ABDUMALIKOV Shuhrat Ravshanovich

ABDUMALIKOV Shuhrat Ravshanovich (1970.21.1, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999). M. Uygʻur nomidagi Toshkent sanʼat in-tini tugatgan (1995). 1991-y. dan Rus yosh tomoshabinlar teatri (hoz. Oʻzbekiston yoshlari teatrida, 1997-y. dan Abdumalikov Hidoyatov nomidagi teatrda bosh rassom. Rus yosh tomoshabinlar teatri («Sohil boʻylab chopayotgan olapar», 1993, Ch. Aytmatov asari asosida; «Alvongul» ertak spektakli, 1993 va b.) hamda A. Hidoyatov teatri («Navroʻza», 1998 va b.) spektallari uchun asar ruhiga mos sahna bezaklari yaratdi. Abdumalikovning badiiy mahorati ayniqsa «Sharq taronalari» 1 — 2 xalqaro musiqa festivallari (1997, 1999)ga yaratgan sahna bezaklarida namoyon boʻldi.

Toshkent sanʼat in-ti (1995-y. dan), hoz. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn in-tida (1997-y. dan) katta oʻqituvchi.