ALIMUHAMEDOV Sulton Nurmatovich

ALIMUHAMEDOV Sulton Nurmatovich (1929.1.1, Toshkent) — agronom-entomolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), biol. fanlari d-ri (1976), prof. (1980), Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1950), shu in-tda assistent, dos. (1950—61), zoologiya va entomologiya kafedrasi mudiri (1961—65). Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish i. t. in-ti direktori (1965 — 92), 1993-y. dan shu in-tda boʻlim mudiri. Oʻzbekiston entomologlar jamiyati raisi (1970-y. dan). Alimuhamedovning ilmiy ishlari paxta va don mahsulotlarini akoroid kanalar va b. zararkunandalardan saqlash tadbirlari, biologik himoya usullariga bagʻishlangan.