LYUKARNA

LYUKARNA (frans. lucarne, lot. lux — yorugʻ) — binolardagi gumbaz va ravoqlarning derazasi. Doyra, yarim doyra, toʻgʻri burchakli, koʻpburchakli, oval va b. shakllarda boʻladi. Asosan, ichkarini yorugʻlik bilan taʼminlash uchun, shuningdek, bezak sifatida quriladi. L. Oʻzbekistondagi 19—20-a. larda Yevropa uslubida qurilgan binolar bezagida qoʻllanilgan (Toshkentdagi uy-joy qurilishi banki va b.).