FELDSHER

FELDSHER (nem. feld — maydon va scherer — sartarosh) — oʻrta maʼlumotli tibbiyot xodimi; davolashprofilaktika muassasalarida Feldsher vrach yordamchisi boʻlib, u bilan qamkorlikda ishlaydi. Feldsher vrach kelguniga qadar tibbiy yordam koʻrsatadi, shuningdek, profilaktika va epidemiyaga karshi sanitariya ishlari olib boradi. Feldsherlar (sanitariyaepidemiologiya styalarida ishlash uchun va feldsherlaborantlar) tibbiyot kollejlarida tayyorlanadi.