odamligini tanunlab turadigan asosiy qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan o’lmas asardir. Nazariy ma'lumot BADIIY ASAR PAFOSI HAQIDA Pafos yunoncha "ehtiros", "hissiyot", "iztirob" ma'nolarini anglatuvchi "pathos" so’zidan olingan. Adabiy atama sifatida esa asarga singib ketgan, un- dagi baduy tasvirning yo’nalishini belgilab beradigan jo’shqin tuyg’u va ko’tarinki ruhni anglatadi. Bu tuyg’u va ruh ijobiy xarakterda bo’lib, xayrixohlikni, salbiy tabiatga ega bo’lib, inkorni bildirishi ham mumkin. Pafos bilan yozilgan asarda adib o’z nuqtayi nazari va qarashlarini berkitmaydi. Aksincha, o’zi ilgari sur- gan va o’tkazmoqchi bo’lgan hayotiy-estetik fikrni kuchli hayajon hamda jo’shqin ehtiros bilan yoqlaydi. Shu tariqa, pafos bilan yozilgan asarning o’quvchisi ko’pincha yozuvchi qarashlarining tarafdoriga aylanadi. Chunki asarning pafosi uni xolis kuzatuvchi emas, balki astoydil tarafdor bo’lishga undaydi. Pafos baduy asarning ifoda tarzinigina emas, balki uning ma'no-mohi- yatini ham belgilab beradi. Chunonchi, "Asrga tatigulik kun" romanida oddiy temiryo’lchi Edigeyning o’ylari, so’zlari, qilgan ishlari kuchli pafos bilan tas- virlangani uchun ham kitobxonni o’ziga rom etadi. Ayni paytda, Sobitjonning xatti-harakatlari, gaplari, tutumi adib tomonidan jo’shqinlik bilan inkor etilgani uchun o’quvchi bu timsolni yomon ko’rib qoladi. Shu tariqa asarning pafosi uning o’quvchisiga o’z nuqtai nazarini aniq belgilab olishda yordam beradi. Asar pafosi, ayniqsa, Nayman ona timsoli tasvirida yaqqol bo’y ko’rsatgan. Manqurt haqidagi afsonada insonning asosiy belgisi bo’lmish o’zlikdan ayirish, odamni xotirasidan mahrum qilish cheksiz nafrat bilan tasvirlanganki, o’quvchi bu asarga beixtiyor qayta-qayta murojaat qilishni istayveradi. MUSTAQILLIK DAVRI O’ZBEK ADABIYOTI O’tgan asrning 90- yillaridan e'tiboran o’zbek xalqi o’z tarixining yangi bosqichiga kirdi. Ya millat holatining estetik ifodasi o’laroq istiqlol adabiyoti deb atalmish baduy hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri o’zbek adabiyoti ko’p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomidir. Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti bir qa- tor o’ziga xos belgilarga ega bo’lgan baduy-estetik hodisadir. Istiqlol davri o’zbek adabiyoti tubdan o’zgargan milliy ongning, tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Mustaqillik tufayli millat ahli o’z ma'naviyatining asosi bo’lmish Quroni Karim bilan o’zbek tilida tanishish imkoniga ega bo’ldi. Bu hol millatning tafakkuri sog’lomlashuviga olib keldi. Bu muqaddas kitobning o’zbekchaga ag’darilishi millatning e'tiqodi, dunyoqarashi va manaviyatida o’ziga xos inqilob yasadi. Tabuyki, dunyoqarashi tozargan millat- ning adabiyoti ham yangilanadi. Shu tariqa, hukmron mafkura tazyiqidan qutul- gan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash samarasi sifatida istiqlol adabiyoti dunyoga keldi. Mustaqillik davri milliy adabiyot taraqqiyoti tarixidagi oddiy xronologik bosqich emas, balki bir qator jiddiy o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan alohida baduy-estetik hodisadir. Istiqlol davri o’zbek adabiyoti tamomila yangilanayot- gan estetik tafakkurning mahsuli o’laroq tug’ildi. U yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash im- koniyatiga ega bo’lgan millat ijodiy dahosining samarasi sifatida dunyoga kel- di. Ijtimoiy taraqqiyot yo’sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz ham tasvirlash natijasi bo’lib yaratildi. Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti tafakkur oinlari o’zgacha ijodkorlarning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa o’laroq bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo’lgan adabiyotdir. Bu davrda olamning mavjudlik yo’sinini turlicha izohlash imkoniyati paydo bo’ldi. Bu hol milliy adabiyotimizning ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ilmiy-estetik qarashlar xilma-xilligini yuzaga keltira boshladi. Ikkinchidan, mustaqil o’zbek davlati baduy adabiyotni sho’ro zamonida bo’lgani kabi o’z monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinli- giga ob'yektiv sharoit yaratildi. Adabiyot ijodkorning ko’ngil ishiga aylandi va aylanmoqda. Bugun baduy ijod bilan shug’ullanayotganlar shaxs sifatida ham, ijodkor sifatida ham tamomila o’ziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o’z ko’ngliga qarshi bormaydigan, uning royishlariga zug’um o’tkazmaydigan kishilar tomonidan yaratilayotganligi quvonarlidir. Adabiy tan- qid, o’quvchilar onunasi nima desa ham bu ijodkorlar o’z bilganlaricha yozishdan qaytmaydilar. Ular ijodini o’zlariga emas, aksincha, o’zlarini ijodiga bo’ysundirgan kishilardir. Shu yo’sinda juda yaqin o’tmishda ham ijtimoiy-siyosiy hodisa sanalib kelgan baduy adabiyot milliy-estetik aktga evrildi. Uchinchidan, istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqa- ruvchi, mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi. Milliy adabiyot millat vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar: ruhiyati, hissiyoti, ko’nglini tasvirlashga kirishdi. Bu adabiyot uchun insonning o’zi asosiy qadriyatga aylana boshladi. Shu tariqa, milliy adabiyotning qahramon- lari jug’rofiyasi kengaydi, miqyosi ko’lam kasb etdi. Odam biror ijtimoiy qatlam- ning vakili tarzida emas, murakkab va anglash mushkul bo’lgan inson sifatida baduy tadqiq etiladigan bo’ldi. To’rtinchidan, mustaqillik davri o’zbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini ko’rsatish, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining manaviyatini mukanunallashtirishga yo’naltirildi. Bu hol baduy qah- ramonlarni turli rakurslardan turib, eng ichkin va yashirin jihatlarigacha tadqiq etish imkoniyatini berdi. Shu sababdan ham istiqlol davri adabiyoti "aholisi" sezilarli darajada nozik, ingichka, o’ziga xos, betakror bo’lib bormoqda. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, baduy tiplarni tasvirlashga ko’proq in- tilinayotganligining sababi ham shunda. Shu yo’sin, bu davr adabiyoti onunani ko’rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo’naltirildi. Beshinchidan, bu adabiyot inson, insonlararo munosabatlar g’oyat murak- kab, chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglagan va ularni butun murak- kabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir. Sho’rolar zamonida har bir adabiy qahramonning xatti-harakati ijtimoiy jihatdan asoslangan, iqti- sodiyot qonunlaridan kelib chiqadigan bo’lishi shart deb qaralardi. Natijada asar- lar sxematik talablarga bo’ysundirilardi. Holbuki, bir odamning xatti-harakatlari sababini adiblar tugul o’sha kishining o’zi ham to’la tushuntirib bera olmaydi. Ana shu holatning milliy baduyatimizga ko’chganligi insonga sirli xilqat tarzida yondashish, uning taqdiridagi chigalliklarni tushunishga intilishni keltirib chiqar- moqda. Shu tariqa adabiyotdagi odam hayotdagi odamga qaraganda chuqurroq, murakkabroq, o’ychilroq, ingichkaroq bo’lib bormoqda. Oltinchidan, bu davr adabiyoti mavzu dolzarblik, hozirjavoblik, zamonaviy- lik singari sirtqi belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning mangu- likka suratlanishga yo’naltirilmoqda. Shu yo’l bilan adabiyot hayotdan nusxa olishdan, ya'ni ko’chirmachilikdan qutulih bormoqda. U ijtimoiy hodisalar bi- lan andarmon bo’lish, ularning ortidan ergashish zaruriyatidan xalos bo’ldi. Mazkur holat baduy tasvirning chuqurlashuviga, odam ruhiyati qatlamlarini nozikroq idrok etishga imkon yaratadi. Yettinchidan, mustaqillik davri o’zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil ada- biyotga aylandi. Unda tajriba qilish, sinab ko’rish, ochilmagan yo’llardan yurish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu hol birovga o’xshamaydigan, o’zgalarni takrorlashga intilmaydigan, o’ziga xos iste'dodlarning ko’payishiga imkon