ALUPKA

ALUPKA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1938-y. dan). Qrim ya. o. ning jan. sohilida. Yaltadan 17 km. Aholisi 10,9 ming kishi (1991). Iqlimiy kurort. Bir yilda 210—245 kun havo ochiq boʻladi. May oʻrtalaridan sent. oxirigacha dengizda choʻmilish mumkin. Yezda suv t-rasi 16°—26°. Sanatoriy va dam olish uylari, manzarali bogʻlar, Qrim davlat tasviriy sanʼat muzeyi bor. A. 10-a. dan maʼlum. Saroy-muzey (19-a.) mavjud.