ANJABOR (Geranium collinum, G. rectum) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat kup yillik oʻtlar. Bargi keng toʻgarak, rombsimon boʻlaklarga boʻlingan, guli koʻkishpushti. Oʻzbekiston togʻlarida oʻsadi. Tarkibida 23—54% tannin (oshlovchi) va b. moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini toʻxtatish, ogʻriqni qoldirish va meʼda kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Anjabor teri oshlashda ham qoʻllaniladi.