ABDULHAMID MAJIDIY

ABDULHAMID MAJIDIY (taxallusi Abutanbal, Abdulhamid Majidiy, Chaqmoq 1902 — Kattaqoʻrgʻon — 1938) — oʻzbek shoiri, dramaturg, adabiyotshunos, jurnalist, pedagog. Dastlab eski maktabda, soʻngra Kattaqoʻrgʻonda ochilgan rus-tuzem maktabida taʼlim oldi. «Zarafshon» (1925 — 26), «Ozod Buxoro» (1927—28) gaz. larida muharrirlik qildi. Xorazm viloyat teatrida direktor, adabiy emakdosh (1929—33). Toshkentda «Mushtum» jur. da (1934—37) ishladi. 1920-y. dan matbuotda uning sheʼrlari bosila boshladi. «Xandon lolalar» (1929), «Qaldirgʻoch» (1932), «Hangoma» (1937) nomli sheʼriy va nasriy toʻplamlari chop etilgan. «Varqa va Gulshoh», «Otsiz» pyesalari bor. Kattaqoʻrgʻon sh. dagi teatrga Abdulhamid Majidiy nomi berilgan.