yaratadi. Xilma-xil baduy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil o’quvchilar paydo bo’ladi. Baduy didi yuksak, so’zni nozik his etadigan, sezimlardagi yengil tebranishlarni ham ilg’ay oladigan kitobxon shakllanishiga turtki bo’ladi. Onunaviylik baduy adabiyot uchun asosiy maqsad, yuqori ko’rsatkich emasligi anglab yetildi. Sakkizinchidan, yuqorida sanab o’tilgan omillar tufayli bu davr adabiyo- ti jo’nlikdan, anchayinlikdan, to’porilikdan qutildi va uning asl namunalarini hamisha ham izohlash, tushuntirish, mantiqiy qoliplarga solish mumkin bo’lmay qoldi. Baduy adabiyot mantiq va axlodan ham teranroq sezimlar bilan ish ko’rishi, eng murakkab mavhumlikni moddiylashtirishga da'vat etilgan hodisa ekanligi tan olindi. To’qqizinchidan, ijod erkinligi, xilma-xil fikrlash imkoniyati, baduy so’zga davlat miqyosida xo’jayinlik qilishning barham topganligi o’rtamiyona asarlar- ning ham yaratilishi hamda chop etilishiga imkon tug’dirdi. o’ninchidan, bozor munosabatlari baduy ijod sohasida ham namoyon bo’la boshladi. Natijada xaridorgir, onunaning o’tkinchi talablariga mos keladigan asarlar yaratishga harakat kuchaydi. Shuning oqibati o’laroq o’zbek adabiyotida erotik tasvirlar, sarguzasht yo’nalishidagi oldi-qochdi bitiklar ko’paydi. Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko’nglini, ruhiyatini tas- virlashga e'tibor qaratmoqda. Natijada, inson asosiy baduy qadriyatga aylandi. She'riyat bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo’lib qolmoqda. Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Farida Afro’z, Aziz Said, Muhanunad Yusuf, Faxriyor, Bahrom Ro’zimuhammad, Rauf Subhon, Iqbol Mirzo, Zebo Mirza, Tursun Ali, Ulug’bek Hamdam, Xosiyat Rustamova singari shoirlarning she'rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga ko’tarilgani namoyon bo’ladi. Bu davr she'riyatida o’tkir gap aytish, o’quvchiga aql o’rgatish emas, balki inson ruhining murakkab manzaralarini aks ettirishga e'tibor kuchaydi. Odam sezimlarining qatlamlarini tadqiq qilish, tuyg’uning boy va rangin qiralarini poetik kashf etishga urinish kuchaydi. Bu davr she'riyati shakliy izlanishlarga boyligi bilan xarakterlanadi. Endilikda o’zbek she'riyati bilan tanishish uchun o’quvchining qulog’i va ko’zigina emas, tafakkuri va tuyg’ulari ham bir qadar zo’riqishi, she'rdan zavq olish, lazzat tuyish uchun mehnat qilishi lozim bo’lib qoldi. Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlim- larni poetik kashf etishga urinish kuchaydi. R. Parfining "Adashgan ruh", "Qora devor", "Munojot", "Sensiz", Sh. Rahmonning "Turkiylar", "Iqror", A. Suyunning "Istig’for", "Oq va qora", A. Qutbiddinning "Izohsiz lug’at", A. Saidning "Tush", "Yo’l", Faxriyorning "Ayolg’u", "Bo’g’zimdan sirqirar tovush - qon...", "Oyloq kecha..." she'riy asarlari o’zbek nazmining yetuk namunalaridan hisoblanadi. Bu davr she'riyati shakliy izlanishlarga boyligi, Chiqish nazmidan ham, Botish adabiyotidan ham samarali o’rganishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda she'rxonlik ko’ngil ochar mashg’ulot bo’lmay qoldi. She'r bilan tillashadigan o’quvchining tafakkuri ham, qulog’i ham, ko’zi ham, hatto tuyg’ulari ham bir qadar zo’riqishi, she'r o’qiyotganda faqat zavq va lazzat tuyibgina qol- may, mehnat qilishi ham lozim bo’lib qoldi. Rauf Parfining: Yerga botgan osmonlarni kuzatdim, Chopilgan oyog’im bilan chopdim men. Kesilgan qo’limni sizga uzatdim, Bu dunyo gullarga to’ldi. Qotdim men. yoki: Shaftolirang olam nayza uchinda, Dunyolari yolg’on, men o’ldim chindan singari baduy qanoatlarini qabul qilish uchun muayyan ruhiy-intellektual hozirlik zarur bo’lishi tayin. o’ziga xos shoirlardan biri Faxriyorning mavjud imlo qoida- lariga rioya etmay bitilgan: qobirg’alar qabarar suyaklarim qadoqdir qaboqlarim o’q tugab bo’shab qolgan sadoqdir kuyib kuyib kul bo’lgan nafratlarim adoqdir chuchmomalar ko’k kiygan namozshomgul gul gulim hey tulugim hey