AR-RIYOD

AR-RIYOD (arab. Ar-Riyoz — bogʻ, xiyobon) — Saudiya Arabistonining poytaxti, eng yirik shahri va Najd viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi taxm. 2,2 mln. kishi (1992, shahar atrofi b-n). Shaharning qachon barpo etilgani toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. 1821 — 19 a. 2-yarmidan (vaqti-vaqti b-n) Saudiylar davlatining poytaxti, 1902-y. dan Najd amirligi, 1927—32 y. larda Hijoz, Najd va b. qoʻshib olingan viloyatlar, 1932-y. dan Saudiya Arabistoni poytaxti. Hoz. Ar-riyod — Saudiya Arabistonining yirik sanoat, savdo va madaniy markazi. Ar-riyodda issiqlik elektr st-yalari, binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlovchi z-dlar, koʻplab hunarmandchilik korxonalari bor. Q. x. mahsulotlari qayta ishlanadi. Ar-riyod Dammam porti bilan t. y. orqali bogʻlangan. Havo yoʻllari orqali Ar-riyod mamlakatning yirik shaharlari va bir qancha chet mamlakatlar bilan bogʻlangan. Shaharda harbiy akademiya, un-tlar, oliy texnika in-ti bor.