FONUS XAYOL — oʻzbek xalq qoʻgʻirchoq teatrining turi. Navoiyning «Hayratulabror» dostonida berilgan va b. maʼlumotlarga Karaganda, Fonus Xayol 14—16 a. larda yaxshi taraqqiy etgan. Qoʻgʻirchoklar charm yoki taxtadan yassi qilib ishlangan, kiyimkechaklari tikish va rang bilan belgilangan. Qoʻgʻirchoklar dastchoʻplarga oʻrnatilgan. Dastchoʻplarni harakatlantirish va ularning boʻgʻinlariga bogʻlangan iplarini tortish orqali ular jonlangan. Tomoshalar kechqurun va tunda bino ichida koʻrsatilgan. Ular yupqa oq parda ortida, unga juda yaqin masofada (5—7 sm) harakatlantirilgan. Qoʻgʻirchoklarning ortidan shaʼm oʻrnatilgan yoki zigʻir yogʻi quyilgan bir necha fonuslar yoritib turgan. Natijada qoʻgʻirchoqlarning aksi pardaga tushgan. Fonus xayol tomoshalarida qahramonlik dostonlarining syujetlari aks ettirilgan va u koʻpincha saroylarda koʻrsatilgan.
Ad.: Qodirov M., Xalq qoʻgʻirchoq teatri, T., 1972.