ALLEGRETTO

ALLEGRETTO (ital. allegretto, allegi – oning kichraytirilgan shakli) — musiqada:

1) oʻrtacha tezlikdagi (allegroga nisbatan sekinroq) surʼat;

2) shu surʼatda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi. Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida, koʻproq, surʼat sifatida ishlatiladi: Ik. Akbarovning 1-kvarteti (1-qismi) va 3-kvarteti (2-qismi), S. Yudakovning «Maysaraning ishi» operasidagi Hidoyatxon qoʻshigʻi va b.