tuhun hey tulugim hey tuhun satrlari orqali ifodalanayotgan baduy ma'noni ilg’ash oson kechmaydi. Milliy poyeziyamiz tarixida ikkigina so’zdan iborat she'r hech qachon bo’lmagan. Faxriyor shunday she'r yozdi. Quvonarlisi shundaki, bu ikki so’z yor- damida atama yasalmagan yoki axborot berilmagan, balki o’ziga xos musiqaga ega, muayan kayfiyat ifodalay oladigan, o’qiganga o’zgacha ruhiyat baxshida qila- digan tugal she'r yaratilgandir: oy bolta She'r bosh harf bilan yozilmaganligi, unda hech qanday tinish belgisi ishlatil- maganligi muallifning oliftaligi yoxud injiqligidan emas. E'tibor qiling, ajdodlarimiz minglab yillar davomida tinimsiz sherlar bitib kelishgan. Ular o’quvchiga isho- nishgan. o’tmishdagi shoirlar zarur o’rinni belgilash, alohida e'tibor qilinadigan joyni topish ixtiyorini sherxonning o’ziga qoldirishgan. Faxriyorning she'ridag'i ikki so’z, tabuy ravishda, o’quvchining e'tiborini tortadi, uni bu so’zlar ustida o’ylab ko’rishga, unga turli aspektlarda yondashishga undaydi. Birov oyni boltaga, boshqa birov boltani oyga mengzaydi. Sehrli bu so’zlar sabab kimdir siqilganlikni, ruhini oyning boltasi qiymalaganini, boshqasi esa sokinlikni oy bolta ruhiyatiga qo’riqchi bo’lganini tuyadi. B. Ro’zimuhammadning bir she'rida shunday misralar bor: ...bitta so’z qoldirgim keladi ruh yerto’lasidan o’g’irlangan so’z osmon hidi keladigan so’z dunyoning o’zi qadar anglab bo’lmas sir qadar misralardan suratlanayotgan hissiy holat tugallanmaganligini, shoir hanuna ga- pini aytishga urinmaganligini payqash mumkin. Shu shoirning: ko’zdan ichkarida yo’l yo’q so’zdan ichkarida yo’l yo’q anuno xo’roz qichqirig’i ortiga shafaqrang qishlog’im bekinib olgan satrlarida musiqiylik odatdagi sherlarniki kabi sezilarli emas. Anuno unda ijod- korning chigal kayfiyati bor. Xo’roz qichqirig’i tongning belgisi. Xo’roz qichqirsa, shafaqrang qishloq namoyon bo’ladi. Qishloqning shafaqrangligi ham bejiz emas. Ehtimol, qishloq endigina ko’tarilayotgan quyosh nuriga ko’milganligi uchun ham shunday tariflanadi. Shoir sheriyatning odatiy tartibini inkor qiladigan uslubga murojaat et- gan. Uni oddiy mantiqning qoliplari bilan izohlab bo’lmaydi. Ushbu she'r faqat shu ijodkorgagina taalluqli bo’lgan baduy mantiq qonuniga muvofiq yaratilgan. Odatda, chinakam baduy hodisa o’ziga xos olam va u o’zining qoidalarigagina muvofiq keladi. Shu bois asl baduy hodisa bir bor yaraladi, unda takror yo’q. Qonuniyat esa takrorni taqozo qiladi. Yuqoridagi parchada shoirning alohida ruhi, o’zigagina xos nuqtai nazari sezilib turadi. Ayni vaqtda she'r o’quvchini jalb etadi, uning e'tiborini tortadi, o’yga toldiradi. Uning tafakkuriga-da nimadir yangilik yetkazadi, ko’ngliga-da qandaydir yengillik bag’ishlaydi. Dunyoni shu tarzda ko’rgan, olam ranglarini shu taxlit tuygan shoirga e'tiroz qilib, tayyor qo- liplarni tiqishtirib bo’lmaydi. Bahrom Ro’zimuhanunad boshqa bir sherida bejiz yozmagan: men qanday yashashim lozim qanday bo’lsam sizga yoqaman qaysi usulda yozsam she'rlarimni o’qiysiz aruzdami barmoqdami sarbastdami yo Mazkur misralarni darak, so’roq yoki undov ohangida o’qish she'rxonga havola etilgan. Ularning ohangini belgilash izni ham o’quvchining o’zida. o’zbek o’quvchisi shoirni, she'riy so’zni boricha qabul etishga odatlanib bormoqdaki, bu hol milliy she'rxonlik saviyasi sezilarli yuksalayotganidan dalolatdir. Poyeziyaning o’z asl manbasiga qaytganligi, ko’ngil rozlarini, ruhiy tovla- nishlarni nozik ishoralar, nazokatli obrazli ifodalar orqali tasvirlashga o’tilganligi istiqlol davri o’zbek she'riyatiga xos asosiy xususiyatlardan bo’ldi deyish mumkin. Bu davr milliy she'riyatida onunaviylikdan, hanunaboplikdan qochishga urinish kuchaydi. Sheriyat hanuna uchun, onuna uchun emas, balki, avvalo, muallifning o’zi uchun, qolaversa, ijodkorga tuyg’udosh shaxslar uchun yaratiladigan bo’ldi. Shu bois, sherxonlarning poetik so’zni, obrazli ifodani anglash