ABDULHAQ KOTIB

ABDULHAQ KOTIB (1808, Toshkent – 1886) — xattot. Abdulhaq kotib Buxoroda taʼlim olib qaytgach, oʻz shahridagi madrasada mudarrislik qilgan. 1881—84 y. larda Arabiston, Misr mamlakatlariga va Istanbul sh. ga sayohat qilgan. Taʼliq, riqoʼ, suls, nastaʼliq xatlarini yaxshi oʻzlashtirgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida u koʻchirgan oʻndan ortiq qoʻlyozma mavjud.