AMAZONAS

AMAZONAS, Amazonka — Braziliyaning eng yirik, lekin aholi siyrak shtati. Mamlakatning shim.-gʻarbida. Mayd. 1567,9 ming km2, aholisi 21,1 mln. kishi (1991). Maʼmuriy markazi va yagona yirik shahri — Manaus. A. asosan Amazonka pasttekisligida joylashgan. Aholisining koʻproq qismi metislar. Bir qancha indeys qabilalari ibtidoiy jamoa davri sharoitida sernam oʻrmonlarda yashaydi. Lateks (yovvoyi geveya daraxtining sharbati — kauchuk), braziliya yongʻogʻi va b. mevalar yigʻish, qimmatbaho yogʻochlar tayyorlash, yogʻochdan xushboʻy moylar olish Amazonas qishloq xoʻjaligining asosini tashkil etadi. Dehqonchilik sust rivojlangan, hammasi boʻlib bir necha oʻn ming gek-targa bir necha xil ekin (sholi, maniok, banan va b.) ekiladi. Ozroq miqdorda neft qazib olinadi. Manausda bir necha sanoat korxonalari (yogʻocheozlik, gugurt, oziq-ovqat) va neftni qayta ishlovchi z-d bor.