darajasi ortdi. Chunki baland she'riyat yuksak didli she'rxonni talab qiladi va uni shakllanti- radi. Mustaqillik davrida o’zbek poyeziyasi o’quvchi darajasiga tushish bosqichini inkor etib, sherxonni o’z darajasiga ko’tarish pallasiga kirdi. Shu tariqa azaldan she'rparast bo’lgan millatning baduy zavqi ingichkalashib, so’z jozibasini anglash qudrati sezilarli darajada oshib bormoqda. o’zbek she'rxonlarida birorta tinish belgisi ishlatilmagan tizmadan ham, murakkab mavhum obrazlilikka to’la she'riyatdan ham, tasavvufiy ilhom samarasi o’laroq dunyoga kelgan munojotlardan ham, poetik mim deyish mumkin bo’lgan ramziy ifodalardan ham, meditativ nazm (hissiyot jilvalari aks etgan she'riyat) namunalaridan ham tasirlanish, ularni baholay olish ko’nikmasi shakllanib bor- moqdaki, bundan bir qadar qanoat tuyish mumkin. Nasr bugungi adabiy jarayonning salmoqli va og’irkarvon turidir. Hozirgi ada- biy jarayonda Shukur Xolmirzaev, o’tkir Hoshimov, Omon Muxtor, Muhanunad Ali, Tohir Malik, Tog’ay Murod, Murod Muhanunad Do’st, Asad Dilmurod, Xayriddin Sultonov, Xurshid Do’stmuhanunad, Nazar Eshonqul, Normurod Norqobilov, Ulug’bek Abdulvahob, Luqmon Bo’rixon, Zulfiya Qurolboy qizi singari ijodkorlar o’ziga xos yo’sinda qalam tebratib, milliy nasr taraqqiyotini ta'minladilar. Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo’sinlarini qo’llash, baduy ifo- daning tutilmagan, yangi tamoyillaridan foydalanish o’zbek nasrining bu bos- qichi uchun yetakchi xususiyatlardir. Omon Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan "Ming bir qiyofa", "Ko’zgu oldidagi odam", "Tepalikdagi xaroba", "Ffu", "Ayollar saltanati va mamlakati", "Maydon" romanlari, Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilg’or tajribalari asosida sof milliy obrazlar yarata olgan "Qora kitob" qissasi, "Shamolni tutib bo’lmaydi", "Tobut sha- har", "Quyun" hikoyalari, Xurshid Do’stmuhammadning "Bozor", Luqmon Bo’rixonning "Jaziramadagi odamlar", Salomat Yafoning "Tilsim saltanati" ro- manlari insonga yondashuvning yangichaligi, tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favquloddaligiga ko’ra milliy adabiyotimiz uchun yangi baduy hodisalar bo’ldi. N. Eshonqul — milliy istiqlol davri o’zbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning "Shamolni tutib bo’lmaydi" hikoyasi ifodaning qabariqligi, tas- vir markaziga olingan shaxs tabiatining mutlaqo kutilmagan va yangiligidan tashqari, ohangning o’zgachaligi bilan ham kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadar bu taxlit ko’p qatlamli, zalvorli, hikoya maromining o’zi bilan baduy kayfiyat hosil qila biladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yo’q edi hi- sob. N. Eshonqul nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o’zbek millatiga xos bo’lgan jihatlarni aks ettirish imkoniyati jihatidan tengsizdir. "Qishloqdoshlari bahor kelishi bilan eski yaylovlarga ko’chib chiqishar va yer shudgorlar, har kim o’z tashvishiga berilib ketardi. Qishloqda qolgan Bayna momo esa bu paytda yolg’izlik dashtini shudgorlar, u yerga har yili Zamon otboqar hukumat odamlari bilan kelib, eri va o’g’lini otib tashlagan oqshomni ekar va so’ng yolg’iz o’zi hosilini ham yig’ib olardi. Bayna momo har kecha ko’z yoshlari bilan to’lgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan o’g’lining ilma-teshik bo’lgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar qamchisi yotgan qonli halqob bilan to’lgan ayvonga suzib borar, ertalablari ho’l bo’lib ket- gan yostig’ini xuddi qadim ajdodlarning unut bo’lgan yaloviday... baland tolga osib oftobda quritardi". Ifodadagi zalvor, serqatlam estetik bosim, ruhiy holat manzaralari tas- virining ayni shu tarzda zanjirsimon va boloxonador qilib berilishining o’zi hikoyada o’ziga xos ohang paydo qilgan. Bu ohang momoning yolg’izligi va baxtsizligi miqyoslarini tuyish va tushinish imkonini bergan. Ulug’bek Abdulvahobning "Yolg’izlik" qissasi, qator