ANGAR (frans. hangar) — samolyot va vertolyotlar turadigan, ularga texnik xizmat koʻrsatiladigan va taʼmirlanadigan inshoot. Vazifasiga koʻra, Angarustaxona, muqim (statsionar), muvaqqatmuqim va yigʻma-qismlarga ajratma xillarga boʻlinadi. Muqim Angarlar metall va temir-betondan, muvaqqat-muqim A. lar yogʻoch-taxtadan, yigʻma-qismlarga ajratma A. esa poʻlat yoki yengil qotishmalardan yasaladi. Angarning shakli va katta-kichikligi samolyot va vertolyotlar soni va oʻlchamlariga bogʻliq boʻladi. Angar koʻtarishtashish, aloqa, signal, avtomatik oʻt oʻchirish vositalari bilan jihozlanadi.