ABDUNABIYEV Abdulla Gʻulomovich

ABDUNABIYEV Abdulla Gʻulomovich (1928.25.1, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Tarix fanlari d-ri (1971), prof. (1972). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1950).. Sirdaryo pedagogika intining rektori (1966—71). Toshkent elektrotexnika aloqa in-ti tarix kafedrasi mudiri (1983-y. dan). Ilmiy ishlari Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda koʻp partiyaviylikning oʻrni masalalariga bagʻishlangan. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1995).

As: Vklad v mirovuyu sivilizatsiyu, T., 1998.