hikoyalari qahramon- lar ruhiy olamini tadqiq etish ko’lami va yo’sinlari jihatidan adabiyotimiz uchun tamomila yangilik bo’ldi. Ularda bayon, ifoda etish, ko’rsatish, tasvirlash singari baduy usullar bir narsaga — tadqiqqa o’z o’rnini bo’shatib bergan deyish mumkin. Yozuvchi uchun qahramonlarining hatti-harakatlarini ko’rsatish emas, balki sezimlaridagi, o’ylaridagi tovlanishlarni aks ettirish muhim. Arastu zamonlari- dan buyon adabiyotning mohiyati hayotdagi xaosni baduyatning kosmosiga aylan- tirishdan iborat deb tushunib kelingan. Voqelikdagi "tartibsizlik"lar muayyan muntazamlik kasb etishi, tartibga tushirilishi bilan baduy asar yuzaga keladi deb qaralgan. "Yolg’izlik" qissasida esa aynan shu tartibsizlikning o’zi, bo’lganda ham, voqelikdagi emas, inson xayolotidagi, kechinmalaridagi tartibsizlik tasvir ob'yektiga aylangan. Qissada muallif qahramon o’yu xayollarini uning xarakteri- ni ochish vositasiga aylantirmaydi. Bilaks, o’y-xayollarning tartibsiz va noizchil oqimini berishning o’zi uning baduy maqsadiga aylanadi. Ma'lumki, inson xayo- lotida izchillik, muntazamlik bo’lmaydi. Ko’p hollarda, odam xayolni emas, xayol odamni yetaklaydi. Shu tariqa milliy adabiyotimizda, sirtdan qaraganda, baduy maqsadga bo’ysunmaganday taassurot qoldiruvchi, aslida esa, o’ychil inson tafak- kuri va hissiyoti manzaralarini namoyon etuvchi asar dunyoga kelgan. Risoladagi har qanday odam singari qissa qahramonining o’ylarida ham tizgin yo’q, muallif bu xayollarni saralamaydi. o’ydan o’yga, xayoldan xayolga ko’chish jarayoni tasvirining o’zi qahramon tabiatiga xos xususiyatlarni saralan- gan baduy muntazamlikdan ko’ra yorqinroq namoyon etadi. Odamning ichi bilan sirti, tili bilan dili bir bo’lgan holatlari nihoyatda kam. U faqat o’ylaridagina o’zi bo’la oladi. Odam tizginsiz o’y oqimlari bilan yolg’iz qolgandagina o’ziga qay- tadi. Shunday holatni aks ettiruvchi usuldagina odamni bir qadar to’laroq ilg’ash mumkin bo’ladi. Ulug’bek Abdulvahobning asarlari milliy nasrning personajlar psixologiyasini chuqur taftish etishga qaratilgan dastlabki namunalaridir. Shukur Xolmirzayev "Olabo’ji", "Dinozavr" romanlari, "Bulut to’sgan oy", "Ozodlik", "Navro’z, navro’z" hikoyalarida, Normurod Norqobilov "Oqbo’yin", "Qoyalar ham yig’laydi", "Tog’ odami" qissalari, "Oriyat", "Quvonchli kun" hikoyalarida, Shoyim Bo’tayev "Sho’rodan qolgan odamlar" qissasi, "Darvesh" hikoyasida, Tog’ay Murod "Otamdan qolgan dalalar" romanida nasrning ananaviy tasvir yo’sinidan mahorat bilan foydalana bildilar. Bu asarlarda mil- lat vakillarining g’oyat o’ziga xos hamda jonli baduy timsollari yaratildi. Ularda ananaviy tasvir yo’nalishi o’ziga xos baduy izlanishlar hamda dunyo adabiyotidagi eng so’nggi ifoda usullarini dadil qo’llash bilan uyg’unlashib ketgan. Mustaqillik davri o’zbek nasrida inson shaxsini xilma-xil rakurslarda aks ettirish, uning xat- ti-harakatlari va o’y-xayollari ruhiy asosini tadqiq etishga alohida e'tibor qaratil- moqda. Natijada, nasrda tasvirlanayotgan qahramonlarning geografiyasi kengayib bormoqda. Zamonaviy nasrda millatdoshlarimizni pasportiga qarab emas, balki fikr tarzi, axloqiy qanoatlariga qarab payqab olish mumkin. Milliy adabiyotimiz aholisi qisqagina vaqt orasida Bayna 11101110, Ulton, Gulsara, Tavakkal, Husan polvon, Ernazar polvon, Zuhra, o’sar, Ko’klam sin- gari yirik, o’ziga xos, boshqa adabiy qahramonlar orasida yo’qolib ketmaydigan qabariq obrazlar hisobiga boyidi. Milliy tafakkurda yalpi yangilanish boshlangandan beri ko’pchilik tomoni- dan anglab yetilgan va tan olingan haqiqatlardan biri shu bo’ldiki, odamning eng kichigi, eng ko’rimsizi, eng zabuni, eng noshudi ham odamdir, Yaratganning xalifasidir va shu bois mukarramdir. Binobarin, baduy adabiyot kichik odamning katta va chigal ichki dunyosidagi behudud poyonsizlikni, turfalikni tadqiq etishi lozim. Bir qator asarlarda sirtdan qaraganda, ko’zga tashlanib