FENOLFORMALDEGID SMOLALAR

FENOLFORMALDEGID SMOLALAR — fenol bilan formaldegidnnng polikondensatlanishidan hosil boʻlgan mahsulotlar. Boshlangʻich moddalar miqsorining nisbati va muhitning rN iga (q. Vodorod koʻrsatgich) qarab reaksiya natijasida faqat qoʻshimcha kimyoviy reagentlar ishtirokida qotadigan Fenolformaldegid smolalar (novoloklar) yoki hech qanday reagentlar ishtirokisiz qotadigan Fenolformaldegid smolalar (rezollar) hosil boʻlishi mumkin. Fenolformaldegid smolalar issiqqa va sovuqqa chidamli, elektroizolyatsion xossaga ega, spirt va atsetonda eriydi, rangi och sariqdan jigarranggacha boʻlib, quyosh nuri taʼsirida yoki i. ch. jarayonida toʻqjigarrang yoki hatto qora rangga oʻtadi. Fenolformaldegid smolalar fenoplastlar, yelimlar va loklar i. ch. da qoʻllanadi.