ISKANA

ISKANA (lot. Caelum) — osmon gumbazining Jan. yarim sharidagi kichik yulduz turkumi. Belgisi Saye. Eridan, Soat, Oltin baliq, Rassom, Kabutar va Kuyon yulduz turkumlari orasida joylashgan. Yorugʻ yulduzlari deyarli yoʻq. Oʻzbekiston hududida kuz va qishda koʻrinadi.