turadigan jihati yo’q, hanuna qatori, anuno botinida ulkan iztiroblar, ruhiy po’rtanalar mavjud bo’lgan "kichik" odamlarning ichki dunyosi ham mahorat bilan aks ettirilgan. Nosirlarimizda ma'naviy dunyosi quruqshagan, risoladagi odamlarday fikr- lash va o’zgalarni tuyish saodatidan mahrum bo’lgan ma'naviyatsiz kimsalarni tasvirlash mahorati shakllanayotganligi ham quvonarli holdir. Sh. Bo’tayevning "Sho’rodan qolgan odamlar", qissasi, A. Yo’ldoshevning "So’qir" hikoyasida ayni shu xildagi qahramonlar tasvir etilgan. Bu asarlarda manaviyatdan mahrum, shaxsligi sindirilgan, shu bois o’zligi yitgan kishilarning g’aroyib qismati aks ettirilgan. Ular hamisha ham ojiz, no- tavon, noshud emaslar. Bazan juda ishchan, olg’ir, uddaburron bo’lishlari ham mumkin. Lekin bunday kimsalarning umumiy jihati olami kabir — ichki olam- ning omonatligi, quruqshaganligidadir. Yevropaning Peter Biksel, Maks Frish, Karl Maksi singari adiblari ham bugungi kunda "kichik" odamlarning katta hissiyotlarini aks ettirishlari bilan mashhur bo’lganlar. o’zbek nasri qahramonlar tasvirida sxematizmdan qutulib bormoqda. Baduy asarda odamga ijobiy-salbiy yoki tipik-notipik singari qoliplar orqali emas, balki mavjudligining o’zi bilan adadsiz siru sinoatlarga to’la tirik inson tarzida yon- dashish qaror topib borayotganligi bu davr nasrining umid tug’diradigan jihatlari- dandir. Bu fazilatlar barcha ijodkorlar uchun ham yoppasiga xos deb bo’lmaydi, albatta. Lekin odamga yondashishda jo’nlikdan, qolipdan voz kechilganligining o’ziyoq nasrimiz taraqqiyotida sog’lom tamoyillar qaror topayotganligidan bel- gidir. o’zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlari tizimida sodir bo’lgan yangila- nishlar bugungi dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy tasir ko’rsatdi. Usmon Azimning "Bir qadam yo’l", Erkin Samandarning "Arabmuhanunad Bahodirxon", Ilhom Hasanning "Bir kam dunyo", Abdulla Azamning "Dugohi Husayniy", "Jek London hikoyasidan so’ng", O. Yoqubovning "Bir koshona sirlari" kabi asarlari hozirgi o’zbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan bo’ldi. "Bir qadam yo’l" dramasida inson ko’ngli mayllariga e'tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari jihatlar keksa kishining murakkab taqdiri misoli- da aks ettirilgan. Samarqandni ko’rish, uni ziyorat etishni bir umr orzu qilib yashagan, anuno vaqtida o’z qo’lining kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovora farzandlarining e'tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko’rmay o’tib ketgan qariya va uning atrofidagilar ruhiyati asarda katta mahorat bilan ko’rsatilgan. Dramaturgiyada shakliy izlanishlar qilish, ijodiy tajribalar o’tkazish yo’nalishidagi izlanishlar to’xtagan emas. U. Azim va A. A'zam qalamiga mansub dramalar sahna asarlari yaratishdagi dadil tajribalarning mahsu- lidir. Dramaturglar hayotiy holatlar son-sanoqsiz bo’lishi mumkinligi va undagi o’zgarishlar ana shu vaziyatda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatida ham jid- diy evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama- vaziyat singari ifoda shakllarni o’ylab topganlarki, bu hol asarlarning bir qadar muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlagan. E. Samandarning "Arabmuhanunad Bahodirxon" tragediyasida esa, insoni- yat paydo bo’lgandan beri hal bo’lmay kelayotgan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar o’rtasidagi to’qnashuv bobolarimiz taqdirlari misolida tasirli tasvilab berilgan. Harbiy qudrati bo’lishiga qaramay, o’zining yovuz farzandlariga qarshi qo’shin tortishni istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi yuksak sifatlar va o’z ota- larining ko’zlariga mil tortish darajasida yirtqich bo’lgan Habash va Elbars tim- sollaridagi tubanliklar asarda juda tasirli yo’sinda ko’rsatib berilgan. Ayni vaqtda milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq baduy yutuqlar qo’lga kiritilishi og’ir kechayotgan soha bo’lib qolayotganligini ta'kidlash kerak. Dramaturgiya bozor iqtisodi talablariga eng ko’p berilgan adabiy tur bo’ldi. Bu hol sahna asarlarining sifatiga salbiy tasir ko’rsatmay qolmadi, albatta. Aytish kerakki, miqdor jihatidan dramachilik taraqqiyotiga e'tiroz bildirih bo’lmaydi. Keyingi yillarda dunyoga kelgan dramalar uchdan biri turli yubileylar munosa- bati bilan yozilganligi aniqlandi. Komediya degan nomga davogar sahna asarlari- ning esa deyarli barchasi teatrlarning buyurtmasi bilan yaratilgan. Albatta, ijtimoiy buyurtma yo’li bilan ham yetuk baduy asarlar dunyoga kelishi mumkin. Bunga milliy va jahon adabiyoti tajribasidan istagancha misol- lar topsa bo’ladi. Anuno butun boshli milliy dramaturgiyani faqat buyurtma yo’li bilan taraqqiy ettirishga urinishni baduyat nuqtai nazaridan sog’lom hol deb bo’lmaydi. Komediyalarning saviyasi kishida haqli e'tiroz va jiddiy xavotir uyg’otadi. Negaki, o’zbek komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo’lgan. Hamza, Qahhor, Sh. Boshbekovlarning teran ma'noli kulgi asar- larini eslashning o’zi daVomizning nechog’liq haq ekanligini ko’rsatadi. Bugungi komediyalarning baduyati na ijrochilarga, na tomoshabinlarga va na o’quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladigan darajada nochordir. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish bir turiga ko’cha so’zlari, hissiyoti, tiyiqsiz chuchmallik, pardasizlik o’ta surlik bilan kirib kelmoqda. Mualliflar to’qnashuvlar tarangligi haqida emas, so’zlarning pardasizligi haqida ko’proq bosh qotirishmoqda. Bu xildagi bitiklar to’xtovsiz sahnalashtirilayotganligi, boz ustiga, ko’plab tomoshabinlarga ega bo’layotganligi esa jiddiy estetik xavfdir. Chunki millatning baduy didi shakllanishiga to’g’ri yo’nalish bermay turib, uning manaviyatini yuksaltirish, komil shaxsni tarbiyalash haqida gapirish behudadir. Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar drama- tizmidagi taranglik hali-hanuz pyesalarga ko’chganicha, sahna realligiga aylan- ganicha yo’q. Ehtimol, milliy tafakkurdagi to’xtamlarning, estetik qarashlardagi qanoatlarning qat'iylashmaganligi, hozirgi voqelikning ijodkorlardan yetarlicha uzoqlashmaganligi, shu hayot tufayli yuzaga kelgan hissiyotlar junbushining tiniq- maganligi, ijtimoiy to’qinishlar ruhiyatlarda bergan aks-sadoni sahnabop shaklda moddiylashtirish qiyinligi bunday holning ro’y berishiga sababdir. Holbuki, har qanday keskin ijtimoiy o’zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik turdagi asar- lar yaratilishi uchun mo’l-ko’l material bera oladi. Ma'lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish baduy ijodning un- chalar muhim bo’lmagan oddiy talabiga aylandi. Milliy dramaturgiyamiz esa hanuzgacha zarur gapni keskinroq yo’sinda aytishni fazilat sanab kelmoqda. Har bir alohida odamda bo’lgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham o’z mo’ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo’ladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davr o’zbek adabiyoti uchun inson manaviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko’z ilg’amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday haland marradirki, milliy adabiyotimiz uni egallash sari og’ishmay bo- rayotir. Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog’lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlash- ning eng tasirchan usullarini kashf etishga jiddiy e'tibor berilyapti. 7 f Savol va topshiriqlar m m 1. Hozirgi adabiy jarayonga xos xususiyatlarni ko’rsating. 2. Bugungi o’zbek sheYiyatining yetakchi xususiyatlariga to’xtaling. 3. Bugungi o’zbek romanchiligining asosiy belgilarini ayting. 4. Zamonaviy o’zbek qissachiligidagi yetakchi yo’nalishlarni sharhlang. 5. Zamonaviy o’zbek hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillarini ko’rsating. Bugungi o’zbek dramaturgiyasining xususiyatlarini sharhlang. MUNDARIJA